58
6.2. Kompressorlar
6.2.1. Asosiy tushunchalar
Kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida
ko‘p miqdorda gaz hamda gaz aralashmalarini
qayta ishlashga
to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina kimyoviy jarayonlarning atmosfera
bosimdan farqli bosim ostida olib
borilishi jarayon tezligini
oshiradi, qurilma o‘lchamlarining kichik bo‘lishiga va hokazolarga
olib keladi.
Gazlarni siqish yordamida ularni
quvurlar va qurilmalarda
harakati ta’minlanadi hamda vakuum hosil qilinadi. Bundan
tashqari
havo va gazlarni siqish, ularni aralashtirish,
suyuqliklarni purkash uchun ishlatiladi.
Kimyo sanoatida
qo‘llaniladigan bosim miqdorlari 10
-3
dan 10
8
N/m
2
(10
-8
...10
3
atm) gacha bo‘ladi.
Gazlarni uzatish va siqish uchun mo‘ljallangan mashinalar
kompressor mashinalari deyiladi.
Kompressor mashinasi
hosil qiladigan oxirgi bosim p
2
ning,
gazni so‘rilish paytidagi bosim
p
1
ga
nisbati siqish darajasi deb
nomlanadi.
Siqish ko‘rsatkichining qiymati bo‘yicha kompressor
mashinalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Ventilyatorlar (
p
2
/
p
1
) < 1,1 – katta miqdordagi gazlarni
uzatish uchun.
2. Gazoduvkalar 1,1 < (
p
2
/
p
1
) < 3 – nisbatan katta gidravlik
qarshilikka ega quvurlardan gazlarni uzatish uchun.
3. Kompressorlar (
p
2
/
p
1
) > 3 yuqori bosim hosil qilish uchun.
4. Vakuum-nasos atmosfera bosimidan kichik bo‘lgan
bosimlarda gazlarni so‘rib olish uchun.
Kompressor mashinalari ishlash usuli (prinsiði) bo‘yicha
porshenli,
markazdan qochma, o‘qli va boshqa mashinalarga
bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: