boshlashi bilan iqtisod fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina boshlangan
edi. Masalan,
haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, sug‘urta, savdo, omonat, g‘amlama va
boshqalar.
Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda qo‘llanadigan
terminlar
ham maxsuslashtiriladi, ya’ni iqtisodiy terminlar sifatida ishlatiladi. Masalan,
taklif, sohibkor,
o‘sim, qoldiq, daraja, palata, kadrli,
yetakchi
, yig‘im, qonun, qaydnoma, baho, xo‘jalik kabi
yuzlab leksemalar iqtisodiy terminologik tizimda yakka holida ham, so‘z
birikmalarining
tarkibiy qismlari sifatida ham ushbu soha terminlari sifatida amal qilinaveradi.
Iqtisodiyot terminologiyasining
boyishidagi yana bir manba
, bu iqtisodiy tushunchalarni
ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama lug‘aviy birliklar
hisoblanadi:
jamg‘arma, ijarachi,
ishsizlik
, uyushma, tejamkor, iqtisodiyot,
tadbirkor
, bojxona,
qarzdor, boylik kabilar shular jumlasidandir. Bunday terminlarning
bir qismi tegishli ruscha-
baynalmilal muqobillarining o‘zbek tilidagi kalkasi sifatida yuzaga kelgan.
Hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibida, uning iqtisodiy terminlar
tizimida yuqoridagidek
umumturkiy, o‘zbek terminlari bilan
bir
qatorda fors-tojikcha
, arabcha, shuningdek, ruscha-
baynalmilal leksemalar ham qo‘llanib kelinayotir. Masalan,
sarmoya, savdogar, tojir, sarkor,
daromad, dastmoya kabi fors-tojikcha so‘zlar asosiy iqtisodiy terminlar bo‘lib qo‘llanmoqda.
O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining ruscha-baynalmilal terminlar hisobiga to‘ldirilishi
haqida gap
ketganda shuni aytish kerakki
, rus tili leksikasi imperiya davrida mahalliy tillarga,
xususan, o‘zbek tiliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Masalan,
veksel, preyskursant, kredit, tovar,
buxgalter, bank, kassir, avans, makler va boshqalar.
Tilning lug`at tarkibida so‘zlardan tashqari ko‘z tikmoq, qo‘li yegri, ko‘ngil bermoq kabi
iboralar ham mavjud. Iboralar frazeologizmlar deb nomlanib, ularni o‘rganuvchi bo‘lim
Dostları ilə paylaş: