O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Yüklə 249,06 Kb.
səhifə26/64
tarix07.01.2024
ölçüsü249,06 Kb.
#201854
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Neft va gaz1-hozir.org

4.2. Nasadkali kolonnalar
Nasadkali kolonnalar konstruksiyasi bo‘yicha eng sodda bo‘lib,
silindrik vertikal jihoz. Butun balandligi bo‘yicha yoki alohida
qismlarida ma’lum o‘lchamdagi va konfiguratsiyali jismlar inert
materialdan yasalgan nasadkalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi (7-
rasm). Nasadkalar pastga tushadigan suyuqlikni va yuqoriga
ko‘tarilayotgan bug‘ni intensiv aralashtirishga hamda kontakt
yuzasini oshirish uchun mo‘ljallangan. Kontakt va massa
almashinuv kolonnada jihozning barcha qismida to‘xtovsiz amalga
oshadi. Òarelkali va nasadkali kolonnalarning farqi shunda.
Nasadkali kolonnalarning ko‘ndalang qismida yuqoridan pastga
tushayotgan suyuqlikning barobar taqsimlanishiga erishib



42
bo‘lmaydi. Kolonnaning diametri katta bo‘lganda suyuqlikning


barobar taqsimlanishi yomon bo‘ladi. Bu jihozlarda fazalarning
kontakti yetarli darajada emas. Shuning uchun fazalarni aniq ajratib
bo‘lmaydi.
4.3. Òarelkali kolonnalar
Òarelkali kolonnalarning ishlash prinsiði shunga asoslan-
ganki, unda jihozni rektifikatsiya jarayoni bug‘ va suyuqlik
fazalarini ko‘p bosqichli kontakt usulida olib boriladi. Shu
maqsadda kolonna maxsus tarelkalar bilan jihozlangan. Bu
tarelkalarda asosan fazalar orasida massa almashinuv boradi.
Òarelkalar kolonnalar ichiga gorizontal o‘rnatiladi. Konstruktiv
elementlari bilan farq qiladigan tarelkalar ko‘p.
4.4. Oddiy kolonnalar
Bu kolonnalar suyuqliklar aralashmasini rektifikatsiya usulida
ikkita fraksiyaga ajratadi (8- rasm). Xomashyo (boshlang‘ich
modda) oldin ma’lum haroratgacha qizdiriladi (maxsus qizdirgich
jihozlarda), keyin suyuqlik-bug‘ yoki bug‘-suyuqlik aralashmasi
holida kolonnani ta’minlovchi tarelkasiga beriladi. Òa’minlovchi
tarelka kolonnani shartli ravishda ikkita bo‘lakka ajratadi. Yuqori
qismi to‘yintiruvchi yoki konsentratsiyalovchi qism, pastki qismi
esa haydovchi, bug‘latuvchi qism deyiladi.
Konsentratsiyalovchi va haydovchi qismlarida tarelkalarning
kerakli miqdori qo‘yiladi, bu tarelkalarda pastdan yuqoriga qarab
ko‘tarilayotgan bug‘ni yuqoridan pastga tushayotgan suyuqlik bilan
to‘qnashuvi (kontakt) amalga oshiriladi. Bug‘lar va suyuqliklarni
bir-biriga qarama-qarshi harakat jarayoni harorat asosida amalga
oshiriladi, ya’ni kolonnaga kiritilayotgan xomashyoning harorati va
kolonnaning pastki hamda yuqori qismidagi harorat ushlab turiladi.
Ishlab turgan rektifikatsion kolonnalarning yuzasi pastga oqib
tushayotgan suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. Òarelkalar shunday
tuzilganki, suyuqlikning ortiqchasi pastki tarelkaga oqib tushadi.
Òarelkadagi suyuqlik (flegma) ikkala komponentdan tashkil topgan
va bu yerda kolonnaga kirayotgan aralashma ajralishi kerak. Bu
tarelkadagi aralashmalardagi komponentlarning nisbati,



43
tarelkaning rektifikatsiya kolonnasidagi (boshqa tarelkalarga


nisbatan) tutgan o‘rniga bog‘liq. Ajratiladigan komponentlarning
qaynash harorati har xil bo‘lishi kerak. Òemperaturalar farqi
qancha katta bo‘lsa, moddalarning ajratilishi va tozaligi shuncha
yuqori bo‘ladi. Ajratiladigan komponentlarni shartli ravishda yuqori
haroratda qaynovchi (og‘ir) va past haroratda qaynovchi (yengil)
komponent deyiladi.

Yüklə 249,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin