29
o‘lchamlari normalarda ko‘rsatilgan: to‘la va foydali hajmlari,
ularning ichki diametrlari, maksimal
ishchi bosimi va harorati,
quyishning maksimal balandligi va boshqa o‘lchamlarga to‘g‘ri
kelishi kerak.
Rezervuarlarning konstruksiyasi ko‘pgina omillarni hisobga
olgan holda yasaladi. Lekin asosiy omil – bu suyuqlik va gazlarni
fizik-kimyoviy
xususiyatlari, bosimi va harorati.
Suyultirilgan gazlar (propan, butan va boshqalar) va
benzinning yengil fraksiyalari gorizontal yoki vertikal silindrik
ichi bo‘sh idishlarda (fundament yoki postamentlarga qo‘yilgan)
saqlanadi (1- rasm).
Xuddi shunga o‘xshash ko‘ðincha monjus deb ataladigan
rezervuarlarda kimyoviy faol moddalar saqlanadi.
Bu holda
rezervuarning ichki qismi devorlari korroziyaga chidamli material
bilan qoplanadi.
Gorizontal holidagi rezervuarlarning diametri 1,4 metrdan
ortiq bo‘lsa, lyukning ichki qismiga narvon qo‘yiladi. Bu
rezervuarlar,
shuningdek, o‘lchovchi, boshqaruvchi asboblar
bilan jihozlangan bo‘lib, harorat, bosim va quyiladigan
mahsulotning
balandligi, ortib ketishining oldini oladi.
1- rasm. Yengil benzin fraksiyasi va suyultirilgan gazlar
saqlaydigan jihozlar:
a – vertikal;
b –
gorizontal;
1 – korpus;
2 – poydevor;
3 – lyuk;
4 – shtuser.
a)
b)
30
Bu qo‘yilgan narvonlar, maydonchalar xizmat ko‘rsatadigan
ishchilarni
armaturaga, KIÐ va kimyo qurilmalarini qiynalmasdan
tayyorlashga imkon berishi kerak. Quyosh nurida qizib ketishining
oldini olish uchun rezervuarlar oq rangga bo‘yaladi, kerak bo‘lsa
soyabon quriladi.
Dostları ilə paylaş: