Ma’no ko‘chishining nima asosda ro‘yobga chiqishiga ko‘ra metafora , metonimiya, sinekdoxa , vazifadoshlik singari turlari ma`lum Tilning leksik qatlamlari Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibi (so‘z boyligi) o‘zbek tilining butun tarixiy
taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Undagi so‘zlarning paydo bo‘lish davri va kelib
chiqish manbai ham har xildir. Umuman, har qanday til o‘z lug‘at tarkibi va grammatik
qurilishiga ega bo‘ladi. Lekin xalqlar o‘rtasidagi uzoq tarixiy davrlar mobaynida
davom etadigan
iqtisodiy
, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham shubhasiz, o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Natijada bir tilga xos fonetik
, leksik va boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o‘tib
o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro ta’sir etish ayniqsa leksikada bo‘ladi.
O‘zbek xalqi ham o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy,
siyosiy aloqada bo‘lgan va bu xalqlarning tili o‘zbek tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini
qoldirgan. Xususan, boshqa tillardan o‘zbek tiliga ko‘plab so‘zlar o‘zlashganini shu ta’sir bilan
izohlash mumkin. Natijada o‘zbek tili lug‘at tarkibida shu tilning o‘ziga xos leksik qatlam bilan
birga o‘zlashgan qatlam ham yuzaga kelgan.
O‘z qatlamga o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan,
shuningdek
, turkiy tillar uchun umumiy
bo‘lgan so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida turkey tillar uchun umimiy bo‘lgan so‘zlar
anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so‘zlar barcha so‘z turkumida bor. Masalan: tosh, tog‘, yer, bosh, suv, til, kishi, bola, men, sen, biz, siz, bu, shu,qora, qizil, sariq, yaxshi, yomon, erta, indin, ilgari va boshqalar.
O‘zbek tilining bevosita o‘zininki bo‘lgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyoti
jarayonida uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun-qoidalari asosida hosil etilgan yasama
so‘zlar tashkil etadi. Bunda uch holat kuzatiladi:
1.Asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tilga oid affikslar yordamida yasalgan so‘zlar:qatnashchi, terimchi, qotishma , qo‘llanma, turg‘un, bolalarcha kabi;
2.o‘zlashma so‘zlardan o‘zbek tili vositalari yordamida hosil qilingan so‘zlar;
a)tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: jangchi, mardlik, sabzavotchilk, do‘stlik, pulsiz, xastalanmoq; b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: rahbarlik, qimmatli , ovqatlanmoq; v)
ruscha-baynalmilal so‘zlardan yasalgan so‘zlar: sportchi,betonlamoq;
3.boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma so‘zlardan hosil
qilingan so‘zlar: tilshunos, mehnatkash , kitobxon, vagonsoz, ilmiy.