Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi guruh talabasi


Sifat va fe’l so‘z turkumlari



Yüklə 71,52 Kb.
səhifə4/8
tarix20.10.2023
ölçüsü71,52 Kb.
#157829
1   2   3   4   5   6   7   8
Alohida olingan so‘zlar

1.2 Sifat va fe’l so‘z turkumlari
Sifatlarning ma’no guruhlari:

  • Rang-tusni bildiruvchi sifatlar: oq,qora,qizil,yashil, ko‘k,moviy, sariq

  • Maza-ta`mni bildiruvchi sifatlar: shirin, nordon, achchiq, sho‘r,chuchuk

  • Hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo‘y, badbo‘y, qo‘lansa

  • Hajm-o‘lchovni bildiruvchi sifatlar: tor,keng, uzun, cho‘ziq, katta,kichik

  • Xususiyatni bildiruvchi sifatlar: kamtar, kamgap, samimiy,yangi, eski

Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar: bugungi, qishki, ichki, hozirgi
Sifat darajalari
Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday ma’no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi.
Son so‘z turkumi4
Narsalarning son-sanog‘ini va tartibini bildiruvchi qancha?, nechta? Nechanchi?, necha? so‘roqlariga javob bo‘luvchi so‘zlar son deb ataladi. Sonlar predmetlarning aniq miqdoriy belgilarini bildiradi. Sonlarning ma’noviy turlari quyidagilardan iborat:

  • Tartib sonlar. Narsalarning ketma ketligini bildiruvchi sonlar tartib son deyiladi. Masalan: birinchi,ikkinchi uchinchi kabi. Agar sonlar undosh harflar bilan tugasa –inchi qo‘shimchasi qo‘shiladi, agar unli bilan tugasa –nchi qo‘shimchasi qo‘llanadi. Tartib sonlar rim raqamlari bilan ifodalanganda chiziqcha qo‘yilmaydi Masalan: IX asr XI sinf

  • Miqdor sonlar. Miqdor sonlarga sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taxmin sonlar kiradi.

Sanoq son- bu son-sanog‘ini bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Qo‘shimchasi yo‘q. Sanoq sonlar yozuvda ko‘pincha arab raqami bilan yoziladi. Masalan : bir, uch, besh, o‘n sakkiz
Dona sonlar- narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Ular –ta qo‘shimchasi yordamida yasaladi. Bu qo‘shimcha urg‘u olmaydi. Donalash ma’nosi –ta qo‘shimchasidan tashqari dona so‘zi bilan ham ifodalanadi: ikkita daftar -ikki dona daftar kabi.
Chama sonlar- narsalarning miqdorini chamalab ko‘rsatadigan sonlarga chama sonlar deyiladi. Chama sonlar –tacha, -lab, -larcha qo‘shimchalari orqali yasaladi.5
Jamlovchi sonlar- narsalarning miqdorini jamlab ko‘rsatadigan so‘zlar jamlovchi sonlar deyiladi. Ular –ov,-ala,-ovlon qo‘shimchalari orqali yasaladi.
Taqsim son- narsalarning miqdorini taqsimlab ko‘rsatadigan sonlarga aytiladi. Ular –tadan qo‘shimchasi orqali yasaladi.
Olmosh so‘z turkumi
Ot,sifat, son ba’zan fe’l o‘rnida almashinib qo‘llanadigan, ularga ishora qiladigan so‘zlarga olmosh deyiladi. Olmosh boshqa so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmasi va gap o‘rnida qo‘llanuvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roqni bildiruvchi so‘zlardir. Olmoshning atash ma’nosi bo‘lmaydi. Shuning uchun ular “ichi bo’sh so‘zlar” deb ham yuritiladi. Olmoshlarning qaysi ma’noda kelayotgani matnda qaysi so‘z yoki gap o‘rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi. Olmoshlar morfologik usul orqali boshqa turkumlardan yasalmaydi. Olmoshlar boshqa so‘zlarning yasalishiga asos bo‘lishi mumkin.
O‘timli va o‘timsiz fe’llar
O‘timli va o‘timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi.
Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so‘z bilan) ifodlangan predmetga o‘tganligini bildiradigan fe’llar o‘timli fe’l deyiladi.
Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini yeganmiz (I.Karimov).
Bu gap ichganmiz, yeganmiz fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini so‘zlari bilan ifodalangan predmetga o‘tadi. Demak, o‘timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog‘lanadi.
Ba’zan fe’l anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga o‘tishi yoki harakat o‘tgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita bo‘lishi mumkin. Bunday holda o‘timli fe’llar jo‘nalish va chiqish kelishigi shaklida qo‘llangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga mining.
Biron predmetga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o‘timsiz fe’l deyiladi. Masalan: Ko‘ngil quvonchi uning kuchsizligidan dalolat beradi (Tafakkur gulshani). Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi (U.Mahkamov).
Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga o‘tmagan, balki harakat bajaruvchining o‘zida qolgan.
Fe’ldagi o‘timli va o‘timsizlik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:
1. Leksik-semantik usul. Bunda fe’llar o‘z leksik ma’nosiga ko‘ra biror affiks olmagan, hech qanday shakl o‘zgarishisiz (o‘zak-negiz holida) o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi. Masalan: ol, och, ko‘r, yoz, ich, qo‘y, so‘ra, ber kabilar o‘timli; bor, kel, o‘tir, uxla, yot, yur kabilar o‘timsiz fe’llardir.
2. Morfologik usul. Bunda fe’l o‘zak-negiziga qo‘shiladigan fe’l nisbatini yasaydigan qo‘shimchalar (o‘zlik, majhullik, orttirma nisbat qo‘shimchalari) o‘timli va o‘timsiz fe’llarni belgilab beradi. Fe’l o‘zak-negiziga nisbat qo‘shimchalari qo‘shilganda, fe’lning o‘timli-o‘timsizligi quyidagicha yuz beradi:
1) o‘zlik va majhullik nisbat qo‘shimchalari o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: so‘radi - o‘timli fe’l, so‘raldi - o‘timsiz fe’l; ko‘rdi - o‘timli fe’l, ko‘rindi - o‘timsiz fe’l. So‘radi o‘timli fe’liga qo‘shilgan –l majhullik nisbat qo‘shimchasi, ko‘rdi o‘timli fe’lga qo‘shilgan –in o‘zlik nisbat qo‘shimchasi so‘radi, ko‘rdi fe’llarini o‘timsiz fe’llarga aylantirdi;
2) orttirma nisbat qo‘shimchalari, aksincha, o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradi: kuldi - o‘timsiz fe’l, kuldirdi - o‘timli fe’l; yurdi - o‘timsiz fe’l, yurgizdi - o‘timli fe’l; uxladi - o‘timsiz fe’l, uxlatdi - o‘timli fe’l. 
3) orttirma nisbat qo‘shimchalari orqali o‘timli fe’ldan yana o‘timli fe’l hosil qilinadi: esladi - o‘timli fe’l, eslatdi - o‘timli fe’l; ichdi - o‘timli fe’l, ichirdi - o‘timli fe’l. 
Qo‘shma fe’llarda o‘timli va o‘timsizlik ma’nosi yetakchi qismga qarab belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko‘ra boshladi, yozib chiqdi qo‘shma fe’llarda aytib, ko‘ra, yozib yetakchi qismning o‘timli ekanligi shu fe’llarning o‘timli ekanligini ko‘rsatadi. Aksincha, qo‘shma fe’llarning yetakchi qismi o‘timsiz fe’ldan bo‘lsa, butun qo‘shma fe’l o‘timsiz bo‘ladi: o‘sa boshladi, quvonib ketdi, kulib qo‘ydi kabi.
Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini anglatadi.
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo‘lishli fe’l deyiladi. Fe’ldagi bo‘lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko‘rsatkich yo‘q: o‘qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o‘qib chiqdi, hurmat qil kabi. Masalan: Ona so‘zining o‘zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O‘z burchini bajarishdan mamnun odamlar erkin yashaydi (Tafakkur gulshani).
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo‘lishsiz fe’l deyiladi. Bo‘lishli fe’l bo‘lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo‘ladi. Fe’lning bo‘lishsiz shakli quyidagicha yasaladi:
1. Fe’l negiziga –ma (bu affiks urg‘u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qo‘shish: ko‘rmadi, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o‘smaslik kabi.
Ko‘rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo‘shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko‘rsatkich sanaladi. Masalan: G‘ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g‘irchillatib o‘tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog‘ arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg‘ariy). Mehnat qilmagan rohat ko‘rmas (O‘zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do‘sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko‘rmaslik uchun bolalar ko‘zlarini chirt yumdilar.
-ma, -may affikslari qo‘shma fe’llarga quyidagicha qo‘shiladi:
a) asosiy qismga yetakchi fe’lga qo‘shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko‘rmay qoldi kabi;
b) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o‘qib chiqmadi kabi;
d) qo‘shma fe’lning har ikkala qismiga qo‘shiladi: aytmay qo‘ymaydi, bormay qolmaydi. Bunday holda bo‘lishsiz shakl orqali bo‘lishlilik ma’nosi anglashiladi, ya’ni aytadi, boradi kabi.6
Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam murodi maqsadiga yetmasdan qolmas ekan (X.To‘xtaboev).
Eslatma: ravishdoshning –gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan shakliga bo‘lishsizlik ifodalovchi affikslar qo‘shilmaydi.
2. Fe’lning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan so‘ng emas, yo‘q so‘zlarini kiritish bilan bo‘lishsiz fe’l hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan emas, egib emas, tinchigani yo‘q, ishonish emas kabi. Masalan: Lekin ularning nima o‘qiganini ko‘rgan ham, qanday o‘qiganini eshitgan ham emas (P.Tursun).
3. Na inkor yuklamasini uyushiq bo‘lak sifatida qo‘llangan bo‘lishli fe’ldan oldin keltirish bilan bo‘lishsiz fe’l hosil qilinadi. Masalan: Keksa cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na o‘tirdi, na ketdi (A.Qodiriy).
4. Ba’zan ohang va fe’lga yuklamani (-mi, -a, -ya) qo‘shish hamda fe’lni takrorlash orqali bo‘lishsizlik ma’nosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan).
Masalan: Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib rohat toparmidi? (G‘ayratiy). «Katta bo‘lsam, akamga o‘xshab, albatta komandir bo‘laman», - dedi Sobir. Bo‘lasan-a, bo‘lasan. Komandir bo‘lishga yurak kerak... (H.Nazir).
Fe’l o‘ziga xos morfologik belgilarga ega, ya’ni:7
1) ish-harakatning predmetga (to‘ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o‘timli va o‘timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o‘qimoq, yozmoq - o‘timli fe’l; o‘tirmoq, chiniqmoq - o‘timsiz fe’l;
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko‘ra fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo‘lishli, aytma – bo‘lishsiz; bilgan – bo‘lishli, bilgani yo‘q – bo‘lishsiz fe’l;
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o‘zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat;
4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa – shart mayli;
5) ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi zamon ma’nosini hosil qiladi: o‘rgandim - o‘tgan zamon, o‘rganayapman - hozirgi zamon, o‘rganmoqchiman – kelasi zamon;
6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko‘plikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi.

Yüklə 71,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin