56
Òutunli gazlarning tarkibidagi uch atomli gazlar (suv bug‘i,
uglerod ikki oksidi, oltingugurt angidridi) ham ma’lum to‘lqin
uzunligida nurlanish energiyasini yutadi va nurlatib chiqaradi.
Radiant kamerada yutilayotgan nurlanish issiqligining miqdori
alanganing yuzasiga, uning konfiguratsiyasiga va pechka
o‘chog‘ining ekranlashtirish darajasiga bog‘liq. Alanga yuzasini
kattaligi quvurli yuzasining issiqlikni to‘g‘ri uzatish sama-
radorligini orttiradi.
Pechning g‘ishtini terilayotgan vaqtda uning yuzasini oshirish
ham radiant kamerada issiqlik uzatish koeffitsiyentini orttiradi.
Issiqlikni konveksiya bilan berish samaradorligi tutunli gazlarning
konveksiya kamerasidagi tezligiga bog‘liq. Gazlarni katta tezlik bilan
o‘tkazishga intilish gazlarning harakatiga bo‘lgan qarshilik bilan
chegaralanadi.
Quvurlarning gazlar bilan yanada yaxshi kontaktda bo‘lishi
uchun va ularning turbulentligini oshirish uchun quvurlar shaxmat
tartibida joylashtiriladi. Ba’zi bir pechlarning konstruksiyalarida
yuzasini oshirish maqsadida plastiklar bilan «qovurg‘alashtirilgan»
quvurlar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: