O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


-MAVZU. TIL VA TERMINOLOGIYA



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
ÓTSQ qollanma

4-MAVZU. TIL VA TERMINOLOGIYA
Reja:
1.O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari.
2.Tilning lug‘at tarkibi.
3.O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv 
lug‘atlari.
4. Sohaviy lug‘atlarda terminlar.
5. Tezaurus haqida ma’lumot.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi- yangi
fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo
bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu
boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi
turibdi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq
o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat
ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik
tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha
atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay
o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari
bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning
paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham
o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi
bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat
kasb etadi.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular
terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz:
1. termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish,
fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2.
termin – 
konkret narsa-predmet
,  ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan
nomidir;


3. termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli
tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab
ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga
joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin. 
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda
bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar
tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi.
Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum
darajada nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati
anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma
yoki og‘zaki nutqida kartelkliringtovar oborotimayda mulkchilikmablag‘
ajratishrenta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-
o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida
ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan
til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: Bozor, mol, savdo, 
savdo-
sotiq
, pul, haridor, bozorchi, olibsotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot, balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil
soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika
terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin