1. ―O ‗tkan kunlar‖ romanining yozilish sabablari nimada deb o‗ylaysiz?
2. Nega roman uchun mavzuni muallif moziydan, ―xon zamonlaridan‖ tanladi? Nima
sababdan o‗sha davrni ―eng kir, qora kunlari‖ deb atadi?
3. Yusufbek hoji va Otabek qanday kishilar? Ularning asosiy maslagi, maqsadi nima?
4. Romanda xalq qanday tasvirlangan? Uning kuchli va ojiz tomonlari haqida nimalar
deyilgan?
5. Asarda qanaqa ma‘naviy-axloqiy muammolar qalamga olingan? Personajlar
orasidagi oila, muhabbat, ota-ona orzusi xususidagi bahslarga munosabatingiz
qanaqa?
6. Otabek va Kumush sevgisi fojiasining sabablari nimada?
7. O‗zbek oyim qanaqa ayol? Zaynab va Xushro‗y-chi? Ular xarakteriga xos
xususiyatlar qay tariqa talqin etilgan?
8. Romanning poetikasi—badiiyatiga xos asosiy xususiyatlar nimalardan iborat?
Asarda xalqimizning milliy udumlari qanday ifoda etilgan? Asarning syujet tuzilishi,
tasvir ohangi—musiqasi haqida so‗zlang.
9. Romanni sinchiklab o‗qing. Sizni hayajonga solgan ta‘sirchan boblarini,
lavhalarini belgilab chiqing.
10. Qahramonlar xarakteri, ruhiyati tasviriga oid muhim o‗rinlarni aniqlang.
11. Tasvir nafosatiga, ohangiga e‘tibor bering. Asar pafosi, poetikasi haqidagi nazariy
ma‘lumotlarni bilib oling.
12. Quyidagi mavzulardan biri bo‗yicha insho yozing:
1) ―O‗tkan kunlar‖ - to‗ ng‗ich o‗zbek romani.
2) ―O‗tkan kunlar‖ romanidagi Yusufbek hoji va Otabek obrazlari.
3) ―O‗tkan kunlar‖ romanida Otabek va Kumush sevgisi fojiasi.
4) ―O‗tkan kunlar‖dagi O‗zbek oyim, Zaynab va Xushro ‗y obrazlari
5) ―O‗tkan kunlar‖ romanining badiiy xususiyatlari.
2-guruh savol va topshiriqlar (“Ota-ona orzusi” bobi asosida): (Qozoqboy Yo‗ldoshev, Valihon Qodirov, Jalolbek Yo‗ldoshbekov. ―Adabiyot‖.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 9-sinfi uchun dasrlik-majmua. Toshkent,
―Yangiyo l polygraph servis‖, 2006)