integrativ yondashuv
ham ta‘lim sifatini
yuqori bosqichlarga olib chiqishda muhim faktorlardan bo‘lib xizmat qilmoqda.
Jumladan, Bugun xalqaro miqyosda olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati
integrativ yondashuv konsepsiyasi, uning mazmun mohiyati, shakl shamoyili
tamoyillari konsepsiyasi kabi masalalarga bag‗ishlangan kо‗plab tadqiqotlarni
kuzatish mumkin. Yanayam aniqroq qilib aytganda, integrativ yondashuv ta‘lim
oluvchilarning ta‘lim jarayonidagi faol ishtirokiga asoslangan (о‗quvchi ta‘lim
markazida
turadigan
muhitning yaratilishiga sabab bо‗ladigan), ularning
muvaffaqiyatlari, ijodiy, tanqidiy fikrlashlariga, adabiyotga, badiiy asarga
munosabatiga ijobiy ta‘sir kо‗rsatishga xizmat qiladigan yondashuvlardan biridir.
Bunday yondashuvda talabalar adabiyot о‗qitishda fanlarning о‗zaro bog‗liqligi,
о‗zaro munosabatlar haqida tasavvur uyg‗otadilar. Ba‘zi badiiy asarlarda (ayniqja
integrativ yondashuv jahon adabiyotini о‗qitishda ham muhim ahamiyat kasb etadi
.
Dunyo olimlarining fikricha, filologik fanlarni о‗qitishning jahon tajribasi asosidagi
tadqiqotlariga tayanib, adabiyot fanlarini о‗qitishning sifatini oshirishga qaratilgan
ayrim nazariy va amaliy masalalarini kо‗rib chiqishga harakat qilamiz.
Hind metodist olimlaridan biri Anisha Munavvarning ta‘kidlashicha, adabiyot
fanlarini ikki bosqichli tizimda о‗qitish maqsadga muvofiqdir. Bular – Pre-teaching
project va Post-teaching project.
Pre-teaching project
(darsni tashkil etish loyihasi) о‗qituvchining adabiyot
darslarini tashkil etish, о‗quvchini badiiy asarlar mutolaasiga qiziqtira olish mahorati
masalalari asosiga quriladi. Dastlabki о‗qitish loyihasining muhim shakllaridan biri –
badiiy matnga
geografik aspektda yondashuv loyihasidan
iboratdir.
Badiiy matnni chuqur tushunish, uning ichki hayotiga yashiringan ayrim ma‘no
qatlamlarini idrok etishda geografik yondashuv usulidan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi. Aytaylik, talabalarga XX asr о‗zbek adabiyotidan dars
beradigan о‗qituvchi Chо‗lpon ijodini о‗rgatish jarayonida u tavallud topgan shahar,
tuman yoki qishloq (masalan, Andijonning Qatorterak mahallasi), ushbu shahar yoki
qishloqqa chegaradosh hududlar, о‗sha joyning geografik joylashuvi, bugungi holati,
ijodkor yashagan hudud bilan bog‗liq konstruktiv о‗zgarishlar, muayyan manzilning
badiiy asardagi tasviri va yana shunga о‗xshash detallar vositasida tushuntiradi.
Natijada о‗quvchining badiiy asardagi voqelikni real epizodlarda kо‗rish va
tasavvur qilish imkoni yaratiladi. Shu о‗rinda о‗qituvchi talabalarning о‗zlaridan ham
turli xil, xususan, ijodkor yashab о‗tgan joy nomiga aloqador ma‘lumotlar, umum
georafik xaritalarni olib kelish va muayyan joy tasvirini daftarlariga qayd qilish
vazifasini ham berishi mumkin. Badiiy matnni bu kabi geografik detallar vositasida
о‗rganish asar ichki xayotiga yashiringan xos tushunchalarni ham idrok etish
imkoniyatini kengaytiradi.
Bizning nazarimizda, badiiy matnni geografik aspektda о‗rganish vositasida
muayyan hudud iqlimi, tabiati va uning muallif ruhiyatiga ta‘siri kabi masalalarni
yanada chuqurroq idrok etish uchun ham zamin yaratiladi. Zotan, muallif va tabiat
о‗rtasidagi о‗zaro bog‗liqlik muammolari talqini, matndagi tabiat tasvirining ijodkor
ruhiyatidagi in‘ikosi masalasi zamonaviy tanqidchilikning yetakchi tamoyillariga
aylanib ulgurgan
.
Aslida ijodkorning individual dastxati uning mana shu kabi muammolarni
tasvirlash uslubida ham namoyon bо‗ladi. Adabiyotga geografik yondashuv uslubi
asarni turli rakurslarda tushunish va anglash bilan bir qatorda leksik unsurlarning
matndagi ahamiyati, ularning etimologiyasi, tarixiy davr bilan bog‗liqlik darajasi kabi
masalalarni chuqurroq о‗rganish va eng muhimi, о‗quvchini voqelikka
yaqinlashtirish, anglash va tushunishda muhim vositalardan biri bо‗lib xizmat qiladi.
Adabiyotni о‗rgatishdagi keyingi yondashuv bu –
Dostları ilə paylaş: |