tashra chiq. Biroq keyinchalik bu affiks ham ravish yasovchiga o’tib ketgan:ichra (ichkari), asra (pastki, quyi). Jo’nalish kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun harakterli bo’lgan.
Misollar: Senki ul yan azimat etku’n’du’r (Navoiy). Bir inisin yibaru’r boldi Xisar (Shayboniynoma). o’rin-payt kelishigi. Bu kelishikni xosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi:
-da/-da jarangli undosh va unli bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: qayguda za`if boldi (qR). Yu’zu’n’da nuri tajalli, labin’da javhari rux (Lutfiy). -ta/-ta jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: Bu ishta ixtiyarim yoq turur (Atoiy). Tanimaqta magar yanilmish-sen (Navoiy). o’rin-payt kelishigining –ta/-ta affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa
ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da/-da affiksi qo’shila bergan.
Chiqish kelishigi. Bu kelishikni xosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud:
-din/-din unli va jarangli undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: Charx qasridin quyash har ku’n tu’shar alamara (Navoiy). Andijannin’ nashbatisidin yaxshiraq nashbati bolmas (BN). -tin/-tin jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi: Sen bashtin ayaq jan-sen (Muxabbatnoma), lekin jarangsiz undoshlar tugagan so’z negizlariga ham –din/-din affiksi
qo’shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan so’zlarga ham –tin \\ -tin affiksining
qo’shilishi qayd qilinadi: Xojandtin Axsiga kelu’r (Bobir). -dan/-dan//-tan/-tan. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular
fakul`tativ harakterdadir: a’ch kundin so’n’ zindandan chiqardilar (qR). Chiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid –dun/-du’n//-tun/-tu’n affikslari so’zning
oxirgi bo’ginlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qo’shiladi. Eski o’zbek tilida bu affikslar
faqat «o’guznoma»da uchraydi: qirq kundun so’n’, ko’p toqo’shgudun so’n’, anun’ ko’zu’ ko’ktu’n ko’krak erdi. Til tarixi faktlari shuni ko’rsatadiki, chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda
shakllangan bo’lib, uning o’rnini ma`lum davrlarda o’rin-payt kelishigi bajargan. Garchand bu
xususiyat qadimgi turkiy tilga xos bo’lsa ham, eski o’zbek adabiy tilida chiqish kelishigi
manosida o’rin-payt kelishigi formasi qo’llangan: Bashini uch yerda yardilar(Tafsir). Bu