O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi. 3.4



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə20/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi.

O’qituvchi-talaba,
40 minut

4

Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Berilgan ma’lumotni talabalar tomonidan o’zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
1. Turkiy tilshunoslik tarixi qaysi davrdan boshlanadi?
2. Turkiy tilshunoslikni o’rganish o’zbek tilini o’rganish uchun qanday qo’shimcha ma’lumot beradi?
3. Turkiy tilshunoslik tarixini o’rganish asosida sizning xayolingizda qanday o’ylar kechdi?


4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.

O’qituvchi,
15 minut

5

O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi,
10 minut



Asosiy savollar:
1. Turkiy tilshunoslik tarixiga bir nazar.
2. O’zbek tilshunoslik tarixi va hozirgi o’zbek tilshunosligi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Umumtilshunoslik, turkiy tilshunoslik, turkologiya, yangi nazariya, arab tilshunosligi, o’zbek tilshunosligi tarixi, hozirgi o’zbek tilshunosligi, tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi.
1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
Turkiy tilshunoslik tarixiga nazar tashlash asosida avvalo o’zbek tili boshqa turkiy tillar bilan birga turkiy tillar guruhiga mansub ekanligini talabaga singdirish. Ularning tarixiy ildizi birligini ta’kidlash. Tilshunoslik turkologiyada bugun shakllanmaganini qayd etish. Bular asosida talabalarga o’zlikni anglatish va tarixga ma’naviy meros sifatida munosabatda bo’lish g’oyasini singdirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Turkiy tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydi va bu asosida o’zbek tili turkiy tillar guruhiga mansubligi haqidagi fikrni singdiradi.
1.2. O’zbek tilining boshqa turkiy tillar bilan tarixiy ildizi birligini ta’kidlaydi.
1.3. Tilshunoslik turkologiyada juda qadimdan shakllanganligini tushuntiradi.
1.4. Shular asosida talabalarda o’zlikni anglash, tarixga to’g’ri munosabatda bo’lish hissini tug’diradi.
1-asosiy savolning bayoni:
Turkiy tillar juda qadimga borib taqalib, bu tilda juda ko’p yodgorliklar qoldirilgan. Shuning uchun ularning tarixi, adabiyotiga, xususan, tiliga qiziqish ham qadimdan boshlangan. Shuning uchun turkiy tillar tarixiga qiziqish, ularni tahlil qilishga ham olimlarning qadimdan qiziqqanligining guvohi bo’lamiz. Bu muammo dastlab XI asr tilshunos olimi Mahmud Koshg’ariy tomonidan uning "Devonu lug’otit turk" asarida tahlil qilindi, o’rganildi. Darhaqiqat toki Mahmud Koshg’ariygacha turkiy tillar bo’yicha maxsus asar bitgan, bu tillarning qonun-qoidalarini tahlil etgan birorta olimni uchratmaymiz."Devonu lug’otit turk" tilshunoslikda dastlabki ilmiy asar bo’lib hisoblanadi. Ayni paytda Mahmud Qoshg’ariy buyuk tilshunos va turkiyshunosligimizning aoschisi hamdir.
Ma’lumki, o’zbek tili turkiy tillar oilasiga kiradi, bu tillar guruhiga o’zbek, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, uyg’ur va boshqa tillar kirib, ularning tarixiy ildizi birdir. Buning ustiga XI asrda hali turkiy tillar bir-biridan to’liq ajaralib chiqmagan edi.
Shuning uchun Mahmud Koshg’ariy o’z kitobida turkiy xalqlarga doir tarixiy voqealarni ham yozib qoldirgan. Muallifning turkiy tillarga doir bergan ma’lumotlari qadimgi xitoycha kitoblarda, arab, fors sayyohlari xotiralarida keltirilgan ma’lumotlarga, asosan, mos keladi. Hatto ayrim noaniq ma’lumotlarni to’ldiradi ham. Chunki muallif o’zi tasvirlagan voqealarni faqat kitoblardan emas, balki xalq orasidagi jonli dalillar, rivoyatlar bilan ham to’ldiradi. Devonda 242 ta adabiy parcha keltirilgan bo’lib, bu turkiy xalqlarning badiiy ijodi namunasi hisoblanadi. Shuningdek devonda tahminan etti yarim mingdan ortiq so’z va iboralar keltirilib izohlangan. Kitobda madaniy-maishiy hayotni ko’rsatuvchi dalillar ham mavjud. Ovqat tayyorlash yo’llari, may achitish usullari, cholg’u asboblari, kiyim-kechaklar, turli marosimlar bilan aloqador rasm-rusumlar to’g’risida ham anchagina ma’lumotlar uchraydi.
"Devonu lug’otit turk" da qoraxoniylar davridagi hokimiyat qurilishiga doir atamalar, unvonlar, darajalar, guruhlar, tabaqalarni ifodalovchi so’zlar alohida tahlil etiladi.
"Devonu lug’otit turk" ikki qismdan muqaddima va lug’at qismdan iborat. Turk tilining tutgan o’rni, devonni yozishdan muallif maqsadi, so’z tanlash, ularni joylashtirish printsiplari muqaddimada maxsus izohlanadi. Ayni paytda muqaddimada turklar foydalangan yozuv va bu yozuvning o’ziga xos xususiyatlari, harf bilan tovush o’rtasidagi munosabat sharhlanadi. Turkiy tillarning so’z yasashdagi o’ziga xos xususiyatlari, dialektlarning o’zaro munosabati va bir-biridan farqli jihatlari haqida so’z boradi.
"Devonu lug’otit turk" da turkiy xalqlar yashagan o’lkalar aks etgan xarita ham beriladi. Muallif bu xaritani xuddi erga o’xshatib, "dumaloq" shaklda berdim deydi. Bu xalqning erning "shar shaklda" ekanligini ilg’ashi oddiy bir holat bo’lganligiga ishoradek tuyuladi bizga. Ana shundan keyin olim so’zlar izohiga o’tadi.
Ko’rinadiki, turkiy tilshunoslik XI asrdayoq fan sifatida shakllangan ekan. Mahmud Koshg’ariy tomonidan asoslangan turkiy tilshunoslik keyinchalik juda ko’p olimlar tomonidan davom ettirildi.
Turkiy tilshunoslikni o’qish, o’rganish bizga nima beradi?
a) Hozirgi o’zbek tilining turkiy tillar guruhiga mansubligi haqida ma’lumot berish;
b) hozirgi o’zbek tilidagi lahjalar guruhlashtirilishida (masalan qarluq-chigil-uyg’ur, qipchoq, o’g’iz) turkiy tillardagi qarindoshlik mezon sifatida olinganligini ilg’ash;
v) hozirgi o’zbek tilidagi so’zlar ma’nosining tadrijiy taraqqiyotini anglab etish;
g) turkiy xalqlar tarixini to’g’ri ilg’ash va shu asosda o’zlikni anglash;
d) har bir turkiy xalq ota-bobosining yashash tarzini o’rganish;
j) til ma’lum darajada tarix ekanligini his etish;
z) ota-boboning urf-odatini anglab etish va unga munosabat bildirish;
e) hozirgi o’zbek tilshunosligi tarixi juda qadimga borib taqalashini his etish va o’z munosabatini shularga qarab belgilash.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin