deguncha quvongan chehrasi yorishib ketadi. Hatto sevinchdan tili zo‗rg‗a gapga
keladi. Xushomal albatta. Ammo, bu yerda bir sir bor-ov...
-
Bilasizmi, xonim, -tushuntirishga harakat qilardi u muloyim ovozda, -
mollarimning qadrini bilmaydiganlarga sotgandan ko‗ra,
ularni sotmaslikni afzal
ko‗raman. Gapning ochig‗i ularning qadr-qimmatini kamdan-kam odam biladi.
Shunday deya sotuvchi peshtaxta oynasi ustiga baxmalga o‗ralgan jajjigina
qutichani qo‗ydi.
XULOSA YASASH:
Rozemarining boyligi, uning chiroyli narsalarga o„chligi, didi haqida o„ylang.
Sotuvchi nega Rozemariga xushomad qilyapti?
U buni Rozemari uchun saqlab kelayotgandi. Hali hech kimga ko‗rsatganicha
yo‗q. Nafis did bilan ishlangan quticha shunchalik
jozibali yaraqlardiki, xuddi
oftobda tovlanayotganga o‗xshaydi. Quticha qopqog‗ida yigit bilan qizning rasmi bor
ekan. Ular gul tagida yonma-yon turishar, qizchaning qo‗llari yigitning yelkasida edi.
Qizning shlyapasi geranium bargidan sal kattaroq bo‗lib,
uzun shoxchalardan
to‗qilgandi. Atrofi yashil lenta bilan o‗ralgan edi. Yana ularning ustida sezgir
farishtaga o‗xshagan bulutcha suzib yurardi.
Rozemari qo‗lqopini yechdi. U har doim biror narsa sotib olmoqchi bo‗lsa
shunday qilardi. Ha,
bu unga yoqqandi, judayam yoqqandi. Bu haqiqiy omad edi.
Sotib olishi kerak. Qutichaning u yoq-bu yog‗ini ko‗rdi, ochdi, yopdi, qo‗llari ko‗m-
ko‗k baxmalga judayam yarashdi. Bunga e‘tibor bermay bo‗lmasdi. Sotuvchi
peshgaxtaga suyanib ruchkasi bilan yarqirab turgan qutichani sal nari surib sekingina
pichirladi:
- Sizga aytsam, xonim, gullariga e‘tibor bering.
Dostları ilə paylaş: