39
IV BOB.
MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI
UCHUN JIHOZLAR
Neftni qayta ishlash korxonalarida eng ko‘p tarqalgan jarayon-
larga massa almashinuv va diffuziya jarayonlari kiradi. Bu jarayon-
larning texnologik vazifasi turlichadir. Lekin massa almashinuv
jarayonlarining vazifasi aralashmadagi moddalarni diffuzion usul
bilan bir fazadan ikkinchisiga o‘tkazishdan iborat. Har bir massa
almashinuv jarayoni aniq maqsadga mo‘ljallangan jarayonning
nomi bilan ataladi. Masalan, rektifikatsion kolonnasi – bu jihozda
rektifikatsiya jarayoni boradi, ya’ni komponentlarni aniq ajratib
olish uchun suyuq va bug‘ fazalari orasida massa almashinuv ketadi.
Adsorber – adsorbsiya jarayoni boradigan jihoz, ya’ni kerakli
komponentlarni ajratish uchun qattiq va gazsimon moddalar
o‘rtasida massa almashinuv jarayoni boradi. Ekstraktor – ekstraksiya
jarayoni ketadigan jihoz, ya’ni maqsadda ko‘zlangan moddani
ajratib olish uchun yoki keraksiz moddani chiqarib tashlash uchun
ikki suyuq faza orasida massa almashinuv jarayoni ketadi. Massa
almashinuv jarayonining asosiy jihozlari – rektifikatsiya
kolonnalarini metallga bo‘lgan ehtiyojining yarmini tashkil qiladi.
Ularni to‘g‘ri texnologik hisoblash va konstruktiv yaroq-
liligidan jarayonlarni to‘g‘ri olib borishning sifatiga, ya’ni neftni
qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga
bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: