67
uchun tishli taqsimlagich (1) qo‘llaniladi. Bu turdagi absorberlar
yaxshi eriydigan gazlarni yutish uchun ishlatiladi.
Yupqa qatlamli absorberlar ixcham va yuqori samaralidir. Bu
absorberlarda fazalarning to‘qnashish
yuzasi oqib tushayotgan
suyuqlik yupqa qatlami yordamida hosil bo‘ladi. Yupqa qatlamli
qurilmalar guruhiga quvurli, list-nasadkali, ko‘tariladigan qatlamli
absorberlar kiradi.
Quvurli absorberlarda suyuqlik vertikal
quvurlarning tashqi
yuzasidan pastga qarab oqib tushsa, gaz faza esa qarama-qarshi
yo‘nalishda yuqoriga qarab harakatlanadi. Qolgan turdagi
absorberlarda ham fazalarning harakat yo‘nalishi quvurli
absorberlarnikiga o‘xshashdir.
Quvurli absorberlar tuzilishiga
qarab qobiq-quvurli isiqlik
almashinish qurilmasiga o‘xshaydi. Qurilmada hosil bo‘lgan
issiqlikni ajratib olish uchun quvurlar ichiga suv yoki boshqa
sovuq eltkich yuboriladi.
18- rasmda tekis, parallel nasadkali absorber tasvirlangan.
Nasadkalar vertikal listlar ko‘rinishida bo‘lib, absorber hajmini
bir nechta seksiyaga bo‘ladi. Absorberga suyuqlik quvur orqali
uzatiladi
va taqsimlash moslamasi
yordamida nasadkaga taqsimlanadi. Natijada
tekis listning ikkala tomoni ham suyuqlik
bilan yuvilib turadi. Gaz va yupqa qatlamli
suyuqliklarning nisbiy harakat tezligiga
qarab, suyuqlik
yupqa qatlami pastga oqib
tushishi yoki gaz oqimiga ilakishib, tepaga
ham harakatlanishi mumkin. Agar fazalar
oqimining tezligi ko‘paysa, massa berish
koeffitsiyentining
qiymati va fazalar
to‘qnashish yuzasi ortadi. Bunga sabab
chegaraviy qatlamning turbulizatsiyasi va
unda uyurmalar hosil bo‘lishidir.
Dostları ilə paylaş: