51
Sinov savollari
1. Massa almashuv jihozlariga nimalar kiradi?
2. Haydash va rektifikatsiyaning o‘xshashligi va farqi nimada?
3. Oddiy haydash. Rektifikatsiya kolonnalarini tushuntirib bering.
4. Kolonna turlari va ishlatilish sohasini aytib bering.
5. Nasadkali kolonnalar deb qanday kolonnalarga aytiladi?
6. Òarelkali kolonnalar deb qanday kolonnalarga aytiladi?
7. Oddiy kolonnalar deb qanday kolonnalarga aytiladi?
8. Òarelkalarning mexanik hisobi nimaga kerak?
9. Òarelkaning kolonnalari o‘lchamlarining hisoblang.
10. Òarelka karkasini hisoblang.
11. Kolonnalarni qanday ekspluatatsiya qilinadi?
12. Izolyatsiyani tushuntirib bering.
52
Òexnologik jihozlar ichida issiqlik almashuv jihozlari ko‘p
sonlidir. Ular nafaqat texnologik jarayonlarni quvvatlab turadi,
balki chiqib ketayotgan issiqlik (sovuq) oqimini regeneratsiya
qiladi, shu bilan birga yoqilg‘ini, bug‘ni, shuningdek, sovitish
vositalarini (suv, havo, sovitish agentlari) tejaydi.
Issiqlik almashuv jihozlarida ikki oqim orasida issiqlik
almashinadi. Ulardan biri ikkinchisining harorati hisobiga isiydi,
shu bilan birga uni sovitadi. Issiqlik almashuv jihozlari maqsadga
qo‘zlangan joyda qo‘yilib, shu nom bilan nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: