“O’zbek va xorijiy tillar’’ kafedrasi 8-mavzu: Etiket va uning xususiyatlari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/5
tarix14.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#97980
1   2   3   4   5
8-mavzu. Etiket va uning xususiyatlari

3-topshiriq. Imidj haqidagi ma’lumotlar asosida o’z imidjingizni shakllantirish uchun nimalarga ahamiyat berilishini bilib oling
Tashqi qiyofa yoki imidj (inglizcha image) – siymo, timsol, qiyofa, tasvir, obraz ma’nolarini anglatadi.
Imidj tushunchasi reyting, obroʻ, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohangdir. Imidj tashqi koʻrinish, kiyinish madaniyati, urf-odatlar, faoliyat va sa’y- harakatlar, inson axloqi va oʽzini tutishida, Xarakterida, doʻstlari va oʽzaro munosabatlarida namoyon boʻladi.
Imidjning quyidagi turlari farqlanadi:
Korporativ
Individual
Talab etiluvchi
Harizmatik
Yopiq
Faoliyat jabhasidagi
Har bir inson bir necha imidjga ega boʻladi:
Kasbiy
Ijtimoiy
Oiladagi
shaxsiy
Rahbar imidji uchun zarur boʻlgan xususiyatlar quyidagilardan iboratdir:

1.Ishchanlik qobiliyati;
2.Oʻzini koʻrsatishga moyillik va qo‘rqmaslik;
3.Konflikt vaziyatlarni yechimga olib kela olish;
4.Hamma bilan hamkorlik oʻrnata olish;
5.Aloqaga kirishuvchanlik, ya’ni keng ma’noda muomala qila olish qobiliyati;
6.Boshqalarga nisbatan mehrli, ochiq, samimiy, to‘gʻri, teng, mulozamatli muomala qila olish;
7. Birovlarni ishontira olish, oʽzining ortidan ergashtira olish, oʽzgalarga ta’sir oʻtkaza olish;
8.Turli sharoitlarga tez moslasha olish, odamlarga va sharoitlarga nisbatan moslashuvchanlik;
9.Optimizm, o‘z maqsadlarining to‘gʻriligiga komil ishonch.
4-topshiriq. Konfutsiy ta’limoti asoslarini o’qing va muhokama qiling. Hayotiy vaziyatlar asosida misollar bilan mustahkamlang.
Konfutsiy ta’limoti asoslari
Etikaning oltin qoidasi:
«O’zing uchun qilishni istamagan narsani boshqalar uchun ham qilma».
«Sen o’zingni boshqalar tanishi uchun munosibmisan?» - shundangina bezovta bo’lsang arziydi.
Oqil insonlar boshqa insonlar bilan kelishib yashaydilar, ammo, boshqalarning ortidan ko’r-ko’rona yurmaydilar, axmoqlar esa boshqalarga ko’r-ko’rona ergashadilar, ammo, ular bilan kelisha olmay yashaydilar.
Oqil insonning qalbi sokin bo’ladi, boshqalar esa doimo bezovta bo’lib yashaydilar.
Oqil inson o’z hayotida uch narsadan ehtiyot bo’lishi lozim: hayotiy kuchlar jo’shgan yoshlik chog’ida ayollarga elakishishdan, hayotiy kuchlari quvvatga kirgan yetilgan davrida raqobatdan va hayotiy quvvati so’nayotgan qarilik chog’ida qizg’anchiqlikdan.
Oqil inson boshiga tushgan barcha ko’ngilsizliklarda o’zini ayblaydi, aqlsizlar esa boshqalarni ayblaydi.
Oqil inson boshqalar bilan kelishib yashaydi, axmoqlar esa o’zlariga o’xshaganlarni izlab topadi.
Oqil inson o’zining boshqalardan ustunligini biladi, ammo, buni o’zgalarga namoyish qilishdan qochadi. U barcha bilan kelishadi, ammo, xech kimsa bilan salbiy ma’noda tilbiriktirmaydi.
Oqil inson juda ko’p ovqat eyish va boy yashashga intilmaydi, u ishni tez bajaradi va sokin so’zlashadi. Aqlli insonlar bilan muloqot qilganida esa, ulardan ko’proq o’rganishga harakatqiladi.
Oqil inson boshqalarga o’zlaridagi afzalliklarni ko’rishga yordam beradi, ammo, insonlarning kamchiliklarini topishni o’rgatmaydi. Axmoqlar shuni teskarisini qiladilar.
Oqil inson hamma narsadan burchni afzal ko’radi.
Oqil inson chidam bilan imkoniyat axtaradi va bir narsaga erishadi, ahmoqlar esa harakatsizholda omadni kutib yuraveradilar.
Oqil inson qiyinchiliklarga bardosh beradi, boshqalar esa boshiga qiyinchiliklar tushganida noma’qul ishlar qiladilar.
Oqil inson lo’nda gapirib, aql bilan harakat qiladi.
O’z burchini bilmagan shijoatli oqil inson qo’zg’olonchi bo’lishimumkin, o’z burchini bilmagan shijoatli axmoq inson esa qaroqchilik qilishi mumkin.
Uyning shinam sharoitlariga bog’lanib qolgan erkakni chinakam oqil inson deb bo’lmaydi.
Oqil inson faqatgina burchni biladi, boshqalar esa, foydanigina bilishadi.
Hech nimani bilmagan inson farog’atda bo’ladi, chunki, u boshqalarga tushunarsiz bo’lib qolishdan qo’rqmaydi.
Uydan tashqarida bo’lganingizda o’zingizni go’yo,hurmatli mehmonlarni qabul qilgandek tuting.
Uydan tashqarida bo’lganingizda o’zingizni go’yo,hurmatli mehmonlarni qabul qilgandek tuting.
Insonlar xizmatidan foydalanganingizda o’zingizni xuddi tantanali marosimdagidek tuting.
O’zingiz istamaganlarni boshqalarga ham ravo ko’rmang. Xuddi shunda davlatda ham, oilada ham kelishmovchilik bo’lmaydi.
O’zingizga qattiqqo’l va o’zgalarga yumshoq munosabatda bo’ling – shunda Siz o’zgalarning yomon munosabatida himoyalanasiz.
Qadimda insonlar o’zlarini mukammallashtirish uchun bilim olganlar, hozir esa boshqalarni xayron qoldirish uchun o’qiydilar.
Tartib bor mamlakatda harakatlarda va so’zlashishlarda botir bo’ling, tartib yo’q mamlakatda esa harakatlarda faol bo’ling, ammo, so’zlashishda ehtiyotkor bo’ling.
Boshqalarni o’zingdek hurmat qilishga intilish va ular bilan o’zingizga qanday munosabat istasangiz, shunday munosabatda bo’lish – insonparvarlikning asosidir.
Atigi, ikki insondan iborat bo’lgan jamoada ham ulardan nimanidir o’rganish mumkin - ularning ijobiy tomonlarini o’zlashtirish va kamchiliklaridan ibrat olish lozim.
Oqil inson yolg’iz qolmaydi, u albatta, o’z hamfikrlarini topadi.
Oqil inson keng bilim doirasiga va katta ruhiy quvvatga ega bo’lib, uning ishi og’ir va yo’li uzoq bo’ladi.
Hozirgi vaqtdagi eng birinchi xatoyingiz – o’zining ilgarigi xatolaringizni tuzatishga intilmasligingizdir.
Agar, ishga juda ham berilib ketsangiz, rahbarning iltifotidan mahrum bo’lasiz, Agar, do’stlikda juda ham bag’ri kenglik qilsangiz, do’stlarning iltifotidan mahrum bo’lasiz.
Agar, insondagi tarbiyani tabiiylik bosib ketsa, u yovvoyi bo’ladi, ammo,Agarda undagi tarbiyalilik tabiiylikni bosib ketsa, u yozma ma’lumotlarning bilimdoni bo’lib qoladi. Tabiiylik va tarbiyalilik muvozanatda bo’lgan kimsalargina haqiqiy oqil inson hisoblanishi mumkin.
Agar, o’zing to’g’ri bo’lsang, barcha ko’rsatmalaringni buyruqsiz ham bajarishaveradi. Ammo, agar, o’zing ham egri bo’lsang, buyruq berilsa ham, ko’rsatmalar bajarilmaydi.
Agarda, ezgu ishlar qilish imkoniyati bo’lsa, Hatto,, ustozni ham oldinga o’tkazib yubormang.
Agar, senda yomon niyat bo’lmasa, yomon ish ham qilmaysan.
Agarda, inson qat’iy, bir so’zli, oddiy va kamgap bo’lsa, u insoniylikka juda yaqinlashgan bo’ladi.
Yomon narsa haqida shikoyat qilish – yomonlikni ikki marta ko’paytirishdir, uning ustidan kulish esa – uni yo’qotish bilan barobardir.
Barcha jinoyatlar ichida eng og’iri – vijdonsizlikdir.
Bema’ni so’zlar o`yini yaxshi ishlarni yo’qqa chiqaradi, mayda-chuyda jihatlarga e’tibor bermaslik esa buyuk ishlarni tugatadi.
Hech bir inson xato qilishdan xoli emas, uning qilgan xatolarini ko’rib, uning insoniylik darajasini bilish mumkin.
Ishonchga sazovor bo’lmagan inson bilan biror ish qilish maqsadga muvofiq emas – chunki, o’qi yo’q aravada yurib bo’lmaydi.
Agarda davlat aql bilan boshqarilsa, yetishmovchilik va kambag’allik uyat hisoblanadi, ammo,agarda, davlat aqlga muvofiq ravishda boshqarilmasa, boylik va obro`-e’tibor ham uyat hisoblanishilozim.
Faqatgina, foyda olish uchun harakat qilish yomonlikni ko’paytiradi.
Agar, so’zlashishni va so’zlar ma’nosini bilmasang, insonlarni tushuna olmaysan.
Maqsadi bir bo’lmaganlar birgalikda reja tuzmaganlari ma’qul.
Agarda, so’zlar o’z ma’nolarni yo’qotsalar, insonlar ozodlikni yo’qotadilar.
Agar, kimdir o’z-o’zini anglay olmasa va biror-bir nimaga qattiq berilib ketsa – ko’rib turib, ko’rmaydi, eshitib turib, eshitmaydi va sezib turib, sezmaydi.
Insonlar qadimda ko’p gapirishni yoqtirmaganlar, ular o’z so’zlariga javob bera olmasliklarini sharmandalik deb tushunganlar.
Insonlar kambag’allikdan va hech kim ularni tanimasligidan qo’rqadilar; ammo,agar, unisidan ham, bunisidan ham qutulishning imkoni bo’lmasa, u holda bunga ko’nikish ma’qul bo’ladi.
Insonlar o’zlari uchun boylik va shon-sharaf istaydilar; ammo,agar, bularga to’g’ri yo’l bilan erishib bo’lmasa, ulardan voz kechgan ma’qul.
Sukut saqlash – yaxshi do’st, u hech qachon aldamaydi.
Dono inson hayajonlanishni bilmaydi, odamiy inson tashvishni bilmaydi, botir inson esa qo’rquvni bilmaydi.
Boshqa insonlar seni tanimasligidan bezovta bo’lmagin, ammo, sen insonlarni bilmasligingdan bezovta bo’lishing mumkin.
Kimdir so’radi: «Yomonlikka yaxshilik qilish kerakligi rostmi?» Ustoz javob berdi: «U holda yaxshilik qanday qaytariladi? Yomonlikka o’ziga mos bo’lgan javob beriladi, yaxshilikka esa yaxshilik qaytariladi»
Hozirgi paytda ota-onalarni hurmat qilish – ularni boqishni eplash deb tushuniladi. Ammo, otlar va itlar ham ovqatlanishni istaydilar. Agar, izzat-hurmat tushunchasi bo’lmasa, bu ikki holatni qanday qilib bir-biridan farqlash mumkin.
Ota-onaga xizmat qilishda ularga iloji boricha yumshoq gapiring. Agar, sizning maslahatlaringiz ish bermasa, ilgarigidek izzatli va iltifotli bo’ling. Agarda qalbingiz tug’yonga kelsa ham, o’zingizning norozi ekanligingizni bildirmang.
Haqiqiy insonparvar odamgina dildan sevadi va nafratlana oladi. Eng dono va eng tentak insonlarnigina o’qitibbo’lmaydi
Ko’pincha juda chiroyli so’zlaydigan va tashqi ko’rinishi kishini o’ziga tortadigan insonlar haqiqiy inson bo’lmaydilar.
O’z uyidagilarni yaxshilikka yetaklay olmagan inson o’zi ham biror bir narsani o’rgana olmaydi.
Xatolarini bilib turgan holda, ularni o’zi tan olgan insonni topish juda ham qiyin.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin