26
Òekstolit – ko‘p qavat material, siqishga juda mustahkam,
agressiv muhitda barqarordir. Undan jihozlarning detallarini
yasashda (shesternya, mufta, podshiðniklar) va –196°C dan
+125°C gacha bo‘lgan haroratlarda ishlatiladi.
Vinilplast – termoplastik plastmassa bo‘lib, barcha kislota,
ishqor va ularning tuzlari ta’siriga barqarordir. Vinilplastdan
jihozlarning detallarini, quvurlarni va boshqa 40°C gacha
ishlaydigan qismlari yasaladi.
Polietilen – metallarga nisbatan adgeziyasi (yoðishqoqligi)
yaxshi, shuning uchun uni 50°C gacha ishlovchi jihozlarda
korroziyaga qarshi futerovka materiali sifatida ishlatiladi. Undan
yana quvurlar ham ishlab chiqariladi.
Poliðroðilen – polietilendan ancha qattiq bo‘lib, –10°C dan
+100°C gacha bo‘lgan haroratlarda ishlovchi jihozlarning detallari,
futerovka quvurlari sifatida ishlatiladi.
Ftoroplast-4 – yengil ishlov beriladigan poroshok (kukun)
bo‘lib, undan formovka qilib va termik ishlov berib, har xil
agressiv muhitda ishlaydigan (+250°C gacha) qismlar ishlab
chiqariladi. Yuqori mexanik xususiyatlarga ega, lekin payvand
qilinmaydi, yomon yoðishadi. Ishqalanish koeffitsiyenti kam
bo‘lganligi uchun salnikli birikmalarda zichlashtiruvchi material
sifatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: