“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98
mirzayeva z metodika

TAHLIL QILING: 
Nega harbiylarni ko„rib bolaning yuragi orqasiga tortib ketdi? Oyisi bilan opasi 
nega dod solishdi?
Men o‗sha paytlar mamlakatimizda va hatto shahrimizda nima bo‗layotganidan 
bexabar edim, albatta, shu bois oyimlar bilan opamlarning harbiylarni ko‗rishlari 
bilanoq faryod chekib, ichkariga otilishlari sababini anglamadim. Ammo ular 
mudhish maqsad bilan kelishganini aql bilan bo‗lmasa-da, yurak bilan his etgandim. 
Keyin bilsam, o‗sha davrda hamma joyda bo‗lganidek,Turkistonda ham har kuni, har 
daqiqada ko‗plab odamlar hibsga olingan ekan. Oyimlar va opamlar bundan boxabar 
bo‗lganlari uchun ham harbiylarni ko‗rib dod solishgan ekan. Eshikdan kirishim bilan 
harbiylardan biri — novchadan kelgan, malla sochlarining uchlari qoshlariga nafis 
egilib tushgan xushsurat o‗ris kapitan polni g‗arch-g‗urch bosib, eshikka keldi-da, 
uning ilmog‗ini solib: 
— Tintuv tutaguncha endi hech kim uyga kirmaydiyam, chiqmaydiyam! — dedi 
yurakka g‗ulg‗ula soluvchi bir qat‘iyat bilan. 
Uyda qiy-chuv boshlangan, katta opamlar o‗rta eshikda haykalday qotib qolgan 
dadamlarning bo‗yniga osilib yig‗lamoqda, oyimlar ham dadamlarnig yelkasiga 
suyanib, unsiz titramoqda, kichik opamlar bilan ukalarim burchakka tiqilishib, xuddi 


O
ʻz otasini sotgan 
Pavlik Morozovga 
qo
ʻyilgan haykal 
kalxatlardan qo‗rqqan jo‗jalarday, ko‗zlari ola-kula, bir-birining pinjiga kirib 
olishgandi. 
Ikki tavaqali o‗rta eshik ochiq, ichkari xonaning to‗rida SAKUda dadamlar bilan 
birga o‗qigan mehmonlar, ranglarida rang yo‗q, tippa-tik serrayib turishardi. Ikkinchi 
harbiy esa ichkari uydagi katta qizil shkafga terilgan kitob va albomlarni bitta-bitta 
ko‗zdan o‗tkazmoqda edi. 
Kitoblarning deyarli hammasi qizil jildli Lenin asarlari edi. Tintuv boshlagan 
harbiy Lenin asarlariga tegmas, qalin, sersurat albomlarni esa varaqlab ko‗rib 
bepisand, yerga tashlar edi. Hanuz esim-da: bu albomlar ham xuddi boloxonadagi 
kitoblar kabi, allaqanday rahbarlarning suratlariga to‗la bo‗lib, ularning ham aksari 
allaqachon qamalgani uchun (buni men keyin bildim, albatta) yuzlariga ko‗k siyoh 
chaplangan, ko‗zlari o‗yib olingan, ba‘zi suratlarning kallalari «kesib» tashlangan 
edi. Bepisand harbiy (agar yanglishmasam, u ham kapitan edi) albomlarni ko‗zdan 
kechirarkan, dam ulardagi ko‗zlari o‗yilgan, boshlari «kesilgan» suratlarga, dam 
dadamlarga qarab: 
— Ko‗rinib turibdi, ja g‗oyaviy ekanlar! — derdi miyig‗ida kulimsirab. 
Xushsurat mallosoch kapitan esa tashqi xonadagi qutilar, 
sandiq va sandiqchalar, shkaflarning tortmalarini ochib, ulardagi 
buyumlarni titkilar, latta-puttalar orasidan allanimalarni qidirar 
edi. Navbatdagi shkafga kelganda harbiy urinmasin, uning pastki 
tortmalarini ocholmadi. Uyda birorta sandiq, yo shkaf yo‗q ediki, 
men uni ocholmasam. Kapitanning qiynalayotganini ko‗rib, men 
qo‗limga mix oldimu pildirab borib shkafning tortmasini shartta 
ochib berdim. Kapitan chehrasi yorishib kuldi-da: 
— Malades! — dedi boshimni silab. — Kelgusida zo‗r odam chiqadi sendan!

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin