“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
mirzayeva z metodika

ijtimoiy-g„oyaviy funksiyalariga
qaratilgan. Ya‘ni, tahlilda asosan ijodkorning dunyoqarashi, ijtimoiy, siyosiy 
vaziyatlarga munosabati, uning atrofidagi hodisalarga qanday sinfiy pozisiyada turib 
qaraganligi nuqtai nazaridan baho berish badiiy matnni anglashning asosiy 
mezonlaridan biriga aylangan. Sovet davri metodikasida ifodali о‗qish darslarida ham 
asarning g‗oyaviy mundarijasini ochish muhim hisoblanib, hatto Alisher Navoiy 
asarlarini о‗rganishda ham asosiy e‘tibor mutafakkirning xalqparvar va 
insonparvarlik g‗oyalariga, uning siyosiy faoliyati – madaniyat va obodonchilik 
sohasidagi xizmatlari, shoirning Husayn Boyqaro va saroy ahllari о‗rtasidagi qarama 
–qarshiliklarni batafsil yoritish zaruratiga e‘tibor qaratilgan. Navoiyning san‘atkorlik 
mahoratiga deyarli e‘tibor berilmagan. Kо‗p holatlarda shoirning tassavufga oid 
qarashlari buzib tahlil qilingan.
Sovet adabiyotini о‗qitish metodikasiga xos yondashuvlar, uning nazariy 
asoslari – marksizm-leninizm falsafasi mohiyatini yaxshi anglash; о‗quvchilarni 
g‗oyaviy jihatdan tarbiyalash; adabiy ta‘limga ijtimoiy tarbiya quroli sifatida qarash 
о‗rta maktab tarixida muhim ahamiyat kasb etdi. О‗zbek metodist olimlarining 
qarashlari ham 1960 yillarda rus pedagoglari Skopin, Vodovozov, Stoyunin va yana 


shu kabi ko‗plab yirik rus pedagoglarining ―adabiyotga ijtimoiy tarbiya quroli sifatida 
qarash‖ singari fikr mulohazalariga asoslandi
1
va mazkur yondashuvlar milliy 
metodikaning nazariy asoslarini belgilab berdi.
Ayni paytda S. Dolimov rus metodikasidagi, xususan, mohiyat jihatdan 
dogmatizmdan biroz ildamlagan madaniy – tarixiy oqimning jiddiy xatolari – 
―adabiyotning faqat g‗oyaviy mundarijasiga e‘tibor qaratish va uning badiiy 
formasini inkor qilish‖ ni ham о‗z davrida alohida ta‘kidlagan edi.
2
Shu о‗rinda aytish joizki, badiiy adabiyot 

о‗z davrining ijtimoiy siyosiy 
voqealari mahsuli. Masalan, uzliksiz ta‘limning adabiyot darsliklarida mavjud jadid 
adabiyoti vakillari – Mahmudxо‗ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, 
Abdulhamid Sulaymon о‗g‗li Chо‗lpon va XX asr о‗zbek adabiyotining kо‗plab 
vakillari asarlari mustamlakachilikka qarshi kurash tuyg‗usi bilan yо‗g‗rilgan siyosiy 
– ijtimoiy g‗oyalar asosiga qurilgan. Shu nuqtai nazardan maktab darsliklariga 
kiritilgan M. Behbudiyning ―Padarkush‖, A. Fitratning ―Abulfayzxon‖ dramalari, A. 
Qodiriyning ―О‗tkan kunlar‖, A. Chо‗lponning ―Kecha va kunduz‖ romanlari tub 
mohiyatini ijtimoiy tahlillarsiz anglash mumkin emas, chunki u har doim davr ruhi 
bilan bog‗liq bо‗ladi. Jadid sо‗z san‘ati namoyandalarining muhabbat tuyg‗ulari 
aslida ijtimoiy va hatto siyosiy mohiyat kasb etadi. Ularning muhabbat tuyg‗usi 
Vatan ishqi va yurt sevgisi bilan uzviy tutashgan. Insoniylik tuyg‗ulari millat 
taqdiriga mas‘ulllikdan ajralmagandir. Bundan tashqari, ijtimoiy tahlil – sotsiologik 
metod badiiy adabiyot va adabiy hodisaga xos faktlarni ijtimoiy hayot bilan uzviy 
aloqada о‗rganishga asoslanadi. Zotan, adabiyot va san‘atga ijtimoiy hodisa sifatida 
qarash juda qadimdan, aniqrog‗i
,
Platonning ―Davlat‖ asaridan boshlanadi. 
Sotsiologik tahlil badiiy matnni ―davr‖, ―xalq ruhi‖ (asar yaratilgan paytda erishilgan 
madaniy daraja va an‘ana) hamda ―muhit‖ (tabiat, iqlim, ijtimoiy sharoit) 
tushunchalarini hisobga olgan holda о‗rganish asosida ilmiy xulosalar chiqarish 
imkonini berishi bilan qimmatlidir. Ammo taasufki, bu metod shо‗ro 
adabiyotshunosligi asosini tashkil etibgina qolmay, о‗sha davrda mutlaqlashtirildi 
1
S. Dolimov, H. Ubaydullayev. Adabiyot о‗qish metoldikasi, О‗quv pedagogika nashriyoti
Toshkent, 1952.– B.3.
2
Yuqoridagi manba. B. 27.


ham. Adabiyotshunoslikning predmti va uni qiziqtiruvchi masalalar diapazoni 
nisbatan tor tushunildi va izohlandi. Aniqroq aytganda
,
sotsiologizm vulgarlashdi. 
Ya‘ni, uning yuqorida sanalgan asosiy tamoyillari buzib qо‗llanildi va badiiya asar 
tahlilidagi bunday stereotip qarashlar adabiyot o ‗qitish metodikasiga ham salbiy 
ta‘sir o ‗tkazdi, natijada, о‗quvchi, o‘quvchi omma chalg‗itildi va ijod ahli 
qatag‗onga uchradi. 1920- 1930 – yillar shо‗ro adabiyotini ijtimoiy tomondan 
о‗rganish, partiyaviylik, xalqchillik pozitsiyasi tamoyillari asosida faqat zamon, davr 
siyosati va mafkurasi nuqtai nazaridan baholash ―О‗tkan kunlar‖, ―Mehrobdan 
chayon‖, (A. Qodiriy), ―Kecha va kunduz‖ (Chо‗lpon) romanlari qatorida shо‗ro 
zamonida ijod qilgan Oybek, Asqad Muxtor singari ijodkorlarning asarlariga ham 
qora muhrini bosdi.
Demak, badiiy asarning 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin