begla’ru’ oglanlarni (ShB).Era’nla’r ayturlar (Taf.).
Ma`lumki, hozirgi o’zbek tili leksikasida arab so’zlari ma`lum o’rin tutadi. Bu xol eski
o’zbek adabiy tilida kuchliroq bo’lgan. Shu munosabat bilan ko’plik shaklida o’zlashtirilgan
so’zlar ko’plik manosida qo’llangan: shuara (shoirlar), ulama (olimlar), salatin (sultanlar). Ayrim xollarda bunday so’zlar birlik manosida o’qilib, ularga –lar\\-la’r qo’shimchasi
qo’shilavergan: Yolda ajayiblar ko’rdila’r (qR). Burungi shuara va akabirlarzaylida mazkur bolgaylar (MN). Egalik kategoriyasi. Predmet va predmetlik tushunchasining nutqdagi uch shaxsdan biriga
taalluqli ekanligini bildiruvchi qo’shimchalar jami egalik kategoriyasini tashkil etadi. Egalik
qo’shimchalari negizning til oldi va til orqa xususiyatiga hamda negizda lablangan unlilarning
qatnashishiga qarab, turli fonetik ko’rinishlarda qo’llangan.
-m qo’shimchasi. a’nli bilan tugagan har qanday negizga qo’shila oladi: atam, akam. -im qo’shimchasi. a’ndosh bilan tugagan til orqa unlilari mavjud negizlarga qo’shiladi.
Furqatin’din za`faran uzra to’karmen lalalar \\ Lalalar ermaski bagrimdin eru’r pargalalar (Nav.). -im qo’shimchasi. a’ndosh bilan tugagan til oldi unlilari mavjud negizlarga qo’shiladi:
Mexrim otin xushu sabru aqlu xis yashurmadi \\ Mexri lamie` to’rt burqa` keynidin pinxan emas. -u’m qo’shimchasi. a’ndosh bilan tugagan va til oldi unlilari qatnashgan negizlarga
qo’shiladi. a’l labi unabgun ko’nlu’mga ekkan tuxmi mexr \\ Ko’nlu’m ichra yashurun durdanadek unab ara. -um qo’shimchasi. a’ndosh bilan tugagan til orqa lablangan unlilar qatnashgan negizlarga
qo’shiladi: Bolmadim umrumda bir dam xatiri xurram bila’ \\ Gar ilikdin kelsa bir damni kechu’rman’ gam bila. I shaxs ko’pligi, II shaxs birlik va ko’pligida ham yuqoridagi qoida o’z kuchini saqlaydi. I
shaxs ko’pligida egalik qo’shimchalari –miz\\ -miz,-imiz\\ -imiz, -umiz\\ umiz va –umuz\\ -umuz tarzida; II shaxs ko’pligida –n’iz\\-n’iz, -in’iz\\-in’iz,-un’iz\\-un’iz,-un’uz\\-un’uz tarzida; III
shaxs birlik va ko’pligida – si\\-si (unlilardan so’ng), -i\\-i (undoshlardan so’ng) qo’shimchalari
qo’shiladi.