5.
Sonja Darlingtonning ―o‗quvchi hayotiy tajribasidan tashqarida tashkillashtirilgan
ta'lim vaqtni bekor o‗tkazishdir‖ fikrini hayotiy tajribangiz bilan bog‗lab
tahlil
qiling. Siz adabiy ta‘limda o‗quvchi vaqtini samarali o‗tkazish uchun yana qanday
yondashuvlarni taklif qilgan bo‗lardingiz? Fikringizni
aniq misollar bilan
izohlang.
6.
―O‗quvchi faol‖ (Student – centered) tendensiyasi
asosida qanday xususiyatlar
yotadi? Adabiyot darslarida o‗quvchi faolligini
oshirishda siz yana qanday
innovatsion yondashuvlarni taklif qilgan bo‗lardingiz?
7.
Gardnerning ―turfa zakovatlar‖ nazariyasini adabiyot darslarida qo‗llashda qanday
to‗siqlar bo‗lishi mumkin? Bu to‗siqlarni bartaraf qilishning qanday yo‗llarini
taklif qilasiz?
8.
Integratsiyalashgan ta‘limga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
Mavzuga kirish
uchun yo‗naltirilgan loyiha (Pre –teaching project) adabiy ta‗limdagi o‗rnini
qanday izohlaysiz? Fikrlaringizni hayotiy tajribangiz asosidagi aniq misollar bilan
dalillashga harakat qiling.