O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
ÓTSQ qollanma

Forscha-tojikchabastakor, 
duradgor
, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam,
sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
3.
Ruscha-baynalmilalabzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks,
lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd,
fizika, 
fonetika
, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:
1. Lotinchaabbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya,
aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks,
affiksoid, affrikata kabi.
2.
Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, 
amorf tillar
, analitik tillar, analogiya,
anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Bizni qurshab turgan olamdagi hamma narsa va hodisalar uzluksiz o‘sishda-rivojlanishdadir.
Masalan, hovlingizga ko‘chat ekdingiz. U ko‘karib, asta-sekin rivojlana boshlaydi, lekin uning
rivojlanish jarayonini oddiy ko‘z bilan kuzata olmaysiz. Ko‘chat ekilgan holat bilan uning bir


necha oy yoki yil o‘tgandan keyingi holatini solishtirsangiz, undagi ro‘y bergan o‘zgarishlarni
payqaysiz.
Xuddi shuningdek, siz bilan biz gaplashib turgan til ham muttasil rivojlanishda,
o‘zgarishdadir. Bu o‘zgarishlarni shu tilning ikki davr oralig‘idagi holatiga qarab bilib olamiz.
Masalan, Navoiy tili bilan hozirgi davrdagi o‘zbek tili yoki Fitrat, 
Cho‘lponlar davri bilan
bugungi o‘zbek 
tilini solishtirsak
,  bu ikki davr oralig‘ida ro‘y bergan o‘zgarishlar leksikada
ko‘proq aks etganini sezishimiz mumkin.
Ko‘rinadiki, bunday o‘zgarishlar tilning lug‘at jamg‘armasida ko‘proq namoyon bo‘ladi, chunki
xalqimiz tarixida ro‘y bergan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o‘zgarishlar tufayli yangi so‘zlar kirib
keladi, ayrim so‘zlar iste'moldan chiqib keta'di. Masalan, eski o‘zbek tiliga
xos cherik (askar), o‘ko‘sh (ko‘p), talim (bir qancha) singari so‘zlar bugungi kunda
qo‘llanilmaydi.
Ular o‘zbek tili leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi. Ularga nisbatan eskirgan
so‘zlar yoki arxaizmlar va istorizmlar atamasi ishlatiladi.Bunga zid o‘laroq, konsalting, audit,
sammit singari so‘zlar esa tilimizga endigina kirib kelyapti. Ular yangi paydo bo‘lgan so‘zlar,
ya'ni neologizmlar sanaladi. Sobiq sho‘rolar davrida siyosiy byuro, pioner, komsomol,
oktabrat singari so‘z va birikmalari faol qo‘llanilgan bo‘lsa, mustaqillik sharoitida bunday
so‘zlarni ifodalaydigan tushunchalarga hayotda o‘rin qolmadi. Shuning uchun ular iste'moldan
chiqib ketdi. Hozirgi kunda yangichadavlat va xo‘jalik boshqaruviga, bozor iqtisodiyotiga doir
bir qator yangi so‘zlar paydo bo‘ldi. Ayrim eski o‘zbek tilida qollanilgan so‘zlar yangitdan olib
kirildi. Masalan, hokimiyat, hokimlik, vazir, vazirlik, 
devonxona
 

va boshqalar.
Shunday qilib, o‘zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo‘lib qolgan
tushunchalarni bildiruvchi so‘zlarning iste'moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo‘lgan
tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelishi hisobiga doimo o‘zgarib, rivojlanib,
boyib boradi.O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib, rivojlanib boradi. Ularni,
eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o‘z ichki imkoniyatlari asosida;2) boshqa
tillardan so‘z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar
sanaladi.
1. O‘zbek tili leksikasining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyatlari juda kengdir.
Masalan, a) ilgari qo‘llanilib, keyin iste'moldan chiqib ketgan so‘zlardan yangi tushunchalarni
ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi
qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona,
auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqalar; d) dialektal so‘zlarni
faollashtirish: mengzamoq
(Xorazm) «o‘xshatmoq»,
 
«tenglashtirrnoq»,
«qiyoslamoq» ma'nosida.
2. O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa
tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til
yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma'lum zarurat tufayli yangi tushunchani
ifodalovchi o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi
manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiylar ham
shunga da'vat qilganlar.
Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘zlar yangi tushunchalar
bilan birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, skayner kabi. Bularning hammasi o‘zbek
tili leksik imkoniyatlarini kengaytirib, 
boyitmoqda

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin