O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
ÓTSQ qollanma

frazeologiya deb ataladi.
Ibora (frazeologizm) tarkibida kamida ikkita so‘z qatnashadi, lekin ular umumlashgan
holda bitta ma`noni anglatadi. Ya`ni ibora ma`no jihatdan bitta so‘zga teng bo‘ladi. Masalan,
og`zi qulog`ida (xursand), yog` tushsa yalagudek (toza), qo‘li ochiq (saxiy) va boshqa. Iboralar
uslubiy bo‘yoqqa boy bo‘ladi. Shuning uchun ulardan fikrni ta`sirchan qilib ifodalashda keng
foydalaniladi. Ibora turg`un birikma bo‘lib, nutqda doimo birga qo‘llaniladi. Agar ularni yolg`iz
holda qo‘llasak ma`no buziladi. Masalan, qo‘y og`zidan cho‘p olmagan iborasini olib ko‘raylik.
Bu yuvosh degan ma`noni anglatadi. Unda to‘rtta so‘z (qo‘y, og`iz, cho‘p, olmagan) ni ajratib
yuborsak ibora buziladi. Iboralar ma`no jihatdan 3 turga bo‘linadi.
1. Omonim iboralar. Yozilishi, aytilishi bir xil, ma`nolari har xil. Masalan, uyni boshiga
ko‘tardi // onasini boshiga ko‘tardi. 
2. Sinonim iboralar. Yozilishi, aytilishi har xil, ma`nolari bir-biriga yaqin iboralar.
Masalan, ataladan suyak chiqqanday // tomdan tarasha tushgandek. 
3. Antonim iboralar. Ma`nolari bir-biriga zid bo‘lgan iboralardir. Masalan, qo‘y og`zidan
cho‘p olmagan // yulduzni benarvon uradi. 
Savol 
va topshiriqlar
1.Leksika nima?
2.Leksikologiya nimani o‘rganadi?
3.So‘zning leksik ma'nosi deganda nimani tushimasiz?
4.So‘zning grammatik ma'nosi nima?
5.Leksema va so‘z nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
6.Ko‘p ma'noli so‘zlar nima?
7.Ko‘chma ma'no qanday aniqlanadi?
8.To‘g‘ri qanday aniqlanadi?
Amaliy qism
 1-mashq. Quyidagi gaplardan iboralarni toping, ularning ma`nolarini tushuntiring.
1. O‘n bir yasharida paranji yopinmagan qizdan qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa uravering. 2.


Ko‘zimning yog`ini yeb, boshimga ish tushganda qochdingiz. 3. Bas, pichoq borib suyakka
yetdi. 4. U bir hafta bo‘yi qovog`ini ochmadi. 5. Musobaqada ko‘z bo‘yash bilan yutgan
yekansiz-da, To‘tixon! 6. Boshimni qotirma, jiyan, qoy. 
2-mashq. Sinonim iboralarni aniqlang va ma`no nozikligini tushuntiring.
1. Ilonning yog`ini yalagan. 2.Qovog`idan qor yog`adi. 3. Og`zi qulog`ida. 4. Boshi ko‘kka
yetti. 5. Do‘ppisini osmonga otmoq. 6. Tepa sochi tikka bo‘ldi. 7. Mum tishlab qoldi. 8. Aravani
quruq olib qochmoq. 9. Yoqasini ushlamoq. 10. Qo‘ynini puch yong`oqqa to‘ldirmoq.
3-mashq. Antonim iboralarni toping va ma`nosini izohlang.
1. Po‘stagini qoqmoq. 2. Ko‘ziga qon to‘lmoq. 3. Oyoq osti qilmoq. 4. Tutgan yeridan kesadi.
5. Og`ziga tolqon solmoq. 6. Labi labiga tegmaydi. 7. Barmog`ini tishlamoq. 8. Boshida yong`oq
chaqmoq. 9. Suvga tushgan bo‘lka nondek. 10. Beli baquvvat. 11. Cho‘ntagi baquvvat. 12. Ko‘zi
och.
4-mashq. “Mug`ombir” so‘ziga sinonim bo‘lgan iborani toping.
Oyog`ini tirab olmoq, jig`ildoniga urmoq, ko‘z tikmoq, ko‘ngli to‘q, ilonning yog`ini yalagan,
ko‘zining paxtasi chiqmoq. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin