Nazorat topshiriqlari:
3.1. Boburning so’z qurilishi tadqiqotchisi ekanligini sharhlang.
3.2. Boburning so’zlar etimologiyasi tadqiqotchisi ekanligini sharhlang.
4-asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi:
Boburning uslubiyatchi olim ekanligini sharhlash. Boburning umum xalq va adabiy til tadqiqotchisiligini izohlash.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1. Boburning uslubiyatchi olim ekanligini sharhlaydi.
4.2. Boburning umumxalq tili va adabiy til tadqiqotchiligini tahlil etadi.
4-asosiy savolning bayoni:
Zahiriddin Muhammad Bobur uslubiyat ilmida ham betakror. Uning bu sohadagi nazariy fikrlari farzandlari Humoyunxon va Gulbadanbegimlarga yozgan nomalarida o’z ifodasini topgan bo’lib, ularni hamisha jim-jimadorlikdan qochish, sodda va ravon yozishga undaydi. U o’g’li Humoyunxonga yozgan xatlarining birida unga ustod sifatida maslahat va nasihat qilib shunday deydi:
"...Xatingni xud tashvish bila o’qusa bo’ladur, vale asru mug’laqtur. Nasri muammo hech kishi ko’rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas, "iltifot" ni "to" " " bila bitibsen. "Kulunj" ni "yo" bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, vale bu mug’laq alfozingdin maqsud tamom mafhum bo’lmaydur. G’olibo xat bitirda koxilliging ham ushbu jihattindur. Takalluf qilay deysen, ul jihatdin mug’laq bo’ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti; ham senga tashvish ozroq bo’lur va ham o’qug’uvchiga". Ayni paytda uning o’zi ham bu nazariyaga hamisha sodiq qoldi. Darhaqiqat, Bobur ijodida xoh she’riyatida, xoh nasriy asarlarida bo’lsin, hayot haqiqati sodda, ravon tilda o’z ifodasini topgan. Masalan, u Shayboniyxondan engilib, ruhi, kayfiyati tushib, Toshkent xonining oldiga borgan paytdagi o’zining holatini quyidagi ruboiyda sodda tilda juda yorqin ifodalaydi, o’sha manzarani har qanday musavvir ham bu darajada butun borlig’i bilan tasvirlab bera olmasligi mumkin edi:
Yod etmas kishini mehnatta kishi,
Shod etmas kishini g’urbatta kishi,
Ko’nglim bu g’ariblikta shod o’lmadi hech,
G’urbatta sevinmas emish albatta kishi.
Bu murojaati xonga hech qanday ta’sir qilmasdan, u o’z munosabatini bildirmagandan so’ng lirik qahramon hayot haqiqatidan yanada to’g’riroq xulosa chiqaradiki, bu holat g’azalda aniq, lo’nda so’zlar vositasida o’z ifodasini yaxshi topgan:
Jonimdin o’zga yoru vafodor topmadim,
Ko’nglimdin o’zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o’zga joni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglim kibi ko’ngulni giriftor topmadim.
Bobur asarlarida so’zlar o’z va ko’chma ma’nolarida shu darajada san’atkorlik bilan ishlatilganki, u badiiy jihatdan mukammallikni, mantiqiy uzviy bog’lanishni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Masalan:
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo’ldi ro’zg’orim ul qaro qoshdin yana, -
baytning birinchi misrasi soch so’zi bilan boshlanib, u o’z navbatida bosh so’zining kelishini taqozo etmoqda. Ayni paytda xalq tilida "savdo" so’zi vaziyat bian bog’liq holda "qora" ma’nosini ham ifodalaydi. Demak, ko’rinadiki, bu so’z bevosita soch va bosh so’zlari bilan mantiqiy aloqador. Bosh so’zining ikki marotaba takrorlanib ishlatilishi ham ana shu mantiqiy bog’liqlik talabi asosida kelib chiqqan. Ikkinchi misra birinchi misraning mantiqiy davomi bo’lib, "qora" ma’nosini ifodalovchi "tiyra"so’zi bilan bog’lanishi ham bejiz emas. Bu so’z ayni paytda ramziy ma’noda qo’llangan "Ro’zg’orim" so’zi bilan mantiqiy aloqador. Misra oxirida "qora qosh" birikmasining ishlatilishi esa, avvalgi fikrni yanada to’ldirish, mukammallashtirish uchun xizmat qilmoqda. Ko’rinadiki, shoir bu g’azalda uslubiyat talabining yangi qirralarini ochishda vosita sifatida qora rangdan foydalansa, quyidagi baytda qizil rangni vosita qilib oladi va til san’atini qay darajada mohirona egallaganligini namoyish etadi:
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zumdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi, men ondin bir so’rorim bor.
Bu o’rinda "ko’z" ning keltirilishiga sabab, ko’zdan oqqan intizorlik yoshi bevosita "qon" bilan bog’liq. Lab, bag’ir, qon so’zlari esa qizilligi jihatidan ham mantiqiy bir- biriga aloqador.
Uslubiyatda so’zlardagi shakldoshlik katta o’rin tutib, u klassik adabiyotda keng qo’llangan. Bobur ham klassik adabiyotning bu an’anasiga amal qilib, uchta shakldosh so’zdan foydalanib ajoyib tuyuqlar yasagan:
Meni behol aylagan yor oydurur, (oydir)
Kim, aning vasli menga yoroydurur, (yaraydi)
Gar visoli bo’lmasa ketar yorim.
Yo Huroson, yo Xito, yo Roydurur. (yoki Royga ketish)
Qaddimni firoq mehnati yo qildi, (yoydek)
Ko’nglum g’amu andux o’tiga yoqildi, (kuydi)
Holimni saboga aytib erdim, ey gul,
Bilmam senga sharh qilmadi yo qildi (yoki qildi).
Bobur asarlari uslubiyatining sodda, ravon va ayni paytda uning tilini jozibador qilishda o’xshatish, mubolag’a, kinoya kabi usullar asosiy rol o’ynaydi.
Sel emasdur er yuzin tutqon ko’zumning yoshidur,
Ra’d emasdur ko’kka chirmashqon ko’ngul afg’onidur,
misralarida qo’llanilgan mubolag’a, albatta, oshiqning holatini ko’z oldingizga shundaygina keltiradi va siz beixtiyor uning tasvirini hayolingizda chizasiz. Yoki:
Tuttum sochini yuzini ko’ray deb,
Tun uzunu men g’arib gumroh.
Qaddi bila ikki zulfu og’zi,
Jonimg’a balo bo’lubtur, Olloh,
misralarini o’qigan kitobxon, oshiq yorning jamolini ko’rish maqsadida yuzini to’sib turgan sochini ushlagan paytda, ma’shuqaning uzun qora sochi uzoq qorong’u tunni paydo qilib, oshiqni gumroh qilishi tasvirlariga hayratlanmasdan bo’ladimi. Bobur o’xshatishning ajoyib namunalarini yaratdi:
Sen gul kibi to g’amzadasen, husnunga mag’rur,
Bulbul kibi men g’amzadamen, husnunga hayron.
Gul yuzung erur lola, vale lolayi xudruy,
Tor og’zing erur g’uncha, vale g’unchayi xandon.
X X X
Chiqsa quyosh falakka sen chiqqaningdek,
Bo’lgaymu ul seningdek, ul biri tavsaningdek.
Gar siym bargi gulni qilsa libos o’ziga,
Bo’lg’aymu, ey gulandom, ko’nglak bila taningdek.
Odatda ta’sirchanlikni, jarangdorlikni yuzaga keltirishda takror ham muhim omillardan biri sanaladiki, shoirning ayrim g’azallariga murojaat qilsak,buning guvohi bo’lamiz:
Dostları ilə paylaş: |