FAOL O„QISH MODELI:
“EL NETIB TOPQAY MENIKIM ...” G„AZALI BO
ʻ
YICHA NAMUNAVIY
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Quyida Alisher Navoiyning “El netib topqay menikim ...” g„azali bo „yicha savol va
topshiriqlar keltirilgan. Berilgan savol va topshiriqlarni tahlil qiling. Har bir savol
va topshiriqning “faol o„qish modeli” asosida qaysi strategiyaga tegishli ekanligini
aniqlang. Ushbu savol va topshiriqlar o„quvchiga g„azalni tushunishga qay darajada
yordam beradi? Siz yana qanday savol va topshiriqlar bergan bo„lardingiz?
To muhabbat dashti bepoyonida ovoramen,
Har baliyat kelsa ishq oshubidin bechoramen.
El netib topqay menikim men o‗zimni topmanom,
Bo‗ylakim ishqu junun sahrosida ovoramen.
Qaysi zahmimg‗a
qilursen chora chun men ey
rafiq,
Tiyr boroni baliyatdin sarosar yoramen.
Oh dudi ichra bir uchqun kibi ko‗rgan meni
Bildikim, hijron tuniga kavkabi sayyoramen.
Kecha o‗rtansam, sahar
faryod qilsam, ne ajab,
Ishq aro parvonavu bulbulg‗a chun hamkoramen.
baliyat - balolik, oshubidin –
tarafidan
junun – majnunlik, devonalik
zahm – yara, dard, rafiq – do‗st
tiyr – o‗q, boron – yomg ‗ir
dud – tutun
kavkab – yulduz
Ey
xarobot ahli, gar siz mast o‗lub, men
bo‗lmasam,
Ayb emas, nevchunki siz – mayxora, men
xunxoramen.
Ey Navoiy, bordi deb ahbob, ta‘jil etma ko‗p,
It kibi men erishib ul korvonni boramen.
(“Navodir-ush shabob, 496-g„azal)
hamkora – bir
xil ish qiluvchi
mayxora
– may ichuvchi,
xunxora – qon ichuvchi
ahbob – do‗st yorlar, ta‘jil –
shoshilish
Dostları ilə paylaş: