“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98
mirzayeva z metodika

“turfa zakovatlar”
(multiple intelligence) nazariyasi asosida о‗quvchilarning 
individual qobiliyatlarini turli xil zakovatlar vositasida yuzaga chiqarish tamoyili 
yotadi. Gardnerning turfa zakovatlarga asoslangan nazariyasi nafaqat adabiyotda, 
balki butun bir ta‘lim sohasida о‗qitishga integrativ yondashuv bо‗lib, bunday 
о‗qitish usuli talabalardagi turli xil zakovatlarni yuzaga chiqarishda, biror bir 
masalaga individual yondashuvda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Amerikalik olim Govard Gardnerning ta‘kidlashicha, har qanday inson tug‗ma 
iste‘dod egasidir. Har bir insonga xos xususiy holatlar, masalan, mantiqiy fikrlash
muayyan voqelikni turli xil rakurslarda kо‗ra olish, muayyan masalaga yondashuv 
prinsipi va yana bir qancha individual qobiliyatlar о‗quvchilarda bir xil kо‗rinish, 
holat yohud vaziyatlarda namoyon bо‗lavermaydi. Ularni yuzaga chiqarish uchun 
muayyan vositalar, subyektiv yoki obyektiv sabablar kerak bо‗ladi.
Govard Gardnerning 1991 yilda yaratilgan ―turfa zakovatlar‖ (multiple 
intelligence) nazariyasi yuqorida ta‘kidlangan – har qanday inson 
individual 
tafakkur va dunyoqarash
egasi kabi qarashlarga asoslangan. Govard dunyoni 
anglash va bilish (shu bilan birga voqelikka munosabatida) nuqtai nazaridan bilim 
olishni sakkiz xil zakovat asosiga quradi: 
1. Lingvistik zakovat (Linguistic Intelligence)
– Bunda о‗quvchining 
qobiliyati matn lingvistikasi vositasida namoyon bо‗ladi. Aniqroq qilib aytganda, 
о‗quvchilardagi ushbu zakovat turi kо‗proq badiiy adabiyotni ritorik va poetik 
ifodasiga asoslanadi. Lingvistik zakovat orqali о‗quvchi muayyan badiiy matn 
yuzasidan о‗z fikr mulohazalarini ifoda etishi, boshqalarni о‗z g‗oyaviy qarashlariga 
ishontira olishi mumkin bо‗ladi. О‗quvchilardagi lingvistik zakovatni yuzaga 


chiqarish va uni yanada rivojlantirish uchun badiiy matn bilan bog‗liq (A.Qahhorning 
―Dahshat‖ hikoyasi misolida) quyidagi topshiriqlar namunasidan foydalanish 
mumkin: 
- A.Qahhorning ―Dahshat‖ hikoyasi haqida qisqa syujetli axborot tayyorlang. 
- Hikoya asosida insho yoki bayon yozing. 
- Hikoya syujeti asosida biror bir she‘r yoki qisqa hikoya yarating. 
- Qahhorshunos olimlardan intervyular oling. 
- Qahhor romanlari yoki hikoyalari asosida yaratilgan kinossenariylar (agar mavjud 
bо‗lsa) haqida axbort tayyorlang va hikoyaning kinotalqinidagi farqlarga alohida 
urg‗u bering. 
- ―Dahshat‖ hikoyasida sizga ta‘sir qilgan va hikoyaning badiiy g‗oyaviy, estetik 
mazmunida о‗ziga xos ahamiyat kasb etgan sо‗z va sо‗z brikmalarni matndan topib 
belgilang hamda ularni izohlang. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin