O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə16/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

Kauchuk asosidagi materiallar – rezina, ebonit jihozlarning
yuzasini (gummirovat) qoplash uchun ishlatiladi.
Grafit asosidagi materiallar – jihozga kimyoviy barqarorlik
berish bilan birga issiqlikni yaxshi o‘tkazadi.
Uglegrafitli materiallardan agressiv muhitda ishlovchi (–18°C
dan +150°C gacha) issqlik almashinuvchi jihozlar yasaladi. Grafit
yaxshi qirqiladi, sintetik yelim va kislotaga chidamli zamazka bilan
yaxshi yoðishadi.
Lak-bo‘yoq qoplamalari – agressiv muhitga uchraydigan
jihozlarni himoya qilish uchun ishlatiladi. Ular arzon va barcha
tekis yuzaga surkaladi.
Moylash jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
1. Yuzani tayyorlash (yuzani tozalash va yog‘sizlantirish).
2. Gruntlash (gruntni bir xil qalinlikda surtish va quritish).
3. Gruntlangan yuzani tekislash.
4. Òekislangan (silliqlangan) yuzani qum bilan tozalash.



27
5. Bo‘yash.


6. Bo‘yalgan yuzani quritish.
Hozir neft va gazni qayta ishlash sanoatida keng ishlatiladigan
asosiy jihoz va qurilmalar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni
joiz deb bildik.
Sinov savollari
1. Sanoatda po‘latning ishlatilishini aytib bering.
2. Po‘latning yuqori haroratdagi holatini tushuntiring.
3. Po‘latning oquvchanligi nima?
4. Relaksatsiya hodisasini tushuntirib bering.
5. Po‘latning past haroratdagi holatini tushuntiring.
6. Po‘latning korroziyasi haqida ma’lumot bering.
7. Uglerodli po‘latlar qanday bo‘ladi?
8. Oddiy po‘latlarni markalash nima?
9. Po‘latlarni nima uchun legirlanadi?
10. Cho‘yan haqida axborot bering.
11. Rangli metallarga izoh bering.
12. Mis va uning qotishmalari haqida aytib bering.
13. Sanoatda ishlatiladigan metall bo‘lmagan materiallarga nimalar
kiradi?
14. Organik materiallarga bo‘lgan ehtiyoj qanday?



28
Neft, gaz va neft mahsulotlarini saqlash uchun neftni qayta


ishlash korxonalarida juda ko‘p katta hajmdagi idishlar ishlatiladi
va ular rezervuar parklarda joylashtiriladi.
Saqlanadigan mahsulotning turiga qarab xomashyo, oraliq
mahsulot va mahsulot rezervuarlar parki tashkil qilinadi.
Xomashyo va tovar mahsulotlari parki texnologik qurilmalardan,
sanoat binolaridan va odamlar yashaydigan joydan uzoqda
joylashtiriladi. Oraliq mahsulotlarni rezervuar parki shu oraliq
mahsulotlar ishlatiladigan qurilmalar yaqinida joylashtiriladi.
Xomashyoni katta yer osti yoki yarim yer osti temir-beton
rezervuarlarda saqlanadi. Xuddi shunday rezervuarlarda tayyor
rangsiz neft mahsulotlari ham saqlanadi. Yer osti temir-beton
rezervuarlaridan foydalanish metallni tejaydi, quyosh nurlari
ta’sirida yengil fraksiyalarning uchib ketishini kamaytiradi va
yong‘inga qarshi maskirovka talablariga javob beradi. Metalldan
yasalgan rezervuarlar, odatda, yerning yuzasida joylashtiriladi,
bu esa ularni ekspluatatsiya qilishni yengillashtiradi.
O‘rnatiladigan rezervuarlarning soni va hajmi korxonani
xomashyo va har bir mahsulotlarning sutkalik quvvatiga qarab,
bir vaqtning o‘zida saqlanadigan mahsulotlarning soniga qarab,
shuningdek, neft va neft mahsulotlarining saqlanish muddatiga
qarab belgilanadi.
Xomashyo rezervuarlarining soni xomashyoning 5 – 7 sutkalik
zaxira miqdoriga qarab aniqlanadi. Oraliq mahsulotlari rezervuarlari
soni esa 16 – 48 soatlik zaxira hisobida aniqlanadi, tovar parkining
rezervuarlari esa tayyor mahsulotning 15 – 20 sutkalik zaxirasi
hisobida aniqlanadi.
Sanoat maydonlarini, materiallarni, mehnat resurslarini tejash
maqsadida ularning sonini har bir rezervuarning hajmini
ko‘paytirishga harakat qilinadi. Òanlab olingan rezervuarlarning

Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin