Ibn Sinoning tilshunoslik faoliyati. “Abu Nasr Forobiy va Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sinoning tilshunoslik faoliyati.” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Tayyorlov bosqichi: 1.Dars maqsadi: Talabalarga " Abu Nasr Forobiy va Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sinoning tilshunoslik faoliyati» haqida tushuncha berish.
2. Identiv o’quv maqsadlari. Abu Nasr Forobiyning hayoti bilan talabalarni qisqacha tanishtiradi.
Abu Nasr Forobiyning entsiklopedist olim ekanligini ta’kidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning tilshunoslik faoliyatini sharhlaydi.
Abu Nasr Forobiyning bugungi o’zbek tilshunoslik tarixiga asos yaratgan olimlardan ekanligini qayd etadi.
Asosiy tushuncha va iboralar:Taxallus, O’rta Osiyolik mashhur faylasuf, entsiklopedist olim, “Al-muallim as-soniy”. (“Ikkinchi muallim”, Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi”, tilshunoslik, notiqlik san’ati, “Lug’atlar haqida kitob”, “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi”, til haqidagi ilm, bilish, aql va mantiq haqida, tushuncha
Dars shakli:guruh va mikroguruhlarda.
Foydalaniladigan metod va usullar: suhbat, ma’ruza-hikoya, baxs, videousul.