OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI YOʻNALISHI _________guruh talabasi ___________________________________________ning “__________________________________” fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Morfologiya. Soʻzning grammatik ma’nosi.
Topshirdi: __________________ Qabul qildi: __________________
Toshkent – 2023
Mundarija Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB Leksikologiya tuzilishi……………….…………………………………....5
1.1 Leksikologiya oʻrganish predmeti, vazifalari ……………………...…………..5
1.2 Soʻzdagi Grammatik ma’no turlari haqida ...……………….....……………...13
II BOB Grammatik ma’no va shakl turlarining tuzilishi……………..………22
2.1 Grammatik ma’nо ifоdalash usullari ……..…………………………………..22
2.2 Grammatik shakllarning tuzilishiga koʻra turlari .…..………………………..28
Xulosa…………………………………………………………………………….30
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………32
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Morfologiya soʻz turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shahrik.ni oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning morfologiyasi ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning morfologiyasi yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.
Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mohiyati belgilanadi.
Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Masalan, feʼlning zamon kategori-yasi feʼl morfologiyasida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat.