Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi guruh talabasi



Yüklə 71,52 Kb.
səhifə2/8
tarix20.10.2023
ölçüsü71,52 Kb.
#157829
1   2   3   4   5   6   7   8
Alohida olingan so‘zlar

Kurs ishining maqsadi: talabalarni «til strukturasi - norma (me’yor) - uzus» masalalariga, adabiy til va milliy til, adabiy til va dialektlar, adabiy til va jargon-argolar, adabiy til va funksional stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga hozirgi o‘zbek adabiy tilining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari, og'zaki va yozma shakllari haqida ma’lumot berish.
Kurs ishinining vazifalari:
a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushunchalar, terminlar va nazariy umumlashmalar bilan tanishish;
b) til ierarxiyasidagi fonetik-fonologik, leksik, semantik va grammatik sathlarga mansub birliklarning adabiy til uchun me'yor (norma) bo‘lgan va me’yor bo‘lmagan belgi-xususiyatlarini qiyosan o‘rganish, tahlil qilish, bu sohadagi munozarali nuqtalarni aniqlash;
d) hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki (lingvistik) va tashqi (ekstralingvistik) omillar haqida talabalarga ma'lumot berish. Ularda hozirgi o‘zbek adabiy tilining sistemaviv va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kurs ishining obyekti: hozirgi o‘zbek adabiy tili, oraliq so‘zlar
Kurs ishining obyekti: alohida so‘zlar haqida ilmiy va amaliy tushunchalar.
Kurs ishining predmeti: alohida so‘zlarni o‘rganishning metodlari va dasturlari.
Kurs ishining metodologik asosi: Tadqiqotning metodologik asosini Sh.M. Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabr kuni «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni, 1shuningdek, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, G'.A.Abdurahmonov, Sh.Shoabdurahmonov, F.K.Kamolov, A.Hojiyev, Sh.U.Rahmatullayev, kabi o‘zbek tilshunoslarining asarlari va g'oyalari ilmiy-nazariy hamda metodologik jihati tashkil etdi.
Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Jami 27 sahifadan tashkil topgan.



Yüklə 71,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin