O'zbek tilining izohli lug'atida terminlarning berilishi



Yüklə 98,26 Kb.
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü98,26 Kb.
#182423
1   2   3   4   5   6
6.O\'zbek tilining izohli lug\'atida soha terminlar

Qayd etish lozimki, o‘zbek tilshunosligida yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug‘atlari, ko‘plab maqolalari yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yana qator terminologik tizimlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. O‘zbek tilining kimyo-texnologiya terminologiyasi tizimi o‘zining to‘liq ifodasini topa olgani yo‘q.

  • Qayd etish lozimki, o‘zbek tilshunosligida yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug‘atlari, ko‘plab maqolalari yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yana qator terminologik tizimlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. O‘zbek tilining kimyo-texnologiya terminologiyasi tizimi o‘zining to‘liq ifodasini topa olgani yo‘q.
  • Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya bo‘yicha terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazardan tadqiq yetish muhim ahamiyat kasb yetadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun kimyo-texnologiya terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarini o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi.

“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadi

  • 1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
  • 2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
  • 3) termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
  • Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi.
  • Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan atama, istiloh so ‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas. Atama termin so’ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi.

Yüklə 98,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin