17
Eski o’zbek tilida ot asosan ikki usul bilan yasalgan. a. Morfologik usul. g’. Sintaktik
usul.
Sintaktik usul bilan ot yasalishi deyaarli hozirgi o’zbek tilidan farqlanmaydi. M.,
Qarabash, shabshirag’, almabash, chaqirqanat, temurqanat.
Ot yasovchi affikslar qaysi so’z turkumidan ot yasashiga ko’ra quyidagi ikki guruhga
bo’linadi. a.
Ismdan ot yasovchi affikslar. g’. Feldan ot yasovchi affikslar.
Ismdan ot yasovchi affikslar.
Eski o’zbek tilida asosan quyidagi afffikslar bilan tsmdan ot yasaladi.
-liq/lik/lig’/lig
affiksi. Tarkibida (oxirida) lab unlisi bo’lgan so’zlaga -
luq/l6k/lug’/l6g variantlarida
qo’shiladi. M.,
yoqluq, yaruqluq, ulug’lug’, man’6l6k// man’6l6g, mun’lug’, dostlug’
kabi. Bazan bu tartib buziladi. M., k6zag6lik, yaaruliq.
Eski o’zbek tilida bu affikslar bilan quyidagi otlar yasalgan.
1.
Abstrakt belgini ifodalovchi ot yasaladi. M., Salamatliq bolsun sizlarga. Men’a
ezg6lik qildi (Rabg’.)
2.
Konkret tushunchani bildiruvchi otlarga qo’shilganda holat-munosabat, aloqadorlik,
burch, vazifa kabi manolarni ifodalovchi otlar yasaladi. M., Bu ne xatunluq bolur
(Rabg’.) Axbab, yigitlikni g’animiat tutun’uz (A.N.)
3.
Shaxs otlari qo’shilganda, kasb-hunar, mansab manolaridagi ot yasaladi. M., Musani
qoychiliqga tutdi ersa, (Taf.) Mavlana Zulaliy g’azalfurushluq qilur (A.N.)
4.
-liq/lik/lig’/lig affikslari o’rin bildiruvchi otlarga qo’shilganda, shu o’ringa
aloqadorlikni, munosabatni bildiruvchi ot yasaladi. M., Mir Husayn Mashhadlig’dur.
-chi//chi affiksi. Bu affiks otga qo’shilib, kasb-hunar manosini ifodalovchi ot yasaydi.
a’l qoychi anlar bila bardi.
Navoiy -chi//chi affiksi bilan mansab, hunar manosidagi otlar yasalishi haqida
gapirib quyidagi misollarni keltiradi: qorchi, suvchi, xazinachi, shavganchi, nayzashi,
barsshi, qoruqshi, tamg’ashi, qazshi, turnachi va h.
-g’u//gu affiksli harakat nomi formasiga –chi//chi affiksi qo’shilib o’zakdan
anglashilgahrakatni bildiruvchi shaxs oti yasaladi. M., Biz ani saqlag’uchilarmiz. -
chi//chi affiksi felga qo’shilib ot yasashit ham mumkin. Sen husn elining xani – sen-u
banda tilinshi (9Lutfiy
Savol va topshiriqlar:
1.Tarixiy morfologiyaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
2.Ko’plik manosini ifodalovchi morfologik shakllarni sanang. Arabcha ko’plik shaklidagi
so’zlar lug’atini tuzing.
3.Egalik
qo’shimchalarining
hozirgi
o’zbek
tilida
qo’llanmaydigan
variantlariga
manbalardan misol keltiring.
4.Qaratqich kelishigi qo’shimchalarini sanang.
5.Jo’nalish kelishigining qadimgi turkiy tilga xos bo’lgan qanday qo’shimchalari mavjud?
6.Kelishik qo’shimchalarining har biriga yodnomalardan misollar yozing.
7.Vosita kelishigi qanday xosil qilingan?
A d a b i y o t l a r
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002.
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996.
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T.
2009.
Dostları ilə paylaş: