mohiyatni, о‗zbek adabiyotining, ayniqsa mumtoz adabiyotning barcha masalalarini
tо‗laligicha qamrab ololmasligi nuqtai nazaridan о‗zini tо‗laligicha oqlay olmadi.
To‗laligicha Sovet adabiyoti tahlili mezonlariga asoslangan g‗arbona tafakkur yoxud
dunyoqarashga oid ilmiy metodologik qarashlar bilan milliy adabiy ta‘limning
nazariy asoslarini yaratish imkondan xorij masala edi.
О‗tgan asrning 80- yillarida adabiy ta‘lim yо‗nalishida
amalga oshirilgan
tadqiqotlar, ularning mavzu mundarijasining о‗ta sayozligi (masalan, IV-VI sinflarda
ta‘limiy diktantlarni о‗tkazish, ―О‗g‗lim sira bо‗lmaydi urush‖ she‘rini о‗rganish‖,
―VIII sinfda Avaz О‗tar ijodini о‗rganish‖, ―Qudratli tо‗lqin‖ romanini о‗rganish‖),
konseptual masalalarning qо‗yilmaganligi ushbu davrda adabiyot о‗qitish metodikasi
rus adabiy ta‘limi soyasida qolib ketgan, izchil takomil bosqichlaridan ortda qolgan
o‗ta g‗arib va ―keraksiz soha‖ ga aylanib qolganini kо‗rsatadi.
3
Mustaqillik yillaridan keyin о‗zbek adabiyoti metodikasini ham boshqa san‘at
sohalari qatorida tubdan yangilash zarurati tug‗ildi. Adabiy ta‘lim taraqqiyoti yо‗lida
Safo
Matchonov,
Boqijon
Tо‗xliyev, Qozoqboy Yо‗ldoshev, Marg‗uba
Mirqosimova, Qunduzxon Husanboyeva, Ro‗za Niyozmetova va yana kо‗plab
ustozlarimiz adabiyot о‗qitish metodikasining ayrim masalalarini yangicha
yondashuvlarda
tadqiq etib, adabiy ta‘lim sohasini yangi taraqqiyot bosqichiga
o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar va hamon qo‘shib kelmoqdalar. Xususan,
Q.Yo‗ldoshevning ―Adabiyot o‗qitishning ilmiy-nazariy asoslari‖ o‗quv qo‗llanmasi
adabiy ta‘limga yangicha yondashuv tajribasi yo‗lidagi dastlabki qadamlardan biri
bo‗lib xizmat qilgan bo‗lsa, Q. Husanboyev va R. Niyozmetovalarning yaqin yillarda
yaratilgan ―Adabiyot o‗qitish metodikasi‖ ni esa har jihatdan pishiq, adabiy ta‘limga
oid eng muhim jihatlarni qamrab olgan, o‗rganuvchilarni tanqidiy va ijodiy fikrlashga
yo‗naltira oladigan o‗quv qo‗llanma sifatida e‘tirof etish mumkin.
4
O‗zbekiston
mustaqilligining ilk yillarida milliy metodika taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb
etgan yana ko‗plab darsliklar, o ‗quv va o ‗quv metodik qo‗llanmalarni,
3
O‗zbek tili va adabiyot o‗qitish metodikasini takomillashtirish/ T. N .Qori Niyoziy nomidagi
O‗zbeksiton pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Toshkent, 1981.
4
Q. Husanboyeva, R. Niyozmetova. Adabiyot o‗qitish metodikasi. Toshkent. «Barkamol fayz
media» 2018.
monografiyalarni, ilmiy tadqiqot ishlarini keltirish mumkin. Bundan tashqari,
adabiyot bо‗yicha mavjud DTS va darsliklarmizda ham muayyan yutuqlar mavjud.
Masalan, ta‘limdagi izchillik, uzviylik,
kompetensiyaviy yondashuv, mavzuiy (quyi
sinflarda) va xronolgik (yuqori sinflarda) yondashuvlar, adabiyot darsliklaridagi
о‗zbek va jahon sо‗z san‘atining eng yuksak namunalarini jalb etilishi yoki ayrim
sinflarning adabiyot darsliklari (masalan, 7 sinf) dagi savol va topshiriqlarning ijodiy
fikrlashga, bevosita matn bilan ishlashga yо‗naltirilganligi (masalan, Chingiz
Aytmatovning ―Oq kema‖ asari yuzasidan berilgan savol va topshiriqlar)
nuqtai
nazaridan ham e‘tirofga loyiq.
Ammo bugungi milliy metodika о‗qitishning jahon miqyosidagi xalqaro
strategiyalari, jahon adabiy ta‘limidagi yondashuvlarning turfalashuvi, dunyo
maydonlarida sohaga oid yaratilayotgan tadqiqotlarning rivojlanishi,
ahamiyatiga
asoslangan tahlil natijalari bilan qiyoslansa adabiyot о‗qitish metodikasining ilmiy,
nazariy asoslari, taraqqiyoti xavas qilgudek darajada emasligini kо‗rsatadi.
Yaqin о‗ttiz yil mobaynida adabiyot о‗qitish metodikasi sohasida kо‗plab
tadqiqotlar, darsliklar, о‗quv qо‗llanmalar yaratildi va yaratilmoqda. О‗nlab
nomzodlik, doktorlik dissertasiyalari himoya qilinmoqda. Shu о‗rinda yana savol
tug‗iladi. Bugungacha mavjud tadqiqotlar milliy adabiy ta‘lim rivojiga qay darajada
hissa qо‗shmoqda? Nima uchun adabiyot о‗qitish ta‘lim
bosqichlarining deyarli
hamma bо‗g‗inlarida kо‗ngildagidek emas? Nima sababdan milliy metodika bugungi
xalqaro adabiy ta‘lim jarayonlaridan ortda qolib ketgan
?
Xullas, bunday savollarni
yana kо‗plab keltirish mumkin.
Keyingi о‗n yillikda yaratilgan adabiyot о‗qitish metodikasi yо‗nalishida amalga
oshirilayotgan tadqiqotlar, darsliklar, о‗quv, о‗quv-uslubiy qо‗llanmalarni
jahon
adabiy ta‘limi bilan qiyosiy о‗rganish natijasida milliy metodika kutilgan darajada
xalqaro standartlarga mos rivojlana olmayotganiligining eng muhim sababablarini
quyidagicha tasnifladik.
Dostları ilə paylaş: