adabiyotlar, darsliklar sifatini yaxshilash, adabiyot fanidan
beriladigan bilimlarning
bosqichlararo uzluksizligini ta‘minlash lozim. Bundan tashqari, о‗quvchi-
talabalarning yosh xususiyatini ham hisobga olish zarur. Ushbu masalaning samarali
yechimlari — adabiyot fanlarini integrasiyalash va uzviylikka yordam beradigan
о‗qitish turlarini aniqlashda ham aks etadi.
О‗zbek adabiy ta‘limida о‗quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib
uzviylik va uzluksizlikni ta‘minlashda о‗rganuvchining ehtiyojlari (student‘s needs;
learner‘s needs)ni ham e‘tiborga olish kerak, degan fikrdamiz. 11 sinf
adabiyot
darsligidagi Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‗u bilik‖ (―Saodatga eltuvchi bilim‖) asari
turkiy
adabiyotning ilk namunasi, о‗z davridagi ilg‗or ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-
axloqiy masalalarni ramziy obrazlar vositasida badiiy talqin qilgan asar sifatida
muhim ahamiyat kasb etadi. Yoki Alisher Navoiyning ―Layli va Majnun‖ dostoni
badiiy-g‗oyaviy xususiyatlari bilan о‗zbek klassik adabiyotining shoh asarlaridan
sanaladi. Insoniyat taraqqiyotida,
jahon adabiyoti, san‘ati va madaniyati rivojida
alohida о‗ringa ega bо‗lgan, har bir kitobxon mutolaa qilishi zarur deb hisoblangan
milliy va jahon adabiyoti durdonalarining о‗quv rejadan о‗rin olishi har jihatdan
tо‗g‗ri va shunday bо‗lishi ham kerak.
Ammo shu о‗rinda ta‘lim standartlarida mavjud tanlanma figuralar о‗quv rejani
yaratgan mualliflarning badiiy asarga individual munosabati, muayyan asar
muallifiga simpatiyasi,
fikr qarashlari, qiziqishlari va ularni ―bilishi kerak‖ nuqtai
nazaridagi miopik (shaxsiy) qarashlari asosida tavsiya qilingan. Ma‘lumki 17 yoshli
о‗quvchining ma‘naviy ehtiyoji 30-40 yoshli kitobxonning ma‘naviy ehtiyojidan
keskin farq qiladi. О‗qituvchi ―qiziq‖ deb bilgan badiiy asar uning о‗quvchisi uchun
u darajada muhim ahamiyatga ega bо‗lmasligi mumkin. Shu nuqtai nazardan uzliksiz
ta‘lim bosqichlari uchun о‗quv rejalar shakllantirilayotgan jarayonlarda muayyan
usullar
(masalan,
sо‗rovnomalar, individual tartibdagi suhbatlar) orqali
о‗quvchilarning ma‘naviy ehiyojlarini ham hisobga olish lozim bо‗ladi.
Masalaga
bunday yondashuv, birinchidan, badiiy asar va о‗quvchi ma‘naviy ehtiyoji о‗rtasidagi
mutanosiblikni vujudga keltiradi va bu adabiyot darslarini yanada qiziqarliroq va
jonliroq bо‗lishini ta‘minlaydi.
Ikkinchidan, ta‘lim bosqichlarida badiiy asar
mutolaasiga erkin yondashuv shakllanadi.
Bugungi yoshlar virtual olamda ulg‗ayaptilar. Virtual, texnika olamining bir
qancha ijobiy xislatlari barobarida uning salbiy oqibatlari kо‗plab balog‗at yoshidagi
farzandlarimizni ―siylab‖ о‗tayotgani ham ma‘lum haqiqat.
О‗n yetti, о‗n sakkiz yosh yuqori sinf о‗quvchilari ongidagi о‗zgarishlarning eng
muhim davri hisoblanadi. Bu davrda ular umid va umidsizlik, topish va yо‗qotish,
sevgi va nafrat,
sadoqat va xiyonat, qadriyat, insoniylik kabi masalalar mohiyatini
tо‗g‗ri va atroflicha anglashga ehtiyojmand bо‗ladilar. Kо‗pchiligi esa ―pul hamma
narsani hal qiladi‖ qabilidgi notо‗g‗ri qarashlarga ergashib boshi berk kо‗chalarga
kirib qoladi. Moddiylik g‗am alamni, gunohni, yо‗qotishlarni, umidsizlik bilan
bog‗liq muammolarni hal qila olmasligini anglashda esa ulardagi hayotiy tajriba
yetmaydi. Mana shunday davrda ular ongidagi ma‘naviy bо‗shliqni adabiyot
tо‗ldiradi. Adabiyot ularga najot quroli bо‗lib xizmat qiladi. Zotan inson huqularini
ilk bora himoya qilish va ularni zalolatdan qutqarish maqsadida nozil bо‗lgan
Dostları ilə paylaş: