O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


«3 in 1» metodini qo’llash uchun o’qituvchilarga tavsiyalar



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə17/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

«3 in 1» metodini qo’llash uchun o’qituvchilarga tavsiyalar
1.Talabani mustaqil shaxs sifatida e’tirof etishingizni bildiring va o’zingiz bunga birinchi navbatda amal qiling.
2.Talabaning zaif tomonlarini sezganda unga e’tiborliroq bo’ling.
3.Talaba fikr bildirayotganda uni e’tibor bilan tinglang va dastaklang.
4.Talabalar masalaning echimini topgunicha sabr bilan kuting.
5. Talabalarni noto’g’ri fikri uchun jazolamang, kamsitmang.
6.Ta’qiqlashda nimani qilmaslikni emas nega qilmaslik kerakligini tushuntirishga harakat qiling.
7.Muvaffaqiyatli harakat va yaxshi fikr egalarini, faol talabalarni muntazam rag’batlantirib boring.
8.Talabalarning zerikishiga imkon bermang.
9.Har bir talabaning faol ishtirok etishiga imkon yarating.
10.Hech qachon «sening fikring noto’g’ri » demang.
11.Darsdagi muammoning echimi haqida darsdan so’ng ham munozara davom etishiga erishing.
12.Talabalni hech qachon «a’lochi» va «ikkichi» kabi toifalarga ajratmang.
13.Oson tushuniladigan, adabiy ravon tilda so’zlang. Ovoz ohangini mavzuga mos ravishda o’zgartirib boring.
14.Xulosa chiqarishga shoshilmang.
15.Darsingizni va talabalaringizni hurmat qiling.


AQLIY HUJUM METODI
Aqliy hujum metodi talabalarning o’rtaga tashlangan masalaga faol munosabat bildirishlarini ta’minlashga imkon yaratadigan, foydalanishga qulay metodlardan biridir.
Bu metod qo’llanilayotgan paytda talabalar o’zlarini erkin his qiladilar va shaxsiy fazilatlarini namoyon qiladilar. Bunda avval munozara uchun tanlangan mavzu umumiy tarzda qisqacha izohlanadi va talabalar hukmiga tashlanadi. Talabalar kichik guruhlarga ajratilib masala yuzasidan o’z munosabatlarini o’rtaga qo’yadilar. Kichik guruhlar tomonidan ma’qul ko’rilgan fikrlar doskaga belgilab boriladi. Turli qarashlardan iborat umumiy fikrlar platformasi hosil qilinadi. Har bir kichik guruhning xulosasiga alohida rag’bat ko’rsatiladi.
Aqliy hujum metodini qo’llash bo’yicha savollar:

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin