“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98
mirzayeva z metodika

 
 
ASARNI O„QISHDAN OLDIN ... 
BOG„LASH: Sizni birovga yoram berishga nima undaydi? Kichik guruhlarda 
odamlar boshqalarga yordam berishining besh sababini yozing. Quyidagi 
savollarni muhokama qiling: yomon niyatda yaxshi ish qilish mumkinmi? 
Yaxshi ish qilishning yomon sabablari nima bo „lishi mumkin? Fikrlaringizni 
izohlang. 
O„QISHDAN MAQSAD: Nega Rozemari qizga yordam berdi-yu, nega uni 
haydab yubordi? 
O „qish davomida quyidagi jadvalni to„ldiring: 
Rozemarining 
hatti-
harakatlari 
Sabablar 
Mening munosabatim 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


ASARNI O„QIYMIZ ... 
Rozemari Fell unchalik go‗zal ayol emas. Ishqilib uni go‗zal deyish qiyin. Yo, 
«chiroylikkina», deb atasakmikan? Ha, ha, agar Rozemarining fazilatlarini sinchiklab 
kuzatsak... Nazarimda, sinchiklab kuzatish ham unchalik shart emas-ov... 
INFERENSIYA:
Muallif nima demoqchi? 
Rozemari yosh, istarasi issiq, zamonaning eng so‗nggi urfida did bilan 
kiyinadigan, kitobxonlikka o‗ch ayol. Uni turli kasb egalari davrasida tez-tez 
uchratasiz. Davradoshlarining ba‘zilari yoqimtoy, ajoyib kishilar bo‗lib, ayrimlari esa 
g‗alati-g‗alati fe‘l-atvorli edi. 
Rozemari bundan ikki yil oldin turmushga chiqqandi. Maykl ismli erkatoy o‗g‗li 
bor. Eri ham sidqidildan uni sevadi. Bu oila boy yashashardi, haqiqatdan ham boy. 
Rozemari biror narsa xarid qilmoqchi bo‗lsa, ko‗proq Parijga boradi, men esa 
Bond ko‗chasiga boraman. Mabodo Rozemarining ko‗ngli gulga ketsa, mashina uni 
muhtasham binolar joylashgan Rejent ko‗chasiga olib boradi. Shunda Rozemari 
do‗kon peshtaxtalariga hayrat bilan boqib: 
- Men ana uni, mana buni va yana manavini ham olmoqchiman, - deydi. - Ana 
undan to‗rt dasta bersangiz. Ana u ko‗zadagi atirgullarni ham. Ha, hammasini bering. 
Yo‗q, yo‗q, nastarin kerak emas. Nastarinni yoqtirmayman, judayam beso‗naqay. 
Rozemarini mashinagacha ozg‗ingina sotuvchi qiz kuzatib qo‗yadi. Uning bir 
quchoq gul ko‗tarib odimlashi xuddi beso‗naqay kiyim kiyib olgan yosh bolaning 
yurishiga o‗xshardi. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin