“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
mirzayeva z metodika

quyi darajadagi ko„nikmalar 


va 
yuqori darajadagi ko„nikmalarga 
bo‗linadi. Yuqori darajadagi ko‗nikmalar quyi 
darajadagi ko‗nikmalarga qaraganda murakkabroq jarayonlarni o‗z ichiga oladi va 
o‗quvchilarda ularni shakllantirish uchun o‗qituvchidan kreativ yondashuvlarni talab 
qiladi. Shu bilan birga, quyi darajadagi ko‗nikmalarni shakllantirmasdan turib yuqori 
darajaga o‗tish mumkin emas. 
Quyi 
darajagi ko‗nikmalarga quyidagilar kiradi: 
1. Bilish
- o‗quvchi ma‘lumotni 
eslab qoladi 
va uni 
qaytara oladi
. Bu 
bosqichning asosiy xususiyatlari:
- kim, nima, qachon, qayerda, qaysi, nega singari faktual savollarga javob bera olish;
- nomini aytish, ajratib olish, topish, moslashtirish, ro‗yxatini tuzish, qayta so‗zlab 
berish, tasvirlash singari amallari bajara olish.
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar: 
- Asar qahramonlarini sanab bering. 
- Asar qahramonlari va ularning ta‘riflarini moslashtiring. 
- Quyidagi gaplarni asarda kim aytganligini toping. 
- Asar voqealari qachon, qayerda kechishini aytib bering. 
- Asardagi voqealar ketma-ketligini to‗g‗ri toping. 
- Asarning syujetini qisqacha bayon qilib bering.
2. Tushunish 
- o‗quvchi ma‘lumotni 
tushuntira oladi, 
boshqa shaklga sola 
oladi, talqin qila oladi va tasniflay oladi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari: 
- o‗rganilayotgan hodisalarni solishtirib, o‗xshash va farqli tomonlarini ko‗rsata olish; 
- o‗z talqinini bera olish
- fikrni isbotlash uchun matndan misollar keltira olish; 
- keyin nima bo‗lishi mumkinligini bashorat qila olish; 
Bu bosqichdagi savol va topshiriqlarga namunalar: 
- Asarning janrini aniqlang. 


- Asar nega shunday nomlanganligini izohlang. 
- Asardagi muammo nimadan iborat va bu muammoning qanday yechim topdi? 
- Asar qahramonlarini solishtiring. 
- Asar qahramonlari o‗zlarini qanday his qilishganini tasvirlab bering.
- Asardagi misralarni sharhlang. 
- Asarda qo‗llanilgan badiiy san‘atlarning maqsadini tushuntirib bering.
- Asardagi tabiat (ob-havo) manzarasining nima uchun ishlatilganligini tushuntiring.
- Yozuvchining bu asarni yozishdan maqsadi nima deb o‗ylaysiz? 
- Asar voqealari kechayotgan joy tasvirini chizing.
- Asarga (asardagi bir epizodga) rasm chizing. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin