1.1. Jihozlarni sinflash Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining barcha jarayonlari
ularni birlashtiradigan asosiy qonunlariga qarab quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1. Gidromexanik jarayonlar (gaz va suyuqliklarni boshqa
jihozlarga o‘tkazish, bir xil tarkibli bo‘lmagan suyuq va gaz
sistemalarini ajratish, suyuqliklarni ajratish).
2. Massa almashish jarayonlari (massa almashuv qonuniga
binoan birga haydash, rektifikatsiya, absorbsiya, adsorbsiya,
ekstraksiya, kristallizatsiya va quritish).
3. Issiqlik jarayonlari (issiqlik berish qonunlariga muvofiq isitish,
sovitish, kondensatsiya va bug‘latish).
4. Mexanik jarayonlar (maydalash, tushirish va yuklash,
sinflash va qattiq moddalarni aralashtirish).
5. Kimyoviy jarayonlar (kimyoviy kinetika qonunlariga
birlashtirilgan har xil kimyoviy reaksiyalar).
Barcha sanab o‘tilgan jarayonlar, shu jarayonlarni olib
boriladigan aniq sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlangan
konstruksiyali jihoz va mashinalarda olib boriladi.
Bir turda fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy jarayonlar umumiy
qonuniyatlar bilan tavsiflanadi va turli ishlab chiqarishlarda bir
xil prinsiðda ishlovchi jihoz va mashinalarda olib boriladi.
Òexnologik jihozlarni ularda boradigan jarayonlarga qarab
sinflash ularni o‘rganibgina qolmay balki har bir mashina va jihozni
kompleks texnologik hamda mexanik hisoblash uchun kerakdir.
1. Gidromexanik jarayonlarni bajarish, nasoslar bilan
(suyuqliklarni uzatish), kompressor mashinalar bilan suyuq-
liklarni uzatishda va gazlarni siqishda, tindirgichlar yordamida
(qattiq jismlarni og‘irligi ta’sirida va suyuq fazada tarqalgan suv
tomchilarini cho‘ktirish bilan), filtrlar bilan (mayda zarra-
I BOB.