54
Davlat standarti bo‘yicha kimyo, neft kimyosi va gazni qayta
ishlash korxonalarida qo‘llaniladigan qobiq-quvurli issiqlik
almashuv jihozlarining quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
N – qo‘zg‘almaydigan
quvurli panjarali;
K – qobig‘ida harorat kondensirlanadi;
P – harakatlanadigan kallakli;
U – U shaklidagi issiqlik almashinuv quvurli.
Issiqlik almashinuv jihozlarning har biri uchun alohida GOSÒ
bo‘ladi.
5.2. Quvurli pechlar
Quvurli pechlarda yoqilayotgan yoqilg‘ining
issiqligi quvurli
ilonizi orqali o‘tkazilayotgan suyuqlik yoki suyuqlik aralashmasiga
beriladi.
Quvurli pechlar bir-biridan konstruktiv yoki texnologik
belgilari bilan farqlanadi. Neftni qayta ishlash korxonalarida hozirgi
vaqtda ishlatilayotgan
pechlarning deyarli barchasi, radiant-
konveksiyalidir, ya’ni quvurli ilonizi radiant va konveksiya
kameralarida joylashgan.
Òexnologik vazifasiga ko‘ra pechlarni isituvchi va reaksiyali
erituvchi deb belgilanadi. Birinchi
holatda maqsad xomashyoni
kerakli haroratgacha qizdirish, ikkinchisida esa isitishdan tashqari
quvurli zmeyevikni alohida qismlarida maqsadda ko‘zlangan
reaksiyalar boradi (masalan, termik kreking).
Konfiguratsiyasiga qarab quvurli pechlar, odatda, tekis yoki
nishabli shiftli (evod) bo‘ladi, lekin
vertikal silindrik pechlar
ham uchrab turadi. Pechlarning konfiguratsiyalari va
kameralarning o‘zaro joylashishi quvurli ekranlarni radiantli
kameralarda joylashishini aniqlab beradi. Quvurlar bilan svod
(shiftlar), devorlar (yonbosh, frontal va devor pereval),
shuningdek, pechni tagi ekranlanadi.
Bir qatorli va ikki qatorli
ekranlar bo‘ladi.
Òutunli gazlarning harakati yo‘nalishiga qarab pechlar
ko‘tarilayotgan, pastga tushayotgan va gorizontal oqimli bo‘ladi,
pastga tushayotgan tutunli gaz oqimida «o‘lik zona»lar
bo‘lmaydi, shuning uchun issiqlik berish samaradorligi yuqori
bo‘ladi.