Savol va topshiriqlar. 1.Tarixiy fonetika nimani urganadi?
2.Tarixiy fonetikani urganishda qanday manbalarga tayaniladi?
3.Ulug mutafakkirlarimizning filologiyaga oid qanday asarlarini bilasiz?
4.Arab yozuvining o’ziga xos xususiyatlarini sanang.
5.Old qator va orqa qator unlilarni sanang.
6.Lablarning ishtirokiga ko’ra unlilar qanday tasnif qilinadi? 7.Cho’ziq unlilar haqida gapiring. 8.Qadimgi turkiy tilga xos bo’lmagan undoshlarni sanang. 9.Manbalardagi arab va fors tilidan o’zlashgan undoshlarni toping.
A d a b i y o t l a r
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002.
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996.
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T.
2009.
13
Ma’ruza № 3-4. Morfologiya. Ot so’z turkumi Reja: 1.Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. 2.Grammatik son kategoriyasi. 3.Egalik kategoriyasi. Tanch tushunchalar: Kelishik kategoriyasi – aslida otning fe`lga tobeligini ta`minlaydigan so’z formalari jami. So’z formasi (shakli) – leksik mano, grammatik mano va uni ifodalash usullari yigindisi. Kelishik qo’shimchalarining belgili-belgisiz qo’llanishi – kelishikning qo’shimchaga ega bo’lganligini (aslida 20-yillarda «belgi» termini «qo’shimcha» manosini anglatgan) yoki ega bo’lmaganligini bildiradi. So’z turkumi– so’zlarning leksik- grammatik xususiyati bo’lib, so’z manosi, morfologik kategoriyalarga egaligi, sintaktik vazifasi jixatdan guruxlanishidir.