“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   98
mirzayeva z metodika

INFERENSIYA: 
Yuqoridagi parchadan Rozemari nima qilayotganligi yoki nimani 
o„ylayotganligini ochib beradigan detalni toping. Bu detal Rozemarining 
xarakteri haqida qanday ma‟lumot beradi? 


- Ha, ajoyib! - Rozemarini gullar hayratta soldi.
- Xo‗sh, narxi qancha? 
Sotuvchi, go‗yo, o‗zini eshitmaganga soldi. Keyin pichirlagan ovoz eshitildi. 
- 28 giney, xonim. 
- 28 giney? 
Razemari sezdirmadi. Qutichani joyiga qo‗ydi; qo‗lqoplarini kiydi. 
- 28 giney? - Uning kayfiyati buzildi. - Iltimos, olib qo‗ying, keyin olaman, - 
dedi ovozi qaltirab. 
Sotuvchi allaqachon tushungandi. Albatta, u Razemari uchun qutichani bir umr 
saqlaydi. 
Tashqaridagi eshik g‗ijirlab yopildi. 
U qish havosini kuzatdi. Yomg‗ir yog‗mokda. Havo sovuq bo‗lib, hozirgina 
yongan ko‗cha chiroqlari xomushday ko‗rinadi. Ular nelardandir afsuslanganday xira 
shu‘la sochib turishardi. Odamlar ham har tarafga shoshilishmokda. Rozemari 
qandaydir g‗alati bo‗ldi. Judayam qutichani olgisi kelgandi. 
Albatta, mashinasi joyida edi, faqat yo‗ldan o‗tish kerak. Lekin nimagadir 
jimgina turardi. Hayotda hamma narsa bo‗lishi mumkin, kimdir adashadi, kimdir 
ularga yo‗l ko‗rsatadi, ba‘zilar yo‗q. 
Xuddi shu payt allakim: 
- Kechirasiz, xonim, - deb uning xayolini bo‗ldi. 
Rozemari burilib orqasiga qaradi. Oldida qorachadan kelgan judayam yosh bir 
qiz turardi. U xuddi suvdan chiqqan odamday qaltirardi. Qaerdan kelgan bo‗lsa? 
XULOSA YASASH: 
Do„kondan chiqqanda Rozemarining kayfiyati qanday edi? Qaysi so „zlar 
Rozemarini kayfiyatini ochib beradi? 
- X-xonim, - duduqlandi qiz, - ozroq choy-chaqa puli bering. 


- Choy-chaqa? - hayron bo‗ldi u. Bu ovoz umuman gadoy ovoziga o‗xshamasdi. 
- Umuman puling yo‗qmi? - so‗radi Razemari. 
- Yo‗q, xonim. 
Qiziq, Rozemari unga yaqinlashdi. Bundan ham qizig‗i bo‗ladimi, axir?

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin