24
chidamliligi bilan tavsiflanadi. Bunday materiallardan sof holatda
jihozlar tayyorlashda juda kam foydalaniladi, ular, asosan,
metalldan yasalgan jihozlarning yuzasini qoplash uchun ishlatiladi.
Hozir sanoatda organik va noorganik (metall bo‘lmagan)
materiallar va ularning kombinatsiyalaridan keng foydalaniladi.
Noorganik materiallarga andezit, beshtaunit, kislotaga
chidamli keramika, quyilgan tosh, farfor kiradi. Bulardan
konstruksiya materiallari yasaladi. Andezit va beshtaunit –
vulqonlar vaqtida hosil bo‘lgan tog‘ jinslari. Ularni kislotaga
chidamli beton va zamazkalar ishlab chiqarishda mayda tosh yoki
un holida qo‘shib ishlatiladi. Ulardan konstruksiya materiallari
sifatida, elektrfiltrlarning korpusi, absorbsiya jihozlarining kolosnik
qismini tayyorlashda ishlatiladi.
Kislotaga chidamli keramika – tabiiy yoki to‘yintirilgan loyni
qum va dala shpatini aralashtirib, yuqori haroratda toblab (ðishirib)
tayyorlanadi. Ular gazni o‘tkazmaydi, yuqori haroratga, kuchli
kislotalarga chidamli. O‘yuvchi ishqor muhitida esa kislotaga
chidamli keramika beqarordir (chidamsiz).
Quyilgan tosh – eritilgan diabaz yoki bazoltning tog‘ jinslarini
yuqori haroratda eritib olinadi. Ulardan quyish yo‘li bilan qoplama
(futerovka) plitalari yoki fasonli detallar (quvurlar, shtuserlar,
lotoklar va hokazo) yasaladi. Quyilgan tosh buyumlari yuqori
kimyoviy jarayonga barqaror, mexanik mustahkam, gazlarni
o‘tkazmaydi va haroratga, ishqalanishga chidamli.
Futerovka plitalari va himoya qilinishi kerak bo‘lgan yuzani
mustahkam ushlab turish uchun (adgeziya) qovushqoq
materiallar ishlatiladi. Ular alohida plitalarning bir-biri bilan
mustahkam biriktirib turadi. Shuni aytish kerakki, futerovka
monolit bo‘lishi, ya’ni plitalar quyidagicha yoðilishi kerak.
Futerovka materiali qovushqoq bo‘lishi shart, barcha choklarni
to‘ldirishi va futerovka qilinadigan yuzaga yupqa qavat bilan yoðilishi
kerak. Suyuq shishadan ishlangan materiallar zamazka sifatida
keng ishlatiladi, uni natriyli yoki kaliyli suyuq shishani olib,
ichiga quyuqlashtiruvchi sifatida andezit, kvars yoki quyma tosh
uni qo‘shib tayyorlanadi. Jihozlarni futerovka qilish uchun kislotaga
250°C haroratgacha barqaror bo‘lgan arzolit zamazkasi,
shuningdek, kislotaga va issiqqa, bosimga chidamli betonlar
ishlatiladi.
25
Emal bilan suvalgan yuzalar korroziyaga uchramaydi va
barqarordir. Emal qatlami yupqa shishasimon massa bo‘lib,
metallning yuzasiga surtiladi va 800 – 900°C da qizdirib ðishiriladi.
Shishasimon massani qum, dala shpati, har xil loylarni, bura,
soda, selitra va boshqa materiallar bilan kerakli nisbatda eritib olinadi.
Massaning tarkibiga kiruvchi nikel va kobalt massani metall yuza
bilan yoðishish xususiyatini orttiradi va emalga kerakli rang beradi.
Himoyalanadigan yuzaga oldin emal massasini (shliker)
gruntovka – asos qilib beriladi va unga termik ishlov berilgandan
so‘ng metall yuza bilan mustahkam yoðishib qoladi. Uning ustidan
emalni ikkinchi marta beriladi, yuqori haroratda ishlov
berilgandan so‘ng emal qatlami gruntovka bilan jiðslashib ketadi.
Bu emal qatlami o‘zining kislotaga va umuman korroziyaga
chidamliligi bilan farqlanadi. Emallarni yuzaga ho‘l yoki quruq
usul – pulverizatsiya (seðish), quyish, vannaga solib olish bilan
beriladi. Emallarni yuqori haroratda qayta ishlash-quydirish
massaning tarkibiga, emallangan yuzaning konstruksiyasiga bog‘liq.
Emal qavatida gaz pufakchalari, darz ketgan yoriqlari va uning
kuyib ketgan joylari bo‘lmasligi kerak.
Emal qavatlari yuqori mexanik mustahkamlikka ega. Bu
emallarni yuqori bosimda (5MPa), chuqur vakuumda va –30°C
dan +300°C gacha haroratda ishlaydigan jihozlarni emallashda
qo‘l keladi.
Dostları ilə paylaş: