57
6.1. Nasoslar
6.1.1. Nasoslar haqida umumiy tushunchalar
Qurilmalarda va quvur ichidagi
suyuqlik uning boshi va
oxiridagi bosimlar farqi tufayli harakat qiladi. Suyuqlikning quyi
sathidan yuqori sathiga uzatish uchun esa nasoslardan
foydalaniladi. Bunda suyuqlikka bosimning
potensial energiyasi
ta’sir etadi.
Nasos shunday gidravlik mashinaki, u elektr yuritkichning
mexanik energiyasini suyuqlikning harakatlanish (uzatish)
energiyasiga aylantirib beriladi.
6.1.2. Nasoslar klassifikatsiyasi
Harakatlanish turiga qarab hajmiy, kurakli (markazdan
qochma), uyurmaviy va o‘qli nasoslarga bo‘linadi.
Hajmiy nasoslarning ishlash prinsiði yoðiq hajm ichida siqib
chiqarish usuliga asoslangan bo‘lib,
ilgarilanma-qaytma va
aylanma harakatlar tufayli suyuqlik siqib chiqariladi. Hajmiy
nasoslarga porshenli,
rotatsion, vintli, shesternyali va plastinali
gidravlik mashinalar kiradi. Markazdan qochma nasoslarda bosim
markazdan qochma kuch ta’sirida, ya’ni nasos qobig‘i (asosi)
ga joylashgan kurakli g‘ildirakning
aylanishi tufayli sodir
bo‘ladi.
Uyurmaviy nasoslarda uyurma energiya hisobiga uzatiladi. Bu
ishchi g‘ildirakning aylanishida uyurmaning tezda hosil bo‘lishi va
so‘nishi bilan amalga oshadi.
Aytib o‘tilgan nasoslardan tashqari yana oqimchali nasoslar
hamda gazliftlar va montejyu deb nomlanadigan mashinalardan
ham foydalaniladi.
Bu nasoslarda gaz, suv va bug‘larning
bosimlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: