O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

to’r,tuzoq. 
O’zbek tili tarixida cho’ziq unlilar haqida so’z yuritilganda, uch masalani farqlash lozim: 
a. Arab va fors tillaridan eski o’zbek tiliga kirib kelgan so’zlarda cho’ziq va qisqa 
unlilarning o’zaro munosabati. 
Turkiy so’zlardagi unlilarda birlamchi cho’ziqlik. 
Turkiy so’zlardagi ikkilamchi cho’ziqlik. 
Arab va fors tillarida unlilar ikki xil- qisqa va cho’ziq bo’ladi. Bu tillardagi cho’ziq-
qisqalikning farqi mustaqil fonologik farq bo’lib, cho’ziq va qisqa unliar aloxida fonemalarni 
tashkil etadi. Lekin bu tillarda unlilarning qattiq-yumshoqligi farqlanmaydi. 
O’zbek tiliga arabcha va forscha so’zlar kirib kela boshlashi bilan bu so’zlarda cho’ziq va 
qisqa unlilarning mano farqlash vazifasi ham kirib keldi: adam- odam; adam-yo’qlik; a va a 
bilan eski o’zbek tilida mavxum otlarning birlik va ko’plik formalari farqlanadi: adab-adab, 
adab-odoblar. 
Turkiy so’zlardagi birlamchi cho’ziqlik masalasi juda murakkabdir. Olimlar taxminiga 
ko’ra juda qadimgi yozma yodgorliklari bizgacha etib kelmagan davrlarda (umumturkiy tilda)- 
turkiy so’zlarda cho’ziq va qisqa unlilar farqlangan. Eski turkiy hamda eski o’zbek tilida cho’ziq 
va qisqa unlilarning farqlanishi, ularning fonologik ahamiyati haqida qarama-qarshi ma`lumotga 
egamiz. Mahmud Qoshg’ariy, Tole` Xiraviy, Mirza Maxdiyxon va boshqa tilshunoslar cho’ziq a, 


11 
ba`zan cho’ziq i unlisi haqida yozadilar. Maxmud Qoshg’ariy a unlili so’zlarni ikki alif bilan 
keltirgan.
Maxmud Qoshg’ariy turkiy so’zlarning unli tovushlarini tavsiflab shunday yozadi. 
«a’nlilarni cho’ziq yoki qisqartirib talaffuz qilish so’zga zarar bermaydi» (Mq,I,qho’). 
«Devon»ning boshqa bir joyida yana ham aniqroq qilib yozadi: yigach deyish ham mumkin, 
yigach deyish ham mumkin, tanuq deyish ham, tanuq deyish ham mumkin. (Mq,II,n’o’). 
Mahmud Qoshg’ariyning bu so’zlaridan bitta xulosa chiqarish mumkin: XI asr adabiy tilida 
cho’ziq unlilar shu davr urug’-qabila tillarida bir xil bo’lmagan, ya`ni u ayrim urug’-qabila tillari 
(shevalari)da mavjud bo’lgan va ayrimlarida esa qo’llanmagan. Ma’lumki, bu holat hozirgi 
o’zbek tilida ham shunday holatdadir. Birlamchi cho’ziq unlilar hozirgi o’zbek tilining Iqon, 
qorabo’loq, Forish kabi shevalarida saqlanib qolgan, boshqa shevalarda esa qo’llanmaydi. 
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadimgi turkiy tilning barcha shevalarida birlamchi 
cho’ziqlik umumtil harakteriga ega bo’lmagan. 
Alisher Navoiy eski o’zbek tilining fonetik imkoniyatlari, she`r tuzish va qofiyalashdagi 
qulayliklari haqida to’xtalib, bu tildagi unlilarning qisqa ham, cho’ziq ham talaffuz etilishi 
she`riyat uchun qulay ekanini ta`kidlaydi. Buyuk mutafakkir, jumladan, ara so’zini ara sifatida 
talaffuz etib, forscha sara, dara so’zlari bilan ham, ara sifatida talaffuz qilib, cho’ziq unlili 
forscha sara, dara so’zlari bilan ham qofiyalash mumkinligini uqtiradi (ML,aan’). Alisher 
Navoiyning bergan ma`lumotlaridan ham qat`iy xulosa chiqarish mumkin: turkiy so’zlarda 
cho’ziq-qisqalik fonologik vazifani bajarmagan. 
Eski o’zbek tilidagi keyingi cho’ziqlik so’zning o’rtasi va oxirida g, g’, y, h 
tovushlarining tushib qolishi natijasida xosil bo’lgan: bi:z-bigiz; ki:z-kigiz; qi:n-qiyin. Alisher 
Navoiy biz (kishilik olmoshi) va bi:z-bigiz so’zlarini zid qo’yar ekan, mana shu keyingi 
cho’ziqlik haqida ma’lumot beradi (ML,aan’). 
 a’nlilar uygunligi (singarmonizm - grekcha sin-o’xshash, harmoni- oxang) turkiy 
tillarning muxim fonetik xususiyatlaridandir. a’nlilar uygunligi deb, so’zning o’zak va 
qo’shimchalaridagi tovushlarning o’zaro moslashishi, uygunlashishi, bir-biriga o’xshash 
bo’lishiga aytiladi.
 a’nlilar uygunligi tanglay (palatal-velyar) va lab (labial) kabi ikki turga bo’linadi. 
Tanglay uygunligi. So’zning o’zagida orqa qator (a,i,o,u,a – a,i,o,u) unli bo’lsa, 
qo’shimchada ham orqa qator unli, so’zning o’zagida old qator unli (a,e,i,6,o’-a,e,i,6,o’) kelsa, 
qo’shimchada ham old qator unli kelishi tanglay uygunligi deyiladi. Misollar: atnin’, kelgan, 
bargan, ishlar 
Eski turkiy va eski o’zbek tillaridagi tanglay uygunligining o’rta asr tilshunoslari 
tomonidan talqini ham diqqatga sazovordir. Maxmud Qoshg’ariy turkiy so’zlarni ikki guruxga q, 
g’ li qattiq o’zakli so’zlar, k,g li yumshoq o’zakli so’zlarga bo’ladi. 
Lab uygunligi. So’zning o’zagida lablangan o,o’,u,6 (i,o’,u,6) unlilardan biri kelsa, 
qo’shimchadagi unli tovushning ham o’zakdagi unli tovushga moslashib lablanishiga lab 
uygunligi 
deyiladi. 
Tanglay 
uygunligidan 
farqli 
o’laroq, 
lab 
uygunligi 
keng 
tarqalmagan.Misollar. qolum, ko’zu’m, yu’zu’m, tushtum. 
Singarmonizm 
qisman 
undoshlarga 
ham 
aloqadordir. 
Old 
va 
orqa 
qator 
unlilarninguygunlashib kelishi so’zlardagi undoshlar variantini tanlashga olib keladi. Masalan, 
boshlagan, kelgan so’zlaridagi sifatdosh qo’shimchasining g’ va g undoshlarda qatnashishi 
unlilar uygunligi tufaylidir. Bu,ayni zamonda, affikslarningvariantlarini ko’paytirishga xizmat 
qiladi (Bu xaqda morfologiya qismida baxs qilinadi).  
a’ndoshlar taraqqiyoti. Eski o’zbek tilidagi undoshlar tavsifi Maxmud Qoshg’ariy 
tomonidan berilgan. Lekin bu tilshunos olim ko’rsatgan undoshlar to’la emas. Chunki u eski 
o’zbek tiliga arab va fors tillar tasiri ostida o’zlashgan f, x, h, j tovushlarini va ayrim boshqa 
tovushlarni o’z sirasiga qo’shmagan. Eski o’zbek tili undoshlari qadimgi turkiy til undoshlari 
bilan solishtirilganda, eski o’zbek tilida yangi undoshlar- lab-tish v va f, lab-lab v, lab-tish z
sirgaluvchi j, chuqur til orqa sirgaluvchi x, bo’giz undoshi x paydo bo’lganini ko’rish mumkin. 
Demak, eski o’zbek tilida quyidagi undoshlar amalda bo’lgan: b, p, f, v, m, t, d, s, z, n, r, l, sh, j, 
j(dj), ch, k, g, q, g, n’, y, x, h. 


12 
Eski o’zbek tili undoshlarini hozirgi o’zbek tili undoshlari bilan solishtirish shuni 
ko’rsatadiki, o’zbek tili tarixida undoshlar keskin sifat o’zgarishlariga uchramagan. a’ndoshlarga 
oid o’zgarishlar, asosan, yangi undoshlarni o’zlashtirish va tovush almashinishlari bilan 
chegaralanadi, bu esa o’zbek tili tarixida undoshlar unlilardan ko’ra barqaror bo’lgan, deb xulosa 
chiqarish mumkin. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin