Ismlardan sifat yasovchi affikslar. Ism turkumiga oid suzlardan sifat yasashda
quyidagi affikslar qullangan: -lig/-lig,-luq/-lug,-lu’k/-lu’k. a’shbu affiks variantlarining ishlatilishidagi fonetik
sharoit quyidagicha:
Tarkibida lablanmagan unlilardan biri bo’lgan bir buginli, shuningdek, barcha yoki
sunggi buginida shu unlilardan biri bo’lgan ko’p buginli qattiq negizlarga affiksning asosan
lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga esa old qator variantlari qo’shiladi:
agizliq, yazliq, baglig, tatliq, yashliq, qanliq, biliglig, qorganliq, atliq, yaraglig, evlik, yamagliq, kechalik. Lablangan unlili bir buginli, shuningdek, barcha yoki sunggi buginda lablangan unlisi
bo’lgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga
old qator variantlari qo’shiladi: boyluq, qayguluq, otluq, anduxluq, ku’chlu’k, yu’zlu’k, olturushluq, ko’rklu’k, tu’rlu’g,qutluq, otlug otluq, yamgurluq, tu’klu’k, uyluk, yosunluq, su’tlu’k, ku’lgu’lu’k, ku’chlu’k, su’yu’klu’k. Ba`zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili negizlarga
affiksning lablangan variantlari, shuningdek, orqa qator variantlari yumshoq uzaklarga va
aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —
XIX asrlarda ko’proq kuzatiladi.
-li/-li,-lu/-lu’. Bu affiks variantlarining ishlatilishida ham asosan singarmonizm
konuniyatiga amal qilingan: old qator variantlari yumshoq negizlarga, orqa qator variantlari
qattiq negizlarga qo’shilgan: kendli, otli, yagli, tatli, men’izli, kerakli, biligli, yarali, yaqalig kabi. Lablangan -lu/-lu’ variantlarining qullanishida boshqacharoq manzara kuzatiladi;
singarmonizm qonuniga binoan tarkibida lab unlilaridan biri bo’lgan bir buginli yoki sunggi
buginida shu unlilardan biri bo’lgan ikki yoki ko’p buginli kattiq negizlarga affiksning orqa
kator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo’shilishi kerak bo’lgani xolda,
bu qonuniyatga mos ishlatilish siyrak kuzatiladi: otlu, tuglu, ko’zlu’, yuzlu, ko’ru’klu’ kabi
misollar kam uchraydi. Ko’p xollarda lablangan unlisi bo’lmagan suzlarga affiksning
lablangan variantlari, aksincha, lablangan unlili suzlarga affiksning lablanmagan variantlari
qo’shilib keladi: gamlu, namlu, baglu, yollig, qoyli, tugli, ko’kli ko’zli kabi.
gi/-gi, -qi/-ki affiksi qadimiy maxsuldor morfemalardan bo’lib, a’rxun-enisey, qadimgi
uygur yozuvi obidalari, XI—XIV asrlarga mansub yodgorliklar tilida ham ancha keng kullangan:
Bayaqi yolga tegdila’r (qR). Javhar balchiqqa tushsa, burungi bikin nafis turur (SS). Astindaqi azaqlarina qara qo’shlarni bagladi (qR). Bu elkindaki narsalar ne turur(NF). -dagi/-dagi, -daqi/-daki. Bu affiks asosan otlarga qo’shilib, o’ringa va paytga
mansublik manosidagi sifat yasaydi: -siz/-siz. Bu affiks asosan otlarga qo’shilib uzakdan anglashilgan narsaga, holatga,
xususiyatga ega emaslik manosini ifodalovchi sifat yasaydi: Vasl noshi dunyada bolmas, Atayi nishsiz(Atoiy).qapugin eshiki yaragsiz turur(qR). Eski o’zbek tilida fors-tojik tilidan o’zlashgan quyidagi affikslar ham faol qo’llangan:
-iy. Adabiyotlarda «yoyi nisbat» deb yuritiladi va nisbiy sifat yasaydi:
Shax qilib xil`atini rayxaniy,
20
Rast andaq ki sarvi bostaniy (Xamsa) -nak. Otdan muayyan belgiga ega bo’lgan sifat yasaydi: ... la`li atashnak (Maxb.q), ... ko’n’l6m gamidin ul gamnak (Maxb.q).
-gu’n. Rang bildiruvchi sifat yasaydi:
Subxidam kim sipexri minagu’n