O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


 YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#37723
1   2   3   4   5
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya

1.3.1. YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi 
«
Aholi-
ning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida
»
gi Qonuniga
asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida sanitariya-gigiyenik va
epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkaziladi (5-bob 30–36-moddalar).
Epidemik kasalliklar mavjudligini ogohlantirish vatanimiz sog‘liqni
saqlash organlarining eng asosiy burchi hisoblanadi. Profilaktik chora-
tadbirlar bir vaqtning o‘zida epidemik zanjirning hamma bosqichlariga
ta’sir o‘tkazish bilan olib boriladi. Xalq xo‘jaligining rejali tashkil
qilinishi, sog‘lomlashtirish ishlarini maqsadli amalga oshirishga bo‘lgan
imkoniyat yurtimizda bezgak kasalligining  kamayishiga olib keldi. 1966-
yilda 1950-yildagidan 3616 marta kamaydi.
O‘choqli  kasalliklar mavjud bo‘lgan joylarda yangi qurilishlar
olib borilishi aholining sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan. Hayvon-
lar mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda, chorvachilik
xo‘jaliklarida mehnat sharoitini yaxshilash ko‘pgina kasalliklar,


56
masalan, kuydirgi, brutselloz, salmonellozlarning oldini olishda
muhim ahamiyatga egadir.
Hammaga ma’lumki, aholining yashash shart-sharoitini, iqtisodiy
holatini yaxshilash yuqumli kasalliklardan profilaktika qilishning
muhim omilidir. Bu asosda bizning respublikamizda sobiq sho‘rolar
davrida ko‘pgina ichak infeksiyalari, havo-tomchi infeksiyalar
miqdorining ko‘tarilishi kuzatilgan. Hozirgi kunda bu kasalliklardan
ayrimlari mutlaqo kuzatilmaydi, ayrimlari esa, ancha pasaygan.
Hammom, kir yuvish joylari va xonalarning  sanitariya-gigiyena
holatlarini nazorat qilish, turli parazitar kasalliklarni — terlama,
qichima, epidermofitiya va hokazolarni profilaktika qilishda mu-
him rol o‘ynaydi. Eng muhim profilaktik tadbirlardan biri suv ta’mi-
notini doim nazorat qilishdir. Suv olish joyini to‘g‘ri tanlash, uning
tozalanishini ta’minlash, muhofaza bazasini saqlash turli xil yuqumli
kasallik chaqiruvchilarining suv bilan tarqalishi oldini oladi.
Oziq-ovqat korxona va tarmoqlarining ko‘payib borishi,
mahsulot turining oshishi sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomoni-
dan sanitariya nazoratini kuchaytirish va doimo olib borishni talab
qiladi. Ko‘pgina yuqumli kasalliklarning asosiy manbayi umu-
miy ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar hisoblanadi.
Shuning uchun xodimlar doimo laboratoriya tekshiruvidan o‘t-
kazilib, bakteriya tashuvchiligi aniqlanishi kerak. Yuqumli kasal-
liklarni profilaktika qilishda bolalar muassasalari ustidan epide-
miya nazoratini olib borish muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi kunda ham aholi o‘rtasida ayrim yuqumli kasalliklar-
ning epidemik holatlari mavjud. Ayniqsa, bu jarayon ijtimoiy tan-
qislik, urush, inqiroz mavjud davlatlarda kuzatilmoqda. Masalan,
Òojikiston, Afg‘oniston, Hindistonda, Afrika qit’asi davlatlarida.
Ushbu epidemiyalarning avj olishini to‘xtatish uchun ma’lum
tadbirlar ishlab chiqilishi yaxshi samara bermoqda. Lekin epide-
miyaga qarshi tadbirlarning to‘g‘ri va natijali  bo‘lishi  uchun,  ya’ni
qisqa vaqt ichida  eng yaxshi va mustahkam natijaga erishish uchun
bu tadbirlar asosiy qoidalarga bo‘ysundirilishi shart:
tadbirlarni reja asosida sistemali ravishda o‘tkazib turish;
belgilangan tadbirlarni tez qo‘llash;
aholining epidemik holatini aniq inobatga olish bilan unga
qarshi tadbirlarni rejalashtirish;
kompleks holda olib borilishi.
Shunday qilib, epidemiyaga qarshi tadbirlarning unumli siste-
masini amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:


57
• uning  rejali  bo‘lishi,  ma’lum  infeksiyaning  epidemiologik
xususiyatlarini bilish hamda tadbirlar olib borilayotgan joyning va
jamoaning  epidemiya-sanitariya  sharoitlari  bilan  yaxshi  tanish
bo‘lish, qisqasi, epidemiyaga qarshi tadbirlarni olib borishdan ol-
din epidemik tekshirish o‘tkazilishi lozim.
Epidemiologik tekshirish quyidagicha o‘tkazilishi mumkin:
1. Ayrim ko‘ringan kasallikni epidemiologik tekshirish.
2. Epidemiyaning paydo bo‘lishini epidemik tekshirish.
3. Joyning epidemiologik jihatlarini o‘rganish.
Ayrim kasalliklarni epidemik tekshirishdan maqsad:
a) infeksiya  manbayini aniqlash;
b)  kasallikning  keyinchalik  tarqalishi  mumkin  bo‘lgan  yo‘l-
larini, ayniqsa, juda xavfli jamoalarda tarqalish yo‘llarini aniqlash;
d)  sanitariya  turmush  sharoitini  aniqlash;
e)  infeksiya  manbayini  zararsizlantirishga,  infeksiyaning
tarqalish yo‘llarini uzishga va ta’sirchan jamoani himoya qilishga
qaratilgan aniq tadbirlarni belgilashdir.
Epidemiologik  tekshirish,  davolovchi  shifokorning  infeksion
kasallik  borligi  haqida  bergan  xabari  asosida,  epidemiologik
muassasa xodimlari tomonidan o‘sha joyning o‘zida o‘tkaziladi.
Shoshilinch  xabar  varaqasi  yuqumli  kasallik  haqidagi  shunday
xabar  bo‘lib,  davolovchi  shifokor  xastalikni  aniqlagan  vaqtdan
24 soat o‘tmay, bemor turgan joydan  DSENMga yuborishi kerak.
Infeksion kasallik paydo bo‘lganda, uni epidemiologik  jihatdan
tekshirish ham xuddi ayrim infeksion kasallik  holatini tekshirish
yuzasidan  o‘tkaziladigan tekshirishga o‘xshagan maqsadlarni ko‘zda
tutadi.  Infeksiyaning  birinchi  manbayini  va  uning  keyinchalik
tarqalish  yo‘llarini  to‘g‘ri  aniqlash  uchun,  dastlab  kasal  bo‘lgan
odamdan  boshlab, to tekshirish vaqtigacha bo‘lgan barcha ku-
chayish yo‘llarini qaytadan ko‘rib chiqish lozim. Bu epidemiyani
tekshirish  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega,  buning  uchun  shubhali
kasalliklar haqida ma’lumotlar to‘planadi, aholi sanitariya jihatdan
so‘rab chiqiladi va laboratoriya yo‘li bilan tashxis qo‘yiladi.
Joylarni epidemik tomondan tekshirish ishi epidemik va sani-
tariya tomonidan shu joyning xarakteristikasini aniqlashdan ibo-
rat  bo‘lib,  shu  sharoit  epidemik  tomondan  ro‘y  bergan  yomon
ahvolning  sabablarini  yo‘qotish  maqsadida  epidemiyaga  qarshi
tadbirlar aniq rejasi ishlab chiqiladi.


58
Joyni bunday epidemiologik va sanitariya tomonidan tekshi-
rish  kasallikning  asosiy  sabablarini  epidemik  jarayonning  ilg‘or
omillarini  aniqlash uchun kerak, bular esa, epidemiyaga qarshi
va  sanitariya  tomonidan  sog‘lomlashtirish  tadbirlarining  aniq
hamda muayyan rejasini tuzishga asos qilib olinadi.
Infeksiya  manbayiga  qarshi  kurashda,  eng  avvalo,  kasallarga
nisbatan  ko‘riladigan  tadbirlarni  qo‘llash  kerak,  kasallarni  o‘z
vaqtida tamomila aniqlab olish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
1) aholiga sifatli tibbiyot yordami beruvchi hamda kasallarni
tezda  joylashtirish  mumkin  bo‘lgan  uchastka  kasalxonalarini
mustahkamlash;
2) infeksiyaga nisbatan shubhali kasallangan, oshqozon-ichak
va boshqa kasalliklarning oldini olish uchun shifokorga barvaqt
murojaat qilishni targ‘ib qilish yuzasidan sanitariya maorifi ish-
larini keng miqyosda kuchaytirish;
3) yuqumlilik tomondan shubhali bo‘lgan kasallarni o‘z vaqtida
aniqlash  va ular haqida shoshilinch xabar qilish uchun sanitariya
jamoatchiligini tashkil qilish va ulardan keng foydalanish;
4)  kasallik  ro‘y  berganda,  bemorlarni  aniqlash  uchun  aholi
yashaydigan hamma punktlarda tibbiyot xodimlari yoki sanitariya
faollari tomonidan barcha xonadonlar har kuni birma-bir aylanib
chiqilishi kerak.
Infeksion  kasalni,  albatta,  izolatsiya  qilish  kerak.  Kasallik
juda ko‘payib ketganda bemorlar gospitalizatsiya qilinadi va faqat
ayrim infeksiyalarda tegishli turmush sharoitlari bo‘lganda, epi-
demiologning ruxsati bilan uy sharoitida davolash mumkin.
Kasal  bilan  yaqinlashganlar  infeksiyaning  manbayi  bo‘lish-
lari mumkin. Bir tomondan ular allaqachon yuqtirib, inkubatsiya
davrida bo‘lishlari va kasallik boshlanishi bilanoq, infeksiyaning
harakatdagi manbayiga aylanishi ehtimoldan xoli emas. Bundan
xulosa  qilib,  bemor  atrofidagilarga  nisbatan  quyidagilar  qo‘l-
laniladi:
1. Kasalni erta aniqlash, doimiy ravishda tibbiy kuzatuv ostiga
olish.
2. Birinchi galda bolalar muassasalarida, oshxonalarda, oziq-
ovqat korxonalari xodimlari hamda ilgari kasallikni boshidan ke-
chirganlarni — batsilla tashuvchilarni tekshirish.
3. Bemor bilan kontaktda bo‘lgan kishilarga nisbatan aloqani
uzish  (karantin)  yoki  qisman  karantin  qilinadi.


59
4. Sanitariya ishlovini o‘tkazish — yuvish, kiyimlarni o‘zgar-
tirish,  kiyim-kechakni  dezinfeksiyalash.
5. Maxsus profilaktika (passiv emlash).
6. Kasallikning yuqish xavfi va uning oldini olish haqida aholi
orasida tushuntirish yo‘li bilan sanitariya maorifi ishlarini olib borish.
Batsilla  tashuvchilarga  qarshi  tadbirlar  ularni  aniqlash  va
zararsiz  holga  keltirishdan  iborat.  Òashuvchilarni  zararsizlanti-
rish  choralariga  kasallarni  vaqtincha  (tashuvchilik  davom  qilish
muddatida) yoki doimiy tashuvchilikda ishdan ozod qilish va sa-
nitariya tomonidan tarbiyalash, kundalik dezinfeksiya qilish. Hay-
vonlarning infeksiya manbayi bo‘lishiga qarshi  tadbirlar  ikki gu-
ruhga bo‘linadi:
1. Yovvoyi hayvonlarga qarshi tadbirlar:
a) mavjud bo‘lgan barcha uslublar bilan yo‘qotish;
b) kishilarni alohida bo‘lib, yakka holda qolishlarining oldini
olish.
2. Uy hayvonlari kasalliklariga qarshi tadbirlar:
a)  sog‘lomlashtirish;
b)  epizootiyalarga  qarshi  kurash,  emlashlar,  karantin.
Infeksiyaning  tarqalish  yo‘llariga  qarshi  kurash  obyektlari
infeksiya o‘tkazib borishda xizmat qilish mumkin bo‘lgan tashqi
muhitni  sog‘lomlashtirishdan  iboratdir.  Bu  kurash  umumiy
sanitariya va dezinfeksion tadbirlarni qo‘llash bilan birga olib bo-
riladi. Bu tadbirlarni qo‘llashdan maqsad — tashqi muhitni sog‘-
lomlashtirish, turmush yo‘li bilan suv, tuproq, oziq-ovqat mahsu-
lotlari va tashqi muhitning boshqa turli obyektlari orqali infek-
siyaning o‘tish imkoni oldini olish, organizmning qarshilik ko‘r-
satish  kuchini  oshirish  uchun  yashash  shart-sharoitlarini  yax-
shilash. Bu tadbirlarning tamoyillarini va amalga oshirish texni-
kasini  mukammal o‘rganish tegishli gigiyena fanlari sohasiga ki-
radi.  Dezinfeksion  tadbirlar  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  kasallik  chaqi-
ruvchiga  qaratilgan  bo‘lib,  dezinfeksiya,  dezinseksiya,  deratiza-
tsiyalarga bo‘linadi. Epidemik zanjirning uchinchi zvenosiga nis-
batan  qilinadigan  tadbirlar  turmush  sharoitlarini  yaxshilash,
jismoniy tarbiyalash, sog‘lig‘ini mustahkamlash va boshqa yo‘llar
bilan aholini umumiy o‘ziga xos profilaktika qilish, ya’ni profi-
laktik emlashlar bilan immunitet paydo qilishni  ko‘zda tutadi.
O‘ziga xos profilaktika faol immunizatsiya, passiv immunizatsiya
va fagoprofilaktika shaklida bajariladi.


60
Faol immunizatsiya ishi organizmga antigen yuborishdan ibo-
rat bo‘lib, u infeksion kasallik chaqiruvchilarini tirik yoki o‘ldi-
rilgan holda hosil qilinadigan mahsulotlarini yuborish bilan ba-
jariladi.  Passiv  immunizatsiya  organizmga  immunlangan  hay-
vonlar yoki kasallikni boshidan kechirganlarning zardobini yubo-
rishdan iboratdir. Passiv immunizatsiya natijasida immunitet darhol
paydo bo‘lmaydi.
Fagoprofilaktika  —  organizmga  bakteriofagni,  ya’ni  mikrob
kulturasining bulyon filtratlari bo‘lgan eritmasini yuborishdir.
Maxsus profilaktika. Bu epidemik jarayonning uch zvenosiga
qaratilgan  bo‘lib,  makroorganizmlar  sezuvchanligini  oshirish  va
insonlarda  immunitet  hosil  qilishdir.  Organizmni  yuqumli  ka-
salliklarga  sezuvchanligini  oshirish  maxsus  profilaktika  uchun
qo‘llaniladigan  vositalar  (vaksina,  zardob,  gamma-globulinlar)
yordamida  o‘tkaziladi,  shuningdek,  kimyoviy  vositalar  ham
qo‘llaniladi.
Himoyalanuvchi  emlash  vaksinalar  bilan  o‘tkazilsa,  uzoq
muddat faol immunitet qoladi, ular bir necha yilgacha saqlanadi.
Ayrimlari  qisqa  immunitet  hosil  qiladi.  Zardob  va  gamma-
globulinlarning qo‘llanilishi qisqa va tez kechadigan himoyalanishni
hosil  qiladi.  Odam  organizmiga  tayyor  antitelani  kiritish  orga-
nizmning himoyalanishini 2—4 haftagacha saqlaydi.
Hozirgi vaqtda maxsus profilaktika vositalari ichida vaksinalar
keng qo‘llanilmoqda. Ular patogen mikroorganizmlar va ularning
hayoti  davomidagi  mahsulotlaridan  olinib,  sog‘lom  organizmga
kiritiladi. Òo‘rt xil vaksina mavjud: tirik, o‘lik (o‘ldirilgan), kimyoviy
va anatoksinlar.
Òirik  vaksinalar  —  patogen  mikroorganizmlar  kuchsizlan-
tirilgan va irsiy o‘zgartirilgan turi. Òirik vaksinalar quyidagi yuqumli
kasalliklarni  emlash  uchun  qo‘llanilmoqda:  chinchechak,  qiza-
miq, griðp, quturish, qoqshol, sariq isitma, pappatachi isitmasi,
epidemik parotit, qizilcha va h.k. Shuningdek, bakteriyalar cha-
qirgan  quyidagi  kasalliklarni:  kuydirgi,  o‘lat,  tulyaremiya,  bru-
tselloz, sil hamda rikketsiyalar chaqirgan toshmali tif, Ku-isitma
va h.k. Òirik vaksinalar  o‘lik vaksinalardan samaraliroq hisoblanadi
va  ayrim  kasalliklar  uchun  yakka-yu yagona  vositadir  (kuydirgi,
o‘lat, tulyaremiya). O‘ldirilgan bakteriyalar — viruslar va rikke-
tsiyalardan inaktivatsiya yo‘li bilan o‘ldirilgan vaksinalar olinadi.
O‘lik vaksinalar tirik vaksinalardan farq qilib, ko‘pchilik qismi bir
martalik vaksinatsiya uchun ishlatiladi. Organizmga ikki, uch marta


61
kiritiladi. Ikki marta emlash 3—4 hafta oralab, uch marta emlash
7—10 kun oralab o‘tkaziladi.
Hozirgi vaqtda o‘lik vaksinalar ich terlama, ko‘kyo‘tal, vabo,
toshmali terlama, Ku-isitma, kana ensefaliti, gemmoragik  isitma
kasalligida  keng qo‘llaniladi. Kimyoviy vaksinalar kimyoviy yo‘l
bilan olingan moddalar bo‘lib, unda mikrob antigenlari mavjud
bo‘ladi. Mikrob hujayrasi katta kimyoviy va fermentativ ishlov
berish bilan olinadi.
1. Bakteriyali preparatlarni ko‘zdan kechirish, ularning tashqi ko‘rinishini,
qadoqlanish  xususiyatlarini  o‘rganish.  Preparatlarni  brak  qilish,  yaroqsiz
preparatlarga akt tuzish.
2. Immunizatsiya  qilishga  ko‘rsatmalarni,  ayrim  infeksiyalarda  emlash
sxemalarini va dozalarini o‘rganish. O‘quvchilar instruksiya va qo‘llanmalarni o‘rganib
immunizatsiyaning  har  bir  turi  haqidagi  ma’lumotlarni  jadvalga  kiritadilar.
1. Aktiv  immunizatsiya  nima,  aktiv  immunizatsiyadan  keyin  immuni-
tet qachon paydo bo‘ladi, u qancha vaqt saqlanadi?
2. Aktiv  immunizatsiya  uchun  qanday  preparatlar  ishlatiladi?
3. Passiv immunizatsiya nima, zardoblar va globulinlar yuborishdan keyin
immunitet qachon paydo bo‘ladi, u qancha vaqt saqlanadi?
4. Zardob  globulinlardan  nima  bilan  farq  qiladi,  globulinlarning  afzal-
ligi nimada?
5. Bakteriofaglarning  ta’sir  prinsiði  qanday?
6. Etiketkada qanday ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak va bu ma’lumotlarning
qanday  ahamiyati  bor?
7. Qanday belgilar bakteriyali  preparatlarning yaroqsizligidan dalolat beradi?
8. Rejali va rejadan tashqari emlashlarning farqi nimada, bakteriyali prepa-
ratlarni davolash tarmog‘i bo‘yicha kim taqsimlaydi?
1.3.2. EMLASHLARNI TASHKIL QILISH VA PREPARATLARNI
KIRITISH TEXNIKASI
Profilaktik  immunizatsiya  samaradorligining  eng  muhim
shartlaridan  biri  immunizatsiya  qilinishi  kerak  bo‘lgan  hamma
kontingentlarni  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  qamrab  olish  hisoblanadi.
Immunizatsiya  qilinishi  kerak  bo‘lgan  bolalarni  hisobga  olishni
bolalar poliklinikalari yiliga ikki marta hovlima-hovli aylanib chi-
qish yo‘li bilan olib boradi.
!
MUSTAQIL ISH
?
NAZORAT SAVOLLARI


62
Hisobga olingan bolalarni quyidagi shakl bo‘yicha qayd qilinadi:
r
/
T
,i
m
s
i
,i
s
a
y
il
i
m
a
F
i
m
s
i
g
n
i
n
i
s
a
t
o
n
a
g
li
‘
g
u
T
,i
y
o
,i
li
y
i
n
u
k
il
i
z
n
a
M
r
a
l
a
l
o
b
i
s
y
a
Q
a
g
i
s
a
s
a
s
s
a
u
m
i
d
y
a
n
t
a
q
a
m
t
a
l
s
E
.
1
Òug‘ilgan  yillar  bo‘yicha  yozib  boriladi.  Qo‘shimcha  ma’lu-
motlar  (ro‘yxatga  olish  orasida)  tug‘uruqxonalar,  qishloq  ken-
gashlaridan olinadi.
Hisobga olingan har bir bolaga  «Profilaktik emlashlar kar-
tasi»  (63-shakl)  to‘ldiriladi.  Bu  kartalardan  har  bir  pediatriya
uchastkasi uchun alohida kartoteka (alohida quti) tuziladi. Uchastka
kartotekasida  shu  uchastkada  yashab  turgan  hamma  bolalar-
ning kartochkalari va shu uchastka hududida joylashgan bola-
lar  muassasalariga  qatnaydigan  bolalarning  (ularning  qayerda
yashashidan  qat’i  nazar)  kartochkalari  bo‘lishi  kerak.  Karto-
teka aksariyat bolalarning tug‘ilgan yillari bo‘yicha olib boriladi.
Har oyning oxirida emlanishi kerak bo‘lgan bolalar ro‘yxati tu-
zib chiqiladi. Shu ro‘yxat keyingi oyning immunizatsiya rejasi-
dan iborat bo‘ladi.
«Uyushmagan»  bolalarni  uchastka  tibbiyot  hamshirasi  poli-
klinikaga taklif etib, bu yerda ular emlanadi. Agar go‘dak bolalar
muassasasiga qatnaydigan bo‘lsa, ular shu muassasada emlanadi.
O‘tkazilgan  emlashlar  qu-
yidagi hujjatlarda qayd qilinadi
(kuni,  dozasi,  preparat  seri-
yasi):  bolaning  rivojlanish  ta-
rixi,  bolaning  tibbiyot  daftar-
chasi (ota-onalarda saqlanadi),
«Profilaktik emlashlar kartasi»
(63-shakl).  Emlash  reaksiya-
lari ham qayd  qilinadi.
Katta  yoshdagi  kishilarni
emlashni poliklinikalar, odatda,
korxonalar  va  o‘quv  yurtlari-
dagi  shu  poliklinikaga  birik-
tirilgan sog‘lomlashtirish punkt-
lari (tibbiy-sanitariya qismlari)
3-rasm. Emlash vositasini kiritish
texnikasi:
1 — teri yuzasiga; 2 — teri ostiga; 3 —
teri ichiga; 4 — mushak orasiga.
1
2
3
4


63
tarmog‘i  orqali  amalga  oshiriladi.  Emlanishi  kerak  bo‘lgan
shaxslarning  ro‘yxatini  tuzish  dastlabki  muhim  vazifa  hisobla-
nadi.  Shu  maqsadda  sog‘lomlashtirish  punktlarining  xodimlari
tegishli  korxona  va  muassasalarning  kadrlar  bo‘limlari  bilan
aloqa bog‘lab, ulardan zarur ma’lumotlarni olishadi. Emlangan
kishilar «Profilaktik emlashlarni hisobga olish jurnali»da (64-shakl)
imlo bo‘yicha qayd qilinadi. Òibbiyot daftarchalari bo‘lganda,
unga emlash haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Òo‘satdan vujudga
kelgan epidemiologik ko‘rsatmalar bo‘yicha emlashlar poliklinika
binosining o‘zida qilinadi.
Emlashlar  o‘tkazish  texnikasi  quyidagilarni  ta’minlaydi:
a)  preparatlar  ko‘rsatmada  mo‘ljallangan  organlar  va  to‘qi-
malarga yuborilishi;
b)  preparatning  zarur  dozasini  aniq  yuborish;
d)  asoratlarning  yuz  berish  ehtimolini  yo‘qotishini.
Shu maqsadda emlash o‘tkaziladigan  xonani oldindan tegishli
darajada tayyorlash, ya’ni pol va mebelni dezinfeksiya qiladigan
eritmalar bilan tozalab yuvish zarur. Agar muskul ichiga inyek-
siya qilinadigan bo‘lsa, instrumentlar uchun stollar, bolalar uchun
kushetkalarga  steril  (yoki  dazmollangan)  choyshablar  yoziladi.
Emlashni bemorlar qabul qilinadigan xonalarda o‘tkazmaslik kerak.
Xodimlarni tayyorlash. Emlash o‘tkazadigan xodimlar toza xalat
va qalpoq (yoki kosinka) kiyib ishlashlari lozim. Shamollash ka-
salliklari, angina, yiringli kasallikka chalingan tibbiyot xodimlariga
emlash o‘tkazishlariga ruxsat etilmaydi.
Emlashni boshlashdan oldin tibbiyot xodimi qo‘lini  toza qilib
yuvadi, so‘ngra qisqa vaqtga 1 % li xloramin eritmasiga botiradi.
Muskul ichiga inyeksiya qilishda ham  oldin qo‘l yuviladi. Yalpi
emlashlar o‘tkazishda  ishni emlashda  band bo‘lgan odamni boshqa
yumushlarga (emlanganlarni  qayd qilish, emlanadigan kishilarni
xonaga chaqirish kabi) chalg‘itmaydigan qilib tashkil etish lozim.
Preparatni tayyorlash. Har bir ampula (flakon)ni brak bo‘lgan
preparatlarni aniqlash maqsadida ko‘zdan kechirilgach, ochiladi.
1.3.3. IMMUNITET
Immunitet  deb,  yuqumli  kasallikning  boshlanishiga  yo‘l
bermaydigan organizm holatiga yoki bo‘lmasa begona, yot narsaga,
agentga nisbatan antigenlik xususiyatni namoyish qilishga aytiladi.
Berket fikricha, immunitetda organizm «o‘zinikini» va «begonani»


64
ajratib  oladi.  Organizm  sezuvchanligi  irsiy  mustahkamlangan
bo‘lib, filogenetik rivojlanish va, shuningdek, ontogenez davrida
individual ravishda shakllangan hamda organizm ichki muhitini
saqlab turishga moslashgan bo‘ladi.
Epidemik jarayon yuqumli kasallikning paydo bo‘lishi, rivoj-
lanishi  va  tarqalishini  ta’minlovchi  uch  bir-biriga  chambarchas
bog‘langan bo‘g‘in halqani  o‘z ichiga oladi:
1. Yuqumlilik manbayi.
2. Kasallik chaqiruvchi mikroblarning  tarqalish yo‘llari.
3. Yuqumli kasallikka organizmning moyillik darajasi.
Yuqumli kasallik manbayi. Ko‘p yillik ilmiy izlanishlar, tajriba
va kuzatishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, yuqumli kasallik
ma’lum bir jamoada kasal yoki shu kasallikning chaqiruvchisini
o‘zida saqlovchi (bakteriya tashuvchi) sog‘lom kishi mavjud bo‘lsa,
shu yerda kasallik paydo bo‘ladi. Ayrim kasalliklar esa, sog‘lom
kishilarning bemorlar bilan muloqot qilishi natijasida kelib chi-
qadi. Masalan, kuydirgi, qoraoqsoq (brutselloz) kabi kasalliklar.
Bunda sog‘lom kishi kasallik chaqiruvchisini oraliqdagi biologik
hujayradan qabul qilib oladi. Kasallik manbayi hamisha odam
yoki hayvon bo‘lishi mumkin. Chunki kasallik chaqiruvchisining
yaxshi rivojlanishi, ko‘payishi uchun eng qulay muhit odam va
hayvon organizmi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh epi-
demiologi, tibbiyot fanlari doktori I.H. Mamatqulovning fikricha,
«kasallik manbayi o‘zida kasallik chaqiruvchisini saqlab, ko‘payishga
imkon yaratgan jonli organizmlar hisoblanadi va natijada, rivoj-
langan yuqumlilik xususiyatiga ega bo‘lgan mikroorganizmlar ushbu
organizmlardan  sog‘lom  organizmlarga  havo,  chang,  suv,  oziq-
ovqat, qon, bevosita va bilvosita kontakt orqali o‘tishi kuzatiladi».
Ayrim adabiyotlarda va epidemiologiya amaliyotida yuqumli
kasallik  manbayi  sifatida  suv,  sut,  chivin,  tuproq,  ifloslangan
qo‘llar ko‘rsatib o‘tilganligiga guvoh bo‘lamiz. Bu noto‘g‘ri talqin,
chunki faqat tirik organizmda kasallik chaqiruvchi patogen mik-
roblar va parazitlik qiluvchi sodda jonivorlar yashashi va rivojlanishi
uchun to‘laqonli muhit bo‘lishi mumkin. Organizmdan tashqarida
patogen mikroorganizmlar yashab qolishi yoki o‘zining yashash
qobiliyatini  vaqtincha  saqlashi  mumkin.  Masalan,  ichburug‘
tayoqchasi tirik organizmga tushmasa yoki shunga o‘xshash vabo
kasalligining  chaqiruvchisi  ham  ma’lum  vaqtdan  so‘ng  nobud


65
bo‘ladi. Shunday qilib, tuproq, suv, sut, oziq-ovqat mahsulotlari
va  hokazo  omillar  faqat  yuqumli  kasallik  chaqiruvchisining
o‘tkazuvchi  omili  hisoblanishi  mumkin.  Yuqumli  kasallik  ta-
shuvchisi  organizmida  ayrim  yuqumli  kasallik  chaqiruvchilar
ko‘payadi  va  to‘planadi.  Masalan,  bit  qachonlardir  toshmali
terlama bilan og‘rigan bemorning qonini so‘rib, u bir umr ushbu
kasallikni  yuqtiruvchisi  bo‘lib  qoldi.  Ayrim  hollarda  bo‘g‘im-
oyoqlilarda avloddan avlodga yuqumli kasalliklar o‘tmaslik eh-
timoli mavjud.
Shunday qilib, bu holda  kasallik manbayi sifatida asosiy bio-
logik  xo‘jayin  odam  yoki  hayvon  bo‘lib  hisoblanadi.  Kasallik
manbayi xususida aniq tushunchaga ega bo‘lish profilaktik tad-
birlarni to‘g‘ri tanlashni va samaradorligini ta’minlaydi. Agar biz
yuqumli kasallik kelib chiqishida nimadir manba bo‘lishi kerak-
ligini  tan  olsak,  unda  yuqumli  kasallikni  zararsizlantirish  juda
samarali bo‘lishi ta’minlanadi. Yuqumli kasalliklarda eng asosiy
va doimiy manba bemor hisoblanadi. Chunki u tashqi muhitga
o‘zidan ko‘pdan ko‘p kasallik chaqiruvchisini chiqaradi.  Kasal-
liklarning ayrim klinik alomatlari davrida kasallik qo‘zg‘atuvchi-
sining  ko‘plab  tarqalishiga  olib  keladi.  Misol  uchun,  ichburug‘
kasalligida tez-tez ich ketishi, griðp kasalligida bot-bot aksirishi,
burun bitishi, yo‘tal kabi alomatlar kuzatiladi.
Shunday qilib, bemor, nafaqat, asosiy kasallik tarqatuvchisi,
balki eng xavfli manba hisoblanadi. Bunday kasalliklar jumlasiga
qizamiq, toshmali terlama, moxov va boshqalarni kiritish mum-
kin. Qachonki, yuqumli kasallik manbayi bemor kishi bo‘ladigan
bo‘lsa, bunda epidemiyaga qarshi eng samarali tadbir, bu — uni
alohida ajratib davolash.
Bemorni ajratib davolash chora-tadbirlarini belgilash  avvaldan
sinalib kelingan usul hisoblanadi. Masalan,  moxovga chalingan-
larni doimiy ajratib qo‘yish natijasida uning tarqalib ketishining
oldi olingan. Ammo shuni ta’kidlash joizki, yuqumli kasallik har
doim ham xavfli manba bo‘lavermaydi. Chunki kasallikning bir
necha davrlari tafovut qilinib, har bir davr o‘ziga xos yuqumlilik
darajasiga ega. Kasallik avj olish davrida chaqiruvchilarning tashqi
muhitga chiqishi ortadi va yuqumlilik darajasi yuqori bo‘ladi.
Shuningdek,  yashirin  davrning  oxirgi  kunlari  ham  yuqumli
bo‘lishi mumkin. Kasallikdan tuzalish davrida yuqumlilik  pasayib
boradi va umuman yo‘qoladi. Ayrim yuqumli kasalliklarda  yuqum-
lilik uzoq cho‘ziladi va kasaldan tuzalib chiqqandan so‘ng ham


66
davom etishi mumkin. Ko‘pgina  kasalliklarda yuqumlilik bosh-
lanish bosqichida kuzatiladi. Ayniqsa, bu hol yuqori nafas yo‘l-
lari kasalliklari — griðp, qizamiq, ko‘kyo‘talda ko‘proq bo‘ladi.
Bemorni yuqumlilik manbayi deb hisoblashda kasallikning ke-
chish  darajasi  epidemiologik  nuqtayi  nazardan  muhim  aha-
miyatga ega.
Kasallikning og‘ir kechishida bemor kasalxonadagi to‘shakda
«mix»langan  bo‘ladi  va  unda  kasallikni  tarqatish  imkoniyati
bo‘lmaydi. Bunga  aksincha, kasallikning yengil kechishida bemor
ko‘pchilik bilan o‘zaro muloqotda bo‘ladi va uni yuqtirish darajasi
yuqori. Yuqumli kasallik manbayi faqat bemor bo‘lib qolmasdan,
balki yuqumlilikni o‘zida saqlab yuradigan «sog‘lom» tashuvchilar
ham bo‘lishi mumkin. Sog‘lom kishi «tashuvchi» sifatida turli ka-
sallik chaqiruvchilarini o‘zida saqlashi kuzatilgan. Bularning ichida
yuqumli  kasallik  bilan  og‘rigan  kishilar,  ayniqsa,  ahamiyatlidir.
Ayrim kasalliklarda klinik jihatdan sog‘lomlik bakteriologik sog‘-
lomlik  bilan  mos  kelmaydi,  ya’ni  kishida  kasallikning  klinik
alomatlari  yo‘q  bo‘lganligi  bilan  uning  organizmidan  kasallik
chaqiruvchilari to‘liq chiqib ketmagan bo‘lishi mumkin. Masalan,
ich terlama, paratiflarda, ichburug‘da va hokazo. O‘tkir va surun-
kali kasallik chaqiruvchilarining «tashuvchilik davri» bo‘ladi. Agar
«tashuvchilik»  2—3  oy  davom  etsa,  bu  —  «o‘tkir  tashuvchilik».
Agarda, «tashuvchilik» bir necha yillar davom etsa, unda «surunkali
tashuvchilik» deyiladi. «Òashuvchi» — bu tuzaladigan bemor yoki
kasallikni boshidan o‘tkazgan kishi. Bu toifadagilar epidemiologik
nuqtayi nazardan muhim hisoblanadi.
Yuqumli  kasallik  chaqiruvchisiga  sezgir  bo‘lmagan  «tashuv-
chi»lar ham bo‘ladi va epidemiologik jihatdan unchalik ahamiyatli
emas. Nima uchun immunologik sezgirlik bo‘lgan,  kasallanib o‘t-
gan organizmda chaqiruvchi uchun sharoit bo‘ladi? Bu jarayon
oxirigacha o‘rganilmagan, shuning uchun ham yuqumli kasallik-
larning oldini olishni murakkablashtiradi. Umuman olganda, «ta-
shuvchilik» bo‘lishi mumkin emas, degan xulosa qilinadi, chunki
tirik organizmga kirishiga bevosita ishtirokchi sifatida muhim o‘rni
bor. «Òashuvchanlik» O.M. Murtazoyevning fikricha, yuqumli ka-
salliklarning o‘zgacha ko‘rinishdagi turidir. «Òashuvchanlik» epi-
demiologik  jihatdan  turli  shart-sharoitlar  bilan  bog‘liqdir.  «Òa-
shuvchi»ning  xavfliligi  uning  kasb-koriga  bog‘liq.  Masalan,  ich
terlama  kasalligi  «tashuvchisi»ning  umumiy  ovqatlanish  shoxob-
chalarida, suv ta’minoti inshootlarida ishlashi xavfli hisoblanadi.


67
Bo‘g‘ma,  skarlatina,  ko‘kyo‘tal  kasalliklarining  tashuvchi-
lari kasallikning asosiy manbayi hisoblanishadi. Òibbiyot fan-
lari doktori A.G. Valiyevning fikricha, bo‘g‘ma kasalligida 85—
90  %  sog‘lom  kishilar  kasallikni  «tashuvchilardan»  yuqtirib
olishadi.
Odamlarda  uchraydigan  yuqumli  kasalliklar  ichida  hay-
vonlardan  o‘tuvchi  zoonoz  kasalliklar  ham  bor.  Bu  kasalliklar
manbayi turli hayvonlar hisoblanadi. Misol uchun, sigir odamda
uchraydigan brutselloz, sil, kuydirgi, aktinamikoz va boshqa ka-
salliklarning asosiy manbayi hisoblanadi. Hayvonlar ichida eng
ko‘p  yuqumli  kasallik  tarqatuvchilar  kemiruvchilardir.  Ular
qaytalanma  terlama,  o‘lat,  tulyaremiya,  rikketsiozlar,  ensefalit,
leyshmaniozlar  va  h.k.  20  dan  ortiq  kasallikning  manbayi  hi-
soblanadi. Odamlarning hayvonlar bilan bo‘ladigan muloqot sha-
roitlari  kasallik  yuqishi  xavflilik  darajasini  belgilaydi.  Kasallik
hayvonni  parvarishlash  vaqtida  yoki  mahsulotlarni  ishlovdan
o‘tkazishda  yoki  kasal  hayvonlarning  go‘shtini,  sutini  iste’mol
qilganda o‘tishi mumkin.
Ektoparazitlik  qilib  yashovchilar  epidemiologik  jihatdan
katta  ahamiyatga  egadir.  Òabiatda  bu  ko‘rinishdagi  yuqumlilik
asosiylardan hisoblanadi. Masalan, burgalar hayvonlardan odam-
larga  kasallikni  yuqtirishda  muhim  rol  o‘ynaydi,  shu  kabi  chi-
vinlar, kanalar, pashshalar va h.k.
1.3.4. SANITARIYA MAORIFI ISHLARI
Sanitariya  maorifi  ishlari  yuqumli  kasalliklarni  kamayti-
rish, uning oldini olishda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.
Sanitariya maorifi ishlarini, asosan, salomatlik markazlari, tib-
biyot  muassasasi  xodimlari,  xalq  maorifi  muassasalari  va  ja-
moatchilik tashkilotlari xodimlari olib boradi. Sanitariya maorifi
ishlari tibbiyot fani yutuqlariga asoslanib, kasalliklarning paydo
bo‘lishi va ularning oldini olish choralari, mehnat, dam olish va
ovqatlanishni oqilona tashkil qilish, turmushda va kundalik ish
faoliyatiga sanitariya-gigiyena qoidalarini singdirish haqidagi
bilimlarni aholi orasida  targ‘ib qilish bilan  olib  boriladi.
Sanitariya maorifi ishlari uch usulda olib boriladi:
• og‘zaki;
• matbuot;
• ko‘rgazmali.


68
Sanitariya maorifi ishlarining og‘zaki usuliga — suhbatlar, sa-
vol-javob kechalari, radioeshittirishlar, ma’ruzalar o‘qish, mulo-
qotlar,  munozaralar  o‘tkazishlar  kiradi.
Sanitariya  maorifi  ishlarining  matbuot  usuli  bir  vaqtning
o‘zida ko‘pchilik aholini qamrab olish imkoniga ega bo‘lgan usul
hisoblanib,  matbaa  korxonalari  orqali  uyushtirilgan  kitoblar,
varaqalar,  shiorlar,  esdaliklar,  ko‘rsatmalar,  qo‘llanmalar  nashr
qilish  va  tarqatish  asosida  aholi  o‘rtasida  tushuntirish,  targ‘ibot
ishlarini  yo‘lga  qo‘yadi.  Shuningdek,  gazeta,  jurnallarda  ka-
salliklarning  paydo  bo‘lishi  va  ularning  oldini  olish  choralari,
mehnat, dam olish va ovqatlanishni oqilona tashkil  qilish  masa-
lalari  keng  ommaga  yetkazib  turiladi.  Òibbiyot  va  xalq  maorifi
muassasalarida  sanbyulletenlar,  devoriy  gazetalar,  savol-javob
taxtasi tashkil qilish orqali tushuntirish ishlari  olib boriladi.
Sanitariya maorifi ishlarining ko‘rgazmali usulida aholi gav-
jum    joylarda  plakatlar,  rasmlar  orqali  turli  tushuntirish  va
targ‘ibot ishlari tashkil qilinadi. Shuning bilan birgalikda kino-
filmlar, teatr hamda teleko‘rsatuvlar asosida sanitariya maorifi
ishlari  uyushtiriladi.
1.3.5.  SHOSHILINCH  PROFILAKTIKA
Kasallik yuqish xavfi bo‘lgan kishilarga nisbatan shoshilinch
chora-tadbirlar  immunzardoblar,  odamlar  va  hayvonlardan
olingan  maxsus  immunoglobulinlar,  bakteriofaglar,  antibio-
tiklar, sulfanilamid va boshqa xil kimyoviy preparatlarni qo‘llash
bilan o‘tkaziladi. Ba’zi hollarda shoshilinch profilaktika uchun
vaksinalar  ham  qo‘llanilishi  mumkin  (masalan,  quturishga,
qoqsholga qarshi anatoksin). Immunzardoblar va ulardan tay-
yorlangan  immunoglobulinlarning  asosiy  sifat  belgisi,  bu  —
ularning kasalliklardan himoya qila olish xususiyatidir. Bu xu-
susiyatlarni tajriba hayvonlarida o‘ziga xos antitelalar titri bo‘-
yicha baholanadi.  Bundan tashqari, antitelalar zardob sifatini
shu usulda tekshirish  faqatgina antitoksin zardoblardagina yaxshi
natija beradi.
Immun  preparatlarning  sifatini  belgilovchi  ikkinchi  guruh
parametrlariga  ularni  ishlatishning  xavfsiz  ekanligi  kiradi.  Bir
tomondan, organizmga begona oqsilning kiritilishi o‘ziga yarasha
xavfli  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan,  bu  immunzardoblar  har  xil
kasallik chaqiruvchi agentlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.


69
1.3.6.  EPIDEMIYAGA  QARSHI  CHORA-TADBIRLARNING
SAMARADORLIGI
Samaradorlik  deganda,  amalga  oshirilgan  chora-tadbir  nati-
jasida kerakli natijaga erishish tushuniladi. Binobarin, epidemiyaga
qarshi  vositalar  va  chora-tadbirlar  samaradorligi  ularning  ta’sir
darajasiga, tuzilishiga, yuqumli kasalliklarning o‘zgaruvchanligiga
va kasallanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa  ko‘rsatkichlar hamda
aholining  sog‘liq  ko‘rsatkichlari  (o‘lim,  nogironlik  va  mehnat
qobiliyatini vaqtincha yo‘qotish) bilan baholanadi.
Epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar  samaradorligining  haqi-
qiy mazmuni aholi orasida yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida
yuz berishi mumkin bo‘lgan ruhiy (psixologik) va iqtisodiy zarar-
larning oldini olishga qaratilgan. Yuqumli kasalliklarning epide-
miologik,  ijtimoiy,  iqtisodiy  muhimligiga  muvofiq  holda  epide-
miyaga  qarshi  vositalar  va  chora-tadbirlarning  epidemiologik,
ijtimoiy, iqtisodiy samaradorligi haqida so‘z yuritish mumkin.
Epidemiologik  samaradorlik  miqdor  ko‘rsatkichlari  bilan
baholanib,  epidemiyaga  qarshi  vositalar  va  chora-tadbirlar  o‘t-
kazish  natijasida  kasallanishning  pasayishini  o‘zida  aks  ettiradi.
Ijtimoiy samaradorlik deganda, epidemiyaga qarshi chora-tadbir-
larni  va  vositalarni  qo‘llash  natijasida  kasallanishning  ijtimoiy
ahamiyati pasayishi tushuniladi.
Epidemiyaga  qarshi  vositalarni  olish,  epidemiyaga  qarshi
chora-tadbirlarni qo‘llash va ishlatish iqtisodiy mablag‘lar sarflash
bilan bog‘liq. Iqtisodiy samaradorlik — bu epidemiyaga qarshi vo-
sita va chora-tadbirlarning amaliyotda qo‘llanishi hamda o‘tka-
zilishining so‘mlarda ifodalanishi.
Amaliy  faoliyatda  mutaxassislar  ko‘proq  epidemiologik  sa-
maradorlik tushunchasini qo‘llaydilar. Bu, o‘z navbatida, epide-
miyaga qarshi chora-tadbirlar, vositalarning potensial va haqiqiy
samaradorligi, ularni ilm-fanning hozirgi rivojlanish bosqichida,
amaliyotida zararli ta’siri bo‘lmaganda yoki zararli ta’siri o‘rnatil-
gan  chegaradan  oshmaydigan  bo‘lganda,  yuqumli  kasalliklarni
kamaytirish va tugatish imkoniyatidan iborat. Preparatlar (chora-
tadbirlar)ning potensial samaradorligi kasallikdan himoya qilish-
ning  miqdoriy ifodalanishi yoki samaradorlik indeksidir. Himoya
ko‘rsatkichi (E) quyidagi ifoda bilan belgilanadi:
,
A
E =
B


70
bu  yerda,  A  —  preparatni  qabul  qilgan  shaxslar  o‘rtasidagi
kasallanish; B — preparatni qabul qilmagan shaxslar o‘rtasidagi
kasallanish.
Samaradorlik indeksi (K) preparat qabul qilgan shaxslar o‘r-
tasida  preparatni  qabul  qilmaganlarga  nisbatan  kasallanishning
necha marta kamligini ko‘rsatadi:
.
A
K =
B
Himoya  ko‘rsatkichi  va  samaradorlik  indeksi  bir-biri  bilan
bog‘liq kattalikdir:

.
100 (A 1)
K
100
Å =  
K =
100E
va
1.3.7. EPIDEMIOLOGIK NAZORAT — EPIDEMIYAGA
QARSHI KURASHNING ASOSI
Hozirgi zamon epidemiologiyasining  nazariy, uslubiy va tash-
kiliy  asoslari  epidemiyaga  qarshi  o‘tkaziladigan  ishlarni  epi-
demiologik nazorat qilishda o‘z ifodasini topgan. Epidemiologik
nazorat  epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlarning  eng  takomil-
lashgan ko‘rinishi sifatida epidemiyaga qarshi tizimning o‘z oldiga
qo‘ygan vazifalarini hal qilishga qaratilgan.
Epidemiologik nazoratni o‘tkazishda uch asosiy maqsad: aho-
lining alohida guruhlari o‘rtasida kasallikning oldini olish jami
aholi  o‘rtasidagi  kasallanishni  kamaytirish  va  ba’zi  kasalliklarni
regional darajada bartaraf qilish hisobga olinadi. Bu maqsadlarga
epidemik jarayonning holati va an’anasining o‘zgaruvchanligiga
baho berish yo‘li bilan erishiladi. Hozirgi zamon epidemiologiya-
sining nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslarini qo‘llash epidemio-
logik nazoratning ajralmas qismidir.
Epidemiologik nazoratning nazariy asoslarini:
1)  yuqish  mexanizmi  to‘g‘risidagi  nazariya;
2) kasallikning tabiiy o‘choqliligi to‘g‘risidagi nazariya;
3)  parazitar  tizimning  o‘z-o‘zini  boshqarishi  to‘g‘risidagi
nazariyalar tashkil qiladi.
Uslubiy asoslarini retrospektiv va operativ epidemiologik tah-
lillar, tashkiliy asosini esa, aholini epidemiyalardan himoya qilish
tizimining vazifalari va tuzilishi tashkil etadi.


71
Epidemik holatga baho berish va shu asosda epidemiyaga
qarshi chora-tadbirlar quyidagilar asosida o‘tkaziladi:
•  alohida  kasalliklarga  nisbatan  epidemiologik  nazoratning
maqsadidan kelib chiqqan holda yuqori organlarning ko‘rsatmalari;
• kasallikning har bir alohida nozoologik turi to‘g‘risidagi bilimlar;
•  epidemiyaga  qarshi  tadbirlarning  potensial  samaradorligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• epidemiyaga qarshi kurashish tizimining ma’lumotlar bilan
ta’minlanganlik darajasi;
•  epidemiyaga  qarshi  tarkib  topgan  kurashish  xizmatining
tashkiliy va har bir bo‘lim, muassasa va mutaxassisning faoliyat
yo‘nalishi.
1.3.8.  HUDUDNING  SANITARIYA  MUHOFAZASI
Respublikamiz  hududiga  yuqumli  kasalliklarni  olib  kirilishi-
ning  oldini  olish  va  aholini  xavfli  yuqumli  kasallikdan  saqlash
uchun  sanitar-karantin  tadbirlar  o‘tkaziladi.  JSSÒning  1951-yil
25-maydagi IV sessiyasida ushbu masalaga alohida to‘xtalgan edi,
keyinchalik  VIII—IX,  XIII,  XVIII  (1955,  1956,  1960,  1963,
1965) sessiyalarida qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqildi. Bu qoida-
larda karantin kasalliklar: o‘lat, vabo, sariq, isitma, chechak kasal-
liklariga  qarshi  (OIÒS,  kuydirgi)  choralar  ko‘rildi.  Respublika-
miz mustaqil davlat sifatida BMÒga a’zo bo‘lganligi, xorijiy mam-
lakatlar bilan savdo-sotiq, madaniy aloqalarning rivojlanib borishi,
uning chegarasi hamda ichki va tashqi aloqalarining faollashgan-
ligi sababli o‘z hududimizni o‘ta xavfli (karantin) va boshqa yuqumli
kasalliklardan muhofaza qilish, ularning chet ellardan olib keli-
nishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim  ahamiyatga ega.
Davlat  hududini  sanitariya  jihatidan  qo‘riqlash  —  bu  chet
davlatlardan karantin va boshqa yuqumli kasalliklarning olib ke-
linishiga, bunday kasalliklar tarqalgan holda ularni yo‘q qilishga
qaratilgan umumdavlat miqyosidagi tadbirlar tizimi. Bu tadbirlar
O‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  sanitariya  nazorati  to‘g‘-
risida»gi  Qonunida  keng  yoritib  berilgan.
Respublikamizda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan sanitariya-karantin
tadbirlari shu hujjatda yoritilgan qoidalar asosida amalga oshiri-
ladi.  Bu  qoidalar  vabo,  toun,  sariq,  isitma  kabi  karantin  kasal-
liklarga,  o‘ta  kantagioz  hisoblangan  virusli  gemorragik  isitmalar
(Laas  isitmasi,  Marburg  kasalligi,  Ebol  isitmasi),  bezgak,  chin-


72
chechak,  toshmali  terlama,  qaytalama  terlama,  brutselloz,
kuydirgi, quturish, OIÒS kasalliklariga taalluqlidir. Vatan hududini
karantin  va  yuqumli  kasalliklarning  chetdan  olib  kelinishidan
himoya qilish bo‘yicha  karantin tadbirlarini o‘tkazishga Sog‘liqni
saqlash vazirligi rahbarlik qiladi.
O‘ta xavfli kasalliklarning oldini olish uchun ko‘rilishi zarur
bo‘lgan  muhim  muammolarni  hal  etish  uchun  joylardagi  hoki-
miyatlarda favqulodda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar hay’ati
tuziladi.  Davlat  chegaralarini  kesib  o‘tuvchi  xalqaro  dengiz  va
daryo  portlarida  sanitariya-karantin  tadbirlarini  DSENMning
sanitariya-karantin  bo‘limlari  o‘tkazadi.  Shuningdek,  xalqaro
aeroportlarda,  avtomobil  yo‘llarida,  chegaralarda  joylashgan
temiryo‘l stansiyalarida DSENMning sanitariya-nazorat punkt-
lari tekshiruvi o‘tkaziladi. Chet eldan kelayotgan va xorijga ketayot-
gan transport vositalari sanitar-nazorat tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Kemalar, samolyotlar, poyezdlar, avtomobil va boshqa transport
vositalari tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilib, kasal-
likka shubha qilinayotganlar aniqlanadi, tegishli sanitariya hujjat-
lari  tekshiriladi.  Bunday  hujjatlarga  emlash  to‘g‘risidagi  xalqaro
ma’lumotnoma,  dengiz  sanitariya  deklaratsiyasi,  deratizatsiya
o‘tkazganligi to‘g‘risidagi ma’lumot va boshqalar kiradi.
Chet eldan kelgan transport vositasida karantin infeksiyali ka-
sallik bilan og‘rigan yoki shubhali shaxslar aniqlangan taqdirda
transport  vositasi  oldindan  tayyorlab  qo‘yilgan  maxsus  joyga
joylashtiriladi va kerakli tadbirlar o‘tkaziladi. Karantin o‘tkazish
muddati kasallikning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’muriy-sanitariya  tadbirlari
• ayrim  joylarda  sanitariya  qoidalari  bajarilmaganligi  uchun
hududdan chiqarmaslik va hududga kiritmaslik;
•  epidemiya  yuz  bergan  mamlakatlardan  jo‘natmalar  qabul
qilinishini  to‘xtatish;
• Davlat chegarasini umuman berkitib qo‘yish.
Òibbiy-sanitariya  tadbirlari
O‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  sanitariya  nazorati
to‘g‘risida»gi Qonunida aholining sanitariya-epidemiya masa-
lalarida xotirjamligini ta’minlashning asosiy mezonlari quyida-
gilar deb belgilangan:


73
1. Atrof-muhitni  sog‘lomlashtirish, ovqatlanish, mehnat, tur-
mush, dam  olish, ta’lim-tarbiya berish  sharoitlarini  yaxshilashga
qaratilgan  qonunchilik,  sanitariya  holatini  yaxshilash  va  epide-
miyaga  qarshi tashkiliy tadbirlar majmuyini amalga oshirish aso-
sida  odamlarning  salomatligini saqlash va  mustahkamlash.
2. Xalq xo‘jaligi obyektlari, texnologiya uskunalarini  va  as-
boblarini,  transport  vositalarini  rivojlantirish,  joylashtirish,  lo-
yihalash, qurish va ishga tushirish chog‘ida  atrof-muhit omillari
aholi salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olishga qa-
ratilgan faoliyatning ustuvorligini ta’minlash.
3. Aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish.
4. Sanitariya holatini yaxshilash va  epidemiyaga  qarshi  tadbir-
larni ishlab chiqish va ijtimoiy faoliyatning majburiy qismi sifa-
tida amalga  oshirish:
• aholi sog‘lig‘ini saqlash;
• bemorlarni aniqlash va ajratish;
• bemorni  zararsizlantirish  (observatsiya);
• dezinfeksiya,  dezinseksiya,  deratizatsiya;
•  vaksinatsiya  qilish,  ya’ni  xorijiy  davlatlardan  kelganlarni
yuqumli kasalliklardan himoya etish.
Davlat  chegarasida  tibbiy-sanitariya  tadbirlari
• transport,  yuk  avtomashinalarini,  ekiðaj  a’zolarini,  yo‘lov-
chilarni va yuk hujjatlarini tekshiruvdan o‘tkazish;
• O‘zbekistonga kelgunga qadar sog‘lig‘i haqida yo‘lovchilar va
ekiðaj a’zolaridan so‘rash;
• bemorlarni ko‘rsatmaga binoan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
Aholini  bakteriologik  quroldan  himoya  qilish
Bakteriologik  qurol  ishlatilganda  aholini  himoyalash  uchun
quyidagilar talab qilinadi:
• aholi sanitar madaniyatining yuksakligi;
• turarjoy,  oshxonalar,  sanatoriy  muassasalari,  hudud,  kom-
munal  muassasalari,  aholi  yashaydigan  maskanlarda  sanitar-gi-
giyenik holatni yaxshilash;
• oziq-ovqat mahsulotini saqlash, tashishda sanitariya qoida-
lariga doimiy rioya qilish va nazorat qilish;
• suv  ta’minoti  sistemasini  himoyalash;
• aholini ayrim yuqumli kasalliklardan himoya qilish.


74
Aholini epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan himoya qi-
lish  tizimining  asosi  yuqumli  kasalliklar  profilaktikasining  na-
zariy,  uslubiy  amaliy  va  tashkiliy  asosini  tashkil  qiluvchi  tad-
birlar  majmuasidan iboratdir.
Asoslangan  epidemiyalardan  himoya  qilish  tizimining  bosh
maqsadi  aholining  alohida  guruhlari  orasida  yuqumli  kasallik-
larning  oldini  olish,  yuqumli  kasalliklar  bilan  kasallanishni  ka-
maytirish  va  ba’zi  guruh  hamda  nozoologik  shakllarga  tegishli
kasalliklarni yo‘qotishdan iborat.
Epidemiyaga qarshi o‘tkaziladigan tadbirlar ijtimoiy-iqtisodiy,
tibbiy-sanitariya tabiatiga ega bo‘lganligidan bu tadbirlar  tibbiy va
notibbiy  kuch-vositalar  yordamida  o‘tkaziladi.  Shuning  uchun
aholini epidemiyalardan himoya qilishning tashkiliy tuzilishi tibbiy
va notibbiy kuch va vositalarni o‘ziga qamrab oladi. Qator epide-
miyaga qarshi chora-tadbirlarni ambulatoriya, poliklinika va sta-
tsionar kabi davolash muassasalari hamda notibbiy soha muassa-
salarida amalga oshiradilar. Masalan, aholi yashaydigan joylarni
tozalash,  aholini  suv,  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ta’minlash
kabi  sanitariya-gigiyena  tadbirlarini  u  yoki  bu  davlat  organlari,
korxonalar va muassasalar aholining faol yordami bilan o‘tkazadi.
Sanitariya-epidemiologiya  muassasalarining  ijrochi  funksiyasi
maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan, faqat shu
muassasalardagi moddiy jihozlar yordamida o‘tkaziladigan ayrim
tadbirlar bilan chegaralanadi.
Aholini epidemiyadan himoya qilishning tashkiliy tuzilishi
Tibbiy kuch va vositalar
Notibbiy kuch va vositalar
O‘quv  muassasalari
Ilmiy tek-
shirish
muassasalari


Ambula-
toriya va
poliklini-
ka muas-
sasalari
Davo-
lash
statsio-
narlari
Sanita-
riya-epi-
demiolo-
giya muas-
sasalari
Hoki-
miyat
Xo‘jalik
organlari
va korxo-
nalar,
tashki-
lotlar
Aholi









1-chizma. Aholini epidemiyadan himoya qilish tizimi.


75
O‘tkaziladigan  barcha  tadbirlarga  sanitariya-epidemiologiya
organlari  va  muassasalari  boshchilik  qiladi.  Epidemiyaga  qarshi
o‘tkaziladigan  chora-tadbirlarni  muvaffaqiyatli  bajarish  uchun
maxsus tayyorgarligi bo‘lgan kadrlar bo‘lishi kerak. Doimiy ilmiy
tadqiqotlar olib borish uchun tizim tarkibiga o‘quv va ilmiy tek-
shirish muassasalari ham kiradi.
Sanitariya-epidemiologiya  muassasalarining  boshqaruv  fao-
liyatidagi murakkablik shundan iboratki, yuqumli kasalliklarning
oldini  olish  va  ularga  qarshi  kurashishda  bu  tashkilotlarga  tobe
bo‘lmagan kuch hamda vositalarni jalb qilishga to‘g‘ri keladi. Aho-
lini  epidemiyadan  himoya  qilish  maqsadida  harakatlarni  mos-
lashtirish va muvofiqlashtirishning qiyinligi shundaki, ijro etuvchi
ko‘pgina guruhlar ma’muriy jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan, epi-
demiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish esa, ularning asosiy ish fao-
liyatiga kirmaydi.
Sanitariya-epidemiologiya  muassasalarining  mutaxassislari
epidemiologik  tashxis  natijalariga  asoslanib,  tashkiliy  va  uslubiy
hujjatlar (rejalar, qarorlar, direktivalar va h.k.) loyihalarini ishlab
chiqadilar.  Bu  hujjatlarda  tadbirlarni  bajaradigan  ijrochilarning
vazifasiga  mos  holda  to‘g‘ri  taqsimlash  ko‘zda  tutiladi.  Aholini
epidemiyalardan himoya qilish bo‘yicha boshqaruv hujjatlari ho-
kimiyatlarda  tasdiqlangandan  so‘ng  belgilangan  vazifalar  barcha
ijrochilar  uchun  majburiy  hisoblanadi.  Yuqumli  kasalliklarning
oldini olishda eng mas’uliyatli vazifalarni hal qilish uchun ma-
halliy ijroiya organlari qoshida turli soha vakillari kirgan favqu-
lodda epidemiyaga qarshi komissiyalar tuziladi.
Davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning javob-
gar  shaxslari  hamda  alohida  fuqarolar  uchun  sanitariya-epide-
miologiya xizmatining tashkiliy va uslubiy vazifalari, qarorlarini
qanday bajarishi qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan. Chiqarilgan
qarorlar  va  xulosalar  esa,  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tasdiqlagan
sanitariya va epidemiyaga  qarshi amaldagi qoidalar va normalarga
asoslanishi kerak. Aholi orasidagi epidemiyaga qarshi tadbirlarni
o‘tkazuvchi  turli  ijroiya  guruhlarining  birgalikdagi  faoliyatida
ular o‘rtasida tashkiliy munosabatlar va axborot aloqalari o‘rna-
tiladi. Bu munosabatlar va aloqalar vertikal bo‘yicha bir ixtisos-
likdagi muassasalar, shuningdek, gorizontal bo‘yicha turli ixtisos-
likdagi muassasalar  o‘rtasida o‘rnatiladi.
Barcha muassasalarning muvofiqlashgan faoliyati aholini  epi-
demiyalardan  himoya  qiladigan  tadbirlar  tizimini  bajarishni


76
ta’minlashga  qaratilgan Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat
markazi (DSENM) aholini epidemiyadan himoya qilish tizimi-
ning asosiy  bo‘linmasi  hisoblanadi.  U  o‘ziga  biriktirilgan  ma’mu-
riy  hududda  to‘liq  sanitariya  nazoratini  sanitariya-sog‘lomlash-
tirish,  epidemiyaga  qarshi  va  profilaktik  tadbirlarni  o‘tkazadi.
DSENM mustaqil sanitariya-profilaktika muassasasi hisoblanadi
va belgilangan tartibdagi o‘z tashkiliy strukturasiga ega. O‘zbekis-
ton  Respublikasining  «Davlat  sanitariya  nazorati  to‘g‘risida»gi
Qonunida  (1992-yil 2-iyul) bayon etilishicha,  DSENM ushbu
Qonunga  muvofiq, ish ko‘ruvchi tibbiy-profilaktik muassasa  hi-
soblanib, sanitariyaga  doir va epidemiyaga qarshi kurash chora-
tadbirlarining majmuyi uyushtirilishi va o‘tkazilishini ta’minlaydi
hamda  davlat sanitariya nazoratini  amalga oshiradi.
Davlat  sanitariya-epidemiologiya  xizmati  idoralari,  muassa-
salari va mansabdor shaxslari qaysi idoraga bo‘ysunishidan  qat’i
nazar,  sanitariya-epidemiologiya  xizmati  faoliyatiga  rahbarlik
qiladilar,  uni  uyg‘unlashtirib  va  tekshirib  boradilar.  DSENMlar
ma’muriy jihatdan tegishli sog‘liqni saqlash tashkilotlariga, fao-
liyati  jihatidan  esa,  yuqori  sanitariya-epidemiologiya  idoralariga
bo‘ysunadi.  DSENMning  butun  faoliyati  sog‘liqni  saqlash  ti-
zimining barcha organlari va tashkilotlari bilan yaqin aloqalar or-
qali amalga oshiriladi. Daryo portlarida, baliqchilik kemalarida va
boshqa suv transportida sanitariya nazoratini hamda epidemiyaga
qarshi  tadbirlarni  o‘tkazish  uchun  maxsus  havza,  port  va  yo‘l
DSENMlari tuzilgan. Òemiryo‘l vazirligida yo‘l va qurilish bosh-
qarmalarining  ham  o‘z  DSENMlari  mavjud.  Aeroportlarda  sa-
nitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni  amalga oshirish uchun
fuqaro  aviatsiyasi  boshqarmasida  DSENMlar  tashkil  etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga
(1992-yil  29-oktabr)  muvofiq,  aeroportlarda  xalqaro  havo  yo‘l-
lari  bo‘yicha  sanitariya-karantin  punktlari  ochilgan.  Sanitariya-
karantin  punktlari  (SKP)  viloyat,  shahar  sanitariya-epidemio-
logiya stansiyalarining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘limi filiali
hisoblanadi.
SKP  faoliyatining  asosiy  maqsadi  havo  yo‘llari  orqali  chet
mamlakatlardan karantin va boshqa yuqumli kasallik kiritilishi-
ning oldini olish, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
Har bir turdagi DSENMlar uchun ular joylashgan ma’muriy
hududlar,  aholi  soni,  qishloq,  tuman,  shaharlar  soni,  faoliyati
hajmiga qarab toifalar o‘rnatilgan:


77
1. Qishloq tumanlari sanitariya-epidemiologiya stansiyalari:
I toifa — 60000 dan 100000 gacha, II toifa — 30000 dan 60000
gacha, III toifa 30000 gacha aholi uchun.
2. Shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari uchun
I toifa — 300000 dan ko‘p, II toifa — 200000 dan 300000 gacha,
III toifa 200000 gacha aholi uchun.
3.  Ma’muriy  tumanlarga  bo‘lingan  shaharlardagi  sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazlari uchun I toifa — 600000 dan
ko‘p,  II  toifa  —  400000  dan  600000  gacha,  III  toifa  400000
gacha aholi uchun.
Barcha Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari
bir xil tashkiliy tuzilishga ega (bo‘limlar, guruhlar soni) bo‘ladi,
lekin  qanday  turga  va  toifaga  mansubligiga  qarab,  shtatlarida,
tashkiliy bo‘limlarida birmuncha tafovutlar  bo‘lishi mumkin.
Davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorati  markazlari  uchun
quyidagi: sanitariya, epidemiologiya, dezinfeksion bo‘limlar bo‘-
lishi shart. Sanitariya-epidemiologiya bo‘limi sanitariya va epide-
miologiya bo‘linmasiga bo‘linadi. Epidemiologiya bo‘linmasining
tarkibiga epidemiyaga qarshi va parazitologiya bo‘linmalari, qutu-
rishga qarshi emlash va bakteriologik laboratoriyalar kiradi.
1.3.9. YUQUMLI KASALLIKLAR O‘CHOG‘IDA
EPIDEMIYAGA QARSHI KURASH
Dezinfeksiya  —  yuqumli  kasalliklar  qo‘zg‘atuvchilarini  turli
obyektlarda  va  tashqi  muhitning  turli  substratlarida  yo‘qotish
(bartaraf  qilish)  usullari  hamda  vositalarini  o‘rganadigan  fan.
Dezinfeksiya epidemiyaga qarshi va profilaktik kompleks tadbirlar
tizimida muhim o‘rin egallaydi. Masalan, aholi punktlarini toza-
lash, jumladan, pashshaga qarshi tadbirlar o‘tkazishda, rejali dera-
tizatsion  tadbirlar  o‘tkazishda,  o‘quvchilarning  yozgi  dam  olish
vaqtida,  bolalar  muassasalaridagi  sog‘lomlashtirish  tadbirlarini
o‘tkazishda, umumiy ovqatlanish joylarida idishlar va inventarni
zararsizlantirish ishlarida dezinfeksiyaning ahamiyati beqiyosdir.
Qishloq sharoitlarida kuydirgining oldini olish va bu kasallik
holatlarini  tugatish  masalalari,  shuningdek,  brutselloz,  kanalar
tarqatadigan ensefalit, tulyaremiya, quturish kasalliklarida dezin-
feksiyaga doir profilaktik tadbirlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Hayvon xomashyosini (juni, suyaklari, terisi va boshq.) qayta
ishlaydigan  korxonalarni  dezinfeksiya  qilish,  mol  so‘yiladigan


78
joylarda, xo‘jaliklarda, kolbasa va go‘sht kombinatlarida dezinfeksiya
qilish  yo‘li  bilan  kuydirgi  infeksiyasining  oldini  olish  mumkin.
Shuningdek,  dezinfeksion  tadbirlar  aholi  sog‘lig‘ini  saqlashda
muhim profilaktik ahamiyatga ega.
Dezinfeksion  tadbirlar  va  ular  bilan  bog‘liq  ko‘pgina  ilmiy
atamalar faqat o‘tgan asrning oxiriga kelib, ilmiy jihatdan asoslana
boshlandi. Chunki bu davrda epidemiologiya va mikrobiologiya
fanlarida erishilgan yutuqlar tufayli qator yuqumli kasalliklarning
qo‘zg‘atuvchilari kashf etilib, epidemik hamda infeksion jarayon-
lar  mohiyati  oydinlashdi.
Biroq, yuqumli  kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari  to‘g‘risidagi
ta’limot yetarlicha  shakllanmasdan  avval, Rossiyada dezinfeksiya
masalalari  jadal  o‘rganila  boshlandi.  Dezinfeksiya  sohasida  rus
gigiyenasining asoschisi A.P. Dobroslavin (1842—1899) ishlarini
ko‘rsatib  o‘tish  lozim.  U  chiqindilarni  zararsizlantirish  masala-
larini ishlab chiqdi, parovozlardan chiqadigan  to‘yingan suv bug‘i
bilan  maxsus  jihozlangan  germetik  yopiq  vagonda  narsalarni
dezinfeksiya  qilishni  birinchilar qatorida tavsiya etdi.
Dezinfeksiya fanining keyingi  taraqqiyotida boshqa rus olim-
lari,  ayniqsa,  S.Y.  Krupin  (1856—1900)  asarlarining  ahamiyati
katta  bo‘ldi.  S.Y.  Krupin  1883-yilda  Peterburgda  S.P.  Botkin
nomidagi kasalxona qoshida ochilgan dezinfeksiya stansiyasining
birinchi mudiri edi. Uning dezinfeksiya ishini uyushtirish bora-
sidagi xizmati, shuningdek, o‘zi va shogirdlarining dezinfeksiya-
ning  turli  masalalarini  har  tomonlama  yoritgan  tadqiqotlari
qimmatli va maqtovga sazovor. U ixtiro qilgan dezinfeksion kame-
raga uning nomi berilgan va hozir ham bu kameradan dezinfek-
siya amaliyotida keng foydalaniladi. S.Y. Krupin birinchi bo‘lib tu-
rarjoy dezinfeksiyasi uchun sulemani keng qo‘llashni taklif etib,
bu bilan infeksiya o‘choqlarida dezinfeksiya o‘tkazish ishini ta-
komillashtirishga asos soldi.
N.F. Gamaleya (1859—1949) vaboga qarshi kurashda dezin-
feksion tadbirlar va tounga qarshi kurashda dezinfeksion tadbir-
larning  epidemiologik  ahamiyatini  birinchilar  qatorida  aniqladi.
Peterburgda parazitar tiflarga qarshi kurash tajribasiga asoslanib,
u bunday infeksiyalarda bitliqilikka qarshi kurashda dezinfeksion
tadbirlarning yetakchi roli borligini birinchi bo‘lib ko‘rsatdi, ay-
rim dezinfeksion vositalar ta’siri va ularning samaradorligini o‘r-
gandi. U toun paydo bo‘lishi va tarqalishida kemiruvchilarning ro-
lini ko‘rsatib, ularni batamom yo‘qotish zarurligini uqtirgan.


79
Dezinfeksiya  haqidagi  fanga  Y.L.  Okunevskiy  (1877—1940)
katta  hissa qo‘shgan. Olim o‘z ishlarida dezinfeksiya, dezinseksiya
va  deratizatsiya  masalalari  bo‘yicha  ulkan  amaliy  va  tadqiqot
materiallarini,  ko‘p  yillik  pedagogik  tajribasini  umumlashtirdi,
qo‘llanmalar yaratdi. Bu qo‘llanmalarda harbiy sharoitlar vujudga
kelganda  dezinfeksiya  ishini  uyushtirish va  amalda  qo‘llanishga
hamda infeksiya  o‘choqlarida  dezinfeksiya  o‘tkazish  talablariga
katta  o‘rin berilgan.
Yuqorida nomlari keltirilgan olimlar bilan bir qatorda dezin-
feksiya  haqidagi  fanga  F.F. Erisman, V.A. Levashov, P.A. Patsa-
novskiy va  boshqalar  katta  hissa  qo‘shishgan.
Dezinfeksiya  turlari
Dezinfeksiya amaliyotida uning ikki asosiy turi: o‘choqli (epi-
demiyaga qarshi) va profilaktik dezinfeksiya farq qilinadi. O‘choqli
dezinfeksiya  oilada,  yotoqxonada,  bolalar  muassasasida  yoki
temiryo‘l,  suv,  aviatsiya  transportida,  somatik  kasalliklar  uchun
mo‘ljallangan davolash muassasasida infeksiya o‘chog‘ini tugatish
maqsadida o‘tkaziladi.
O‘choqli dezinfeksiyaning ikki turi: joriy va yakunlovchi de-
zinfeksiya farq qilinadi. Infeksiya manbayi mavjud bo‘lgan butun
davr mobaynida va ko‘p marta o‘tkaziladigan dezinfeksiya joriy
dezinfeksiya deyiladi. U kasalxona muassasalarida, ayniqsa, yuqumli
kasallik tashxisi aniqlangan va bunga shubha qilingan bemorlar,
shuningdek, ayni vaqtda boshqa infeksiya qo‘zg‘atuvchisini tashib
yuradigan  bemorlar  bo‘ladigan  yuqumli  kasalxonalar  va
bo‘limlarda katta epidemiologik ahamiyatga ega.
Bemorning  tevarak-atrofidagi  hamma  narsalarni  qunt  bilan
o‘z  vaqtida  zararsizlantirish,  ya’ni  infeksiyaning  boshlang‘ich
paytidayoq yo‘qotish kerak. Bu yakunlovchi dezinfeksiya deyiladi
va joriy dezinfeksiyadan farqli ravishda bemor bo‘lmagan vaqtda
bir marta o‘tkaziladi. Bemor olib ketilgandan keyin uni nechog‘liq
tez bajarilsa, barcha hollarda uning epidemiologik ta’sirchanligi
shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ko‘p  hollarda  joriy  dezinfeksiya  qunt  bilan  bajarilganda
yakunlovchi  dezinfeksiya  o‘tkazishga  zarurat  qolmaydi.  Ayrim
hollarda u takroriy o‘tkaziladi.
Profilaktik  dezinfeksiya  infeksiya  manbayi  aniqlanmaganda
o‘tkaziladi  —  uning  o‘choqdagi  dezinfeksiyadan  asosiy  farqi


80
shunda.  Buning  katta  epidemiologik  ahamiyati  shundaki,  in-
feksiya  manbalari  har  qachon  ham  o‘z  vaqtida  aniqlanaver-
maydi va shunga ko‘ra, tashqi muhitga yuqumli mikroblar aj-
ratib  turadi.  Profilaktik  dezinfeksiya  yordamida  infeksiyaning
tarqalish ehtimolining oldi olinadi va uni tashqi muhitda o‘z
vaqtida yo‘qotish choralari ko‘riladi.
Dezinfeksiya  usullari
Mexanik usuli. Bu usulga buyumlarni chayish, yuvish va to-
zalash, artish, silkitib qoqish, kaltak bilan qoqib tozalash, xona-
larni    shamollatish  va  boshqa  odatdagi  usullar  —  tozalash  va
shaxsiy  gigiyenaga  oid  usullar  kiradi.  Bundan  tashqari,  zarar-
sizlantirishning mexanik usuli kishilarni sanitariya jihatidan po-
kizalash, ventilatsiya, havo, suv va boshqa suyuqliklarni filtrlash,
kir yuvishdan iborat bo‘ladi. Dezinfeksiyaning hamma mexanik
usullari  tozalanadigan  narsalar,  buyumlarni,  havoni  changdan,
kir, yog‘ va oqsil zarrachalaridan xoli qilish va shu bilan birga
buyumlar, havo va suvdagi mikroorganizmlarni imkon boricha
kamaytirishga  olib  keladi.  Nam  usulda  tozalash  quruq  usulda
tozalashga nisbatan yaxshi natijalar beradi, quruq usulda toza-
lashda  chang  va  u  bilan  birga  (mikroorganizmlar)  mikroblar
tevarak-atrofdagi narsalarga va xonalardagi kishilar organizmiga
tushishi  mumkin.
Ventilatsiya  nechog‘liq  mukammal  tuzilgan  bo‘lsa,  xonalar
havosidagi mikroorganizmlarni shunchalik yaxshi tozalaydi. Me-
xanik tarzda ishga tushiriladigan ventilatsiya xonalarda havoni tez
va ko‘p marta yangilash imkonini beradi, shuning uchun u dar-
chalar,  boshqa  tabiiy  teshiklar  yordamidagi  ventilatsiyadan  bir-
muncha  samaralidir.  Filtratsiya  suvni  tozalash,  havoni  aralash-
malardan tozalash va ularni turli mikroorganizmlardan xoli qilish
uchun qo‘llaniladi.
Fizik usuli. Bu usul zararsizlantirish uchun yuqori haroratning
har xil turlari (qaynatish, suv bug‘i, pasterizatsiya qilish, qizdirish,
quruq va nam issiq havo)ni qo‘llash, shuningdek, zararlanib qolgan
buyumlarni  quyosh  spektrining  ultrabinafsha  nurlari  va  radia-
tsiyaning boshqa vositalari (infraqizil nurlar o‘z holicha va vakuum
bilan,  gamma  va  beta-nurlar  va  boshqalar)  bilan  nurlantirishdan
iborat. So‘nggi vaqtlarda yuqori chastotali toklar (ÓÂ×) va ultra-
tovushning  zararsizlantiruvchi  ta’siri  o‘rganilayapti.


81
Zararsizlantirish  turlari
1. Yuqori harorat ta’sirida patogen mikroorganizmlarning eng
chidamli  shakllarini,  jumladan,  sporali  shakllarini  ham  buyum-
larning  faqat  yuzasida  emas,  balki  ichkarisida  ham  yo‘qotish
mumkin.
2. Olovda qimmatsiz buyumlarni kuydirish va sil kasalligi bor
bemorlarni, o‘ta xavfli kasalliklardan o‘lganlar va hayvonlar jasa-
dini zararsizlantirish, shuningdek, yuzadagi mikroflorani batamom
yo‘qotish maqsadida buyumlar o‘tga tutib turiladi va qizdiriladi.
3. Issiq havo o‘tgan asrning oxiridan boshlab zararsizlantirish
uchun  qo‘llaniladi.  Uning  mikrob  hujayrasiga  ta’siri  shundan
iboratki, hujayra protoplazmasi suvsizlanadi va iviydi. Mikroblar
vegetativ  shakllarining  100°C  haroratdagi  issiq  havo  ta’sirida
1,5 soat ichida, spora shakllarining esa, 160—180°C haroratda
1,5 soat ichida halokatga uchrashi aniqlangan (7-jadval).
7-jadval
Quruq havo ta’sirida issiqlik darajasiga ko‘ra, kasallik
qo‘zg‘atuvchilarining nobud bo‘lishi
(V.I. Vashkovdan, 1958)
r
a
l
m
z
i
n
a
g
r
o
o
r
k
i
M
k
il
q
i
s
s
I
i
r
a
l
a
j
a
r
a
d
C
°
0
6
C
°
0
8
C
°
0
0
1
C
°
0
1
1
C
°
0
2
1
i
s
i
h
c
v
u
r
i
q
a
h
c
o
b
a
V
i
s
a
h
c
q
o
y
a
t
‘
g
u
r
u
b
h
c
I
i
s
a
h
c
q
o
y
a
t
a
m
‘
g
‘
o
B
i
h
c
v
u
t
a
‘
g
z
‘
o
q
a
m
a
l
r
e
t
h
c
I
i
s
a
h
c
q
o
y
a
t
k
a
h
c
I
k
k
o
k
o
li
f
a
t
S
i
r
a
l
a
h
c
q
o
y
a
t
i
g
r
i
d
y
u
K
0
6
–
–
–
–
–
–
5
1
0
2
1
0
2
1
–
–
–
–
0
1
0
3
0
3
0
2
1
–
–
–
–
5
1
0
3
0
6
0
3
0
6
0
2
1
–
0
1
0
2
0
2
0
3
0
3
0
2
1
Namlangan issiq havo quruq issiq havoga nisbatan zararsiz-
lantiriladigan buyumlarga tezroq va chuqurroq kiradi. 100°C dan
yuqori  haroratdagi  issiq  havo  ko‘p  narsalarni  ishdan  chiqaradi,
shunga  ko‘ra  dezinfeksiya  amaliyotida  80—100°C  dan  yuqori
bo‘lmagan haroratdagi havo buyumlarni dezinfeksiya qilish uchun
qo‘llaniladi. Quruq havodan ham, namlangan issiq havodan ham
buyumlarni maxsus qurilmalarda — harorat tartibi muayyan ka-
meralarda dezinfeksiya qilish uchun foydalaniladi.
Bundan  tashqari,  issiq  havo  ta’sirida  yumshoq  gazmollarni
dazmollashdan ham foydalaniladi.


82
4. Shunday  usul  qo‘llanilganda  qaynab  turgan  suv  sifati  bu-
zilmaydigan  ko‘pgina  buyumlarni  zararsizlantirishning  ishonchli
va qulay vositasi hisoblanadi.
Patogen mikroblarning ko‘pgina vegetativ shakllari 60—70°C
isitilgan suvda yarim soat ichida halok bo‘ladi. 100°C gacha qayna-
tilgan suvda patogen mikroblarning vegetativ shakllari shu onda-
yoq yoki 1—2 minut ichida, sporali shakllari esa, qaynab turgan
suvda bir necha minut mobaynida  halok bo‘ladi.
Qaynatishdan jarrohlik asboblaridagi mikrob tuxumlarini quri-
tishda, ajratmalar va boshqa yuqumli materiallar, ichkiyim, idish-
lar, ko‘pgina parvarish buyumlari, o‘yinchoqlar, supurib-tozalash,
rezina va paxta buyumlari va shunday ishlov berganda ishdan chiq-
maydigan boshqa ko‘pgina narsalarni zararsizlantirishda foydalaniladi.
5. Suv  bug‘i  100°C  va  bundan  yuqori  haroratda,  kuchi  va
ishonchli  ta’siri  hamda  xossalariga  ko‘ra,  zararsizlantiriladigan
obyektlarning ichkarisiga kiradigan eng yaxshi dezinfeksiyalaydi-
gan vositalardan biri hisoblanadi. Suv bug‘ining zararsizlantiruvchi
ta’siri uning harorati, bosimi va to‘yinganlik darajasiga bog‘liq. Uning
ta’sirida mikrob hujayrasi oqsillari bo‘kadi va iviydi, natijada u halok
bo‘ladi. Suv bug‘i maxsus dezinfeksion kameralarda keng qo‘llaniladi.
6. Quyosh nuri ko‘p mikroorganizmlarga halokatli ta’sir ko‘r-
satadi. Dezinfeksiya amaliyotida quyosh nuri faqat qo‘shimcha rol
o‘ynaydi, chunki uning ta’siri chegaralangan va yuzaki hisoblanadi.
7. Dezinfeksiya  maqsadlarida  ultrabinafsha  nurlantirish max-
sus ultrabinafsha va simob-kvars lampalari yordamida bajariladi.
Bunday  nurlantirishni  xonalar,  ayniqsa,  infeksion  kasalxonalar,
operatsiya xonalari, bolalar muassasalari va shu kabi binolar ha-
vosini  zararsizlantirish, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida, bak-
terial preparatlar va maxsus dorivor moddalar ishlab chiqariladi-
gan korxonalarda, so‘nggi vaqtlarda suv va suv ta’minoti inshoot-
larini dezinfeksiya qilishda tavsiya etiladi.
8. Ultratovush jarrohlik anjomlari, inyeksiya shprislari va ig-
nalarini, dorixona, laboratoriya va boshqa bo‘limlarning idishla-
rini sterilizatsiya qilishda ma’lum darajada qo‘llanilayapti.
Kimyoviy  usul.  Dezinfeksiyaning  kimyoviy  usuli  tashqi  mu-
hitning turli obyektlari va buyumlari yuzasidagi va ichidagi, shu-
ningdek, havodagi va har xil substratlardagi (najas, yiring, balg‘am
va boshq.) mikroorganizmlarni halok qiladigan har xil kimyoviy
moddalarni qo‘llashdan iborat.


83
Dezinfeksiya  uchun  mikrob  hujayralarini  tashqi  muhitda
o‘ldirish xossasiga ega bo‘lgan kimyoviy vositalargina yaroqlidir.
Kimyoviy  dezinfeksiyalaydigan  moddalar  mikrob  hujayrasiga
ta’sir qilganda paydo bo‘ladigan va kechadigan jarayonlar dezin-
feksiya qiladigan moddalarning ta’sir mexanizmi deyiladi. Òurli
xil dezinfeksiyalovchi preparatlar mikroblarga tanlab ta’sir qiladi
va ularni har xil kuch va faollik bilan yo‘qotish xususiyatiga ega.
Dezinfeksiya qiladigan moddalar eritmada bo‘lganda, ularning
hujayra ichiga kirish xususiyati oshadi. Aksincha, ular qattiq holatda
mikrob hujayrasining pardasi orqali o‘tish xossalaridan mahrum
bo‘ladi. Masalan,  xloraminning  suvli  eritmalari,  lizol,  fenol  va
boshqa preparatlar suvli eritmalari birmuncha kuchli dezinfeksiya-
laydigan ta’sir qiladi. Dezinfeksiya qiladigan moddaning mikrob
hujayrasiga uni nobud qiladigan darajada emas, balki hayot fao-
liyatining so‘nishiga olib keladigan qayta ta’sirini bakteriostatik ta’sir,
moddaning o‘zi esa, bakteriostatik modda deyiladi.
Agar dezinfeksiya qiladigan modda mikrob hujayrasiga ta’sir
qilganda, uning uzil-kesil nobud bo‘lishiga olib keladigan qaytmas
o‘zgarishlarni yuzaga chiqarsa, bunday ta’sirni bakteritsid ta’sir,
modda esa, bakteritsid deyiladi. Sporalarni o‘ldiradigan kimyoviy
dezinfeksiyalovchi  vositalar  sporotsidlar  deyiladi.  Filtrlanuvchi
viruslarni o‘ldiradigan vositalar virulitsidlar  deyiladi. Zamburug‘-
larga ta’sir qiladigan vositalar fungitsidlar deb ataladi.
Dezinfeksiya qiluvchi vositalar sifatida foydalaniladigan
kimyoviy  moddalarning  asosiy  guruhlari
Oksidlovchilar.  Faol  ta’sir  etadigan  modda  molekulasining
kimyoviy strukturasi bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan dezin-
feksiyalovchi moddalar hujayra ichiga kirib, uning tarkibiy qism-
lariga tanlab ta’sir qiladi va uning ta’siri bir xil bo‘lmaydi. Ok-
sidlovchilar hujayralar proteinlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishib,
oksidlanish  reaksiyasini  keltirib  chiqaradi.  Oksidlovchilar  gu-
ruhi  xlor  va  xlor  saqlaydigan  preparatlarni,  vodorod  peroksidi
va boshqa preparatlarni o‘z ichiga oladi.
Xlor sarg‘ish yashil rangli, bo‘g‘uvchi hidli gaz, nafas yo‘llari
shilliq  pardalarini  qattiq  achishtiradi,  metall  buyumlarga  va
gazmollarga yemiradigan ta’sir ko‘rsatadi. Xlor mikrob hujayrasiga,
uning hayotiy muhim funksiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilib
o‘ldiradi, shuningdek, dezinfeksion va deratizatsion ta’sirga ega.


84
Dezinfeksiya  amaliyotida  xlorning  noorganik  birikmalari
guruhidagi  turli  xil  xlor  saqlaydigan  preparatlar  —  xlorli  ohak,
kalsiy giðoxloridning 3 % li asosiy tuzi (DTSGK), xlorning organik
birikmalaridan  —  xloramin,  azoxloramid  va  boshqalar  qo‘lla-
niladi.  So‘nggi  vaqtlarda  qator  yangi  xlor  preparatlari:  dixlorgi-
datoin, uchxlorizatsiyanurat kislotasi va uning kaliy hamda natriyli
tuzlari, sulfxlorantin, xlorotsin, xlordezin va boshqalarning bak-
teritsid ta’siri borligi aniqlangan.
1.  Xlorli  ohak  —  o‘tkir  xlor  hidli  quruq,  mayda  oq  kukun.
Gazsimon xlorni so‘ndirilgan sof ohak orqali o‘tkazish yo‘li bilan
olinadi.  Xlorli  ohakning  ta’sir  etadigan  qismi  kalsiy  giðoxlorid
hisoblanadi.  Xlorli  ohak  28  %  dan  32—38  %  gacha  aktiv  xlor
saqlaydi. Xlorli ohak ma’lum sharoitlarda patogen mikroblarning
faqat vegetativ emas, balki sporali shakllarini ham o‘ldirish xossa-
siga ega. Xlorli ohak dezinfeksiya qiladigan vosita sifatida ko‘pgina
yuqumli  kasalliklarda  —  ichak  infeksiyalarida,  nafas  yo‘llari
infeksiyalarida, jumladan, silda, ayrim zamburug‘li kasalliklarda,
shuningdek,  zoonozlarda  qo‘llaniladi.  U  o‘choqli  va  profilaktik
dezinfeksiyada ham keng qo‘llaniladi.
Xlorli ohak suvdagi eritma, aralashmalar, tindirilgan eritmalar
(odatdagi va aktivlangan) va quruq kukun ko‘rinishida ishlatiladi.
Eritma-aralashmalar — xlorli ohakning 10 % li yoki 20 % li
suvdagi  eritmalari  ko‘rinishida  ishlatilib,  ular  xlor-ohakli  suv
deyiladi.  Zararsizlantirish  uchun  uning  1  %  dan  oshmaydigan
yangi tayyorlangan eritmasi qo‘llaniladi.
10 % va 20 % konsentratsiyadagi xlor-ohakli suvni bemorlar-
ning, asosan, suyuq ajratmalarini, turarjoy bo‘lmagan juda iflos-
langan xonalar (ombor, korxonalar va boshq.)ning devor, polla-
rini, hovlilardagi hojatxonalarning (kanalizatsiya qilinmagan) ichki
devorlari,  pol  va  stulchalarini  zararsizlantirish  maqsadida  ishla-
tiladi.  Buni  yuqum  tushgan  yuzalar  va  buyumlarga  sepish  yo‘li
bilan bajariladi. Devorlar oqlash (1—2 marta) yo‘li bilan zararsiz-
lantiriladi.
Xlorli ohakning tindirilgan eritmalari quyidagicha tayyorlanadi.
Yangi tayyorlangan 10 % li yoki 20 % li xlor-ohakli suvni yopiq
idishda qorong‘i joyda xlorli ohakning erimagan qismlari idish tubiga
cho‘kishi uchun bir sutkaga qoldiriladi. Tindirilgan eritma boshqa
idishga quyib olinadi va filtrlanadi. Xlorli ohakning tindirilgan ishchi
eritmalari 0,2 — 0,5 % dan 3—5 —10 % gacha konsentratsiya-
larda qo‘llaniladi. Ular bevosita ishlatishdan oldin tayyorlanadi.


85
Tindirilgan eritmalar vagonlar va boshqa transport vositalaridan
odamlarni  tushirgandan  keyin  zararsizlantirishda  qo‘llaniladi.
Xloramin yetishmaganda, turarjoy va kasalxona binolarida, bolalar
muassasalarida  pol,  devorlar,  lift  va  jihozlarni  zararsizlantirish
uchun tindirilgan kuchsiz eritmalarni qo‘llash mumkin. Bunday
eritmalardan odamlar bo‘lmaganda foydalanish lozim. Dezinfeksiya
tugallangandan  so‘ng  xonalarni  yaxshilab  shamollatish  shart.
Bundan tashqari, eritmalar yordamida ishlatilgan yig‘ishtirish
ashyolari  hamda  qimmatli  buyumlar  va  materiallar,  ovqat  qol-
diqlari, oshxona idishlari va ajratmalar yig‘iladigan idishlar qunt
bilan  zararsizlantiriladi.  Quruq  xlorli  ohak  kukunsimon  holatda
ham suyuq substratlarni, ham zich konsistensiyali va shakllangan
bo‘lakchalari ko‘p miqdorda bo‘lgan substratlarni (axlat, balg‘am,
yiring va boshq.) dezinfeksiya qilish uchun qo‘llaniladi.
Quruq  xlorli  ohak  turli  yuqumli  kasalliklarda  ham  ajratma-
larni, ham oziq-ovqat qoldiqlarini, kuydirgida esa, bundan tashqari,
tuproqni ham ishonchli zararsizlantirishni ta’minlaydi. Xlorli ohakni
ishlatganda, metall buyumlar ishdan chiqishini yodda tutish lozim.
Xlorli  ohak  eritmalarini  kiyim-kechak  va  boshqa  gazmollar,
shuningdek,  nikel,  xrom  bilan  qoplanmagan  yoki  oldindan
yog‘langan metall buyumlar va bo‘yalgan predmetlarni, ularning
aktiv  xlor  ta’sirida  ishdan  chiqmasligi  uchun  qo‘llash  mumkin
emas. Bundan tashqari, zax yarimyerto‘la va shamollatish qiyin
turarjoy xonalarini zararsizlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Kalsiy giðoxloridning 3 % li asosiy tuzi (DTSGK)da 47—
52 %  aktiv xlor, ya’ni xlorli ohakka qaraganda, deyarli 2 baravar
ko‘p  bo‘ladi.  Shunga  ko‘ra,  ularning  bakteritsidligi  xlorli  ohak
eritmalari bakteritsidligidan kuchliroqdir. Preparat oq rangli qu-
ruq kukun ko‘rinishida bo‘ladi, suvda (20 % gacha) xlorli ohakka
qaraganda tezroq eriydi, idish tubida ozroq cho‘kma hosil qiladi.
U xlorli ohakka qaraganda birmuncha barqaror.
DTSGK dezinfeksiya qiladigan vosita sifatida yuqumli kasal-
liklarda qo‘llaniladi. Masalan, vaboda ayrim obyektlarni dezinfeksiya
qilishda  100  g  miqdordagi  DTSGKni  1  litr  suvga  aralashtirib
qo‘llanish yo‘li bilan ishonchli zararsizlantirishga erishiladi. Bundan
tashqari, ajratmalar uchun idishlar, ovqat yeyiladigan va ichiladigan
idishlar 0,5 % li DTSGK eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi.
3. Xloraminlar — umumiy kimyoviy tuzilishi murakkab organik
birikmalar.  Odatda,vodorodning  bir  atomi  xlor  bilan  o‘rni  al-
mashgan  monoxloraminlar  va  vodorodning  ikki  atomi  o‘rin  al-


86
mashgan  dixloraminlar  farq  qilinadi.  Monoxloraminlar  suvda
yaxshi  eriydi  va  shuning  uchun  dezinfektantlar  sifatida  keng
qo‘llaniladi. U oq yoki sarg‘imtir rangli biroz xlor hidi keladigan,
28,4 % aktiv xlor saqlaydigan qattiq nogigroskopik modda.
Xloramin eritmalari turarjoy va kasalxona binolari, bolalar va
maktab  muassasalari,  ko‘pchilik  to‘planadigan,  umumfoydala-
niladigan joylar, shuningdek, mebel, kiyim, idishlar, bemorlarni
parvarishlash  buyumlari,  oziq-ovqat  korxonalaridagi  jihozlar  va
shu  kabilarni  zararsizlantirish  uchun  qo‘llaniladi.
Obyekt  va  buyumlarni  keng  miqyosda  xloramin  eritmalari
bilan zararsizlantirish joriy va yakunlovchi dezinfeksiya ama-
liyotida ham, profilaktik dezinfeksiyada ham foydalidir. Masalan,
poliomiyelitda  o‘tkaziladigan  yakunlovchi  dezinfeksiya  uchun  u
ichkiyim, o‘yinchoqlar, yig‘ishtirish materiallarini zararsizlanti-
rishda  2—3  %  li  xloramin  eritmasi  uzaytirilgan  ekspozitsiyada
(2—3 soat) yoki 1 % li aktivlangan xloramin eritmasi 60 minutlik
ekspozitsiyada  qo‘llaniladi.  Xonalar  yuzasi,  uy-ro‘zg‘or  buyum-
larining sathi 1—2 % li, suvalgan devorlar 3 % li xloramin erit-
masi  bilan  zararsizlantiriladi.  Chinchechakda  o‘tkaziladigan
yakunlovchi  dezinfeksiyada  ham  buyumlarni  zararsizlantirishda
ularga 3 % li xloramin eritmasini mo‘l qilib sepish, quritmasdan
1 soatga qoldirish yo‘li bilan zararsizlantirish lozim. Xonani za-
rarsizlantirish uchun esa, 3 % li xloramin eritmasi gidropultdan
xona havosiga purkatiladi, so‘ngra polga sepiladi va xona kamida
60 minutga bekitib qo‘yiladi. Bemor foydalangan hamma idishlar
qunt bilan qaynatiladi va 1 % li xloramin eritmasiga solib qo‘yiladi.
Xlorli  preparatlarning  aktivlangan  eritmalari
Xlorli  preparatlarning  bakteritsid  ta’sirini  ularga  ammoniyli
birikmalarni qo‘shib birmuncha kuchaytirish mumkin. Bulardan
aktivatorlar sifatida ammoniy xlorid, ammoniy sulfat, ammoniy
nitrat va ammiak ishlatiladi. Ular odatdagi xlorli preparatlarga qo‘-
shilganda, xlorning jadal ajralishi sodir bo‘ladi, natijada, bu prepa-
ratlar birmuncha bakteritsid bo‘lib qoladi. Bunday preparat eritma-
lari aktivlangan xlorli preparatlarning bakteritsid, sporotsid, fungi-
tsidlik aktivligini kuchaytiradigan vositalar yoki aktivatorlar deyiladi.
Xloraminning aktivlangan eritmalari uni sovuq va iliq suvda
(50—60°C gacha) eritish yo‘li bilan hosil qilinadi. U to‘liq erigan-
dan so‘ng eritmaga aktivator xloramin miqdoriga teng miqdorda
(1:1) yoki yarim miqdorda (1:2) qo‘shiladi.


87
Xlorli ohakning aktivlangan tindirilgan eritmalari esa, 4—5 % li
konsentratsiyalarda eng chidamli patogen mikroblarni (sil mikobak-
teriyalari va kuydirgi sporalari) xlorli ohakning odatdagi tindirilgan
eritmalariga qaraganda, birmuncha qisqa muddatlarda halok etadi.
Vodorod peroksidi (H
2
O
2
) oksidlovchilar guruhiga kiradi. Un-
dan tayyorlangan pergidrol suyuq modda preparati 29—30 % li
vodorod  peroksidi  saqlaydi,  hidsiz,  rangsiz  bo‘ladi.  Pergidrol-
ning suvli eritmalari 3 % li konsentratsiyalarda — bakteritsid,
3—4 % li virulitsid, 6 % da sporotsid ta’sirga ega bo‘ladi. Bunday
eritmalarni  ichak  va  tomchi  infeksiyalarida,  tug‘uruqxonalarda,
umumiy ovqatlanish korxonalarida profilaktika maqsadida idish-
lar,  kiyimlar,  xonalarni  zararsizlantirish,  jarrohlik  amaliyotida
instrumentlarni zararsizlantirish uchun tavsiya etiladi. Pergidrol-
ning 1—6 % li ishchi eritmalariga yuviluvchi vositalar — sulfanol
yoki «Progress» qo‘shilganda 0,5 % li konsentratsiyada eritma-
larni  antimikrob  qilibgina  qolmay,  balki  yuvadigan  ham  qiladi,
ularning ta’sirini oshiradi va zararsizlangan buyumlarga ikki bos-
qichda ishlov berib tozalashni talab etadi.
Vodorod peroksidini yuvish vositalari bilan birgalikda har qan-
day  ixtisoslashgan  davolash-profilaktika  muassasalarida  joriy
dezinfeksiya o‘tkazishda keng ishlatiladi. Vodorod peroksidi issiqlikka
chidamsiz asboblarni sterilizatsiyalashda  ham  keng  qo‘llaniladi.
Uning 6 % li eritmasi 18°C da  6 soat, 60°C da 3 minut ishlatiladi.
Dezinfeksiyaning  biologik  usuli
Òashqi  muhitda  mikroorganizmlarni,  jumladan,  infeksiya
qo‘zg‘atuvchilarini tabiatan biologik vositalar (masalan, antogonist
mikroblar yordamida) bilan yo‘qotishning qat’iy o‘ziga xos vazi-
falari bor. Ular, asosan, sug‘orish va filtratsiya maydonlarida oqava
suvlarni, axlat va chiqindilarni kompostlarda, biotermik kamera-
larda va boshqalarda zararsizlantirishda ta’sirchandir.
Fenollar,  aldegidlar,  spirt-aktiv  moddalar  va
boshqa  preparatlar
Fenollar — toshko‘mir smolasi va yog‘ochni haydashda hosil
bo‘ladigan mahsulot. Dezinfeksiya amaliyotida fenollar va sovun-
fenol  eritmalaridan  nafas  yo‘lari  infeksiyalari  (sildan  tashqari),
ichak infeksiyalari (yuqumli gepatit va poliomiyelitdan tashqari)
va ayrim zoonozlar (brutselloz)da foydalaniladi.


88
Fenollar hujayralar ichiga kirganda, hujayra oqsillari koagula-
tsiya  reaksiyasini  keltirib  chiqaradi.  Fenol  eritmalari  3—5  %  li
konsentratsiyada patogen mikroblarning deyarli hamma vegetativ
shakllariga  nisbatan  bakteritsid  hisoblanadi.  Sporalarga  ta’sir
ko‘rsatmaydi. Zamburug‘larning har xil turlarini o‘ldiradi.
Sirp — aktiv moddalarning tiðik vakillari bo‘lib, chorak ammo-
niyli  birikmalar  hisoblanadi,  ular  dezinfeksiya  uchun  nihoyatda
qimmatli xossalarga ega: suvda yaxshi eruvchan, hidsiz, rangsiz
bo‘ladi,  ekspozitsiyadan  so‘ng  suv  bilan  yaxshi  yuvilgan  metall
buyumlarni  korroziyaga  uchratmaydi.  Bu  preparatlarning  mik-
roblar  vegetativ  shakllariga  nisbatan  bakteritsid  aktivligi  yuqori,
sporalar va patogen zamburug‘larga nisbatan esa aktiv emas:
1. Xlor-beta-naftol xlorlangan beta-naftolning unumi hisob-
lanadi. Kaliyli suyuq sovun qo‘shilganda (1:2) suvda aralashadigan
pasta ko‘rinishini olib, barqaror emulsiyalar hosil qiladi. Bunday
emulsiyalar  xonadonlarda  va  kasalxona  muassasalari  sharoitida
ko‘pgina  buyumlarni  zararsizlantirish  (xona  va  jihozlar,  kiyim-
bosh, idishlar, yig‘ishtirish materiali va h.k.) uchun qo‘llaniladi.
Preparat eritmalari metallarni korroziyaga uchratmaydi, buyumlar
va metallarning rangini o‘zgartirmaydi va ishdan chiqarmaydi.
2. Lizol namlanishga yo‘l qo‘yiladigan kiyim-kechak va boshqa
yumshoq narsalarni zararsizlantirish uchun, shuningdek, suyuqlikka
botirish  ziyon  qilmaydigan  boshqa  buyumlarni  zararsizlantirish
uchun keng qo‘llaniladi. Ular xonalarning devor, pol, eshiklarini,
qattiq va yumshoq mebelni, dezinfeksiyadan keyin ulardan qoladigan
kir va hidni qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydigan boshqa qator hollarda
zararsizlantirish  uchun  yaroqlidir.  Lizolning  bakteritsidlik  ta’siri
fenolga qaraganda kuchli. Dezinfeksiya amaliyoti uchun patogen
mikroblarning vegetativ shakllari, asosan, ichak infeksiyalari va nafas
yo‘llari  infeksiyalarining  (sildan  tashqari)  qo‘zg‘atuvchilarini
yo‘qotish maqsadida 3—8 % li eritmalari qo‘llaniladi. Lizol eritmalari
5—10 % li konsentratsiyada dezinseksion  ta’sirga ega.
3. Formalin (chumoli kislota aldegidi) formaldegid gazining
40 % suvdagi eritmasidan iborat.
Dezinfeksiya amaliyotida formalin, asosan, bug‘simon holatda
turarjoylar  va  buyumlarni  kamerada  dezinfeksiya  qilish  uchun
qo‘llaniladi.  Uning  suvdagi  eritmalaridan  maxsus  buyumlarni
(soch-soqolni  oldirishda  ishlatiladigan  cho‘tkalar,  kuydirgiga
shubha qilingan jun va boshq.) zararsizlantirishda foydalaniladi.


89
Òurarjoylarni zararsizlantirish uchun formalinli dezinfeksiya
qo‘llanilganda xonalarni kishilardan xoli qilish va ularning 2 sut-
kagacha boshqa jamoada yashab turishi talab etiladi. Bu epide-
miologik  jihatdan  xavfli  infeksiyaning  shu  yo‘l  bilan  o‘choqdan
tashqariga tarqalish ehtimoli bor.
1.4. Sterilizatsiya
Sterilizatsiya — turli buyum va ashyolarni fizik va kimyoviy usul-
lar yordamida barcha mikroorganizmlardan butunlay ozod qilish.
Òibbiyotda ishlatiladigan buyumlarni sterilizatsiya oldi ishlovi
berishdan  maqsad,  ularning  yuzasidagi  oqsil,  yog‘  va  boshqa
moddalarni  yo‘qotishdir.  Sterilizatsiya  oldi  ishlovi  qo‘lda  yoki
mexanizatsiyalashgan  usulda  olib  boriladi.  Qo‘lda  ishlov  berish
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) oqib turgan suv ostida 0,5 minut davomida chayish, yuvish
vositalarida («Biolot») yuvish;
b) buyumni 50°C haroratda 15 minut  bo‘ktirib qo‘yish, yuvish
vositalari  sifatida  «Biolot»  preparatining  0,5  %  li  eritmasi  yoki
«Primas  A»,  «Progress»,  «Astra»,  «Lotos»  yuvish  vositalarining
0,5  %  li  eritmasi  bilan  0,5  %  vodorod  peroksidi  aralashmasi
qo‘llaniladi. «Biolot» preparati yordamida yuvish 3 minut, «Pri-
mas A», «Progress», «Novost», «Lotos»da 5 minut, «Astra» pre-
paratida esa, 10 minut davom ettiriladi;
d)  oqib  turgan  suv,  so‘ngra  distillangan  suvda  0,5—1  minut
davomida chayish, yuvish, bo‘ktirib qo‘yish;
e) 80—85°C haroratdagi issiq havoli sterilizatorlarda quritish.
Sterilizatsiya  usullari
I. Bug‘ bilan sterilizatsiyalash usuli to‘yingan suvli bug‘ bo-
simi ostida barcha turdagi mikroblarni yo‘qotishda yaxshi natija
beradi. Bug‘ bilan sterilizatsiya usuli bug‘ sterilizatorlarida amalga
oshiriladi. Bug‘ bilan sterilizatsiyalash kasalxonalar va poliklinika-
larning turli bo‘limlarida, mikrobiologiya laboratoriyalarida, far-
matsevtika va boshqa muassasalarda qo‘llaniladi. Bug‘li steriliza-
tsiyaga yara yuzasiga teguvchi, qon va uning preparatlariga hamda
shilliq  qavatga  tegib,  uni  jarohatlantirish  xavfi  bo‘lgan  asbob-
uskunalar  beriladi.  Bug‘li  sterilizatorlar  tuzilishi,  ishlash  bosimi
va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab farqlanadi, sterilizatorlar yuma-
loq, to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda bo‘ladi.


90
II. Havo bilan sterilizatsiya qilish usuli.
Issiq  quruq  havo  bilan  sterilizatsiya  qilish  usuli  namlanishi,
zanglashi va boshqa sabablarga ko‘ra, bug‘ bilan sterilizatsiya qilin-
maydigan buyumlarda qo‘llaniladi. Havo bilan sterilizatsiya bug‘
sterilizatorlari qo‘llaniladigan muassasalarda o‘rnatilgan havo sterili-
zatorlarida  o‘tkaziladi.  Havo  uslubi  shishadan  yasalgan  (shpris,
idishlar), metall (jarrohlik), ginekologiya va stomatologiya asboblari,
kauchukli va boshqa buyumlarda qo‘llaniladi (havo bilan sterilizatsiya).
Gaz bilan sterilizatsiya qilish usuli. Gazli sterilizatsiya issiqlik
bilan ishlamaydigan obyektlarda  qo‘llaniladi. Bular oynali, yuzali
jarrohlik  asboblari,  kesuvchi  va  sanchiluvchi  asboblar,  ketgut,
zondlar,  plastmassali  sintetik  kateterlardir.  Gazli  sterilizatsiyada
sporatsid  ta’sirga  ega  etilen  oksidi,  metil  bromid  va  uning  ara-
lashmasi, formaldegid va boshqalar qo‘llaniladi.
Sterilizatsiyaning kimyoviy usuli. Bu usul yordamida kimyoviy
eritmalar bilan, asosan, issiqlikka chidamsiz asboblar sterilizatsiya
qilinadi. Ular ko‘pgina polimer materiallardan tayyorlangan jar-
rohlik asboblari, rezina qo‘lqoplarni sterillashda qo‘llaniladi.
Nam  sterillashda  turli  aralashmalar  ishlatiladi.  Bular  tarki-
bida xlor, yod, oksidlovchilar, kislota, aldegidlar tutuvchi aralash-
malar bo‘ladi. Ulardan, asosan, vodorod peroksidi bilan dezok-
san keng qo‘llaniladi. Vodorod peroksidining 6 % li eritmasi 18°C da
6 soat, 60°C da 3 minut mobaynida qo‘llaniladi. Dezoksanning
1 % li eritmasi 18°C da 45 minut ishlatiladi. Vodorod peroksidi
eritmalari  yopiq  idishda  saqlanib  tayyorlangandan  so‘ng  7  kun
mobaynida ishlatilishi mumkin. Dezoksan 1 % li eritmasi esa, faqat
tayyorlangan kuni ishlatiladi.
Sterilizatsiyadan oldingi ishlov sifatini tekshirish
Qon  qoldiqlari  mavjudligini  bilish  uchun  ortamidinli  yoki
amidopirinli sinamalar qo‘llaniladi. Yuvish vositalari qoldiqlarini
aniqlashda esa, fenolftaleinli sinama qo‘llaniladi.
Ortamidinli  sinama  teng  miqdordagi  distillangan  suvda  tay-
yorlangan ortamidinning 1 % li suvdagi eritmasi va vodorod per-
oksidining 3 % li eritmasi aralashmasidan iborat.
Amidopirinli sinama, 5 % li amidopirinning spirtdagi eritmasi,
30 % li sirka kislotasi va 3 % li vodorod peroksidi eritmasi teng
miqdorda  olinib  aralashtiriladi. Òekshirilayotgan  buyumga birlamchi
reaktiv tomiziladi. Agar u ifloslangan bo‘lsa, to‘q yashilga bo‘yaladi.


91
Fenolftaleinli sinama. Fenolftaleinning 1 % li  spirtli eritmasi
tayyorlanib,  buyumlar  yuzasiga  1  tomchi  surtiladi  (tomiziladi).
Agar buyum yuzasida yuvuvchi vosita qoldig‘i bo‘lsa, eritma pushti
rangga bo‘yaladi.
Sterilizatsiyadan  oldingi  sutkada  ishlov  beriladigan  buyum-
larning har biri 0,1 % li kaliyli eritmada ivitib qo‘yilishi kerak.
DSENM  va  dezinfeksiya  xodimlari  davolash-profilaktika
muassasalarida sterilizatsiyadan oldingi ishlovni har 3 oyda nazorat
qilib turishi kerak.
Bug‘li sterilizator ishini tekshirish
Elektr yordamida isitiladigan tik o‘rnatiladigan bug‘li sterili-
zatorlar  quyidagilardan  iborat:  sterilizatsiya  kamerasi,  vodopro-
vod kamerasi  va himoya qiluvchi moslama. Ish tartibi: bug‘ bosi-
mida 0,11 MPa (1,1 kgs/sm
2
) va  120°C 2 atm.da 45 minut, bosimi
10,3  MPa  (2  kgs/sm
2
)  va  harorati  180°C  bo‘lganda  20  minut
ushlanadi  (4-rasm).
Bug‘li  sterilizatsiya  sifatini  bakteriologik  sinov  o‘tkazishda
tarkibida 120°C haroratli bug‘ ta’siriga 3—5 minut davomida chi-
day  oladigan  sporali  saprofitlari  bo‘lgan  bog‘  tuprog‘i  sinamasi
qo‘llaniladi.
Òekshirish  paytida  1-sinamaning  o‘zida  sporalar  o‘sishi  ku-
zatilsa, sinama takrorlanadi. Mabodo, yana shunday natija olinsa,
sterilizatorning sifatsiz ishlashi sabablari aniqlanib, tuzatilguncha
to‘xtatib qo‘yiladi. Markazlashgan sterilizatsiya bo‘limlarida bug‘li
sterilizatorlar ishi yil mobaynida kamida 2 marta tekshiriladi.
4-rasm. Sterillash asbobi (gorizontal avtoklav).


92
Havo  yordamida  sterilizatsiyalashni  tekshirish
Òibbiyot muassasalarida har xil tuzilishdagi havo sterilizator-
lari:  yumaloq  va  to‘g‘ri  burchakli  hamda  sterilizatsiya  quritish
shkaflari  ishlatiladi.  Havo  bilan  sterilizatsiya  180°C  quruq  issiq
havo haroratida 60 minut, 160°C da esa, 2,5 soatda amalga oshi-
riladi. Havo yordamida sterilizatsiyalashni tekshirishda bakterio-
logik va isitish usullari qo‘llaniladi. Biotestlar sifatida 1—1,5 soat
mobaynida  160°C  haroratda  saqlangan  kartoshka  va  beda  qa-
lamchalari sporalari yuqtirilgan probirkalar ishlatiladi.
1.4.1. KIMYOVIY ERITMALAR BILAN STERILIZATSIYA
QILISHNI TEKSHIRISH
Buyumlarni  zararsizlantirilganini  tekshirish  uchun  Xottin-
gerning qandli 1 % li glukoza, saburo, teoglukon oziq muhitlariga
bo‘ktiriladi.  Agar  asbob-uskunalar  yuzasi  katta  bo‘lsa,  ulardan
salfetka bilan sinama olinadi. Salfetkaning yuzasi 5x5 sm
2
 bo‘lib,
izotonik  eritma  yoki  sterillangan  suv,  1  %  li  tiosulfat  eritmasi
bilan namlanadi.
Markazlashgan  sterilizatsiya  bo‘limi  (MSB).  Sterilizatsiyani
MSBda olib borish ta’sirchan bo‘ladi. MSBda ishlatilgan va dast-
labki tozalangan asboblar qabul qilinadi, asboblar yuviladi, jam-
langach, sterilizatsiya qilinadi va sterillangan materiallar davo-
lash  bo‘limlariga  yuboriladi. Yuqori  sifatli  sterilizatsiya  qilish  va
samaradorlikni oshirish uchun MSB xonalarini bir-biridan ajratib
turadigan  yuqumsizlantirish  zonalari  mavjud.  Yuqumsizlantiril-
gan  zonada  yuqumsizlantirilgan  matolar  manbayi,  taqsimlash,
ekspeditsiya xonalari mavjud. U yerda yuqumsizlantirilgan mato va
ashyolar, shpris, kateter, jarrohlik asboblari qabul qilinadi, yuvib
quritiladi.
MSBlarning matolarni ro‘yxatga olish daftarida qabul qilina-
yotgan va berilayotgan bog‘lov materiali, asboblar nomi va soni
aniq  qilib  ro‘yxatga  olinishi  shart. MSBdagi  hamma  ishlar
sterilizatsiya  jarayonlarini  to‘g‘ri  olib  borish  asosida  tashkil
qilinadi. MSBda sanitariya va epidemiyaga qarshi tartib saqlanishi
shart.
Dezinseksiya  —  bo‘g‘imoyoqlilar  orqali  tarqaladigan  ko‘p-
gina infeksion kasalliklarga qarshi kurashni uyushtirish va o‘t-
kazish masalasini yechuvchi dezinfeksiyaning alohida katta bo‘-
limi sifatida ajralgan qismi.


93
Bo‘g‘imoyoqlilar  keltirgan  zarar  ularning  yuqumli  kasallik-
larni tarqatishdagi roli bilan chegaralanib qolmaydi. Ularning ko‘p
turlari (bitlar, burgalar, chivinlar, kanalar) odamning turarjoyida
va tabiatda, odamlarning xo‘jalik faoliyati o‘tadigan joylarda yashab,
odam qoni bilan oziqlangan holda uni bezovta qiladi, dam olishiga
va uxlashiga xalaqit  beradi va shu tariqa salomatligiga zarar yetka-
zadi, uning mehnat qobiliyatini pasaytiradi.
Bo‘g‘imoyoqlilar  tarqatadigan  infeksion  kasalliklarga  qarshi
kurash amaliyotidan ma’lum bo‘ldiki, epidemiologik jihatdan xavfli
hududlarda bo‘g‘imoyoqlilarni o‘z vaqtida qirish ularning sonini
va kishilarga hujum qilishini kamaytiradi, shu tufayli xuddi shu
tashuvchilar  orqali  o‘tadigan  kasallanishlar  soni  kamayadi.
Dezinseksiya  dezinfeksiya  kabi  transmissiv  kasalliklar  epide-
miologiyasi bilan chambarchas bog‘liq, bo‘g‘imoyoqlilarga qarshi
kurash hamma hollarda ularning infeksiya tashish yo‘llariga ta’sir
ko‘rsatishi  va  shu  tariqa  o‘choqlarni  tugatishga,  qator  hollarda
esa, ular paydo bo‘lishining oldini olishga imkon berishi kerak.
Bo‘g‘imoyoqlilarga  qarshi  kurash  choralari. Dezinseksiyada
qo‘llaniladigan  choralar  ikki  asosiy  guruhlarga:  profilaktik  va
qirishga bo‘linadi.
Profilaktik  dezinseksion  tadbirlar.  Profilaktik  tadbirlar  bir
necha yo‘nalishlarda olib borilishi kerak. Ulardan ayrimlarining
maqsadi bo‘g‘imoyoqlilarning turarjoylarga va boshqa xonalarga
kirishiga  to‘sqinlik  qiladigan  sharoitlar  yaratish,  boshqalarining
maqsadi epidemiologik nuqtayi nazardan zararli va xavfli bo‘g‘im-
oyoqlilarning  odam  tanasida,  uning  o‘rin-ko‘rpasida,  ichki  ki-
yimida,  ust-boshida  va  tevarak-atrofida  paydo  bo‘lishi  hamda
ko‘payishining oldini olish hisoblanadi.
Bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lishi va ko‘payishining oldini olishda
shaxsiy hamda turarjoy gigiyenasining hamma qoidalariga amal
qilish katta ahamiyatga ega. Ularni doim namunali saqlash va ozoda
tutish  pashsha,  suvarak,  qandala,  kuya  singari  bo‘g‘imoyoqlilar
ko‘payishining  oldini  oladi.  Oziq-ovqat  mahsulotlarini  to‘g‘ri
saqlash, ovqat qoldiqlari, axlat, chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida
tashib  ketishga  alohida  e’tibor  berish  kerak,  chunki  ular  pash-
shalar,  suvaraklar  va  ayrim  hollarda  xonaki  sariq  chumolining
paydo bo‘lishiga hamda ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Xavfli  hududlar,  hovlilardagi  sanitariya  uskunalarini  ozoda
saqlash, ulardagi axlat va chiqindilarni qunt bilan muntazam yo‘-
qotish  muhim  profilaktik  tadbir  hisoblanadi.  Ma’lumki,  sanab


98
3-guruhi  sintetik kontakt  insektitsidlar —  bioetilsantogen  va
undan  tayyorlangan  preparatlar    va  yangi    preparatlar  guruhi
DDÒ, GXSG; fosfor  saqlaydigan  sintetik  insektitsidlar — turli
fosfat  kislotaning  unumlari  (fosfat,  tiofosfat,  fosfin  va  boshq.),
xlorofos,  tiofos,  karbofos,  metafos.
Fumigantlar.  Bo‘g‘imoyoqlilarga  nafas  yo‘llari  orqali  toksinli
ta’sir  ko‘rsatadigan  insektitsid  vositalarning  bu  guruhi  hozirgi
vaqtda gazsimon holatda  ta’sir qiladigan zaharli gazlardan tashqari
fumigatsiya qilish va havo bilan birga bo‘g‘imoyoqlilar organizmiga
tushish xususiyatiga ega bir qancha boshqa  preparatlarni ham o‘z
ichiga  oladi.  Ulardan  bir  qismi  suyuqliklar  holida,  boshqalari
gazlar (suyultirilgan angidrid sulfid) yoki qattiq mahsulotlar holida
(siaplav, siklon B va boshq.) tayyorlanadi. Shunga muvofiq holda
tayyorlangan gazlar xonaga ballonlarda yuboriladi yoki xonalarga
sepib zaharli modda bug‘lantiriladi va  xona gazatsiya qilinadi.
Zaharli gazlar xonalarni, turli yumshoq va qattiq buyumlarni
dezinfeksiya qilish va oziq-ovqat  mahsulotlarini bevosita gaza-
tsiya etish uchun ishlatiladi. Fumigantlar boshqa insektitsidlar-
dan qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Chunki ular xonaning
hamma hajmini to‘liq egallab, barcha bo‘g‘imoyoqlilar va kemi-
ruvchilarga bir xil ta’sir ko‘rsatadi.
Biroq,  gazning  odam  va  uy  hayvonlariga  nisbatdan  yuqori
toksigenligi,  uy-ro‘zg‘or  buyumlari,  oziq-ovqat  mahsulotlariga
ziyon  yetkazishi,  xonalarni  germetik  qilish  va  ularni  ishlatishda
xavfsizlik  qoidalariga  rioya qilish ulardan foydalanish imkoniyatini
biroz chegaralab qo‘yadi.
Deratizatsiya. Aholi va qishloq xo‘jaligi  uchun  epidemiologik
nuqtayi nazardan xavf  keltiradigan turli kemiruvchilarga qarshi
olib  boriladigan  tadbir  va  vositalarni  o‘zida  mujassamlashtirgan
dezinfeksiya  turi  deratizatsiya deyiladi.
Kemiruvchilarga  qarshi  mexanik, kimyoviy  va biologik  usul-
lar  qo‘llaniladi.
Mexanik  usul.  Bu  usul  kemiruvchilarni  turli  mexanik  vosi-
talar  yordamida  ushlashga  asoslangan  bo‘lib,  qopqon,  tuzoq
hisoblanadi (5-rasm). Bu usul kimyoviy  va biologik usul bilan
birgalikda olib boriladi.
Kimyoviy usul. Kemiruvchining nafas yo‘llariga va ichak yo‘lla-
riga ta’sir etuvchi zaharli moddalarni ishlatish bilan amalga oshi-
riladi.  Nafas  yo‘llariga  ta’sir  etuvchi  zaharli  moddalar vagonlar,
omborlar, kemalar hamda dala sharoitida ularga ishlov berishda


99
ishlatiladi.  1  m
3
  binoga  ishlov  berishda  60—100  gramm  sulfid
angidrid,  45  gramm  xlorpikrin,  700  gramm  karbonat  angidrid
ishlatiladi (2 soatdan 12 soatgacha ushlab turilishi kerak).
Ichaklarni  zaharlovchi  moddalar  esa,  tuzoqni  zaharlab  qo‘-
yishda ishlatiladi. Òuzoq sifatida  esa, non ushog‘i, bo‘tqa, xamir,
don va boshqalar ishlatiladi.
Biologik  usul.  Kemiruvchilarni  qirib  tashlash  uchun  bakte-
riologik  unumlar  va  tabiiy  dushmanlari  —  mushuk,  itlar,  tulki,
sassiqko‘zan va o‘rgatilgan yovvoyi qushlardan foydalaniladi.
Hozirgi  kunda  biologik  unumlar  kalamush  va  sichqonlarga
qarshi keng qo‘llaniladi. Bakterial unumlar  quruq va  suyuq  oziqli
tuzoqlar sifatida ishlatiladi. Bakterial unumlardan kemiruvchilarni
qirish  maqsadida  davolash,  umumiy  ovqatlanish  muassasalarida
va oziq-ovqat saqlanadigan joylarda foydalanish mumkin emas.
1.5. Infeksion kasalliklar tasnifi
L.V.  Gromashevskiyning  yuqumli  kasalliklar  tasnifi  asosida
yuqumli  kasalliklar  chaqiruvchilarining  evolutsiya  jarayonida
parazitar tur sifatida o‘z xo‘jayin organizmida birlamchi joylashish
kabi biologik xususiyati va maxsus yuqish mexanizmi yotadi. Bu
belgilarga asoslanib L.V. Gromashevskiy yuqumli kasalliklarning
5-rasm. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchilarni
ushlash  uchun  turli  ko‘rinishdagi  qopqonlar.


100
evolutsion sistemasini yaratdi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi bilan pa-
togenezi va yuqish mexanizmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib ber-
ganligi sistemaning afzalligini namoyish qiladi.
L.  V.  Gromashevskiy  barcha  yuqumli  kasalliklarni  besh  gu-
ruhga bo‘ladi:
1-guruh. Ichak infeksiyalari (kasallik qo‘zg‘atuvchilari ichakda
joylashadi);
2-guruh. Nafas yo‘llarining infeksiyalari (kasallik  qo‘zg‘atuv-
chilari nafas  yo‘llari va  o‘pkada joylashadi);
3-guruh. Qon  infeksiyalari   (qo‘zg‘atuvchilari qonda va limfada
joylashadi);
4-guruh. Òeri  qoplamlari  infeksiyalari  (qo‘zg‘atuvchilari  teri
qoplamlari va shilliq qavatlarida joylashadi).
Hozirgi vaqtda vertikal (yuqoridan pastga) yuqish mexanizmi
bo‘lgan  5-guruhdagi  infeksiyalar  ham  mazkur  tasnifdan  o‘rin
olgan. Onadan yo‘ldosh orqali bolaga yuqish mexanizmini XI asr-
dayoq tibbiyotimiz bobokaloni, ulug‘ hakim Ibn Sino bayon etgan
edi. Bu fikr bizning asrimizga kelib ilmiy jihatdan asoslab berildi.
L.V. Gromashevskiy o‘z tasnifiga kasallik qo‘zg‘atuvchilari-
ning  organizmda  birlamchi  joylashishi  va  bunday  joylashishga
bog‘liq  bo‘lgan  maxsus  yuqish  mexanizmlarini  asos  qilib  oldi.
Bu belgilarga qarab, antroponoz kasalliklarni aniq bir sistemaga
kiritish mumkin. Lekin zoonozlarni bunday sistemalashda ba’zi
bir qiyinchiliklarga duch kelinadi. Ko‘p sonli parazitar sistema-
larga  kiruvchi  yuqumli  kasalliklarni  maxsus  yuqish  mexaniz-
miga ko‘ra tasniflashning murakkab jihatlari bor. Chunki bunda
bir qancha, bir-biridan keskin farq qiluvchi yuqish mexanizm-
lari ishtirok etadi. Shunga qaramasdan, bu tasniflarning asosiy
yutug‘i uning kasallik qo‘zg‘atuvchilari va ularning o‘z xo‘jayin-
lari  bilan  o‘zaro  munosabatlarida  evolutsion  jarayonda  paydo
bo‘lgan belgilarni ifodalay olishida.
Infeksiya (lotin. infectio—yuqish) — bu qo‘zg‘atuvchi parazit
va xo‘jayin-odam organizmi (hayvon, o‘simlik) orasidagi o‘zaro
ta’sir  jarayoni bo‘lib, qo‘zg‘atuvchilari tashuvchilik yoki kasallik
bilan  namoyon  bo‘ladi.  Infeksion  kasalliklar  deganda,  bemor
organizmiga  tushib,  ko‘payib,  o‘z  hayot  faoliyatini  davom
ettiruvchi  patogen  viruslar  va  prokariotlar  ta’siri  ostida  yuzaga
keluvchi  kasalliklar  tushuniladi.  Barcha  infeksion  kasalliklar
nozoologik turlari qo‘zg‘atuvchi turining o‘ziga xosligiga bog‘liq.


101
Yuqumli kasalliklar to‘g‘risidagi bilimlar kengayib, rivojlanib
borgan sari, ularning ratsional va ixcham tasnifiga ehtiyoj orta
bordi. Bunday tasnifni tuzishga bir necha marta urinishlar bo‘ldi.
Lekin bu tasniflar o‘z oldiga tor maqsadlarni qo‘yganligi uchun
talabga javob bermas edi. Ko‘pincha bunday tasniflarni amaliyotchi
klinitsistlar tuzishardi. Ba’zi mualliflar barcha yuqumli kasallik-
larni imlo bo‘yicha guruhlarga ajratishgan bo‘lsa, boshqalari ularni
turli  ixtisosliklar  bo‘yicha  bo‘lib  chiqishgan  (bolalar  infeksiyasi,
teri kasalliklari va boshq.). Shu bilan birgalikda amaliyot talablari
kuzatuvchilar  oldiga  turli  guruhlarga  tegishli  bo‘lgan  yuqumli
kasalliklar o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikni ochib berish va shu asosda
ularni tegishli bilimlar tabaqasiga qarab tartibga solish vazifasini
qo‘ydi. Buning natijasida kasalliklarning etiologik belgilari (mik-
rokokkli,  bakterial,  zamburug‘li,  spiroxetali,  virusli,  parazitar),
klinik patogenetik belgilar bo‘yicha (o‘tkir va surunkali infeksiya,
umumiy  yoki  ensefalit  sindromli  infeksiya)  va  epidemiologik
belgilar bo‘yicha (epidemik va pandemik ichak infeksiyasi, nafas
yo‘llari infeksiyasi, hayvonlardan yuqadigan infeksiya va boshq.)
tasniflari  tuzildi.  Bularning  har  biri  kasalliklarning  bir  necha,
ba’zi hollarda esa, faqat bir belgilariga asoslanib tuzilgan. Bu esa,
bilimlarning hozirgi darajasiga javob bera olmas edi.
Hozirgi  paytda  yuqumli  kasalliklar  tasniflaridan  I.I. Yelkin
tomonidan tuzilgan evolutsion tamoyillarga asoslangan tasnif va
L.V. Gromashevskiy tuzib chiqqan kasalliklarning yuqish mexa-
nizmiga  asoslangan  tasniflar  talab  darajasidagi  tasniflar  hisobla-
nadi. Bu tasniflar o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi hisobla-
nadi. Dastlab I.I. Yelkinning evolutsion tamoyillariga asoslangan
tasnifi bilan tanishib chiqamiz.
Yuqumli  kasalliklar  tasnifining  evolutsion  tamoyili  kasal-
liklarning tarixan kelib chiqishi va shakllanishini hamda evolu-
tsiya jarayonida parazit va xo‘jayin organizmlarining o‘zaro muno-
sabatlari shakllarini ifodalovchi bir butun sistema tuzishga im-
kon beradi.
Yuqumli kasalliklarning tabiiy sistemasini ko‘rib chiqishda pa-
razitizmning haqiqiy, tasodifiy va soxta turlariga to‘xtalib o‘tish
lozim. Parazitizmni keng tarixiy pozitsiyadan ko‘rib chiqishda pa-
razit va xo‘jayin sistemasining o‘zaro munosabatlarida aniq ifo-
dalangan  qonuniyatlar  ko‘rinadi:
1. Parazitlik qilib yashovchi organizmlar, odatda, ko‘p sonli
turlarga tegishli bo‘lgan makroorganizmlarda  yashab, ko‘paya oladi.


102
Bunda  makroorganizmlarning  zararlanishini  ifodalovchi  belgilar
ulardagi bu parazitlarga moyillik va infeksiya manbayi bilan eko-
logik bog‘liqligining mavjudligi bilan izohlanadi.
2. Parazitlar turlarining evolutsiyasi faqat parazitlar doimiy yasha-
shini ta’minlaydigan makroorganizmlar turlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
3. Kasallik chaqiruvchilari uchun biologik «boshi berk ko‘cha»
hisoblangan  makroorganizmlar  turlari  parazitlarning  evolutsiya
jarayoni  kechadigan tabiiy muhit bo‘la olmaydi. Bunday makro-
organizmlarni zararlab kasallik qo‘zg‘atuvchilari o‘z  naslini davom
ettira olmay, ertami-kechmi o‘zlari  ham nobud bo‘ladi.
Kasallikning  yuqish  mexanizmi  deb,  kasallik  chaqiruvchila-
rining zararlangan organizmdan sog‘lom organizmga o‘tish usuliga
aytiladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  yuqish  mexanizmi  kasallik
chaqiruvchilarining  evolutsiya  jarayoni  tufayli  hosil  bo‘lgan  va
ularning biologik tur sifatida saqlanib qolishiga imkon tug‘diruvchi
zararlangan organizmdan sog‘lom organizmga o‘ta olish yo‘llaridir.
Yuqumli  kasalliklarning  yuqish  mexanizmi  ko‘p  bosqichli
jarayon bo‘lib, ketma-ket keluvchi uch davrdan iborat:
1. Kasallik chaqiruvchilarining kasallik manbayi bo‘lgan orga-
nizmdan tashqari muhitga ajralib chiqishi. Bu jarayon u yoki bu
fiziologik va patologik akt bajarilgan paytda amalga oshiriladi.
2. Kasallik chaqiruvchilarining tashqi muhitda  bo‘lishi. Bu ja-
rayon qo‘zg‘atuvchilar uchun bir tomondan foydali bo‘lsa (yangi
xo‘jayinning  organizmiga  o‘tish  imkoniyati  tug‘iladi),  ikkinchi
tomondan,  zararli  bo‘lishi  mumkin.  Chunki  qo‘zg‘atuvchilar
tashqi  muhitda  o‘z  chidamliligi  darajasidan  ko‘p  vaqt  yashay
olmaydilar.  Kasallik  yuqish  jarayonining  bu  bosqichi  maxsus
omillar yordamida amalga oshadi.
3. Kasallik chaqiruvchilarining yangi turdagi biologik xo‘jayin
organizmiga  kirib  borishi. Kasallik  chaqiruvchilarining  xo‘jayin
organizmida joylanishiga mos ravishda yuqish mexanizmiga ega
bo‘lishi epidemiologik nuqtayi nazardan muhim ahamiyatga ega
bo‘lsa, umumbiologik nuqtayi nazardan qonuniyatdir.
Har  bir  kasallik  qo‘zg‘atuvchisi  organizmning  ma’lum  to‘-
qima va organlarida parazitlik qilib yashashi bilan birgalikda ay-
nan shu organizmda joylashishiga mos ravishda yuqish mexaniz-
miga moslashgan bo‘lishi kerak. Hozirgi paytda odam patologiya-
sida  bunday  talablarga  javob  bera  oladigan  kasallik  qo‘zg‘atuv-
chilarining ichaklarda, nafas yo‘llarida, qonda va tashqi teri qop-
lamlarida  joylashishi  ma’lum.  Bu  sistemalar  patogen  parazitlar


103
yashashi  uchun  qulay  muhit  bo‘lishi  bilan  birga  tashqi  muhit
bilan  ma’lum  qonuniyatlar  asosida  bog‘langan  bo‘ladi.  Kasallik
qo‘zg‘atuvchilarining  yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  organizmda
ma’lum joylashishga ega bo‘lishi aynan shu xildagi joylashish uchun
o‘ziga xos yuqish mexanizmiga  ega bo‘ladi:
a) kasallik qo‘zg‘atuvchisi ichaklarda joylashgan hollarda ular
tashqi  muhitga  axlat,  siydik  yoki  qusuq  massalari  orqali  ajralib
chiqadi. Yangi organizmga esa, og‘iz orqali tushadi. Shu sababli
kasallik qo‘zg‘atuvchisi ichaklarda joylashgan hollarda kasallikning
yuqish mexanizmi fekal-oral mexanizm, deb nom oladi. Kasal-
lanish parazitni yutib yuborish yo‘li bilan paydo bo‘ladi;
b)  kasallik  qo‘zg‘atuvchilarining  nafas  yo‘llari  shilliq  qavat-
larida  maxsus  joylashishi  qo‘zg‘atuvchilarning  tashqi  muhitga
chiqarilayotgan havo orqali aerozol holida tarqalishini ta’minlaydi.
Kasallik chaqiruvchilar yangi organizmga havo orqali tushadi. Bu
holda yuqish mexanizmini havo-tomchi orqali yuqish, deb ataladi,
yuqish akti nafas olish bilan birga boradi;
d) kasallik qo‘zg‘atuvchilari qonda joylashgan hollarda ular-
ning  tabiiy  yuqish  mexanizmi  ham  so‘ruvchi  bo‘g‘imoyoqlilar
chaqqanda ro‘y beradi. Bu mexanizm transmissiv mexanizm, deb
nomlanadi.  Kasallik  chaqiruvchilar  yangi  organizmga  bo‘g‘im-
oyoqlilar chaqqan paytda inokulatsiya yo‘li bilan o‘tadi;
e) kasallik chaqiruvchilari tashqi teri qoplamlarida va tashqi
muhit  bilan  bog‘lanuvchi  shilliq  qavatlarda  (hazm  qilish  siste-
masidan tashqari) joylashganda yuqish mexanizmi muloqot (kon-
takt)  mexanizmi,  deb  ataladi.
1.5.1. EPIDEMIK JARAYONNING RIVOJLANISH MEXANIZMI
Infeksiyani  uzatish  mexanizmi.  Bakteriyalar  kashf  etilgunga
qadar,  barcha  yuqumli  kasalliklar  kelib  chiqish  sabablari,  sha-
roitlari va rivojlanish mexanizmiga ko‘ra uch guruhga: kontagioz,
miazmatik  va  kontagioz-miazmatik  guruhlarga  bo‘lingan  edi.
Shunday guruhlarga bo‘lishga mos ravishda kontagioz kasalliklar
yuqish mexanizmi sog‘ odamning kasal bilan muloqoti (kontakt)
orqali, miazmatik guruhdagi kasalliklar esa, sog‘lom odam orga-
nizmiga «fazoviy» yoki «tellururgik» kelib chiqadigan «miazmalar»
tushishi  natijasida  tarqaladi,  degan  tushunchalar  bo‘lgan.  Kon-
tagioz-miazmatik guruhdagi kasalliklarning tarqalish yo‘llari, bel-
gilari uchraydi, deb faraz qilingan.


104
Bakteriyalar  ochilishining  dastlabki  davrlarida  yuqumli  ka-
sallik  faqat  kasal  kishi  bilan  muloqot  (kontakt)da  bo‘lganda
yuqadi, degan noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ldi. Bu esa, epide-
miologiya fani rivojlanishini bir qadam orqaga surib qo‘ydi. Faqat
XX asrning ikkinchi choragiga kelib, rossiyalik olimlar L. V. Gro-
mashevskiy va Y. N. Pavlovskiylar epidemik jarayonning rivojla-
nish  mexanizmi  to‘g‘risidagi  nazariy  bilimlarni  umumlashtirib,
yuqumli kasalliklarning yuqish mexanizmini ochib berishdi.
Havo-tomchi  orqali  yuqish  mexanizmida  yuqumli  kasallik-
larning yuqishi uchun havo-tomchi yo‘li universal omil hisobla-
nadi. Òransmissiv yuqish mexanizmida kasallik qo‘zg‘atuvchilari
kasallangan  (zararlangan)  organizmdan  sog‘lom  organizmga
bo‘g‘imoyoqlilar sinfiga kiruvchi qon so‘ruvchilar ishtirokida yuqadi
(8-jadval). Kontakt (muloqot) yuqish mexanizmida kasallik cha-
qiruvchilari  bir  organizmdan  ikkinchisiga,  ba’zi  hollarda  tashqi
muhit  elementlari  ishtirokida  (jinsiy  aloqa  paytida,  hayvonlar
tishlaganda) o‘tadi. Ba’zi hollarda esa, kiyim, bosh kiyimi, ko‘rpa-
to‘shak,  ifloslangan  qo‘l,  umumiy  vanna,  yuvinish  uchun  ish-
latiladigan tog‘ora, jarrohlik asboblari va boshqa o‘tkir asboblar
yuqish omillari sifatida xizmat qiladi. Umumiy ovqatlanish sohasi
xodimlari, kasalga chalingan kishilar qo‘llarining iflosligi.
8-jadval
Yuqish mexanizmi bilan kasallik qo‘zg‘atuvchilari organizmda asosiy
joylashishining mos kelish qonuniyatlari
i
y
o
j
n
a
g
h
s
a
l
y
o
J
i
r
a
ll
‘
o
y
s
a
f
a
N
it
a
v
a
q
q
il
li
h
s
r
a
l
k
a
h
c
I
n
o
Q
i
r
e
t
i
q
h
s
a
T
i
r
a
l
m
a
l
p
o
q
-
a
x
e
m
h
s
i
q
u
Y
i
r
a
l
r
u
t
i
m
z
i
n
i
h
c
m
o
t
-
o
v
a
H
l
a
r
o
-
l
a
k
e
F
v
i
s
s
i
m
s
n
a
r
T
t
k
a
t
n
o
K
)
t
o
q
o
l
u
m
(
h
s
i
q
u
y
s
u
s
x
a
M
i
r
a
ll
i
m
o
o
v
a
H
-
q
i
z
o
,
v
u
S
-
p
u
t
,t
a
q
v
o
-
h
s
a
p
,
q
o
r

o
q
,
r
a
l
a
h
s
i
h
c
v
u
r
‘
o
s
n
o
Q
-
m

g
‘
o
b
r
a
li
l
q
o
y
o
r
o
‘
g
z
‘
o
r
-
y
U
i
r
a
l
m
u
y
u
b
Yuqish  mexanizmi  to‘g‘risidagi  ta’limotning  rivojlanishi.
Epidemiologiya fanining rivojlanishi bilan yuqish mexanizmi
to‘g‘risidagi tasavvurlar ham aniqlana bordi. Keyingi yillarda
ba’zi  bir  kasallik  chaqiruvchilarining  rivojlanayotgan  homila
hujayralarida joylashishi aniqlandi. Bu yana bir yuqish mexa-
nizmini aniqlashga olib keldi.


105
9-jadval
Antroponoz kasallik chaqiruvchilarining fekal-oral
yuqish mexanizmi
i
h
c
n
i
r
i
B
h
c
i
q
s
o
b
h
c
i
q
s
o
b
i
h
c
n
i
k
k
I
h
s
it
‘
O
i
h
c
i
q
s
o
b
h
s
i
q
u
Y
it
k
e
y
b
o
i
h
c
m
a
l
r
i
B
r
a
ll
i
m
o
q
il
a
r
O
r
a
ll
i
m
o
-
v
o
l
n
u
k
a
Y
r
a
ll
i
m
o
i
h
c
-
a
z
il
a
n
a
K
n
a
g
a
m
n
a
l
u
a
g
a
y
i
s
t
a
n
o
x
t
a
j
o
h
,
r
a
l
a
h
s
h
s
a
P
q
o
r
p
u
t
-
q
i
z
O
v
o
,t
a
q
,t
o
v
a
z
b
a
s
v
u
s
-
a
k
e
f
e
D
t
,
a
y
i
s
h
s
i
s
u
q
a
g
a
y
i
s
t
a
z
il
a
n
a
K
n
a
l
u
n
a
g
a
m
r
a
ll
‘
o
k
,
a
n
o
x
t
a
j
o
h
-
a
z
il
a
n
a
K
-

o
k
,
a
y
i
s
t
v
u
s
,
r
a
l
t
a
q
v
o
-
q
i
z
O
y
i
h
s
i
a
M
r
a
l
m
u
y
u
b
r
a
ll
‘
o
Q
-
v
o
-
q
i
z
O
,
r
a
ll
‘
o
q
,t
a
q
-
u
b
y
i
h
s
i
a
m
r
a
l
m
u
y
Ba’zi  turdagi  mikroorganizmlar  o‘z  xo‘jayini  organizmi-
ning bir necha organ va sistemalarida joylashishining epidemio-
logik ahamiyati aniqlandi. Lekin bunday hollarda kasallik qo‘z-
g‘atuvchilarining  tur  sifatida  saqlanib  qolishi  asosiy  joylashishi
bilan bog‘liq bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchilarning boshqa joylarda joy-
lashishlari qo‘shimcha joylashish joyi, deb yuritiladi.
Yuqish  mexanizmi  to‘g‘risidagi  ta’limot  kasallik  qo‘zg‘atuv-
chilarining asosiy yashash muhitiga qarab, aniq  ajratilmagan pay-
tida ishlab chiqilgan edi. Shuning uchun zoonoz kasalliklar cha-
qiruvchilarining  yuqish  mexanizmi  odam  organizmida  joylashi-
shiga qarab o‘rganilgan.
Bu kasallik manbayi bilan kasallikka moyil organizm o‘rtasida
bilvosita va bevosita  muloqot paytida amalga oshadi. Bir avlod o‘rtasida
gorizontal  yuqish  mexanizmidan  tashqari,  yuqumli  agentning
onadan bolaga homila davrida o‘tish mexanizmi mavjud bo‘lib, bu
mexanizm vertikal yuqish mexanizmi, deb ataladi.
Zooantroponoz  kasallik  qo‘zg‘atuvchilarining  yuqish  mexa-
nizmini ko‘rib chiqish uchun ularni ikki tabaqaga bo‘lish lozim:
1) hayvonot dunyosi ichida tabiiy yuqish mexanizmini ta’min-
lovchi va shu bilan epizootik jarayonning  uzluksizligini, parazit-
ning tabiatda saqlanib qolishini ta’minlaydigan;


106
10-jadval
Antroponoz kasallik qo‘zg‘atuvchilarining aerozol
yuqish mexanizmi
h
s
it
‘
O
i
r
a
l
h
c
i
q
s
o
b
h
s
i
q
u
Y
i
r
a
lt
i
o
r
a
h
s
1
2
3
i
h
c
v
u
h
s
a
t
k
il
l
a
s
a
k
i
k
o
y
r
o
m
e
B
a
d
n
a
g
r
u
t
a
d
a
f
o
s
a
m
n
i
q
a
y
n
a
li
b
,
h
s
il
o
s
a
f
a
N
h
s
i
h
s
a
l
p
a
g
i
h
c
m
a
l
r
i
B
i
h
c
m
o
t
(
l
o
z
o
r
e
a
)
i
s
a
z
a
f
s
a
f
a
N
h
s
il
o
,
h
s
i
r
i
s
k
A
l
a

o
y
g
n
i
n
l
o
z
o
r
e
A
o
r
d
a
y
i
h
c
m
o
t
i
s
a
z
a
f
s
a
f
a
N
h
s
il
o
i
h
c
v
u
h
s
a
t
k
il
l
a
s
a
k
i
k
o
y
r
o
m
e
B
.
1
h
s
i
r
it
q
u
y
a
d
y
o
j
n
a
g

o
b
i
h
c
v
u
h
s
a
t
k
il
l
a
s
a
k
i
k
o
y
r
o
m
e
B
.
2
h
s
i
n
a
l
r
a
r
a
z
n
i
y
e
k
n
a
d
n
a
g
t
e
k
a
d
i
r
a
l
a
n
o
x
a
q
h
s
o
b
g
n
i
n
o
n
i
B
.
3
h
s
i
n
a
l
r
a
r
a
z
b
i
r
it
‘
o
i
h
c
m
a
li
k
k
I
g
n
a
h
c
(
l
o
z
o
r
e
a
)
i
s
a
z
a
f
s
a
f
a
N
h
s
il
o
h
s
il
‘
o
b
li
s
o
h
l
o
z
o
r
e
a
il
g
n
a
h
C
h
s
i
n
a
l
r
a
r
a
z
a
d
i
h
c
i
q
s
o
b
2) odamlar uchun xos bir yoki bir necha mexanizm yordamida
hayvonlar  kasalliklarini  chaqiruvchilar  kasallikka  moyil  bo‘lgan
odam organizmiga tushib, uning kasallanishiga olib keladi. Kasallik
chaqiruvchilarining tur saqlanib qolishi nuqtayi nazaridan, bu —
organizm «boshi berk ko‘cha» sifatida bo‘ladi.
Hayvonlar dunyosida kasallik qo‘zg‘atuvchilar, asosan, fekal-
oral, transmissiv va vertikal mexanizmlar orqali yuqadi. Kasallik
eng ko‘p fekal-oral mexanizm, kamroq hollarda esa, transmissiv
va kontakt yo‘l bilan yuqadi.
Kasallik  qo‘zg‘atuvchilari  bir  organizmdan  ikkinchi  orga-
nizmga yuqish omillari yordamida o‘tadi. Kasallik chaqiruvchila-
rining kasallik manbayidan moyilligi bo‘lgan organizmga o‘tishini
ta’minlovchi tashqi muhit elementlari yuqish omillari, deb ataladi.
Bunday  omillardan  bir  nechasining  yig‘indisi  yuqish  yo‘llarini
tashkil qiladi.
Òashqi muhitning qator elementlari tabiatda tirik mavjudotlar
va  odamlar  jamiyatidagi  o‘zaro  munosabatlar  jarayonida  ko‘-
pincha  epidemik  jarayonning  rivojlanishida  ishtirok  eta  borib,


107
muayyan  kasalliklar  uchun  maxsus  omillar  bo‘lib  qoldi.  Òurli
yuqish mexanizmlari uchun tiðik bo‘lgan yuqish omillarini ko‘rib
chiqamiz.
Ichak yuqumli kasalliklaridagi fekal-oral yuqish  mexanizmida
eng ko‘p ishtirok etadigan omillar:
• suv (quduq, ko‘l, ariq, daryo, ichimlik suvi, oqava va boshqa
suvlar);
• oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda oqsil, uglevodli,
suyuq va yarim suyuq mahsulotlar (sut, go‘shtli yoki baliqli ta-
omlar,  kremli  tortlar,  kotletlar,  go‘shtli  qiymalar),  sabzavotlar,
mevalar,  non;
• tuproq;
• ifloslangan qo‘l;
• pashshalar;
• turli  xil  uy-ro‘zg‘or  buyumlari.
Havo-tomchi  orqali  yuqish  mexanizmida  yuqumli  kasallik-
larning  yuqishi  uchun  havo-tomchi  yo‘li  universal  omil  hisob-
lanadi.
Yuqumli kasalliklarning aholi guruhlari o‘rtasida tarqalishi. Har
bir alohida kasallik turi ma’lum hududda aholining turli guruhlari
orasida bir xil tarqalmaydi. Masalan, Òoshkent shahrida A virusli
gepatit kasalligi bilan 1989—1990-yillarda, asosan, yasli yoshidagi
bolalar  kasallangan.
Shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi kasallanish darajasi ham
turlicha bo‘ladi. Kasallanish ko‘rsatkichlaridagi farq turli kasb-
dagi kishilar o‘rtasida bo‘lib, asosan, jamoalarning uyushgan va
uyushmaganligiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqumli kasalliklar tarqali-
shiga kommunal xo‘jalik va sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda
boshqa omillar ta’sir qiladi. Aholining turli guruhlari orasida ka-
sallik ko‘rsatkichlarining har xil bo‘lishi har bir guruhga tegishli
odamlar  turli  darajada  kasallik  yuqtirish  xavfi  ostida  bo‘lishi  va
odamlar orasida kasallikka moyillikning turlicha bo‘lishi bilan
ham tushuntiriladi. Masalan, qizilcha bilan, asosan, bolalarning
kasallanishi  infeksion-immunologik  munosabatlar  bilan  izohla-
nadi.  Faolligi  yuqori  bo‘lgan  aerozol  yuqish  mexanizmi  odam-
larning bolaligida qizilcha bilan kasallanishiga sabab bo‘ladi. Ka-
sallikni  boshidan  kechirgandan  so‘ng  qoladigan  immunitet  tu-
fayli katta yoshdagi odamlar bolalar bilan birga kasallik yuqtirishsa
ham,  ular  kasallanmaydi.  Dizenteriya  kasalligida  bolalarning


108
kasallik yuqtirish xavfi yuqori bo‘ladi. Chunki katta yoshdagi ki-
shilarga kasallik faqat fekal-oral mexanizmi orqali yuqsa, bola-
larga esa, yaqin  muloqotda ham yuqadi.
Yuqumli kasalliklarning turli guruhga tegishli aholi o‘rtasida
turlicha  tarqalishini  tushuntirishda  ma’lum  kasallikda  epidemik
jarayonning  biologik  rivojlanishini  va  aholi  guruhi  ahvolini  ifo-
dalovchi shart-sharoitlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
fekal-oral
aerozol
transmissiv
muloqot
vertikal
obligat-
transmissiv
fakultativ- transmissiv
notransmissiv
sapronozlar
Antroponozlar
Zoonozlar
Sapronozlar
2-chizma.  Yuqumli  (parazitar)  kasalliklar  qo‘zg‘atuvchilarining
filogenetik va ekologik yaqinliklari tasnifi.

Infestatsiyalar
Gelmintozlar
Protozoolar
Mikozlar
Spiroxetozlar
Bakteriozlar
Rikketsiozlar
Virusli  infeksiyalar
Mikoplazmalar


109
Ba’zi  yuqumli  kasalliklarda  epidemik  jarayonning  biologik
rivojlanishidagi farq tufayli aynan bir guruhga tegishli aholi boshqa
guruhdagi aholiga nisbatan ko‘proq kasallanishi mumkin.
Yuqumli  kasalliklarning  vaqt  bo‘yicha  taqsimlanishi.  Yillar
mobaynida kasallanishning yillik miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifoda-
lanishi  kasallanishning  ko‘p  yillik  o‘zgarishi  deyiladi.  Epidemik
jarayonning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  —  kasallanishning
vaqt bo‘yicha turlicha taqsimlanishi. Kasallanishning vaqt bo‘yicha
turli xil taqsimlanishi profilaktikasi uchun samarali tadbirlar o‘tka-
zilmaydigan kasalliklarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Kasallanishning ko‘p yillik o‘zgarishi uchun  epidemik an’ana,
davriylik (sikl) va epidemik  ko‘tarilish va tushish xosdir.
Epidemik  an’ana.  Kasallanishning  ko‘p  yillik  o‘zgarishida
epidemik jarayon jadalligi o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalish epidemik
an’ana, deb ataladi. U kasallanishning o‘sishi, kamayishi va mo‘-
tadil (barqaror) bir darajada turishini ko‘rsatadi. Epidemik an’ana-
ning  uch  ko‘rinishi  epidemik  jarayonni  boshqaradigan  rivojla-
nish sharoitini epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish bilan bog‘liq
holda namoyon qiladi.
Kasallanishning  davriyligi.  Epidemik  jarayonning  ko‘p  yillik
o‘zgarishida doimiy ravishda ma’lum oraliq bilan epidemik ja-
rayon  davriyligining  qaytarilib  turishi  kasallanishning  davriyligi,
deb ataladi. U yoki bu turdagi yuqumli kasalliklarning eng ko‘p
tarqalgan yillari keyingi kasallik kam uchragan yillar bilan alma-
shinib turadi va bu davr qayta boshlanadi. Davriylik barcha yuqumli
kasalliklarga xos xususiyatdir.
Davriylikning  o‘sish  va  kamayish  davrlari  turli  kasalliklarda
turlichadir. Kasallanishning o‘sishi va kamayishi orasidagi yillar
2—5 yildan 5—15 yilgacha va bundan ko‘p muddatlarga to‘g‘ri
keladi.  Epidemik  jarayon  kechishining  davriyligi  havo-tomchi
mexanizmi  bilan  yuqadigan  antroponoz  kasalliklarda  yaqqol
ko‘rinadi.  Bu  hol  infeksionimmunologik  munosabatlar  tufayli
yuzaga keladi.
Kasallanish yuqori darajada bo‘lganida aholi o‘rtasida immu-
niteti  bo‘lgan qatlam yuzaga keladi. Bu immunitet kasallanishning
kamayishiga  olib  keladi.  Yangi  tug‘ilib  voyaga  yetgan  avlodda
immunitet  bo‘lmaganligi  sababli  kasallanish  ko‘paya  boshlaydi.
Lekin kasallanishning davriyligini faqat shu omillar bilan tushun-


110
tirish kifoya qilmaydi. Epidemiologik davriylikni parazitar tizim-
ning o‘z-o‘zini boshqarishi to‘g‘risidagi nazariya aniqroq qilib tu-
shuntirib bera oladi.
Kasallanishning  mavsumiyligi.  Yilning  ma’lum  bir  davrida
kasallanishning  doimiy  ravishda  ko‘tarilib  turishi  yoki  paydo
bo‘lishi mavsumiy kasallanish, deb ataladi. Kasallanishning mav-
sumiyligini tushuntirib berish uchun bir necha taxminlar taklif
qilingan.  Unga  ko‘ra,  mavsumiylikka  kasallik  chaqiruvchilari
virulentligining  mavsumiy oshib turishi, boshqa taxminga ko‘ra
esa,  odamlar  organizmi  rezistentligining  mavsumiy  pasayishi
bilan tushuntiriladi. Uchinchi xil taxminga ko‘ra, kasallanish dara-
jasining  yil  davomida  o‘zgarishi  yuqish  mexanizmining  faolla-
shishi bilan izohlanadi.
Kasallik  qo‘zg‘atuvchilari  yuqish  mexanizmining  faollashishi
epidemik jarayon tabiatidan kelib chiqadi. Bu xususiyat, ayniqsa,
chivinlar, kanalar, iskabtoparlar orqali yuqadigan transmissiv ka-
salliklarda yaqqol ko‘rinadi: kasallanish mavsum turidagi kasallik
tashuvchilarning faolligi oshishi bilan ko‘payadi.
Fekal-oral yuqish mexanizmi ichak kasalliklari uchun yozgi,
havo-tomchi  mexanizmi  bilan  yuqadigan  aerozol  kasalliklar
uchun qishki mavsumiylik xosdir. Bu xil yuqish mexanizmli turli
xil yuqumli kasalliklar mavsumiyligi har xil bo‘ladi. Agar bir xil
yuqish mexanizmli kasalliklar uchun bir xil umumiy mavsumiy
omil  ta’sir  qiladigan  bo‘lsa,  bu  kasalliklar  mavsumiyligining
har  xil  bo‘lishi  kasallikning  yashirin  davri,  yaqqol  namoyon
belgilar  bilan  kechadigan  turlari  nisbati,  kasalliklarning  kasallik
qo‘zg‘atuvchilarini tashqi muhitga chiqarish davri kabi sharoitlarga
bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘pincha  mavsum  davrida  kasallik  qo‘zg‘atuvchilarining
yuqish mexanizmi faollashishi mikroorganizmlar virulentligining
oshishi va aholining immunologik tuzilishidagi o‘zgarish bilan mos
ravishda amalga oshadi. Bu hol aerozol yuqish mexanizmli kasal-
liklar  uchun  xosdir.  Uzoq  davrgacha  bu  xildagi  kasalliklarning
yilning  sovuq  davrida  mavsumiy  ko‘payishi  shamollash  tufayli
organizm reaktivligining pasayishi bilan bog‘lab kelindi. Keyin-
chalik bu mavsumiy kasallik odamlarning yopiq binolarda uzoq
vaqt birga bo‘lishi va kasallikning yuqishi hamda yuqish mexa-
nizmining  faollashishi  bilan  tushuntirildi.  Bu  masala  yanada


111
chuqurroq  o‘rganilganda,  odamlarning  «aralashib  ketish»  omi-
lining ahamiyati borligi aniqlandi.
Kasallikka chalingan va unga moyil bo‘lgan odamlarning ara-
lashib ketishida kasallik chaqiruvchilari faqat bir kishidan ikkinchi
kishiga o‘tib qolmay, balki uning virulentligi ham oshadi. Bu esa,
kasallikning (manifest) belgili shakli ko‘payishiga va yuqish mexa-
nizmi faollashishiga olib keladi.
Shunday  qilib,  yuqumli  kasalliklar  mavsumiyligi  yilning
ma’lum bir davrida doimiy ravishda qaytarilib turuvchi ijtimoiy va
tabiiy  hodisalarning  yuqish  mexanizmini  faollashtiruvchi  ta’siri
natijasidir. Ko‘pincha kasallikning yuqish mexanizmi faollashishi
kasallik qo‘zg‘atuvchilarining virulentligi oshishi va organizmning
kasallikka moyilligi o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
U yoki bu turdagi yuqumli kasallik yilning ma’lum davrida
epidemik ravishda ko‘tarilib turishi odamlar kasallanishi uchun
yetarli sharoit yaratuvchi ijtimoiy va tabiiy-biologik shart-sha-
roitlardan hisoblanadi. Masalan, kanalizatsiyaning buzilishi va
ichimlik suviga qo‘shilib ketishi, oziq-ovqat tayyorlash bilan bog‘-
liq  bo‘lgan  ishlarga  ichburug‘  kasalligi  tashuvchisining  tushib
qolishi va boshqalar bunga misol bo‘la oladi.
6-rasm. Ichak solityorining tarqalishi:
1 — sigir; 2 — oraliq xo‘jayin; 3 — solityor; 4 — odam.
1
2
3
4


112
1. Emlash vositalarini organizmga kiritish usullarini bayon eting.
2. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya nima?
3. Sterilizatsiya nima?
4. Immunitet deb nimaga aytiladi?
5. Sanitariya maorifi ishlari qaysi usullarda olib boriladi?
6. Aholini epidemiyadan himoya qilishning tashkiliy tuzilmasi nimalardan
iborat?
7. L.V. Gromashevskiy yuqumli kasalliklarni necha guruhga bo‘ladi?
8. Infeksion kasallik deb nimaga aytiladi?
9. Parazitizm qonuniyatlari nimalardan iborat?
10. Yuqumli kasalliklarning yuqish mexanizmlari necha davrni o‘z ichiga
oladi?
?
NAZORAT SAVOLLARI


113
II bo‘lim
XUSUSIY
EPIDEMIOLOGIYA


114
2-bob.  ICHAK  INFEKSIYALARIGA  QARSHI
EPIDEMIOLOGIK  CHORA-TADBIRLAR
2.1. Ich terlama
Ich  terlama va paratif A, B ichak infeksiyalari guruhiga kirib,
ularning  chaqiruvchilari  salmonellar  turiga,  ichak  bakteriyalari
oilasiga mansubdir.
Òarqalishi. Ich  terlama va paratiflar qadimiy kasalliklar bo‘l-
sa-da, ularning tarqalishi XIX asrda ma’lum bo‘lgan. Bu davrga
kelib, klinik shifokorlar ich terlama bilan boshqa isitmali kasal-
liklarning farqiga yetadigan bo‘lib qolishdi.
Parazitlarni  chaqiruvchilari  to‘g‘risidagi  aniq  ma’lumotlar
XX asrda ma’lum bo‘ldi. XIX asrda ich terlama kasalligi avj olib
rivojlana  boshladi.  Buning  asosiy  sababi — shaharlarda  mar-
kazlashtirilgan suv shoxobchalari, kanalizatsiya yo‘qligi, sanitariya-
gigiyenik sharoitning yomonligi edi. Ko‘pgina shaharlarda ich ter-
lama oddiy hol bo‘lib qoldi. Ich terlamaning katta epidemiyalari
XIX—XX asr  ikkinchi yarmida urush olib borayotgan davlatlarda
kuzatildi. Masalan, qo‘shni Òojikistonda 1996—1997-yillar da-
vomida minglab ich terlama bilan kasallanganlar ro‘yxatga olinib,
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar belgilandi.
O‘lim ko‘rsatkichi. O‘tgan 100 yillikda ich terlama kasalligidan
o‘lganlar (epidemiya vaqtida) 25—30 % ni tashkil qildi. Bu ko‘r-
satkich  o‘tgan  asrning  30-yillariga  kelib  10  %  ni  tashkil  qildi.
Hozirgi kunda, ya’ni antibiotiklarni ishlatish davrida, bu ko‘rsat-
kichlar keskin kamayib ketdi. O‘zbekistonda ham ushbu kasallik-
lar uchrab, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyat-
larida ko‘proq ro‘yxatga olingan, lekin o‘lganlar qayd qilinmagan.
Yevropa  va  Amerika  davlatlaridagi  har  100000  aholiga
0,1—0,7 % o‘lim ko‘rsatkichi to‘g‘ri keladi.
Epidemiologiyasi. Salmonella guruhi harakatchan, grammanfiy
bakteriyalar  bo‘lib,  uzunligi  1  mkm.dan  3  mkm.ga  yetadi,  eni
0,5 mkm.dan 0,06 mkm. gacha. Morfologiyasi bo‘yicha bir-biri-
dan farq qilmaydigan mikroorganizmlardir. Ich terlama kasalligi


115
chaqiruvchisi tashqi muhit sharoitlariga chidamli hisoblanadi va
odam organizmidan tashqarida ham uzoq muddatda o‘z hayotini
davom  ettiradi.  Muzlatganda  bir  necha  oylab  yashaydi,  25°C
haroratda 2 soat yashaydi. Axlatda 5 kundan 30 kungacha, chi-
qindi  o‘ralarida  30  kundan  50  kungacha,  choyshabda  2  hafta-
gacha,  jun  matolarda  80  kungacha,  pol  tirqishlarida  bir  necha
oylab yashaydi. Òurib qolgan suvlarda yarim yilgacha, qaynatilib
sovitilgan suvlarda bir yilgacha, quvur suvlarida uch oygacha ha-
yot kechiradi. Eng yaxshi yashash muhiti oziq-ovqat mahsulotlari
hisoblanadi. 18°C da rivojlanish xususiyatiga ega.
Kasallik  manbalari.  Ich  terlama  manbalari  kasal,  rekonva-
lessentlar va surunkali bakteriya tashuvchilari hisoblanadi. Ka-
sallik chaqiruvchilari organizmlarning axlat, siydik, qusuq hamda
emizuvchi ayollarning  suti orqali tashqi muhitga tushadi. Ich terlama
tayoqchalari kasalligi 1—2—3-haftalari 50—76 % gacha axlat orqali
chiqadi. Siydikdan kech muddatlarda 30 % kasallardan chiqadi.
Eng asosiy manba — surunkali bakteriya tashuvchi hisoblanadi.
O‘tish yo‘llari va omillari. O‘tish yo‘llari xilma-xil bo‘lib, suv,
oziq-ovqat mahsulotlari, qo‘l, idish-tovoqlar, bemor axlati va chi-
qindilari bilan ifloslangan narsalar orqali o‘tadi.
Epidemiologik  xususiyatlari
1. Yosh tanlashi. Bir necha o‘n yillar ilgari ich terlama bilan
yoshlar kasallanardi. Masalan, XIX asrning oxirida Peterburgda
71,6  %  ni  15—19  yoshdagilar  tashkil  qildi.  O‘lganlardan  1,81
marta ko‘p erkaklar o‘limini tashkil etdi. Hozirgi kunda ham yosh
bolalarning kasallanishi ro‘yxatga olinmoqda.
Klinikasi. Yashirin davri 7 kundan 25 kungacha, aksari 14 kun
davom etadi. Kasallik kechishi davomida quyidagi davrlarni o‘z
ichiga oladi:
A. Prodromal davr, ya’ni birlamchi belgilar paydo bo‘lish davri.
B. Kasallik belgilarining rivojlanish davri.
D. Kasallik belgilarining  avj olish  davri.
E. Kasallik  belgilarining so‘nish davri.
F. Kasallikdan sog‘ayish davri.
Har  bir  davrning  o‘ziga  xos  xususiyati  bo‘lib,  kasallikning
klinik kechishini izohlab beradi.
Profilaktikasi:
• sanitariya-gigiyenik tadbirlar;
• suv  ta’minoti  —  suv  quvurlarini  kengaytirish;


116
• oziq-ovqat korxonalarida sanitariya madaniyatini oshirish;
• oziq-ovqat sifatini yaxshilash;
• sanitariya maorifi ishlarini tashkil qilish.
2. Epidemiyaga qarshi kurash:
• kasallik manbayini zararsizlantirish, erta aniqlash, tezlik bi-
lan ajratish, isitmalaganlarni tibbiy nazorat ostiga olish;
• kasallik o‘chog‘ida joriy va yakuniy dezinfeksiya o‘tkazish;
• kasallanib o‘tganlarni dispanser kuzatuviga olish (tibbiy na-
zorat — laboratoriya  tekshiruvi 3 oy davomida o‘tkaziladi).
Epidemiologik nazorat epidemik jarayon va kasallikning yuqish,
tarqalish  shart-sharoitlarini  baholash  uchun  kerakli  epidemio-
logik axborotni yig‘ish va tahlil qilish kabi maxsus chora-tadbir-
larga asoslanadi hamda shu kasalliklar tarqalishining oldini olish
va ularga qarshi kurash maqsadida kerakli tadbirlarni belgilaydi.
Shuning uchun ham epidemiologik nazoratni to‘g‘ri va to‘liq
tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Ich terlama va paratif kabi kasalliklarga qarshi epidemiologik
nazoratning asosiy maqsadi kasallik ko‘rsatkichlari pasayishi, epi-
demiya tarqalishining oldini olish hisoblanadi.
Bunda, avvalo, quyidagi shart-sharoitlarga e’tibor berish kerak:
• retrospektiv tahlillar asosida umumiy qabul qilingan usullar
bilan bir  qatorda  tashxis  uchun  suvdan  zaharlanish  xavfi,  mav-
sumiy omillar va  ularga nisbatan  aholining taqsimlanganligi hisobga
olinadi  (texnik  suv  o‘tkazgich  korxonasi  ishchilari,  miroblar,
daryoda yog‘och oqizadiganlar, o‘rmon kesadigan zavod ishchilari,
baliqchilar, ovchilar va boshq.). Bunda boshqa omillar ham (oziq-
ovqat  mahsulotlari,  pashsha  omili  va  boshq.)  e’tiborga  olinishi
kerak. Retrospektiv tahlil asosida xavfli guruhlarni aniqlash uchun
nazorat,  immunologik  tekshirishlar  o‘tkaziladi;
• kasallikning o‘tkir epidemik tarqalishi sodir bo‘ladigan yoki
aniqlangan  kasallik  salmog‘ining  muqarrar  o‘sishida  uni  har  xil
omillar bilan tarqatishdagi zaharlanish (intoksikatsiya) ehtimolini
baholash kerak. Bu o‘rinda har bir omilning ta’sir qilish darajasi
ham (masalan, cho‘milayotganlar, daryo suvini ichganlar, oziq-
ovqat mahsulotlari va taom iste’mol qilganlar foizi kasallanganlar
orasida hamda nazoratda bo‘lgan kasallanmaganlar guruhi orasida)
o‘rganiladi.  Agar  yuqorida  ko‘rsatilgan  omillar  bilan  bog‘liqlik
bo‘lsa, bakteriya tashuvchilar aniqlanadi;
• bemor va bakteriya tashuvchilardan olingan fagotið manza-
rasini aniqlash.


117
Bu o‘rinda shuni hisobga
olish kerakki, epidemik tar-
qalish vaqtida kasallangan-
lar  organizmidan  qo‘zg‘a-
tuvchining  turli  tiðdagi  fa-
govarlari ajralib chiqishi suv
omilining bog‘liqligidan da-
lolat  beradi. Barcha  tekshi-
rilayotgan  bemorlarda  bir
turdagi  qo‘zg‘atuvchi  fago-
varining  aniqlanishi  kasal-
likning  oziq-ovqat  mahsu-
lotlari  omili  bilan  bog‘liq-
ligini  ko‘rsatib  (zaharlanish
bitta bakteriya tashuvchi or-
qali  sodir  bo‘lgan),  tashxis  jihatidan  ahamiyat  kasb  etmaydi.
Sporagik  hollarda  fagotiðlarning  doimiy  ravishda  aniqlanishi,
yetakchi shtammlarning aylanib yurishi tashqaridan hududga qo‘z-
g‘atuvchilarning kirishini aniqlab beradi.
Keyingi yillarda amaliyotda keng qo‘llanilib kelingan bakteriya
tashuvchilarni aniqlash va hisobga olish, hozir faqat epidemiologik
ko‘rsatmalar asosida (kasallanish hollari yuqori bo‘lgan joylardagi
kasallikni boshidan kechirgan shaxslar uchun) olib borilishi mum-
kin. Ammo bu chora katta mehnatni talab etib, bakteriya tashuv-
chilik  kasallikning  yengil,  deyarli  tashxis  qo‘yilmaydigan  ko‘ri-
nishlaridan keyin shakllanishi sababli amaliy jihatdan murakkabdir.
Shuning  uchun  ham  oziq-ovqat  korxonalari  va  ularga  teng-
lashtirilgan  korxonalarga  ishga  kiruvchi  shaxslar  biologik  tek-
shirishlardan o‘tishadi. Bu ishlarning yakuni sifatida aholi orasida
bakteriya tashuvchilik darajasi haqida fikr yuritish mumkin.
Òashxisi kasallikning klinik manzarasiga, epidemiologik anam-
nez ma’lumotlariga va laboratoriya tekshiruvlari natijalariga asos-
lanadi. Bakteriologik tekshiruv laboratoriya diagnostikasining aso-
siy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Laboratoriyaga qon, najas, siydik,
safro  (duodenal  suyuqlik)  jo‘natiladi.
Qonni  ekish  —  gemokultura  usuli  diagnostikaning  eng  erta,
tez  va  aniq  usuli  bo‘lib  hisoblanadi.  Buning  uchun  sterillangan
shpris yordamida bilak venasidan 10—20 ml qon olinib, bemor
yotgan o‘rinda Rappoport muhitidagi flakonga yoki 1:10 nisbat-
dagi 10—20 % li o‘t (safro) bulyoniga ekiladi. Muhiti bor flakon
7-rasm. Ichak kasalliklarining tarqalish
chizmasi.


118
37°C li termostatga joylashtirilib, Endo va Ploskirevlarning qattiq
muhitlariga olib, 1, 2 va 7 kundan keyin qayta ekiladi. Qon ekib
ko‘rishning  ijobiy  natijalari  kasallikning  birinchi  kunlari,  anti-
biotiklar berib davolashdan oldin olinadi.
Erta tashxis qo‘yishda RIF qo‘llaniladi, qonda qo‘zg‘atuvchilarni
ekib  bo‘lingandan  keyin  1—1,5  soat  o‘tgach,  qo‘zg‘atuvchilarni
aniqlashga imkon beradi, lekin mikroorganizmlarni klassik gemo-
kultura usuli bilan ajratib, tashxisni tasdiqlashni istisno qilmaydi.
Najas va siydikni ekib ko‘rish cheklangan diagnostik ahamiyatga
ega,  chunki  ijobiy  natijalar  ko‘pincha  xastalikning  2-haftasidan
olinadi. Ekib ko‘rish kasallikning birinchi kunidan boshlanadi. Najas
olish  uchun  dezinfeksiyalangan  tuvak  issiq  suv  bilan  chayiladi,
3—5 g najas 30 % li glitserin aralashmasi solingan probirkaga oli-
nib, laboratoriyaga jo‘natiladi. U yerda differensiyalovchi muhitlarga
(Endo, Ploskirev va boshq.) va yana birorta boyitilgan muhitga ekiladi.
Siydikni sterillangan kateter yordamida yiqqan ma’qul. Bun-
day imkoniyat bo‘lmasa, siydik chiqarish yo‘lining tashqi teshigi
natriy  xlorid  izotonik  eritmasi  bilan  yuvilib,  siydikning  birinchi
qismi to‘kib tashlanadi, keyin esa, 20—50 ml siydik sterillangan
idishga yig‘ib olinadi. Laboratoriyada siydik sentrifuga qilinadi yoki
tindirib qo‘yiladi va cho‘kmasi ekish uchun olinadi.
Bakteriya tashuvchilikni aniqlash uchun duodenal suyuqlikni
tana  harorati  tushganidan  so‘ng  kamida  5—10  kun  o‘tkazib
tekshirish tavsiya etiladi. O‘t duodenal zond yordamida nahorda
steril probirkalarga A, B va C qismlarida alohida to‘planadi.
Serologik  tekshirish  usullari  tashxisni  tasdiqlashga  yordam
beradi. Vidal reaksiyasi bilan bir qatorda eritrotsitar diagnostikumi
(O-,  H-,  BI-  antigenlari)  bor  bilvosita  gemagglutinatsiya  re-
aksiyasidan ham foydalaniladi. Vidal reaksiyasini qo‘yish uchun
xastalikning  8—9-kunida  steril  probirkaga  barmoq  yoki  bilak
venasidan  qon  olinib,  laboratoriyaga  jo‘natiladi.  O-,  H-,  BI-
antigenlari  bilan qilinuvchi RPGA, Vidal reaksiyasiga qaraganda,
bir  qadar  o‘ziga  xos  bo‘lib,  antitelalarni  kasallikning  4—6-ku-
nidayoq aniqlash imkonini beradi. Reaksiya 1:200 va bundan or-
tiq titrlarda musbat bo‘lib hisoblanadi. Xavfli bakteriya tashuvchi-
larni  surunkali  bakteriya  tashuvchilardan,  shuningdek,  emlangan
tashuvchilardan ajratish uchun sistein bilan RPGA reaksiyasidan
foydalaniladi. Reaksiya hozir tanilgan besh sinf (1, A, 1, M, 1/2,
Ò  B,  1s  E)ga  mansub  bo‘lgan  immunoglobulinlardan  bakteriya
tashuvchilikni serologik tekshirishda 1/2- antitelalarining eng katta


119
diagnostik  ahamiyati  borligidan  iborat,  bu  antitelalar  zardobni
sistein  bilan  ishlov  berilganda  parchalanib  ketmaydi  (sisteinga
chidamli bo‘ladi).
Paratiflar. Paratif mikroblari paydo qilgan toksik infeksiyalar.
Guruhlari  juda  ko‘p  bo‘lgan  paratif  mikroblarining  namunalari
paratifotoksik infeksiyasi qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Bular ko‘p
turga ega bo‘lib, bu turlar asosan, ularning antigenli strukturalariga
qarab tanib olinadi.
Paratif toksik infeksiyalarning patogenezi. Paratif toksik infek-
siyalarining  qo‘zg‘atuvchilari  odamga  nisbatdan  patogenli  bo‘l-
maydi, ya’ni ular, odatda, organizmda ko‘payish xususiyatiga ega
bo‘lmaydi  va  birmuncha  uzoqqa  cho‘ziluvchi  infeksion  jarayon
paydo  qila  olmaydi.  Òoksik  infeksiyalarning  qo‘zg‘atuvchilari
odamga oziq-ovqat mahsuloti orqali tushib, kasallik hosil qiladi.
Òoksik infeksiyalarning patogenezi ich terlama va paratif patoge-
nezida shu bilan farq qiladi. Kishi organizmiga juda kam miq-
dorda tushgan mikroblar ko‘payishi natijasida infeksion jarayon-
ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu hol toksik infeksiyalarga
xos bo‘lgan xususiyatlarni ham belgilab beradi:
1. Inkubatsion davri qisqa, 1 soatdan 12 soatgacha.
2. Kasallikning oqimi qisqa, odatda, 1—2 kecha-kunduz davom
etadi.
3. Oshqozon-ichak traktlari tomonidan ko‘riladigan holatlar —
qusish,  ich  ketish.
4. Biroz bo‘lsa-da, batsilla ajralib chiqishi ko‘rilmaydi.
Paratif toksik infeksiyalarida epidemik zanjir. Hayvon — paratif
toksik  infeksiyalarining  manbayidir.  Òurli-tuman  uy  hayvonlari
toksik infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchilariga ta’sirchan bo‘lib, inson
uchun bu kasalliklarning manbayi bo‘ladi. Yirik shoxli hayvonlar,
cho‘chqa,  uy  quyoni,  ot,  echki  va  qo‘ylar,  uy  parrandalari  —
tovuq, o‘rdak, g‘ozlarning go‘shtini ovqatga ishlatilganda, oziq-
ovqatlarni zaharlashlari mumkin. Yirik shoxli hayvonlar ko‘pincha
oziq-ovqat zaharlanishining manbayi hisoblanadi.
Ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlarida mikroblar ko‘payib, yop-
pasiga yig‘ila oladi. Ba’zi hollarda oziq-ovqat toksik infeksiya-
larining birdaniga avj olishi tekshirib ko‘rilganda, odam batsilla
ajratib chiqaruvchi sifatida kasallikning manbayi rolini o‘ynagani
isbot qilingan.
Òoksik infeksiyalarning birdaniga avj olish mexanizmi. Òoksik
infeksiyalarning birdaniga avj olish mexanizmida negizida rad qilib


120
bo‘lmaydigan uch sharoit mavjuddir, bu sharoitlar bo‘lmaganda
uning (ichak ichidagi narsalar bilan zararlanishi) avj olishi mum-
kin emas:
1. Hayot vaqtida paratif mikroblari ichki organlariga (avj olish
mexanizmi) va mushaklariga o‘tgan kasal ozg‘in hayvonni maj-
buran  so‘yish  yoki  noto‘g‘ri  so‘yish  va  nimtalash  natijasida
go‘shtning ichak ichidagi narsalar bilan zararlanishi.
2. Go‘shtni noto‘g‘ri saqlash natijasida mikroblarning urchishi
va  to‘planishi,  binobarin,  ularning  zaharlanishi  uchun  yetarli
konsentratsiyaning paydo bo‘lishi, go‘shtni yuqori haroratda saq-
lash, qiyma holda to‘dalab qo‘yish zararlidir. Bu holda mikroblar-
ning tarqalishi uchun qulay sharoit tug‘iladi va qisqa vaqt ichida
hamma go‘shtni bakteriya  egallab oladi.
3. Mahsulotni termik ishlab tayyorlashning yetarli bo‘lmasligi.
Òoksik infeksiyaning birdaniga avj olishiga sanitariya-gigiyenik
sharoitlarning noqulay bo‘lishi, tabiiy omillar asosiy sabab bo‘ladi.
1. Ich terlama o‘chog‘ini tekshirib, karta (357-shakl) to‘ldirish kerak.
2. Òekshiruv o‘tkazilgan o‘choqda olib boriladigan tadbirlarning bajarili-
shini  tekshirish  lozim.
3. Epidemiologik masalalarni yechish kerak bo‘ladi.
Epidemiologik  masalalar
1. 7 kishidan iborat S.ning oilasida 9—15-dekabrgacha 5 kishi
paratif B bilan kasallangan. Kasallanganlar orasida 3 kishi katta
yoshda (metallurgiya zavodida va bosmaxonada ishlaydi) va 2 ta
bola  (3  yashar  va  6  yoshda)  bor.  Bolalarning  kattasi  bog‘chaga
qatnaydi. Oilaning kasallanmagan a’zolari — 68 yoshli ayol (kasal-
langanlarning onasi va buvisi) va uning kuyovi (bosmaxonada ish-
laydigan  ayolning  eri).  Epidemiologik  tekshirish  jarayonida
quyidagilar  aniqlandi:  oila  shahar  chekkasidagi  shaxsiy  uyida
yashaydi.  Oila  a’zolari,  3  yashar  boladan  tashqari,  uyda  ham,
ishxonada ham qaynatilmagan suv ichishadi. Go‘dakka esa, qayna-
gan suv berishadi. Qisman uyda (ovqatni 68 yoshdagi ayol pishi-
radi), qisman ishxonadagi oshxona, bufetda ovqatlanishadi. 3 oy
ichida oilaga hech kim mehmonga kelmagan. Qo‘shnilar orasida
tif-paratifoz kasalliklar tashuvchilar qayd qilinmagan. Sentabrning
oxirida  68  yoshli  ayol  Moskva  yaqinidagi  shaharlarning  birida
!
MUSTAQIL ISH


121
yashaydigan  qizinikiga  borgan  va  taxminan  1  oydan  keyin,  ok-
tabrning oxirida qaytib kelgan. Borishining sababi — qizi infeksion
kasalxonada davolanayotgan edi, ona esa, bu davrda nevaralarini
boqqan. Qizining qanday kasallik bilan og‘riganligini ona bilmaydi.
Noyabrning oxirlarida uyiga qaytib kelgach, o‘zi ham kasallanib
qolgan — isitmasi ko‘tarilgan, boshi og‘rigan, oyoq-qo‘llari «qaq-
shab turgan». Bemor tibbiy yordamga murojaat qilmagan.
Kuzatilgan  kasalliklarning  tabiati  haqidagi  o‘z  mulohazala-
ringizni va epidemiologik tashxisni aniqlash uchun qanday tek-
shirishlar  o‘tkazish  zarurligini  bayon  eting.
Ich terlama tashxisi tasdiqlansa, bemorning shinam xonadonda
yashashi, uning xotini oshpazlik qilishi, 3 va 6 yashar o‘g‘li  bog‘-
chaga qatnashini nazarda tutib, qanday tadbirlar ko‘rish lozim?
1. Ich terlama va paratif qo‘zg‘atuvchilarining tashqi muhitga chidamliligini
ta’riflab  bering.
2. Ich terlama epidemiologiyasida xronik tashuvchilarning roli qanday, xronik
tashuvchilik shakllanishiga nima imkon beradi?
3. Ich terlama va paratiflarning tarqalishida eng katta rol o‘ynaydigan oziq-
ovqat  mahsulotlarini  sanab  chiqing.
4.  Òif-paratifoz  kasalliklarining  xronik  tashuvchilarini  qanday  yo‘l  bilan
aniqlash  mumkin?
5. Ich terlama bilan kasallanib o‘tganlar ustidan kuzatuv qanday olib boriladi?
6.  Ich  terlama  va  paratiflarga  qarshi  emlash  uchun  qanday  preparatlar
qo‘llaniladi,  ularning  dozalari  qanday  bo‘ladi?
7. Òif-paratifoz kasalliklari profilaktikasida qanday sanitariya-gigiyenik tad-
birlar  asosiy  rol  o‘ynaydi?
8. Ich terlamani nima sababdan «iflos qo‘l kasalligi» deyiladi?
9. Ich terlamaning o‘tkir suv epidemiyalari tiðik belgilarini sanab chiqing.
2.2. Esherixiozlar (ichak koliinfeksiyalari)
Esherixiozlar  o‘tkir  ichak  infeksiyalari  guruhiga  kirib,  uning
chaqiruvchisi enteronatogen ichak tayoqchalari hisoblanadi.
Ichak tayoqchalarining odamda patologik o‘zgarishlar keltirib
chiqarishi ancha vaqtdan buyon diqqatni tortib keladi. 1894-yili
ichak  koliinfeksiyasi,  ya’ni  ichak  tayoqchalarining  ma’lum  sha-
roitlarda kasallik keltirib chiqarishi to‘g‘risida G.N. Gabrichevkiy
fikr bildirib o‘tgan edi. U shunday degan edi: «Endi bu oddiy,
xavfsiz, hattoki, odam uchun foydali saprofit ma’lum sharoitlarda
ko‘pgina og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi». Keyinchalik ma’lum
?
NAZORAT SAVOLLARI


122
bo‘ldiki, ichak tayoqchalari bir xil emas va ulardan ayrimlari kasallik
keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Ular esherixiylarning keng gu-
ruhlarini  tashkil  qilib,  bir-birlaridan  turli  belgilari  bilan  ajralib
turadi, xususan patogenligi bilan. Ulardan ayrimlari entropatogenlik
xususiyatiga ega bo‘lib, ich ketishi kabi kasallikni keltirib chiqaradi.
Esherixiozlarning ichak infeksiyalari sifatidagi etiologik rolini
o‘rganish o‘tgan asrning 40—50-yillarida F. Kaufman tomonidan
mikroblarning antigenlik tabiati ochilgandan so‘ng, yangi o‘rga-
nilishi davri boshlandi.
F. Kaufman esherixiozlarning tasnifini ishlab chiqqandan so‘ng
bakteriyalarning  O- va H- antigenlari orqali farqi ko‘rsatib o‘tildi.
Hozirgi kunda O- guruhdagi bir necha esherixiylar va ko‘p sonli
serotiðlari aniqlangan. Ulardan ayrimlari odamlarda, ba’zilari hay-
vonlarda kasallik keltirib chiqaradi. Bu mikroblarning yuqumlilik va
kasallik keltirib chiqarish xususiyati har xil. Enteronatogen ichak
tayoqchalaridan biri o‘tkir enterit ko‘rinishidagi kasallikni bolalarda
keltirib chiqaradi. Bunday kasallik chaqiruvchisini Y.M.Novgorodskiy
shartli ravishda birinchi toifaga kiritgan. Qolganlari EPKP-1 dan
farqli ravishda dizenteriya ko‘rinishidagi kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Epidemiologiyasi. Kolienterit chaqiruvchisi entronatogen ichak
tayoqchasi bo‘lib, shartli patogen mikroorganizmlar guruhiga ki-
radi. Ular o‘z xususiyatlarini ayrim sharoitlarda ko‘rsatishadi. Ular-
dan eng muhimi — klinik rivojlangan kasallik shakli bo‘lishi uchun
yuqumlilik darajasi juda yuqori bo‘lishi kerak. Kam miqdordagi
mikroorganizmlar bilan kasallikning subklinik shakli yoki belgisiz
kechadigan bakteriya tashuvchilik yuzaga keladi. Shunday holatlar
ko‘rinishida kolienteritlarning epidemik jarayonlari ushlanib tu-
riladi. Ushbu infeksiyaga bir yoshgacha bo‘lgan bolalar ko‘proq
chalinadi. Ularda kasallik klinik rivojlangan va og‘ir ko‘rinishlarda
o‘tadi. Kolienteritda bakteriya tashuvchilik keng rivojlangan bo‘-
ladi. Adabiyotlarda yozilishicha, barcha yoshdagilar o‘rtasida 1—
6  %  holatlarda  epidemik  tekshiruv  belgilari  bo‘yicha  juda  ko‘p
uchraydi. Kasallikning enterit shaklidagi bemor infeksiya manbayi
sifatida eng ko‘p kuzatiladi. Bunday bemorlar kasallikning birinchi
kunlariyoq cheksiz miqdorda kasallik chaqiruvchisi ajratadi. Ka-
sallik manbayi sifatida bakteriya tashuvchilarning roli ham aniqlan-
magan, lekin bemorlar kasallik tarqalishida muhim rol o‘ynaydi.
Infeksiyaning asosiy o‘tish omili oziq-ovqat hisoblanadi. Ka-
sallikning klinik rivojlangan shakllarida oziq-ovqat mahsulotlari-
ning ishtirokisiz maishiy yo‘l bilan o‘tishi unchalik ahamiyat kasb


123
etmaydi. Bunday o‘tish yo‘li ko‘proq bakteriya tashuvchilikka olib
keladi. Ayrim hollarda ko‘proq emadigan bolalarda kasallikning
klinik rivojlangan kolienteriti kuzatilishi mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlarida kolienteritlarning tarqalishidagi aha-
miyati shundaki, ular kasallik chaqiruvchilari bilan tez va samarali
zararlanadi va  ularning  saqlanishi,  ko‘payishi  uchun  shart-sha-
roitlar bo‘ladi. Ayniqsa, yosh bolalar uchun mo‘ljallangan oziq-
ovqatlar: sut, achitilgan sut mahsulotlari, sutli bo‘tqalar, har xil
oziqli aralashmalar va sok, sharbatlar eng qulay muhit hisoblanadi.
Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda, belgilangan
saqlash muddatlariga e’tibor qilinmasdan tarqatilganda turli yo‘llar
bilan ushbu mahsulotlarga kirib olgan kasallik chaqiruvchilarining
ko‘payishi va infeksiyaning tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Kolienteritlarning rivojlanishida suv omilining ahamiyati muhim
emas. Chunki suvda infeksiya tarqatuvchilar kam bo‘lib, ko‘proq
emadigan bolalarga suv qaynatilgan holda beriladi. Kolienteritlar
hamma  joyda  tarqalib,  butun  yil  davomida  uchraydigan  kasallik
hisoblanadi. Yoz faslida uning ko‘tarilishi kuzatiladi.
Davolash-profilaktik muassasalari: bolalar kasalxonasi, tug‘u-
ruqxonalar, ya’ni yosh chaqaloq va bolalarning birinchi kunlari
o‘tadigan joy hisoblanadi. Bu yerda kolienteritlarning rivojlanishiga
qulay shart-sharoitlar mavjud bo‘ladi. Chunki chaqaloq va yosh
bolalarning kolienterit chaqiruvchilarga sezuvchanligi yuqori.
Esherixiozlarning  asosiy  tarqalish  mexanizmi  fekal-oral  yo‘l
hisoblanadi. Mo‘tadil iqlimga ega bo‘lgan mamlakatlarda entro-
gemorragik ichak tayoqchalari tomonidan chaqirilgan kasalliklar
boshqa mintaqalarda ham o‘tadi. Òropik iqlimli davlatlarda en-
tromonsin va entrinatogen ichak tayoqchalari tomonidan chaqi-
rilgan  kasalliklar  yomg‘irli  kunlarda  kuzatiladi.  Esherixiylarning
hayvonlar ichaklarida yashashini inobatga oladigan bo‘lsak, uning
tabiiy manbayi aniq bo‘ladi.
Enterogemorragik  ichak  tayoqchasi  0157—117  serovarining
hayot sikli aniq dalillar asosida o‘rganilib, gemorragik kolit ka-
salligi mol go‘shti yetarli pishirib yeyilmaganligi natijasida kelib
chiqqanligi aniqlangan.
Esherixiylar ta’sirida organizmning siydik yo‘llari, bosh miya
(meningit,  jigar,  o‘pka,  plevra)  yallig‘lanishi  kuzatiladi.  Siydik
chiqaruv yo‘li infeksiyasida kasallik chaqiruvchisi ichak mikroflorasi
hisoblanadi. Bakteriyalar siydik chiqaruv kanaliga kirib, keyin siydik
qoniga  o‘tadi  va  o‘zgaruvchan  epiteliy  to‘qimasiga  joylashib,


124
ko‘payadi. Bunda  organdagi  ayrim  anatomik  anomaliyalar  ta’sir
o‘tkazadi, ya’ni siydik ajralishini va o‘tishini sekinlashtiradi. Misol
uchun, siydik chiqaruv kanali stenozi yoki siydik qopi refleksining
o‘zgarishi. Yallig‘lanishlar bolaning yoshi va jinsiga ko‘proq bog‘liq.
Chaqaloq  va  bolalarda  yashashning  birinchi  3  oyligida,  o‘g‘il
bolalarda, o‘smirlik davrida esa, qiz bolalarda ko‘proq uchraydi.
Meningit  kasalligini  esherixioz  tayoqchalari  ko‘proq  yangi
tug‘ilgan bolalarda keltirib chiqaradi (1:1000 nisbatda o‘g‘il bo-
lalarda kuzatiladi). Ko‘p hollarda meningitlar bakteriyalar ta’si-
rida asoratlanadi va rivojlanadi. 10—40 % gacha yangi tug‘ilgan
bolalarda ushbu patologiya kuzatildi.
Klinik manzarasi. Yashirin davr bir necha soatdan 3 kungacha,
ko‘pincha 18—24 soat davom etadi. Bolalarda  esherixiozning  ichak
shakllari enterit va enterokolit xilida kechadi. Yengil kechganda tana
harorati normal yoki subfebril, ichi suyuq, sutkasiga 5 martagacha,
aralashmalarsiz ketadi. O‘rtacha og‘irlikdagi  shaklida tana harorati
38—39°C  gacha  ko‘tarilib,  sutkasiga  10  martagacha  ich  ketadi,
suyuq,  shilimshiq  aralash  bo‘ladi,  qorin  ko‘pchigan,  ishtaha
pasaygan. Og‘ir kechganda tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi,
sutkasiga  20  va  bundan  ham  ko‘p  marta  ich  ketadi,  shilimshiq
aralash,  suvsimon,  ko‘kimtir  bo‘ladi,  ishtaha  yo‘qoladi,  qorin
dam bo‘lgan, paypaslab ko‘rilganda og‘riydi. Kasallik bir necha
kundan 2 haftagacha davom qiladi, ba’zan surunkali tusga kiradi.
Dizenteriyasimon shakllarida kasallik o‘tkir, et junjikishidan,
qorinda qattiq og‘riq turishidan, holsizlik, bosh aylanishi, ko‘ngil
aynishidan boshlanadi, tana harorati ko‘tariladi. Kechishning og‘ir-
yengilligiga ko‘ra, ich sutkasiga 5 dan 10 martagacha, shilimshiq,
ba’zan qon aralash ketishi mumkin. Òenezmlar va ich kelishiga
soxta istaklar dizenteriyaga qaraganda kamroq bo‘ladi. Kasallik
5—7 kun davom qiladi, ba’zan uzoqroq muddatga cho‘zilishi ham
mumkin. Og‘ir kechganda, intoksikatsiya kuchli bo‘ladi, bu tal-
vasa tutishi, hushdan ketib turishda namoyon bo‘ladi. Kasallik
yengil kechganda tana harorati normal, ichi suyuq, sutkasiga 3—5
martagacha,  aralashmalarsiz  bo‘ladi.  Kasallikning  umumiy
davomiyligi 3—5 kun.
Vabosimon  esherixiozlar  klinik  kechishi  bo‘yicha  vaboning
yengil shakllarini eslatadi. Inkubatsion davr 1—3 kun davom qi-
ladi.  Kasallik  holsizlik,  lohaslik,  bosh  og‘rishi,  ko‘ngil  aynishi
bilan o‘tkir boshlanadi, tana harorati aksariyat holda normal bo‘-
ladi.  Epigastral  sohada  og‘riq  paydo  bo‘lib,  bemor  qusadi,  bir


125
necha soatdan keyin shilimshiq va qon aralashmagan tez-tez su-
yuq ich ketadi. Og‘ir kechganda qusuq massalari va najas bilan
suyuqlik  yo‘qotish  natijasida  organizmning  suvsizlanish  simp-
tomlari paydo bo‘lishi mumkin.
Òashxisi. Oxirgi tashxis bakteriologik va serologik laboratoriya
tekshirish usullari yordamida qo‘yiladi.
Bakteriologik tekshirish uchun dezinfeksiya qilingan, so‘ngra
qaynoq suvda yuvilgan tuvakdan najas (3—5 g) olinib, natriy xlo-
ridning izotonik eritmasiga yoki 30 % li glitserin aralashmasi olin-
gan probirkaga o‘tkaziladi. Yaxshisi, axlatning oxirgi qismi olinadi,
chunki kolienteritlarda ingichka ichak shikastlanadi. Emizikli bo-
lalarda material yo‘rgakdan olinadi. Laboratoriyaga qusish massasi
(3—5 g) natriy xloridning izotonik eritmasi solingan sterillangan
probirkaga solib jo‘natiladi. Material Endo yoki Levin muhitiga
ekiladi. Ajratilgan kultura biokimyo va serologik xususiyatlari bo‘yicha
tenglashtiriladi. Kasallikning 3—5-kunlari laboratoriyaga bilvosita
gemagglutinatsiya reaksiyasi uchun qon jo‘natiladi, natijasi antitela
titrining ortib borishi kuzatilganda, dinamikada ko‘rib chiqiladi.
Yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan RIF va RUA reaksiyasi keng
qo‘llaniladi.
Profilaktikasi. Esherixioz kasalligining o‘ziga xos epidemiologik
xususiyati uning oldini olishda ko‘pgina qiyinchiliklar tug‘diradi.
Kasallik manbayini aniqlash juda ham qiyin.
Kasallikning  boshlanishida  ich  ketishlar  inobatga  olinadigan
bo‘lsa, bu borada ish olib borish yengillashadi. Chunki ich  ke-
tish asosida ko‘p miqdorda kasallik chaqiruvchilari ajralib chiqadi.
Agar bunda bemorlar umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlay-
digan bo‘lsa, epidemiologik nuqtayi nazardan eng xavfli kasallik
manbayi hisoblanadi.
Kasallikning  oldini  olishda  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega
bo‘lgan vazifalar — bemorlarni erta aniqlash va ularni boshqalar-
dan  ajratish.  Ayniqsa,  ovqatlanish  korxonalarida  ishlovchilarni
tezroq  aniqlab,  ajratish  muhimdir.
Esherixiozlarda bakteriya tashuvchilar, ayniqsa, tranzitor bo‘lsa,
epidemiologik  nuqtayi  nazardan  xavfli  bo‘la  olmaydi.  Agarda,
bakteriya tashuvchida oshqozon-ichak sohasida kasallik alomatlari
kuzatilmasa,  bemorlarni  ajratish  shart  emas.  Bunday  kishilarni
bakteriya tashuvchilik tugagunga qadar, ishdan bo‘shatish kerak.
Esherixiozlarning  oldini  olishda  ko‘proq  kasallikni  o‘tkazish
yo‘liga qaratilgan chora-tadbirlar yuqori samara beradi. Kasallik


126
o‘tish  yo‘liga  ta’sir  ko‘rsatishning  sanitariya-gigiyena  tadbirlari
kasallik  tarqatuvchi  bosh  omillarga  qaratilmog‘i  lozim.  Bunday
tadbirlar, ayniqsa, umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘tkazilishi
muhim  ahamiyatga  ega.  Oziq-ovqat  mahsulotlarini  saqlash,  o‘z
vaqtida taqsimlash, texnik qoidalarga rioya qilish, aholining  sanitariya
madaniyatini oshirishini doimiy nazorat qilib borish — esherixioz
kasalligiga nisbatan epidemiologik xavfsizlikni ta’minlaydi.
2.3. Dizenteriya
Etiologiyasi. Bakterial dizenteriya — epidemik tarqalishga moyil
va klinik ko‘rinishi juda ham turlicha bo‘lgan o‘tkir infeksion kasallik.
Qon  aralash  ich  ketishlar  simptom  kompleksi  bilan  ko‘rilgan
dizenteriya  kasalligi  qadim  zamondan  ma’lum.  Keyingi  yillarda
bakteriologik  tekshirishlar  texnikasining  mukammallashishi
natijasida  «dizenteriya»  tushunchasi  ancha  kengaydi  va  ilgari
dizenteriya  tashxisi  qo‘yilmagan  ich  ketishlarni  ham  o‘z  ichiga
oldi. Dizenteriyaning qo‘zg‘atuvchisi bir necha mikroblardan ibo-
rat  bo‘lib,  ularning  ko‘p  sonli  ayrim  namunalari  bo‘ladi.  Di-
zenteriya qo‘zg‘atuvchisini 1891-yili rus olimi Grigoryev, 7 yildan
keyin 1897-yilda yaponiyalik Shiga ta’riflab berdi.
Ayni vaqtda dizenteriya mikroblari Fleksner, Zonne, Shtutser-
Shmitsa  turlariga  bo‘linadi.  Grigoryev-Shiga,  Shtutser-Shmitsa
dizenteriya  mikroblarining  biokimyoviy  faoliyati  kam  bo‘lib,
mannitni  emas,  faqat  glukozani  parchalaydi.  Qolgan  turlari
mannitni  ham,  laktozani  ham  parchalay  oladi.  Dizenteriyaning
har xil turlari va tiðlari son tomonidan o‘zaro nisbati doim bir xil
bo‘lib qolmasligi epidemiologik jihatdan katta ahamiyatga egadir.
Hozirgi  kunda  O‘zbekistonda  Fleksner,  Zonne  turlari  tez-tez
uchrab turibdi. Qo‘zg‘atuvchisi to‘rt asosiy ko‘rinishga ega bo‘lgan
shigellalar  guruhiga  mansub  bakteriya  bo‘lib,  turli  ko‘rinishdagi
dizenteriya mikroblarining solishtirma og‘irligi, ularning etiologik
tuzilishiga qarab, vaqt-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Qo‘zg‘atuvchisi
tashqi muhitda yetarli darajada rezistent bo‘lib, ma’lum sharoit-
larda bir necha oygacha yashay oladi.
Dizenteriya mikroblarining o‘zgarib turish sabablari ham to‘-
liq ma’lum emas. Dizenteriya mikrobining turi  boshqa joydan kel-
tirilishi  yoki  shu  joydan  eng  ko‘p  tarqalgan  mikrob  turi  yoki
tiðiga  qarshi  qo‘llangan  tadbirlarning  samarali  natija  berishi
dizenteriya mikrobi turining o‘zgarib turishiga sabab bo‘lsa kerak.


127
Dizenteriya mikroblari quyosh nuriga, achigan, nordon nar-
salarga juda sezuvchan bo‘ladi. Ular achitilgan sut mahsulotlari,
nordon meva, kvasda tezda o‘ladi. Lekin qulay bo‘lgan haroratda
va nam sharoitda qorong‘i yerda dizenteriya  mikroblari bir necha
kun va hatto haftalab saqlanishi mumkin. Uy haroratida najaslarda
5 kecha-yu kunduz va undan ham ortiq saqlanadi.
Dizenteriya  mikroblari  oziq-ovqat  mahsulotlarida  (sut,  non,
go‘sht)  bir  necha  kungacha  saqlanib  qolmasdan,  balki  ko‘payish
xususiyatiga ega bo‘ladi. Dizenteriya infeksiyasining kirish darvozasi
ovqat hazm qilish trakti bo‘lib, mikroblar organizmga faqat og‘iz
orqali o‘tadi. Patologik jarayon yo‘g‘on ichakning shilliq qavat va
shilliq ostidagi qatlamlarida, uning past tomonida sigmasimon va
to‘g‘ri ichaklarda tarqalmasdan shu joyda to‘xtab cheklanib turadi.
Mikroblar tashqariga ichak orqali  ajralib chiqadi. Dizente-
riyada mikroblar qonga o‘tmaydi. Kasalning ahvoli mikrob ishlab
chiqaradigan toksin ta’sirida og‘irlashadi. Dizenteriya ichaklardagi
mahalliy  kataral  holatida  o‘tadi.  Keyinchalik  xuddi  difteriyada
bo‘lgandek, yallig‘lanadi va nekrozlashgan o‘choqlar paydo bo‘ladi.
Dizenteriyaning kechishi ham har xil bo‘lib, bu ko‘pincha ichak-
lardagi asosiy simptomlarning  qanchalik ravshan ko‘rinishiga bog‘-
liq. Bu infeksiyani quyidagi asosiy shakllarga bo‘lish mumkin:
1. Òiðik dizenteriya — bu gemorragik kolit bo‘lib (ko‘pincha
ichaklarda ko‘riladigan asosiy simptomlar), umumiy intoksikatsiya
holatlari  tezlashgan  va  sust  tomir  urishi,  holsizlik  va  ichaklar
tomonidan  tenezm, ko‘pincha qorinning chap tomonida og‘riqlar
va S simon ichakning spastik qisqarishi bilan ko‘riladi.
2. Gemorragik  kolit ham dizenteriya infeksiyasining bir shakli
bo‘lib, ichaklarda yuqorida tasvir etilgan holatlarni ko‘rish mum-
kin, ammo intoksikatsiyaning umumiy simptomlari ko‘rinmaydi.
3. Dizenteriyaning atiðik shakllari ba’zan kolit holida o‘tib,
tez-tez  va  shilliqli,  suyuq  ich  ketish  bilan  birga  davom  etadi,
lekin qon ketmaydi. Ba’zi bir boshqa kasallarda ham kolit bo‘-
lishini hisobga olish kerak.
4. Garchi, dispepsiya doim dizenteriya mikroblari orqali yuz
beradi, deb aytilmasa-da, biroq dizenteriya bolalarda oddiy va tok-
sik dispepsiyalar shaklida ham o‘tishi mumkin. Shunday bo‘lishiga
qaramay,  bolalardagi  dispepsiya  ko‘rinishiga  ega  bo‘lgan  kasal-
liklarning 20—25 % dan dizenteriya chaqiruvchisini topish mumkin.
5.  Nihoyat,  ba’zi  vaqtlarda  dizenteriya  enterit  va  hattoki,
gastroenterit shaklida ham o‘tishi mumkin. Xronik dizenteriya


128
o‘tkir  dizenteriyani  boshdan  o‘tkazish  natijasida  kelib  chiqadi.
Klinik  retsidiv  beruvchi  kolit  holatlari  ham  bo‘ladi,  ammo  ka-
sallikning  zo‘rayish  davrlari  ichaklarning  normal  ishlab  turish
davri bilan almashib turadi. Dizenteriya epidemik zanjirning juda
murakkab  bo‘lishi  bilan  farq  qiladi.  Dizenteriya  infeksiyasining
shakllari  turli-tuman  bo‘ladi.  Bu  esa,  infeksiya  manbalarini
aniqlashni  juda  qiyinlashtiradi.  Infeksiya  o‘tkazib  berish  mexa-
nizmlarining har xil bo‘lishi epidemik zanjirning 2-bo‘g‘ini bo‘l-
gan o‘tish yo‘llarini bartaraf qilishni ham haddan og‘irlashtiradi.
Klinikasi.  Dizenteriyaning  klinik  turi  organizm  reaktivligiga
(sezuvchanligiga), uning qanday holatda ekanligiga va dastlabki
o‘ziga xos bo‘lmagan sensibilizatsiyasiga bog‘liq. Inkubatsion davri
1 kundan 7 kungacha davom etadi. Kasallikning kechish og‘irligi
bo‘yicha, yengil, o‘rtacha og‘irlikdagi, og‘ir va toksik turlari farq
qilinadi, tiði bo‘yicha mahalliy (ichaklardagi) o‘zgarishlar ustun
turuvchi  va  umumiy  (toksik)  o‘zgarishlar  ustun  turuvchilarga
bo‘linadi. Kasallik, odatda, o‘tkir boshlanadi, ko‘pincha harorat
ko‘tarilib,  holsizlik,  ba’zan  qayt  qilish  va  qorinda  og‘riq  paydo
bo‘lib, tez-tez  ich  ketishi  kuzatiladi.
Axlat  suyuq  bo‘lib,  yashil  rangda, shilimshiq va ko‘pincha
qon  aralash  ketadi.  Og‘ir  hollarda  ichakdan  kelayotgan  su-
yuqlik axlat tusini yo‘qotadi. Yo‘g‘on ichak (ayniqsa, sigmasimon
ichak)ning spazm, ichaklarning dam bo‘lishi, orqa chiqaruv te-
shigining  bo‘shashib  qolishi  ham  xarakterli  belgilardan  hisob-
lanadi. Kasallik yengil kechganda 3—5 marta, og‘ir hollarda
15—20 martagacha ich ketishi  mumkin.
Kasallik bir necha kundan 2—3 oygacha va undan ortiq  (su-
runkali  kechganda)  davom  etishi  mumkin.  Yengil  kechganda,
umumiy  intoksikatsiya  belgilari  unchalik  kuchli  bo‘lmasdan,
umumiy  holsizlik,  ishtahaning  pasayishi  kuzatiladi,  og‘ir  kech-
ganda (ayniqsa, toksik turida) umumiy intoksikatsiya belgilari kuchli
namoyon bo‘lib, isitma yuqori bo‘ladi, bemor hushidan ketishi,
adinamiya, qayt qilish, qaltirash, yurak-qon tomiri faoliyatining
pasayishi aniqlanadi. Go‘dak bolalarda kasallik kechishining o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri — ichaklarda bo‘ladigan o‘zgarishlarning
kuchli namoyon bo‘lmasligidir. Ularda kamdan kam hollardagina
o‘zgarishlar  axlat  xususiyatini  yo‘qotadi,  u  ko‘pincha  dispeptik
xususiyatga ega bo‘lib, qon aralash ich ketishi ko‘pincha kuzatil-
may, uning o‘rniga ekvivalenti kuzatiladi (defekatsiya vaqtida bolalar
yig‘laydilar, yuzlari qizarib ketadi, anus atrofi qizarib, terlaydi).


129
Ko‘pincha  dizenteriyali ileit kuzatilib, bunda kasallik juda og‘ir
o‘tadi  (yuqori  harorat,  kuchli  qayt  qilish,  meteorizm  kuzatilib,
ich ketishi enteritlardagi kabi bo‘ladi). Kasallikning toksik  turi bir
yoshgacha  bo‘lgan  bolalarda  aniqlanmaydi,  lekin  ko‘pincha
ikkilamchi  toksikozlar  kelib  chiqadiki,  ularning  asosida  mod-
dalar  almashinuvining  chuqur  buzilishi  yuz  beradi.  Bularning
hammasi infeksion yoki noinfeksion ta’sirlarning oqibati  bo‘lishi
mumkin. Ikkilamchi toksikozlarning klinikasi umumiy ahvolning
yomonlashuvi,  tez-tez  qayt  qilish,  adinamiya,  organizmning
suvsizlanib qolishi va ozib ketishida namoyon bo‘ladi.
Dizenteriyaning  kechishida  turli  kasallik  va  asoratlarning
qo‘shilishi  sababli  kasallikning  retsidivlari  kuzatilishi  mumkin.
Dizenteriya  o‘tkir  turining  surunkali   turga  o‘tishi  kamdan kam
kuzatilib (2—3 % hollarda), ba’zan bunda tashxis o‘tkir  dizen-
teriyani  boshidan  o‘tkazgan  bolalarda  kelib  chiqadigan  ichaklar
disfunksiyasi  natijasida  noto‘g‘ri qo‘yiladi.
Kasallik  asoratlari  (ichaklardan  qon  ketishi,  to‘g‘ri  ichakning
tushishi, oqsilsiz shishlar va boshq.) kamdan kam uchraydi. Ko‘-
pincha ikkilamchi infeksiyaning qo‘shilishi natijasida kelib  chi-
qadigan  asoratlar  (otit,  pnevmoniya,  pioderniya,  piuriya)  ku-
zatiladi, bu asoratlar go‘dak yoshdagi  bolalarda  ko‘proq  uchraydi.
Òashxisi.  Klinik  belgilar  asosida,  epidemiologik  anamnezni
hisobga olgan holda va laboratoriya  usullaridan foydalanib, tash-
xis  qo‘yiladi. Axlatni bakteriologik tekshirish katta ahamiyatga ega.
Dizenteriya  mikroblarini  ekma  usulda  olish  ancha  beqarordir
(15  %  dan  60  %  gacha).  Agglutinatsiya  reaksiyasi  (vidal)  ham
dizenteriya  tayoqchalari  kulturasi  bilan  ma’lum  diagnostik  aha-
miyatga  egadir. Bu reaksiya Zonne uchun 1:100, boshqa turlari
uchun  1:200  eritmasida  isbotlovchi  hisoblanib,  uning  qaytadan
qo‘yilishi ahamiyatga molik. Kasallik dinamikasi PGARdan foy-
dalaniladi.  Natijasini  koprologik  usulda  tekshirish  ham  bevosita
ahamiyatga ega (leykotsitlar va ayniqsa, eritrotsitlarning axlatda
ko‘payib ketishi hisobga olinadi). Katta yoshdagi bolalarda  rek-
toromonoskopiya  qo‘llanib, go‘daklarda  bu narsa man etiladi.
Dizenteriyani  kelib  chiqishi  jihatidan  turlicha  bo‘lgan  kolit-
lardan, ichaklar kolinfekatsiyasidan, toksik dispepsiyasidan, faren-
tiral  dispepsiyasidan,  lyambliozdan,  to‘g‘ri  ichak  kolitlardan  va
ichak invaginatsiyalaridan differensial tashxis qilish lozim. Salmo-
nellozlardan ichaklar invaginatsiyasidan shartli patogen mikroblar
sabab bo‘lgan diareyalarda, amyoba diareyalarida gijja invaziyasida


130
bolalarda kasallikning birdan boshlanishida betoqatlanish kuza-
tilib, axlat faqat shilimshiq moddadan iborat bo‘ladi. Òashxisga
to‘g‘ri  ichakni  barmoq  bilan  tekshirish  (invaginatni  ushlash,
barmoqlarda qon paydo bo‘lishi) ham yaxshi yordam beradi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbayi — bemorlar va tashuvchilar.
Bemor kasallikning birinchi kunidayoq, yuqumli bo‘lib qoladi,
chunki  u  o‘z  axlati  orqali  ko‘p  miqdorda  mikroblar  ajratadi.
Dizenteriya bo‘lgan bemor o‘z vaqtida aniqlanmaganda, kasallik
ko‘proq  tarqalishi  mumkin.  Xuddi  shunday  «sog‘lom»  tashuv-
chilar ichagida kamdan kam hollarda patologik o‘zgarishlar (ka-
sallikning simptomsiz turi) aniqlanadi. Infeksiya qo‘zg‘atuvchi-
ning qandaydir yo‘llar bilan og‘izga tushishi orqali yuqadi. Shi-
gellalar  ayrim  turlarining  turli  hududlarda  tarqalishi,  asosan,
infeksiyaning  suv yo‘li orqali o‘tishida Fleksner shigellalari tufayli
yuzaga  kelgan  dizenteriya  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmaydi,  oziq-
ovqat orqali o‘tishida esa, asosan, Zonne shigellalari dizenteriyasi
yuzaga keladi.
Yosh bolalarga kasallik bevosita kontakt orqali yuqadi. Dizen-
teriya  uchun  yozgi-kuzgi  mavsumiylik  xosdir.  Bu  kasallik  bilan
go‘daklardan tortib, katta yoshli bolalar ham og‘riydi.
Immunitetning  o‘ziga  xosligi  qo‘zg‘atuvchining  ko‘rinishiga
qarab (serologik turda ham), uning o‘ziga xosligidadir. Dizenteriya
infeksiyasining manbayi faqat odamdir, chunki hayvonlar dizen-
teriya  bilan  kasallanmaydi.  Dizenteriyaning  manbayi  o‘tkir  va
surunkali  shakldagi  kasallik  bilan  og‘rigan  bemor  va  batsilla
tashuvchigina bo‘lishi mumkin. Xronik dizenteriya bilan kasal-
langan,  ayniqsa,  zo‘rayish  davrida  atrofdagilar  uchun  infeksiya
manbayi bo‘ladi. Xronik dizenteriyali bemor ko‘pincha cheklan-
gan dizenteriyaning avj olish manbayi bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik dizenteriya batsilla tashuvchilari rekonvalessent-
lardan tashkil topadi, ammo dizenteriya bo‘lmaganlar qisqa mud-
datli batsilla ajratuvchi bo‘lishlari mumkin. Dizenteriya mikrob-
larini uzoq vaqt ajratib turuvchi rekonvalessent — tashuvchi ham,
haqiqatda o‘sha xronik dizenteriya bilan og‘rigan bemordir.
Dizenteriya  qo‘zg‘atuvchilarining  sog‘lom  tashuvchilari  —
kasallikni  boshidan  kechirmagan,  dizenteriya  qo‘zg‘atuvchila-
rini tashuvchi sog‘lom kishilar, odatda, mikrobni qisqa muddatda
kam  ajratadilar,  chunki  ularning  organizmida  mikroblarning
uzoq  o‘tirib  qolishiga  qulay  sharoit  tug‘diruvchi  patologik  to-
mondan o‘zgargan o‘choq bo‘lmaydi.


131
Dizenteriyaning  tarqalish  yo‘llari  boshqa  ichak  infeksiya-
laridagidek  har xil bo‘ladi. Vositali va vositasiz kontakt, pashshalar,
oziq-ovqat  mahsulotlari,  suv  dizenteriya  infeksiyasini  o‘tkazib
berish yo‘llari bo‘lishi mumkin.
Epidemik  zanjirning  3-bo‘g‘ini.  Insonlar  dizenteriya  infeksi-
yasiga juda beriluvchan bo‘lib, yoshi, jinsidan qat’i nazar, barcha
kasallanadi.  Bolalarning  ko‘proq  kasal  bo‘lishi,  ularning  ta’sir-
chanligi yuqori bo‘lishi emas, balki bolalarning o‘ziga xos xusu-
siyatlariga ko‘ra, infeksiyani yuqtirish imkoniyatlari yuqoriligidir.
Profilaktikasi. Dizenteriyaga tibbiy immunitet orttirish kasal-
likni  boshdan  kechirish  yo‘li  bilan  va  yashirin  olingan  immu-
nizatsiya  yo‘li  bilan  bo‘ladi.  Ammo,  hatto  kasallikni  boshdan
kechirish  natijasida olingan immunitet ham juda chidamli va  jid-
diy  xususiyatga ega bo‘lmaydi.
Dizenteriyaga  qarshi  kurash.  Dizenteriyaning  epidemiologik
o‘ziga xos xususiyatiga  qarshi kurashda qiyinchiliklar tug‘iladi.
Klinik  shakllarining  turli  bo‘lishi,  tarqalish  yo‘llarining  har  xil-
ligi va nihoyat, kishining dizenteriyaga ta’sirchanligi zo‘r bo‘lishi
tufayli  kompleks  holda  qarshi  kurash  olib  borishni  talab  qiladi.
Sanitariya-profilaktika  chora-tadbirlari  umumiy  xarakterga  ega
bo‘lib,  turarjoylarni  obodonlashtirish,  sanitariya  nazoratini  o‘r-
natish  (pashshalarga  qarshi  kurash,  tashib  yuruvchilarni  aniq-
lash va ularni davolash, bemorlarni boshqalardan erta ajratib qo‘-
yish)dan iborat. Davolash tugagandan so‘ng 1—2 kundan keyin
o‘tkazilgan bakterial tekshirish natija bersa, bemorning kasalxo-
nadan chiqishiga ruxsat etiladi. Bolalar kasalxonadan chiqqanlari-
dan so‘ng, bir oydan keyin yasliga borishga ruxsat berish mumkin.
Ular orasida sust profilaktika o‘tkazilmaydi.
Kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar quyidagi-
lardan iborat:
a) bemorlarni aniqlash va izolatsiya qilish;
b) tashuvchilarni aniqlash va davolash;
d) doimiy dezinfeksiya o‘tkazish;
e)  surunkali  dizenteriyali  bemorlarni,  rekonvalessentlarni  va
tashuvchilarni dispanser nazoratiga olish;
f)  sanitariya  sharoitlarini  yaxshilash;
g) sanitariya tashviqotini olib borish.
Prognozi.  Dizenteriyaning  oqibati  organizmning  himoyala-
nish kuchiga bog‘liq bo‘ladi.  Ko‘pincha kasallik yengil kechsa-da,
lekin o‘lim hollari ham uchrab turadi.


132
Davolash 5—10 kunni  tashkil etadi. Òoksikoz og‘ir kechgan
vaqtida  buyrak  usti  bezlari  po‘stloq  qismining  gormonlari  qo‘l-
lanadi. Prednizolon  1—3 mg  yoki gidrokortizonning dozasi sut-
kasiga  har 2—3 kunda 30—50 %  kamaytiriladi. Davolash muddati
4—7 kunni tashkil etadi.
Fitoterapiyadan  keng foydalanish  maqsadga muvofiq bo‘lib,
turli  o‘simliklarning  (moychechak,  sariq  choy) qaynatmalari
ichiladi. Disbakteriozning oldini olish uchun biopreparatlar (lak-
tobakterin,  bifidumbakterin)  qo‘llaniladi.
Dizenteriyaning  surunkali  turida  rag‘batlantiruvchi  terapiya
katta  ahamiyatga    ega  (gemotransfuziya,  gamma-globulin,  pen-
taksil,  metatsil,  fermentlar,  vitaminlar,  askorbin,  nikotin  kislo-
talar, B guruh vitaminlar), allergiyaga qarshi qo‘llanadi.
Asoratlari.  Dizenteriya  umumiy  qonunlariga  asoslanib  davo
qilinadi.  O‘tkir  dizenteriyani  boshidan  kechirganlarni  maxsus
sanatoriy bo‘limlarida davolash tavsiya etiladi. Bolalarni davolash
quyidagi shartlarga amal qilingan holda uyda ham olib borilishi
mumkin. Kasalni boshqa bolalardan ajratib turish zarur, doimiy
ravishda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, bemorni to‘g‘ri
parvarishlash,  to‘g‘ri  ovqatlantirish  va  shifokor  ko‘rsatmalarini
aniq bajarish, pediatrning kundalik tashrifini tashkil etish lozim.
1. O‘choqni mustaqil tekshirib, epidemiologik tekshirish kartasini to‘ldirish.
2. Laboratoriya tekshiruvi uchun material olish, o‘choqda sanitariya maorifi
suhbatini  o‘tkazish.
Suhbatda  quyidagi  masalalarni:  dizenteriyaning  yengil  shakllari  bilan
kasallangan va xronik dizenteriyali bemorlarning infeksiya manbalari sifatidagi
roli;  dizenteriyaga  qarshi  kurashda  sanitariya  tadbirlarining  ahamiyati,  xu-
susiy shaxslardan sotib olingan sut, mevalar va sabzavotlar orqali dizenteriya
o‘tishi — yuqib qolishining oldini olish uchun bu mahsulotlarni nima qilish
kerakligi;  o‘choqni  tekshirganda  sanitariya  jihatidan  qanday  nuqsonlar
aniqlandi va ularni qanday bartaraf etish kerakligini ta’kidlash lozim.
3. O‘choqda sanitariya maorifi ishlarini olib borish.
Epidemiologik  masalalar
1. Maktabgacha bolalar muassasasiga qatnamaydigan 5 yashar
bolada o‘tkir dizenteriya aniqlangan. Epidemiologik tekshirishda
oila 4 kishidan — kasallangan bola, uning yasliga qatnaydigan
2 yashar ukasi, onasi, zavodda chilangar bo‘lib ishlaydigan ota-
!
MUSTAQIL ISH


133
sidan iboratligi aniqlangan. Oila a’zolarining hammasi sog‘lom.
Oila 3 xonali shinam uyning 2 xonasida yashaydi. 3-xonada 3 ki-
shilik oila: ikki katta yoshdagi odam va yasli-bog‘chasiga qatnaydi-
gan  2  yashar  bola  yashaydi.  Bu  bola  4  oy  muqaddam  «oddiy
dispepsiya»ni  boshidan  kechirgan,  shundan  bir  hafta  o‘tgandan
keyin esa, unda ichakning yengil disfunksiyasi kuzatilgan.
Epidemiologik tekshirishni qanday yo‘nalishda olib borish kerak-
ligi bayon etilsin va o‘choqni tugatish bo‘yicha tadbirlar rejasi tuzilsin.
2. Bolalar yaslisida 3 kun ichida 28 bola (jami 45 bola) kasallan-
gan,  25  bolada  ovqatdan  zaharlanish,  uchtasida  gastroenterit
hodisalari bilan shilimshiqli ich ketish kuzatildi. Ayrim bemorlar-
ning  axlati va  qusuq  massalaridan  Zonne  shigellalari  ajratilgan.
Kasallanganlar  bolalar  muassasasining  boshqa  guruhlarida  ham
aniqlangan.  Shunga  qadar,  dizenteriya  bilan  kasallanishga  qarshi
kurash choralari ko‘rilmagan. Atrof-muhit obyektlari va oziq-ovqat
mahsulotlari tekshirilgan. Kasallik paydo bo‘lgan kuni nonushtaga
berilgan qaymoq saqlangan idishdan Zonne shigellalari ajratilgan.
Aniqlanishicha,  qaymoq  bir  kun  oldin  keltirilgan  va  oshxonada,
xona haroratida saqlangan. Xuddi shu kuni ana shu qaymoqdan boshqa
bolalar muassasalariga ham berilgan edi, lekin ularda kasallanish
kuzatilmagan. Bolalar oshxonasidan qaymoq olishda xo‘jalik bo‘limi
mudiriga uning hech qayerda ishlamaydigan singlisi yordam bergan.
Kuzatilgan kasallanishning tabiati haqidagi mulohazalaringizni
bayon eting. Kasallikni tugatish bo‘yicha tadbirlar rejasi tuzing.
1. Dizenteriya qo‘zg‘atuvchilarining qanday turlarini bilasiz? Ularning tashqi
muhitga chidamliligi qanday?
2. Dizenteriyada infeksiya  manbalarini sanab chiqing. Ularni epidemiologik
ahamiyati darajasi bo‘yicha izohlang.
3. Dizenteriyaning o‘tish yo‘llari qanday?
4. Dizenteriyaning suv va oziq-ovqatlar orqali avj olishi uchun nima o‘ziga xos?
5. O‘tkir dizenteriyaning surunkali, xronik shakliga o‘tishiga nima imkon beradi?
6. Dizenteriyali bemorlarni kasalxonaga yotqizish  ko‘rsatmalari qanday?
7. Dizenteriyani boshidan kechirganlarni kasalxonadan chiqarish qoidalari
qanday?
8. Kasallanib o‘tganlarning dispanser kuzatuvi qanday olib boriladi?
9. Dizenteriyadan tuzalgan bolalarni  maktabgacha bolalar muassasalariga
qatnashiga ruxsat berish shartlari qanday?
10. Oziq-ovqat korxonasining xodimi dizenteriya kasalligini boshidan kechirdi.
Uning ishlashiga ruxsat berish shartlari qanday?
?
NAZORAT SAVOLLARI


134
2.4. A virusli gepatit
Etiologiyasi. Epidemik gepatitni epidemik kasalliklarning mus-
taqil bir nozoologik qismi tariqasida birinchi marta atoqli rus olimi
S.P. Botkin 1888-yilda aniqlab berdi. Epidemik gepatit qo‘zg‘a-
tuvchisi  filtrlanuvchi  virus  bo‘lib,  bu  virus  odam  uchun  yuqori
kontagiozli va tashqi sharoitning ta’siriga ancha chidamli bo‘ladi.
U  quritilgan  yoki  muzlatilgan  holatda  bir  yildan  ortiq  saqlanib
turadi. Oshqozon-ichak traktining shilliq qavati epidemik gepatit
virusi uchun kirish darvozasi bo‘lib xizmat qiladi. Ammo enteral
yo‘ldan boshqa parentral yo‘l orqali yuqishi ham mumkin. Virus
organizmga har turli inyeksiyalarni qilishda, qonni yoki zardobni
bemordan  olishda  yoki  har  qanday  dori-darmonlar  yaxshi  ste-
rillanmagan holda shpris bilan yuborilishida o‘tadi. Bemorning qo-
nida virus topilib, organizmdan najas, siydik va bir miqdor nafas
yo‘llarining chiqindilari bilan ajralib chiqadi. Epidemik gepatitda
infeksiyaning  shakllari  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  3—5  haftaga
cho‘ziluvchi sarg‘ayib ketish va tana haroratining ko‘tarilishi bilan
birga davom etgan tiðik shakllaridan tashqari, yengil o‘tish shakl-
lari ham bo‘ladi, bunda ba’zan sarg‘ayish ko‘rinmaydi. Nihoyat,
ba’zi bir olingan epidemiologik va eksperimental ma’lumotlar uning
simptomsiz shakli mavjudligidan dalolat beradi.
Klinikasi. Virusli gepatitlarning umumiy klinik belgilari, asosan,
virusning jigar to‘qimasiga tanlab ta’sir etishi va bu muhim or-
ganning  jarohatlanishi  bilan  bog‘liq.  Organizmning  umumiy
intoksikatsiyasi bilan bog‘liq alomatlar: darmonsizlik, ishtahaning
yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi va teri sarg‘ayishi deyarli barcha virusli
gepatitlarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda, kasallikning har bir
turiga xos bo‘lgan alomatlar ham bor. Ularni chuqur bilish ba’zan
klinik alomatlarga asoslanib virusli gepatitlarni bir-biridan farq-
lash imkonini beradi.
A virusli gepatitda kasallikning yashirin davri 2 haftadan
6 haftagacha bo‘ladi. Kasallik, asosan, maktab yoshigacha bo‘l-
gan bolalarda uchraydi. Uning kechishi shartli ravishda bir necha
davrga bo‘linadi: dastlabki prodromal yoki sarg‘ayishdan oldingi
davr, sarg‘ayish davri va tuzalish davri.
Prodromal davri 7—10 kun davom etishi mumkin. U, asosan,
asta-sekin paydo bo‘ladigan alomatlar bilan kechadi. Bola injiq
bo‘lib, ishtahasi yo‘qoladi. O‘yinqaroqlik yo‘qolib, yotgisi kelaveradi.
Ayrim  hollarda  tumov  alomatlari:  burun  bitib  qolishi,  yo‘tal,


135
tomoq og‘rishi, ko‘z yoshlanishi kabi alomatlar kuzatiladi. Ba’zan
tana harorati 2—3 kun 38—38,5°C gacha ko‘tariladi. Ba’zi bemor-
larda ko‘ngil aynishi, to‘sh ostida og‘irlik yoki kuchli bo‘lmagan
og‘riq seziladi. Qorin paypaslab ko‘rilganida, jigar biroz kattalashgan
bo‘lib, paypaslaganda og‘rishi mumkin. Bu davrning oxirlariga kelib,
siydik rangi to‘q sariqqa aylanadi, najas, aksincha, oqishroq bo‘ladi.
Xuddi shu davrda bemor najasi va siydigi bilan virus tashqa-
riga  ko‘plab  ajrala  boshlaydi.  Shuning  uchun  xastalikni  aynan
shu paytda aniqlab, bemorni alohida yotqizish zarur.
Epidemiologiyasi. Bu kasallikda asosiy manba odam, ya’ni tiðik
va atiðik shakldagi kasallik bilan og‘riganlar bo‘ladi. Kasallikning
atiðik shakllariga tashxis qo‘yish qiyin bo‘lishi tufayli u epidemiologik
ahamiyatga ega bo‘ladi. Inkubatsion davrining oxiridan boshlab,
kasallik boshlangan kunidan to 4-haftagacha va sariq paydo bo‘lgan
kundan boshlab kamida 3-haftagacha bemor yuqumli hisoblanadi.
Epidemik gepatitning tarqalish yo‘llari haqida shu vaqtga qadar
bir fikrga kelingani yo‘q. Biroq, kasallik yuqtirish yo‘llari (kontakt,
oziq-ovqat va pashsha) orqali tarqaluvchi ichak infeksiyasi ekanligi
haqidagi fikr epidemiologik tajribada keng tarqalgan va tasdiqlangan.
Epidemik zanjirning uchinchi bo‘g‘ini. Epidemik gepatit kishiga
juda tez yuqadi. Oilaviy yuqtirish, ovqat orqali yuqtirish va pa-
renteral yo‘l bilan yuqishda kasallik bolalarda yuqori  (20—30 % va
undan yuqori) bo‘lishi buni isbot etadi. Lekin infeksiyaning kon-
tagiozligi 100 % bo‘lmaydi. O‘ziga yuqtirganlarning bir qismi kasal,
gepatit virusini saqlagan zardobni olganlar esa, xasta bo‘lmaydi.
Kasal bo‘lganlar holati yuborilgan zardobning dozasiga bog‘liq bo‘ladi.
Botkin kasalligini boshidan kechirgan kishilarda turg‘un immunitet
paydo  bo‘ladi. Qaytadan kasallanish kamdan kam yuz beradi.
Bu infeksiya bilan kasallanishga turmush sharoitlari katta ta’sir
ko‘rsatadi. Zichlik, uy-joy sharoitining antisanitariya holati, be-
mor bilan yaqin aloqada bo‘lish, pashsha mavjudligi infeksiyaning
tarqalishi  va  hatto,  keng  tarqalishiga  imkon  tug‘diradi.  Òabiiy
sharoitlar infeksiyaning tarqalishida katta rol o‘ynamasa ham, biroq
u yaqqol mavsumli bo‘lib ko‘rinadi. Kasallik yozda ko‘payadi.
Kasallik ayrim oilaviy o‘choqlar paydo qiluvchi, cheklangan da-
rajada tarqaluvchi portogiozli infeksiyadir. Epidemik gepatitning A,
B, C  shakllari kuzatiladi. A shakldagi virusli gepatit kasalligi maishiy
kontakt yo‘li bilan yuqadi. B shakldagi virusli gepatit bilvosita kontakt,
jarrohlik, stomatologik asbob orqali o‘tadi. C shakldagisi A va B
shakliga o‘xshash bo‘lib, A ham emas, B ham emas, deb nomlanadi.


136
Profilaktikasi.  Epidemik  gepatitga  qarshi  kurash  tadbirlari,
asosan, ikki tomonga infeksiya manbayi va uni o‘tkazib beruvchi
yo‘llarga qarshi kurashga qaratilishi kerak. Maxsus profilaktikasi
uchun  gamma-globulin  qilinadi.  1997-yildan  boshlab  B  virusli
gepatitga qarshi emlash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Infeksiya  manbayiga, ya’ni epidemik gepatit bilan kasal kishi-
larga  nisbatan  qo‘llanadigan  tadbirlar  quyidagilardan  iborat:
diagnostika  klinik  ma’lumotlarga,  epidemik  tahlilga  asoslanib
qo‘yiladi, ya’ni gepatit kasalligi bilan yaqindan aloqada bo‘lgani,
anamnezi, shu kasaldan ilgari 2—4 oy ichida bironta muolaja olgani
va  ayniqsa,  qon  quyilgani  yoki  odam  zardobi  yuborilganligiga
asoslanadi. Bemorga yaqinlashgan kishilarni emlash natijasida ke-
lib chiqqan gepatitda esa, shu turkumdagi zardob olgan bolalarni
har  doim  tekshirishdan  o‘tkazib  turish  kerak.
Bolalar muassasalarida epidemik gepatit paydo bo‘lgan guruh
40 kungacha, boshqa guruhlar doim izolatsiya qilinib, yangi kel-
ganlarni  bu  guruhga  qo‘yish  va  bu  guruhdan  boshqasiga  o‘t-
kazish to‘xtatiladi. Epidemik gepatit bilan og‘rigan bemorlarni
sariq paydo bo‘lgandan boshlab kamida uch hafta yoki kasallik-
ning boshlanishidan bir oy avval izolatsiya qilinadi.
Infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurash. Kundalik va yakuniy
dezinseksiya qilinadi, bu ichak infeksiyalarida qo‘llangan usulda
o‘tkaziladi,  dori-darmonlar  bilan  davolanadi,  qo‘zg‘atuvchining
turg‘unligi hisobga olinadi.
Emlash natijasida kelib chiqqan gepatitning profilaktikasida
qo‘llaniladigan tadbirlar e’tiborni talab qiladi. Òurli infeksiya-
lardan virus o‘tkazish mumkinligini nazarda tutib, shpris va ni-
nalar  har  bir  maniðulatsiyadan  so‘ng  kamida  30  minut  qayna-
tiladi.  Gepatit  bilan  og‘rigan  bolalar  uchun  maxsus  asboblar
ajratish  kerak.
1. A virusli gepatit o‘chog‘ini epidemiologik tekshirish. O‘choqda o‘tkazila-
digan epidemiyaga qarshi tadbirlarni tekshirib ko‘rish.
2.  Uyushgan  bolalar  jamoasida  mashg‘ulotlar  o‘tkazishda  o‘quvchilar
gamma-globulin  qilinishi  kerak  bo‘lganlar  tanlanib,  ilgari  kasallikni
boshidan  kechirganmi  yoki  yo‘qmi  va  bundan  oldin  qachon  gamma-
globulin yuborilganligi hisobga olinadi.
3. Masalalar yechish.
!
MUSTAQIL ISH


137
Epidemiologik  masalalar
1. Shimoliy kengliklarda joylashgan ishchilar shaharchasida de-
kabr-fevralda A gepatit avj olib, turli yoshdagi 74 kishi kasallangan.
Bemorlarning  2/3  qismida  gepatit  sariqlik  alomatlarisiz  o‘tgan.
Bundan oldingi yillarda shaharchada virusli gepatitning 12 hodisasi
hisobga olingan, bunda kasallik xronik  qaytalanuvchan  shaklda
o‘tgani qayd qilingan edi. Kasallanganlarning asosiy qismi (57 kishi)
oqar  suvdan  foydalangan.  Bu  havza,  o‘z  navbatida,  kichik  ko‘l
bilan tutashgan bo‘lib, uning qirg‘og‘ida axlatxona bo‘lgan. Havza-
dagi suvning kolititri 1 ml, ammiak miqdori 0,14 mg/litr. Aholining
asosiy  qismi — 17 kishi  kasallangan. Bu yerda aholi daryo suvidan
foydalanadi, uning kolititri 100 ml, ammiak miqdori 0,07 mg/litr.
Kasallikning  avj  olish  tabiati  haqidagi  mulohazalarni  bayon
eting. Uni tugatish bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzing.
2. Qishloq joyda martdan iyulgacha 33 bola gepatit bilan kasal-
langan.  Epidemiologik  tekshirish  chog‘i  14-yanvarda  bolalarga
Mantu sinamasi qo‘yilgan, 17-yanvarda esa, bir necha bolalarga
ÁÖÆ  vaksinasi  bilan  emlash  o‘tkazilganligi  aniqlangan.  Òibbiy
hujjatlarni  o‘rganishda  12—14-yanvarda  118  bolaga,  jumladan,
ilgari gepatit bo‘lib o‘tgan 2 bolaga (biri 16 oy, ikkinchisi 8 oy
oldin) Mantu reaksiyasi qo‘yilganligi aniqlangan. Bu tibbiy muas-
sasada asboblarni sterilizatsiya qilishda nuqsonlar aniqlangan.
Kuzatilgan  kasalliklarning  epidemiologik  tabiati  to‘g‘risidagi
mulohazalaringizni bayon eting. Kasallik yuqishining oldini olish
bo‘yicha tadbirlar belgilang.
1. A  va B virus haqida tushuncha bering. Gepatit viruslarining atrof-muhitdagi
chidamliligini ta’riflang. «Avstraliya» antigeni nima?
2.  A  virusli  gepatitda  infeksiya  manbalarini  sanab  chiqing.  Ularning  eng
muhimlari  qaysilar?
3. A va B virusli gepatitda inkubatsion davr qanday?
4. Virusli gepatit diagnostikasida qanday biokimyoviy testlar qo‘llaniladi?
5.  B  virusli  gepatit  profilaktikasi  nuqtayi  nazaridan  qanday  shaxslar
donorlikka ruxsat etilmaydi?
6. Parenteral maniðulatsiyalar uchun qo‘llaniladigan tibbiy asboblar zararsiz
holga qanday keltiriladi?
7. A virusli gepatit xususida odam qon zardobidan tayyorlangan gamma-
globulinning profilaktik ta’siri nima bilan izohlanadi?
8.  A  gepatitni  boshidan  kechirgan  shaxslar  ustidan  dispanser  kuzatuvi
qanday olib boriladi?
?
NAZORAT SAVOLLARI


138
2.5. Shol (Polimyelitis)
Shol  virusining  to‘rt  xil  tipi  borligi  immunologik  yo‘l  bilan
isbot etildi. Epidåmik tarqalishlarda ko‘pincha 1-tipi aniqlanadi.
Tiplar  orasidagi  har  tomonlama  immunitåtning  bo‘lmasligini
maymunlarda tajriba qilib isbot qilindi. Låkin jamoat orasida har
xil virus tiplari aylanib yursa-da, shol bilan qaytadan kasal bo‘lish
hodisalari ro‘y bårmaydi, bu shuni ko‘rsatadiki, kasallikni qayta
boshdan  kåchirish  natijasida  paydo  bo‘luvchi  immunitåt  mut-
laqo bir tipga xos bo‘lmaydi.
Shol  virusi  turg‘un  viruslar  qatoriga  kiradi.  U  fånol,  efir,
asåton, oshqozon-ichak traktining shirasi ta’sirlariga chidamli
bo‘ladi. Suvda virus 100 kungacha chiday oladi, najaslarda va
quvur suvlarida uzoq saqlana oladi. Issiqlik ta’siriga virus juda
såzuvchan  (60°Ñ  da  tåzda  faoliyati  susayadi)  va  oksidlovchi
moddalarda  (xlor,  vodorod  påroksidi,  kaliy  pårmanganat)
osonlik bilan halok  bo‘ladi. Sholda inkubatsion davr ko‘pincha
5—14 kun bo‘lib, 2 kunga qisqarishi va 35 kunchaga cho‘zilishi
mumkin.
Epidåmiologiyasi.  O‘tgan  asrning  80—90-yillarida  råspub-
likamizda, ayniqsa, yosh bolalar orasida o‘tkir shol kasalligi ko‘p
qayd etilib, bolalarni umrbod majruhlikka olib kålgan.
O‘zbåkiston  Råspublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomoni-
dan olib borilgan profilaktik  chora-tadbirlar natijasida 1996-yil-
dan boshlab, bu kasallik umuman yo‘qotildi. 2002-yil O‘zbåkis-
ton  Råspublikasi  «Yovvoyi  polivirusdan  xalos  bo‘lgan  davlat»
sårtifikatiga  sazovor  bo‘ldi.  Låkin  kåyingi  yillarda  råspublika-
mizga qo‘shni bo‘lgan qator davlatlarda o‘tkir shol kasalligi bo‘-
yicha vaziyat murakkablashdi va bu kasallikning råspublikamiz
hududiga kirib kålish xavfi ortdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashki-
loti  ma’lumotiga  ko‘ra,  Tojikistonda  2010-yil  17-mayga  qadar
o‘tkir  shol  kasalligi  aniqlangan  båmorlar  soni  278  nafarga  yåt-
gan,  12  båmor  o‘lgan.
Shol turli-tuman shakllarda o‘tadi. Nårv siståmasining zarar-
lanish  simptomlari  yaqqol  ko‘ringan  og‘ir  falaj  shakllari  bilan
birga,  nårv  siståmasining  zararlanish  simptomlari  bo‘lmagan
abortiv shakllari ham, håch qanday klinik simptomlari ko‘rilmagan
yångil o‘tuvchi virus tashuvchi kasalliklar ham bo‘ladi.
Sholning  yashirin  formalari  kång  tarqalganligi  ilgaridan
ma’lum va bu sholning o‘ziga xos xususiyatidir. Kåyingi yillardagi


139
tåkshirishlar,  infåksiyaning  yaqqol  ko‘ringan  shakllari  uning
yashirin shakllariga nisbati turlicha bo‘lishini (1:50; 1:100; 1:350)
ko‘rsatadi. Laboratoriya yo‘li bilan tåkshirishning hozirgi zamon
usullarini  nazarga  olganda  (virus  topish  mumkinligi  va  virusni
ziyonsiz holga kåltiruvchi antitålalar titrining o‘sishini ko‘zdan
kåchirib  borish  mumkinligi)  bu  usul  yordami  bilan  olingan
ma’lumotlarni  to‘g‘ri  dåb  hisoblasa  bo‘ladi.  Bu  nisbat  raqam-
larning har xil bo‘lishini tåkshirish olib borilgan muayyan epi-
dåmiologik  sharoitlarning  turlicha  bo‘lishi  natijasi  dåb  bilmoq
mumkin.
Sholning epidåmiologik zanjiri. Birinchi zvåno — infåksiya-
ning manbayi odam bo‘lib, bunga klinika jihatidan yaqqol ko‘-
ringan kasal va poliomiyålitning yashirin shakllari bilan kasallan-
gan  kishilar  kiradi.  Ko‘pincha  aniqlab  olinmasdan  qoluvchi
yashirin formalari infåksiyaning manbayi sifatida alohida xavf
tug‘diradi.
Ikkinchi zvåno — infåksiyaning tarqalish yo‘llari kasallikning
turli davrida virus båmor organizmning qaysi yårida uyg‘unlash-
gani  hamda  uning  organizmdan  qaysi  yo‘llar  orqali  ajralib  chi-
qishi  bilan  bålgilanadi.  Kasallikning  birinchi  kunidan  boshlab,
råkonvalåssåntlikning oxirgi muddatigacha shol virusi najas bilan
juda  ko‘p  miqdorda  ajralib  chiqib  turadi,  bundan  tashqari,  bir
qancha mamlakatlarda maymunlarga og‘iz orqali kasallikni yuq-
tirish tajribalari muvaffaqiyatli chiqdi. Shularga asoslanib, shol-
ning asosiy tarqalish yo‘li kontakt orqali bo‘lishi haqida, asosan,
najas bilan ifloslangan qo‘l va turli ro‘zg‘or buyumlari orqali tar-
qalishi haqida yaxlit fikrga kålindi.
Biroq, yaqqol ko‘ringan yoki yashirin shakldagi poliomiyålit
bilan kasal bo‘lgan kishining halqumida virusning bo‘lishi infåk-
siyaning havo-tomchi zarrachalari orqali ham yuqishi mumkinligini
ko‘rsatadi.  Sholning  eng  yuqumli  davrini  (kasallikning  bålgilari
boshlanishidan 3—5 kun ilgari va boshlangandan kåyingi 3—5 kun
ichida)  virusning  shu  yo‘l  orqali  o‘tishiga  bog‘lanadi  (Chuma-
kov). Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘tgan asrning 40-yillari
o‘rtalarigacha  havo-tomchilar  orqali  o‘tkazishni  sholning  eng
asosiy tarqalish yo‘li dåb hisoblanar edi. Ba’zi bir tadqiqotchilar
bu fikrni hozir ham quvvatlaydilar.
Epidåmik  zanjirning  uchinchi  zvånosi  odam  bo‘lib,  infåk-
siyaning  ta’siriga  turlicha  råaksiya  ko‘rsatadi,  yuqtirishning


140
oqibatini organizmning shu råaksiyasigina bålgilab båradi. Kichik
yoshdagi bolalar sholga juda båriluvchan bo‘ladi. Yuqorida bayon
qilib  o‘tilganidåk,  virusni  o‘ziga  o‘tkazgan  bolalarning  kamdan
kami  yaqqol  ko‘ringan  tipik  shol  bilan  kasallanib,  ko‘pchiligi
kasallikning  bilinmas  yoki  simptomsiz  shakllarini  o‘tkazadi.
Sholning paralitik shakllari bilan kasallanishni organizmning ta-
biiy turg‘unligini susaytiruvchi har xil ta’sirlar natijasi dåb, ya’ni
charchash,  shamollash,  bodomcha  båzning  olib  tashlanishi,
jarohatlar, turli inyåksiyalar, turli xil opåratsiyalar va h.k. natijasi
dåb hukm qilinadi.
Shol bilan kasallangandan kåyin turg‘un immunitåt qoladi va
qaytadan  kasallanish  hodisalari  juda  ham  kamdan  kam  bo‘ladi.
Latåntli immunizatsiya natijasida ham immunitåt paydo bo‘lishi
mumkin. Katta yoshdagi bolalar va katta yoshdagi odamlarning
chidamli bo‘lishlari sababi ham shunda bo‘lsa kerak.
Sholning  tarqalishiga  sanitariya-turmush  sharoitlari  katta
ta’sir etadi, chunki yuqish ehtimoli kontaktning qanchalik zich
bo‘lishiga  bog‘liq.  Shuning  uchun  uy-joy  sharoitining  yomon
bo‘lishi bolalarning o‘zaro yaqindan kontaktda bo‘lishlariga sa-
babchi  bo‘ladi,  natijada  kasallikning  tarqalishiga,  uning  og‘ir
o‘tishiga va låtallikning ko‘p bo‘lishiga olib boradi. Shol yoz-kuz
mavsumida ko‘proq yuz båradi.
Sholga qarshi kurash
Sholga qarshi kurash tadbirlari Sog‘liqni saqlash vazirligining
2010-yilda chiqargan qo‘llanmasiga muvofiq olib boriladi. Sholga
qarshi kurashni muvaffaqiyatli olib borish uchun quyidagi tash-
kiliy  tadbirlar  amalga  oshirilishi  zarur:  sholga  tashxis  qo‘yish,
profilaktika va davolash ishlarini hamma shifokorlarga o‘rgatish,
bolalar  muassasalari  xodimlarining  diqqatini  bolalar  orasidagi
kasallikni  barvaqt  aniqlab  olishga  qaratish,  ularni  profilaktika
qilish asoslari bilan tanishtirish, nihoyat, aholi orasida sanitariya
maorifi  ishlarini  olib  borish.  Bulardan  tashqari,  kasalxonaning
ichida kasallikni yuqtirish hodisalariga yo‘l qo‘ymaydigan råjim
bilan ta’minlangan diagnostik statsionarlar tashkil qilish kerak.
Kasallik  avj  olgan  davrda  bolalar  o‘pkasining  xastalanish  im-
koniyatini  kamaytirishga  qaratilgan  tadbirlarni  amalga  oshirish
zarur, buning uchun bolalar ertaligini to‘xtatish, kinoga borishni
taqiqlash va h.k.larni qo‘llash kerak.


141
Infåksiyaning  manbayiga  qarshi  qaratilgan  tadbirlar  båmor-
larni tåzda aniqlab olish va ularni so‘zsiz gospitalizatsiya qilish-
dan iboratdir. Bu tadbirlarning ikki tomonlama ahamiyati bor: bir
tomondan  yuqumlilikning  manbayini  yo‘qotishga  erishilsa,  ik-
kinchi  tomondan  kasallikdan  qolgan  og‘ir  illatlarning  va  nogi-
ronlikning oldi olinadi. Kasallik tarqalgan davrda tibbiyot xodim-
lari,  ayniqsa,  xushyor  bo‘lib  turishlari,  kasal  bo‘lganlarni  poli-
klinikada, bolalar muassasalarida, uyma-uy tåkshirib, tamomila
aniqlab  olish  choralarini  ko‘rish  zarur.
Sholning  epidåmik  tarqalishi  ro‘y  bårganda,  shifokorlarning
diqqati bolalarda yuqori nafas yo‘llarining katari bilan ko‘ringan
o‘tkir isitmali kasalliklarning hammasi davolashga qaratilishi kerak.
Kasallarni sog‘lom bolalardan ajratib, izolatsiya qilinadi. Tibbiyot
xodimlari kun sayin ularni uyiga borib tåkshirib turishlari lozim.
Sholga ozgina bo‘lsa-da shubha tug‘ilsa, tashxisni aniqlash uchun
bola gospitalizatsiya qilinadi. Shol kasalligi bilan og‘rigan båmor
bilan  yaqindan  kontaktda  bo‘lgan  kishilarga  20  kunlik  karantin
bålgilanadi. 15 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom bolalar hamda bolalar
muassasalarida,  oshxona,  oziq-ovqat  va  sut  mahsuloti  do‘kon-
larida xizmat qiluvchi katta yoshdagi savdo xodimlari karantindan
o‘tishlari shart.
Bolalar muassasalarida birinchi marta kasallik paydo bo‘lishi
bilan kasallik chiqqan guruhni boshqa guruhlardan 20 kunga qadar
izolatsiya qilinib, yangi bolalarni qabul qilish va boshqa guruhlarga
ko‘chirish  to‘xtatiladi.  Kasallik  takrorlanganda  20  kungacha
kåcha-kunduz davom etadigan guruhga aylantiriladi yoki karantin
tadbirlarini oilada ta’minlash sharti bilan bolalarni uylariga tar-
qatib yuboriladi.
Sholning qaysi shakli bilan kasal bo‘lganiga qaramay, kasallik
boshlanganidan  buyon  40  kun  o‘tmaguncha,  båmorlarni  kasal-
xonadan chiqarish mumkin emas. Infåksiyaning tarqalish yo‘lla-
riga qarshi  tadbirlar  kundalik  va  oxirgi  dezinfåksiya  qilishdan
iborat bo‘ladi. Virusning turg‘unligi, kasallikning birinchi kunidan
boshlab  haddan  tashqari  ko‘p  virus  ajralib  chiqishi  tufayli,  po-
liomiyålitda dezinfåksiyani, ayniqsa, sinchiklab qilish talab etiladi.
Båmorlarning chiqindilari, båmor ishlatgan buyumlar, kiyimlar,
o‘rin jihozlari (choyshab, yostiq jildi, ko‘rpa choyshabi), båmorni
parvarish  qilishda  ishlatilgan  ashyo,  o‘yinchoq,  idish,  båmor
yotgan uy va båmorni izolatsiya qilinmagan boshqa kishilarning
uylari, hojatxona hamda umumiy foydalanishda bo‘lgan boshqa


142
joylar  dezinfåksiya  qilinishi  kerak.  Bunda  dezinfåksiyalovchi
moddalardan 3 % li xloramin eritmasi va tindirilgan xlorli ohak-
ning 2 % li eritmasi ishlatiladi.
Maxsus profilaktika. Poliomiyålit kasalligidan saqlanish uchun
OPB poliomiyålitning kuchsizlantirilgan tirik viruslaridan tayyor-
langan vaksina qo‘llaniladi. Bu vaksina og‘izga 2 tomchi tomiziladi,
shu  sababli  oral  vaksinasi  dåb  nomlanadi.  Kuchsizlangan  virus
odam  organizmida  immunitåt  hosil  qiladi  va  kålgusida  yovvoyi
poliviruslar xurujidan himoya qiladi. 2010-yilda O‘zbåkiston Rås-
publikasi bilan qo‘shni bo‘lgan Tojikistonda poliomiyålit epidemik
avj olganligi  munosabati bilan yurtimizda «Milliy emlash» kunlari
ikki bosqichda o‘tkazildi. Buning uchun Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti va UNISÅF bilan hamkorlikda 7 mln doza poliomiyålitga
qarshi vaksina kåltirildi va 2010-yil 17—23-mayda 1-bosqich va
7—13-iyun,  25—30-oktabr  kunlari  2-bosqich  o‘tkazildi.  Bunda
15 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlandi.
O‘quvchilar  bolalarni  antiðoliodraje  bilan  immunizatsiya  qilishda  (po-
liklinikaning emlash xonasida, maktabda yoki uyda) ishtirok qilishadi va emlash
o‘tkazilgani haqidagi ma’lumotlar 63-shaklda qayd etiladi.
Epidemiologik  masalalar
1. Bir yoshdagi bolada poliomiyelitning paralitik shakli aniq-
langan. Bola 1 yosh-u 3 oylik bo‘lgunga qadar, ota-onasi bilan
chet mamlakatlarning birida yashagan.
Bola chechakka qarshi emlangan. Uni boshqa infeksiyalarga qarshi
emlashganmi yoki yo‘qmi ota-onasi bilmaydi. Kasallanib qolishi-
dan 1 oy oldin bola yasliga berilgan. Otasi — metallurgiya kombina-
tining muhandisi, onasi uy bekasi, oila alohida xonada yashaydi.
Kasallik o‘chog‘ini tugatish bo‘yicha tadbirlar belgilansin.
2. Yasli-bog‘chaga boradigan 3 yosh-u 2 oyli bolada polio-
miyelitsimon kasallik paydo bo‘lgan. Bola  yoshiga muvofiq holda
poliomiyelitga qarshi emlangan. U qatnaydigan guruhda 3 bolaga
toshma toshgan va isitma kasalligi, bir bolada esa, ko‘krak qafasi-
ning pastki qismida tutib-tutib turadigan og‘riq va isitma kasalligi
qayd qilingan.
Kuzatilgan kasalliklarning tabiatini aniqlash yuzasidan mulo-
hazalaringizni bayon eting.
!
MUSTAQIL ISH


143
1. Poliomiyelit kasallik virusining atrof-muhitga chidamliligi qanday?
2. Poliomiyelitda infeksiya manbalari qanday?
3. Poliomiyelit  qanday  tarqaladi?
4. JVS vaksinasiga ta’rif bering. Uning ta’sirchanligi qanday?
5. JVS vaksinasi bilan immunizatsiya qilish sxemasi qanday?
6. Qanday  viruslar  poliomiyelit  qo‘zg‘atuvchisiga  yaqin?  Ular  qanday
kasalliklarni  qo‘zg‘atadi?
2.6. Vabo
Qadim  zamonlardan  vabo  kasalligi  epidemik  o‘choqlarda
doimiy uchrab kelgan. Hozirgi kunda Hindiston, Pokiston, Af-
g‘oniston, Eron, shu jumladan, O‘zbekistonga ham tarqalish eh-
timoli mavjud.
1817-yildan  1925-yilgacha  vabo  kasalligining  8  marta  pan-
demiyasi  bo‘lib,  u  Hindiston,  Osiyo  mamlakatlari  va  Yevropa,
Afrika, Amerika, hatto Avstraliyaga  tarqalgan. Shundan:
• birinchi pandemiya 1896-yili Hindistonda boshlanib, keyin
Filiðpin,  Xitoy,  Yaponiya,  Sharqiy  va  G‘arbiy  Afrika  mam-
lakatlariga tarqalgan;
• ikkinchi pandemiya 1828-yili Hindistonda boshlanib, Afg‘o-
niston,  Buxoro,  Orenburg,  Eron  orqali  Kaspiy  va  Qora  dengiz
bo‘yiga tarqalgan;
• uchinchi pandemiya 1844—1864-yillar Hindistonda boshla-
nib,  Afg‘oniston,  Eron  orqali  Òurkistonga  tarqalgan.  1844-yili
Buxoro va Samarqandda ro‘yxatga olingan;
• to‘rtinchi pandemiya  1864—1875-yillar Hindistonda bosh-
lanib, Eron orqali Òurkistonga kirib kelgan. 1871-yili Buxoro,
Jizzax, Samarqand, Shahrisabz, Hisor va Amudaryo sohillariga
tarqalgan;
• beshinchi pandemiya 1883—1896-yillar Erondan Òurkistonga
kirib  kelgan.  1892-yili  Jizzax,  Samarqand,  Òoshkent,  Buxoro,
Chinozda aniqlangan. Bu pandemiya Yevropa va Amerikaning  ja-
nubiy port shaharlarida  ham  ro‘yxatga  olingan;
•  oltinchi  pandemiya  1900—1926-yillarda  Arabistonda
boshlanib, 1904-yili Òurkistondan Eronga kirib kelgan (8 marta
ro‘yxatga  olingan).  Avval  Ashxobod  bilan  Mari  o‘rtasida,  ke-
yinchalik Bayramali, Òajen, Hasanko‘l, Buxoro, Òoshkent, Chim-
kentda ro‘yxatga olingan;
?
NAZORAT SAVOLLARI


144
• yettinchi pandemiya 1966—1988-yillarga to‘g‘ri keladi. U Si-
nay  yarimorolidan  boshlanib,  Indoneziyada,  Janubiy,  Sharqiy
Osiyoda, Hindiston, Pokiston va  boshqa mamlakatlarda tarqal-
gan, 3000000 ga yaqin kishi kasallangan;
•  sakkizinchi pandemiya  1990-yilda boshlangan va yer yuzi-
ning deyarli barcha mintaqalarida keng tarqalgan. 1992-yili 33 mam-
lakatda 16 mln.dan ortiq vabo bilan kasallangan bemorlar qayd
qilingan.
Etiologiyasi. Vabo vabo vibrionlari paydo qiladigan, fekal-oral
yuqish mexanizmli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizmning
keskin suvsizlanishi bilan xarakterlanadi. Vabo o‘ta xavfli karantin
infeksiyalar guruhiga kiradi.
Ular orasida ikki biotið:  klassik va El-Tor ajratiladi. Vabo vib-
rionining klassik biotiði 1883-yilda Robert Kox tomonidan aniq-
lanib,  yettinchi  vabo  pandemiyasigacha  vaboning  yagona  qo‘z-
g‘atuvchisi deb qaralgan. 1950-yildan boshlab, vaboning etiologik
omili  sifatida  El-Òor  biotiðining  ahamiyati  oshib  bordi.  Vabo
vibrioni yoysimon shaklda bo‘lib, uzun xivchini bor, juda hara-
katchan, sporalar hosil qilmaydi, grammanfiy. Oddiy oziq mod-
dalarda yaxshi o‘sadi.
Antigen  strukturasi  bo‘yicha  vabo  vibrioni  biotiðlari  uchta
serologik tiðlarga ajratiladi: Inaba, Ogava, Gikoshima.
Vabo vibrionlari past haroratlarga g‘oyat chidamli, qaynatil-
ganda esa, 1 daqiqada  nobud bo‘ladi. Quyosh nurlari, havo ta’si-
rida quritilganda bir necha kundan keyin nobud bo‘ladi.
Ochiq  suv  havzali  suvlarda,  ba’zi  gidrobiontlar  organizmida
yilning iliq oylarida vabo vibrioni saqlanib qolmay, ko‘payadi ham.
Bunday suvlarga ishlab chiqarish va maishiy korxonalarning oqava
suvlari  tushishi  orqali  gidrosferaning  zaharlanishi  ham  muhim
omil hisoblanadi.
Òashqi muhit sharoitida aylanib yuruvchi vibrion shtammlari,
chegaralangan  epidemik  o‘choqlarida  biotiðlarga  qaraganda,
kuchsiz  virulent  yoki  avirulentligi  bilan  ajralib  turadi. Vabo
vibrionlari manbayi bo‘lib odam organizmi hisoblanadi. Òaylor
(1941) va Pandit (1970) tadqiqotlariga qaraganda, vabo vibrio-
nining klassik biotiði atrof-muhitda bemor yoki vibrion tashuvchi
bo‘lgandagina uchrashi mumkin.
Undan  farqli  o‘laroq  El-Òor  biotiðli  vabo  vibrionlari  kasal-
likning klinik belgilari yaxshi rivojlangan bemorlar bo‘lmasa ham,
tashqi  muhitning  deyarli  hamma  joylarida  uchrashi  kuzatilgan.


145
Infeksiyaning  asosiy  manbalari  (rezervuarlari)  bo‘lib,  yuza  suv
havzalari, ulardagi gidrobiontlar, suv havzasi bilan ekologik bog‘-
liq bo‘lgan qushlarning ayrim turlari xizmat qiladi.
Vabo epidemiyalari infeksiya uzatish yo‘llari mexanizmiga qarab,
suv  orqali,  fekal-oral,  kontakt-maishiy,  oziq-ovqat  mahsulotlari
orqali va aralash ko‘rinishlarda kechadi. Vaboning yuqish darajasi
juda yuqori (100 % ni tashkil etadi). Kasallikning epidemik o‘choq-
larida, asosan, bolalar orasida kasallanish ko‘rsatkichlari yuqori.
Klinik manzarasi. Inkubatsion (yashirin) davr bir necha soat-
dan 5 kungacha,  ko‘pincha 2—3 kun bo‘ladi. Vabo yengil, o‘r-
tacha og‘ir va og‘ir shakllarda kechishi mumkin. Kasallik prodromal
hodisalarsiz o‘tkir boshlanadi. Òana harorati normal bo‘lib tur-
ganda, birdaniga ich ketish boshlanadi. Najas eng avvalidan suv-
dek bo‘ladi. Kamdan kam axlat avvaliga normal bo‘ladi, so‘ngra
mo‘l va suv singari bo‘ladi. Dastlabki kunlarda 3 dan 10 marta-
gacha  va  bundan  ko‘proq  ich  ketishi  mumkin.  Bemorlar  tash-
nalik, ishtaha yo‘qligi, darmonsizlikdan shikoyat qilishadi.
Yengil shaklida 2—3 kun o‘tgach, sog‘ayish yuz berishi mum-
kin, suyuqlik yo‘qotilishi gavda og‘irligining 2—3 % dan oshmaydi
(gidratatsiyaning I darajasi). Agar kasallik avj olib borsa, kuniga
15—20 martagacha ich ketadi, u axlat xarakterini yo‘qotib, guruch
suvi ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
O‘rtacha  og‘irlikdagi  shaklida  kasallikning  dastlabki  soatla-
ridayoq ich ketishi bilan birga ko‘p qayt qilinadi. Qusuq  avvaliga
ovqat  qoldiqlari,  o‘t  suyuqligi  bilan  aralash  bo‘ladi,  biroq  tez
orada suvsimon bo‘lib qoladi. Bemorlar bosh aylanishi, darmon-
sizlik, tashnalik, og‘iz qurishidan shikoyat qilishadi. Badan terisi
rangpar,  quruq  bo‘lib,  uning  tarangligi  yo‘qoladi,  lablar,  qo‘l
barmoqlari ko‘kimtir tusga kiradi, tovush bo‘g‘iladi. Oyoq-qo‘llar-
ning mushaklari qisqa vaqtga tortishadi, chaynov mushaklari uchib
turadi, taxikardiya, o‘rtacha gepotoniya, oliguriya bo‘ladi. Bu turida
suyuqlik yo‘qotish gavda og‘irligining 4—6 % ni tashkil qiladi.
Vaboning og‘ir shakli (gidratatsiyaning III darajasi, suyuqlik
yo‘qotilishi gavda og‘irligining 7—9 % ni tashkil qiladi) tez-tez
suvsimon ich ketishi bilan o‘tkir boshlanadi va bemor juda ko‘p
qayt qiladi. Bemorlarni tashnalik, qorin mushaklarining tortishishi
bezovta  qilib,  bu  qattiq  og‘riqqa  sabab  bo‘ladi.  Òeri  qoplamlari
sianotik, elastikligini yo‘qotadi va birdaniga tekislanmaydi, qo‘l va
oyoqlar terisi ajinsimon bo‘lib qoladi («kirchilar» qo‘li). Òovush
bo‘g‘ilib, keyin chiqmay qoladi, yuz qiyofasi o‘zgaradi, ko‘z kirta-


146
yib qoladi, yonoqlar ichiga botadi, lab, quloq suprasi, burun sianozi
kuzatiladi. Yurak urishi bo‘g‘iqlashgan, taxikardiya qayd qilinadi,
arterial qon bosimi tushib ketadi. Gavda harorati ba’zan me’yordan
past  bo‘ladi.  Faol  davolash  bemor  organizmidagi  muvozanati
buzilgan hamma almashinuv jarayonlarini tez tiklay olishi mumkin.
Davo  qilmaslik  yoki  uning  yetarlicha  bo‘lmasligi  kasallik-
ning og‘ir shakliga o‘tishiga olib kelishi mumkin (gidratatsiyaning
IV  darajasi,  suyuqlik  yo‘qotilishi  gavda  og‘irligining  9  %  dan
ko‘prog‘ini tashkil qiladi), qusish va ich ketishi to‘xtaydi, gavda
harorati esa, me’yordan pasayib ketadi. Kasallikning keyingi rivoji
giðovolemik shokka olib keladi.
Epidemiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisining joylashish xarakteri va
kasallikni vujudga keltirish xususiyatlari ich terlama va  ichburug‘
kasalliklaridan ancha farq qiladi. Vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisi-
ning og‘iz orqali ingichka  ichakka tushishidan boshlanadi. Biroq,
uning  zararli  ta’siri  ro‘yobga  chiqishi  uchun  vibrionlarning
epiteliy to‘qimalariga kirishiga hojat qolmaydi. Mikroblar ichak
epiteliysining  mikroso‘rg‘ichlariga  birikib  oladi  va  shu  yerda
ko‘payadi. Vabo kasalligi klinik ko‘rinishlarining namoyon bo‘-
lishi, vibrionlar ishlab chiqaradigan enterotoksinga bog‘liq. Bu-
ning ta’sirida organizmdagi tuz va suvning ichak bo‘shlig‘iga muay-
yan yig‘ilishi kuzatiladi.
Odamlarning kasallikka moyilligi turlicha bo‘lgani uchun bir
o‘choqning o‘zida har xil zararlanish natijalarini kuzatish mum-
kin.  Klinik  belgilarsiz  kasallanish  manifest  ko‘rinishli  kasallik
ko‘rinishiga  nisbatan  5—10  marta,  ba’zida  esa,  50—100  marta
ko‘p uchraydi. Bemorlar kasallikning birinchi kunidan boshlab,
qo‘zg‘atuvchilarni tashqariga chiqara boshlaydi. Kasalga chalin-
gan bemorlarning yuqumlilik darajasi unchalik yuqori emas va bu
muddat 1—6 haftadan oshmaydi.
O‘tgan asrning yigirmanchi yillarida, ya’ni 6-pandemiya dav-
rida kasallik olib kirilgan yerlarda vaqtinchalik epidemik o‘choqlar
paydo bo‘lgan. Ba’zi hollarda kasallik qo‘zg‘atuvchilari olib kelin-
masa  ham,  kasallik  uchrab  turadi.  Biroq,  bunday  kasallanish
hollarini izohlab beradigan dalillar yo‘q, chunki bu yerda bemor
ham, qo‘zg‘atuvchini tashib yuruvchi shaxs ham uchratilmagan.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar bu holni o‘zgargan mikroblar va buni
aniqlash imkoni bo‘lmaganligi bilan tushuntirishga harakat  qiladilar.
Keyinchalik epidemiyalar o‘rtasidagi davrda mikroblarning ti-
ðik bo‘lmagan holatda o‘tib qolishi to‘g‘risidagi tushunchalar xato


147
deb topilgan va epidemiologik solishtirish natijasida yangi xulosa
chiqarilgan. Bu xulosaga ko‘ra, ikki xil tabiatli vibrionlar bo‘lib,
birinchisi epidemiyaning tez yuzaga kelishiga sabab bo‘lsa, boshqasi
sporadik holda har yerda onda-sonda uchrab turishiga olib keladi.
Yettinchi pandemiya davrida ungacha paydo bo‘lgan epidemik
jarayonning  rivojlanish  mexanizmi  haqidagi  fikrlar  birmuncha
o‘zgardi. Ular orasida ahamiyatliroq bo‘lgan omilni keltirib o‘tish
joizdir:
1. Epidemik o‘choqlarda vabo va vaboga o‘xshash vibrionlar-
ning juda ko‘p turlari topildi.
2. Vabo vibrionining saprofitlik  xususiyati  borligi ham aniqlandi.
Yettinchi  pandemiya  boshlarida  vabo  vibrioni  ikki  biovarga
ajratildi: klassik va El-Òor vabo vibrioni. Keyinchalik barcha fenotiðik
ko‘rsatkichlar ham, DNK/DNK gibridlash ham vabo vibrionini
sinfiy va El-Òor biovarlariga ajratishga arzigulik dalil topilmadi.
Shunday bo‘lsa ham yettinchi pandemiyani  vibrio cholerae vib-
rioni chaqirgan degan fikr ko‘pchilik tomonidan tan olindi.
Klassik va El-Òor vibrioni asli  01 seroguruhga taalluqlidir. Ular
orasida uch serovar: Ogava, Inaba va Gikoshima borligi aniqlangan.
Shu bilan birga tashqi muhitdan va bemorlardan H- antigenlariga
o‘xshash  vibrionlar  topilgan,  biroq,  ular  01  zardob  bilan  birik-
maydi  (agglutinatsiyalanmaydi).  Ular  agglutinatsiyalanmaydigan
vibrionlar  (NAG)  yoki  vibrionlar  deb  yuritiladi.
Ayrim bemorlar najasi bakteriologik tekshirilganda, kasallikning
kechishi  mobaynida,  tiðik  vibrio  cholerae  (El-Òor)  vibrionining
ajralishi bilan bir qatorda, O- vabo zardobi bilan agglutinatsiya-
lanmaydigan  vibrionlar  ajralishi  kuzatilgan.  Agglutinatsiyalan-
maydigan vibrionlar ko‘pincha avj olishdan oldin va epidemiya-
ning tugashi arafasida  topiladi.
Vaboning yettinchi pandemiyasining boshlanishi Ogava serovari
bilan va kamdan kam hollarda Inaba serovari bilan bog‘liq bo‘ldi.
O‘zbekistonda odamlardan, suvdan, gidrobiontlar va qushlardan
ajratib olingan barcha shtammlar o‘z xususiyatlari bo‘yicha 01 sero-
logik  guruhiga  taalluqlidir.  Amaliy  jihatdan  ularning  barchasi
El-Òor  biovariga  tegishlidir,  zero  1969-yili  Sirdaryo  viloyatida
qurbaqadan  ajratilgan  klassik  vabo  vibrionidan  tashqari,  O‘zbe-
kistondan  boshqa  vibrionlar  uchramagan.  Barcha  shtammlar
laboratoriya hayvonlari uchun virulent edi va fag testi bo‘yicha
ular gemolitik faol tur ko‘rinishlariga mansubdirlar.


148
Parazitlik davrining saprofitlik davriga o‘tishi ham ko‘pincha
vabo  vibrioni  kultural-morfologik  xususiyatlarining  gemolitik
aktivligi, antigen holati, toksigenligi va faglarga sezuvchanligining
o‘zgarishi  bilan  boradi.  Oziq  moddalar  yetishmasligi  natijasida
vibrion  tinchlik  holatiga  o‘tib  oladi  va  uzoq  muddat  saqlanishi
mumkin.  Shunday  bo‘lsa-da,  ular  suyuq  ozuqa  tarkibidagi  ar-
zimas oziq moddalarni ham parchalay olish xususiyatini yo‘qot-
masligi ma’lum bo‘ldi.
Oziq  substrat  sifatida  suvda  yashovchi  umurtqasizlarning
xitin moddasi ishlatiladi. Daryolarning kam suvli havzalarida, ko‘l-
larda,  dengiz qirg‘oqlarida, ayniqsa, sekin oqar qismlarida nat-
riy xlorid, ammoniy nitrat tuzlari miqdori baland bo‘lganda,
oksidlanish darajasi yuqori bo‘lganda, kislorodga biokimyoviy
talab  oshganda,  ya’ni  ishqorli  oziq  muhiti  yuzaga  kelganda
vibrio  cholerae  (El-Òor)  uzoq  muddatgacha  saqlanib  qolishi
mumkin.
Abiotik omillarning alohida bog‘langanligi va suv hayvonlari
bilan  murakkab  aloqada  bo‘lganligi  munosabati  bilan  (zoo-
planktonlar, suvda va quruqda yashovchilar, baliqlar, suv yaqinida
yashovchi  qushlar)  vibrio  cholerae  (El-Òor)ning  aylanib  yurish
qonuniyatlarini va saqlanib qolinishini ta’minlaydi. Suvda suzuvchi
qushlar vabo vibrionining uzoq masofaga tarqalishida katta ahamiyat
kasb  etadi.  Odamlar  juda  kam  bo‘ladigan  suv  havzalaridan
vibrionlarning topilishi ham shunga bog‘liq bo‘lsa kerak. Yashash
muhitining o‘zgarishiga qarab, toksigen bo‘lmagan qo‘zg‘atuvchilar
paydo bo‘lishining molekular-genetik mexanizmlari batafsil o‘rga-
nilgani yo‘q.
Yuqori toksigenlik paydo bo‘lishining ikki  mexanizmini izohlab
berish mumkin. Birinchisi, ba’zi bir hujayralarning  toksigenlikni
saqlashga  va  oshirishga  moyilligi  bo‘lsa,  ikkinchisida,  u  gene-
ratsiya,  qayta  ekish  manbayi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Ushbu
mexanizmlar yordamida vabo bilan ham sporadik, ham epidemik
kasallanish darajalarini va epidemik jarayonning asosiy bosqich-
larini  tushuntirib  berish  mumkin.
Vabo qo‘zg‘atuvchilarining yig‘ilishi (jamlanishi) boshqa ha-
qiqiy antroponozlardan farqli o‘laroq tashqi muhitda o‘tadi. An-
tigenlarning o‘zgarishini esa, moslashuv va jamlashuvning birinchi
xabarchisi,  deb  bilsa  bo‘ladi.  Epidemiyaning  rivojlanib  ketishi
qo‘zg‘atuvchilardagi sifat o‘zgarishlariga bog‘liq va bunda yuqish-
ning fekal-oral yo‘li katta ahamiyatga ega bo‘ladi.


149
Epidemik  jarayonning  namoyon  bo‘lishi
Epidemik o‘choqlarda vabo yil davomida uchrab turadi. Birin-
chi marta epidemik o‘choqdan vabo 1817-yilda chiqqan va hozirga
qadar vaboning 8 ta pandemiyasi  bo‘lib o‘tgan. Pandemiyalar 7 yil-
dan 27 yilgacha davom etgan. Indoneziyadagi Sulavesti orolchasi
7-pandemiyaning dastlabki o‘chog‘i hisoblanadi.
1961—1968-yillarda  vabo  jahonning  25  mamlakatida,
1980-yilga  kelib,  36  mamlakatda  qayd  qilingan.  1961-yildan
1972-yilgacha  vaboning  epidemik  avj  olishlari  Janubi-Sharqiy
Osiyo,  Yaqin  va  O‘rta  Sharq  hamda  Afrikaning  50  dan  ortiq
mamlakatlarida kuzatilgan. Sobiq Ittifoqda birinchi marta vabo
kasalligi  1965-yilning  avgust  oyida  uchragan,  keyinchalik  va-
boning avj olishi Astraxan, Kerch, Odessa shaharlarida ham bo‘-
lib o‘tgan. O‘tgan davr ichida vabo kasalligi Afrika, Yevropa va
Amerika qit’alarining  ko‘pgina mamlakatlarida aniqlangan. Ba’zi
bir yerlarda vaboning tabiiy o‘choqlari vujudga kelgan, ularni
onda-sonda yoki laboratoriya tekshirishlarida uchratish mum-
kin. 1979-yilda Sardiniyada vaboning chiqishi ham 1973-yildagi
pandemiyadan qolib ketgan va dengiz havzalarida o‘rnashib qol-
gan vibrionlar sababli vujudga kelgan, deb hisoblanadi. Meksika
ko‘rfazining quyi qirg‘oqlari o‘rganilganda, o‘sha sharoitda qo‘z-
g‘atuvchilar ko‘p yilgacha tashqi  muhitda saqlanishi mumkin-
ligini ko‘rsatdi.
Shunday qilib,vabo kasalligi ham boshqa kasalliklarga o‘x-
shab epidemik (pandemiya) tarqalish  xususiyatiga ega va katta
hududlarni egallashi mumkin. Bu o‘choqlar ko‘pincha avj olish
hodisalariga bog‘liq. Ikkilamchi epidemik o‘choqlarda kasallik
sporadik  kasallanishlar  va  kichik  avj  olish  sifatida  namoyon
bo‘lib turadi.
Profilaktikasi. Vaboning regional tarqalishi unga qarshi katta
tadbirlar o‘tkazishni taqozo qiladi. O‘z vaqtida  va to‘g‘ri  tayinlangan
davo choralari, uning o‘lim bilan tugash hollarining oldini oladi.
O‘choqlardagi eng muhim tadbirlardan biri — sanitariya-gigiyena
tadbirlaridir. Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va oziq-
ovqat mahsulotlarining bezararligi katta ahamiyatga ega. Umuman,
barcha o‘tkazilayotgan choralar kasallikning fekal-oral yo‘li orqali
yuqishini  bartaraf  qilishga  qaratilishi  kerak.  Zarur  tadbirlardan
yana biri — dezinseksiya ishlarini olib borishdir. Pashshalarning
ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni qirish va dezinfeksiya ishlarini


150
amalga oshirish asosiy omillardan hisoblanadi. Kasallikning oldini
olish  uchun  tetratsiklin  qatoridagi  antibiotiklardan  foydalani-
ladi.  Maxsus  profilaktika  uchun  xolerogen-anatoksin  va  uning
O- antigenli vabo vibrioni birikmasi ishlatiladi. Ular hanuzgacha
yaxshi natija bermoqda.
Epidemik  nazorat  olib  borish  tartibi.  Epidemik  nazoratdan
asosiy maqsad, epidemiya bo‘lgan mamlakatlardan kasallik kirib
kelishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  va  hosil  bo‘lgan  ikkilamchi  endemik
o‘choqlarni bartaraf qilish. Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshi-
rish  uchun  quyidagi  vazifalarni  bajarish  zarur:
a)  chet  davlatlardagi  vabo  bilan  kasallanish  ko‘rsatkichlarini
mudom  kuzatish;
b) aholining o‘tkir ichak yuqumli kasalliklari bilan kasallanishi
darajasini epidemiologik baholash va bunda ko‘rsatmalarga qarab,
vabo jihatidan tekshirish ishlarini olib borish;
d)  vabo  vibrionlarining  suv  havzalarida  yashashi  sababli  ik-
kilamchi epidemik o‘choqlar paydo bo‘lish ehtimolini o‘rganish;
e)  vabo  epidemiyasiga  qarshi  tadbirlarning  sharoitga  qarab
o‘zgarishini asoslab berish.
Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  tomonidan  tarqatilgan  xa-
barnomalar epidemiologik kurashning asosi bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.  Mamlakatimiz  ichida  xuddi  shunday  xabarni  epi-
demiologiya bosh boshqarmasi tarqatadi. Sharoitga qarab, tadbir-
larni kuchaytirish va kasallikning kirib kelishiga qarshi choralar
aniqlanadi.  Boshqarmalarning  qarorlari  maxsus  loyihalarda  o‘z
aksini topadi. Ular kasallikning kirib kelmasligini, mabodo kirib
kelsa, tarqalib ketmasligini ta’minlashlari kerak. Bunday loyiha-
larda kasallikning ikkilamchi endemik o‘choqlarida o‘tkaziladigan
tadbirlar ham belgilanadi.
Kasalxonalarda ma’lum  miqdorda diagnostik dori-darmonlar,
dezinfeksiya-dezinseksiya vositalari, tekshirishga  material olish va
tashish uchun kerakli anjomlar, kasallarga alohida xonalar ajra-
tiladi, tibbiyot xodimlarining har biriga vazifalar berilib, maqsadga
muvofiq sanitariya maorifi ishlari olib boriladi.
Vabo kasalligida tekshiruvlar alohida laboratoriyalarda amalga
oshiriladi. Òekshirish miqdori va hajmi, o‘ta xavfli kasalliklar bilan
shug‘ullanuvchi epidemiologlar soni belgilanadi. Suvdan namuna
olish  uchun  statsionar  va  vaqtinchalik  joylar  aniqlanadi.  Bular
imkoni boricha, sanitariya nazorati o‘tkaziladigan aholi cho‘milishi


151
uchun  mo‘ljallangan joylarda, qayiq va kemalar turadigan sohilda
bo‘lishi  kerak.  Dala  hovli,  sayohatchilar  maskani,  ayniqsa,  ular
suv oqimiga, qirg‘oqqa, suv omborlariga, sekin oqadigan suvlarga
yaqin bo‘lsa, e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Aholi o‘rtasidagi
immunologik holatga ham e’tibor berish zarur.
Antitelalar titri oshgan hollarda aholi  tomonidan xo‘jalik ish-
lari va ichish uchun ishlatiladigan suv bakteriologik tekshirish-
dan  o‘tkazilishi  kerak.  Òayyorlangan  loyihalar  epidemiologik
hisobot davrida qo‘llaniladi. Vabo vibrioni topilgudek bo‘lsa, uning,
ayniqsa, virulentlik tomonlari solishtirib o‘rganiladi. Òashqi mu-
hitdan topilgan vibrio cholerae (El-Òor) virulentligini, gemolitik
aktivligini fag yordamida va ayrim hollarda hayvonlarga yuborilib
tekshirish odat tusiga kirib qolgan.
Hozir vabo vibrionining toksigenligini o‘rganishning mukam-
mal usullari tatbiq etila boshlandi. IFA  va DNK/DNK gibridlash
usullari bunga misol bo‘la oladi. Avirulent va kam virulentli vabo
vibrionlarining  uzoq  muddat  aylanib  yurish  holatini  epidemio-
logik nuqtayi nazardan beqarorlik, deb hisoblash mumkin. Bun-
day  hollarda  asosiy  e’tiborni  sanitariya-gigiyena  tadbirlariga  va
diagnostik jarayonni mukammallashtirishga qaratish kerak.
Virulent xususiyatli vabo vibrionlari topilgan hollarda sharoit
qiyin yoki murakkab, deb baholansa, undan paydo bo‘lgan epi-
demiya avj olib borsa, favqulodda sharoit yuzaga kelgan yil deyiladi.
Bunday holda epidemiyaga  qarshi tadbirlarga favqulodda epide-
miyaga qarshi  qo‘mita boshchilik qiladi. Agar transport vositala-
rida epidemik sharoitdan kelgan bemorlar bo‘lsa, bu holat ham
shunday baholanadi va barcha yo‘lovchilar va haydovchilar 5 kun
mobaynida ko‘rikdan o‘tkaziladi. O‘sha transport vositalaridagi
suv, oziq-ovqat mahsulotlari, chiqindilarning hammasi zararlan-
gan,  deb  hisoblanadi  va  ular  zararsizlantiriladi.  Buning  uchun
dezinfeksiya vositalaridan foydalaniladi.
Bemorlar oldindan tayyorlab qo‘yilgan kasalxonalarga yotqi-
ziladi. Sharoitga qarab, tegishli tartib-qoidalar, sanitariya-gigiyena
tadbirlari o‘tkaziladi.
1.  Vaboda  immunizatsiya  uchun  qo‘llaniladigan  preparatlarni  ko‘zdan
kechirish.
2. Masalalar  yechish.
!
MUSTAQIL ISH


152
Epidemiologik  masalalar
1. Kasalxonaning qabul bo‘limiga ichi loyqa suvdek ketayotgan
bemor keltirilgan, u 2 marta qayt qilgan. Kasallanganiga 8 soat
bo‘lgan. Kasal bo‘lishidan 3 kun oldin to‘y qilgan opasinikidan
qaytib kelgan. Bu qishloq chegara zonasidagi daryo bo‘yida joy-
lashgan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradosh mamlakatlarda vabo
bilan kasallanish hollari mavjud.
Kasal  borib  kelgan  qishloqda  1200  kishi  istiqomat  qiladi.
Ichimlik suvi daryodan olinib, xlorlanadi, biroq uni xlorli ohak
bilan  ta’minlashda  uzilishlar  bo‘lib  turgan.  So‘nggi  2  oy  ichida
me’da-ichak  kasalliklari  95  marta  qayd  qilingan.  Kasallangan
kishilarning hech qaysisi kasalxonaga yotqizilmagan. Bu davr ichida
5 marta o‘lim hodisasi ro‘y bergan, jasadlar yorib ko‘rilmasdan
dafn etilgan. «Zaharli vositalardan zaharlanish» tashxisi qo‘yilgan.
Bir o‘lim hodisasi o‘ziga diqqatni tortadi.
Òo‘yda 150—200 kishi qatnashgan, ularning kasal bo‘lganmi-
yo‘qligi noma’lum, 12 kishi uzoq joydan kelgan. Vujudga kelgan
epidemiologik sharoit bo‘yicha mulohazalaringizni bayon eting.
O‘choqni chegaralash va tugatishga doir tadbirlar rejasini tuzing.
2. Yapon dengizida suzib kelayotgan kemadan olingan radio-
grammada vaboga shubhali 3 nafar bemor borligi xabar qilingan.
Kema Uzoq Sharqdagi bir qancha xorijiy portlarda bo‘lgan, ular-
ning biridan ichimlik suvi olgan. Kemada 48 nafar komanda a’zosi
va  38  nafar  yo‘lovchi  bor.  Kemada  shifokor,  antibiotiklar  va
dezinfeksiya  qiladigan  vositalar  zaxirasi  mavjud.  Izolator  ishlab
turibdi.
Kasallikni to‘xtatib qolish bo‘yicha tadbirlar tuzing.
1. Patogen  vibrionlar  qanday  kasalliklarni  qo‘zg‘atadi?
2. Vabo  vibrionining  atrof-muhitga,  xususan,  suvga  chidamliligiga  ta’rif
bering.
3. Vaboning infeksion manbalari va tarqalish yo‘llari qanday?
4. Vabo bilan kasallangan bemorlar va vibrion tashuvchilar xususida qanday
choralar  ko‘riladi?
5. Vaboga qarshi immunizatsiya o‘tkazishda qanday preparatlar qo‘llaniladi?
6. Qanday mahsulotlarga paragemolitik vibrionlarning tushishi kasallikning
tarqalishiga olib kelishi mumkin?
?
NAZORAT SAVOLLARI


153
2.7. Ovqat toksikoinfeksiyalari
Kelib chiqishi paratif mikroblari orqali bo‘ladigan infeksiya-
lar veterinariya va oziq-ovqat sanitariyasi nazoratiga rioya qilma-
gan joylarda paydo bo‘ladi. Bu kasalliklar to‘satdan yuz berishi
bilan  zararlangan  mahsulotdan  foydalanganlik  sababli  ancha
odamlarning kasallanishi bilan xarakterlanadi. Kasallarning soni
zararlangan mahsulotdan foydalanganlarida, masalan, uni savdo
tarmoqlaridan sotib olinganda zaharlanish hodisalari tarqoq xa-
rakterga ega bo‘ladi, chunki mahsulot uzoq vaqt va yetarli is-
siqlikda pishirilganligi uchun unda toksin o‘z xususiyatini yo‘qo-
tishi mumkin. Ammo ommaviy zaharlanish yuz berganda ham
jamoa hech qachon 100 % kasallanmaydi.
Shunday qilib, paratif infeksion kasalliklar qisqa vaqt ichida
birdaniga avj olib, ko‘pchilikni kasal qiladi yoki avj tezda tushadi.
Paratif  toksik  infeksiyalarining  profilaktikasi  kasalliklarning  bir-
daniga  avj  olishini  keltirib  chiqaruvchi  asosiy  mexanizmlarni
yo‘qotishdan iboratdir. Veterinar-sanitariya nazoratini to‘g‘ri tash-
kil qilish — bu boradagi eng keskin choradir.
Vulgar  mikroblar  orqali  vujudga  kelgan  toksik  infeksiyalar
odam ichida doim bo‘ladigan saprofit deyiladi. Ichak tayoqchasi
hamda odam va hayvonlarning ichidagi, shuningdek, atrof-mu-
hitda juda ko‘p tarqalgan vulgar proteysaprofit mikroblar vositasi
bilan birga avj oladi. Vulgar mikroblar chaqiradigan toksik infek-
siyalarning patogenezi oqimida toksik infeksiya o‘chog‘i bo‘lsa ham
mikrobning yuqish vaqtidagi roli juda ham kam bo‘ladi va kasallik
mikrob endotoksinlarining ta’siri natijasida kelib chiqadi.
Oziq-ovqat  toksikoinfeksiyalari  o‘tkir  ichak  infeksiyalarining
keng tarqalgan guruhi bo‘lib, patogen mikroorganizmlarning tok-
sinlari bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini  iste’mol qilish
natijasida yuzaga keladi.
Barcha oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari — salmonellalar, shigel-
lalar, shartli patogen mikroorganizmlar (proteus vulgares mirabilis),
stafilokokklarning entrotoksin  shtammlari, streptokokklar, sporali
anaeroblar va boshqalardan kelib chiqadi.
Etiologiyasi. Oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari polietiologik  kasal-
liklar jumlasiga kiruvchi kasalliklardir. Oziq-ovqat toksikoinfeksiya-
larini  uch guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin: salmonella guruhlari
keltirib chiqaradigan, saprofit mikroorganizmlar keltirib chiqaradi-
gan va stafilokokklar keltirib chiqaradigan toksik infeksiyalar.


154
Shartli  patogen  bakteriyalar  atrof-muhitda  keng  tarqalgan.
Ularning ko‘pchiligi sog‘lom odamlar ichaklarida saprofit ko‘ri-
nishda bo‘ladi.
Oziq-ovqat zaharlanishlarining paydo bo‘lishida bu mikrob-
larning  etiologik  roli  to‘liq  o‘rganilmagan.  Saprofit  mikroblar
ba’zan  oziq-ovqatlarni  zaharlash  xususiyatiga  ega.  Kasallikning
rivojlanishi uchun mikroorganizm yetarli bo‘lishi  hamda  orga-
nizm sustlashgan taqdirda, shuningdek, organizmda ikkilamchi
infeksiyalar bo‘lishi toksikoinfeksiyalar paydo bo‘lishiga olib ke-
lishi mumkin.
Kasallikning ikkinchi bir qo‘zg‘atuvchisi  stafilokokklar  ham
tabiatda ko‘p uchrab turadigan mikroorganizmlardan hisoblanadi.
Bu mikroorganizmlar uchun sut va sut mahsulotlari  eng qulay
rivojlanish  muhiti  hisoblanadi.
Stafilokokklarning  hammasi  ham  kasallik  keltirib  chiqarish
xususiyatiga  ega emas. Lekin  ular orasida terida, shilliq qavatlarda,
ichki  organlar  to‘qimalarida  yiringli  yallig‘lanish  jarayonlarini
chaqiruvchi patogen shakllari ham mavjud.
Epidemiologiyasi.  Stafilokokkli  etiologiyaga  ega   oziq-ovqat
toksikoinfeksiyalarining  manbayi  bo‘lib,  ko‘pincha  yiringli    in-
feksiyalar (xasmol, chiðqon, mastit, paradontoz, bodomcha bez-
larning yiringli yallig‘lanishlari, zotiljam va boshq.) yoki yelinida
yiringli abssessi bor  sigir bo‘lishi amaliyotda  keng tarqalgan. Ka-
sallik  avj olishining bundan keyingi davomi — etiologiyasi boshqa
bo‘lgan oziq-ovqatdan zaharlanishlarga o‘xshash, ya’ni uzoq va
noto‘g‘ri saqlash natijasida qo‘zg‘atuvchining ko‘payishi, so‘ngra
mahsulotni  yaxshi  pishirmasdan  yoki  butunlay  pishirmasdan
iste’mol qilish sabab bo‘ladi.
Oziq-ovqat  toksikoinfeksiyalari  qo‘zg‘atuvchilarining  boshqa
turlari,  jumladan, odam  va  hayvonlarning  najasi  orqali  ajralib
chiqadi. Shu tufayli bu guruhdagi qo‘zg‘atuvchilar, asosan, tup-
roqda, ochiq suv havzalarida, sabzavotlarda ko‘p miqdorda uch-
rashi kuzatiladi. Ba’zi hollarda kasallik zaharlangan qoramollarni
so‘yish, go‘shtini qayta ishlash vaqtida yuqishi mumkin.
Kasallikning tarqalish yo‘li — og‘iz orqali (alimentar). Oziq-
ovqat mahsulotlariga tushib qolgan qo‘zg‘atuvchi u yerda ko‘pa-
yadi va zararli mahsulotlarning ko‘payishiga olib keladi. Ayniqsa,
tayyor taomlarning zararlanishi juda xavfli hisoblanadi.
Stafilokokkli toksikoinfeksiyalarda bunday mahsulotlarga
sut va sut mahsulotlari (pishloq, qaymoq), qandolat mahsulotlari


155
uchun  tayyorlanadigan  kremlar  kiradi.  Ba’zi  hollarda  baliq
konservalari,  go‘sht  mahsulotlari  va  go‘sht  orqali  o‘tishi  ham
kuzatiladi.
Immunitet  —  organizmning  yuqumli  kasallikni  yuqtirmaslik
xususiyati  (salmonellozli,  ichburug‘li  ko‘rinishlardan  tashqari)
deyarli o‘rganilmagan.
Profilaktikasi.  Kasallikning  tarqalish  mexanizmi  va  yo‘llari
zaharlangan  oziq-ovqat  mahsulotlarini  iste’mol  qilish  bilan
bog‘liq bo‘lganligi tufayli, unga qarshi olib boriladigan profilak-
tik  chora-tadbirlar  kasallikning  oldini  olishga  —  umumdavlat
miqyosida  ishlab  chiqarishning  yuqori  mexanizatsiyalashgan
oziq-ovqat tarmog‘ini yuzaga keltirish, oziq-ovqat mahsulotlarini
saqlash va ularga ishlov berishda zamonaviy texnologik usullarni
amalda joriy qilish; barcha oziq-ovqat korxonalari ustidan sani-
tariya  nazoratini  amalga  oshirish,  ularning  sanitariya-gigiyena
holatini  yaxshilash;  yiringli  infeksion  teri  kasalliklari,  angina,
zotiljam bilan og‘rigan xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan
bevosita ishlashdan chetlatishga (to‘liq sog‘ayib ketguniga qadar)
qaratilgan bo‘lishi kerak.
Shu  bilan  birga  sut  fermalarining  sanitariya  holati  hamda
qoramollar sog‘lig‘i ustidan veterinariya va sanitariya nazoratini
o‘rnatish, ular orasida uchraydigan stafilokokkli mastitlar va boshqa
yiringli  kasalliklarning  oldini  olish  kabi  vazifalar  ham  muhim
hisoblanadi.
2.8.  Botulizm
Botulizm —(botulesnues, sinonimlari: allantiazis, ixtiozm) mar-
kaziy  asab  sistemasining  og‘ir  shikastlanishi  bilan  kechuvchi,
mushaklar parezi va falajiga olib keluvchi o‘tkir yuqumli kasallikdir.
Botulizm  ovqatdan  zaharlanish  natijasida,  jumladan,  sifatiz
baliq,  kolbasalar,  baliqli  va  go‘shtli,  mevali  va  sabzavotli  kon-
servalar, qo‘ziqorinlar iste’mol qilinishi tufayli yuzaga keladi.
Botulizm haqidagi dastlabki ma’lumotlar XVIII asrning o‘rta-
larida paydo bo‘ldi. 1792-yili Germaniyaning Vyumterberg shah-
rida kolbasa iste’mol qilgan 13 kishi og‘ir zaharlanib, shulardan
6 tasi o‘lgan. Ana shu voqeadan so‘ng bu kasallikka botulizm nomi
berildi (botulules — lotincha kolbasa  ma’nosini anglatadi).
Botulizm kasalligi Rossiyada (1818) va Germaniyada (1820—
1822)  sifatiz  tayyorlangan  kolbasa  hamda  uzoq  vaqt  saqlangan


156
go‘sht mahsulotlarini yegan odamlar o‘rtasida tarqalganligi qayd
qilingan.  N.O. Sokolov  ma’lumotiga  ko‘ra,  1886—1894-yillarda
Astraxanda baliqdan 150 kishi zaharlanib, 54 tasi halok bo‘lgan.
Botulizm  kasalligi  yer  yuzining  deyarli  barcha  hududlarida
sporadik (bitta-ikkita) hollarda uchraydi. Jumladan, AQSH, Fran-
siya, Germaniya, Yaponiya, Kanada kabi rivojlangan mamlakat-
larda ko‘plab qayq qilingan.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, harakatchan, qat’iy
anaerob botulizm klostridiylari (Bacillaceae oilasi va Closfridium
avlodiga  mansub)  hisoblanadi.  Qo‘zg‘atuvchilar  antigen  va
ekzotoksin tuzilishlari bilan bir-biridan farq qiluvchi yetti serologik
tiðga:  A,  B,  C,  D,  E,  F,  S  ga  bo‘linadi.  Òuproq  tekshirilishida
ko‘pincha ular odamlarda kasallik paydo qiladi.
Klostridiylarning  sporali  shakllari  5—6  soat  mobaynida
qaynatishga chidamli bo‘ladi va faqat avtoklavda 10—20 minutdan
so‘ng o‘ladi. Anaerob sharoitlarda ozuqa mahsulotlarida ko‘paygan
botulizmning vegetativ shakllari kuchli ekzotoksin ishlab chiqaradi.
Botulin  toksinlari  10—15  minut  qaynatish  vaqtida  butunlay
parchalanib ketadi.
Epidemiologiyasi.  Botulizm  qo‘zg‘atuvchilari  tabiatda  keng
tarqalgan  bo‘lib,  atrof-muhitga  chidamli  bo‘lgan  sporalar  hosil
qilish xususiyatiga ega. Sporalar shamol va chang bilan, suv oqimi,
hayvonlar va odam orqali tarqalib, ovqat bilan ichakka tushadi.
Sog‘lom hayvonlar va odamlar ichagida   qo‘zg‘atuvchilar toksinlar
hosil  qilib ko‘paya olmaydi, shuning uchun sporalar organizm-
dan najas orqali ajralib chiqib, tuproqda tarqaladi.
Òuproqdan klostridiylarning sporali shakllari sabzavot, qo‘zi-
qorin  va  boshqa  oziq-ovqat  xomashyosiga  tushadi,  ular  esa,
konservalar va boshqa ozuqa mahsulotlarini tayyorlashda ishla-
tiladi.  Qo‘zg‘atuvchilar  toksinining  oziq-ovqat  mahsulotlarida
ko‘payib borishi anaerob sharoitlarda, 4—10°C dan past bo‘lmagan
haroratda  (qo‘zg‘atuvchi turiga bog‘liq) yuz beradi. Òoksinlar ho-
sil  bo‘lishi  uchun  optimal  harorat  28—37°C  hisoblanadi.  Orga-
nizmga toksin saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlari hamda tirik qo‘z-
g‘atuvchilar tushgach, kasallik paydo bo‘ladi, ya’ni ular ko‘paya
boshlaydi,  organizmga  tushgan  faqat  toksini  bor  ovqatgina  in-
toksikatsiya kuchayishiga olib keladi.
Kasallik ko‘pincha botulizm sporalari bilan infeksiyalangan uy
sharoitlarida tayyorlangan xomashyo, marinadlangan va tuzlangan
qo‘ziqorin,  sabzavotlar,  cho‘chqa  yog‘i  (okorok),  quritilgan  va


157
tuzlangan mahsulotlarni iste’mol qilish hollariga bog‘liq ravishda
kelib  chiqadi.  Fabrikada  chiqariladigan  konservalar  avtoklavga
qo‘yilgandagina  sporalar  tez  halokatga  uchraydi.  Qattiq  konsis-
tensiyali  oziq-ovqat  mahsulotlarida  (vetchina,  baliq,  kolbasa)
botulizm qo‘zg‘atuvchilari va toksin ma’lum joylardagina bo‘lishi
mumkin. Bunday hollarda aynan bir ozuqa mahsulotini iste’mol
qilgan shaxslarning barchasi ham kasallanavermaydi.
Botulizmning  sporadik  ko‘rinishdagi  hollari  qayd  etilib,  bir
guruh  kasallanishlar  kamroq  uchraydi.
Epidemiologik jihatdan A, B va E turlari katta ahamiyatga ega.
Botulizm  qo‘zg‘atuvchilari  uzunligi  4  dan  8  mk.gacha,  eni  0,6
dan 0,8 mk.gacha bo‘lgan tayoqsimon shaklga ega. Juda harakat-
chan.  3  dan  20  gacha  xivchinlari  tayoqchaning  tanasi  bo‘ylab
joylashgan.  Bakteriyalar  anilin  bo‘yoqlari  bilan  oson  bo‘yaladi.
Botulizm tayoqchalari noqulay sharoitga tushib qolganda (ma-
salan, tuproqda),  tashqi muhitga chidamli maxsus qobiqqa o‘ra-
ladi (spora hosil qiladi) va ko‘p yillar yashaydi. Botulizm qo‘zg‘a-
tuvchilari  oziq-ovqat  mahsulotlarida,  odam  va  hayvonlar  orga-
nizmlarida hamda sun’iy muhitlarda juda kuchli toksinlar ishlab
chiqarish xususiyatiga ega. Bu kuchli zaharli botulinotoksin ovqat
bilan odam organizmiga tushganida asab sistemasini qattiq zahar-
laydi va botulizm kasalligini keltirib chiqaradi. Botinotoksinlar fizik
va kimyoviy omillarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Botulizm
qo‘zg‘atuvchilari  kislotali  sharoitga  ishqoriy  muhitga  nisbatan
chidamli bo‘ladi. Xlorli birikma va 6 % li vodorod peroksidi botulizm
zaharini parchalaydi. Ularning yana bir asosiy xususiyati shuki,
oshqozon-ichak yo‘llaridagi ovqat hazm qilish fermentlari ta’sirida
parchalanmaydi.
Botulizm  sporalari  oziq-ovqat  mahsulotlari  qaynatilganda
o‘lmaydi va uzoq muddatgacha muzlatilgan sporalari rivojlanishi
hamda toksin hosil qilishi mumkin (—190°C sovuqda muzlatil-
ganda ham o‘lmaydi). Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi botu-
lizm  toksini  4  oy  muzlatilgandan  so‘ng  ham  o‘z  xususiyatlarini
saqlab qolgan. Botulizm mikroblari tuproqda, dengiz tubi tupro-
g‘ida  (ayniqsa,  mol  go‘ngi  sepilgan  tuproqda),  mol  boqiladigan
yaylovlarda, dengiz, ko‘l va daryo qirg‘oqlarida, bu yerdagi o‘t-
larda, qushlar galasi qo‘nadigan joylarda keng tarqalgan.
Kasallikning  yuqish  mexanizmi.  Odam  organizmiga  tushgan
toksin me’da va ichakda tez so‘rilib, qon va limfaga o‘tadi, to‘-
qimalarni, avvalo, asab sistemasi faoliyatini buzadi. Ayniqsa, bosh


158
miya  to‘qimasining  kislorod  bilan  ta’minlanishini  susaytiradi.
Bunda markazdan periferiyaga asab impulslari berilishi buziladi
va kasallikka xos klinik simptomlar rivojlanadi.
Kasallikning  yashirin  davri  6—24  soat,  ba’zi  hollarda  6—10
kungacha uzayishi mumkin. Inkubatsion davr qancha qisqa bo‘lsa,
kasallikning kechishi shuncha og‘irlashadi. Kasallikning boshla-
nishi  o‘tkir  kechadi  va  asosiy  uch  klinik  belgilar  bilan  tavsifla-
nadi: nafas olish funksiyasining buzilishi, ko‘zning ko‘rish xusu-
siyati o‘zgarishi (ptoz), oshqozon-ichak funksiyasining o‘zgarishi
(diðlopiya).
Kasallik manbalari va tarqalishi. Botulizm kasalligining aso-
siy  manbalari  o‘txo‘r  hayvonlar,  kemiruvchilar,  ayrim  qushlar
hamda sovuq  qonli  hayvonlar  —  baliqlar,  qisqichbaqasimonlar
va shilliq qurtlar hisoblanadi. Botulizm tayoqchalari shu hayvon-
lar ichida ko‘payadi va axlati bilan tashqariga chiqib, tuproqni,
o‘t-o‘lanlarni  va  suvni  zararlagach,  ular  bu  sharoitda  sporalar
hosil qiladi. Botulizm qo‘zg‘atuvchilarining tarqalishida suv omi-
lining ahamiyati kattadir. Masalan, botulizm bakteriyalari dengiz
o‘tlari  va  sohil  tuproqlarida  topilgan.  Keyingi  yillarda  bir  qator
xorijiy  davlatlarda  botulizmning  mo‘yna  beruvchi  hayvonlar
(norka, shimol tulkisi va tulkilar)da uchragani qayd qilindi.
AQSH, Kanada, Yaponiyaning  ko‘l,  daryo,  dengizlarida  va
okeanlarda va ularning sohillarida yashovchi hayvonlarda, baliq-
larda botulizm bakteriyalari topilgan.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlaridan botulizm tayoqchalari mol
so‘yish texnologiyasining qo‘pol buzilishi natijasida mol ichagi-
dagi  qo‘zg‘atuvchi  go‘shtga  o‘tadi.  Xuddi  shunday  holat  baliq
tayyorlashda ro‘y berishi mumkin.
Hozirgi vaqtda umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat
mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlashda texnologik jarayon-
larning takomillashuvi, optimal harorat yaratish tufayli, bu kor-
xona mahsulotlari orqali kasallikning yuzaga kelish xavfi deyarli
yo‘qolgan.
Mamlakatimizda kasallikning paydo bo‘lishi, asosan, uy sha-
roitida  tayyorlangan  mahsulotlarni  iste’mol  qilish  (konservalar,
marinadlar, dudlangan mahsulotlar, tuzlama va boshq.) bilan bog‘liq.
Qo‘zg‘atuvchi sporalarining ko‘payishi, zaharli toksinlar hosil
qilish shart-sharoitlarini, ularning yuqori haroratga chidamliligini
bilgan holda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayon-
lariga quyidagi talablarni qo‘yish mumkin:


159
1. Mahsulotlarni  botulizm  qo‘zg‘atuvchilari  sporalaridan  za-
harlanishining oldini olish.
2. Qo‘zg‘atuvchi sporalarning vegetativ hujayralari va toksin-
larining nobud bo‘lishiga olib keluvchi yuqori haroratli steriliza-
tsiya usulining qo‘llanilishi.
3. Òayyor mahsulotlarda sporalarning o‘sishi va toksinlar yuzaga
kelish  imkoniyatini  yo‘qotish.
Òexnologik  jarayonda  issiqlik  tartibining  to‘g‘ri  qo‘llanilishi,
ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Mahsulotlar avtoklavlarda sterili-
zatsiya qilinadi. Avtoklavlardagi 120°C harorat darajasi botulizm
bakteriyalarining vegetativ hujayralari, zaharli toksin va sporalarini
nobud qilishga olib keladi.
Bunday  mahsulotlar  zararsizlangan  bo‘lib,  xona  harorati
darajasida uzoq muddatgacha saqlanadi. Uy sharoitida tayyorlan-
gan konserva mahsulotlari haqida bunday deb bo‘lmaydi, chunki
ularni  tayyorlashda  ishlatiladigan  issiqlik  darajasi  100°C  dan
oshmaydi, bankalarni germetizatsiya qilish esa, botulizm toksin-
lari,  spora  va  vegetativ  hujayralarining  ko‘payishi  uchun  qulay
shart-sharoitlarni keltirib chiqaradi. Shu tufayli uy sharoitida ka-
sallik  qo‘zg‘atuvchilari  uchun  qulay  oziq  muhiti  hisoblangan
go‘sht  va  baliq  mahsulotlaridan  konservalar  tayyorlash  tavsiya
etilmaydi. Faqat avtoklav yordamida tayyorlash mumkin.
Yuqorida keltirilgan usullar qo‘ziqorin va sabzavotlarni kon-
serva qilishda ham qo‘llaniladi. Bu mahsulotlarda qo‘zg‘atuvchi
sporalarining batamom yo‘qolmasligi tufayli ularga kerakli miq-
dorda  tuz  va  kislotalar  qo‘shib,  havo  so‘rib  oladigan  idishlarda
tayyorlash va iste’mol qilishdan oldin yana bir bor qaynatib olish
tavsiya qilinadi.
Konservalarning  qo‘zg‘atuvchi  sporalari  bilan  zaharlangan-
ligini  ularning  tashqi  ko‘rinishi  (qopqog‘ining  ko‘tarilib  turi-
shi)dan  ham  aniqlash  mumkin.  Bunday  konserva  mahsulotlari
ancha yumshagan, tuzilishi deyarli o‘zgargan va noxush hidga ega
bo‘ladi. Uy sharoitida tayyorlangan konservalar iste’mol qilinishi
sababli  yuzaga  kelgan  kasallik  hollarida  konserva  mahsulotlari
darhol yo‘q qilinishi kerak. Zaharli mahsulotlarni iste’mol qilganligi
aniqlangan barcha kishilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va ularga
botulizmga qarshi zardob yuboriladi.
Botulizm  kabi  o‘tkir,  o‘ta  zaharli  infeksiyaning  oldini  olish
uchun  qo‘llaniladigan  eng  samarali  vosita  botulizmga  qarshi
poliantitoksin bilan emlash hisoblanadi.


160
Profilaktikasi  va  kurash  choralari.  Atrof-muhitga  klostridiy-
larning  keng  tarqalganligi  va  sporalarining  nihoyatda  chidamli
bo‘lishi  sababli,  ularning  ozuqa  mahsulotlariga  tushib,  ko‘payi-
shiga yo‘l qo‘ymaslik  profilaktika  tadbirlarining  muhim  shar-
tidir. Buning uchun quyidagilarga amal qilmoq zarur:
• konserva ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarida, sabzavot
va  baliqni  qayta  ishlovchi  xo‘jaliklararo  zavod  va  korxonalarda
texnologiya hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishini
qattiq nazoratga olish;
• konservalarni tayyorlashda faqat yangi va yuksak sifatli mah-
sulotlardan  foydalanish;
• go‘sht kombinatlari va qushxonalar ustidan sanitariya-gigiyena
nazoratini  o‘rnatish  (go‘sht  ajratib  olinishida,  saqlashda  ularni
ichak ichidagi narsalar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik);
• go‘sht kombinatlarida go‘shtni nimtalash, baliq zavodlarida
baliqni  tozalash  ishlarini  qisqa  muddat  ichida  o‘tkazish  kerak,
sababi jasad ichagidagi qo‘zg‘atuvchilar to‘qimalarga o‘tib, u yerda
kasallik keltirib chiqarishi mumkin;
• termik qayta ishlashga aloqador bo‘lmagan oziq-ovqat mah-
sulotlari (kolbasa, vetchina, yog‘, tuzlangan va dudlangan baliq)
4°C dan ortiq bo‘lmagan haroratda saqlanishi kerak;
• aholi orasida bu haqda, shartli tartibda tushuntirish ishlarini
olib  borish,  ayniqsa,  sabzavotlarni  yig‘ish  pallasida,  qo‘ziqorin
va ho‘l mevalarni terishda zarur ko‘rsatmalarga amal qilmagan
holda uy sharoitida konservalash (konservalashdan oldin sabzavot,
meva,  qo‘ziqorin  va  boshqa  mahsulotlarni  tuproqdan  tozalab,
yaxshilab  yuvish,  konservalash  jarayonida  metall  qopqoqlarni
polietilenlariga almashtirish);
• konservalarni  past  haroratda  saqlash  va  iste’mol  qilishdan
avval  ularga  30  minut  davomida  termik  ishlov  berish  ishlarini
o‘tkazish.
Infeksiyalangan material bilan kontaktda bo‘lgan laboratoriya
xodimlariga  tozalangan  polianatoksin  bilan  emlash  o‘tkaziladi.
Preparat  teri  ostiga  0,5  ml.dan  kuniga  2  martadan  25—30  kun
oralatib, uch marta yuboriladi. Revaksinatsiya 6—9 oydan so‘ng,
keyingilari esa, har 5 yilda o‘tkaziladi.
Infeksiya o‘chog‘idagi tadbirlar erta va aniq diagnoz qo‘yish,
xabar qilish, qayd qilish, epidemiologik tekshirish, bemorni gos-
pitalizatsiya qilish, kasallikka sababchi bo‘lgan mahsulotni topib


161
aniqlashdan iborat. Iste’mol qilingan mahsulot qoldiqlari yo‘qotib
tashlanadi  (quruq  xlorli  ohak  bilan  aralashtiriladi  yoki  kuydirib
yuboriladi).
Botulizm  bor,  deb  taxmin  qilingan  ovqatni  iste’mol  qilgan
barcha kishilar me’dasi 2 % li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan
yuviladi,  ich  suruvchi  dori  beriladi  va  profilaktika  maqsadida
1000—2000 XB da zardobning A, B, C va E turlari yuboriladi.
1. Epidemiologik tekshirish o‘tkazib, 171-v shakl bo‘yicha karta to‘ldirish va
tekshirish  natijalarini  tahlil  qilish.
2. Byurne sinamasi brutselloz allergeniga o‘ta sezuvchanlik borligini aniqlaydi
va  brutselloz  diagnostikasi  uchun  o‘choqlarni  epidemiologik  tekshirishda,
brutsellozga qarshi immunlanadigan kontingentlarni tanlash uchun qo‘llaniladi.
Allergen sifatida brutsellin — echki, qo‘y va cho‘chqa tiðlaridagi brutsella-
larning bulyon kulturasidagi filtrati qo‘llaniladi. Preparat teri orasiga va bilak
oldingi yuzasining uchdan bir o‘rta qismiga 0,1 ml dozada yuboriladi. Yuborish
texnikasi teri orasiga inyeksiya qilish kabidir. Natijalar 24—27 soat o‘tgach
hisobga olinadi. Musbat reaksiyada infiltrat,  qizillik va og‘riq paydo bo‘ladi.
Reaksiya darajasi infiltratni uzunasiga va eniga santimetrlarda  o‘lchash yo‘li
bilan aniqlanadi.
Epidemiologik  masalalar
1. N. shahridagi go‘sht kombinatida har yili 1—3 nafar ish-
chining brutselloz bilan kasallanishi kuzatiladi. Molni  qayta ish-
lash  sexlarining  ishchilari  emlanadi.  Keyingi  2  yil  mobaynida
qushxonaning sanitariya xonasi yo‘qligi sababli brutsellozli mol-
lar  kombinatga  keltirilmasligi  kerak  edi,  biroq  tartibga  zid  ra-
vishda mollarning kichik-kichik to‘dalari kombinatga direksiyaning
maxsus  ruxsatnomasi  bilan  qabul  qilingan.  Korxona  ishchilari
o‘rtasida brutselloz profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar rejasi tuzilsin.
2. May oyida shaxsiy xonadonlarni aylanib chiqishda K.ning
oilasida brutselloz kasalligiga shubha qilingan isitmalayotgan 2 na-
far bemor aniqlandi. K.ning oilasida bitta sigir, ikkita cho‘chqa,
uchta qo‘y va beshta echki borligi aniqlangan. Echkilardan ik-
kitasi mart oyida bola tashlagan. K. oilasi istiqomat qiladigan aholi
punkti brutselloz jihatdan tinch. K.ning qishda qo‘shni qishloqda
qandaydir  noma’lum  kishidan  buzog‘ini  bitta  echki  va  ikkita
cho‘chqa bolasiga ayirbosh qilgani aniqlandi. Yaylovda boshqa
!
MUSTAQIL ISH


162
mollar bilan birga o‘tlatilgan. May oxirida qo‘ylarni brutsellozga
allergologik tekshirishda 3 bosh qo‘yda musbat natija aniqlangan.
Shaxsiy  mollar  tekshirilmagan.
Kasallanganda  tashxisni  qanday  aniqlasa  bo‘ladi?  Fermada
brutselloz profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar rejasi tuzilsin.
2.9. Leptospirozlar
Etiologiyasi. O‘zining klinik ko‘rinishi va epidemiologik xos-
salari  bilan  farq  qiladigan,  lekin  mikroblari  bir-biriga  yaqin
bo‘lgan leptospiralar turkumiga kiradigan infeksion kasalliklar
guruhidir. Bu guruhga odam va hayvon patologiyasida muhim
rol o‘ynaydigan bir qancha kasalliklar kiradi.
Infeksion sariq kasalligi  o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, uning
tarqalishi tabiiy sharoit, turmush sharoiti va ma’lum kasb-korga
bog‘liqdir.
Sariq  kasalligining  mikrobi  —  Leptospira  icteroemorrxagica
1915-yilda  topilgan.  Bu  mikrob  tashqi  muhitning  muayyan
sharoitlariga turg‘undir. U turli havzalarning suvida va daryo bal-
chig‘ida doimo bo‘lishi mumkin. Uning uchun optimal harorat
25°C hisoblanadi. Biroq, u quritilganda, quyosh nurining ta’si-
rida, kislotali muhitda va turli kimyoviy moddalar ta’sirida nobud
bo‘ladi. U odam uchun ancha yuqumli va aftidan, u shikastlan-
magan teri orqali organizmga kira oladi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya shikastlangan, shuningdek, shikast-
lanmagan teri orqali, og‘iz va burunning shilliq qavatlari orqali
organizmga kiradi, keyin spiroxetalar qonga o‘tadi. Infeksion sariq
kasalligi turli shakllarda kechadi. Sariq kasalligining tiðik shakli
ikki haftacha davom etadi. Bunda kasallik to‘satdan yuqori harorat
bilan  boshlanadi,  muskullar,  ayniqsa,  boldir  muskullari  zirqirab
og‘riydi, gemorragiya bo‘ladi hamda teri sarg‘ayib ketadi.
Infeksiyaning asosiy manbayi kalamushlar hisoblanadi, biroq
boshqa hayvonlar ham spiroxetalardan xoli emas.
Infeksiyaning tarqalish yo‘llari. Infeksiya suv orqali, ayniqsa, ariq-
lar, daryo, ko‘lmak suvlari, oqar suvlar orqali tarqalishi mumkin.
Epidemik zanjirning uchinchi zvenosi. Odamga spiroxeta tez
yuqadi.  Shuning  uchun  ham  bu  kasallikning  tarqalishiga  qulay
bo‘lgan joylarda sariq kasalligi ko‘payib ketadi. Sanitariya tur-
mush sharoitlari infeksion sariq kasalligining tarqalishida katta
rol  o‘ynaydi.  Aholi  yashaydigan  punktlarning  sanitariya  holati


163
(suv  bilan  ta’minlanishi,  tozalab  turilishi  va  axlatlar  tashib  ke-
tilishi) katta ahamiyatga ega, chunki suv manbalari ifloslanishi va
kalamushlar tarqalishi ana shunga bog‘liq.
Òabiiy sharoitlar ham katta rol o‘ynaydi. Infeksion sariq kasalligi
deyarli hamma yerda uchraydi, biroq u iqlimi iliq va nam bo‘lgan
mamlakatlarda  ko‘proq  tarqalgan, chunki  bunday  joylarda
spiroxetalarning yashashi uchun optimal harorat mavjud bo‘ladi.
Infeksion  sariq  kasalligi  yoz-kuz  mavsumida  ko‘p  bo‘ladi,
chunki bu davrda aholi suv manbalaridan tez-tez foydalanadi. Ba’zan
infeksion sariq kasalligi butun yil davomida ham  uchrab turadi.
Infeksion  sariq  kasalligiga  qarshi  kurash.  Infeksiya  manbayi
bo‘lgan  kalamushlarga  qarshi  kurash  yoki  deratizatsiya  ishlarini
olib borish lozim.
O‘ziga xos profilaktika. Infeksion sariq kasalligiga qarshi o‘l-
dirilgan spiroxeta bilan faol emlashni o‘tkazish kerak.
2.10. Iyersinioz
O‘tkir  ichak  infeksiyalarining  tashxisi  epidemiologik  klinik
belgilari asosida va laboratoriya hamda dastgohlar bilan tekshi-
rish natijalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
O‘tkir  ichak  infeksiyasi  (O‘II)  me’da-ichak  tizimining  har
xil bo‘limlari shikastlanishi belgilari bilan kechadi. Gastrit, gastro-
enterit,  enterit,  enterokolit,  gastroenterokolit  belgilari  esa,  har
xil darajada qayd etiladi.
Gastrit. Epigastral sohasida og‘riqlik hissi, ko‘ngil aynishi, qayt
qilish, paypaslaganda og‘riq bilan kechadi.
Enterit. Ko‘p miqdorda ko‘piksimon keksim va qo‘lansa ich
ketishi, qorinda quldurash, vaqt-vaqti bilan mo‘tadil qorin og‘rig‘i
bilan ifodalanadi.
Gastroenterit. Enterit belgilarining  qo‘shilishi  bilan  namoyon
bo‘ladi. Ko‘k salmonelloz, iyersinioz, esherixiozlarda namoyon bo‘ladi.
Kolit. Giðogastritda ko‘proq chap tarafda burab og‘rish, xu-
rujlanib quldurash, paypaslaganda spazma og‘rig‘i, anal sfektrning
kuchsizligi,  tez-tez  kam  miqdordagi  shilimshiq  iðir-iðir  qon
aralash suyuq ich ketishi bilan kechadi. Chaqaloqlarda  chinqirib
yig‘lash, kuchanish va ichi ketayotganda oyoqlarini birlashtirishi,
yuzining qizarishi kuzatiladi.
Enterokolit  mo‘l  suyuq  shilimshiq,  ba’zida  qon  aralash  ich
ketishi, qorindagi og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi.


164
Gastroenterokolit gastrit va enterokolit belgilarining qo‘shili-
shi bilan ifodalanadi. Ovqatdan zaharlanish va salmonellozda ko‘p-
roq  uchraydi.  Invaziv  diareyalarda  ichburug‘  salmonelloz,  iyer-
sinioz,  entroen  va  esherixiyalar  chaqirgan  esherixiozlar,  stafi-
lokokk infeksiyasi kampilobakterioz intoksikatsiya belgilari eksi-
koz klinikasidan ustunroq bo‘lib, me’da-ichak tizimining barcha
qismlari  taligen  entrokolitika deb  nomlanuvchi  iyersiniyalarning
03, 05, 07, 08 va 09, soxta sil kasalligi esa, soxta sil iyersiniya-
larining 01 va 02 serologik turlarini  keltirib chiqaradi.
Epidemiologiyasi.  Òabiatda  iyersiniyalarning asosiy manbalari
sichqonsimon kemiruvchilar hisoblanadi. Iyersiniozlar bilan yirik
va  mayda  shoxli  uy  hayvonlari,  shuningdek,  it,  mushuk  ham
kasallanishi yoki  kasallik manbayi bo‘lishi mumkin. Xastalik  iflos
qo‘l orqali va iyersiniyalar  bilan ifloslangan oziq-ovqat (sut, go‘sht,
mahsulotlari  va  sabzavotlardan  tayyorlangan  gazak)  va  boshqa
mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi.
Bemor  odam  atrofidagilar  uchun  xavf  tug‘dirmaydi.  Lekin
bemor yoki sog‘lom iyersiniya tashuvchilar o‘zlaridan najas, pe-
shob  orqali  iyersiniyalarni  tashqi  muhitga  ajratib  chiqarib,  epi-
demiologik jarayon davom etishini ta’minlovchi omillardan biri
bo‘lib qolishi mumkin.
Iyersinioz va soxta sil mavsumiy soxtalik hisoblanib,  kasallik-
ning ko‘paygan davri yilning kuz va bahor  fasllariga to‘g‘ri keladi.
Patogenezi.  Iyersinioz  kasalliklarning  bemor  organizmida
rivojlanishi yaxshi o‘rganilmagan. Odam organizmiga mikrob og‘iz
orqali tushadi va me’da, ichakka o‘tib, o‘tkir yallig‘lanish hola-
tini vujudga keltiradi, so‘ngra  ichak orqali qonga o‘tib, butun tanaga
tarqaladi va shu bosqichda qorin  bo‘shlig‘i limfa bezlari va boshqa
ichki a’zolar shikastlanishiga hamda yallig‘lanishiga olib keladi.
Bir vaqtning o‘zida allergik o‘zgarishlar ham ro‘y beradi.
Iyersiniozlarda kasallikning rivojlanish jarayonini quydagicha
tasavvur  qilish  mumkin:  qo‘zg‘atuvchining  organizmga  tushishi
va birlamchi kasallikni keltirib chiqarishi, manbali va umumiy reak-
siyalarning paydo bo‘lishi, iyersiniyalarning butun organizm bo‘y-
lab tarqalishi (bakteremiya holati), ikkilamchi manbaning hosil bo‘-
lishi, reaktiv allergik o‘zgarishlar vujudga kelishi va tuzalish davri.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 3—18 kungacha davom
etishi  mumkin.  Xastalikning  eng  ko‘p  uchraydigan  turlaridan
biri — gastrointestinal me’da-ichakli xili hisoblanib, u 8—11 %
hollarda kuzatiladi. Xastalik to‘satdan qorinda kuchli og‘riq paydo


165
bo‘lishi bilan boshlanadi. Òana harorati 37,5—39°C gacha ko‘-
tariladi. Bemorning boshi og‘riydi, qaltiroq bosib, ko‘ngli ayniydi.
Xastalik  boshlangandan  so‘ng  8—12  soat  mobaynida  bemor
qusadi,  ichi  ketadi.  Uning  najasi  suyuq  yashil  rangda,  ko‘pikli
sassiq hidli va shilliq aralashgan bo‘ladi. Kasallikning 3—7-ku-
nida bemor terisiga toshma toshadi va bu ko‘pincha «qo‘pol pay-
poq» belgilari sifatida yuzaga chiqadi.
Yuqorida  bayon  etib  o‘tilgan  o‘zgarishlardan  tashqari,  be-
morlar  tomoqning  qichishi  va  yutinganda  og‘riq  sezishdan  shi-
koyat  qilishadi.  Òomoq  quriganda  halqum  orqa  devorining  qi-
zarganligini  ko‘rish  mumkin.  Iyersiniozlar  8—16  %  larda  sariq
kasalligiga xos belgilar bilan o‘tishi mumkin. Xastalik boshlanish
davrida umumiy belgilar bilan bir qatorda qorinning o‘ng qismida
og‘riq  paydo  bo‘ladi.  Kasallikning  2—4-kunida  najas  oqarib,
peshob  qizaradi,  jigar  kattalashadi. Qondagi  bilirubin  miqdori
oshadi.  Iyersinioz  gepatiti  yaqqol  zaharlanish  alomatlari  bilan
birga kechadi. Bunday bemorlar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga
virusli gepatit tashxisi bilan yotqizib, davolanadi. Shuning uchun
ham  bu  kasalliklarni  o‘zaro  farqlash  lozim.  Virusli  gepatitlarga
nisbatan iyersinioz kasalligi to‘satdan boshlanadi. Bemorning ha-
rorati yuqori darajaga ko‘tarilib, isitmalash, odatda, haftalab da-
vom etadi. Iyersiniozlarning bu klinik turi tashqi limfa bezlarining
kattalashishi  bilan  kechadi.  Bo‘g‘imlar  va  mushaklarda  kuchli
og‘riq paydo bo‘ladi. Bemor tez-tez aksirib, burnidan suv oqadi,
tomog‘i qizaradi. Bu kasallikka chalingan bemor qorin og‘rig‘idan
shikoyat qiladi, uning ichi ketadi. Iyersiniozli gepatitda sariqlik
davri nisbatan qisqa bo‘lib, qondagi transaminaza fermentlarining
ko‘rsatkichlari ham tezda me’yoriga tushadi, oq qon donachalari
ko‘payib ketadi, qizil qon donachalarining cho‘kish tezligi (COÝ)
oshib ketadi. Qonda mochevina va ammiakning nisbatan ko‘rsat-
kichi 0,1—0,2  gacha kamayib ketadi.
Xastalikning ko‘richakli turi ham ma’lum. Kasallik birdaniga
boshlanib,  bemor  qornining  o‘ng  tomonidan  bo‘lgan  og‘riqdan
shikoyat qiladi, tana harorati ko‘tariladi. Bunday holat ko‘richakni
eslatgani uchun bemor bir vaqtning o‘zida ham jarrohning, ham
yuqumli  kasalliklar  bo‘yicha  shifokorning  nazoratida  bo‘lgani
maqsadga muvofiqdir.
Iyersiniozlarning  bod  kasalligiga  o‘xshash  turi  ham  mavjud,
bu holda bemorni bo‘g‘imlaridagi og‘riq bezovta qiladi. Vaqt-vaqti
bilan  tana  harorati  ko‘tarilib,  bemor  qorni,  ko‘pincha,  kindik


166
atrofidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Uning ko‘ngli aynib, qusadi.
Ichi ketib, najasi yashil va shilliq bo‘ladi, jigari va talog‘i katta-
lashadi. Òanasiga toshmalar toshishi mumkin.
Yosh bolalar va keksalarda iyersiniozlarning septik umumiy
turi ko‘plab uchraydi. Gastroenterit yoki enterokolit ko‘rinishida
boshlangan xastalik iyersiniozlarning qonga o‘tib, butun orga-
nizmga tarqalishi bilan xarakterlanadi. Kasallik bemorning qal-
tirashi,  bosh  og‘rishi,  bo‘g‘imlari  va  mushaklarida  og‘riqning
paydo bo‘lishi hamda zaharlanish alomatlarining kelib chiqishi
bilan boshlanadi. Me’da-ichak a’zolari faoliyatining buzilishi,
ko‘ngil  aynishi,  qusish,  ichi  ketishi,  me’da  ustida  og‘riqning
paydo  bo‘lishi  bilan  kechadi,  bemorning  ahvoli  og‘ir  bo‘lib,
harorati 40°C gacha yetadi. Iyersinioz kasalliklarida me’da osti
bezining yallig‘lanishi, meningit va tepki kasalliklarining belgi-
lari kuzatiladi. Iyersiniozlar buyrakning yallig‘lanishi, nefrit va
uning faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. U holda ba’zi
bir bemorlarda qator asoratlar, jumladan, bo‘g‘im, yurak mu-
shagi, ko‘z pardasining yallig‘lanishi, terida qizarish, Peter sin-
dromi aniqlangan. Hozirgi vaqtda iyersiniozlarning suvchechak
va qizamiqqa o‘xshash kechadigan turlari ham mavjud, ba’zan
kasallikning  asorati  sifatida  bolalarda  pnevmotoraks  (ko‘krak
qafasiga havo kirishi) kuzatiladi.
Iyersiniozlarning klinik shakllarini aniqlashda quyidagi jadval-
dan foydalanish maqsadga muvofiq:
11-jadval
Iyersiniozlarning klinik shakllari
i
r
a
ll
k
a
h
s
k
i
n
il
K
i
r
a
l
r
u
t
k
i
n
il
K
il
k
a
h
c
i
-
a
d
’
e
M
ti
l
o
k
o
r
e
t
n
e
o
r
t
s
a
g
,t
il
o
k
o
r
e
t
n
e
,t
i
r
e
t
n
e
o
r
t
s
a
G
l
a
n
i
m
o
d
b
A
,t
e
ti
l
a
n
i
m
r
e
t
,t
i
n
e
d
a
f
m
il
,l
a
i
r
e
t
n
e
i
z
e
M
k
a
h
c
i
r
‘
o
k
n
a
g
l
a
q
r
a
t
y
i
m
u
m
U
k
i
m
e
y
i
p
o
k
it
p
e
s
,
k
it
p
e
s
,
n
a
g
h
s
a
l
a
r
A
il
a
b
n
a
m
i
h
c
m
a
li
k
k
I
,t
i
g
n
i
n
e
m
,t
it
a
p
e
g
,t
i
d
r
a
k
o
i
m
,
a
m
e
ti
r
e
,t
i
r
t
r
A
r
a
l
a
q
h
s
o
b
a
v
i
m
o
r
d
n
i
s
r
e
t
e
P
Iyersiniozlarga  tashxis  qo‘yishda  bakteriologik  va  steriologik
tekshirishlarning ahamiyati katta. Laboratoriyada tekshirish uchun
bemorning  najasi,  qoni,  peshobi,  orqa  miya  suyuqligi  va  bosh-


167
qalar  tahlil  qilinadi.  Bu  biologik  ajralmalarni  bir  necha  bor
tekshirish  tavsiya  etiladi.  Xastalikning  ko‘richakli  shaklida  olib
tashlangan chuvalchangsimon o‘simtani bakteriologik va steriologik
usuli bilan tekshirib ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Iyersinioz kasalliklarni davolashda levomitsin, tetratsiklin, bis-
septol, furazolidon kabi mikroblarga qarshi ishlatiladigan dorilar
yaxshi natija beradi. Kasallikning me’da-ichak turida bemor bo-
lalarga glukosolan, regidron, qaynatilgan suv va fiziologik eritmani
tez-tez ichirib turish tavsiya etiladi.
Bemorlarni,  ayniqsa,  bir  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarni  o‘z
vaqtida va to‘g‘ri ovqatlantirish, parvarish qilish — ularning tez
sog‘ayib ketishini belgilab beruvchi muhim omillardan biridir. Ka-
sallik boshlangan davrdayoq bolaning ahvoli og‘ir bo‘lsa, uning
qon  tomiri  orqali  gemodez,  glukoza,  reopoligluken,  fiziologik
eritma va oqsilli suyuqliklar yuborish tavsiya etiladi.
Kasallikning iyersiniozli gepatitli shaklida esa, virusli gepa-
titga  o‘xshab  parhez  tutish,  jismoniy  harakatlarni  cheklash  va
boshqa muolaja tadbirlarini qo‘llash zarur. Iyersiniozlarning ar-
tritli  shaklini  davolashda  bod  kasalligida  qo‘llaniladigan  dori-
darmonlar  bilan  bir  qatorda  antibiotiklarni  ham  berish  yaxshi
natija  beradi.  Bu  dori-darmonlar  mazkur  bemorlarda  paydo
bo‘ladigan har xil asoratlar kelib chiqishining oldini oladi.
Profilaktikasi.  Iyersiniozlarning  oldini  olish  uchun  maxsus
muhofaza tadbirlari hali ishlab chiqilgan emas. Shuning uchun
ham  bu  sohada  quyidagi  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish
mumkin:
1. Iyersiniozlar bilan og‘rigan kasallarni o‘z vaqtida aniqlash
maqsadida qo‘zg‘ovchisi aniqlanmagan o‘tkir me’da, ichak tosh-
mali bod va shunga o‘xshash kasalliklarning  klinik belgilari, o‘ziga
xos bo‘lmagan atiðik hollarda bemorlarni iyersiniozlarga tekshi-
rishni tashkil qilish.
2. Sichqonsimon  kemiruvchilarga  qarshi  kurash  va  ularning
sabzavot,  meva,  oziq-ovqat  saqlanadigan  omborxonalarda,
do‘konlarda va umumiy ovqatlanish korxonalarida paydo bo‘li-
shiga yo‘l qo‘ymaslik, deratizatsiya ishlarini sifatli va o‘z vaqtida
ta’minlash.
3. Uy  va  qishloq  xo‘jaligi  hayvonlari  ustidan  veterinariya
nazoratini  kuchaytirish.  Iyersiniozlar  bilan  xastalangan  hayvon-
larni o‘z vaqtida aniqlash. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqa-
rishda sanitariya-texnologiya qoidalariga amal qilishni ta’minlash.


168
4. Umumiy  ovqatlanish,  meva-sabzavot  saqlanadigan  kor-
xonalarda  ularni  saqlash,  tashish,  iste’mol  qilishda  sanitariya-
gigiyena va texnologiya qoidalariga amal qilishni nazorat qilish.
Vaqt-vaqti bilan bakteriologik tekshirishdan o‘tkazib turish.
5. Kasalxonalarda sanitariya va epidemiologiya kasalliklariga
qarshi kurash qoidalariga amal qilish. Bemorlar, ularga qarovchi
shaxslar  va  tibbiyot  xodimlari  orasidan  sog‘lom  bakteriya  ta-
shuvchilarni o‘z vaqtida aniqlash.
6. Xastalik o‘chog‘ida kuzatishni tashkil qilish. Kasallik man-
bayi  va  tarqalish  yo‘llarini  o‘z  vaqtida  aniqlash  choralarini
ko‘rish.
7. Xonalarning  ozoda  bo‘lishi,  muzlatgichlarning  sanitariya
holati,  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ishlaydigan  shaxslarning
salomatligi  va  ularning  sanitariya  madaniyati  iyersiniozlarning
oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2.11.  Xlamidiozlar
Xlamidiozlar  odamlarga  xos  bo‘lgan  (antroponoz)  infeksion
kasalliklar  guruhi  bo‘lib,  xlamidiya  avlodiga,  xlomidiaceae  oila-
siga mansub qo‘zg‘atuvchilar tomonidan chaqiriladi. Xlamidiya-
lar bakteriyaga o‘xshash morfologik xususiyatlarga va o‘ziga xos
ichki hujayraviy rivojlanish davriga ega.
Hozirgi vaqtda xlamidiya avlodi ikki turga ajratiladi: C.trachomatis
va C.Psittaci. Ammo bu turlarning  har birining o‘ziga xos immu-
nologik, biologik va ekologik variantlari mavjud.
Antroponoz  xlamidiozlari.  Antroponoz  xlamidiyalari  —  po-
limorf klinik belgilar bilan kechuvchi, odam organizmigagina xos
bo‘lgan  yuqumli  kasallikdir.  Qo‘zg‘atuvchisi  C.trachomatis  uch
guruhga ajratiladi:
• birinchi  guruhga  traxoma  tarqalishi  bo‘yicha  endemik  hi-
soblangan  hududlarda  doimo  aylanib  yuruvchi,  ko‘zdan  ko‘zga
yuqishi bilan kechadigan xlamidiyalar kiradi;
•  ikkinchi  guruhga  esa,  jinsiy  organlar  shilliq  qavatlarining
epitelial hujayralarida yashashga moslashgan xlamidiyalar kiritil-
gan. Ular odamdan odamga jinsiy yo‘l orqali yuqadi va urogenital
infeksiyalarni keltirib chiqaradi;
• uchinchi guruhga jinsiy yo‘l orqali yuqadigan va limfotropizm
bilan xarakterlanuvchi tanosil limfogranulemalari kiradi.


169
Odatda, C.trachomatisning va boshqa xil antroponoz xlami-
diya  qo‘zg‘atuvchilarining  manbalari  ayollar  jinsiy  organlari  hi-
soblanadi. Urogenital xlamidiozlar va epidemiologik jihatdan
ularga bog‘liq (qo‘zg‘atuvchi joylashishi jihatdan turlicha) bo‘lgan
xlamidiyali infeksiyalar uchun manifest va belgisiz shakllar xos-
dir. Uzoq  muddat  kasallik  alomatlarining  zo‘rayishi  bilan  ke-
chuvchi persistent (latent) shakllari ham aniqlangan.
Jinsiy  organlarda  yashashga  moslashgan  xlamidiyalar  uroge-
nital patologik shikastlanishlar bilan bir qatorda oftalmoxlami-
dioz qo‘zg‘atuvchilari ko‘rinishida ham namoyon bo‘la oladi.
Òibbiy  amaliyotda  oftalmoxlamidiozlarning  turlicha  klinik
ko‘rinishlari traxoma va konyunktivit, deb ataladi. Kasallikning
bu shakllari qo‘zg‘atuvchisining jinsiy organlardan ko‘zga o‘tishi
tufayli  kelib  chiqadi.  Òraxomaning  endemik  ko‘rinishlari  keng
tarqalgan hududlarda qo‘zg‘atuvchi ko‘zdan ko‘zga o‘tib tarqaladi
va  aylanish  aktivligi  yuqori  bo‘lgan  sharoitda  yuqori  virulent
variantlari shakllanadi.
Antroponoz  xlamidiyalarining  tarqalishi  haqida  aniq  ma’lu-
motlar yetarli emas. Maxsus tadqiqotlarga ko‘ra, erkaklar orasida
xlamidiyalar  bilan  zararlanish  1—2  %,  ayollar  orasida  5  %  ni
tashkil etgan. Òarqalish tezligining oshishi turli xil og‘ir asoratlarni
keltirib chiqarishi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi, ho-
miladorlik davrida yuzaga keluvchi asoratlar hamda tashxisi, te-
rapiya va profilaktika usullarining murakkabligi sog‘liqni saq-
lashning jiddiy muammolariga aylandi.
Xlamidiozlarning laboratoriya tashxisini hozirgi vaqtda faqatgina
maxsus jihozlangan laboratoriyalar amalga oshira oladi. Bunday
laboratoriyalarda xlamidiyalar zararlangan organlardan to‘g‘ridan
to‘g‘ri ajratib olinadi va xlamidiyali antitelalar aniqlanadi. Kasallikka
qarshi qaratilgan asosiy profilaktik chora-tadbirlar bemor va ta-
shuvchilarni davolash, jinsiy yo‘l bilan yuqishining oldini olishda
shaxsiy ehtiyot choralarini qo‘llash kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Òashqi muhit omillari orqali (qo‘llar, kiyim-kechaklar, turmush
buyumlarini  umumiy  ishlatish,  suv  havzalari)  kasallik  yuqishi-
ning oldini olishda dezinfeksion moddalarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Shu  jumladan,  jinsiy  yo‘l  bilan  yuqadigan  boshqa  xil  infek-
siyalarda  qo‘llaniladigan  (bemorlarni  aniqlash  va  dispanse-
rizatsiyalash, jinsiy aloqada bo‘lgan shaxslarni tekshirish, klinik va
epidemiologik  ko‘rsatkichlarga  asosan  davolanishga  jalb  qilish)
usullardan foydalaniladi.


170
2.12. Ornitoz
Ornitoz  prokariot  tabiatli  (C.Psittaci)  patogen  mikroor-
ganizmlar  —  xlamidiyalar  orqali  chaqiriladigan  infeksion  kasal-
likdir.  Ornitoz  zararlangan  qushlar  orqali  nafas  organlarining
shikastlanishi  va  organizmning  umumiy  zararlanishi  (intoksi-
katsiya) holatlari bilan kechadi. Yashirin davri 7—10 kun. Kasallik
o‘tkir, surunkali va latent shaklda kechishi bilan xarakterlanadi.
Ornitoz  (psitakkoz)  haqidagi  dastlabki  ma’lumotlar  bundan
100 yil avval paydo bo‘lgan, ammo XX asrning o‘rtalaridagina bu
kasallikni o‘rganish jiddiy tus olgan. Hozirgi davrda ornitoz dunyo-
ning deyarli barcha hududlarida uchraydi. Kasallik tarqalishida asosiy
omillardan biri — amaliy jihatdan deyarli nazorat qilinmaydigan
yovvoyi  qushlar  to‘dalari  (infeksion  manbalari  sufatida)  hisob-
lanadi. C. Psittacining ba’zi bir turlari zararlangan qishloq xo‘jaligi
va uy hayvonlari orqali ham kuzatilgan. Bu xlamidiozlar nozoologik
aniq  turlanmagan  bo‘lib,  makroorganizmning  turli  xil  organlari
shikastlanishiga  olib  kelishi  mumkin  (xlamidiyali  zotiljam,
konyunktivitlar, ensefalit, miokarditlar, gastroenteritlar va boshq.)
Epidemik  jarayonning  rivojlanish  mexanizmi  (qo‘zg‘atuvchi
manbalari). Hozirgi vaqtgacha 170 dan ortiq yovvoyi sinatrop, uy
parrandalarining  yuqumli-
ligi aniqlangan.
Ular  orasida  Psittacidae
(to‘tiqushlar) oilasiga va Co-
lumbidae  (kaptarlar)  oila-
siga mansub turlarini epide-
miologik  nuqtayi  nazardan
aniqlash  xavflidir.  Òabiatda
doimiy  ravishda  aylanib
yuruvchi ornitoz qo‘zg‘atuv-
chilari  yovvoyi  qushlarning
qishlash  uchun  siljish  yo‘l-
larida, ayniqsa, jadallik bilan
tarqalib, turli xil yarim yov-
voyi  va  xonaki  parranda
(kaptarlar, tovuqlar, o‘rdak,
kurka,  chumchuq)larning
kasallanishiga  olib  keluvchi
infeksiyaning tabiiy o‘choq-
8-rasm. Ornitoz kasalligining tarqalishi.


171
larini  yuzaga  keltiradi.  Odatda,  qushlar  ornitoz  o‘tkir  ichak
infeksiyasi  ko‘rinishida  yoki  belgilarsiz  infeksiya  ko‘rinishida
kechadi.
Ko‘p hollarda tashqi tomondan sog‘lom qushlarning infeksiya
tashuvchanligi kuzatilgan. Ornitoz qo‘zg‘atuvchisi ko‘pincha qorin
bo‘shlig‘i organlarida — ichaklarda, qora taloqda, kamdan kam
hollarda o‘pkada joylashadi va tashqi muhitga najas va burun shil-
liqlari  orqali  ajralib  chiqadi.  Qushlarning  zararlanishi,  asosan,
alimentar  (zararlangan  suv  yoki  donlar)  va  havo-chang  yo‘llari
orqali amalga oshiriladi.
Epidemik  jarayonning  namoyon  bo‘lishi  va  yuqish  mexanizmi.
Ornitoz bilan odamlarning zararlanishi, asosan, havo-tomchi va
havo-chang  yo‘llari  orqali  sodir  bo‘ladi,  alimentar  yo‘l  bilan
kasallanish hollari ham uchrab turadi. Kasallik yuqishining asosiy
omillari bo‘lib zararlangan qushlarning najasi yoki burun suyuq-
ligi, mikroorganizmning zararlangan patlari hisoblanadi.
Kasallik  ifloslangan  qo‘llardan  burun,  ko‘z  va  og‘iz  shilliq
qavatlari  orqali  yuqadi.  Qo‘zg‘atuvchi  manbalarini  aksariyat
ornitoz bilan kasallangan qushlar yoki qo‘zg‘atuvchining belgi-
larsiz  tashuvchilari — o‘rdak,  kurkalar,  kaptarlar,  to‘tiqush  va
kanareykalar tashkil etadi. Epidemiologik jihatdan o‘z kasb-kor-
lari  tufayli  kasallangan  qushlar  bilan  shug‘ullanadiganlar,  par-
randa  yetishtiradigan  xo‘jaliklar,  qushlarni  qayta  ishlovchi  xo-
dimlar,  zoodo‘kon  xizmatchilari,  ayniqsa,  xavfli  hisoblanadi.
Ular  orasida  epidemik  avj  olish  hollari  tez-tez  yuz  beradi.  Ka-
sallikning sporadik kechishi ko‘pincha epizootik qush ishqibozla-
rida, kaptarboqarlarda, ovchilarda hamda yarim yovvoyi qushlar
bilan tasodifiy shug‘ullangan kishilarda (ba’zi shahar ko‘chalarida
kaptarlar  orqali  zararlanish  hollari  25—90  %  ni  tashkil  etadi)
kuzatiladi.
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar. Ornitoz kasalligining oldini
olishga qaratilgan chora-tadbirlar veterinar- sanitariya hamda tibbiy-
sanitariya  tadbirlari  asosida  olib  borilishi  kerak.  Veterinariya
xizmatining  shu  maqsadda  olib  boradigan  ishlari  chet  ellardan
qush keltirishni nazorat qilishdan (karantin, laboratoriya tekshi-
ruvlarni o‘tkazish), qushlarning mamlakat ichkarisiga olib kirilishi,
ularning qushxonalarda, zoodo‘konlar va hayvonot bog‘larida saq-
lanishini nazorat qilishdan iborat. Veterinariya nazorati ornitozning
tabiiy o‘choqlaridagi yovvoyi qushlar, aholi yashaydigan punktlar-
dagi yarim yovvoyi kaptarlarni tekshirish natijasida olib boriladi.


172
Òibbiy-sanitariya  chora-tadbirlari infeksiya manbayiga qarshi
kurashda kasbi qushlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan shaxslarni
xususiy muhofaza qilish vositalarini qo‘llashga qaratilishi kerak.
Bu borada mazkur korxona xodimlarini doimiy tibbiy nazorat-
dan o‘tkazib turish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, epidemiyaga
qarshi  chora-tadbirlar  tartibini  amaliyotda  qo‘llash  (ish  joylari
va  korxona  hududlarini  dezinfeksiyalovchi  moddalar  bilan
yuqumsizlantirish,  xonalarni  ventilatsiyalash,  ishlab  chiqarish
jarayonini  mexanizatsiya  va  avtomatlashtirish,  ishlab  chiqarish
xodimlarini ish kiyimlari bilan ta’minlash va boshq.) kabi vazifalar
amalga oshiriladi. Agar mazkur parranda xo‘jaliklarida ornitoz
bilan kasallanish hollari yuz berib, laboratoriya tekshirishlari bilan
tasdiqlansa,  shu  tumanning  bosh  veterinar  shifokori  ko‘rsatgan
ma’lumotlarga  asosan  hokimiyatning  mutasaddi  tashkilot-
lari tomonidan  bu  korxona  ornitoz  jihatidan  xavfli,  deb  e’lon
qilinadi va shu bilan birga mavjud infeksiya o‘chog‘ining yo‘qo-
tilishiga  qaratilgan  tadbirlar  dasturini  belgilab  beruvchi  maxsus
komissiya tuziladi.
Epidemiologik nazorat. Ornitozga qarshi epidemiologik nazo-
ratni  sanitariya-epidemiologiya  xizmati  olib  boradi  (epidemio-
loglar,  sanitariya  shifokori,  mehnat  gigiyenasi  shifokorlari,  ma-
halla  shifokori,  sex  terapevtlari).  Ornitoz  bilan  kasallanganlar
yuqumli kasalxonaga yotqiziladi. Kasallik o‘chog‘ida esa, yakun-
lovchi dezinfeksiya olib boriladi. Kasallanmagan sog‘lom kishilar
30 kun mobaynida tibbiy nazoratda bo‘lishadi. Dezinfeksiyalovchi
moddalar sifatida xloramin, lizol, fenol kabi zararsizlantiriladigan
moddalardan foydalaniladi.
Ornitoz profilaktikasining maxsus usuli sifatida inaktivlangan
(jonsizlantirilgan) ornitoz vaksinasi bilan emlash qo‘llaniladi.
2.13.  Salmonelloz
Salmonellozlar  yuqumli  ichak  infeksiyalari  guruhiga  man-
sub kasalliklar bo‘lib, ularni salmonellalar turkumidagi bakte-
riyalar  keltirib  chiqaradi.  Salmonellozlar  sporadik  (vaqt-vaqti
bilan) yoki yoppasiga avj oladigan xilma-xil epidemiologik xu-
susiyatlarga ega.
Amerikalik veterinarlar Salmon va Smit (1885) birinchi bo‘lib
hayvonlar  va  odamlarda  toksikoinfeksion  kasalliklarni  keltirib


173
chiqaradigan  bakteriyalarni  aniqlashgan.  Bu  bakteriyalar  «o‘lat-
dan» nobud bo‘lgan cho‘chqalar organlaridan ajratilgan. Salmo-
nellalarni zamonaviy nom bilan C.Gxolerassuis deb ataladi.
Gartner  (1888)  birinchi  bo‘lib,  Òyuriniyada  salmonellalar
keltirib  chiqargan,  ovqat  bilan  bog‘liq  toksikoinfeksiyalarning
tarqalishini kuzatgan. U favqulodda, tekshirilmasdan so‘yilgan sigir
va  o‘lgan  odamning  jigaridan  bir  xil  mikrobni  ajratib  olishga
muvaffaq bo‘lgan. Bu bakteriya C.Enteritides nomini olgan.
Keyinroq Lyoffler (1892) C.Tiðximurium nomi bilan ataluvchi
bakteriyalarni topgan. Y.L. Isachenko epizootiya paytida salmo-
nellalarni  ajratgan,  bu  bakteriyalar  enteral  yo‘l  bilan  kasallik
yuqtirilganda kalamush va sichqonlarning nobud bo‘lishiga sa-
babchi bo‘lgan.
1934-yilda  nom  qo‘yish  komissiyasi  shu  turkumdagi  bak-
teriyalar nomini Salmon sharafiga «Salmonella» deb qonunlash-
tirib  qo‘ydi.  Salmonellalar  mayda  va  tayoqsimon  bakteriyalar
bo‘lib, ularning bo‘yi 1—3 nm.gacha, eni 0,5—0,8 nm.gacha bo‘-
ladi,  fakultativ  aerob,  grammanfiy,  tanasida  kichkina  peritrix
oyoqchalari bo‘lib, ular yordamida harakat qiladi.
Salmonellalar o‘zaro biokimyoviy va serologik xususiyatlari
bilan ajralib turadi. Salmonellalarning har bir serovari faqat o‘ziga
xos bo‘lgan muayyan antigen omillarining to‘plamiga ega bo‘ladi.
Salmonellalar tarkibida O- va H-antigen to‘plamlari mavjud. O-
antigen issiqlikka chidamliligi va bakteriyalar devorining oraliq
mukopolisaxarid  qatlamidan  joy  olgan  murakkab  fosfoliðit  bi-
rikmasidan iborat ekanligi aniqlangan. O-antigen tuzilishiga ko‘ra,
salmonellalar 60 dan ko‘proq seroguruhlarga bo‘lingan. Har bir
seroguruh H-antigenlar tuzilishiga asosan serovarlarga ajratiladi.
H-antigen  bakteriyalar  xivchinli  apparatida  joylashgan  bo‘ladi.
H-antigen issiqlikka chidamsiz bo‘lib, qaynatilganda parchalanib
ketadi.
Salmonellalarning  H-antigenlari  tuzilishiga  asoslangan
2000 dan ortiqroq serologik variantlari mavjud. Salmonellalarning
Kaufman  va  Uayt  ishlab  chiqqan  birinchi  xalqaro  (serologik)
sxemasi 1934-yilda qabul qilingan bo‘lib, sxemaga dastlab 5 sero-
guruh 44 ta serovarlar kiritilgan edi. Keyingi yillarda bu sxema
to‘ldirib borildi va hozirgi kunda 60 dan ortiq seroguruh, 2000 dan
ortiqroq serovarlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘p sonli shu salmonel-
lalardan B va D guruhiga mansub bo‘lgan salmonellalar odamlar


174
patologiyasida  ko‘proq  ahamiyatga  ega.  Shuningdek,  salmonel-
lozlarning etiologik tuzilishi har xil paytlarda  va turli hududlarda
doimo  o‘zgarib  turadi.  Masalan,  O‘zbekistonda  1971-yilda  sal-
monellozlarni keltirib chiqargan salmonellalar 36 ta serovarlarga
mansub bo‘lgan, 1990-yilga kelib ularning soni 142 taga yetdi. Ammo
bitta  serovar,  ya’ni  C.  Tiðximuriumning  eng  ko‘p  uchraganligi
isbotlandi,  bu  serovar  har  yili  qayd  qilingan  salmonellalarning
70—80 % ini tashkil qiladi.
Salmonellalar tasnifining serologik mezonidan tashqari, ular-
ning  ayrim  turlari  biovarlarini  va  fagovarlarini  aniqlash  ham
epidemiologik va epizoologik ahamiyatga ega. C.Tiðximuriumning
hozirgi vaqtda 90 ga yaqin fagotiðlari aniqlangan. Mutaxassislarni
«20» va «29» raqamli fagovarlari qiziqtiradi, chunki bu fagovarlar
salmonellozlarning  kasalxonalarda  «gospital  infeksiya»  sifatida
tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Salmonellalar tashqi muhit sharoitiga ancha chidamli bo‘lib,
uzoq vaqt saqlanib turishi mumkin. O‘zbekistonning iqlim  sha-
roitida O. M. Murtazoyevning (1973) o‘tkazgan tajriba natijalari
salmonellalar  pishirilgan  go‘shtda  xona  haroratida  buzilgunga
qadar, muzxonalarda esa, 63 kundan ziyodroq saqlanishini ko‘r-
satdi.  Salmonellalar  xom  sutda  40  kungacha,  qaynatilgan  sutda
10 kungacha yashay oladi. Sariyog‘da 128—185 kungacha, tvo-
rogda 16 kun tirik qoladi. Salmonellalarning aholi qizdirmasdan va
qaynatmasdan  iste’mol  qiladigan  ayrim  ovqat  mahsulotlarida
(poliz,  rezavor  mevalar,  ko‘katlar)  uzoq  vaqt  (40  kungacha)
saqlanishini ilmiy tajribalar ko‘rsatib berdi.
Salmonellalar, shuningdek, suvda va hayvonlar iste’mol qila-
digan yem-xashakda ham uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega.
Salmonellalarning  ba’zi  bir  muhit  va  mahsulotlarda  saqlanish
muddati 12-jadvalda ko‘rsatilgan.
Salmonellalar umuman olganda, antibiotiklarga nisbatan sez-
gir,  ammo  keyingi  yillarda  salmonellalarning  antibiotiklarga,
dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli bo‘lgan «gospital» shtamm-
lari paydo bo‘lyapti.
Bunday shtammlar ko‘proq  C.Òiðximurium serovarlarida uch-
rayapti. Òoshkent shahri hududida ajratib olingan C.Òiðchimurium
shtammlari gentamitsin, kanamitsin va polimiksinga qisman sez-
gir  bo‘lib,  levomitsin,  neomitsin,  eritromitsin,  streptomitsinga
nisbatan butunlay chidamliligi bilan ajralib turadi.


175
12-jadval
Salmonellalarning ba’zi tashqi muhit sharoitlarida yashab
qolish xususiyatlari
ti
h
u
m
i
q
h
s
a
T
i
r
a
l
h
s
i
n
i
r
‘
o
k
g
n
i
n
r
a
l
a
ll
e
n
o
m
l
a
S
a
v
it
q
a
v
h
s
a
h
s
a
y
n
a
g
n
a
li
g
l
e
b
i
r
a
lt
i
o
r
a
h
s
-
r
a
l
a
ll
e
n
o
m
l
a
S
i
r
a
l
ð
it
o
r
e
s
g
n
i
n
a
v
r
a
lf
il
l
a
u
M
r
a
ll
i
y
n
a
g
li
t
e
r
h
s
a
n
i
v
u
s
k
il
m
i
h
c
i
a
z
o
T
v
u
s
n
a
g
li
t
a
n
y
a
Q
v
u
s
q
i
h
c
O
g
n
i
n
i
r
a
l
a
z
v
a
h
i
r
a
l
v
u
s
n
a
g
n
a
l
s
o
lf
i
y

n
u
S
v
u
s
n
a
g
li
t
a
l
z
u
M
t
h
s
‘
o
g
n
a
g
a
m
li
t
a
n
y
a
Q
t
u
s
‘
g
o
y
i
r
a
S
q
o
l
h
s
i
P
q
u
v
o
t
n
a
g
li
t
a
n
y
a
Q
i
m
u
x
u
t
i
n
o
n
y
o
d
‘
g
u
B
r
a
lt
e
f
n
o
K
q
o
r
p
u
T
m
u
Q
i
g
n
a
h
c
a
n
o
X
g
n
‘
o
G
z
o
‘
g
o
Q
a
d
a
j
a
r
a
d
C
°
0
n
u
k
9
2
n
u
k
4
0
1
–
4
3
-
n
u
k
q
il
i
g
n
i
n
li
Y
,
a
h
c
a
g
y
o
3
a
d
ir
a
l
y
o
5
a
d
ir
a
l
n
u
k
q
u
v
o
s
0
7
1
a
d
a
j
a
r
a
d
C
°
0
2
n
u
k
7
6
1
a
d
C
°
4
,
n
u
k
o
t
n
a
d
y
o
6
a
h
c
a
g
y
o
3
1
a
h
c
a
g
n
u
k
0
1
a
d
it
a
r
o
r
a
h
a
n
o
X
n
u
k
4
–
3
y
o
2
a
d
C
°
0
a
d
C
°
3
2
–
8
1
a
h
c
a
g
y
o
7
n
u
k
9
2
a
d
C
°
4
a
d
it
a
r
o
r
a
h
a
n
o
X
a
h
c
a
g
y
o
3
1
n
u
k
5
1
–
5
a
h
c
a
g
n
u
k
6
9
1
ir
a
lr
u
n
h
s
o
y
u
Q
-
n
u
k
6
2
1
a
d
ir
is
’
a
t
a
h
c
a
g
a
h
c
a
g
n
u
k
0
8
a
h
c
a
g
n
u
k
0
9
a
h
c
a
g
y
o
0
1
li
x
il
r
u
T
r
a
l
ð
it
o
r
e
s
li
x
il
r
u
T
r
a
l
ð
it
o
r
e
s
li
x
il
r
u
T
r
a
l
ð
it
o
r
e
s
v
e
h
c
d
a
y
D
.
R
.
N
)
9
5
9
1
(
n
i
b
u
G
.
M
.
S
)
3
6
9
1
(
y
i
k
s
v
e
y
a
g
a
Z
.
I
.
S
)
6
6
9
1
(
o
k
n
e
t
s
i
h
C
.
N
.
G
)
1
8
9
1
(
o
s
s
e
li
K
.
A
.
V
)
5
8
9
1
(
-
s
v
e
h
c
r
a
K
.
D
.
M
a
y
a
k
a
n
i
k
a
y
m
e
h
S
.
A
.
A
)
6
6
9
1
(
a
v
o
p
o
P
.
G
.
G
)
0
8
9
1
(
o
s
s
e
li
K
.
A
.
V
)
5
8
9
1
(
v
e
h
c
d
a
y
D
.
R
.
N
)
9
6
9
1
(
)
6
6
9
1
(
k
u
y
t
r
A
.
A
.
I
v
e
y
o
b
u
l
o
T
.
D
.
V
)
7
6
9
1
(
y
i
k
s
v
e
y
a
g
a
Z
.
I
.
S
)
7
6
9
1
(
)
0
7
9
1
(
r
u
h
S
.
V
.
I
a
n
i
h
s
i
T
.
D
.
N
)
6
5
9
1
(
a
n
i
k
a
y
m
e
h
S
.
A
.
A
)
0
6
9
1
(


176
Epidemik jarayon va uning rivojlanish omillari
Salmonellozlarda asosiy infeksiya manbalari, bu — hayvonlar
va parrandalar. Ayniqsa, uy hayvonlari, qoramollar, cho‘chqalar,
mayda shoxli hayvonlar, otlar, uy parrandalari (tovuqlar, g‘ozlar,
o‘rdaklar,  kurkalar)  salmonellozlarning  tarqalishida  infeksiya
manbayi sifatida muhim ahamiyatga ega. Bu hayvonlar o‘rtasida
salmonellalarning  tarqalganlik  darajasi  turli  hududlarda  turlicha
bo‘ladi.  O‘zbekistonda  salmonellalar  ko‘proq  parrandalar,  qo-
ramollar va cho‘chqalar orasida tarqalgan. Qishloq xo‘jaligi hay-
vonlarida  salmonellozlar  butun  organizmga  tarqalgan  kasallik
sifatida,  oshqozon-ichak  yo‘llarida  uchraydigan,  ich  ketish  alo-
matlari bilan tavsiflanadigan kasallik yoki bakteriya tashuvchilik
sifatida namoyon bo‘lib, shu hayvonlarning go‘shti, suti, tuxumi
va boshqa mahsulotlari ovqatga iste’mol qilingan odamlarga yuqadi.
So‘nggi  yillarda  salmonellozlarning  tarqalishida  bemor
odamlar  va  bakteriya  tashuvchilarning  infeksiya  manbayi  sifa-
tidagi roli batafsil aniqlangan. Bemorlar va bakteriya tashuvchilar,
ayniqsa,  bir  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  uchun  epidemiologik
jihatdan xavflidir. Chunki yosh bolalarga salmonellalar faqat oziq-
ovqat  mahsulotlari  orqali  emas,  balki  maishiy  yo‘l  bilan  ham
yuqadi. Kasallikni yosh bolalar ko‘pincha onalaridan, bolalarning
parvarish buyumlari, bakteriyalar tushgan narsalarni ishlatganda,
shuningdek, salmonellozlar bilan kasallangan onalarning ko‘krak
suti orqali yuqtiradi.
Salmonelloz bilan kasallangan bolalar, salmonellalarni faqat-
gina  axlat  bilan  emas,  balki  o‘t  suyuqligi  va  siydigi  orqali  ham
uzoq vaqt davomida ajratib yurishi aniqlangan.
O‘zbekiston  hududida  uchragan  salmonellozlar  epidemik
o‘choqlarida o‘tkazilgan epidemiologik tekshiruvlar va kuzatuvlar
salmonellozlarning tarqalishida 3,8 % hollarda infeksiya manbayi
sifatidagi  rolini  isbotladi.  Salmonellozlar  tarqalishida  ishtirok
etuvchi asosiy omillar oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lib, ular orasida
go‘sht  va  go‘sht  mahsulotlari  muhim  o‘rin  egallaydi,  ayniqsa,
kolbasa,  go‘sht  konservalari,  go‘sht  qiymasidan  tayyorlanadigan
ovqatlar  xavflidir.  Go‘shtdan  tashqari,  hayvonlardan  olinadigan
boshqa  mahsulotlar,  xususan,  sut  va  sut  mahsulotlari  (qatiq,
suzma,  qaymoq,  pishloq)  orqali  yuqishi  mumkin.
Òuxum,  tuxum  mahsulotlari  va  tarkibiga  tuxum  kiradigan
oziq-ovqatlarning salmonellozlar tarqalishidagi roli yildan yilga


177
oshib boryapti. R.M. Òojiboyeva  va  hammualliflar (1980) tuxum
bo‘tqasi  hamda  tuxum  kukunidan  salmonellalarning  bir  necha
serovarlarini ajratib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Salmonellozlar
baliq va baliq mahsulotlaridan kam yuqadi, ammo ayrim joylarda
ularning ahamiyati birmuncha muhimroqdir.
Òurli  xil  o‘simlik  mahsulotlariga  tuproqdan,  axlat,  go‘ng,
oqava suvlar, parranda axlati bilan ishlov berilganda salmonel-
lozlar o‘tishi mumkin, natijada, bu mahsulotlar salmonellalarni
tarqatish omili bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston sharoitida salmo-
nellozlar epidemik o‘choqlarida sabzavot va rezavor mevalarning
yuqtirish omillari sifatidagi roli 19,6 % hollarda aniqlangan.
Ochiq suv havzalari va oqava suvlarning turmush ehtiyojlari
va  ichish  uchun  ishlatiladigani  ham  odamlarga  salmonellalar
yuqishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Salmonellozlar  epidemik
o‘chog‘ida  olib  borilgan  tekshirishlar  natijasida  bu  kasalliklar-
ning 6,7 % hollarda ochiq suv havzalaridan tarqalishi aniqlangan.
So‘nggi yillarning ma’lumotlariga binoan salmonellalar tashqi
muhit obyektlari orqali odamlarga, ayniqsa, yosh bolalarga mai-
shiy yo‘l bilan yuqishi mumkinligi isbotlandi. Bunday yo‘l bilan
salmonellozlar  ko‘proq  yosh  bolalar  kasalxonalari,  tug‘uruqxo-
nalar sharoitida saqlanadi.
Ayrim mualliflarning ko‘rsatishicha, salmonellozlarning aero-
gen yo‘l bilan tarqalish ehtimoli bor. Salmonelloz kasalligi odam
organizmiga  og‘iz  orqali  tushgandan  keyin  yuzaga  chiqadi.
Kasallikning  paydo  bo‘lishi  salmonellalarning  serovariga,  ular-
ning soniga va odam organizmining immunobiologik holatiga
bog‘liq. Kasallikning yashirin davri 6—10 soatdan 2—3 kungacha,
ko‘pincha 12—24 soatga teng bo‘ladi.
Salmonellozlarning  oldini  olish  tadbirlari
Salmonellozlarning  oldini  olish  va  ularga  qarshi  kurash  qu-
yidagi tadbirlarning bajarilishini taqozo qiladi:
1. Òashkiliy chora-tadbirlarga salmonellozlarga qarshi kurash
ishlarini  tashkil  qilish,  profilaktika  muassasalari  xodimlari  bilan
veterinariya  xizmati  xodimlarining  o‘zaro  hamkorlikda,  salmo-
nellozlar haqidagi xabarni o‘z vaqtida bir-biriga yetkazib turish-
lari  va  epidemiologik  tahlil  qilishni  yo‘lga  qo‘yish,  tibbiyot  va
veterinariya mutaxassislarining malakasini oshirish, salmonelloz-
larga qarshi kurash bo‘yicha seminarlar tashkil qilish kiradi.


178
2.  Salmonellozlarning  tarqalib  ketishi  uchun  epidemiologik
ahamiyati bo‘lgan korxonalarda sanitariya va veterinariya nazoratini
o‘rnatish.  Bunday  nazorat,  asosan,  salmonellozlarning  tarqali-
shida ishtirok etadigan asosiy omillardan hisoblangan go‘sht va
go‘sht mahsulotlari, parranda go‘shti va tuxumlari salmonellala-
ridan zararlanishning oldini olishga qaratilgan.
2.1. Keyingi paytlarda respublika hududida parranda go‘shti va
tuxumidan salmonellozlar tarqalayotganligini nazarda tutib, par-
randachilik  sanoati  korxonalarida  ularning  sanitariya-epidemio-
logik holatini sanitariya shifokorlari, epidemiologlar va bakterio-
loglar birgalikda tekshirishlari kerak.
Bunday tekshiruvlarda ishlovchilar o‘rtasida salmonellozlar va
o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish hollari, veterinariya va
bakteriologiya laboratoriyalarida olib borilgan tekshiruv natijalari
tahlil qilinishi, odamlardan, parrandalardan va atrof-muhit obyekt-
laridan  ajratib  olingan  salmonellalarning  serologik  va  biologik
variantlari hamda ularning xossalari solishtirib ko‘rilishi lozim.
2.2.  Respublikamizda  salmonellozlar  bilan  kasallanish  ko‘r-
satkichi  yosh  bolalarda  (ayniqsa,  2  yoshgacha)  ancha  yuqori
ekanligini hisobga olib, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodim-
lari    sut,  sut  mahsulotlari,  bolalar  ovqatlarini,  parhez  va  ichish
uchun  suyuqliklar  tayyorlaydigan  oshxonalar,  oziq-ovqat  sexlari
va dorixonalarning ishlarini doimo nazorat qilishlari lozim.
3. Davolash-profilaktika ishlari va salmonellozlar paydo bo‘lganda
ularni bartaraf qilish uchun o‘tkaziladigan tadbirlar, asosan, salmo-
nellozlar bilan kasallangan va bakteriya tashuvchi kishilarni aniq-
lash, ularni hisobga olish, atrofdagi sog‘lom kishilardan ajratib qo‘-
yish, davolash, bolalar poliklinikalarida va kasalxonalarda salmonel-
lozlar tarqalib ketishining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
3.1.  Salmonelloz  bakteriofaglari  bolalar  kasalxonalarida  sal-
monelloz paydo bo‘lganda, salmonellozlarning tarqalib ketish xavfi
tug‘ilganda, atrofdagi bolalarga, onalarga va tibbiyot xodimlariga
epidemiologik ko‘rsatma asosida beriladi.
4. Salmonellozlarning oldini olishda aholi o‘rtasida sanitariya
maorifi ishlarini keng ko‘lamda olib borish tavsiya etiladi. Ayniqsa,
bunday  ishlarni  homilador  ayollar,  yosh  bolali  onalar,  bolalar
ovqatini  tayyorlash  va  tarqatish  bilan  band  bo‘lganlar,  bolalar
muassasalari, kasalxonalari xodimlari, go‘sht ishlab chiqaradigan
va uni qayta ishlaydigan korxonalar ishchilari, parrandachilik sa-
noati  xodimlari,  sut  va  sut  mahsulotlari  ishlab  chiqaradigan


179
korxonalar,  umumiy  ovqatlanish  tarmoqlari  ishchilari,  chiqindi
suvlarini  tozalaydigan  inshootlar  ishchilari  o‘rtasida  olib  borish
maqsadga muvofiqdir.
1. Salmonelloz o‘chog‘ini tekshirish kartasini to‘ldirib (171-shakl) va oziq-
ovqat mahsulotlaridan sinama olib, epidemiologik tekshirish.
2. Guruhli kasalliklarda hamma kasallangan kishilardan (kasallanmagan,
biroq  kasallangan  kishilar  bilan  birga  ovqatlanganlar  ham)  kasallikka  qadar
keyingi  2  kun  ichida  iste’mol  qilgan  mahsulotlari  haqida  sinchiklab  so‘rab
chiqiladi. Bunday so‘rashni o‘rganish uchun kollej yotoqxonasida yashaydigan
va oshxonada ovqatlanadigan  o‘z guruhingiz o‘quvchilariga jadval to‘ldiring.
Yeyilgan mahsulotlar va ular qabul qilingan vaqtni yozib bering:
r
/
T
i
m
s
i
,i
s
a
y
il
i
m
a
F
i
m
s
i
g
n
i
n
i
s
a
t
o
a
v
i
k
h
s
u
t
,
a
t
h
s
u
n
o
n
:i
n
u
k
-
1
t
a
q
v
o
i
k
h
c
e
k
,t
a
q
v
o
i
k
h
s
u
t
,
a
t
h
s
u
n
o
n
:i
n
u
k
-
2
t
a
q
v
o
i
k
h
c
e
k
,t
a
q
v
o
3. Epidemiologik masalalarni yeching.
Epidemiologik  masalalar
1. Salmonelloz yozda sayyohlar oromgohida avj olgan.  U yerda
8 guruhga bo‘lingan jami 200 sayyoh bor.
Kechki ovqatdan keyin 1—2 soat o‘tgach, faqat bir guruhda-
gilar kasallangan. Hamma umumiy oshxonada ovqatlangan. Ka-
sallanish ro‘y  bergan  kuni kasallik  qayd qilingan  guruh  ekskur-
siyada kutilmaganda to‘xtab qolib, kundalik tartibda ko‘zda tu-
tilganidek, soat 14.20 da emas, balki taxminan 17.00 da ovqat-
langan. Bu guruhning ovqati oshxonada saqlangan va dasturxonga
qo‘yish oldidan isitilgan.
Avj olishning epidemiologik tabiatini aniqlash uchun qanday
tekshirishlar  o‘tkazish  lozim?
Sodir bo‘lgan kasalliklarning oldini olish uchun nimalar qilish
zarur?
2. K. ismli fuqaro botulizm bilan kasallanib qolgan, 40 yoshda.
O‘sha kun va ertasiga botulizm kasalligi K.ning xotini va ikki bo-
lasi, K. oilasining qo‘shnilari — er-xotin va K. oilasining boshqa
tumanda  yashaydigan  uch  qarindoshida  aniqlangan.  Kasallan-
ganlarning hammasi 12 kishi bo‘lib, bayram dasturxoni atrofida
o‘tirishgan. Bayram dasturxonida har xil taomlar, jumladan, baliq
konservalari,  tort,  muzqaymoq  bo‘lgan.
!
MUSTAQIL ISH


180
Xonadonda tayyorlangan taomlar orasida konservalangan qo‘-
ziqorinlar bor edi. Ularni K. oilasi bir oy oldin konservalab qo‘y-
gan va issiq joyda saqlagan.
Kasallik avj olishining epidemiologik tekshirish rejasini tuzing.
Hozircha sog‘lom bo‘lgan bayram qatnashchilari kasallanishining
oldini olish bo‘yicha chora ko‘rish kerak.
3. Avgust oyida bolalar bog‘chasining bir guruhidagi bolalar va
xodimlar  o‘rtasida  ovqatdan  zaharlanish  avj  olgan,  oziq-ovqat
xonasi  bolalar  bog‘chasi  uchun  umumiy  bo‘lgani  holda  boshqa
guruhlarda kasalliklar kuzatilmagan.
Aniqlanishicha, kasalliklar paydo bo‘lishidan 3—4 soat oldin
bolalar  va  xizmatchi  xodimlar  kremli  tort  yeyishgan.  Bu  tortni
bolalardan  birining  onasi  bir  kun  ilgari  pishirgan  bo‘lib,  tort
oshxonada  25°C  haroratda,  taxminan,  16  soat  saqlangan.  Òort
qoldiqlari va kasallanganlarning qusuq massasidan tillarang stafilo-
kokk kulturasi ajratilgan.
Avj olishni epidemiologik tekshirish rejasini tuzing.
1.  Kishilar  orasida  eng  ko‘p  tarqalgan  kasallik  keltirib  chiqaradigan  sal-
monella  serotiðlarini  bayon  eting.  Salmonellalarning  atrof-muhitga
chidamliligi  qanday?
2. «Noilojlikdan so‘yish» nima, «shartli yaroqli go‘sht»chi?
3. Odam salmonella tashuvchi bo‘lishi mumkinmi, u qancha muddat da-
vom  etadi?
4. Yangi tayyorlangan taomni tez tarqatib bo‘lmaganda, uni nima qilish kerak?
5. Salmonelloz bo‘lgan hayvonlar go‘shtiga qanday ishlov berish lozim?
6. Xom  mahsulotlar va issiqlik bilan ishlov berilgan mahsulotlarni (masa-
lan,  go‘sht)  kasallik  yuqishidan  saqlash  yo‘llari  qanday?
7.  Salmonellalardan  tashqari,  qanday  mikroorganizmlar  ovqatdan  zahar-
lanishni  keltirib  chiqarishi  mumkin?
8. Botulizm qo‘zg‘atuvchilari va Clostridium repfringensning atrof-muhitga
chidamliligi  qanday?
9. Botulizm klostridiylarida qanday sharoitlarda toksin hosil bo‘ladi?
10. Stafilokokk intoksikatsiyalarida infeksiya manbalari qanday?
2.14. Poliklinikada yuqumli kasalliklar
xonasining ishlash tartibi
1960-yildan  boshlab  poliklinikalarda  yuqumli  kasalliklar  xo-
nasi (YKX) tashkil qilindi. Uning asosiy vazifasi profilaktika va
epidemiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  chora-
tadbirlar sifat samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ichak kasal-
?
NAZORAT SAVOLLARI


181
liklari bo‘limi asosida ichak
infeksiyalari  xonasining
ko‘p  yillik  tajribasi  shuni
ko‘rsatdiki,  uning  funksi-
yalarini kengaytirib, boshqa
infeksiyalar bilan kurashish
vazifasini yuklash mumkin.
Bugungi  kunda  bu  xona-
ning  muhimligi  yanada
ortdi. Chunki yuqumli ka-
salliklarning turli ko‘rinish-
lari, shakllari ko‘payib bor-
moqdaki,  shifokorlarning  tashxis  qo‘yishi  qiyinlashib  qoldi.
Yuqumli kasalliklar xonasi — har kungi maslahat beruvchi mar-
kaz  hisoblanadi.  Bu  markaz  tashxis  qo‘yish,  yuqumli  kasallik-
larni davolash, dispanser kuzatuviga olish sifatini oshirishga xiz-
mat qiladi.
Yuqumli  kasalliklar  xonasini  yuqumli  kasalliklar  bo‘yicha
mutaxassis  boshqaradi.  U  epidemiologiyani  yaxshi  biladigan,
puxta tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Chunki u epidemiologik
to‘g‘ri tashxis qo‘yishi va profilaktik, epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlar ishlab chiqishi talab qilinadi. Yuqumli kasalliklar xonasi
shifokori yuqumli kasalliklarga gumon qilingan bemorlarni poli-
klinikada, uyda tekshiruvdan o‘tkazadi (qachonki, mahalla shifo-
korlari tashxis qo‘yishda qiynalib qolishsa).
Yuqumli kasalliklar xonasi, asosan, dizenteriya bilan ish olib
boradi. Dizenteriyaga gumon qilingan bemorlar poliklinika qabuli-
dan keyin yuqumli kasalliklar xonasiga jo‘natiladi. Bu yerda bemor-
lar klinik, laboratoriya jihatdan chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Yuqumli kasalliklar xonasida qayta kasallanganlar davo kursini
to‘liq olish uchun nazorat qilinadi. Shu yerning o‘zida surunkali
yuqumli kasalliklar ham davolanib, alohida dispanser hisobiga oli-
nadi. Har bir surunkali yuqumli bemorga 30-shakldagi hisob va-
raqasi to‘lg‘aziladi va shifokor ko‘rsatmalari yozib boriladi. Ushbu
ma’lumotlar  bemorning  ambulatoriya  xaritasiga  qayd  qilinadi.
Ayniqsa,  yuqumli  kasalliklar  shifokorining  uyda  qoldirilgan  be-
morlarni to‘liq davolanishdagi ahamiyati o‘rinli.
Yuqumli kasalliklar shifokori kundalik maslahat, bemorni da-
volashdan  tashqari,  mahalla  shifokorlarining  profilaktik  ishla-
rini,  shuningdek,  yuqumli  kasalliklarni  erta  aniqlash  va  tashxis
9-rasm. Bemorlarni qabul qilish xonasi.


182
qo‘yish  vazifasini  ham  amalga  oshiradi.  Yuqumli  kasalliklar
xonasining eng asosiy vazifasi yuqumli kasalliklarni doimiy ravishda
ham mahallada, ham poliklinikaga qarashli joylar bo‘yicha o‘rganib
borishdir.
Yuqumli  kasalliklar  xonasining  mutaxassisi  poliklinikada
yuqumli kasalliklarni doimiy ravishda hisobga olib, o‘tkazilgan sa-
nitariya-epidemiologik  tadbirlar  yuzasidan  Davlat  sanitariya-
epidemiologiya nazorati markaziga va tuman markaziy shifoxo-
nasining sanitariya-epidemiologiya  bo‘limiga  belgilangan  mud-
datlarda hisobot topshiradi.
YKXning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Uchastka shifokorlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kelgan in-
feksion kasallikka shubha qilingan bemorlarni qabul qilish. Bunda
YKX  xodimlari  laboratoriya  tekshiruvlari  uchun  material  oladi,
masalan, ich terlama, paratiflar, salmonellozlar, brutsellozga va
boshqalarga shubha qilinganda ekish uchun qon olish, toshmali
terlama,  brutselloz,  tulyaremiyaga  shubha  qilinganda  serologik
tekshirish,  ayrim  biokimyoviy  testlar  (infeksion  gepatit)  uchun
tekshirish ana shular qatoriga kiradi. Rektoromanoskopik tekshi-
rishlar ham o‘tkaziladi.
2.  YKX  shifokori  infeksion  bemorlarga  uyda  davo  qilishda
uchastka shifokorlariga konsultativ yordam ko‘rsatadi. Infeksion
kabinetlarda  ayrim  surunkali  infeksion  kasalliklari  bo‘lgan  be-
morlar davolanishi, tashuvchilarni sanatsiya qilish mumkin. Shunga
ko‘ra,  bepul  davolash  uchun  dori-darmonlar  va  bakterial  pre-
paratlar  olinadi,  ularning  saqlanishi  ta’minlanadi,  profilaktik  va
davo preparatlarini hisobga olib, ular haqida hisobot beradi.
3.  YKX  shifokori  infeksion  patologiya  masalalari  bo‘yicha
uchastka xodimi malakasini oshirish sohasida ma’lum ish olib bo-
radi, jumladan, konferensiyalarda infeksion bemorlarni diagnos-
tika qilish va davolashda yo‘l qo‘yilgan xatolar muhokama qi-
linadi. Uchastkaga yangi ishga kelgan xodimni YKXda stajirov-
kadan  o‘tkazgan  ma’qul.  Shifokor,  shuningdek,  kasalxona  xo-
dimlarini profilaktik tekshiradi.
4.  O‘choqlarda  uchastka  xodimlarining  epidemiyaga  qarshi
ishlarini:  bemorlarni  aniqlash,  kontaktda  bo‘lganlarni  tibbiy  ji-
hatidan kuzatish va tekshirish, ularga profilaktik preparatlar yubo-
rish va boshqalarni tekshiradi.
5. YKX shifokori o‘zi xizmat ko‘rsatadigan hududda infeksion
kasallanishni o‘rganadi va tahlil qiladi. YKX boshchiligida kasal-


183
lanish yuqori bo‘lgan mikrohududlarda maxsus tadbirlar ko‘riladi,
masalan,  hovlima-hovli  aylanib  chiqiladi,  yalpi  laboratoriya
tekshiruvlari, emlash va faglash o‘tkaziladi.
6. Infeksion kasalliklar, tashuvchilik, epidemiyaga qarshi tad-
birlarni  hisobga  olish  va  85-infeksiya,  85-griðp,  86-davolash
shakllari bo‘yicha tegishli hisobot tayyorlash ishning muhim to-
moni  hisoblanadi.  Shoshilinch  xabarnoma  kartalari  (58-shakl),
infeksion  kasalliklarni  hisobga  olish  jurnali  (60-shakl),  angina,
griðp  va  o‘tkir  respirator  kasalliklar  uchun  esa,  statistik  talon
(25-v  shakl)  hisobga  olish  shakllari  sanaladi.
7. Infeksion  kasalliklar  (ich  terlama,  paratiflar,  dizenteriya,
vabo,  salmonellozlar,  virusli  gepatit,  brutselloz,  bezgak)  bilan
kasallanib  o‘tgan  va  tashuvchi  shaxslar  ustidan  dispanser  kuza-
tuvini tashkil qilish tekshirishning muhim bo‘limi hisoblanadi.
Kasallanib o‘tganlarni dispanserlash  uchastka shifokorlari zim-
masiga  yuklanadi.  Yuqorida  sanab  o‘tilgan  kasalliklardan  tuzal-
ganlarni statsionardan poliklinikaga mehnatga layoqatsizlik vara-
qasini  yopmasdan  (ishlovchilar  uchun)  yoki  kasallikni  boshdan
kechirganlik haqidagi ma’lumotnoma bilan yuboriladi. Poliklinikada
dispanserlashga  kelgan  har  bir  kishi  tekshirilishi  lozim  va  unga
dispanser kuzatuvining nazorat xaritasi to‘ldiriladi (30-a shakl).
Dispanserlanadiganlarning turmush sharoitlari bilan tanishish
g‘oyat  muhim,  buning  uchun  patronaj  kuzatuv  olib  borilib,  u
keyinchalik ham takrorlanadi.
Òo‘plangan  ma’lumotlar  asosida  dispanser  kuzatuvi  rejasi
tuziladi: dispanserlanadigan kishi maxsus grafik bo‘yicha tibbiyot
mutaxassisiga  qatnaydi.  Bunday  qatnashlarda  klinik  tekshiruv
o‘tkaziladi,  zarur  bo‘lgan  hollarda  laboratoriya-instrumental
tekshirish ham olib boriladi. Òekshirish ma’lumotlariga asoslanib
davo tayinlanadi. Hamma davo muolajalari maxsus hisobga olish
xaritasiga va bemorning ambulator xaritasiga yozib boriladi. Ay-
rim  hollarda  kasallanib  o‘tgan  kishi  uning  bajaradigan  ishidan
vaqtincha yoki doimiy chetlatiladi va ma’muriyat bilan birga uni
ishga joylashtirish masalasi hal qilinadi.
Dispanser kuzatuvi davrida sanitariya maorifi ishini olib bo-
rish lozim. Yuqumli kasalliklar harakati to‘g‘risida yuqumli kasal-
liklar  xonasi  shifokori  85-davolash  shaklidagi  hisobotni  sanita-
riya-epidemiologiya nazorati markaziga topshiradi.
Har chorakda poliklinika mutaxassislari tomonidan o‘tkazil-
gan profilaktik ishlar, emlash bo‘yicha  hisobot topshiriladi. Umu-


184
miy  profilaktik  chora-tadbirlar  to‘g‘risidagi  ma’lumot  87-da-
volash shaklida beriladi. Profilaktik emlashlar to‘g‘risida  86-davo-
lash  shaklida  har  oy  ma’lumot  taqdim  qilinadi.  Shuningdek,
yuqumli kasalliklar xonasi shifokori har doim mahalla shifokor-
lariga ko‘maklashadi.
1. YKX  jihozlarini  ko‘zdan  kechirish.
2. YKXda yuritiladigan tibbiy hujjatlarni o‘rganish.
3. Bemorlarni qabul qilishda qatnashish, laboratoriya tekshiruvi uchun ma-
terial olishda ishtirok etish.
4.  Davolash muassasasining ma’lumotnomasi va kasallanib o‘tgan kishini
so‘roqlash asosida «Dispanser kuzatuvining nazorat xaritasi»ni to‘ldiring.
Ich  terlama  yoki  salmonelloz  rekonvalessentlari  xususida  dispanser
kuzatuvining  joriy  rejasini  tuzing.
5.  Darsdan tashqaridagi vaqtdan foydalanib, dispanser kuzatuviga kelgan
shaxslarni patronaj qiling. Olingan natijalar haqida o‘qituvchiga ma’lu-
mot bering.
1. YKXning  asosiy  vazifalari  qanday?
2. YKXda qanday tibbiy hujjatlar to‘ldiriladi?
3. Ayrim  infeksion  kasalliklarni  boshidan  kechirgan  shaxslarni  dispan-
serizatsiya qilishdan maqsad nima?
4. Kasallik qaytalanishiga qarshi davoning epidemiologik ahamiyati qanday?
5. Ich  terlama,  vabo,  dizenteriya,  salmonellozlar  bilan  kasallanib  o‘tgan
kishilarni  dispanserizatsiya  qilish  qoidalari  qanday?
?
NAZORAT SAVOLLARI
!
MUSTAQIL ISH


185
3-bob.  NAFAS  YO‘LI  INFEKSIYALARI
3.1. Griðp. Paragriðp. Adenovirusli infeksiyalar
Griðpning  etiologiyasi.  Griðp  eng  ko‘p  tarqalgan  infeksion
kasalliklardan biridir. Yaqin vaqtlargacha griðp kasalligi, ya’ni
viruslar orqali yuqadigan griðp yuqori nafas yo‘llarining katari
bilan  almashtirilib,  bir-biridan  farq  qilinmagan.  Griðp  kasal-
ligiga  filtrlanuvchi  virus  sabab  bo‘ladi.  Bu  virus  juda  yuqumli
bo‘lib, tashqi sharoitga chidamsizdir. Virus quritish va quyosh
nurlarining ta’sirida tez halok bo‘ladi. Griðp viruslari o‘zining
antigen  tarkibi  bilan  ajralib  turadigan  bir  qancha  tiðlariga
bo‘linadi. Virusning A va B tiðlari, ayniqsa, yaxshi o‘rganilgan.
Biroq,  griðp  virusining  yana  boshqa  serologik  tiðlari  borligi
haqida ham ma’lumot bor.
Epidemiologiyasi. Òarixiy manbalarga qaraganda, griðpning
3  marta  pandemiyasi  qayd  qilingan.  Birinchisi  1889—1890-yil-
larda, ikkinchisi 1918—1919-yillarda, uchinchisi 1957-yilda bo‘lib
o‘tdi. Pandemiya vaqtida aholining 50—70 % kasallangan. Griðp
infeksiyasi burun-halqum va tomoq shilliq qavatlari orqali orga-
nizmga kiradi, so‘ng asosan nafas yo‘llariga joylashib olib, o‘ziga
xos yallig‘lanish jarayonini vujudga keltiradi. Griðp viruslari tash-
qariga nafas yo‘llarining shilimshiqlari bilan chiqib turadi. Griðp
turli shakllarda o‘tadi. Biroq, griðpning hamma xillari uchun na-
fas yo‘llarining kataral yallig‘lanishi bilan birga qattiq intoksi-
katsiya,  ya’ni  organizmning  zaharlanishi  va  ayniqsa,  markaziy
asab sistemasining  zaharlanishi xarakterlidir. Griðpning yashirin
davri 1—2 kun bo‘ladi.
Yuqish  manbayi  griðpning  aniq-ravshan  yoki  belgisiz  shakli
bilan kasallangan odam yoki virus tashib yuruvchi bo‘lishi mum-
kin. Griðp kasalligi, asosan, havo tomchilari orqali tarqaladi. Griðp
bemor bilan bevosita aloqada bo‘lish natijasida va kontakt yo‘l
bilan ham yuqadi, shuningdek, u idish-tovoqlar, dastro‘mol, so-
chiq orqali va qo‘llardan ham yuqishi mumkin.


186
Kasallikka moyillik. Odam infeksiyaga moyil bo‘ladi, u griðpni
tezda  yuqtirib  oladi.  Griðp  viruslarining  konsentratsiyasi  katta
bo‘lsa,  odamlar  bir-biri  bilan  yaqin  muomalada  kontaktda
bo‘lganlari tufayli kasallanish 100 % ga ham yetadi. Shaharlardan
uzoqroq joylardagi aholining ko‘pchiligi griðp kasalligi bilan ko‘p-
roq va og‘irroq kasallanadi. Griðp paydo bo‘ladigan individual
immunitet uzoq davom etmaydi. Biroq, shubhasizki, griðp bilan
bir marta og‘rigandan keyin ko‘pchilikda biroz bo‘lsa-da, immu-
nitet paydo bo‘ladi.
Griðp kasalligining tarqalishi sanitariya-gigiyena sharoitlariga
bog‘liq. Òurarjoy sharoitlari yomon, aholi zich joylashgan bo‘lsa,
infeksiya manbayi bilan bo‘ladigan kontakt ham ko‘p bo‘ladi va
viruslar tezda atrofga tarqalib kasallik ko‘payib ketadi. Griðp epi-
demiyasi  har  qanday  iqlim  sharoitida  va  yilning  hamma  mav-
sumlarida vujudga kelishi mumkin.
Griðp  eng  ko‘p  tarqalgan  infeksiyalardan  biri  bo‘lib,  katta
epidemiyalarga va hatto pandemiyalarga sabab bo‘ladi.
Griðpga qarshi kurash. Òomchilar orqali tarqaladigan boshqa
infeksiyalarga qarshi kurashga nisbatan ancha qiyin, chunki griðp
kasalligida bilinar-bilinmas shakllar, shuningdek, infeksiya man-
balari ham ko‘p bo‘ladi. Griðp virusi esa, juda yuqumlidir. Shuning
uchun ham bu kasallikka qarshi qilinadigan epidemiya tadbirla-
rini e’tibor bilan amalga oshirish lozim.
Kasallikni barvaqt aniqlash, griðp bilan kasallangan bemorlarni
o‘z vaqtida ajratib qo‘yish, kasalxonalarga yotqizish griðpga qarshi
kurashdagi asosiy tadbirlardandir. Aholi o‘rtasida sanitariya maorifi
ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, shifokorga barvaqt murojaat qilish
kerakligi  ommaga  tushuntirilsa,  bemorlarni  barvaqt  aniqlash,
topish yo‘lga qo‘yilsa, kasallik epidemik avj olishining yo‘li ancha
qirqiladi.  Griðp  bilan  og‘rigan  bemorlar,  odatda,  kasalxonaga
yotqizilmaydi.  Biroq,  griðpning  og‘ir  shakllarida  kasalxonaga
yotqizish  kerak.  Griðp  bilan  og‘rigan  bemorni  uy  sharoitida
ajratib, alohida xonaga yotqizish muhimdir. Ambulatoriya va po-
liklinikalarda, ayniqsa, griðp epidemiyasi davrida bemorlarning
bir-birlari  bilan  bo‘ladigan  aloqalarini  kamaytirish  uchun  bu
yerda bo‘ladigan qabulni imkoni boricha kamaytirib, davolash-
profilaktika ishlarini uyma-uy yurib o‘tkazish kerak.
Griðp  tarqalgan  vaqtda  barcha  davolash  va  bolalar  muassa-
salarida gigiyenik tadbirlarni va dezinfeksiyani o‘z vaqtida hamda
e’tibor bilan amalga oshirib turish lozim. Muassasalardagi xizmat-


187
chilar burun va og‘izlarini niqoblab yurishlari shart. Griðp epi-
demiyasi bo‘lgan vaqtda kasalxonada yotgan bemorning qarin-
dosh-urug‘larining kasalxonaga kirishi taqiqlanadi. Infeksiyaning
tarqalish yo‘llariga qarshi kurashish umumiy gigiyenik tadbirlarni
amalga oshirishdan iborat. Òajriba shuni ko‘rsatadiki, xonalar sha-
mollatib turilsa, izolatsiya qilinsa, uy namlanib tozalanib turilsa,
ayniqsa,  bolalar  muassasalarida  havo  ultrabinafsha  nurlar  bilan
boyitilsa,  idish-tovoqlar  qaynoq  suv  bilan  yaxshilab  yuvilsa,  to-
zalikka  rioya  qilinsa  griðp  kasalligi  ancha  kamayadi.  Kasallikka
moyillikni kamaytirish uchun organizmni chiniqtirish va maxsus
profilaktik tadbirlarni o‘tkazish lozim.
Maxsus profilaktika. Faol immunlash uchun tirik viruslardan
tayyorlangan quruq vaksina ishlatiladi, bu vaksina tarkibiga A va B
turlari kiradi. Ular tovuq embrionida yetishtirilib, ajratib olinadi.
Bizning  respublikamizda  griðpga  qarshi  bunday  profilaktika
oktabr, noyabr oylarida o‘tkaziladi. Vaksina osh tuzining fiziologik
eritmasida eritilib, piðetka yoki sepgich bilan burun ichiga kirgi-
ziladi. Vaksinani kukun holida ham ishlatsa bo‘ladi. Bunda vaksi-
nani nafas tortish yoki kukun puflovchi asbob bilan kiritish kerak.
Adenovirus  infeksiyasi
Adenoviruslar  turli  xil  kasalliklarni:  zotiljam,  konyunktivit,
gastroentometrit,  faringit,  sistit,  respirator  xastaliklarni  keltirib
chiqarish ehtimoli bor. Virusning tashqi muhitga chidamli bo‘lishi
munosabati bilan kasallik faqat havo orqali emas, balki turli xil
buyumlar — ovqat, suv orqali ham yuqishi mumkin. Suv orqali
yuqqan  holda  «basseyn  konyunktivitlar»  paydo  bo‘ladi,  bularga
sabab virusning suvda 110 kungacha saqlanib qolishidir.
Griðpga qarshi emlashni boshlash oldidan sanoat korxonasida sexlar bo‘yicha
emlash o‘tkazish grafigini ko‘zda tutadigan direktorning buyrug‘i chiqariladi.
Kadrlar  bo‘limidan  sexlarda  ishlaydigan  ishchilarning  ro‘yxati  olinadi.
Emlash sog‘lomlashtirish punkti xonasida o‘tkaziladi. Avvaliga preparatning
yaroqliligi  tekshiriladi,  so‘ngra  vaksinali  ampula  ochiladi,  vaksinani  uning
dozasiga 0,5 ml hisobidan qaynagan suv bilan suyultiriladi, pulverizator vaksina
bilan  to‘ldiriladi.
Emlanadigan kishi burun yo‘llarini tozalab, boshini biroz orqaga tashlab
turadi. Pulverizator uchi burunga 0,5 sm ichkariga kiritiladi va ballonchani bosib,
!
MUSTAQIL ISH


188
zarur miqdordagi vaksina burunning avval bir katagiga, so‘ngra ikkinchi katagiga
yuboriladi. Vaksina yuborilgandan so‘ng emlangan kishi 2—3 minutgacha boshini
aytilgan holatda tutib turishi lozim.
Keyingi kishini immunizatsiya qilishdan oldin uchlik  almashtiriladi yoki u
spirt bilan artilib, alangada kuydiriladi.
Emlanganlar maxsus daftarda qayd qilinadi.
1. Griðp viruslarining qanday tiðlarini bilasiz? OÐÇ qo‘zg‘atuvchilarining
eng  ko‘p  uchraydiganini  bayon  eting.
2. Griðp virusining tashqi muhitga chidamliligi qanday?
3. Infeksiya manbalari va griðpning o‘tish yo‘llarini bayon eting.
4. Griðpdan so‘ng immunitet qancha vaqt saqlanadi? B tiðidagi virus keltirib
chiqargan kasallikni boshdan kechirgan kishida A griðpi virusiga immunitet
vujudga keladimi?
5. Kishilarning bir-biriga yaqin bo‘lishini kamaytirish uchun bolalar va da-
volash  muassasalarida  qanday  tadbirlar  o‘tkazilishi  kerak?
3.2. Difteriya, skarlatina
Etiologiyasi. Havo-tomchi infeksiyalar guruhi turli-tuman ka-
salliklarni  o‘z  ichiga  oladi.  Masalan,  griðp,  adenovirusli  infek-
siyalar,  difteriya,  skarlatina,  ko‘kyo‘tal,  qizamiq,  suvchechak,
epidemik  parotit,  qizilcha,  markaziy  asab  sistemasi  kasalliklari,
meningit va boshqa kasalliklar. Òomchi infeksiyalar guruhining bu
xususiyati  epidemiyaga  qarshi  qo‘llaniladigan  ayrim  tadbirlar
ahamiyatining kam bo‘lishini ko‘rsatadi.
Difteriya deyarli hamma yerda tarqalgan va doimo uchrab tu-
ruvchi o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, vaqt-vaqti bilan birmuncha
keng  miqyosda  tarqaladi.  Difteriyaning  qo‘zg‘atuvchisi  Lyoffler
tayoqchasi  1883—1884-yillarda  aniqlanib,  mikrobiologiya  va
epidemiologiya tomondan yaxshi o‘rganilib chiqildi. Bu tayoqcha
tashqi muhitda o‘zining turg‘unligi, viruantligi, o‘zgaruvchanligi
bilan farqlanadi.
Klinik manzarasi. Inkubatsion davri 2—10, ko‘pincha 3—5 kun-
gacha davom etadi. Patologik jarayonlarning joylashish joyiga qarab
quyidagi  klinik  shakllari:  halqum,  hiqildoq,  burun  difteriyasi,
kamdan kam hollarda difteriya (ko‘z, quloq, tashqi jinsiy organlar,
jarohatlar)  farqlanadi.  Ana  shu  shakllarning  har  biri  kechish
jarayoni  og‘irligiga qarab yengil va toksik formalarga bo‘linadi.
Òoksik shakli o‘z navbatida subtoksik, I, II, III subtoksik, giðer-
toksik va gemorragik shakllarga bo‘linadi.
?
NAZORAT SAVOLLARI


189
Halqum bo‘g‘masi klinik jihatdan eng ko‘p uchraydigan shakl
bo‘lib, u keyingi vaqtlarda 80—90 % hollarda qayd qilinmoqda.
Halqum  bo‘g‘masida  faqat  bodomcha  bezlari  shikastlanishi
mumkin (lokal shaklli). Agar fasodli yaralar bodomcha bezlaridan
tashqarida yumshoq tanglayi va tomoqda bo‘lsa, u yoyilgan dif-
teriya shakli deb ataladi. Kasallikning toksik shaklida halqum-
dagi keng tarqalgan jarayondan tashqari regionar limfa tugunlari-
ning yaqqol reaksiyalari va umumiy intoksikatsiya bilan kechuvchi
bo‘yin kletchatkasining toksik shishuvi kuzatiladi.
Difteriyaning lokal shakli  ko‘proq uchraydi. Uning kenja turi
sifatida kataral (fasodli yaralar bo‘lmaydi) va orolchali shakli (bo-
domcha bezlarida yig‘ilgan fasodli yaralar alohida orolcha ko‘rini-
shiga ega bo‘ladi) kuzatiladi. Kasallik asta-sekin boshlanib, harorat
asta 38°C gacha ko‘tariladi, umumiy lohaslik, ishtaha yo‘qolishi,
bosh og‘rig‘i, yutinganda biroz og‘riq paydo bo‘ladi. 1—2-kunning
oxirida halqumda qizarish paydo bo‘ladi. Bodomcha  bezining biri
yoki ko‘pincha har ikkisida oqish-kulrang, yetarli kattalikdagi fa-
sodli  yaralar  paydo  bo‘ladi.  Ular  paxta  tamponi  yoki  shpatel
yordamida ko‘chirib olingandan so‘ng, shu joy qonsirab qoladi.
Jag‘ osti va oldingi bo‘yin limfa tugunlari biroz kattalashadi. Òok-
sikoz  kuzatilmaydi.  O‘z  vaqtida  davolash  boshlab  yuborilsa,
2—5 kunda griðp yo‘qoladi, harorat normaga tushadi.
Yoyilgan shaklida kasallik ko‘pincha o‘tkir boshlanadi, harorat
38,5—39°C ga ko‘tariladi, qaltiroq bosish, holsizlik, bosh og‘rig‘i,
uyqu  buzilishi  paydo  bo‘ladi. Bodomcha  bezlari  kattalashgan,
shishgan, karash kulrang, qattiq ko‘rinishda bo‘lib, har ikki bo-
domchani, tanglay yarim doirasini, yumshoq tanglay va burun-
halqum sohalarini qoplaydi. Regionar limfa tugunlari lokal shaklda-
giga nisbatan ko‘proq kattalashadi va og‘riq kuzatiladi. Difteriyaning
tarqoq  formasi  ko‘pincha  lokal  shaklidagi  o‘ziga  xos  davolash
bo‘lmaganligi sababli rivojlanish jarayonida kelib chiqadi. O‘z vaqtida
boshlangan o‘ziga xos davolashda kasallik 7—10 kunga cho‘ziladi.
Halqum difteriyasining toksik shakli ko‘pincha qizg‘in ravishda
boshlanadi:  harorat  39—40°C  ga  ko‘tariladi,  umumiy  lohaslik
yaqqol ko‘zga tashlanadi, yuz rangsizlanib biroz ko‘pchiydi. Yurak
tovushlari  bo‘g‘iq,  taxikardiya  (tomir  minutiga  140—160  marta
uradi)  kuzatiladi.  Karash  qattiq  bo‘lib,  loyqa-kulrang  yoki
qo‘ng‘ir-kulrang bo‘ladi. Bodomcha bezlari yumshoq tanglay va
hatto qattiq tanglayni qoplaydi. Jarayonga burun-halqum va bu-
run  bo‘shlig‘i  qo‘shilib,  ulardan  qonli  yiring  ajraladi.  Og‘izdan


190
yoqimsiz  qo‘lansa  hid  keladi.  Halqum  shishuvi  va  karash  nafas
olishni  mexanik  ravishda  qiyinlashtiradi,  natijada,  nafas  shov-
qinli, bo‘g‘ilgan holga keladi.
Òoksik shakldagi difteriya uchun bo‘yinning yuqori limfa tugun-
lari o‘zgarishi va bo‘yin kletchatka shishuvi xarakterli bo‘ladi. Òeri
osti kletchatka shishining yoyilishi intoksikatsiya kuchiga bog‘liq bo‘-
lib, toksik difteriyaning uch darajasi farqlanadi:  I darajada  shish
bo‘yin o‘rtasigacha yoyiladi; II darajada shish o‘mrov suyagigacha
yetib boradi; III darajada shish o‘mrov suyagidan pastga tushadi.
Epidemiologiyasi. Yuqori nafas yo‘llari — halqum, burun, hi-
qildoqning shilliq qavatlari va nihoyat, jarohatlangan teri orqali
kiradi. Asosan, halqum, burun difteriyasi epidemiologik ahami-
yatga  ega.  Odatda,  qo‘zg‘atuvchi  organizmga  qayerdan  kirgan
bo‘lsa, shu yerdan boshqa joyga o‘tmaydi. Shuning uchun ham
organizmdan mikrob halqum, hiqildoq, burun shilliqlari, difteriya
bilan yaralangan teri va boshqa joylarning chiqindilari bilan aj-
ralib turadi. Difteriyaning inkubatsion davri 2—7 kun.
Epidemik  zanjiri.  Birinchi  bo‘g‘ini  —  infeksiyaning  manbayi
klinika  tomonidan  yaqqol  ko‘ringan  shakldagi  yoki  simptomsiz
shakldagi  kasallik  bilan  og‘rigan  kishi  bo‘ladi.  Difteriya  bilan
kasallangan kishi inkubatsiya davridan boshlab kasallik manbayi
bo‘ladi. Ikkinchi manbayi batsilla tashuvchilardir. Òashuvchilik
uch turga bo‘linishi mumkin, kasallikning inkubatsion davridagi
tashuvchilar,  tashuvchi-rekonvalessentlar  va  sog‘lom  yoki  kon-
stantli tashuvchilar. Òarqalish yo‘llari turlicha bo‘lsa ham, asosan,
havo-tomchi yo‘llari bilan o‘tadi. Infeksiya bevosita kontakt yo‘li
bilan va shuningdek, bemor ishlatgan ro‘zg‘or anjomlari, bolalar
o‘yinchog‘i, kitobi va hokazolar orqali o‘tishi mumkin. Bundan
tashqari bemor yoki batsilla tashuvchi tomonidan zararlangan sut,
turli oziq-ovqat mahsulotlari orqali ham o‘tishi mumkin.
Uchinchi  bo‘g‘ini  —  ta’sirchan  aholi  difteriya  infeksiyasiga
turlicha reaksiya ko‘rsatadi. Aholining o‘zini infeksiyadan hi-
moya qilishi ikki mexanizmdan iboratdir, ya’ni bu maxsus im-
munitet va o‘ziga xos bo‘lmagan tabiiy rezistentlikdan iboratdir.
Difteriyaga nisbatan immunitet  tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan
paydo bo‘ladi.
Sanitariya-turmush  sharoitlari.  Difteriyada  va  boshqa  havo-
tomchi  infeksiyalarining  epidemiologiyasida  murakkab  kom-
pleksdagi sanitariya-turmush sharoitlari, uy-joy sharoiti aholining
qanchalik zich joylashgani, uylarni shamollatib turish imkoniyati


191
va  havodagi  patogen  mikroblarning  konsentratsiyasiga  ta’sir  qi-
luvchi boshqa gigiyenik ko‘rsatmalarning ahamiyati kattadir.
Ikkinchidan, shahar sharoiti bilan undan uzoq bo‘lgan aholi
turmush tarzining turli xarakterga ega bo‘lishidir.  Bu kasallik bilan
2—5 yoshdagi bolalar ko‘proq kasal bo‘ladi.
Òabiiy sharoitlar. Difteriya boshqa ko‘pchilik tomchi infeksi-
yalari singari hamma yerda uchraydigan infeksiya hisoblanadi.
Umumiy  epidemiologik  xarakteristikasi.  Aholi  orasida  keng
tarqaladi. Ayniqsa, o‘smirlarning bu kasallikka chalinishi ko‘proq
o‘limga olib keladi. Epidemiyaga qarshi kurashish epidemik zan-
jirning uch zvenosiga ham qaratilgan bo‘ladi.
Epidemiologik  masalalar
1.  Bolalar muassasasiga qabul vaqtida terisiga toshmalar toshgan
va isitmalab turgan 4 yashar bola aniqlangan. Unga skarlatina tashxisi
qo‘yilib, uyiga qaytarib yuborilgan. Kasalning oilasida otasi — paro-
voz mashinisti, onasi — depo sog‘lomlashtirish punktining tibbiyot
hamshirasi, akasi — 1-sinf o‘quvchisi skarlatina bilan kasallanmagan.
Yashash joyida va bolalar muassasasida qanday tadbirlar ko‘-
rish  lozim?
2. Bolalar muassasasiga qatnamaydigan 1 yosh-u 6 oylik bola
skarlatina  bilan  kasallangan.  Bolaning  opasi — 6  yashar  qizcha
bolalar  bog‘chasiga  qatnaydi,  3  yil  muqaddam  skarlatina  bilan
kasallangan. Onasi — qandolat mahsulotlari do‘konida sotuvchi,
otasi — maktab o‘qituvchisi.
Qo‘shni oilada 3-sinfda o‘qiydigan qizning quloq chig‘anoqlari
terisida po‘st tashlash aniqlangan.
Infeksiya manbayi to‘g‘risidagi taxminni bayon eting. O‘choqda
qanday  tadbirlar  o‘tkazish  kerakligini  tushuntiring.
1. Skarlatina qo‘zg‘atuvchisining chidamliligiga ta’rif bering.
2. Skarlatinada infeksiya manbalarini sanab chiqing. Ularning qiyosiy epide-
miologik  ahamiyatini  ko‘rsating.
3. Qanday klinik simptomlar diagnostika qilinmagan skarlatina bilan og‘rib
o‘tganlikka shubha tug‘diradi?
4. Nima uchun skarlatina «silliq» kechmaganda kasallarni ajratish muddati
uzaytiriladi?
5. Skarlatinali bemorlarni ajratishning qanday usullari qo‘llaniladi?
6. Skarlatinada joriy va yakunlovchi dezinfeksiya qanday o‘tkaziladi?
?
NAZORAT SAVOLLARI


192
3.3.  Qizamiq
Etiologiyasi. Qizamiq hamma joyda tarqalgan o‘tkir yuqumli
kasallik bo‘lib, yosh bolalarda ko‘proq uchraydi. U tez tarqalib,
yoppasiga kasallik keltirish xususiyatiga ega. Qizamiqning qo‘z-
g‘atuvchisi filtrlanuvchi virus hisoblanadi. U juda yuqumli hisob-
lanadi. Odatda, kasallik yuqishi bilan kasallik belgilari namo-
yon bo‘ladi.
Qizamiq viruslari tashqi muhitga o‘ta chidamsiz bo‘ladi. U be-
mor organizmidan chiqishi bilanoq, tezda nobud bo‘ladi va at-
rofidagi narsalarda saqlanib qolmaydi. Infeksiya organizmga yuqori
nafas yo‘llarining limfa tugunlari va shilliq qavatlaridan kiradi.
Infeksiya shakllari qizamiqda bir xil bo‘ladi. Klinik belgilar rav-
shan  ifodalanadi.  Qizamiqning  inkubatsion  davri  10—11  kun,
ko‘pi bilan 17 kun (qarshi emlangan bo‘lsa, 21 kun) bo‘ladi. Ka-
sallikning birdan-bir  manbayi bemor hisoblanadi. Kasallik nafas
va havo-tomchi yo‘llari orqali o‘tadi. Infeksiya prodromal vaqtda
tarqaladi. Kasallikning klinik belgilari — toshmalar chiqqandan
keyin yuqumliligi tugaydi. Qizamiq virusi tashqi muhitda turg‘un
bo‘lmaganligi uchun infeksiya bemor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri alo-
qada bo‘lish natijasida hamda nafas va havo-tomchi yo‘llaridan
tashqari boshqa yo‘l bilan o‘tishi hech qanday ahamiyatga ega
emas,  chunki  kasallik,  odatda,  faqat  bemorga  bevosita  yaqin-
lashgandagina yuqadi.
Kasallikka moyillik. Qizamiqda ikki xil holat bo‘lishi mumkin:
qizamiq  bilan  og‘rimagan  kishining  kasallikni  shak-shubhasiz,
yuqtirib  olishi,  ikkinchidan,  qizamiq  bilan  og‘riganlarda  uzoq
muddatli immunitet qolishi. Qizamiq virusiga duch kelgan barcha
kishi,  shubhasiz,  kasallanishi  va  qizamiqning  klinik  jihatdan
ravshan  ko‘rinib  turgan  holatdan  og‘rishi  tibbiy  yo‘l  bilan  im-
munitet orttirishning yagona yo‘lidir. Shuning uchun, qizamiqqa
nisbatan  yoshga  qarab  immunitet  bo‘lmasligini  juda  ayon  ko‘r-
satadi.  Latent  (yashirin)  va  bo‘lingan  immunitet  paydo  bo‘lishi
qizamiq kasalligida mutlaqo uchramaydi.
Òurmush sharoiti qizamiq kasalligiga ikki yo‘l bilan ta’sir qiladi.
Birinchidan, uy-joy sharoitining yomonligi, aholining tig‘iz, tor
joyda yashashi va bolalarning kichik yoshdanoq bir-birlari bilan
aloqada  bo‘lishi  kasallikni  yuqtirish  va  yoshlikda  qizamiq  bilan
og‘rish imkonini tug‘diradi. Ikkinchidan, oila sharoitida bolalar
ko‘proq zaiflashib, boshqa turli kasalliklarga duchor bo‘ladilar va


193
qizamiq sog‘lom bolalarga qaraganda, ularda ancha og‘ir o‘tadi.
Qizamiq kasalligining rivojlanishida kishilarning yoshi katta rol
o‘ynaydi. Shahar markazlarida yashaydigan bolalar 2 yoshdan 5
yoshgacha qizamiqqa ko‘proq chalinadi, chunki bu vaqtda ular
bir-birlari bilan ko‘proq aloqada bo‘ladilar. 2 yoshgacha bo‘lgan
bolalar infeksiya kasalliklariga kamroq uchrashi tufayli, qizamiq
kasalligiga ham kamroq duchor bo‘ladilar.
Qizamiqqa qarshi tadbirlar. Infeksiya manbalariga qarshi olib
boriladigan  kurash  bemor  bolaga  nisbatan  ko‘riladigan  tadbir-
lardan  iborat  bo‘lib,  bu tadbirlar  ilgari  ko‘rsatib  o‘tilgan  infek-
siyalar  vaqti  ko‘riladigan  tadbirlarga  qaraganda  ba’zi  bir  xusu-
siyatlarga ega bo‘ladi. Dastlab shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, qi-
zamiq bilan og‘rigan bolalar kasalxonaga yotqizilmaydi. Shu sa-
babli,  profilaktikadan  o‘z  vaqtida  foydalanish  va  tezda  karantin
tadbirlarini ko‘rish uchun qizamiq kasalligiga barvaqt tashxis qo‘-
yish  ahamiyatlidir.  Qizamiq  bilan  og‘rigan  bolalar  kasalxonaga
kamdan kam hollarda joylashtiriladi:
1. Epidemiyaga qarshi tadbir sifatida kasalxonaga yotqizish-
ning  ahamiyati  kamdir,  chunki  infeksiyani  tarqatadigan  bemor
qizamiqning prodromal davrida yoki hatto inkubatsiya davrining
so‘nggi kunlarida ham tashxis qo‘yish vaqtiga qarab, o‘z atrofidagi
qizamiqqa moyil bo‘lganlarga kasallikni yuqtiradi.
2. Qizamiq bilan og‘riganlarning hammasini kasalxonaga joy-
lashtirish qiyin, chunki ularning soni ko‘p bo‘ladi, bundan tash-
qari, bu kasallik turli yuqumli kasalliklarga qaraganda, bemorni
alohida ajratib, maxsus sharoitlar yaratishni talab qiladi.
Epidemiologik  talablar  nuqtayi  nazaridan  qaraganda,  be-
morni  kasalxonadan  qizamiq  toshmalari  toshgandan  boshlab,
oradan 5 kun o‘tgandan, murakkab holat yuz berganda esa, 10 kun
o‘tgandan keyin chiqariladi.
Qizamiq  infeksiyasining  tarqalishiga  qarshi  kurash  umum-
gigiyena tadbirlarini amalga oshirish bilan chegaralanadi, masa-
lan, bemorlarni bir-biridan uzoqlashtirish, toza havodan ko‘proq
foydalanish  va  uy  ichini  yaxshilab  shamollatib  turish,  kiyim-
kechaklarni oftobga yoyish kabi tadbirlar kasallikning tarqalishini
ancha  kamaytiradi.  Qizamiqning  maxsus  profilaktikasi  natijali
tadbir bo‘lib, uning ahamiyati qizamiq kelib chiqadigan manbaga
va infeksiyaning tarqalish yo‘llariga qarshi kurashning cheklangan
ahamiyatiga nisbatan g‘oyat aniq va ravshan ko‘rinib turadi. Max-
sus profilaktika ishlari maxsus passiv emlash  asosida o‘tkaziladi.


194
Shunga ko‘ra, sun’iy ravishda immunizatsiya qilingan hayvonlar
zardobidan passiv immunizatsiya uchun foydalanilmasdan, faqat
qizamiq bilan og‘rigan kishilarning zardobi tatbiq qilinmoqda. Zar-
dob yoki gamma-globulinning dozasi quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
1. Emlash muddatiga bog‘liq, ya’ni qanchalik kech emlansa,
uning dozasi shuncha ko‘p bo‘lishi zarur.
2. Bemorning ahvoliga va yoshiga qarab, yoshi katta bolalarga
odatda, 30 ml zardob yoki 1,5—3 ml gamma-globulin yuboriladi.
Bolalar  muassasalaridagi  profilaktik  chora-tadbirlar,  eng  av-
valo, qizamiqni yuqtirmaslikka qaratilgan bo‘lishi kerak. Bolalar
muassasasida qizamiq paydo bo‘lganda, u bilan og‘rimagan yangi
bolalarni qabul qilish eng so‘nggi bemorni izolatsiya qilgan kun-
dan boshlab 28 kungacha to‘xtatiladi.
Epidemiologik  masalalar
1. Bolalar poliklinikasining umumiy qabulxonasida qizamiq
bilan kasallangan bola aniqlangan. Bu yerda kasal bilan birga
20 nafar bola bo‘lgan. Ulardan 5 bola qizamiq bilan kasallanib
o‘tgan, 11 bola shu hodisadan 3 yil-u 2 oy muqaddam qizamiqqa
qarshi vaksina bilan emlangan. Emlanmagan va kasallanmagan
4 boladan ikkitasi 1 yashar 8 oylik, ikkitasi — 3 va 4 yoshli.
Aniqlangan qizamiqqa doir tadbirlar tayinlansin va poliklinika
ishidagi  nuqsonlar  ko‘rsatilsin.
2. Yotoqxonaning alohida xonasida onasi bilan yashaydigan
7 oylik bolada qizamiq aniqlangan. Bola yaslining emadigan bo-
lalar guruhida bo‘lib, unda qizamiq bilan og‘rimagan 17 bola bor.
Guruh  yaslining  boshqa  guruhlaridan  ajratilgan.  Yotoqxonada
ham, yaslida ham qizamiq qayd qilinmagan. Kasallikdan 7 kun
oldin ona bolasi bilan 10 kunga boshqa viloyatga borib kelgan.
Qizamiqli bemorlar bilan uchrashmaganligini aytgan.
Bolaga qizamiq qanday yuqqanligi haqidagi fikrlaringizni ba-
yon eting. Yaslida epidemiyaga qarshi tadbirlar rejasini tuzing.
1. Qizamiq virusining epidemiologik ahamiyati bo‘lgan xossalarini bayon eting.
2. Qizamiqda kim infeksiya manbayi hisoblanadi va bu infeksiya qanday tarqaladi?
3. Qizamiq bilan og‘rigan bemor infeksiya manbayi sifatida xavflimi?
4. Gamma-globulin  qizamiqqa  nisbatan  qanday  muddatda  immunitet
vujudga keltiradi?
?
NAZORAT SAVOLLARI


195
5. Nima  uchun  hayotining  dastlabki  oylaridagi  bolalar  qizamiq  bilan
kamdan kam kasallanadi?
6. Nima uchun gamma-globulin yuborilganda karantin e’lon qilinib, tibbiy
kuzatuv  muddati  uzaytiriladi?
7. Qizamiq bilan kasallanmagan va qizamiqli bemor bilan aloqada bo‘lgan
bolalar qizamiq vaksinasi bilan emlangan bo‘lsa, ularga gamma-globulin
yuborish  kerakmi?
8. Gamma-globulin yuborish vaqti (qizamiqli bemor bilan aloqa bo‘lgan
vaqtning  boshidan)  preparatning  samaradorligiga  qanday  ta’sir  ko‘r-
satadi?
9. Qizamiqli kasal bilan doimo yaqin bo‘lganlar inkubatsiya kuni qanday
aniqlanadi?
3.4. Ko‘kyo‘tal
Ko‘kyo‘tal — yosh bolalar o‘rtasida keng tarqaladigan yuqumli
kasallik. Ko‘kyo‘talning qo‘zg‘atuvchisi tayoqsimon mayda mik-
roblar  bo‘lib,  uni  1906-yilda  Borde  bilan  Jangu  topgan.  U  qu-
yidagi xususiyatlarga ega:
1. Haddan tashqari yuqumli, yuqishi 100 % ni tashkil qiladi.
2. Mikrob tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, odatda, kishi or-
ganizmidan tashqarida uchramaydi.
Infeksiya  nafas  yo‘llari  orqali  o‘tadi.  Mikrob  kirib  olgach,
nafas  yo‘llarida  o‘rnashib  olib,  bemor  yo‘talganda  yuqori  nafas
yo‘llaridan  balg‘am,  shilliqqa  qo‘shilib  organizmdan  tashqariga
chiqadi.  Infeksiyaning  kechishi  turlicha  bo‘lishi  mumkin,  eng
ko‘p uchraydigan tiðik shakllari qat’iy davriy ravishda kechadigan
shakllardir.  8—10  kunlik  yashirin  davrdan  keyin  kasallikning
birinchi, ya’ni kataral davri boshlanadi. Kataral davr ikki haftaga
yaqin davom etadi va ko‘kyo‘tal uchun xarakterli bo‘lgan spaz-
matik  davr  bilan,  qattiq  tutqanoqli  yo‘tal  almashinib  1—1,5  oy
davom etadi. Uchinchi davr uning yengillashish davrida kasallik-
ning barcha alomatlari asta-sekin yo‘qola boshlaydi. Shunday qilib,
asl  ko‘kyo‘tal  1,5—2  oy  davom  etadi.  Ko‘kyo‘talning  epidemik
zanjiri  qizamiq  yuqishi  yo‘llarini  eslatadi,  lekin  uning  birinchi
davri birmuncha murakkabroq.
Ko‘kyo‘talning kataral va spazmatik davrida og‘rib turgan bemor
infeksiyaning asosiy manbayi bo‘ladi. Ko‘kyo‘tal tarqalish  jihatidan
havo-tomchi  yo‘llari  orqali  yuqadigan  infeksiyaning  o‘zidir.
Epidemik zanjirning uchinchi zvenosi odamning ko‘kyo‘talni o‘ziga
100 % yuqtirishidir. Ko‘kyo‘tal uchun irsiy immunitet yo‘q, hatto
yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ham bu infeksiyaga moyil bo‘ladi.


196
1. Epidemiologik  tekshirish  o‘tkazib,  xaritalarni  to‘ldirish.
2. Halqumning orqa devoridan bakteriologik tekshirish uchun material olish.
Halqum orqa devoridan shilimshiq olishda paxta o‘ralgan simni 110—
120° burchak ostida bukiladi. Chap qo‘l bilan shpatel yordamida til ildizi bosib
turiladi, o‘ng qo‘l bilan esa, tamponni shpatel ustidan sirpantirib, murtaklar
va tilga tekkizmasdan og‘iz bo‘shlig‘ining ichkarisiga kiritiladi. Òamponni til
ildizi orqasiga sirpantirayotganda uchi halqumning orqa devoriga tegib turadigan
qilib  kiritiladi.
3. Agar o‘choqda vaksina va seroprofilaktika o‘tkaziladigan bo‘lsa, bu holda
o‘quvchilar  shu  tadbirlarni  o‘tkazishda  qatnashadilar.
4. Ko‘kyo‘tal o‘chog‘ida sanitariya maorifi ishini olib borish. Suhbatda qu-
yidagi masalalarni yoritish lozim: ko‘kyo‘talning, jumladan, yengil, atiðik shakl-
larining kechishi; ko‘kyo‘talda infeksiya manbayi kim va kasallikning qanday
tarqalishi;  ko‘kyo‘talda  nima  uchun  karantin  tadbirlar  o‘tkazilishi  zarur  va
ularning nimadan iboratligi; AKDS emlash — ko‘kyo‘talga qarshi kurashning
eng muhim vositasi.
Epidemiologik  masalalar
1. Bolalar muassasasiga qatnamaydigan 2 yashar bolaga o‘r-
tacha  og‘irlikdagi  ko‘kyo‘tal  kasalligi  tashxisi  qo‘yilgan.  Bola
yoshiga mos holda AKDS bilan emlangan. Bolaning otasi zavodda
nazoratchi  bo‘lib  ishlaydi.  Onasi  —  maktabning  quyi  sinflari
o‘qituvchisi. Kasal bolaning opasi 5 yashar, u bolalar bog‘chasiga
qatnaydi. AKDS bilan yoshiga mos holda emlangan. Oila alohida
uyda yashaydi.
O‘choqni tugatish bo‘yicha tadbirlar belgilansin.
2. Bolalar bog‘chasiga qatnaydigan 4 yashar bolada spazmatik
yo‘tal xurujlari paydo bo‘ldi. Bundan 8 kun oldin bolaning yuqori
nafas yo‘llarida yallig‘lanish qayd qilinganligi aniqlangan. Biroq,
bola bolalar bog‘chasiga qatnamoqda, chunki bu davrda bog‘cha-
ning tibbiyot xodimi ta’tilda bo‘lgan, tarbiyachilar esa, bolaning
kasalligiga yetarli e’tibor berishmagan. Bolalarni ko‘zdan kechirishda
xuddi shu guruhda yo‘talib turgan uch bola aniqlangan. Yana bitta
shunday  bola  bog‘chaning  boshqa  guruhida  ham  aniqlangan.
Guruhlarning ajratilishi to‘liq emas. Yo‘talayotgan bolalardan birida
bundan 3 hafta oldin, asosan, tunda  yo‘talish qayd qilingan.
Òashxisni  aniqlash  uchun  qanday  tadbirlardan  foydalanish
lozim?
Ko‘kyo‘tal  tashxisi  tasdiqlansa,  bolalar  bog‘chasida  qanday
choralarni amalga oshirish kerak?
!
MUSTAQIL ISH


197
1. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi va uning atrof-muhitga chidamliligini ta’riflang.
2. Ko‘kyo‘tal  qanday  tarqaladi?
3. Ko‘kyo‘talda kim infeksiya manbayi hisoblanadi?
4. Ko‘kyo‘talda bakteriologik tekshirish uchun materialni qanday olinadi?
5. Ko‘kyo‘talga qarshi faol immunlash uchun qanday preparatlardan
foydalaniladi?
6. Ko‘kyo‘tal o‘chog‘ida gamma-globulinni qo‘llash uchun ko‘rsatmalar.
7. Ko‘kyo‘tal  bo‘lgan  bemorlar  qanday  ajratiladi?
8. Ko‘kyo‘tal o‘chog‘ida kim va qaysi muddatga ajratib qo‘yiladi?
9. Bolalar muassasalarida ko‘kyo‘tal bilan kasallangan bemorlar paydo
bo‘lganda qanday tadbirlar o‘tkaziladi?
10. Parako‘kyo‘tal haqida nimalarni bilasiz, bu kasallik ko‘kyo‘taldan nima
bilan  farq  qiladi?
3.5. Epidemik meningit
Etiologiyasi. Epidemik meningit markaziy asab sistemasining
infeksion kasalliklaridan biri bo‘lib, u havo-tomchi orqali tarqaladi.
Bu kasallik qadim zamonlarda ham ma’lum bo‘lgan. Biroq, epi-
demik meningokokkli meningit kasalligining aniq belgilari va uni
meningitning    boshqa  xillaridan,  masalan,  sil  meningitidan  aj-
ratish, bu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi — meningokokkni 1887-yilda
topilganidan so‘ng mumkin bo‘ldi.
Meningit mikrobi hujayra ichida joylashgan o‘ziga xos tuzilishga
ega bo‘lgan grammanfiy diðlokokk bo‘lib, u meningokokk deyiladi.
Meningit kasalligining shakllari xilma-xildir. Kasallikning klinik
jihatdan aniq-ravshan bo‘lgan va og‘irligi bilan ajralib turadigan
shakllari juda kam uchraydi. Ko‘proq bilinar-bilinmas shaklda o‘tadi.
Epidemiologiyasi. Kasallikning birdan bir manbayi bemor yoki
batsilla tashib yuruvchi odam bo‘lishi mumkin. Meningit epide-
miologiyasida boshqa infeksiyalarga qarama-qarshi o‘laroq be-
morlar emas, balki batsilla tashib yuruvchilar asosiy rol o‘ynaydi.
Chunki, biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolalarga nisbatan ta-
shuvchilar ko‘p bo‘ladi va ular ko‘p hollarda aniqlanmay qoladi.
Kasallik havo-tomchi yo‘li bilan tarqaladi. Mikrobni tarqa-
tuvchi  asosiy  manba  —  bakteriya  tashuvchilar.  Ularda  kasallik
alomatlari  bo‘lmagani  tufayli  juda  ko‘pchilik  bilan  muloqotda
bo‘lishadi va mikrobni yuqtirishadi. Meningokokkli nazofaringit
bilan  og‘rigan  bemorlar  ham  kasallik  tarqalishida  muhim  o‘rin
tutishadi. Ularga nisbatan meningokokkli meningit bilan og‘rigan
?
NAZORAT SAVOLLARI


198
bemorlardan atrofga meningokokklar juda ko‘plab tarqaladi. Lekin
bu toifa bemorlarda kasallik og‘ir o‘tgani sababli shifoxonaga erta
yotqiziladi va epidemiologik ahamiyati keskin kamayadi.
Kasallik qish va bahor fasllarida ko‘proq uchraydi. Aholi zich
yashaydigan  va  havo  namligi  yuqori  bo‘lgan  sharoit  meningo-
kokkli  infeksiyalar  tarqalishi  uchun  qulay  hisoblanib,  ko‘proq
bolalar orasida qayd etiladi. Epidemiya davrida o‘smirlar va yoshlar
orasida ko‘p uchraydi.
Klinikasi.  Kasallikning  yashirin  davri  ko‘pincha  2—3  kun.
Meningokokkli meningitning mahalliy va tarqoq turlari mavjud.
Mahalliy turlariga meningokokk tashuvchilik holati va meningo-
kokkli nazofaringit kiradi. Birinchisida, hech qanday klinik alo-
matlar  bo‘lmaydi.  Bunda  bemor  bilan  muloqotda  bo‘lganlarni
bakteriologik tekshirish vositasida aniqlanadi.
Meningokokkli nazofaringit, asosan, yengil kechadi va ko‘p-
roq epidemiya davrida uchraydi. Bemor bosh og‘rishi, quruq yo‘-
tal, burun bitib qolishidan va tomoq qirilishidan shikoyat qiladi.
Ba’zi  hollarda  burundan  yiring  yoki  qon  aralash  shilimshiq  aj-
raladi. Odatda, isitma kuzatilmaydi. Og‘irroq hollarda tana harorati
38— 39°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Òomoqni ko‘zdan kechir-
ganda, shilliq qavatlar qizargani va yallig‘langani, bodomcha bez-
lari kattalashgani kuzatiladi.
Barmoqdan qon olib tekshirganda leykotsitlar soni ko‘pincha
biroz ko‘paygani aniqlanadi. Meningokokkli nazofaringit, aso-
san, tuzalish bilan yakunlanadi. Ayrim hollarda infeksiya avj olib,
tarqalib ketishi, ya’ni meningokokksemiya yoki meningitga o‘tib
ketishi mumkin. Meningokokk infeksiyasining tarqoq turlariga me-
ningokokksemiya va meningokokkli meningit kiradi.
Meningokokksemiya — g‘oyat og‘ir kechadigan kasallik. Unda
organizmda meningokokk sepsisi ro‘y beradi. Kasallik to‘sat-
dan va shiddatli boshlanadi. Qisqa vaqt ichida et uvishib, isitma
40—41°C gacha ko‘tariladi. Intoksikatsiya kuchli bo‘ladi. Òeri qu-
ruqlashadi, ko‘kimtir tus oladi. Nafas olish va tomir urishi tez-
lashadi, qon bosimi pasayadi.
Meningokokksemiyaning  o‘ziga  xos  belgilaridan  biri  terida
toshma paydo bo‘lishidir. Òoshmalar kasallik boshlanganidan so‘ng
birinchi kun davomida yuzaga keladi. Òoshmalar o‘z tabiatiga
ko‘ra gemorragik toshma hisoblanadi, shakli har xil. Ko‘pincha
noto‘g‘ri shaklli yulduzchani, ba’zan rozeola, papulani eslatadi.
Hajmi — mayda, nuqtasimondan tortib, 10—15 sm
2
 gacha boradi.


199
Òoshma teri yuzasidan bo‘rtib turadi, paypaslab ko‘rganda qattiq
bo‘ladi. Dumba, son, tizza, qo‘l va qovoq sohalarida toshmalar
ko‘p  uchraydi.
Meningokokksemiyada  gemorragik  toshmalar  ko‘z  oqi,
konyunktivasi,  burun,  og‘iz  va  halqum  shilliq  qavatlari  ichki
a’zolarga toshishi mumkin. Shuning uchun burun qonashi, qon
qusish, siydik qon aralash (gematuriya) bo‘lishi mumkin. Ba’zan
bachadondan  ham  qon  ketadi.  Ko‘pincha,  meningit  alomatlari
ham bo‘ladi.
Ba’zi hollarda ayrim yoki bir necha bo‘g‘imlarda serozli artrit
alomatlari  kuzatiladi.  Shuningdek,  meningokokkli  pnevmoniya,
miokardit, perikardit ro‘y berishi mumkin. Ko‘zning muguz pardasi
jarohatlanishi ham ba’zan uchrab turadi.
Meningokokksemiyada qonda leykotsitlar va neytrofillar soni
keskin  ortib  ketadi.  Bir  mm
3
  qondagi  leykotsitlar  16—18—20
minggacha borishi mumkin. Kasallik erta aniqlanib, davolash to‘g‘ri
tashkil  etilgan  hollarda  bemorning  ahvoli  8—10  kundan  so‘ng
yaxshilana boshlaydi. Rozeola petixiya toshmalar izsiz yo‘qolib
ketadi. Yirik gemorragiyalar bo‘lgan joyda to‘qima nekrozga uch-
raydi. Ularning o‘rni chandiq bo‘lib qoladi.
Ayrim hollarda meningokokksemiya yashin tezligida boshlanib,
bir necha soat ichida bemorning holi tang bo‘lib qoladi. Qon bosimi
butunlay  tushib  ketadi.  Davolash  kechiksa,  1—2  kun  davomida
o‘lim bilan tugaydi.
Meningitning  tarqalish  yo‘llari.  Kasallik,  asosan,  havo-tom-
chilar orqali tarqaladi. Mikrob turg‘un bo‘lganligi sababli kasallik
kontakt yo‘li bilan yuqmaydi, desa bo‘ladi.
Kasallikka moyillik. Yuqorida aytilganidek, meningokokk in-
feksiyasi odamga tez yuqmaydi. Shuning uchun ham kasallik ko‘p
hollarda aniq-ravshan bilinmay, belgisiz shaklda o‘tadi. 5 yosh-
gacha bo‘lgan bolalar bunga ko‘proq moyil bo‘ladi. Biroq, bu ka-
sallik katta yoshli bolalarda va katta kishilarda ham uchrab turadi.
Sanitariya va turmush sharoitlari meningit bilan kasallanishga
juda  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Aholining  zich  bo‘lishi,  turmush
sharoitining  yomonlashishi,  turarjoy  havosining  yangilanib  tur-
masligi, quyosh tushmasligi, xonani ozoda tutmaslik mikrobning
ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Meningitning tabiiy tarqalishi. Òabiiy sharoit hech qanday
ta’sir ko‘rsatmaydi. Òabiiy sharoit ta’siri yil mavsumining ayrim
davrlaridagina bilinadi.


200
Profilaktikasi.  Meningitning  bilinar-bilinmas  shakllari  ko‘p
tarqalganligi  va  bu  kasallik  faqat  havo-tomchilar  orqali  yuqishi
sababli meningitga qarshi kurash ancha og‘irdir.
Infeksiya manbalariga qarshi kurash. Meningitning aniq-rav-
shan shakllarida kasallikning klinik belgilari o‘ziga xos bo‘lgan-
ligi uchun uni aniqlash va topish qiyin emas. Meningit bilan og‘-
rigan bemorlar majburiy ravishda kasalxonaga yotqizilishi kerak.
Kasallikning  klinik  belgilari  o‘tib  bo‘lgan  bemorning  burun
halqumidan  olingan  shilimshiq  modda  2  marta  tekshiruvdan
o‘tkaziladi. Agar bunda reaksiya manfiy bo‘lsa, bemor kasalxona-
dan  chiqariladi.  Biroq,  shunda  ham  kasallik  boshlanganidan
21 kun o‘tishi shart.
Batsilla  tashuvchilarga  nisbatan  ko‘riladigan  tadbirlar  ularni
o‘z vaqtida aniqlash va jamoadan ajratib olishdan iborat, aks holda
ular xavfli manba bo‘lib qoladi. Batsilla tashuvchini batsilla ta-
shish  yo‘qolgunicha  bolalar  jamoasidan  chetlashtiriladi.  Me-
ningit  tarqalish  yo‘llariga  qarshi  ko‘riladigan  tadbirlar  bolalar
muassasalarida, yotoqxonalarda gigiyenik tartibni to‘g‘ri uyushti-
rish yo‘li bilan olib boriladi.
Meningit  kasalligida  maxsus  profilaktika  o‘tkazilmaydi.  Me-
ningitni davolash uchun immunzardobdan foydalanamiz. So‘nggi
vaqtlarda  meningitga  qarshi  yangi  antibiotiklar,  sulfakalamid
vositalar qo‘llanilmoqda. Meningit kasalligi paydo bo‘lishi bila-
noq,  bemorni  darhol  kasalxonaga  joylash  kerak.  Bemor  yotgan
uy lizol yoki xloramin bilan dezinfeksiya qilinadi va keyin sha-
mollatiladi. Meningit kasalligi bolalar muassasalarida bo‘lganda
7 kun karantin e’lon qilinadi. Bemor bilan aloqada bo‘lgan bo-
lalar ko‘proq ochiq havoda o‘ynab, dam olishlari lozim.
1. O‘choqda tibbiy kuzatuv  o‘tkazishda qatnashish. Òibbiy kuzatuv kuniga
2 marta haroratni o‘lchash, burun-halqumni (meningokokkli nazofaringitni),
terini  (meningokokksemiyani  aniqlash  uchun)  ko‘zdan  kechirishdan  iborat.
Òomoqda va burun-halqumda o‘tkir yallig‘lanish aniqlanganda tegishli davolanish
tayinlanadi.
2.  Burun-halqumdan  bakteriologik  tekshirish  uchun  material  olinadi,  u
nahorda yoki ovqatdan 3—4 soat keyin olinadi, uzunasiga, taxminan, to‘rtdan
bir qismi 45° burchak ostida buklangan uzun tamponlardan foydalaniladi.
Bolalarda material olishda ikki kishi qatnashadi. Ulardan biri bolani tizzasiga,
yuzini yorug‘likka qaratib o‘tqizadi. Bir qo‘li bilan bolani quchoqlaydi va qo‘llarini
!
MUSTAQIL ISH


201
ushlab  turadi,  ikkinchi  qo‘li  bilan  esa,  uning  boshini  tutib  turadi.  Bolaning
oyoqlari  uni  ushlab  turgan  kishining  tizzasi  orasida  turishi  kerak.  Surtma
olayotgan tibbiyot xodimi bolaning tilini shpatel bilan bosib turadi, tamponni
yumshoq tanglay orqasiga o‘tkazadi va uning orqa tomonidan va burun-halqumning
orqa devoridan shilimshiq oladi. Òamponni chiqarishda u tishlarga, shuningdek,
lunj va til shilliq pardasiga tegib ketmasligi kerak.
Olingan  hamon  materialni  kosachalardagi  zich  oziqli  muhitga  yoyiladi,
uni,  eng  avvalo,  muhit  kichikroq  qismining  (1x2  sm
2
)  yuza  qatlamiga  tam-
ponning hamma tomonini surtiladi, so‘ngra xuddi shu tampon bilan muhitning
butun maydoniga shtrix chiziqlar ko‘rinishida yoyib chiqiladi.
Yoyma qilingan kosachalarni laboratoriyaga jo‘natishda sovuqdan himoya
qilish kerak. Qish vaqtida buning uchun isitgich ishlatish (35—40°C) mumkin.
Laboratoriyada kosachalar zudlik bilan termostatga qo‘yiladi. Yoyma qilinmagan
tamponlarni laboratoriyaga jo‘natishga ruxsat etilmaydi.
Epidemiologik  masalalar
1. 1,5 yashar bolaga meningokokk infeksiyasi (markaziy asab
sistemasi zararlangan) tashxisi qo‘yilgan. Bolaning otasi montyor,
onasi tikuvchilik atelyesida ishlaydi. Akasi 3 yashar-u 2 oylik, yasli-
bog‘chaga qatnaydi. Oila shaxsiy uyda yashaydi.
O‘choqni tugatish bo‘yicha tadbirlar belgilansin.
2. Meningokokksemiya 18 yashar yigitda — dengiz maktabi-
ning o‘quvchisiga tashxis qo‘yilgan. Maktab yotoqxonasida yashaydi.
Shu  o‘quv  yurtining  sog‘liqni  saqlash  punktidagi  feldsherning
gapiga qaraganda, bir qancha o‘quvchilar  va o‘qituvchilarda so‘nggi
2 oy ichida nazofaringitlar kuzatilgan. Maydoni 400 m
2
 bo‘lgan
maktab  yotoqxonasida  140  nafar  o‘quvchi,  har  bir  xonada
20—30  nafar  o‘quvchi  yashaydi.  Yotoqxonaning  sanitariya  ho-
latida  qator  nuqsonlar  —  yelvizak,  ortiqcha  namlik,  harorati
17—18°C ekanligi qayd qilingan.
O‘choqni  o‘rganish  va  uni  tugatish  bo‘yicha  tadbirlar  bel-
gilansin.
1. Meningokokkning atrof-muhitga chidamliligiga ta’rif bering.
2. Bu kasallikda infeksiya manbayi kim?
3. Meningokokk infeksiyaning o‘tish yo‘llari qanday?
4. Meningokokk tashuvchilikka tekshirishda material qanday olinadi va uni
laboratoriyaga qay tariqa jo‘natiladi?
5. Infeksiya manbalari xususida qanday ajratish tadbirlari olib boriladi?
6. Meningokokk tashuvchilar qanday sanatsiya qilinadi? Bu tadbirlarning
ta’sirchanligi  qanday?
?
NAZORAT SAVOLLARI


202
3.6. Suvchechak
Suvchechak (Varicella) — o‘ziga xos toshmalar toshishi bilan
xarakterlanadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni filtrlanuvchi
viruslar qo‘zg‘atadi. Kasallik qo‘zg‘atadigan virus kattaligi 150—
200 nm, u faqat odamda kasallik qo‘zg‘atadi. Virus nafas yo‘llari
shilliq qavatida ko‘payib, qonga o‘tadi va terida paydo bo‘ladi-
gan  pufakchalar  suyuqligida  saqlanadi.  Òashqi  muhit  ta’siriga
chidamsiz, 5 % li glitserin eritmasida bir oygacha saqlanadi.
Suvchechak keng tarqalgan, oson yuqadigan kasallikdir. Ka-
sallik,  asosan,  kichik  yoshdagi  bolalarda  uchraydi,  infeksiya
manbayi bemor odam. U kasalning isitmalagan davrida boshlanib,
teridan po‘stloqlar tushib ketguncha (7 kun) yuqumli hisoblanadi.
Virus havo-tomchi holda nafas yo‘li orqali o‘tib, yil davomida
uchraydi,  kasallikdan  so‘ng  turg‘un  immunitet  saqlanadi.
Suvchechak kasalligining klinik belgilari. Kasallikning yashirin
davri  14—17  kun.  Suvchechak  isitmaning  38—39°C  gacha
ko‘tarilishi bilan o‘tkir boshlanadi. Kasallikka o‘ziga xos toshma
toshish  xarakterlidir.  Òoshma  o‘zgarmagan  terida  qizil  yoki
pushtirang holda tananing barcha qismida paydo bo‘ladi. Bi-
rinchi kun davomida toshma pufakchaga aylanadi, pufakcha
ichida tiniq suyuqlik bo‘ladi, uni vezikula deb ataymiz. Vezikula
yaltirab, shudringni eslatadi. Vezikula kattaligi har xil diametrda:
1—2 mm. dan 5—6 mm.gacha bo‘ladi. Ular bir kamerali bo‘-
ladi,  teshib  ko‘rilganda,  puchayib  qoladi.  1—2  kundan  so‘ng
pufakchalar quriydi va po‘stloqcha hosil bo‘ladi. 6—10 kundan
so‘ng  po‘stloqlar  iz  qoldirmay  tushib  ketadi.  Po‘stloq  paydo
bo‘lgan davrda badan qichishadi. Òoshma, asosan, tanaga, bosh-
ning sochli qismiga, bo‘yin va yuzga toshadi, kaft va tovonda kam
uchraydi, og‘iz shilliq qavati, lunj, til, tanglay (og‘iz shilliq qa-
vati), tomoq yuzasiga ham toshadi. Har 6—8 kunda yangi toshma
toshadi.
Suvchechak  bolalar  o‘rtasida  ko‘p  tarqalgan  infeksiyalar  qa-
toriga kiradi. Suvchechakning qo‘zg‘atuvchisi — filtrlanuvchi vi-
rus, haddan tashqari yuqumli va tashqi sharoitga juda ham chi-
damsiz bo‘ladi.
Suvchechakni qo‘zg‘atuvchi mikroblar kiradigan joylar yuqori
nafas  yo‘llarining  shilliq  qavatlari  bo‘lib,  bu  yerlardan  mikrob
butun organizmga  tarqaladi  va  yuqori  nafas  yo‘llaridagi  shilliq
bilan tashqariga chiqa boshlaydi. Kasallik doim bir xilda kechadi.


203
Inkubatsion davri 21 kungacha. Epidemik zanjirda infeksiyaning
birdan  bir  manbayi  bemor  odamlar.  Yuqish  yo‘llari  faqatgina
havo-tomchilar  orqali.
Suvchechak bilan og‘rigan kishilarda umrbod immunitet hosil
bo‘ladi. Suvchechakka qarshi kurash, asosan, uni bolalar muassa-
salariga va kasalxonalarga kirgizmaslikdan  iboratdir.
Infeksiya  manbayiga  qarshi  kurash.  Bemorlar  kasalxonaga
yotqizilmaydi, uyda yotadilar,uyda ularni mumkin qadar alohida
saqlanadi.  Suvchechak  bilan  og‘rimagan  bemorlardan  izolatsiya
qilinadi. Ajratish chechakning qo‘tiri tugagandan keyin, har holda
kasallik boshlanganidan kamida 2 haftadan so‘ng tamom bo‘lishi
kerak.
Suvchechak  kasalligiga  tashxis  qo‘yish  va  davolash  usullari.
Suvchechak tashxisi, asosan, klinik alomatlarga qarab qo‘yiladi.
Òoshma terining turli qismida bir vaqtning o‘zida yuzaga kelishi,
rozeaga vezikula pustula paydo qilishi qaytadan tashxis qo‘yishda
muhim ahamiyatga ega.
Davolash,  asosan,  ikkilamchi  infeksiyaning  oldini  olishga
qaratilgan. Òoshma tushishi davrida isitma bor vaqtda bolani yot-
qizib  qo‘yish  kerak.  Unga  ishlatiladigan  ko‘rpa-to‘shak,  choy-
shablar va ichkiyimlar toza bo‘lishi zarur. Qo‘lni tez-tez sovunlab
yuvish  zarur,  bolaning  tirnog‘i  kalta  qilinadi.  Chaqaloq  qo‘liga
yumshoq matodan tikilgan qo‘lqop kiygiziladi. Margansovka eri-
tilgan  suvda  bola  cho‘miltirib  turiladi.  Cho‘milgandan  so‘ng,
toshma va po‘stloqlarga brilliant yashilining spirtdagi 1 % li erit-
masi surtib chiqiladi. U bo‘lmasa, 5 % li margansovka surtiladi.
Òeri qattiq qichiganda sirka aralashtirilgan suv yoki 1 % li mentol
spirti bilan artiladi. Og‘iz 2 % li borat kislota yoki 2 % li kumush
nitrat bilan chayiladi. Ko‘zni 2 % li borat kislota bilan yuvib turiladi,
kuniga 2—3 marta 20 % li albutsid tomiziladi.
Suvchechakning oldini olish tadbirlari. Suvchechak bilan og‘-
rigan bola uyda yoki shifoxonada alohida yotqiziladi. Bemor bilan
muloqotda bo‘lgan bolalar 21 kungacha  bog‘cha-yaslilarga qabul
qilinmaydi, nimjon bolalarga 3,0 ml gamma-globulin yuboriladi.
Xona tez-tez shamollatib turiladi.
Maxsus  profilaktikasi.  Juda  ham  zarur  bo‘lib  qolgan  payt-
larda, passiv emlash shakli qo‘llaniladi. Bolalar davolash muas-
sasalarida, suvchechak paydo bo‘lgan paytda bemor bilan alo-
qada bo‘lgan bolalar katta yoshdagilardan olingan zardob yoki
gamma-globulin bilan emlanadi.


204
1. Suvchechakda infeksiya manbayi kim hisoblanadi?
2. Suvchechakning  asosiy  epidemiologik  qonuniyatlarini  sanab  chiqing.
3. Suvchechak o‘chog‘ida qanday tadbirlar olib boriladi?
3.7.  Qizilcha
Yaqin  vaqtlargacha  qizilchaning  epidemiologiyasi  va  profi-
laktikasini o‘rganishga g‘oyat kam ahamiyat berilar edi. Chunki
bu kasallik juda yengil kechadi degan tasavvurlar bo‘lgan. Biroq,
so‘nggi yillarda homilador ayollarga qizilcha virusining, ayniqsa,
homiladorligining  dastlabki  3  oyida  yuqishi  homilaning  nobud
bo‘lishiga yoki ona qornida turli patologiyaga uchragan bolaning
tug‘ilishiga  sabab  bo‘lishi  mumkinligini  ko‘rsatdi.  Homiladorlik
davrida qizilcha yuqqan onadan tug‘ilgan bolalarning uzoq vaqt-
gacha (1 yildan 1,5 yilgacha) qizilcha virusini ajratib yurishi va
binobarin, infeksiya manbayi bo‘lib qolishi aniqlangan.
Qizilcha sabablari. Epidemiologik tekshirishda bu kasallikning
epidemiologik  qonuniyatlarini  nazarda  tutish  kerak.  Infeksiya
manbayi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
a) tug‘ma qizilcha bilan kasallangan bolalar;
b) homiladorlik davrida qizilchani boshdan kechirgan onalar-
dan tug‘ilgan klinik jihatdan sog‘lom bolalar;
d) qizilchali bemorlar toshma paydo bo‘lgan vaqtdan 21 kun
mobaynida;
e)  toshma  paydo  bo‘lishidan  7—13  kun  avval  inkubatsion
davrda bo‘lgan shaxslar;
f) qizilchaning atiðik shakllariga (toshmasiz) uchragan bemorlar;
g)  sog‘lom  virus  tashuvchilari.
Inkubatsion  davr  11  kundan  22  kungacha  o‘zgarib  turadi,
aksari 15—20 kun bo‘ladi. Infeksiya kasallik manbayi bo‘lgan xo-
nada havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi. Infeksiyadan so‘ng barqaror
immunitet qoladi.
O‘choqlarga borib, bemor bilan aloqada bo‘lganlarni ko‘zdan
kechirilganda, teri qoplamlari (toshmalar) va limfatik tugunlarning
holatiga ahamiyat berish zarur. Orqa bo‘yin tugunlarining katta-
lashuvi eng tiðik  hisoblanadi. Ayrim hollarda toshmalar bo‘lmaydi
hamda  limfatik  tugunlarning  kattalashganligi  va  qisqa  muddatli
isitmaning o‘zi qizilcha kasalligidan darak beradi. Qonni tekshirish
?
NAZORAT SAVOLLARI


205
diagnostikaga ma’lum yordam berishi mumkin. Qizilcha uchun
oz-moz neytropeniya va limfopeniya, plazmatik hujayralar va
Òyurk  hujayralarining  paydo  bo‘lishi  xos.  Gematologik  o‘zga-
rishlarning bir necha oygacha saqlanib qolishi tufayli ma’lumot-
lardan  retrospektiv  diagnostika  uchun  foydalanish  mumkin,  bu
esa, epidemiologik tekshirishda muhimdir.
Bemor  bilan  yaqin  munosabatda  bo‘lgan  shaxslarni  aniq-
lashda  homilador  ayollarga  alohida  e’tibor  berish,  ularga  katta
dozadagi (20 ml) gamma-globulinni yuborish zarur. Homilador
ayol qizilcha bilan kasallanib qolganda homiladorlikni to‘xtatish
haqidagi masala qo‘yiladi.
Epidemik  jarayonning  rivojlanish  mexanizmi.  Kasallikning
yashirin  davri  11—12  kun.  Yashirin  davrining  oxirgi  kunlarida
viruslar  yuqori  nafas  organlarida,  toshmalar  toshishidan  2  kun
oldin esa, 100 % hollarda aniqlanadi.
Ammo qo‘zg‘atuvchisini yanada erta aniqlash ham mumkin.
Òoshma toshganidan keyin 5—7 kungacha viruslar nafas yo‘lla-
rida aniqlanadi. Bemor toshmalar toshishiga 5 kun qolganda ni-
hoyatda xavfli sanaladi. Infeksiyaning manifestli shakllari bilan
bir  qatorda  qiyin  tashxis  etiladigan,  kasallik  alomatlarisiz  ke-
chuvchi  ko‘rinishlari  ham  mavjud.  Bunday  yengil,  belgilarsiz
kechadigan  shakllarida  infeksiya  manbayi  atrofdagilar  uchun
3—4 kungacha xavfli hisoblanadi.
Qizilchaning  ham  manifestli,  ham  belgilarsiz  ko‘rinishlari
ayollarning  homiladorlik  davrida  xavflidir  (ayniqsa,  homilaning
16-haftasida).
Virus  platsenta  orqali  embrional  to‘qimalarni  zararlaydi,  bu
esa, ona qornidayoq bolalarning o‘limiga, bola tashlashlarga yoki
tug‘ilgan go‘dakda turli xil patologik og‘ir asoratlar (tug‘ma ka-
tarakta, karlik, ruhiy kasalliklar, majruhlik) yuzaga kelishiga sa-
babchi bo‘ladi.
Òug‘ma qizilcha bilan og‘rigan bolalar (antitelalarning bo‘li-
shidan qat’i nazar) 1 oydan 6 oygacha kasallik qo‘zg‘atuvchilarini
ajratib turadi. Kasallik bunday bolalardan ularni parvarish qilayot-
ganlarga ham yuqishi mumkin. Ammo bemor bolalar tashxisdan
keyin darhol alohida qo‘yilishi sababli sezilarli epidemiologik aha-
miyat kasb etmaydi.
Qo‘zg‘atuvchi havo-tomchi yo‘llari orqali gorizontal uzatiladi.
Ayrim hollarda qizilcha virusining siydik va najasda topilishi boshqa
xil uzatish yo‘llari mavjudligi haqida taxmin qilishga olib keladi.


206
Infeksiyaning kasallik belgilarisiz kechishi organizmning mu-
ayyan  holati,  jumladan,  immunitetning  mavjudligi  bilan  bog‘-
liqdir. Genotiðik va fenotiðik xususiyatlar tufayli umumiy rezis-
tentligi  oshishi  shular  jumlasidandir.
Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishi. Qizilcha bilan ka-
sallanish mamlakatimizda yetakchi o‘rin egallaydi. Ko‘pincha
3—6  yoshdagi  bolalar  kasallanadilar.  Bir  yoshgacha  bo‘lgan
bolalar onalaridan o‘tgan antitelalar sababli kamroq kasal bo‘-
ladi. Uy sharoitidagi bolalar maktab yoshigacha muassasalarda
tarbiyalanayotgan  tengdoshlariga  qaraganda  kamroq  kasalla-
nadilar.
O‘g‘il va qiz bolalar orasida kasallikning yuqish darajasi deyarli
farq  qilmaydi,  ammo  15—20  yoshda  ko‘pincha  o‘g‘il  bolalar,
20—45  yoshda  ayollar  ko‘proq  kasallanadi.  Kasallikning  ko‘p
yillik o‘zgarishi katta va kichik davriyliklar bilan xarakterlanadi.
Bu davrga  aholining barcha yoshdagi guruhlari jalb etilmaydi.
Kasallanish avval bolalar orasida (maktabgacha, bolalar muas-
sasalarida tarbiyalanuvchilar, maktab o‘quvchilari orasida) ko‘p-
roq  kuzatiladi.  Uy  sharoitidagi  bolalar  orasidagi  kasallik  ko‘r-
satkichlari deyarli o‘zgarmaydi.
Qizilcha  uchun  yaqqol  chegaralangan  mavsumiylik  xosdir.
Mavsumiylikning eng yuqori ko‘rsatkichlari 3—6 yosh, 7—14 yoshli
bolalar  kasallanishida  kuzatiladi.  Bog‘cha  bolalari  orasidagi  ka-
sallanish mavsumiyligi esa, uy sharoitidagi bolalarga nisbatan yaq-
qolroq namoyon bo‘ladi.
Kasallanishda  har  bir  yangi  belgining  paydo  bo‘lishi  bolalar
va kattalar uchun sezilarli zarar yetkazmasa ham, homila davrida
xavfli asoratlar bilan bog‘liqdir.
Epidemiologik  nazorat  va  epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar.
Yuqumli kasallik epidemiyalariga qarshi tadbirlar qizilcha uchun
kifoya  qilmaydi.  Bolalar  muassasalaridagi  bemorlarni  alohida
qo‘yish,  yashirin  davrning  oxirlarida,  yuqishning  kuchayishi  va
belgilarsiz  shakllarining  mavjudligi  tufayli  yetarlicha  samara
bermaydi.
Kasallik avj olishi arafasida homilador ayollar orasida tushun-
tirish ishlari olib borish, xastalik aniqlangan homilador ayollarga
esa, tibbiy ko‘rsatmalar asosida abort  qildirish tavsiya etiladi (agar
infeksiya homilaning dastlabki oylarida yuqtirilgan bo‘lsa).
Ko‘pgina davlatlarda qizilchaga qarshi emlash shartli hisoblanadi.
Xorijda xususiy profilaktikaning ikki xil majmuyiga amal qilinadi:


207
1. Barcha bolalarni shartli emlash (AQSH va boshqa davlatlarda);
2. 10—14 yoshdagi qizlarni shartli emlash (ko‘pincha Yevropa
davlatlarida) olib boriladi.
Bizning mamlakatimizda qizilchaga qarshi tadbirlar yuqori nafas
organlari kasalliklariga qarshi qo‘llaniladigan choralarga amal
qilingan holda olib boriladi. Homiladorlik davrida qizilcha bilan
kasallanishning oldini olishga alohida e’tibor beriladi.
3.8. Epidemik parotit
Epidemik parotit virus tufayli paydo bo‘ladigan kasallik bo‘-
lib, har xil yoshdagi bolalarda, xususan 5 yoshgacha bo‘lgan bola-
larda ko‘proq uchraydi. Kasallik manbayi — bemor odam, yuqish
yo‘li  —  havo-tomchi  yo‘li.  Bemorning  so‘lagi  tekkan  buyum-
lardan  yuqishi  ham  mumkin.  Virus  yuqori  harorat,  lizal  spirt,
efir ta’siriga chidamsiz.
Etiologiyasi.  Bolalar  orasida  keng  tarqalgan  o‘tkir  yuqumli
kasallikdir.  Kasallikning  qo‘zg‘atuvchisi  —  filtrlanuvchi  virus
haddan  ortiq  yuqumli  xususiyatga  ega  bo‘lsa-da,  lekin  qizamiq
virusiga nisbatan ozroq va tashqi sharoitga chidami ozdir. Virusning
kirish  yo‘llari  og‘iz  tomondan  bo‘lib,  mikrob  shu  joydan  qon
oqimiga kirib oladi, so‘ngra esa quloq, jag‘ va til ostidagi bezlarga
joylashadi,  ba’zan  jinsiy  bezlarga  ham  o‘rnashadi.  Bu  kasallik
simptompsiz va batsilla tashuvchi infeksiya boshlangani ko‘ringan
emas. Yashirin davri 2—3 hafta.
Klinik manzarasi. Yashirin davr 15—19 kungacha davom etib,
11—23 kungacha o‘zgarib turadi. Kasallik darak beruvchi davrdan
boshlanib,  12—36  soat  davom  etadi.  So‘ngra  tana  harorati  tez
ko‘tarilib, 38—40°C gacha chiqib boradi va so‘lak bezining shikast-
lanish belgilari: uning biroz shishuvi, avval quloq oldida ko‘zga
tashlanadi, so‘ngra orqa va pastki tomonga qarab tarqaladi, chay-
nash, yutish, gapirish vaqtida kuchayuvchi og‘riq paydo bo‘ladi.
Shikastlangan tomondagi so‘lak bezidan so‘lak ajralishi to‘xtaydi.
Kasallik boshlangach, 1—2 kun o‘tib, ko‘pincha boshqa quloq oldi
bezi ham shishadi. Shikastlanish jarayoniga jag‘ osti va ba’zan til osti
so‘lak bezlari ham qo‘shiladi. Kasallikning 3—5-kuniga kelib shikast-
langan bez kichraya boshlaydi va 8—10-kuni butunlay yo‘qoladi.
Harorat davri 3—4 kun, og‘ir holatlarda 6—7 kun davom etadi.
Qon tomonidan leykopeniya yoki normotsitoz, nisbiy limfotsitoz
va  monotsitoz  kuzatiladi.  Kasallikning  5—10-kuni  boshqa  bezli


208
organlar  shikastlanishi  belgilari  paydo  bo‘ladi.  Orxit  ko‘pincha
o‘smirlarda va kattalarda uchrab, harorat ko‘tarilishi, tuxumning
kattalashuvi va qattiq og‘rishi bilan xarakterlanadi. Me’da osti bezi
shikastlanishida (pankreatit) esa, qorinda kuchli og‘riq paydo bo‘-
ladi va siydikda diastaza miqdori ko‘payib ketadi. Parotitda ko‘-
pincha serozli meningit, goho meningoensefalit uchraydi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbayi bemor. Yuqumlilik davri
21 kungacha davom etadi. Infeksiya faqat havo-tomchi yo‘llar orqali
yuqadi. Mikroorganizm infeksiyani darrov o‘ziga qabul qiladi va
aksari  infeksiyaga  duch  kelgach,  klinik  jihatdan  aniq  ko‘ringan
kasallik tarzida og‘riydi. Bir marta og‘rigach turg‘un immunitet
qoladi. Òepki kasalligi, odatda, maktabgacha yoshdagi, kichik va
o‘rta maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida bo‘ladi, ba’zan chaqaloqlik
davrida  va katta odamlarda ham uchrashi mumkin. Inkubatsion
davri 11 kundan 23 kungacha, o‘rtacha 16 kun. Prodromal davrida
ishtaha yomonlashib bosh og‘rib turadi, et uvushadi, yosh bolalar
takror-takror qusishi mumkin. Keyin harorat ko‘tarilib quloq oldi
sohasi shisha boshlaydi, tortuvchi og‘riqlar paydo bo‘ladi, quloq
shang‘illaydi, chaynayotganda og‘iz katta ochilganda og‘riq seziladi.
Quloq oldi bezidan tashqari jag‘ osti, til osti so‘lak bezlari ham
kasallanishi  mumkin.  Ba’zan  meningit  va  meningoensefalitlar
kuzatiladi, juda kamdan kam hollarda bolalarda testixular shakli
uchraydi,  bunda  so‘lak  bezida  shish  paydo  bo‘lgandan  keyin
5—6-kuni  moyakda  og‘riq  paydo  bo‘ladi,  yorg‘oq  terisi  qizarib
shishib ketadi. Orxit ikki tomonlama bo‘lsa, kasallikdan keyin moyak-
lar atrofiyaga uchrab ketishi mumkin, bu azosperliyaga olib keladi.
Profilaktikasi. Òashxis klinik ko‘rinish va epidemiologik anam-
nez asosida qo‘yiladi. Òepki kasalligi paydo bo‘lganda bemor bola
3  haftagacha  bolalar  muassasasiga  kiritilmaydi.  Bemorga  yaqin
yo‘lagan, lekin tepki bilan og‘rimagan 12 yoshgacha bo‘lgan hamma
bolalarni  shifokor  tekshirib  turadi,  bular  ham  3  haftagacha  bo-
lalar muassasasiga kiritilmaydi.
Infeksiya o‘chog‘idagi tadbirlar. Bemor 9 kun davomida uyida
izolatsiya  qilinadi.  Kasallik  og‘ir  kechgan  vaqtlardagina  ular
kasalxonaga  joylashtiriladi.  Bemorlar  izolatsiya  qilingan  xona
yaxshilab shamollatiladi va ho‘l latta bilan tozalanadi.
10  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  bemorlar  bilan  muloqotda
bo‘lishsa-da,  epidemiologik  parotit  bilan  og‘rimagan  bo‘lsalar,
shifokor nazoratiga olinib (5—6 kunda 1 marta savol-javob o‘t-
kazilib,  tekshirilib,  harorati  o‘lchanadi),  bemorlar  bilan  mulo-


209
qotda bo‘lgan vaqtidan boshlab 21 kun davomida bolalar muassa-
salariga qo‘yilmaydilar. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan vaqti
aniq  bo‘lsa,  ular  10  kun  davomida,  ya’ni  yashirin  davr  ichida
bolalar muassasalariga qatnashiga ruxsat etiladi va 11-kundan
21-kungacha ajratib qo‘yiladi.
Bemorga duch kelgan, ilgari emlanmagan va epidemik parotit
bilan og‘rimagan 15 oylikdan oshgan bolalar zudlik bilan parotit
vaksinasi  bilan  emlanishi  kerak  (monelik  qiladigan  hollar
bo‘lmaganda).
Jamoat  o‘rtasidagi  tadbirlar.  Bolalar  muassasalarida  epidemik
parotit yuzaga kelgan bo‘lsa, bemor bilan aloqada bo‘lgan kundan
boshlab 21 kun davomida guruhda karantin joriy qilinadi. Karantin
davomida bolalar tibbiyot nazoratida bo‘ladilar. Bolalar muassasasida
parotit bilan qayta kasallanish ro‘y bersa, bemorga kasallikning o‘tkir
ko‘rinishlari yo‘qolganidan so‘ng, ana shu muassasaga qatnashiga
ruxsat etiladi. Guruh xonasi shamollatilib, ho‘l latta bilan tozalanadi.
Òepki kasalligining davosi. Bemorlarga suyuq va yarim suyuq
taomlar buyuriladi. Shikastlangan bezga ichiga paxta solingan doka
bog‘lanadi (quruq issiq). Og‘iz tez-tez 2 % li natriy gidrokarbonat
eritmasi va boshqalar bilan chayqab turiladi. Simptomatik vositalar-
dan analgin, amidopirin va hokazolar tayinlanadi. Orxit vaqtida
dastlabki 2—4 kun davomida muz qo‘yishdan foydalaniladi. So‘ngra
4—5  kunlardan  keyin  immunoglobulin  (9—12  ml)  buyuriladi.
Meningit va meningoensefalit alomatlari paydo bo‘lsa, orqa miya
suyuqligi olib tekshiriladi va gidratatsiya terapiyasi o‘tkaziladi.
Profilaktikasi  va  kurash  choralari.  Kasallik  profilaktikasi
bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab izolatsiya qilish, shaxsiy va jamoa
gigiyenasiga rioya qilish (ayniqsa, bolalar muassasalarida) va pa-
rotitga qarshi faol emlash ishlarini olib borishdan iborat. Vaksi-
nalash bolalarning 15—18 oyligida o‘tkaziladi. Jonli vaksina teri
ichiga 0,1 ml miqdorda yoki 1:5 nisbatda, eritilgani teri ostiga
0,5 ml miqdorda yuboriladi.
Yengil kechganda bola yotqizib qo‘yiladi, quloq oldi sohasiga
quruq  isituvchi  kompress  qo‘yiladi  yoki  sollyuks  lampasi  buyu-
riladi. Isitmalaganda simptomatik davo buyuriladi, ikkilamchi in-
feksiya bo‘lganda antibiotiklar buyuriladi.
Kasal uyda ajratib qo‘yiladi, og‘ir kechganda  esa,  kasalxo-
naga yotqiziladi. Bolani maxsus emlash uchun 18 oyligida tepkiga
qarshi vaksina 0,1 ml teri orasiga yoki 1:5 nisbatda, suyultirilgan
holda 0,5 ml teri ostiga yuboriladi.


210
Òashxisi. Kasallikning tiðik ko‘rinishida tashxisni aniqlash oson.
Atiðik kechish hollarida esa, epidemiologik anamnez ma’lumotlari
yordam beradi. Komplement bog‘lanish serologik reaksiyalari va
gemagglutinatsiya tormozlanish reaksiyasidan foydalanish mumkin.
1. Epidemik parotit va qizilcha virusining  atrof-muhitga chidamliligini ta’riflang.
2. Epidemik parotitda so‘lak bezlaridan tashqari qaysi organlar zararlanadi?
3. Epidemik parotitda qanday ajratish — karantin tadbirlari o‘tkaziladi?
3.9. Sil
Sil  odamlar  va  hayvonlar  uchun  yuqumli  kasallik  bo‘lib,
qo‘zg‘atuvchisi  sil  mikobakteriyalari  hisoblanadi.  Sil  kasalligi
ko‘pincha to‘lqinsimon kechish xususiyatiga ega, u ayniqsa, o‘p-
kani, teri, ichak, buyrak, suyak bo‘g‘imlari va boshqa a’zolarni
shikastlashi  mumkin.
Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  silning  ijtimoiy-gigiyenik
muammo  ekanligini  e’tiborga  olib,  bu  infeksiyaning  epidemio-
logiyasini  chuqur  o‘rganish  va  uni  bosqichma-bosqich  tugatish
bo‘yicha dastur ishlab chiqqan.
Bu dasturga muvofiq, silga qarshi kurashning dastlabki bos-
qichida  majmuali  chora-tadbirlarni  har  bir  mamlakatdagi  epi-
demiologik vaziyatni tahlil qilib, ilmiy tekshirishlarga tayanib olib
borish kerak. Dasturning ikkinchi bosqichi, silning keng tarqal-
ganligini nazarda tutib, uning yuqishiga qarshi kurash hamda tar-
qalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlardan iborat.
Mazkur dasturning uchinchi bosqichida silning ommaviyligini
tugatish  mezoni  sifatida  kasallanish  ko‘rsatkichining  14  yashar
bolalar orasida 10 % dan oshmasligi kerakligi qayd etilgan.
Sil  kasalligining  qo‘zg‘atuvchisi  Micobacterium  avlodiga  oid
Micobacteriacea oilasiga mansubdir. Mikobakteriyalar 1882-yilda
R. Kox tomonidan topilgan, shuning uchun ular Kox bakteriyalari
deb ham ataladi. Òabiatda sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisining besh xili
tafovut qilinadi: Micobacterium tuberculasis var. hominis (faqat
odamlarda),  tuberculasis  var.bovis  (faqat  yirik  hayvonlarda),
M. tuberculasis var.ovium (faqat parrandalarda), M. Microti (fa-
qat  sichqonlarda)  va  nihoyat  M.  Murium  (sovuq  qonli  jonivor-
larda).  Yuqorida  ko‘rsatilgan  qo‘zg‘atuvchilarning  dastlabki  uch
turi ham odamlarda sil kasalligini chaqirishi mumkin.
?
NAZORAT SAVOLLARI


211
Sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisi tayoqchasimon tuzilishga ega, anilin
bo‘yoqlari  bilan  yaxshi  bo‘yaladi,  maxsus  oziqli  muhitda  juda
sekinlik bilan o‘sadi. Mikobakteriyalar tashqi muhitga ancha chi-
damli. Bemorlar ajratgan balg‘am 75°C qizdirilganda ham 30 da-
qiqagacha tirik qolishi mumkin, qaynatilganda 5 daqiqadan keyin
halok bo‘ladi.
Quritilgan balg‘amda, changlarda xona haroratida 2 oydan 10 oy-
gacha saqlanib qolishi mumkin. Mikobakteriyalar sutda va sut mah-
sulotlarida uzoq saqlanadi, masalan, sariyog‘da 10 oygacha, pish-
loqda 8 oygacha, suvda esa, 5 oygacha, qovoqda 3 oygacha, quyosh
va ultrabinafsha nurlari ta’sirida tezda (5—10 daqiqada) nobud
bo‘ladi. Past haroratga ancha chidamli. Dezinfeksiyalovchi modda-
lardan xlor saqlovchi preparatlar (xloramin va xlorli ohak) mikobak-
teriyalarga kuchli ta’sir qiladi. KBga bakteriotsid va bakteriostatik
ta’sir  ko‘rsatadigan  preparatlar  qatoriga  ftivazid,  PASK,  kana-
mitsin, sikloserin, streptomitsin, rifamnitsin va boshqalar kiradi.
Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishi. Sil kasalligida asosiy manba
bemor odam hisoblanadi. O‘pka va yuqori nafas yo‘llari shikast-
langanda uning epidemiologik nuqtayi nazardan atrofdagilar uchun
xavfliligi yanada oshadi. Bemor odamdan tashqari, kasallangan uy
hayvonlari va parrandalar ham kasallik manbayi bo‘lishi mumkin.
Kasallik sog‘lom odamlarga, asosan, havo-tomchi yo‘li, og‘iz
orqali va muloqotda bo‘lganda yuqadi. Kox bakteriyalari bemorlar
ajratgan balg‘am tarkibida ko‘p miqdorda saqlanib, yo‘talganda,
aksirganda, gaplashganda havoga ajralib chiqadi va kasallik yuqi-
shiga sabab bo‘ladi.
Kasallik  sog‘lom  kishilarga,  asosan,  havo-tomchi  yo‘li  bilan
o‘tadi, shuning uchun ham bemorlarda ko‘pincha birlamchi o‘choq
o‘pkada paydo bo‘ladi. Sil kasalligi oziq-ovqat mahsulotlari orqali
ham tarqalishi mumkin. Ko‘pincha yirik qoramollarda sil kasalli-
gini  chaqiruvchi  (M.bovic)  mikobakteriyalar  shu  hayvonlardan
olingan sut, sariyog‘, qaymoq va boshqa mahsulotlarni iste’mol
qilgan  kishilarga  yuqishi  mumkin.  Sil  kasalligi  xom  yoki  pishi-
rilmagan tovuq va o‘rdak tuxumlaridan ham yuqishi mumkin. Sil
kasalligi oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqqanda birlamchi o‘choq
ko‘pincha oshqozon-ichak  yo‘lida, u yerdagi limfa va qon tomirlari
orqali  butun  organizmga  tarqalgan  mikobakteriyalar  o‘pkani
shikastlaydi va ikkilamchi infeksiya o‘chog‘ini hosil qiladi. Miko-
bakteriyalarning  tashqi  muhitga  balg‘am  bilan  ajralib,  sog‘lom
odamlarda havo-tomchi yo‘li bilan tarqalish imkoni tug‘iladi.


212
Sil kasalligi epidemik o‘choqlarida sanitariya-gigiyena qoida-
lari  buzilganda,  bemorlar  balg‘amidan  har  xil  narsalarga  tush-
gan  mikobakteriyalar  chang  zarrachalari  bilan  yana  havoga
ko‘tariladi va atrofdagi sog‘lom kishilarga yuqish xavfi tug‘iladi.
Shuning  uchun  sil  kasalligi  epidemik  o‘choqlarida  sanitariya-
gigiyena tartibiga amal qilishda havoga chang zarrachalarining
ko‘tarilishiga  qarshi  choralar  ko‘rilishi  lozim.  Sil  kasalligining
idish-tovoqlar, narsalar orqali maishiy yo‘l bilan tarqalishi kam
uchraydi.
Odamlarning  sil  kasalligiga  moyilligi  ko‘proq  organizmning
tashqi muhit ta’siriga chidamsizligiga bog‘liq. Ochlik, o‘z vaqtida
to‘yib ovqat yemaslik, kambag‘allik, har xil surunkali kasalliklar
sababli organizm quvvatining pasayishi kabi omillar sil kasalligining
yuqishiga va tezda tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi.
Organizmda hosil bo‘lgan birlamchi kompleks ta’sirida orga-
nizmning  immunologik,  allergik  holatlari  o‘zgaradi,  bu  o‘zga-
rishlarni Mantu sinamasi yordamida aniqlash mumkin.
Kasallik asta-sekin rivojlanib, to‘qimalarda, limfa tugunlarida,
ko‘proq  birlamchi  kompleks,  ya’ni  zararlangan  joyda  birlamchi
o‘choq (Gon o‘chog‘i) paydo bo‘ladi. Birlamchi o‘choq ko‘pincha
klinik belgilarsiz paydo bo‘lib, faqat limfa tugunlarining shikast-
lanishi bilan kechadi, ko‘p hollarda birlamchi kompleks so‘rilib
ketadi yoki qotib qolishi mumkin.
Ba’zan ayrim bemorlarda birlamchi o‘choq tezda rivojlanib,
o‘tkir  yoki  surunkali  infeksion  jarayon  paydo  bo‘lishiga  sabab
bo‘ladi, natijada bemor organizmidan tashqi muhitga vaqt-vaqti
bilan yoki doimo mikobakteriyalarning ajratilishi kuzatiladi. Mi-
kobakteriyalar  bemorlardan  tashqi  muhitga  uzoq  vaqtgacha  aj-
ratilishi  mumkin.
Kasallikning bir qancha klinik turlari: o‘choqli infiltrativ, ka-
vernali, kaverna-fibrozli, butun organizmga tarqalgan turlari aj-
ratiladi. Bir necha yil davom etadigan bu infeksion jarayonda sil
mikobakteriyalari tashqi muhitga vaqt-vaqti bilan yoki doimiy aj-
ralib turishi va atrofdagi sog‘lom kishilarga yuqishi mumkin.
O‘pka sili kasalligi bilan og‘rigan bemorlar infeksiya manbayi
sifatida xavfli hisoblanadi. Sil kasalligining o‘pkadan tashqari
organlar (ichak, buyrak va boshq.)da uchraydigan turlari bilan
kasallangan  bemorlar  infeksiya  manbayi  sifatida  atrofdagilar
uchun  unchalik  xavfli  emas,  chunki  bunda  mikobakteriyalar
tashqi muhitga kamdan kam ajralib chiqadi.


213
Mikobakteriyalar  bemorlar  organizmidan,  ayniqsa,  kasallik
avj olgan paytlarda ko‘p ajralib chiqadi. Aksincha, kasallik jara-
yoni  pasayganda,  tuzalish  davrlarida  mikobakteriyalarning  ajra-
lishi  kamayadi,  ba’zan  batamom  to‘xtashi  ham  mumkin.  Shu
o‘rinda o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarning «ochiq», «yopiq»
turlarga,  ya’ni  mikobakteriyalarni  ajratuvchi  va  ajratmaydigan
kategoriyalarga  bo‘linishi  shartli  ekanligini  esda  tutish  lozim.
Chunki mikobakteriyani vaqtincha ajratmagan bemorlar ma’lum
davrdan  keyin  ularni  ajratish  qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  mumkin,
shuning uchun ham sil kasalligida aniqlangan infeksiya manba-
laridan  tashqari  aholi  o‘rtasida  aniqlanmagan  yashirin  infeksiya
manbalari ham ko‘p uchrab turadi.
Sil kasalligi xavfliligi darajasiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi
va shu asosda dispanser kuzatuviga olinadi:
I (A va B) guruh — o‘pka silining tez avj olgan davrlari;
II guruh — o‘pka sili jarayonining pasaygan davri;
III guruh — I va II guruhdagi turidan davolanib chiqqan va
birlamchi o‘pka silining noaktiv turi aniqlangan bemorlar;
IV  guruh  —  kasallik  avj  olgan  paytda  yaqindan  muloqotda
bo‘lgan sog‘lom kishilar;
V guruh — kasallikning o‘pka turidan boshqa turlari.
Epidemik jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘tmishda butun
dunyoda,  jumladan,  Markaziy  Osiyo,  shu  jumladan,  O‘zbekis-
tonda ham sil kasalligi tarqalgan edi. Hozirgi vaqtda sil kasalligi
ko‘pgina  mamlakatlardagi  singari  respublikamizda  ham  bolalar
hamda o‘smirlar o‘rtasida birmuncha kamayganligiga  qaramasdan,
kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari hamon yuqori bo‘lib  qolmoqda.
Kasallikning surunkali kechishi tufayli hozirgi paytgacha sog‘-
liqni saqlash muassasalarida hisobda turgan bemorlar va batsilla
ajratuvchilar soni talaygina. Sil kasalligi 1—2 yoshgacha bo‘lgan
bolalar o‘rtasida ko‘proq uchraydi. 3—6 yoshda va boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari orasida kasallik birmuncha kamroq qayd qilinadi.
Yoshi  25  dan  oshgan  ayollar  o‘rtasida  kasallik  kamroq,  ay-
niqsa, 60 yoshdan oshganlarda kam uchraydi. 25 dan oshgan erkak-
larda kasallik shu yoshdagi ayollarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Sil kasalligining mavsumiyligi haqidagi ma’lumot kam. Ammo
ko‘pchilik  mutaxassis  va  tadqiqotchilarning  fikriga  qaraganda,
kasallikning avj olishi, qaytalanishi erta bahor hamda kuz pay-
tiga to‘g‘ri keladi. Sil kasalligining sog‘lom kishilarga yuqish eh-
timoli ham  aynan shu paytlarda ortadi.


214
Sil  kasalligi  bilan  kasallanish  darajasi  aholining  ijtimoiy-
iqtisodiy, yashash, ishlash va turmush sharoitlariga bog‘liq bo‘lib,
kasallik  ko‘proq  kambag‘al,  qashshoq,  turmush  darajasi  past,
bir xonada bir necha kishilar yashaydigan oilalarda, to‘yib ovqat-
lanmaydigan kishilar o‘rtasida uchraydi.
Sil kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida aholining
ba’zi  bir  guruhlari  o‘rtasida  vaqt-vaqti  bilan  tibbiy  profilaktik
ko‘rik o‘tkaziladi. Bunda 12 oylikdan oshgan bolalarga va o‘smir-
larga tuberkulin Mantu reaksiyasi qo‘yiladi. Buning uchun teri
ichiga 2 ÒB (tuberkulin birligi) tozalangan tuberkulin yuboriladi.
Bunday  reaksiya  yordamida  bolalarga  mikobakteriyalar  yuq-
qanligi  (viraj)  aniqlanadi.
Hozirgi  vaqtda  profilaktik  tibbiy  ko‘rik  o‘tkazish  maqsadida
flyurografiya  usuli  qo‘llaniladi.  Bunday  profilaktik  tekshiruvlar
birinchi  navbatda  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  muassasalariga
qatnaydigan  bolalar,  shu  muassasalarda,  davolash-profilaktika
muassasalarida,  tug‘uruqxonalarda  ishlovchilar,  kasb-hunar  kol-
lejlari, maktablar, o‘rta va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilari, sanoat
korxonasida ishlaydigan 18 yoshgacha o‘smirlar, harbiy xizmat-
chilar,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  qayta  ishlash  korxonalarida,
do‘konlarda,  ovqatlanish  shoxobchalarida  ishlaydiganlar,  sarta-
roshlar va boshqalar o‘rtasida doimiy ravishda olib boriladi.
Barcha aniqlangan bemorlar, kasallikni boshdan kechirgan-
lar,  bemorlar  bilan  aloqada  bo‘lganlar  silga  qarshi  dispanser-
larda hisobga olinib, ular ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Kasallikning oldini olish, unga qarshi kurash choralari va epi-
demiologik nazorat. Sil kasalligiga qarshi kurashda sog‘lomlashti-
rish  va  sanitariya-gigiyena  chora-tadbirlarining  ahamiyati  katta.
Kasallikning oldini olish choralari aholining yashash va turmush
sharoitini yaxshilash, ularni sanitariya-gigiyena talablariga javob
beradigan turarjoy bilan ta’minlash, sanoat korxonalarida, qishloq
xo‘jaligida va boshqa muassasalarda ishlovchilarning ish joylarida
gigiyenik sharoitni yaxshilash, shuningdek, bolalar va o‘smirlarni
jismonan chiniqtirish, doimo badantarbiya, sport bilan shug‘ul-
lanish, o‘z vaqtida to‘yimli ovqatlanish va shu kabilar kiradi.
Aholi o‘rtasida sil bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida aniq-
lash va ularni davolash, ular ustidan dispanser nazoratini o‘rna-
tish eng asosiy va samarali choralardan biridir.
Silga  qarshi  kurashda  epidemik  o‘choqda  joriy  dezinfeksiya
ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yaxshi natija beradi. Buning uchun


215
bemorlar o‘zi bilan doimo olib yuradigan tufdonlar bilan ta’minla-
nishi kerak, tufdon xloramin yoki xlorli ohakning 3—5 % li erit-
masi, balg‘am esa, qaynatish yo‘li bilan dezinfeksiya qilinishi lozim.
Bemorlarning  idish-tovog‘i,  ko‘rpa-to‘shagi,  sochig‘i  va  shu
singari  buyumlari  alohida  bo‘lishi  kerak.  Bemorlarning  kiyim-
kechaklari yuvishdan oldin qaynatiladi. Yoki xloraminning 5 % li
eritmasiga 4 soat mobaynida ivitib qo‘yib dezinfeksiya qilinadi.
Xonani  ho‘l  latta  bilan  artib  tozalab  tez-tez  shamollatib  turish
lozim. Yakunlovchi dezinfeksiyada xona devorlari, mebellar, be-
mor  ko‘rpa-to‘shagi,  kiyim-kechaklari,  vannaxona,  oshxona,
hojatxona va boshqa xonalar dezinfeksiya qilinishi lozim.
Sil  kasalligi  bilan  og‘rigan  bemorlar  maktabgacha  bolalar
muassasalaridan,  maktablardan  chetlatiladi,  oziq-ovqat  korxo-
nalaridan boshqa korxonalarga ishga o‘tkaziladi. Silning oldini
olishda  bu  kasallikka  qarshi  kuchsizlantirilgan  tirik  vaksina
(ÁÖÆ) bilan emlash samara beradi. Emlash bolalar tug‘ilgan-
laridan keyin 3—6 kunligida tug‘uruqxonalarda, qayta emlash
esa, bolaning 7, 16—17 yoshlarida o‘tkaziladi.
1. Silga qarshi dispanser bilan tanishishda sil tashxisi qo‘yilgan bemorlar
va ular bilan kontaktda bo‘lgan shaxslarning kartotekasiga, flyurografik mosla-
malarga  (flyurografiyadan  o‘tish),  laboratoriyaga  ahamiyat  berish,  laborato-
riyada surtmalarni flotatsion usul bilan qanday tayyorlanishini ko‘rish lozim.
Dispanser  patronaj  hamshirasi  bilan  suhbatda  o‘quvchi  uning  bajaradigan
vazifalarini  bilib  olishi  va  o‘z  ish  daftariga  yozib  olishi  lozim.  Òuberkulin
sinamalarni  qo‘yishda  va  silga  qarshi  immunizatsiya  qilishda  qo‘llaniladigan
preparatlar  va  instrumentlarni  sinchiklab  o‘rganishi  lozim.
2. Batsillar bemor bor o‘choqni patronaj qiling va «Silga qarshi dispanser
uchastka  tibbiyot  hamshirasining  kartasi»ni  (93-shakl)  to‘ldiring.  Òekshirish
natijalarini muhokama qiling.
1. Sil qo‘zg‘atuvchilarini bayon eting. Ularning atrof-muhitga va dezinfeksion
ta’sirlarga chidamlilik xossalarini ta’riflang.
2. Sil infeksiyasining manbayi qanday? Eng muhimlarini sanab o‘ting.
3.  Silning  o‘tish  yo‘llarini  bayon  eting.  Eng  muhimlarini  ta’riflang,  bu
masalani qo‘zg‘atuvchining atrof-muhitga chidamliligi bilan bog‘lang.
4. Odamga sil qo‘zg‘atuvchisi yuqishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Sil yuqqanligini qanday yo‘l bilan aniqlash mumkin?
5. Sil bilan kasallangan bemorlar qanday aniqlanadi?
6. Batsillar bemorlar xususida qanday chora ko‘riladi?
!
MUSTAQIL ISH
?
NAZORAT SAVOLLARI


216
4-bob.  QON  ORQALI  O‘TADIGAN  INFEKSIYALAR
4.1. Òoshmali terlama. Brill kasalligi
Etiologiyasi. Epidemik toshmali terlama o‘zining etiologiyasiga
qarab, ko‘p miqdorli rikketsiozlar guruhiga yoki maxsus mikro-
organizmlar  —  rikketsiyalar  sabab  bo‘ladigan  toshmali  terlama
isitmalar guruhiga kiradi.
Epidemik toshmali terlama avvaldan ma’lum bo‘lib, bu kasal-
likni ilgari vaqtlarda toun, ich terlama va boshqa yuqumli kasallik-
larga o‘xshatilar edi. Òoshmali terlama qo‘zg‘atuvchisi Provochek
rikketsiyalari  mayda,  yumaloq  yoki  oval  shakldagi  tuzilmalar
bo‘lib, hujayra ichida joylashadigan parazitlardir. Ularni toshmali
terlama bilan og‘rigan  bemor organizmida va shuningdek, toshmali
terlama bitlarning endopiliy hujayralari ichida doimo topish mum-
kin. Rikketsiyalar odam uchun juda ham yuqumli. Odamda tosh-
mali terlamaga qarshi tug‘ma immunitet bo‘lmaydi.
Epidemiologiyasi. Infeksiyaning kirish yo‘llari. Infeksiya bit chaq-
qan joydan yoki qashilgan va tirnalgan teri orqali organizmga kiradi.
Mikroblar kishi terisini qashilgan yoki ishqalangan vaqtda bitlarning
axlatlari bilan birga teri ichiga kiradi, chunki bit ichagining sidirilib
tushgan  endoteliysi  shikastlanishi  natijasida  kasallik  mikroblari
keyinchalik qonga o‘tib, undan ichki organlarga tarqaladi (10-rasm).
10-rasm.  Toshmali  terlamaning  tarqalish  sxemasi.


217
Infeksiyaning  birdan  bir  manbayi  toshmali  terlama  bilan
og‘rigan  bemor  bo‘lib,  u  qonida  rikketsiyalar  bo‘lgan  vaqtda
atrofdagilarga xavfli, chunki bemor qonini so‘rgan bitga kasallik
mikroblari  o‘taveradi. Bu  davr  kasallikning  dastlabki  kunidan
boshlanib, harorat tushgan birinchi kunlarda tugaydi. Ayrim hollarda
10—12  kundan  keyin  tugaydi.  Infeksiyaning  tarqatuvchisi  bit
bo‘lib, toshmali terlamani asosan va faqat ko‘ylak biti — Pediculus
Vestimenti  tarqatadi.  Bit  odamning  ichki  kiyimlari  burmalari  va
boshqa kiyim-kechaklarda yashaydi. U kiyim-kechaklarning iðla-
riga,  choklariga  tuxum  —  sirka  qo‘yadi.  Sirkalardan  lichinkalar
yetishib  chiqib,  ular  2  marta  tullab,  keyinchalik  jinsiy  jihatdan
yetishgan hasharotlarga aylanadi.
Odam tanasining haroratida metamorfoz 7—10 kun davom
etadi.  Bu  muddat  amaliy  jihatdan  juda  muhimdir.  Odamlarni
sanitariya qayta ishlovdan o‘tkazish muddatlari belgilanadi. Òosh-
mali  terlama  kasalligining  bit  orqali  yuqish  mexanizmi  quyi-
dagicha  bo‘ladi:  bit  toshmali  terlama  bilan  og‘rigan  bemor
odamning qonini so‘rib, infeksiyani o‘ziga yuqtirib oladi. Biroq,
dastlabki  4—5 kun ichida bit ichagida rikketsiyalar topilmaydi.
Epidemiologik kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, bit bu davrda
infeksiyani  sog‘lom  odamga  yuqtira  olmaydi.  Bu  vaqt  ichida
rikketsiyalar urchib, bit ichagining endoteliy hujayralari ichida
juda  ko‘payib  ketadi.  O‘ziga  xos  bu  «inkubatsion»  davr,  ya’ni
infeksiyani o‘ziga yuqtirib olgan bo‘lsa ham, hali uni odamlarga
yuqtirish qobiliyati bo‘lmasligi muhim ahamiyatga egadir. Agar
kasallik  aniqlanib,  bemor  kasalxonaga  joylashtirilsa  va  bemor
yashagan joy xastalikning dastlabki besh kuni ichida qayta sani-
tariya ishlovidan o‘tkazilsa, o‘zaro munosabat yo‘li bilan boshqa
yangi kasallik vujudga kelmaydi.
Òoshmali terlama virusining saqlanishi mumkin bo‘lgan mak-
simal muddatlarga asoslanib belgilangan 71 kunlik muddat yangi
paydo bo‘ladigan kasallik o‘choqlarining oldini olish va toshmali
terlama kasalligini yo‘qotish davrida tibbiyot xodimlari uchun za-
rur edi. Odam toshmali terlamaga ancha moyil, ya’ni bu kasallik
unga juda tez yuqadi.
Buni  shu  bilan  isbot  qilish  mumkinki,  infeksiyaning  tarqa-
lishiga  qulay  sharoitlar  bo‘lgan  joylarda  aholining  ko‘pchiligi
bu kasallik bilan og‘riydi. Odam bir marta kasallansa, unda ma’lum
vaqtgacha turg‘un immunitet qoladi. Ijtimoiy omil va unga bog‘liq


218
bo‘lgan  sanitariya-turmush  sharoitlari  toshmali  terlama  epide-
miyasida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Òoshmali terlamaning
tarqalishiga quyidagilar, chunonchi:
1) aholi sanitariya madaniyatining past darajada bo‘lishi;
2) turmush  sharoitlarining  yaxshi  bo‘lmasligi,  zich  yashash,
kiyim-kechaklar, sovun va yoqilg‘ilarning yetarli bo‘lmasligi;
3)  hammomlar,  sanitariya  ko‘rigidan  o‘tish  joyi,  kir  yuvila-
digan  xonalar,  dezinfeksion  kameralar  va  dezinfeksiya  asbob-
uskunalarining  yetarli  bo‘lmasligi;
4) aholining ko‘plab ko‘chib yurishi sabab bo‘ladi.
Òibbiy  omillar  toshmali  terlama  kasalligining  tarqalishiga
unchalik sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu kasallik har qanday geo-
grafik kenglikda va iqlimiy sharoitda uchrashi mumkin. Kasallik
noyabr, dekabr oyidan boshlab ko‘payib, mart-aprelda keng tar-
qalib ketadi. May-iyun oylarida toshmali terlama biroz kamayadi
va  butun  yoz  davomida  bir-ikki  marta  yuz  beradi.  Òoshmali
terlamaning  qishda  ko‘payib,  yozda  kamayib  ketishi  turmush
sharoitlari va mavsumga qarab o‘zgarishiga bog‘liq.
Òoshmali  terlamaga  qarshi  kurash.  Òoshmali  terlamaga
qarshi kurash muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun amalga oshirila-
digan tadbirlar epidemik zanjirining uch zvenosi ham bir xilda
olib borilishi lozim. Bunda infeksiya manbayiga, uni yuqtiradigan
omilga qarshi qaratilgan tadbirlar eng zarur va muhim hisob-
lanadi. Agar maxsus profilaktika o‘tkazilsa, qo‘shimcha tadbir
bo‘ladi.
Infeksiya manbayiga qarshi kurash. Òoshmali terlama infek-
siyasining birdan bir manbayi toshmali terlama bilan og‘rigan
bemor  bo‘lganligi  sababli,  epidemiyaga  qarshi  o‘tkaziladigan
tadbirlarni amalga oshirishda ana shuni doimo nazarda tutish
kerak. Òoshmali terlama bilan og‘rigan bemorni, u kasal bo‘lgan
kundan keyingi dastlabki besh kun ichida topib, tashxis qo‘yilsa
va  kasalxonaga  joylashtirilsa,  ya’ni  bemor  qonini  so‘rib  za-
rarlangan bit hali infeksiyani atrofdagilarga yuqtirish qobiliyati
bo‘lmagan davrda kasallik aniqlansa, infeksiya o‘chog‘ini tezda
yo‘qotish mumkin. Bemorni barvaqt aniqlash va topish uchun
aholining  davolash  muassasalariga  o‘z  vaqtida  murojaat  qi-
lishlarini uyushtirish va buning uchun aholi orasida sanitariya
maorifi ishlarini keng ko‘lamda olib borish hamda jamoat sa-
nitariya faollaridan keng foydalanish lozim.


219
Òoshmali terlama bilan og‘rigan bemorni yoki toshmali ter-
lama  bilan  kasallangan  deb  gumon  qilinganni  gospitalizatsiya
qilish shart. Bemorni gospitalizatsiya qilish bilan birga quyidagi
tadbirlar amalga oshiriladi:
a)  bemorni  kasalxonaga  qabul  qilishda  yaxshilab  tozalab
yuvintirish  kerak.  Uning  kiyim-kechaklari,  shaxsiy  buyumlari
dezinfeksiya qilinadi;
b)  bemor  statsionarda  yotgan  davrda  har  o‘n  kunda  qayta
yuvintiriladi;
d)  bemor  kasalxonadan  chiqarilishda  ham  yuvintirib  toza-
lanadi va uning kiyim-kechaklari qayta dezinfeksiya qilinadi;
e) isitmasi bo‘lgan gumonli kasallarni toshmali terlama tash-
xisi belgilangan bemorlardan butunlay ajratilib qo‘yiladi;
f)  bemor  harorati  tushgan  kundan  12  kun  o‘tgandan  keyin
statsionardan chiqarilishi mumkin.
Òoshmali  terlama  infeksiyasining  yuqishiga  qarshi  kurash,
infeksiyani yuqtiradigan birdan bir sabab bitga qarshi kurashdan
iboratdir. Bu tadbirlar majmuyi «Sanitariya qayta ishlovi» ata-
masi bilan yuritiladi.
Yetarli ta’sirga ega bo‘lgan sanitariya qayta ishlovi to‘liq, bir
vaqtda, qayta-qayta, aylanma bo‘lishi lozim. Òo‘liq qayta ishlov
deyilganda, bit bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha obyektlarni qayta
ishlovdan o‘tkazish tushuniladi. Odatda, bitlar odam tanasiga yaqin
joyda bo‘ladi. Lekin, bitlash tarqalib ketgan bo‘lsa, kiyim-kechakda
ham va hozir  kiyilmagan kiyim-kechaklarda ham, o‘rin-to‘shakda,
kursilarda,  krovatlarda  va  hatto  polda  ham  bo‘lishi  mumkin.
Binobarin, bitlarni tamomila qirish uchun ana shu obyektlarning
hammasini qayta ishlovdan o‘tkazish kerak.
Òoshmali terlama o‘chog‘ida bitlash bo‘lsa, qayta ishlov uch
marta  o‘tkaziladi.  Òoshmali  terlamaning  maxsus  profilaktikasi
yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  qo‘shimcha  tadbir  hisoblanadi. Bu
profilaktika infeksiya manbayi va infeksiyani yuqtiruvchi sabab-
chilarga qarshi qaratilgan asosiy tadbirlarga qo‘shimcha bo‘ladi.
Òoshmali terlamaga qarshi emlash faol immunizatsiya qilish shak-
lida  olib  boriladi.  Buning  uchun  o‘ldirilgan  rikketsiyalar  ara-
lashmasidan foydalaniladi. Rikketsiyalar oddiy oziqli muhitlarda
yetishmaydi. Shuning uchun vaksinalar tayyorlashda rikketsiyalar
yuqtirilgan  hayvon  organlaridan  foydalaniladi.  Hozirgi  vaqtda
toshmali  terlamaga  qarshi  uch  xil, chunonchi,  Kroptovskaya-
Mayevskiy, Vaygl-Pshenichkov va Koks vaksinasi qo‘llaniladi.


220
4.2. Bezgak
Etiologiyasi. Bezgak issiq va iliq iqlim sharoitida uchraydigan,
bir hujayrali parazit-plazmodium qo‘zg‘atadigan va o‘qtin-o‘q-
tin  isitma  xuruj  qilib  turishi,  jigar  va  taloq  kattalashishi  bilan
ta’riflanadigan  yuqumli  kasallikdir.  Bu  kasallikni  chivin  tar-
qatadi. 1699-yilda Marton bezgakning mustaqil kasallik ekanligini
isbot qilib, uning davosi uchun xino daraxti po‘stlog‘idan foyda-
lanishni tavsiya etdi.
1717-yilda Langini bezgak bilan botqoqlar orasida qandaydir
bog‘lanish  borligiga  e’tibor  berib,  bezgakni  chivinlar  tarqatishi
mumkin, deb gumon qildi. 1896—1899-yillarda R. Rassi va bosh-
qalar bezgak paraziti apofelle avlodiga mansub chivin organizmida
ko‘payishini  va  bu  chivinlar  odamni  chaqqanda,  unga  bezgak
yuqtirishini isbot qilishdi.
Bezgak uzoq asrlar davomida O‘rta Osiyoda juda keng tarqa-
lib, ko‘p talafotlarga sabab bo‘lgan. O‘sha davrlarda ba’zi qish-
loqlar aholisi bezgakdan mutlaqo qirilib ketgan. Bezgakka qarshi
kurash  sohasida  ko‘p  ishlagan  professor  L.M.  Isayev:  «1920—
1930-yillarda Buxoro viloyatida bezgak shu darajada ko‘p tarqalgan
ediki, hatto sog‘lom odamni topish ham qiyin», deb ta’kidlagan
edi.  O‘zbekistonda  ko‘p  ishlagan  olim  N.I.  Xodukin:  «Buxoro
viloyatining 90 %  aholisi bezgakka yo‘liqqan edi», deb yozadi.
Bezgak  o‘tkir  yuqumli  kasallik  bo‘lib,  o‘qtin-o‘qtin    isitma
xurujlari, ichki a’zolarning (jigar, taloq, suyak  ko‘migi va boshq.)
shikastlanishi,  anemiya  (kamqonlik)  rivojlanishi  bilan  kechadi.
Hozirgi  paytda  bezgak  kasalligi  100  dan  ortiq  mamlakatlarda
uchramoqda.
Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  (JSSÒ)  ma’lumot-
lariga  ko‘ra,  yer  yuzida  har  yili  300  mln.dan  500  mln.gacha
bezgak  bilan  kasallanganlar  qayd  qilinayapti,  shu  jumladan,
2,5 mln bemor shifo topmasdan nobud bo‘lmoqda.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bezgak bo‘yicha noxush epide-
miologik  vaziyat  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligida  ham  kuza-
tilyapti. Ayniqsa, qo‘shni Òojikistonda bezgak  epidemiyasi oxirgi
9  yil  mobaynida  davom  etmoqda.  2002-yili  11500  ta  bemor
aniqlangan.  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  ekspertlarining
baho berishicha, Òojikistonda jami  400000 ga yaqin kishi kasal-
langan bo‘lib, shundan 20 % tropik bezgak bilan og‘rigan, Qir-
g‘izistonda 7000 ga yaqin kishi kasallangan.


221
O‘zbekistonda  keng  miqyosda  kasallikka  qarshi  o‘tkazilgan
tadbirlar natijasida bezgak 1961-yil bartaraf etilgan. Keyinchalik
qayd qilinib kelayotgan holatlarda kasallikning yuqtirilishi respub-
likamiz tashqarisida kuzatilmoqda. Masalan, 1991—2002-yillarda
respublikamizda bezgak  kasalligiga  chalingan 675  nafar  bemor
aniqlangan. Shundan 20 % 14 yoshgacha  bo‘lgan bolalardir.
Shu sababli, 1998-yildan buyon JSSÒ tomonidan  ishlab  chi-
qilgan «Bezgakni chekintiraylik» dasturi amalga  oshirilayapti.
Etiologiyasi.  Bezgakni  qo‘zg‘atadigan  bir  hujayrali  parazit
plazmodiumning to‘rt xili ma’lum:
1. Plazmodium vivax — uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi;
2. Plazmodium malariae — to‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi;
3. Plazmodium oval — uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi;
4. Plazmodium falciðarum — tropik bezgak qo‘zg‘atuvchisi.
O‘zbekistonda  bezgak  chivinining  yetti  xil  turi  mavjud.  Za-
rarlangan  chivinlar  odamni  chaqqanda,  ularning  so‘lagi  bilan
bezgak qo‘zg‘atuvchilari  ajralib, odam  organizmiga tushadi.
Sporogoniya  —  Anopheles  (anofeles)  chivinining  urg‘ochisi
bezgak bilan og‘rigan odamni chaqqanida qon bilan birga plaz-
modiyning jinsiy va jinssiz shakllarini so‘rib oladi. Chivin me’da-
siga  tushgan  jinssiz  shizont-
lar  yemirilib,  halok  bo‘ladi.
Jinsiy  shakllari  (gamontlar)
esa,  eritrotsitlardan  ajralib
chiqib  rivojlanadi  va  yetilib
galitalarga aylanadi.
Shizogoniya — bezgak plaz-
modiysi  odam  organizmida
jigarning  parenximatoz  hu-
jayralarida (to‘qima shizogo-
niyasi) va eritrotsitlarda (erit-
rotsitar shizogoniyasi) ko‘pa-
yishi  mumkin  (11-rasm).
Sporozoitlar  chivin  so‘-
lagi  tarkibidan  odam  orga-
nizmiga  o‘tgach 30—60 daqi-
qada  jigarga  yetib  boradi  va
ushbu a’zo hujayralari ichida
ko‘payishni boshlaydi. Bunda
30—50  ming  yosh  para-
11-rasm. Bezgak kasalligi
chaqiruvchilarining  rivojlanish
bosqichlari.
Sporogoniya
Shizogoniya


222
zitlar  —  to‘qima    merozoitlari  paydo  bo‘ladi.  Keyinchalik  jigar
hujayralari yemiriladi va merozoitlar qon aylanish doirasiga chiqa
boshlaydi.  Har  bir  eritrotsitdagi  merozoitdan  6—24  ta  yangi
parazitlar hosil bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishi. Yaqin
o‘tmishda bezgak yer kurrasining deyarli barcha mintaqalarida
keng tarqalgan edi. Yer yuzining ko‘plab hududlarida tabiiy sha-
roitning (tashuvchilarning borligi, o‘rtacha oylik havo haroratining
16°C  dan  oshmasligi,  botqoqliklar,  ochiq  suv  havzalarining
mavjudligi)  mutanosibligi  bezgak  parazitlari  saqlanib  qolishiga
imkon beradi.
Bezgakning  zamonaviy  arealida  qo‘zg‘atuvchining turlari va
yuqish  xavfi  bilan  farqlanadigan  quyidagi  yirik  hududlarini  aj-
ratish mumkin: Afrika (Sahroyi Kabir), Shimoliy Afrika, Yaqin
va O‘rta Sharq mamlakatlari, Janubiy-Sharqiy  Osiyo, Okeaniya
va Lotin Amerikasi.
Odatda,  bezgak  o‘chog‘i  anofeles  chivinlari  ko‘p  bo‘ladigan
(anofelogen) suv havzalariga yaqin joylashgan yerlar hisoblanadi.
Har  bir  o‘choqda,  aynan  shu  joyning  tabiiy  va  ijtimoiy  shart-
sharoitlariga qarab, bezgak kasalligi tarqalishining muayyan da-
rajasi belgilanadi. Issiq iqlimli ko‘pgina mamlakatlarda kasallik-
ning tarqalish darajasi bir necha o‘n yillar mobaynida o‘zgarmay
kelgan. Shu tufayli, epidemik bezgak o‘choqlari yuzaga keldi.
Yer  yuzida  kasallikning  paydo  bo‘lishi  va  tarqalishi  chega-
ralangan mavsumiylikka ega. Rossiyada chivinlarning zararlanishi
may — iyul oylariga to‘g‘ri kelsa, odamlarning  zararlanishi  iyun-
iyul oylariga to‘g‘ri keladi. Epidemik mavsum 2—3 oy davom etadi.
O‘rta Osiyoda (Òojikiston, O‘zbekiston) chivinlarning bezgak
qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanishi aprel-may oylarida kuzatilsa,
odamlar orasida kasallanish may-iyun oylarida boshlanib, sen-
tabr-oktabr oylarida tugallanadi (4—6 oy).
Bezgakning ommaviy yuzaga kelish mavsumi bahorning mart-
aprel oylariga to‘g‘ri keladi. Kasallikning bahorgi avj olishi o‘tgan
yilgi bezgak retsidivlari va o‘tgan mavsumda yuqtirilgan (yashirin
davri  uzoq  bo‘lgan)  Pl.vivax  bezgagining  dastlabki  xurujlari
hisobiga yuzaga keladi. Qisqa muddatli (janubiy shtamm) yangi
paydo bo‘lgan bezgak shtammlari iyul — sentabr oylariga to‘g‘ri
keladi.
Afrika qit’asida bezgak bilan kasallanish va uning yuqishi  bar-
cha oylarda kuzatilishi mumkin. Bezgakning mavsumiy o‘zgarish-


223
lari tashuvchi chivinlarning faolligi bilan bevosita bog‘liq. Bezgak
tarqalishi  darajasi  faqat  ob-havo,  mahalliy  landshaft  kabi  tabiiy
iqlim sharoitlariga emas, balki ijtimoiy turmushga ham bog‘liq.
Kasallikning turli yoshdagi aholi guruhlari orasida taqsimla-
nishi  turlicha.  Masalan,  bezgakning  epidemik  o‘choqlarida  ka-
sallanish ko‘rsatkichlari 2—7 yoshli bolalar orasida 100 % gacha
bo‘lishi  mumkin,  kattalar  orasida  esa,  immunitet  borligi  tufayli
kamroq  uchraydi.
Bezgak chet mamlakatlardan olib kirilgan hollarda yosh bola-
larga nisbatan katta yoshdagi aholi guruhlari ko‘proq kasallanadi.
Bezgak  transmissiv,  ya’ni  hasharotlar  ishtirokida  tarqaladigan
kasallik bo‘lib, uning manbayi bemor va parazit tashib yuruvchilar
hisoblanadi. Anopheles chivinining 400 ga yaqin turlari mavjud va
70 tasi kasallik tarqatish qobiliyatiga ega.
Kasallikka moyillik. Odam bezgakka juda moyil. Kasallik oson
yuqadi. Bu hol faqat epidemiologik kuzatishlarda emas, asablar
zaxmini  davolash  uchun  bemorlarga  sun’iy  ravishda  bezgak
yuqtirilgan (sharoit bo‘lsa) eksperimental sharoitlarda ham hi-
sobga  olingan.  Bezgak  hamma  yoshdagi  shaxslarda  uchraydi.
Bezgakdan so‘ng turg‘un immunitet qolmaydi. Bezgak bilan og‘-
rigan kishi yana qayta og‘rishi, hatto bir xil bezgak bilan og‘rib
turib, bezgak parazitining boshqa xilini yuqtirib olishi mumkin
(super  infeksiya).
Sanitariya-turmush  sharoitlari  bezgak  kasalligining  ko‘payib
ketishida juda katta rol o‘ynaydi. Bezgak aholi migratsiyasi nati-
jasida keng tarqalib ketadi. Aholining ko‘plab ko‘chib yurishi bois
bezgak  bo‘lmagan  joylardagi  parazit  tashuvchilari  bo‘lib,  o‘sha
joylarda anofeles chivini bo‘lsa, bezgak bilan og‘rigan bemorlar-
ning hammasini bahor vaqtida davolash lozim, ana shu kishilarni
butun mavsum davomida jamoat profilaktikasi yo‘li bilan davo-
lash; davolashning bunday sistemasi klinik jihatdan bezgak tutishini
yo‘qotadi,  retsidivlarning  oldini  oladi,  bundan  tashqari  bemor-
ning chivinlar uchun infeksiya manbayi bo‘lmasligini ham ta’min-
laydi,  ya’ni  bemor  ham  zararsizlantiriladi. Mamlakatimizda
bezgakning  epidemik  o‘choqlari  tugatilgan.  Bezgak  hali  uchrab
turadigan  mamlakatga  borishga  to‘g‘ri  kelsa,  yakka  tartibdagi
kimyoviy profilaktika choralari ko‘riladi. Bu profilaktika o‘sha
joyga yetib borishdan 2—3 kun ilgari boshlanadi va qaytib kelgun-
gacha to‘xtovsiz davom ettiriladi. Kimyoviy profilaktikada qu-
yidagi dori vositalaridan birontasi ishlatiladi:


224
• bimugal (0,2 g.dan  haftada 2 marta);
• xlorxin (0,3 g.dan haftada 1 marta);
• delogil (0,24 g.dan haftada 2 marta);
• anodeaksin (0,4 g.dan haftada 1 marta);
• xloridan (0,25 g.dan haftada 1 marta), akraxin (0,2 g.dan
haftada 2 marta).
Davolash. Bezgakka davo qilishda shifokor quyidagi masala-
larni hal etishi kerak:
a)  bezgakning  o‘tkir  xurujini  tugatish;
b) dastlabki va kechki retsidivlar yuz bermasligi choralarini ko‘rish;
d) gameta tashib yuruvchilikni tugatish.
Bezgak davosiga qo‘llanadigan vositalar uch guruhga bo‘linadi:
1. Gametizotrop dorilar — primetanin, xinin, proguanil, pi-
rimetalit,  sulfanilamidlar,  tetratsiklin  preparatlari.
2. Gistoshizotrop dorilar — primoxin, xinotsid.
3. Gamontlarga ta’sir qiladigan dorilar — primetalin, primoxin,
xinotsid,  proguanil.
Bezgakka  qarshi  kurash.  Bu  kurash  faqat  sog‘liqni  saqlash
organlarining emas, balki umumdavlat ishidir. Bezgakka qarshi
ko‘riladigan  tadbirlar  uning  barcha  epidemiya  zvenosiga  qara-
tilishi  shartdir.  Infeksiya  manbayiga  qarshi  kurash  bemorlarga
to‘g‘ri va aniq kasallik tashxisini belgilash, bezgak bilan og‘rigan
bemorlarni, parazit tashib yuruvchilarni hisobga olish va davo-
lashdan iborat bo‘lishi lozim.
Bezgak  bilan  og‘rigan  bemorlarni  davolash  epidemiyaga
qarshi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirdir. Shuning
uchun epidemiolog davolashni to‘g‘ri olib borishi va uning aso-
siy  prinsiðlariga  amal  qilinishini  kuzatib  turmog‘i  zarur.  Bez-
gakni to‘g‘ri davolash prinsiðlari quyidagilardan iborat:
1. Òanlangan dori vositalari parazitning jinsiy va jinssiz shakl-
lariga,  parazitning  eritrotsitar  yoki  ekzoeritrotsitar  rivojlanishi
bosqichlariga ta’sir qiladigan bo‘lishi shart.
2.  Parazitning  jinsiy  shakllari  paydo  bo‘lguncha  davolashni
boshlash zarur. Bu, ayniqsa, tropik bezgakda muhimdir.
3. Bezgak tutishini yo‘q qilish hamda retsidivlarning oldini
olish uchun sistematik ravishda va oxirigacha davolash zarur.
Hozirgi  vaqtda  dorini  to‘g‘ri  tanlashdan  tashqari,  davolash
usuli, shuningdek bezgakni to‘liq davolash kursi ham katta aha-
miyatga ega. Amalda qanday preparat ishlatilishidan qat’i nazar,
quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:


225
1. Bezgak tutishi aniqlangan vaqtdan boshlab  sistematik ra-
vishda davolash.
2. Chivinlar  serharakat bo‘lgan mavsum davomida davolashni
oxiriga yetkazish yoki jamoat kimyoviy profilaktikasini o‘tkazish.
3. Bezgakning kech bo‘ladigan retsidivlari oldini olish, kech
retsidivlarga qarshi davolash.
4. O‘tgan yilgi bezgak qanday o‘tkazilganligini aniqlash.
5. Davolash uchun ishlatiladigan vositalarning guruhlarini aniqlash.
Bezgak infeksiyasining kirish yo‘llari. Bezgak infeksiyasi chivin
chaqqanida  o‘sha  joy  terisi  orqali  organizmga  kiradi.  Parazit,
yuqorida  aytib  o‘tganimizdek,  to‘qimalarga  kirib,  undan  qonga
o‘tadi va bezgak o‘tkir davrida rivojlanishining g‘ayrijinsiy bosqi-
chini  boshidan  kechiradi.  Bezgak  tutmagan  vaqtlarda  parazit
to‘qimalarda joylashadi. Bezgakda yashirin davr o‘rtacha 8—14 kun
davom etadi. Biroq, uch kunlik bezgakda yashirin davr 7—10 oy
cho‘zilishi mumkin. Bu — uzoq latensiya deyiladi. Bezgak kasal-
ligining qancha vaqt davom etishi plazmodiy turiga, davolash
usullari  va xarakteriga qarab turlicha bo‘ladi.
Bezgak  bilan  kasallanish  dinamikasini  to‘g‘ri  hisobga  olish
uchun quyidagilardan farq qilinmog‘i lozim:
1. Birlamchi kasallanish deb, bezgakning ilk bor tutishiga aytiladi.
Birlamchi kasallanishning ikki xili, chunonchi, qisqa yashirin davri-
dan so‘ng og‘rish va uzoq latent davridan keyin og‘rish farq qilinadi.
2. Bezgak retsidivlari yoki bezgak o‘tkir xurujlarining takror-
lanishi paytida erta va kech retsividlar farq qilinadi. Erta retsidivlar
kasallik  boshlangandan  so‘ng  1—1,5  oy  orasida  bo‘ladi.  Kech
retsidivlar esa, odatda, bahorda, ya’ni qish paytida uzoq vaqt tut-
maganidan keyin bo‘ladi.
3. Rezinfeksiya, ya’ni infeksiyani yangidan yuqtirib olish  nati-
jasida takror kasallanish.
4. Aralash infeksiya, ya’ni oyning bir vaqtida bezgak parazit-
larining ikki yoki uch turlari bilan kasallanish.
5.  Parazit  tashib  yurish,  ya’ni  infeksiyaning  yashirin  shakli.
Bunda bezgak parazitlari periferan qonda bo‘lsa ham, kasallik klinik
epidemik manbayi sifatida vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligidagi ba’zi joylar, sanoatning ayrim turlari ham
profilaktik tadbirlar ko‘rilmaganida bezgakning tarqalishiga sabab
bo‘ladi. Ko‘p sug‘orishni talab qiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari
ham anofeles chivini ko‘payadigan o‘choq bo‘lib qoladi. Bu jihatdan
sholikorlik,  ayniqsa,  xavflidir.


226
Suv havzalari qarovsiz qolsa, ulardan to‘g‘ri foydalanilmasa,
suv  yuzasini  ko‘katlardan  tozalanmasdan  havzaga  suv  quyilsa,
uning qirg‘oqlari tozalab turilmasa, ayniqsa, suv kamayib ketgan
vaqtlarda  botqoqqa  aylanib,  anofeleslar  ko‘payadigan  joy  bo‘lib
qoladi. Bezgak bilan kasallanish kasb-korga ham bog‘liq. Qishloq
xo‘jaligining  ayrim  tarmoqlari  (sholikorlik)da  ishlovchilar,  torf
olinadigan joylardagi ishchilar, suv transporti xodimlari, shuning-
dek,  kun  bo‘yi,  jumladan,  quyosh  botgandan  keyin  ham  ochiq
havoda ishlaydiganlar bezgakni yuqtirish xavfini tug‘diradi.
Bezgak  epidemiologiyasida  tabiiy  sharoitlar  hal  qiluvchi  rol
o‘ynaydi, chunki infeksiyani yuqtiruvchi birdan bir sabab, ano-
feles  chivinining  ko‘payishi  ana  shu  tabiiy  sharoitga  bog‘liq.
Kasallikning mavsumiy bo‘lishi ham tabiiy omilga bog‘liq, chunki
bezgak  bilan  kasallanish  uni  yuqtiradigan  chivinlar  faolligiga
bog‘liq. Biroq, bezgakning mavsumiy kasallik ekanligi haqidagi
masala ancha murakkab bo‘lib qolmoqda.
Bezgak  mavsumiy  chiziqlarining  uch  tiði  farq  qilinadi.  Shi-
moliy tið may oyida ko‘payib boradi. Janubiy tið, asosan, infek-
siyani shu yil yangidan yuqtirib olgan kishilar hisobiga avgust—
sentabr oylarida ko‘payib ketadi. O‘rta mintaqa tiði uchun ikki
shoxli chiziq xarakterlidir. Kasallikning birinchi ko‘payishi may
oyiga to‘g‘ri kelib, retsidivlar hamda uzoq latensiyali kasalliklar
hisobiga bilinmaydi, ya’ni odam bezgak bilan og‘rimaydi.
Bezgakning epidemik zanjiri quyidagicha: odam — chivin—odam.
Bezgakning asosiy manbayi odamdir, ya’ni infeksiya bezgak kasalligi
tutayotgan bemordan va o‘zi kasallanmay parazitni tashib yuruvchi
kishidan yuqishi mumkin. Biroq, bemor qonida parazitning jinsiy
shakllari bo‘lgan vaqtdagina u infeksiya manbayi bo‘lishi mumkin.
Bezgakning tarqalishi uchun infeksiya manbayi (bemor yoki
gameta tashib yuruvchilar), anofeles chivinlari va ular organizmida
sporozoitlar  ko‘payishi  uchun  qulay  sharoit  —  ma’lum  harorat
bo‘lishi kerak. Chivin organizmida sporozoitlar harorat 10°C dan
yuqori bo‘lgan taqdirdagina rivojlanib, ko‘paya oladi. Òashqi mu-
hit harorati ko‘tarilgan sari sporogoniya tezlashib boradi. Shun-
day qilib, chivin biologiyasida harorat va suv asosiy rol o‘ynaydi.
Havo namligi ham katta ahamiyatga ega. Chivinning ko‘payishi
uchun  havoning  nisbiy  namligi  70—80  %  bo‘lishi  juda  qulay
sharoit yaratadi.
Chivinlar, odatda, o‘zi ko‘paygan joydan uzoqqa uchmaydi.
Chivinlar umri o‘rtacha 2—3 kunga boradi, xolos.


227
O‘zbekiston Respublikasi hududida bezgak ustidan
epidemiologik  nazoratni  tashkil  qilish
Respublikamizda ayrim parazitar kasalliklar bo‘yicha keng
ko‘lamda olib borilgan profilaktik choralar natijasida katta yutuq-
larga erishildi. Ko‘p yillardan buyon moskit lixoradkasi, visseral
va antroponoz teri leyshmaniozi, ankilostomoz, amyobiaz sin-
gari kasalliklar ro‘yxatga olingan emas. Kemiruvchilardan yuqa-
digan teri leyshmaniozi, kanalar tashuvchi qaytalama tif kabi
kasalliklar ham kamaygan. Mahalliy bezgak hodisalari ham uchra-
mayapti.
Shunga  qaramasdan,  so‘nggi  paytlarda  parazitar  kasalliklar
bo‘yicha  epidemiologik  vaziyat  murakkablashmoqda.  Masalan,
Òermiz  shahri va  tumanida  bezgak  yuqishiga yo‘l qo‘yilgan. Chet-
dan keltirilgan tropik bezgakning yomon oqibatlarga olib kelgan
hollari ham bo‘ldi.
Ma’lumki,  respublikamizning  xorijiy  davlatlar,  shu  jumla-
dan, epidemiologik jihatdan nosog‘lom vaziyatdagi mamlakatlar
bilan tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalari kundan kunga rivoj-
lanib bormoqda. Bu esa, maxsus xizmat, aeroportlar va boshqa
kelib-ketish  tarmoqlarida  xizmat  ko‘rsatuvchi  tibbiyot  xodimla-
ridan bezgakka, kanalar tashuvchi qaytalama tif yoki boshqa ka-
salliklarga shubha qilingan, isitmasi yuqori bo‘lgan shaxslarni o‘z
vaqtida tekshiruvdan o‘tkazish va kasallikni aniqlashda diqqat-e’ti-
bor va ehtiyotkorlikni talab etadi.
Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatidagi yangi ochil-
gan qo‘riq yerlarda aholining yoppasiga kemiruvchilardan o‘tuvchi
teri  leyshmaniozi  bilan  kasallanish  hollari  uchramoqda.  Samar-
qand,  Jizzax,  Navoiy  viloyatining  ayrim  hududlarida  ham  shu
kasallikning «uxlayotgan» tabiiy o‘choqlari xuruji kuzatildi.
Namangan viloyatidagi visseral leyshmaniozining tabiiy o‘choq-
larida kasallikning uchrab turish holatlari qayd etilmoqda. Aka-
ritsidlar taqchilligida va kasallikka qarshi tadbirlarning sifatsizli-
gidan Farg‘ona, Namangan viloyatida kanalar tashuvchi qaytalama
tif kasalligi bilan og‘rigan bemorlar bot-bot uchrab turibdi.
Xorazm  va  Buxoro  viloyatidagi  teniarinxozning  giðerende-
miyali o‘choqlarida aholini sog‘lomlashtirish sekinlik bilan amalga
oshirilmoqda. Shuningdek, Òoshkent, Farg‘ona va Namangan vi-
loyatida askaridoz va trixotsefaloz  kasalliklari, bolalar jamoala-
rida gijja kasalliklariga duch kelinmoqda.


228
O‘zbekiston  Respublikasida  «Parazitar  kasalliklar  bilan  ka-
sallanishni  kamaytirish  bo‘yicha  chora-tadbirlar  dasturi»ni  ba-
jarish choralari ko‘rilgan. Shahar hamda tumanlarda bezgak va
boshqa  parazitar  kasalliklarning  oldini  olish  bo‘yicha  o‘tkazila-
yotgan chora-tadbirlarning holatlari tibbiy kengashlarda har yili
muhokama qilinadi. Barcha davolash-profilaktika muassasalarida
isitmalagan kasallarni hisobga olish va ularni epidemiya mavsumida
hammasini,  epidemiya  mavsumidan  tashqari  paytlarda  klinik
ko‘rsatkichlari bo‘yicha bezgak hamda  qaytalama tifga laboratoriya
tekshiruvidan o‘tkazilib kelinmoqda.
Aholi o‘rtasida parazitar kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha
sanitariya tashviqotlarini o‘tkazish kuchaytirilmoqda:
• fuqaro va sanoat obyektlari loyihalanayotganda, shuningdek,
gidrotexnika  va  irrigatsiya  inshootlari  loyihalanayotganda,  quri-
layotganda yoki foydalanishga topshirilayotganda bezgakning ol-
dini olish maqsadida anofelogen suv havzalarining paydo bo‘li-
shiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha;
•  qo‘riq yerlarni yalpi o‘zlashtirish jarayonida, hayvonlardan
o‘tuvchi  teri  leyshmaniozi  profilaktikasi  maqsadida  kemiruv-
chilarning ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladigan tashlandiq va qa-
rovsiz maydonlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha;
• parazitar kasalliklar bilan kasallanishlar ko‘proq uchrayotgan
hududlarda.
Bezgak  ustidan  epidemiologik  nazorat,  bu  —  hududlarning
bezgakka beriluvchanlik xususiyati va bezgak bilan kasallanishlar
haqidagi  ma’lumotlarni  to‘plash  hamda  ularning  tahlili,  zaruriy
profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishi, ularni o‘rga-
nish va samaradorligini oshirishni o‘z ichiga olgan tadbirlar tizilmasi.
Bezgak  ustidan  epidemiologik  nazorat  davolash-profilaktika
muassasalari (DPM) va Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati
markazi  (DSENM)  xodimlarining  maqsadga  yo‘naltirilgan
birgalikdagi faoliyati bilan amalga oshiriladi.
Bezgak ustidan epidemiologiya nazorat tizilmasi, asosan, to‘rt
yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadi:
• axborot;
• tashxis;
• boshqaruv;
• nazorat.
1. Axborot yo‘nalishi bezgak hodisasi va o‘choqlarini ro‘yxatga
olish  va  hisoblash,  hududning  bezgakka  beriluvchanligi  va  epi-


229
demik jarayonga ta’siri bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy omillar haqidagi
ma’lumotnoma-varaqalar chop qilish, tibbiy muassasalar hamda
tegishli mahkamalarni ma’lumotlar bilan ta’minlashni o‘z ichiga
oladi. Boshlang‘ich ma’lumotlarni esa, dastlab epidemiologlar (pa-
razitologlar), entomologlar va ularning tuman-shahar DSENMla-
ridagi yordamchilari yig‘ib beradi. Viloyat (respublika) DSENMlari
hududlarning  endemiyalik  xususiyatlariga  ko‘ra,  ma’lumotlar
hajmini belgilaydi.
2. Òashxis yo‘nalishi bir qadar kengroq bo‘lib, bu — DPM va
DSENMlardan  tezkor  faoliyatni  talab  etadi.  DPM  kasallarning
(klinik va parazitologik) tashxisini, DSENMlar esa, belgilangan
hududda epidemik jarayonlarning kechishi, uning sabablari, retro-
spektiv va tezkor epidemiologik tahlilini, kasal va kasallik o‘cho-
g‘idagi kuzatuvni o‘z ichiga olgan epidemiologik tashxis o‘tkazadi.
Shulardan  retrospektiv  epidemiologik  tahlil  —  bezgak  bilan
kasallanishning  ko‘p  yillik  va  mavsumiy  dinamikasi,  epidemik
jihatdan  xavfli  hududlarni  ko‘rsatib  beradi  hamda  epidemiyaga
qarshi  o‘tkazilgan  tadbirlarning  samaradorligiga  va  kasallikning
tarqalib ketishi ehtimoliga baho berish imkoniyatini yaratadi. Òez-
kor tahlil ko‘rsatuvchi va ijtimoiy omillarni, kasallik qo‘zg‘atuv-
chilarini  tashuvchi  shaxslar  va  hududlar  ustidan  entomologik
kuzatuvni, kasallanishning o‘sish sabablarini va vaziyatni tezkor
baholashni, har xil yoshdagilarning kasallanish ehtimoli va dara-
jasini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Bundan  tashqari,  bezgak  bilan  kasallanganlarning  alohida
bosqichdagi  kasallik  davomiyligini  tahlil  qilish  lozim,  ya’ni  bu
kasallik belgilari paydo bo‘lgandan to avjiga qadar: ulardan qon
olish,  ularni  laboratoriyaga  o‘tkazish,  tashxis  qo‘yish,  kasalni
davolashni  boshlash.
Epidemiyali  hududlardagi  epidemiologik  tahlilning  zaruriy
qismi  bezgak  o‘choqlarining  turini  va  bezgakning  tahlili  uchun
epidemiologik, parazitologik, serologik, kartografik, statistik usul-
lardan foydalaniladi. Retrospektiv va tezkor tahlil asosida mazkur
hududning bezgak bo‘yicha vaziyati qay darajada bo‘lishi aniqlab
beriladi.  Baholash  ikki  xulosani  keltirib  chiqaradi:  mavjud  va-
ziyatga nisbatan yaxshilanishi yoki yomonlashuvi mumkin.
DSENMlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan nazorat
esa,  bezgakka  qarshi  o‘tkaziladigan  tadbirlarning  samarador-
ligini nazorat qilish va epidemiologik nazorat tizimi ishining si-
fatini moslashtirishdan  iboratdir.


230
3.  Òashkiliy-uslubiy  yoki  boshqaruv  jarayoni,  profilaktika  va
bezgakka  qarshi  tadbirlarni  rejalashtirishni,  har  xil  ish  bajaruv-
chilarni  joy-joyiga  qo‘yishni,  bezgak  epidemiologiyasi,  klinikasi,
diagnostikasi  bo‘yicha  mutaxassislar  tayyorlashni,  uslubiy  qo‘l-
lanmalar,  tavsiyanomalar,  varaqalar  va  boshqa  hujjatlarni  bosib
chiqarish kabi vazifalarni ko‘zda tutadi. Sanitariya-epidemiologiya
xizmatlari  mavjud  epidemiologik  vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda
DPMlar bilan hamkorlikda bezgakka qarshi tadbirlarni ishlab chiqadi.
Bezgak ko‘p uchraydigan hududlarda bezgak yetilishi bilan
olib boriladigan davolash-profilaktika tadbirlarining hajmi yuqum-
lilik darajasiga qarab yuqori DSENMlar bilan kelishilgan holda
belgilanadi.
Epidemiya mavsumida uch kunlik bezgak olib kirilganda, uzoq
inkubatsiyani  hisobga  olib  o‘tkaziladigan  tegishli  tadbirlarni
kelgusi mavsumda ham o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bezgakning faol
o‘choqlarini sog‘lomlashtirish uchun mo‘ljallangan tadbirlar kel-
gusi uch yilda ham takrorlanadi. Bezgakka qarshi tadbirlarni mu-
vaffaqiyatli  o‘tkazish  uchun  mavjud  kasallik  o‘chog‘ining  da-
vomiyligi va kenglik doirasiga e’tibor berilishi zarur.
Epidemiologik nazorat tizimida bezgak bilan kasallanishni o‘z
vaqtida aniqlash va davolash, shuningdek, endemiyali va noende-
miyali hududlarda uning tashuvchilarini aniqlab, kurash olib bo-
rish o‘tkaziladigan tadbirlarning asosini tashkil etadi.
Bezgak bilan kasallanganlar va uning qo‘zg‘atuvchi
tashuvchilarini  davolash
Uch kunlik va oval-bezgak bilan kasallangan bemorlarni delagil
va  primaxin  bilan,  to‘rt  kunlik  bezgak  bilan  kasallanganlar  esa,
delagil bilan davolanadi. Ana shu preparatlar qo‘zg‘atuvchilarning
qon  va  to‘qima  shaklini  bartaraf  etilishini  ta’minlaydi  (radikal
davolash). Davolash jarayoni boshdan oxirigacha faqat statsionarda
olib boriladi. Òakroriy tekshiruvlar uchun davolashning to‘rtinchi
kuni va bemorning statsionardan chiqishi oldidan qon olinadi.
Isitmalayotgan  bemorlarni  ogohlantiruvchi  davolash  klinik
belgilarning rivojlanishini to‘xtatish (delagil, metakelfin, fansidar)
va  bezgakning  boshqalarga  yuqishining  oldini  olish  (tindurin)
maqsadlarida o‘tkaziladi. Agar xorijdan kelgan shaxslarda tropik
bezgakka  shubha  qilinsa,  u  holda  qon  olingandan  so‘ng,  klinik
belgilari  va  anamnezga  asoslanib,  tezlik  bilan  davolash  boshlab


231
yuboriladi, laboratoriya tekshiruvining natijalari kutib turilmaydi.
Delagilga chidamli bezgakni davolash uchun xininga qo‘shimcha
ravishda fansidar yoki metakelfin tavsiya etiladi. Kasallikdagi pa-
razitlarga qarshi ishlatilayotgan dorilarning ta’siri har kungi da-
volash jarayonida nazorat qilib boriladi.
Bezgak  o‘chog‘ini  epidemiologik  tekshirish
Epidemiologik tekshirishdan maqsad — infeksiya manbasini
aniqlash, kasallikning paydo bo‘lishi va tarqalishiga imkon be-
ruvchi  omillarni,  kasallik  o‘chog‘ining  chegaralarini  belgilash
hamda o‘choqni bartaraf etish va u yerda sog‘lom muhitni yaratish
uchun eng samarali tadbirlarni olib borishdir.
Epidemiologik tekshiruvga: anamnez yig‘ish, kasalning klinik
va parazitologik tekshiruvlar natijasiga baho berish, kasallikning
mikroo‘chog‘ida parazitologik tekshiruv olib borish, kasallik o‘cho-
g‘i bo‘lgan bitta yoki bir necha aholi punktini epidemiolog, parazi-
tolog, entomologlar yordamida tekshirib chiqishlar kiradi va shular
natijasida kasallik o‘chog‘ining chegarasi aniqlanib, epidemiologik
tashxis shakllantirilib, bezgak va kasallik o‘chog‘i turkumlashtiriladi.
Mukammal  epidemiologik  tekshiruvdan  so‘ng  maxsus  karta
(357-shakl) to‘lg‘aziladi, uning bir nusxasi va statsionarda davo-
langan  bemorning  kasallik  varaqasidan  bir  nusxasi  viloyat  yoki
respublika DSENMiga yuboriladi.
Òekshiruvlar  natijasi  to‘g‘risida  epidemiolog  telefon  orqali
yuqori  DSENMlarning  epidemiologiya  (yoki  parazitologiya)
bo‘limlariga xabar beradilar.
Kimyoviy  profilaktika  (mavsumiy  va  mavsum  orasidagi)
Mavsumiy kimyoviy profilaktika aniqlangan va mavjud man-
balardan kasallikka nisbatan beriluvchan kishilarga bezgak yuqi-
shining (delagil, tindurin) hamda bezgak bilan zararlangan ki-
shilarda kasallik boshlanishining (tindurin) oldini olish maqsa-
dida chivinlar samarali zararlanishi davrida o‘tkaziladi.
Kimyoviy profilaktika ayrim kishilarda ham o‘tkaziladi, ya’ni
agar ular bezgak o‘chog‘iga yoki epidemiya ommaviy tus olgan
hududga kelgan bo‘lsalar.
Mavsumiy  kimyoviy  profilaktika  O‘zbekistondagi  kasallik
o‘choqlarida delagil yoki tindurin bilan yoshiga qarab, belgilangan
miqdorda  haftasiga  bir  marta  o‘tkaziladi.  Shuningdek,  kasallik


232
o‘chog‘iga  kirib  qolgan  har  qanday  shaxs  ham  kimyoviy  profi-
laktikadan  o‘tishi  shart.  Bezgak  chivinlarini  kamaytirishga  olib
keluvchi mavsumiy kimyoviy profilaktika chivinlar insektitsidlarga
o‘rganib qolgan joylarda kasallik yuqishi yoki kasallik ko‘rsatki-
chini tezlikda kamaytirishi bilan katta ahamiyatga egadir.
Mavsum oralig‘i kimyoviy profilaktikasi uch kunlik bezgak-
ning  so‘nggi  boshlang‘ich  belgilari  paydo  bo‘lishi  oldini  olish
maqsadida yuqish mavsumi tugagandan keyin yoki keyingi epide-
miya mavsumi boshlanishi oldidan 14 kun davomida primaxin
bilan o‘tkaziladi.
Mavsumiy va oraliq kimyoviy profilaktika o‘tkazishni belgi-
lashda epidemiologik vaziyatni, o‘choqning kenglik doirasi va tav-
sifi, bezgak bilan kasallanganlar soni va o‘choqning turi hisobga
olinadi. Kimyoviy profilaktika samarali bo‘lishi uchun u aholini
yuqori  darajada  qamray  olishi,  yaxshi  tashkil  qilingan  bo‘lishi
lozim. Agar katta aholi punktida kasallik hollari ayrim uchastkada
bartaraf etilgan bo‘lsa, kimyoviy profilaktika mikroo‘choq rejasi
bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
Yoinki, o‘choqning (anofelogenli suv havzasi atrofida joylash-
gan bir necha aholi punktlari) har xil uchastkalarida chetdan olib
kirilgan bezgakning aholiga yuqishi va tarqalishi ro‘y bersa, o‘choq-
ning  hamma  aholisiga  kimyoviy  profilaktika  ommaviy  ravishda
o‘tkaziladi. Har bir holatda kimyoviy profilaktika o‘tkazishning hajmi
va muddatini DSENM parazitologi (epidemiologi) belgilab beradi.
Kimyoviy  profilaktika  o‘tkazish  uchun  oilaviy  ro‘yxatlar
tuzilib, unda har bir xonadon a’zosi uchun olinadigan dorining
miqdori va berilishi sanasi qayd etib qo‘yiladi. Bu tadbirni o‘tkazish
oldidan  aholi  o‘rtasida  tushuntirish  ishlari  olib  borilishi  lozim.
Dorilarni esa, faqat tibbiy xodim nazoratida iste’mol qilish tavsiya
etiladi.  Òadbirlar  o‘tkazish  mas’uliyati  shahar,  tuman  kasalxo-
nalarining bosh shifokorlari zimmasiga yuklanadi.
Chivinlarga  qarshi  qo‘llaniladigan  tadbirlar
Asosiy entomologik kuzatishlar. Bezgak ustidan muvaffaqiyatli
nazorat olib borish  uchun entomologik nazorat olib borilayotgan
hududning  Anopheles  chivinlarining  faunasi,  har  bir  chivinlar
turining ekologik va  fenologik xususiyatlari, nazorat ostida bo‘lgan
aholi  turarjoylaridagi  chivinlarning  (imago)  soni  va  har  xil  suv
havzalaridagi chivin qurtlari (lichinkalari) sonini bilish zarur.


233
Entomolog gidrotexnik muhandis bilan birga suv havzalarini
pasportlashtirish  va  mavsum  bo‘yicha  yangi  anofelogenli  suv
havzalari paydo bo‘lishini kuzatishlari lozim, chunki suv  havzalari
bezgak  chivinlarining  ko‘payishi uchun qulay joylardir. Har bir
turdagi chivinlarning epidemiologik ahamiyatiga baho berish uchun
qayerda va qachon chivin ko‘proq ko‘payishini, ayrim turlarning
qulay oziqlanish muhitini, ozig‘ini chuqur o‘rganish lozim. Ento-
molog chivinlarning samarali zararlana olishi mavsumini, kasal-
likning yuqtira olish mavsumini, iqlim sharoitlarini ham hisobga
olgan  holda  ko‘rsatishi  kerak.  Barcha  ko‘rsatilgan  kuzatuvlar
Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tasdiqlagan  hisobot  shakllarida  qayd
etilib,  chivinlarga  qarshi  qo‘llaniladigan  tadbirlarni  rejalashtiri-
layotganda  va o‘tkazilayotganda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Chivinlarga qarshi qo‘llaniladigan tadbirlar: bezgakning  qo‘z-
g‘atuvchilarini  tashimaydigan  chivinlarga  qarshi  dezstansiyalar,
profilaktik dezinfeksiya bo‘limlari olib boradilar; bezgak chivin-
lariga  qarshi  esa,  DSENMlarning  dezinfeksiya  bo‘limlari  va
parazitologiya bo‘limlari olib boradi. Pashshaga qarshi tadbirlarning
(dezinseksiya)  boshlanishi  oldidan  entomolog  (yoki  uning  yor-
damchisi)  dezinstruktorlar  va  dezinfektorlar  bilan  dezinfeksiya
texnikasi va zaharli moddalar bilan ishlaganda qo‘llaniladigan xavf-
sizlik choralari haqida suhbat o‘tkazadi.
Chivinlarga qarshi qo‘llaniladigan tadbirlarning o‘z  vaqtida va
sifatli o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish respublika, viloyat, sha-
har va tuman DSENMlarining entomologlari, parazitologlari va
epidemiologlari  zimmasida  bo‘ladi.  Voyaga  yetgan  chivinlar
(imago)ga  qarshi  kurashning  asosiy  usuli  barcha  turarjoy  va
ma’muriy binolarning ichki qismiga uzoq vaqt ta’sir etuvchi kar-
bofos  kukuni,  malation  yoki  sintetik  piretroidlar  bilan  ishlov
berishdir.
Chivinlarning  qurtlari  (lichinkalari)ga  qarshi  kurashda  esa,
atrof-muhitning pestitsidlar bilan zaharlanib  ketishidan saqlanish
maqsadida kurashning biologik usullari tavsiya etiladi. Baliqchilik
xo‘jaliklaridan boshqa barcha doimiy va vaqtinchalik suv hav-
zalariga, sholiðoyalarga erta bahorda har 1 m
2
. ga 3—5 tadan (ke-
chiktirilgan  hollarda  esa,  10—15  tadan  gambuziya  baliqchalari
qo‘yib yuboriladi) bakterial preparatlarni qo‘llash (baktokulitsid,
baktolarvitsid) tavsiya etiladi. Ishlov berilgandan so‘ng 90—100 %
lichinkalar qirilib ketadi. Yuvinil gormonlar — hasharotlarning
rivojlanishini izdan chiqaruvchi moddalarni qo‘llash kerak.


234
Kurashning jismoniy usullari: yuqori molekulali sintetik kis-
lotalar  va  spirtlar,  neft  mahsulotlari  (dizel  yoqilg‘isi,  benzin,
kerosin). Xo‘jalik maqsadlarida foydalanilmaydigan suv havzala-
rini  neft  mahsulotlari  bilan  ishlov  berish  bahorda,  lichinkalar
endi  paydo  bo‘la    boshlagan  paytdanoq  boshlanadi  va  bezgak
tarqalishi  mumkin  bo‘lgan  butun  mavsum  bo‘yicha  (entomolog
ko‘rsatmasiga asoslanib) davom ettiriladi.
Sanitariya-gidrotexnik tadbirlari: bu tadbirlar majmuyiga suv
havzalarini quritish, ko‘mib yuborish, suv manbalari va sug‘orish
tarmoqlarining  sanitariya  holatini  nazorat  qilish,  sug‘orish  tar-
moqlari  va  kollektor  drenajlarini  o‘simliklardan  tozalash  ishlari
tashkilotlar  rahbarlari  zimmasiga  yuklatiladi.  Chivinlar  hujumi-
dan himoyalanish usullaridan (derazalarga to‘r tutish, pashshaxona
kabi) va cho‘chituvchi moddalar (DEÒA, reftamid, diftalat, ok-
saftal va hokazo)dan foydalanish tavsiya etiladi.
Aholi o‘rtasida sanitariya maorifi ishlarini olib borish
Bezgakka  nisbatan  aholi  o‘rtasida,  ayniqsa,  bezgakli  hu-
dudlarda sanitariya maorifi ishlari barcha tibbiy xodimlar tomoni-
dan  olib  borilishi  lozim.  Bu  infeksiya    manbayini  o‘z  vaqtida
aniqlashga  va  epidemiyaga  qarshi  tadbirlarni  muvaffaqiyatli
o‘tkazishga  yordam beradi. Radio va televideniyeda eshittirishlar,
gazetada maqolalar, ma’ruzalardan foydalanishdan tashqari, aholi
bilan poliklinika, ambulatoriyadagi qabullar, hovlilarni tekshiruv
paytida  bezgakka  qarshi  profilaktika  choralari  va  kasallik  belgilari
sezilishi  bilan  shifokorga  murojaat  etish  haqida  suhbatlar  olib
borish  zarur.
Aholi o‘rtasida bezgak va  unga  qarshi profilaktik choralar bo-
rasida  so‘rovlar o‘tkazish tibbiy xodimlarning shu aholi punktida
epidemiologik nazorat va sanitariya maorifi ishlarini qay darajada
jonli, tushunarli hamda sifatli olib borganligini oydinlashtiradi.
1.  Muzey  preparatlarini  ko‘zdan  kechirish.  Surtmalar  mikroskop  ostida
ko‘zdan kechiriladi (obyektiv x90, okular x7, kondensor ko‘tarilgan, ko‘zgusi
yassi).  Odam  bezgagi  qo‘zg‘atuvchilarining  qiyosiy  morfologiyasi  bilan  ta-
nishish  (13-jadval).
!
MUSTAQIL ISH


235
13-jadval
h
s
i
n
a
lj
o
v
i
R
i
h
c
i
q
s
o
b
i
h
c
v
u
t
a
‘
g
z
‘
o
Q
k
a
g
z
e
b
k
il
n
u
k
3
k
a
g
z
e
b
k
il
n
u
k
4
k
a
g
z
e
b
k
i
p
o
r
T
r
a
l
a
q
l
a
H
n
a
g
t
e
y
a
g
a
y
o
V
r
a
lt
n
o
z
i
h
s
r
a
lt
y
o
z
o
r
e
M
r
a
lt
i
s
t
o
t
e
m
a
G
,
a
d
l
k
a
h
s
i
r
‘
g
‘
o
T
-
a
q
g
n
i
n
ti
s
t
o
r
ti
r
e
-
t
e
m
a
i
d
5
,
0
b
y
i
r
a
d
i
r
,
n
o
m
i
s
a
b
o
y
m
A
it
n
e
m
g
i
p
,
k
i
r
i
y
-
m
i
s
q
a
t
s
i
k
e
t
o
n
n
a
g
n
a
l
8
1
–
4
1
a
d
ti
s
t
o
r
ti
r
E
,
r
o
b
t
y
o
z
o
r
e
m
a
t
n
a
g
h
s
a
l
y
o
j
b
it
r
a
t
e
b
.
k
i
r
i
y
,
q
o
l
a
m
u
Y
–
ti
s
t
o
t
e
m
a
g
o
r
k
i
M
o
r
d
a
y
k
a
v
o
‘
g
a
tt
a
k
-
a
m
z
a
l
p
o
t
o
r
p
a
v
q
o
r
k
i
h
c
i
k
g
n
i
n
i
h
s
i
d
r
a
g
–
ti
s
t
o
t
e
m
a
g
o
r
k
a
M
h
c
i
z
,
q
o
r
k
i
h
c
i
k
t
n
e
m
g
i
p
,
o
r
d
a
y
.
n
a
g
li
y
o
y
s
i
k
e
t
r
i
b
r
P
i
n
it
is
a
m
z
a
l
p
o
t
o
q
k
a
g
z
e
b
k
il
n
u
k
3
i
k
i
n
is
i
h
c
v
u
t
a
‘
g
z
‘
o
q
q
o
l
a
m
u
y
i
r
a
g
n
i
s
n
o
m
i
s
a
t
n
e
l
i
k
o
y
t
k
a
p
m
o
k
r
o
d
a
n
o
d
it
n
e
m
g
i
P
8
1
–
4
1
a
d
ti
s
t
o
r
ti
r
E
,
r
o
b
t
y
o
z
o
r
e
m
a
t
-
i
n
i
r
‘
o
k
l
u
g
r
o
t
s
a
d
n
a
g
h
s
a
l
y
o
j
a
d
i
h
s
k
a
g
z
e
b
k
il
n
u
k
3
-
i
h
c
v
u
t
a
‘
g
z
‘
o
q
,i
r
a
g
n
i
s
i
g
a
d
i
s
i
m
a
h
c

o
q
o
r
i
b
q
o
r
k
i
h
c
i
k
-
ti
r
e
,
a
d
y
a
m
a
d
u
J
-
a
i
d
2
,
0
g
n
i
n
ti
s
t
o
r
q
o
l
a
m
u
y
a
d
i
r
t
e
m
-
r
a
p
a
tt
i
b
t
n
e
m
g
i
p
a
d
i
h
s
i
n
i
r
‘
o
k
a
h
c
8
1
–
4
1
a
d
ti
s
t
o
r
ti
r
E
-
o
r
e
m
a
d
y
a
m
a
t
b
it
r
a
t
e
b
,
r
o
b
t
y
o
z
n
a
g
h
s
a
l
y
o
j
n
o
m
i
s
y
o
m
i
r
a
Y
ti
s
t
o
t
e
m
a
g
o
r
k
i
M
-
a
h
s
f
a
n
i
b
-
it
h
s
u
p
it
n
e
m
g
i
p
,
g
n
a
r
n
a
g
li
y
o
y
ti
s
t
o
t
e
m
a
g
o
r
k
a
M
,
o
m
a
n
g
n
a
r
l
u
k
-
a
k
r
a
m
t
n
e
m
g
i
p
n
a
g
h
s
a
l
y
o
j
a
d
i
z
2. Yo‘g‘on tomchilar va surtmalar tayyorlash va ularni Romanovskiy usulida
bo‘yash.
O‘quvchilar  bir-birlaridan  qon  oladilar,  surtmalar  va    yo‘g‘on  tomchilar
tayyorlashadi. Qon olishdan avval qon olinadigan qo‘lni yuvish va artish lozim.
Qon  olinadigan  barmoq  bo‘g‘imini  (chap  qo‘lning  nomsiz  barmog‘i)  spirt
bilan artiladi va paxta bilan quritiladi. Òirnoq bo‘g‘imining kaft yuzasidagi terini
uning  chetiga  yaqin  joyidan  steril  nayzasimon  igna  bilan  teshiladi. Igna
sanchilgandan so‘ng chiqqan qon tomchisiga buyum oyna qo‘yiladi. Qoplagich
oyna (yoki cheti silliqlangan buyum oyna bilan) surtma qilinadi. Surtma qilina-
digan shisha surtma qilinayotgan shishaga taxminan 45° burchak ostida og‘dirib
turilishi kerak. Agar yo‘g‘on tomchi tayyorlanadigan bo‘lsa, buyum oynasidagi
qon tomchisi igna bilan surkaladi.
Surtmalarni metil spirtda (3 minut) yoki mutlaq efir spirtda yoki spirt bilan
efirning teng ulushlari aralashmasida (20—30 minut) fiksatsiya qilish lozim. Surtma
fiksatordan olingandan so‘ng quritiladi va bo‘yaladi. Bo‘yash uchun sotuvda bo‘lgan
Romanovsriy-Gimza bo‘yog‘idan foydalaniladi, u 1 ml distillangan suvga ikki tomchi
bo‘yoq  hisobida  suyultiriladi.  Bo‘yash  muddati  20—30  minut.  Yo‘g‘on  tomgan
Romanovskiy bo‘yog‘ini 30—45 minutga qo‘yiladi. Bo‘yalgan tomchini ichimlik
suvida ehtiyotlik bilan chayiladi (kuchli suv oqimi tomchini yuvib ketishi mumkin).


236
1. Plazmodiyning qanday turlari odamda bezgak qo‘zg‘atadi?
2. Odam organizmida bezgak qo‘zg‘atuvchisining rivojlanish sikli qanday?
3. Chivin organizmida bezgak qo‘zg‘atuvchisining rivojlanish  sikli, uning
davomiyligi qanday va u nima bilan belgilanadi?
4. Qaysi mamlakatlarda bezgak ko‘p uchraydi?
5. Infeksiya manbayi xususida qanday tadbirlar olib boriladi?
6. Bezgakda uning qaytalanishiga qarshi davoning epidemiologik ahamiyati
qanday va u qanday preparatlar bilan olib boriladi?
7. Bezgak bilan kasallangan shaxslarni dispanserlash qanday tashkil qilinadi?
8. Bezgak tashuvchi chivinga qarshi kurashda u ko‘payadigan joylarda qan-
day  tadbirlar  olib  boriladi?
4.3. B, C, D virusli gepatit
Virusli  gepatit  kasalliklari  O‘zbekiston  Sog‘liqni  saqlash  va-
zirligining  eng  muhim  muammolaridan  biridir.  Hozirgi  kunda
O‘zbekistonda  virusli gepatit kasalligining A, B, C, D, E tiðlari faol
holda aylanib turishi kuzatilgan. Lekin bu holat barcha viloyat-
larda bir xil aniqlanmagan. Gepatit turlaridan C, D, E kam aniq-
lanadi. A, B, C gepatitlar keng tarqalgan kasallik hisoblanadi.
B va C virusli gepatit — parenteral gepatit, B virusli gepatit  esa,
koinfeksiya  yoki  mikst  gepatitlar  deb  ataladi.  Parenteral  gepa-
titlar — viruslarni parenteral, ya’ni qon orqali organizmga tushishi,
kasallikning og‘ir shakllarda o‘tishi, hattoki, o‘lim holatiga olib ke-
lishi va surunkali gepatitni keltirib chiqarishi bilan xarakterlanadi.
Mikst gepatitlar — bu bir vaqtda bir necha gepatron viruslar
bilan zaharlanishga yoki organizmga oldindan mavjud bo‘lgan vi-
rusga  qo‘shimcha  virusning  aralashuvi  (kasallikning  uzoq  vaqt
cho‘zilib  ketayotganligi)  bilan  xarakterlanadi.
B,C virusli gepatit  antroponoz yuqumli kasallik bo‘lib, kasallik
chaqiruvchisi  o‘zida  DNK  saqlovchi  diametri  42  nm  keladigan
virusdir.  Uning  qobig‘i  nukleokansid  bilan  o‘ralgan.  Qobig‘ida
HbsAg antigen, nuklekopsida HbsAg va HbsAg antigenlar mag‘zi
joylashgan.
Odamda gepatitning B  virusi va shunga o‘xshash 3 ta virus
aniqlangan:
• o‘rmon sug‘urlarida;
• yerda yuradigan olmaxonlarda;
• Pekin g‘ozlarida (Anos demosticus).
?
NAZORAT SAVOLLARI


237
Bularning hammasi tarkibida DNK saqlovchi yangi gepatit
viruslari hisoblanadi. Gepatit B virusini o‘rganish natijasida
B. Blumberg (1964) mahalliy avstraliyaliklar qonida yangi antigen
kashf etdi. Bu antigen «Avstraliya antigeni» HbsAg deb ataladi.
1968-yilda zardobli gepatit B virusini batafsil o‘rganib, «avstra-
liyalik antigeni» gepatit B virusining sirtqi qatlami ekanligini aniq-
ladi. HbsAg bir necha bo‘lakchalardan tashkil topgan bo‘lib, «a»
guruhi ikkita subderminant «d» yoki «u», «w» yoki «r» dan iborat.
Shunday qilib, HbsAg tarkibida  4 fenotið mavjud: adw, auw,
adr,  aur.  Fenotiðlarning  taqsimlanishi  hududlar  bilan  bog‘liq
bo‘lgani tufayli ulardan epidemiolog marker sifatida foydalanishi
mumkin.  Gepatit  B  virusining  markerlarini  (antigen  HbsAg  va
antitelalarni  —  anti  NV)  odamlarda,  maymunlarda  va  ayrim
yovvoyi qushlarda DNK polimeraza reaksiyasi yordamida aniq-
langan. Antigenlar morfologik jihatdan uch tiðga  bo‘linadi.
Agar  surunkali  gepatitda  HbsAg  aniqlanmasa,  lekin  u  hu-
jayralarda antigenga nisbatan (leykotsitlarda) immunitet aniqlansa,
bu bemorning gepatit bilan oldinroq kasallanganidan darak beradi.
Shu  uch  xil  antigenlarga  qarshi  ishlab  chiqarilgan  antitelalar
quyidagicha ifodalanadi: (anti Hbs, anti NVe).
B virusli gepatit tashqi muhitga ancha chidamli hisoblanadi.
Virus  qizdirilganda  37°C  da  bir  necha  soatda  o‘z  qobiliyatini
yo‘qotadi, 60°C da 5—6 soat , 100°C da esa, 8 — 9 daqiqada yo‘q
bo‘ladi. 1 % li xlor eritmasi va 1 % li formaldegidda 1 soatda yo‘q
bo‘ladi.
Epidemik  jarayonning  rivojlanish  mexanizmi.  Virusning  bio-
logik  tuzilishi  aniq  emasligi  sababli  uning  xossalari  ham  to‘liq
o‘rganilmagan. Aholining qo‘zg‘atuvchini yuqtirish darajasi ham
har  xil.  Retsepiyentga  pozitiv  qon  —  HbsAg  quyilganda  post-
transfuzion gepatit 20 % kishilarda uchraydi. Anti NVni aniqlab,
aholining immuniteti haqida fikr yuritish mumkin, chunki bular
himoya  funksiyasini  bajaradi.  O‘tkazilgan  infeksiyalardan  keyin
mustahkam immunitet qoladi.
B  virusli  gepatitning  o‘sish  dinamikasi  qo‘zg‘atuvchining
aholi  o‘rtasida  aylanish  qonuniyatlarini  ifodalaydi.  Immunli
shaxslarning minimal soni bolalar o‘rtasida, maksimal soni esa,
40—50  yoshdan  kattalarda  kuzatiladi.  B  virusli  gepatitning  ay-
lanish  tezligi  mintaqalar  (Afrika,  Yaponiya,  Janubiy-Sharqiy
Osiyo  mamlakatlari)  bo‘yicha  9  yilda  30—40  %,  40  yilda  esa
60—80 % aholida anti HbsAg borligi aniqlandi.


238
Manifest va belgisiz shakllari o‘rtasidagi nisbat 1:100—1:200
ni tashkil etadi. O‘tkir manifest shakllarini o‘tkazgan 10 % odam-
larda  surunkali  infeksiya  rivojlanishi  mumkin.  Qator  shaxslarda
surunkali infeksiya belgisiz o‘tadi, shuning uchun 25—30 % be-
morlar  anamnezida  infeksiyaning  o‘tkir  shakli  kuzatilmaydi.
Surunkali shaklga o‘tish ko‘pincha bolalarda, erkaklarda va im-
munitet  tanqisligi  bo‘lganlarda  kuzatiladi.  Surunkali  belgisiz
infeksiyada ko‘pincha tashuvchanlik kuzatiladi. HbsAgni tashuv-
chilar soni hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha 280 mln.dan ortiq. Aholi
bilan  B  virusli  gepatit  populatsiyalarining  o‘zaro  turlicha  ta’sir-
chanligi, 40 kundan 189 kungacha cho‘ziladigan yashirin davrda
namoyon  bo‘ladi.  4—12  haftadan  keyin  bemor  qonida  HbsAg
paydo bo‘ladi. Mana shu vaqtda bemor virus manbayi bo‘lib qoladi.
Antigenemiya  ikki  hafta  bilan  chegaralanishi  mumkin.  Ba’zan
rekonvalessensiya davrigacha saqlanishi mumkin. Bemorlar
2—3 oy davomida virus manbayi bo‘lishi mumkin.
Sun’iy va tabiiy o‘tkazish yo‘llari. Virus odamdan odamga tabiiy
mexanizmlar  va  sun’iy-tabiiy  muolajalardan  keyin  yuqadi.
Qo‘zg‘atuvchi biologik tur sifatida tabiiy yo‘l bilan saqlanadi.
Sun’iy yo‘l esa, yordamchi ahamiyatga ega. Kasallik yuzaga chi-
qishi uchun o‘zida 10—3—10—7 ml.ga teng bo‘lgan virus saqlovchi
qon yetarlidir. Bunday holat qondan yetarli darajada tozalanma-
gan,  sterillanmagan  asboblar  va  apparatlardan  vujudga  keladi.
Òibbiy muassasalardan tashqarida bunday holatni giyohvandlarda
kuzatish mumkin. Virus og‘iz orqali, aerozol, kontakt, vertikal,
transmissiv  yo‘llar  bilan  kiradi.  Òo‘g‘ri  kontakt  yuqish  varianti
jinsiy yo‘l hisoblanadi. B virusli gepatitning jinsiy yo‘l bilan yuqishi
qo‘zg‘atuvchining erkaklar spermasi va ayollar hayz qonida topi-
lishidan isbotlangan.
Qo‘zg‘atuvchi vertikal yo‘l bilan ikki holatda o‘tishi mumkin,
homilador ayol o‘tkir B virusli gepatitni o‘tkazgan yoki shu ayol
surunkali  virus  tashuvchi  bo‘lsa,  homila  yo‘ldoshining  shikast-
lanishi natijasida virus yuqishi orta boradi. Homilaga infeksiya-
ning  yuqishi,  tug‘uruq  vaqtida  mayda  jarohatlar  bo‘lganda  ku-
zatilishi  mumkin.  HbsAgning  chivinlar  28  turida,  kanalar  va
boshqa  qon  so‘ruvchilar  organizmida  topilishi  transmissiv  o‘t-
kazish mexanizmidan dalolat beradi.
Epidemik jarayonning ko‘rinishi. Epidemik jarayonning tashqi
ko‘rinishi  hududlararo  teng  taqsimlanmaganligi  bilan  xarak-
terlanadi:  kasallikning  mavsumiy  o‘zgarib  turishi,  aholining


239
turli yoshdagi va ijtimoiy kasbiga qarab har xil shikastlanishi,
epidemik jarayonning yuqori, o‘rta va past jadallik bo‘yicha re-
gionlarini farq qilish mumkin. B virusli gepatit mavsumiy xa-
rakterga ega bo‘lib, bahor va kuzda kasallikning qo‘zg‘alishi ku-
zatiladi.
Bahorgi  ko‘tarilish  manifest  va  belgisiz,  surunkali  o‘tadigan
infeksion  jarayonlarning  faollanishi  bilan  boradi. Sun’iy  yuqish
manbalariga qon va qon preparatlari kiradi. Bu, asosan, qon va
boshqa  suyuq  muhitlar  bilan  ishlaydigan  kishilarda  uchraydi.
Modomiki, B virusli gepatitda o‘tkir va surunkali manifest kechish
va  virus  tashuvchanlik  kuzatilar  ekan,  epidemik  jarayonlarda
infeksiyalarning hamma ko‘rinishlarini hisobga olish lozim. Epi-
demik  jarayon  ko‘rinishi,  umumiy  tarqalishining  hududlar  bo‘-
yicha notekis taqsimlanishi bilan xarakterlanadi.
Kasallanishning  umumiy  o‘zgarib  turishi  hisobiga  shikast-
lanishning  har  xil  yoshdagi  ijtimoiy  kasbga  bog‘liq  aholi  gu-
ruhlarida  bir  xil  emasligi,  surunkali  infeksiya  bo‘lgan  shaxslar
atrofida o‘choqlarning ifodalanganligi, tibbiy muassasalarda yuqishi
kuzatiladi. Intensivlik epidemik jarayonni juda keng chegarada
o‘zgartiradi, bundan kasallanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha alohida
HbsAg  va  antitelalarni  aniqlash  ko‘rsatkichlari  to‘g‘risida  fikr
yuritish  mumkin.
Bir viloyat chegarasida aholining turlicha chegaralanishi ku-
zatiladi.  Masalan,  HbsAg  tashuvchanlik    ko‘rsatkichi  —  Buxo-
roda 2,7 %, Qashqadaryo viloyatida 17,8 % gacha bo‘ladi.
Epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar.  Virusli  gepatitning  ol-
dini olish tadbirlariga uning sun’iy va tabiiy yo‘llar bilan o‘tishini
yo‘qotish  kiradi.  Òabiiy  o‘tishini  yo‘qotish  sanitariya-gigiyena
tadbirlari  bilan  belgilanadi:  hamma  narsalar  (tish  cho‘tkasi,
sochiq)  alohida  bo‘lishi  va  saqlanishi  lozim.  Shaxsiy  gigiyena
qoidalarini bajarish, sanoatda va ishlab chiqarishda jarohatlanish-
ning  oldini  olish,  qon  so‘ruvchi  parazitlarga  qarshi  kurashish,
bundan tashqari, jinsiy buzilishlarga qarshi kurashish ham katta
ahamiyatga ega.
Sun’iy  yo‘llarni  uzish  maqsadida  hamma  donorlar  HbsAg
tashuvchiligiga ma’lum qoidalar asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
1 ml qon zardobida 25 —35 mg HbsAgni aniqlay oladigan sezgirligi
yuqori  RNGA  va  immunoferment  usullar  qo‘llaniladi.  Yuza
antigeni  topilgan  qon  yaroqsiz  hisoblanadi,  tekshiriluvchi  esa,
donorlikdan chetlatiladi. Òo‘g‘ridan to‘g‘ri qon quyishlarni che-


240
garalash, ularni zarur bo‘lganda qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar
bilan almashtirish tavsiya qilinadi. B virusli gepatitning oldini olish
uchun  autogemotransfuziya,  ya’ni  bemorning  ma’lum  usulda
tayyorlangan o‘z qonini yuborishdan ham foydalaniladi.
Qon quyish uchun bir sistemalar ishlatiladi. Har bir davolash-
profilaktika muassasasida qon va uning komponentlarini ishlatish
to‘g‘risida  hisob-kitob  bo‘lishi  shart.  Òibbiy  asbob-uskunalarni,
buyumlarni qondan va boshqa biologik suyuqliklardan tozalash,
ularni sterilizatsiya qilish g‘oyat muhimdir.
So‘nggi  yillarda  B  virusli  gepatitning  maxsus  profilaktikasini
ishlab chiqishda bir qancha muvaffaqiyatlarga erishildi. Immuno-
globulinning titrlangan seriyalari va vaksinalari ishlab chiqarildi.
Asosiy vaksina yuqori darajada tozalangan HbsAg bo‘lib, antitela
bu antigenga protektiv xususiyatlarini namoyon qiladi. HbsAg do-
nor  virus  tashuvchilar  plazmasidan  yoki  gen  injeneriyasi  usuli
yordamida HbsAg mahsulotlarini ishlatib olinadi. Xorijiy firma-
lardan  bir  qancha  preparatlar  chiqarilmoqda.  Ko‘proq  ma’lum
bo‘lgan  Amerika  vaksinasi  (Merk,  Sharp)  va  fransuz  vaksinasi
(Parijdagi  Paster  instituti)dir.  Bu  vaksinalar  10  mln  odamga
yuborilgan.  Vaksina  uch  marta  yuboriladi,  bolalar  uchun  bir
donasi  5 mg, kattalar uchun teri ostiga yoki mushaklarga 1 oy
ichida yuboriladi. Anti AV himoya titrida 5 yilgacha saqlanadi.
Vaksinaning samaradorligi 95—100 % ni tashkil qiladi.
Epidemiologik nazorat. Hozirgi vaqtda epidemiologik nazorat-
ning maqsadi kasallikka moyil guruhlarni ogohlantirish, jami ka-
sallik  ko‘rsatkichlarini  pasaytirishdan  iborat.  Retrospektiv  epi-
demiologik tahlil o‘tkazilganda «zardobli» gepatit deb tashxis qo‘yil-
gan  barcha  bemorlar  hisobga  olinadi.  Òashxis  asosini  HbsAg
tashuvchi o‘tkir va surunkali virusli gepatit bilan kasallangan be-
morlar  tashkil  etadi.  Òashxis  xulosalaridan  rejalashtirishda  foy-
dalaniladi.  Bu  rejalar  davolash-profilaktika,  umumiy  sog‘lom-
lashtirish, epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Qon va boshqa biologik suyuqliklardan ifloslanishi mumkin bo‘l-
gan, tarkibida virus saqlovchi barcha buyum va narsalar zararsiz-
lantiriladi. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar tibbiy kuza-
tuvdan va laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi va hisobga olinadi.
Qo‘zg‘atuvchisi paranteral yo‘l bilan o‘tadigan virusli (A ham
emas, B ham emas) yoki C gepatiti. Infeksiya haqidagi dastlabki
ma’lumotlar  1970-yillarning  o‘rtalarida  bayon  etilgan.  Mazkur
infeksiya  viruslarining  oz  miqdordagi  antigenlari  va  ularga  mos


241
antitelalarini topish usullari ishlab chiqarilgandan keyin aniqlash
mumkin bo‘ldi. C gepatit antigenlari va C gepatit antitelalari aniq-
langandagina tashxis qo‘yiladi. C gepatit antroponoz infeksiyalarga
kiradi. Kasallikning inkubatsion davri 40—140 kunga cho‘zilishi
bilan ifodalanadi, ba’zan esa, 60—70 kunni tashkil qiladi, bu
B gepatitning inkubatsion davridan kamroq.
Xo‘jayin  organizmi  va  virus  populatsiyalarning  geterogenligi
har xil klinik kechishidan dalolat beradi. Belgisiz, o‘tkir manifest,
sariq, sariqsiz shakllarda bo‘lishi mumkin.
Infeksiyaning  ahamiyatli  tomoni  juda  tez  (25  %  dan  60  %
gacha)  surunkali  kechishga  o‘tishidir.  Epidemik  jarayonning  ri-
vojlanish mexanizmiga ko‘ra, B gepatitga yaqin. Ko‘pincha ka-
sallik yuqishi qon quyish bilan bog‘liq. Yuqishi uchun 6—10 ml
qon yetarli. Onadan bolaga tik yo‘l bilan yuqishi mumkin. Ayrim
tekshiruvlarga asoslanib (A ham emas, B ham emas) C gepatit-
ning  tarqalishi  to‘g‘risida  fikr  yuritish  mumkin.  Qaysi  mamla-
katda shunday tekshirish o‘tkazilgan bo‘lsa, hammasida kasallik
5 % gacha aniqlangan.
Sezuvchan testlar yordamida kasallikning umumiy soni retsi-
ðiyentlar orasida qisqardi. Epidemik jarayonning ko‘rinishlari haqida
ma’lumotlar kam bo‘lib, ular B gepatitga o‘xshash (xavfli guruhlar
va xavfli omillar haqida ma’lumotlar bundan mustasno emas).
Parenteral  yuqish  mexanizmli  (A  ham  emas,  B  ham  emas)
gepatitning oldini olish uchun B gepatitdagi kabi tadbirlar qo‘laniladi.
Parenteral  yuqish  mexanizmli  (A  ham  emas,  B  ham  emas)
yoki  C  gepatitning  markerlarini  aniqlashga  imkon  beradigan
laboratoriya usullarining yo‘qligi sababli donorlarni tanlash, ular
qonida alaninaminotransferaza faolligini aniqlash yo‘li bilan olib
boriladi.  Bu  tadbir  transfuzion  gepatit  bilan  og‘rigan  bemorlar
sonini 30 % ga qisqartirishga imkon berdi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbayi B virusli gepatit bilan ka-
sallangan  (har  qanday  shakli)  bemorlar  hisoblanadi.
Kasallikning yashirin davri ikki oydan olti oygacha davom
etadi. Qonda kasallik chaqiruvchi belgilari paydo bo‘lishidan
ancha ilgari mavjud bo‘ladi. HbsAgni ko‘p holatlarda kasallikning
yashirin davrida qondagi biokimyoviy siljishlardan aniqlab olsa
bo‘ladi. Bu epidemiologik nuqtayi nazardan juda muhim. Bemor
erta  shifoxonaga yotqiziladi.
B,  C  va  D  virusli  gepatit  uchun  viruslarni  o‘tkazish  yo‘llari
turlicha bo‘ladi:


242
• parenteral (qon quyganda, tibbiy muolajalarda);
• jinsiy;
• ijtimoiy-kontakt.
Virusni so‘lakda, siydikda o‘t suyuqligida va boshqa ajratmalarda
kuzatish mumkin. Viruslar tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan tarqaladi.
4.4. OITS (ÂÈ× infeksiyasi)
OIV  kasalligi  epidåmiologik  nuqtayi  nazardan  o‘ta  xavfli
yuqumli kasalliklar toifasiga kiradi. Kasallikning manbayi båmor
va  odam  immunitåti  tanqisligi  virusini  tashib  yuruvchi  shaxslar
hisoblanadi. Shuning uchun ham kasallik antroponoz kasallikdir.
Epidåmiologik jihatdan virus tashib yuruvchilar båmorlarga nis-
batan  xavfliroqdir.  Chunki  ular  kasallikning  bu  davrida  håch
qanday kasallik alomatlarini såzmaydilar, hatto o‘zini OITS vi-
rusi  bilan  zararlanganligini  ham  bilishmaydi.  Ular  kasallikning
yashirin davrida (3—6 oydan 10 va undan ko‘proq yillar) boshqa
shaxslarga kasallik virusini turli yo‘llar bilan yuqtirishi mumkin.
Ushbu davrning dastlabki haftalaridayoq virus qonda, erkak ma-
niysida (urug‘ suyuqligida), qin ajratmalarida juda ko‘p konsån-
tratsiyada,  ozroq  konsåntratsiyada  so‘lakda,  ona  sutida,  ko‘z
yoshida, orqa miya suyuqligida bo‘lishi kuzatiladi va tashqi mu-
hitga ajralib turadi. Virus qonda va urug‘ suyuqligida båmorning
butun hayoti davomida saqlanadi. Dåmak, xastalikka chalinganlar
umrining oxirigacha kasallik manbayi bo‘lib qoladilar.
Kasallikning  yuqish  yo‘llari
OITS virusining uch xil yo‘l bilan yuqishi aniqlangan. Jinsiy
aloqa  yo‘li  orqali:  bunga  gåtårosåksual,  bisåksual,  gomosåksual
yuqish  yo‘llari  kiradi.  Paråntåral  yo‘l  orqali,  ya’ni  virus  bilan
zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganda, noståril shprislar
va  tibbiy  asbob-uskunalardan  foydalanilganda,  tåri  butunligi
buzilishi bilan kåchadigan barcha muolajalarda yuqishi mumkin.
Vårtikal  yo‘l  orqali,  ya’ni  OITS  virusini  tashuvchi  bo‘lgan
onadan homilaga yoki chaqaloqqa tug‘uruq jarayonida va tug‘il-
gandan so‘ng ona suti orqali yuqishi mumkin.
Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishi. OITS yangi aniqlan-
gan kasallik. Keyingi 8—9 yilda rivojlanishi pandemiya tusini
olgan bu kasallik ko‘p odamni nobud qildi. JSST ma’lumotlariga


243
ko‘ra,  2008-yilga  kelib  dunyoda  OITS  bilan  kasallanishning
33,2  million  hodisasi  rasmiy  ravishda  qayd  etilib,  kasallikning
tobora  o‘sishga  moyilligi  kuzatilmoqda.  Shundan  Shimoliy
Amårikada 54000—1600000 gacha, G‘arbiy Yåvropada 48000—
760000 gacha, Sharqiy Yåvropa va Osiyoda 920000—1500000
gacha, Karib havzasida 270000—780000 gacha, Shimoliy Afrika
va  Tinch  okåani  mintaqasida  560000—1800000  gacha,  Lotin
Amårikasida 1300000—2200000 gacha, Shimoliy Afrika va Yaqin
Sharqda 230000—1500000 gacha, Sahroyi Kabirdan Janubiy Af-
rikagacha  —  23800000—28400000  gacha,  Avstraliya  va  Yangi
Zålandiyada 25000—48000 gacha ro‘yxatga olingan. Shu jumladan,
O‘zbåkistonda 12816, Qozog‘istonda 11709, Qirg‘izistonda 1890,
Tojikistonda  1422  nafar  OITS  bilan  kasallangan  båmorlar  bor.
OITS mustaqil nozoologik kasallik shakli sifatida ro‘yxatga olin-
gandan buyon epidemik jarayonlarining faollashuvi va o‘sishi ku-
zatilmoqda (jumladan, OITS virusining sirkulatsiyasi — aylanish
muhitiga kiruvchi davlatlar soni yer yuzida tobora ortib bormoqda).
OITSning yashirin davri uzoq muddatli bo‘lishi, klinik belgi-
larining  juda  kech  namoyon  bo‘lishi  sababli,  kasallikning  mav-
sumiyligi  aniq  chegaralanmagan.  Yangidan  yangi  kasallanish
hodisalari, asosan, yilning ikkinchi yarmida ko‘proq qayd etiladi.
OITSning turli yoshdagi aholi guruhlari orasida uchrashi bir xil
emas  (yosh  bolalar  kamroq).
Kasallikning  dunyo  hududlari  bo‘yicha  tarqalishining  o‘ziga
xos xususiyatlari, jins va yosh bo‘yicha taqsimlanish, infeksiyaning
tarqalishi jadalligi va aholi orasida kasallikka ko‘proq chalinishga
«moyil»  guruhlar borligidan dalolat beradi.
Dastlabki kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, OIÒS bilan, aso-
san,  gomoseksualist  erkaklar,  giyohvandlar,  fohishalar,  bisek-
sualistlar (erkak va ayollar bilan jinsiy aloqada bo‘ladigan odamlar)
xastalanadi.
Epidemiyaga  qarshi  tadbirlar  va  epidemiologik  nazorat.  OIÒS
kasalligining  oldini  olish  va  unga  qarshi  kurashda  nazorat  olib
borilishi hozirgi vaqtda dunyoning deyarli barcha mamlakatla-
rida joriy qilinmoqda. Bu nazorat faoliyati JSSÒ tomonidan mu-
vofiqlashtiriladi. Nazorat moyillik guruhiga kiruvchi shaxslarni
aniqlash, ularni klinik va laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazishni
nazarda  tutadi.  Mamlakatimizda  OIÒS  tarqalgan  davlatlardan
keluvchi shaxslarni majburiy tekshiruvdan o‘tkazishni joriy etuvchi
tadbirlar  majmuyi  ishlab  chiqilgan.  Kasalning  biron  belgisi  to-


244
pilgan shaxslarda oq qon tomonidan o‘zgarishlar kuzatilsa (Ò
4
 lim-
fotsitlar va Ò
4
—Ò
8
 limfotsitlar orasidagi munosabatlar kamaysa),
odamlar qonida OIÒSga qarshi antitelalar topilsa, bundaylar dar-
hol ajratilib davolanadi.
OIÒSning  oldini  olishda  muhim  tadbirlardan  yana  biri  (te-
leko‘rsatuvlar, radio va boshqalar orqali) sanitariya maorifi ishla-
rini olib borishdir. Bunday tashviqot ishlari giyohvandlarga qarshi
kurashishda  jinsiy  aloqalarni  tartibga  solishni  targ‘ibot  qilishga
bag‘ishlangan bo‘lishi kerak. Mamlakatimizda OIÒSni tarqatganlik
uchun jinoiy javobgarlik haqida qonun qabul qilingan.
Hozirgi vaqtda donorlar ustidan nazorat qilish majmuyi ham
yangidan ishlab chiqilmoqda. Keyingi yillarda virusli gepatit-
ning oldini olishda samarali hisoblangan va keng qo‘llaniladigan
ko‘ngilli donorlik OIÒSning tarqalish ehtimoli tufayli xavfli hi-
soblanadi.
OIÒS bilan kasallanishdan saqlanish uchun tibbiyot xodimlari
ehtiyotkorlik  tadbirlarini  olib  borishlari  shart.  Òajribalar  shuni
ko‘rsatadiki,  tibbiyot  muassasalarida  olib  boriladigan  dezinfek-
siya,  sterilizatsiya  va  boshqa  zararsizlantirish  tadbirlari  tibbiyot
xodimlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi (shu bilan birga
qo‘shimcha himoya vositalaridan foydalanish — laboratoriya tek-
shiruvi uchun qon olishda ginekologlar, stomatologlar, oftalmo-
loglar uchun maxsus qo‘lqoplar tavsiya etiladi).
OIÒS bilan kasallanish ko‘proq qayd etiladigan mintaqalarda
emlash tadbirlari, ayniqsa, ota-onalari «moyil» guruhlarga kiruvchi
tirik emdorilar (ÁÖÆ va boshq.) bilan emlash man etiladi, chunki
ular  og‘ir  kasalliklar  keltirib  chiqarishi  mumkin.  OIÒS  keng
tarqalgan dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida JSSÒ faqat
qizamiqqa va poliomiyelitga qarshi emlashni tavsiya etadi.
Kasallik  yoki  tashuvchanlik  hodisalari  aniqlangan  taqdirda
respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga zudlik bilan xabar qilinadi.
Òashuvchi yiliga ikki marta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib turiladi,
kasallik belgilari paydo bo‘lgan taqdirda esa, ularni darhol alohi-
dalab, kasalxonalarga yotqiziladi.
OIÒSga  qarshi  tadbirlar  xorijiy  davlatlar  bilan  olimlarimiz
tomonidan hamkorlikda olib borilishi tufayli bu kasallikni dunyo
bo‘yicha  rivojlanish  jarayonining  dinamikasi  haqida  bizda  aniq
ma’lumotlar bor. OIÒSga qarshi kurash faqat tibbiyot xodimlarining
emas,  balki  diniy  e’tiqodi,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  diðlomatik
munosabatlaridan qat’i nazar xalqaro vazifadir.


245
Respublikamizda Sog‘liqni saqlash vazirining maxsus buyrug‘iga
binoan, aholi orasiga OIÒS bilan zararlangan shaxslarni aniqlash
maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari ishlab chiqilgan.
OITS  profilaktikasi
1. Sog‘lom turmush tarzi aqidalariga rioya qilish va oilani muqaddas deb
hisoblash.
2. Faol sanitariya maorifi ishlarini olib borish.
3. Qon donorlari ustidan serologik nazorat o‘rnatish (qonni OIV antite-
lalariga tekshirib ko‘rish).
4. Giyohvandlikka qarshi kurash.
5. Respublikada qabul qilingan qonunga muvofiq, yurtimizda 3 oydan ortiq
muddatga shartnoma asosida kelgan shaxslar kelishlari bilan va keyinchalik
har 6 oyda OIV antitelalarga laborator tekshiruvidan o‘tib turadilar. Chet elga
3 oydan ortiq muddatga borgan O‘zbekiston fuqarolari ham qaytganidan so‘ng
shunday  tekshiruvdan  o‘tadi.
6. Bir marotaba qo‘llaniladigan tibbiyot anjomlaridan foydalanish.
4.5. Gemorragik isitma
Gemorragik  isitma  —  bir-biriga  o‘xshash  kasalliklarni  o‘ziga
biriktirgan virusli yuqumli kasallik. Kasallikning o‘ziga xos bo‘lgan
belgisi, bu — qon tomirlarining endoteliy qatlamiga tanlab zarar
yetkazishi. Buning natijasida kapillaropatiya yuzaga kelib, kapillar
va kichik qon tomirlar devoridan qonning oqib chiqishi ko‘payadi
hamda gemorragik sindrom yuzaga keladi. Gemorragik isitmani
ikki  guruhga  bo‘lish  mumkin:  buyrakning  zararlanishi  bilan
o‘tadigan va buyrakni zararlamay o‘tadigan guruhlarga, birinchi-
siga nefrozonefrit kirsa, ikkinchisiga Qrim, O‘rta Osiyo va boshqa
isitmalar  kiradi.  Bularning  hammasi  tabiiy  o‘choqli  transmissiv
yuqumli  kasallik  bo‘lib,  asosiy  manbayi  turli  xil  kemiruvchilar
hisoblanadi.
Gemorragik isitmalarga mavsumiylik xosdir. Yilning issiq fasl-
larida kasallikning avj olishi kuzatiladi. Chunki shu vaqtda kasallik
tarqatuvchilarning tashuvchilari odamlarga hujum qiladigan bo‘ladi.
Gemorragik isitma o‘choqlaridagi dastlabki izlanishlar kasallik
qayerda kemiruvchilar ko‘p bo‘lsa, shu yerda ko‘proq uchrashini
ko‘rsatdi.  Bu  kemiruvchilar  fluoressiyalangan  antitelalar  uslubi
yordamida o‘z-o‘zidan virus yuqtirib olganligi aniqlangan. Bu esa,
virusning tashqi muhitda bir necha egalari borligidan dalolat beradi.
Kasallanish  mexanizmi.  Odamlarga  kasallik  og‘iz  orqali,
ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari yoki havo-chang yo‘li orqali


246
o‘tadi. Bu kasallik bilan dehqonlar, cho‘ponlar, umuman, qishloq
xo‘jaligi  xodimlari  ko‘proq  kasallanadi.  Òabiiy  o‘choqlarda
yashovchi mahalliy aholi bu kasallik bilan juda kam kasallanadi.
Chunki ular yoshligidan epidemiyaga chidamlilik xususiyatlarini
o‘zlarida paydo qilib boradilar. Ko‘pincha bu kam miqdordagi
mikroblar tushishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu hol mahalliy aholi
serologik tekshirilganda ham tasdiqlanadi.
Epidemiya jarayonining namoyon bo‘lishi. Umumiy kasallanish
darajasi unchalik yuqori emas, lekin tabiiy o‘choqlarda kasalla-
nish  ma’lum darajaga yetib borishi mumkin.
Kasallik ba’zi iqlim sharoitlarida doimiy tus olishi, uning da-
rajasi o‘sha sharoitda yuqori ekanligidan dalolat beradi. Masa-
lan,  Primorye  o‘lkasida  kasallanishning  o‘rtacha  darajasi  har
100 ming kishiga 6,8 taga to‘g‘ri keladi va ba’zi tumanlarda bu
ko‘rsatkich 27 tagacha boradi.
Kasallik soni yaratilgan shart-sharoitlar bilan muayyan bog‘liq
bo‘lib, unga jalb qilingan kishilar soniga, xo‘jalik ishlariga ham
bog‘liqdir. O‘rmon xo‘jaliklarida ishlashga jalb qilinganlar, ay-
niqsa, ular daryo va ko‘llarga yaqin bo‘lsa, o‘sha yerda kasallik
ko‘p uchraydi. Sababi, bu yerda kasalliklarni tashuvchi kemiruv-
chilar uchun sharoit yetarli bo‘ladi. Kasallikning ko‘p yillik hara-
kati hali to‘liq o‘rganilmagan.
Kasallik kuz-qish davrida ko‘tarilsa, bunday paytlarda jinsi va
yoshidan  qat’i  nazar  hamma  kasallanishi  mumkin.  Hozirgi
sharoitda,  asosan,  sporadik  hollarda  uchrab  turadi,  ba’zan  gu-
ruhli kasallanish hollari ham kuzatiladi.
Epidemiyaga  qarshi  tadbirlar  va  epidemiologik  nazorat.
Epidemiologik nazoratdan asosiy maqsad kasallikning oldini olish
va  omma  orasida  kasallik  ko‘rsatkichini  kamaytirishdan  iborat.
Gemorragik  isitma  uchrab  turadigan  joylarda  tashkiliy  ishlarni
amalga oshirish uchun doimiy nazorat olib borish quyidagilarni
o‘z ichiga olishi zarur:
1. Barcha bemorlarni ro‘yxatga olish va unda, albatta, kasal-
langan vaqti, yoshi, jinsi va kasbini aniqlash (gemorragik isitmada
yashirin davr o‘rtacha uch hafta davom etadi).
2. Kasallikning kartografik ta’rifi sinchiklab o‘rganiladi.
3. Kemiruvchilarning  zichligiga  qarab,  ularning  rivojlanishi
hisobini  olib  borish,  turini  aniqlash,  asosan,  gemorragik  isitma
manbalari hisoblanuvchi kemiruvchilarning turlari hisobga olinadi
(yil bo‘yi — bahor, yoz, kuz va qish).


247
4. Imkoniyati boricha serologik usullardan foydalanib, odam-
lardagi immunologik ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Nazorat  ma’lumotlari  asosida  sanitariya  maorifi  ishlari  olib
boriladi. Ayniqsa, kasallik ko‘p tarqalgan joylarda ishlash uchun
jalb  qilingan  kishilar  o‘rtasida  bu  ish  mukammal  olib  borilishi
kerak.  Ularga  oziq-ovqat  mahsulotlarini  saqlash,  qayta  ishlash
borasida  maslahatlar  berish  zarur.  Imkoni  boricha  turarjoylarni
quruq va suvsiz tepaliklarga qurish kerakligini uqtirish kerak.
Aholi yashaydigan punktlarda profilaktik deratizatsiya ishlarni
amalga oshirib, unda binolarning himoyasini, oziq-ovqat omborxo-
nalari va do‘konlarga kemiruvchilar kirmasligini ta’minlash kerak.
Arenovirus gemorragik isitmalari. Arenovirus gemorragik isitmalari
tabiiy o‘choqli kasalliklar hisoblanib, arenoviruslar guruhiga kiruvchi
qo‘zg‘atuvchilar tomonidan chaqiriladi. Ular og‘ir kechib, gemorra-
gik diatez keltirib chiqaradi, buyrakka zarar yetkazadi. Arenoviruslar
ikki asosiy guruhga: eski olam viruslari (Lassa virusi) va yangi olam
viruslari (Xunin va Muchuno viruslari) guruhlariga bo‘linadi.
Lassa  gemorragik  isitmasi  Nigeriya  va  ba’zi  G‘arbiy  Afrika
(Syerra-Leone,  Liberiya  va  boshq.)  davlatlarida  uchrab  turadi.
Kasallik manbayi shu iqlim sharoitida yashovchi kemiruvchilardir,
asosiy  qismini  kalamushlarning  maxsus  turi  tashkil  etadi.  Hay-
vonlarda yashirin holda kasallik uzoq davom etadi va virus siydik
orqali juda ko‘p miqdorda tashqariga ajralib chiqadi.
Kemiruvchilar  orasida  kasallik  virusi,  asosan,  og‘iz  orqali
yuqadi, ba’zi hollarda havo-chang yo‘li orqali ham yuqishi mum-
kin. Odamda virus tashqi muhit obyektlaridan, ya’ni kemiruvchilar
siydigi tekkan ashyo va mahsulotlar orqali yuqishi mumkin, biroq
kasallanish bu usulda yuqishi to‘liq aniqlangan emas.
Kasallikni  og‘iz  orqali  va  havo-chang  yo‘llari  bilan,  ba’zida
esa,  tirnalgan,  sidirilgan  teriga  kemiruvchilar  siydigi  tekkanida
yuqish  hollari  uchrab  turadi.
Odamlarda  7—10  kunlik  yashirin  (inkubatsion)  davr  o‘tga-
nidan so‘ng kasallik avj olib, bemor ahvoli og‘irlashadi. Ba’zida
shiddatli kechadigan turi ham uchraydi. 35—70 % hollarda o‘lim
yuz berishi mumkin. Òabiiy o‘choqlarda ko‘pincha yashirin va
yengil  ko‘rinishi  uchraydigan  hamda  klinik  belgilari  bo‘lmagan
kasallik belgilari uchrab turadi.
Òabiiy o‘choqlarda kasallikka qarshi o‘tkaziladigan choralar,
asosan, kemiruvchilarni  qirishga, ularni xonadonlarga kirishiga
yo‘l qo‘ymaslikka qaratiladi.


248
Argentina gemorragik isitmasi. Kasallikni Xunin viruslari qo‘z-
g‘atadi. U birinchi marta o‘tgan asrning 50-yillarida Argentinada
topilgan. O‘sha paytda ikki yuzdan ortiq odam shu kasallik bilan
og‘rigan, 10—20 % hollarda kasallik o‘lim bilan yakunlangan.
Virus  bemorlar,  mais  sichqonlari  va  ularning  ektoparaziti
hisoblangan gamaz kanalaridan ajratib olingan. Biroq, kasallikning
odamlarga va hayvonlarga transmissiv yo‘l bilan yuqishi noaniq.
Viruslarni boshqa kemiruvchilardan, ko‘rshapalak va quyonlardan
ham ajratib olishga muvaffaq bo‘lingan. Asosiy tabiiy xo‘jayinla-
ridan viruslar chaqirgan kasallik uzoq muddat davom etadi, klinik
belgilarsiz  kechadi.  Ulardan  viruslar  faqat  yutqin  surtmalaridan
ajratilgan.
Kasallanish aholi ko‘p, zich joylashgan qishloq joylariga to‘g‘ri
kelishi va yerga ishlov berish jarayoni bilan uzviy bog‘liq. Bemor-
lardan sog‘lom odamlarga virus yuqish hollari qayd qilinmagan.
Hozirgi davrda oldini olish maxsus choralariga qaratilgan izla-
nishlar katta muvaffaqiyat bilan olib borilmoqda.
4.6. Ku-isitma
Ku-isitma xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, noaniq klinik belgilar
bilan o‘tadi.
Ku-isitmaning qisqacha tarixi. Kasallik birinchi marta 1935-
yili Avstraliyada Derris tomonidan «Ku-isitma» nomi bilan tav-
siflab berilgan. Qo‘zg‘atuvchisi birinchi marta 1937-yili Bernet
va Friment tomonidan bemorlar qoni va peshobidan ajratib olin-
gan. Bu kasallik jahonning turli mamlakatlarida keng tarqalgan.
Sobiq Ittifoqda 1948-yildan beri ma’lum. Ku-istma bilan kasalla-
nishning  ayrim  hollari  butun  hudud  bo‘ylab,  asosan,  O‘rta
Osiyoda  ro‘yxatga  olingan.  1949-yilda  P.I.  Shukov  Chirchiq
shahrida  noma’lum  isitma  kasalliklari  mavjudligi  to‘g‘risida
ma’lumot bergan edi. 1948—1949-yillarda Òermiz tumanida qan-
daydir noma’lum isitma kasalligi kuzatilib, «O‘rta Osiyo isitmasi»
yoki  «Òermiz  isitmasi»  deb  nomlangan,  shuningdek,  Buxoro,
Òoshkent,  Samarqand  viloyatida  ham  bu  kasallik  mavjudligi
aniqlangan.  Amaliy  shifokorlar  respublikada  qandaydir  yangi
kasallik  mavjudligi  to‘g‘risida  fikr  yuritganlar  va  bu  fikrlar
1953-yilda N.I. Xodukin, V.A. Lisunkin va Ò.H. Najmiddinov
tomonidan tasdiqlandi. Olimlar bir necha epidemiyalarni kuzatib,
ularning qo‘zg‘atuvchisi Bernet rikketsiyasi ekanligi aniqlandi.


249
Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi. Kasallik qo‘zg‘a-
tuvchisi Bernet koksiyellasi hisoblanadi. 1939-yilda Y. H. Derris
taklifiga  asosan,  koksiyella  birinchi  marta  bemorlardan  ajratib
olingan va olimning nomi bilan Bernet rikketsiyasi deb atalgan.
Koksiyellalar  mayda  bakteriyalarga  kiradi.  Kokksimon  yoki
tayoqchasimon bo‘lib, kattaligi 0,25 — 0,5 dan to 0,26—16 mkm.ga
teng, xivchin va kapsulalarga ega emas.  Bernet koksiyellasi tashqi
muhitga  chidamli  bo‘lib,  turli  fizikaviy  va  kimyoviy  ta’sirlarga
turg‘un  hamda  quruq  holda  uzoq  muddat  o‘z  xususiyatini  yo‘-
qotmaydi. Ultrabinafsha nurida 1 m masofada koksiyellalar no-
bud bo‘lmaydi. V.N. Pautov va D.N. Polozov (1961) dalillariga
ko‘ra, Bernet koksiyellasi quruq kultura holida 8—10 yil mobay-
nida virulentli holatini saqlab qoladi.
R.A. Kashimato  (1979)  dalillariga  ko‘ra,  koksiyella  kulturasi
sog‘lom kishilar oshqozoni shirasida ikki soat mobaynida, pe-
shobda, qonda — bir necha oy, kanalar axlatida 586 kun, hay-
vonlar  najasida ikki yilgacha hayot faoliyatini saqlay oladi.
Bernet  koksiyellasi  4—6  kun  mobaynida  0,5  %  li  formalin
eritmasida, 1 % li fenolda 7 kungacha, 5 % li xloraminda 30 da-
qiqagacha,  1  % li  formalinda,  5  %  li  sirka  kislotasida,  5  %  li
o‘yuvchi natriyda, 5 % li vodorod peroksidida 5 daqiqadan so‘ng
halok bo‘ladi. 70° spirtda koksiyellalar 5 daqiqada, 2 % li xlor
eritmasida 15 daqiqadan so‘ng yo‘q bo‘ladi. Bernet koksiyellasi
uchun 50 % li glitserin yaxshi konservant bo‘lib hisoblanadi.
Ku-isitma  kasalligida  epidemik  jarayonning  namoyon  bo‘lishi.
Respublikamizda  har  yili  aholi  orasida  Ku-isitma  kasalligi  ko‘p
uchrab turadi, ba’zi yillarda epidemiya va guruhli kasallanishlar
holida uchraydi. Kasallik hamma viloyatlarda bir miqdorda tar-
qalmaydi.  Kuzatishlar  bo‘yicha  respublikamizda  Ku-isitmaning
epidemik jarayoni namoyon bo‘lishi Òoshkent shahri va Òoshkent
viloyatida ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
Òoshkent shahri respublikamizning boshqa hududlari orasida
Ku-isitma  kasalligining  yaqqol  ifodalangan  ko‘rsatkichlari  bilan
tavsiflanib, kasallikning sporadikligi, avj olib tarqaluvchanligi bilan
ajralib turadi.
Òoshkent shahrida Ku-isitmaning epidemik jarayoni tahlil qili-
nib,  ko‘p  yillik  o‘zgarishlar  kuzatilar  edi.  Kasallanishning  ko‘p
yillik ko‘rsatkichlarida pasayishga o‘rtacha moyillik 100000 kishi
uchun 2,1 ta, ishga layoqatli katta yoshdagilar (20—49) hisobiga
shakllanuvchi  «xavfli  guruhlar»  orasida  kasallanish  ko‘rsat-


250
kichlarining yuqoriligi; kasallikning mavsumiy ko‘tarilish davridan
qat’i  nazar,  epidemik  jarayonni  saqlab  turuvchi  kishilar  guruhi
(birinchi navbatda shahar xo‘jaliklaridagi qoramollarni boqish bilan
bog‘liq 15—19 va undan katta yoshdagilar); ayrim kasb kishilari
(ishchi-quruvchilar va transport vositalari ishchilari) orasida Ku
rikketsiozi bilan kasallanish 1,5—2 marta yuqori bo‘lgani aniqlandi.
Ku-isitma  kasalligining  yil  fasllari  bo‘yicha  taqsimlanishi.
Kasallikning  yil  davomida  fasllar  bo‘yicha  taqsimlanishida  ka-
sallik bahor va yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Aholi yoshi nuqtayi
nazaridan tahlil qilinganda esa, 7—14 va 15—19 yoshdagi bolalar
orasida  kasallanish  bahor  fasliga  to‘g‘ri  keladi,  katta  yoshdagi
kishilarda kasallik bahor va yoz fasllarida kuzatiladi. Kasallikning
yuqori darajada uchrashi tahlil qilinganda aksariyat kasallanish
20  yoshgacha  va  undan  yuqori  yoshgacha  to‘g‘ri  keladi.  Ku-
isitmaning  kasbga  aloqador  ekanligi  ham  aniqlangan,  shahar
sharoitida turli kasbdagi shaxslarda ko‘proq uchraydi. Kasallikning
1974—1990-yillardagi  tahliliga  ko‘ra,  qurilish  tashkilotlarida,
transport xodimlari va xizmatchilari orasida yuqori darajada bo‘lgan.
Respublikamizda Ku-isitmaning qanchalik keng uchrashini aniq-
lash maqsadida, 1987—1990-yillar mobaynida aholi orasida kasal-
likka nisbatan immunologik tekshirishlar olib borildi. Jami 15507
sog‘lom kishidan qon zardobi olinib, RSK usuli bo‘yicha tekshiril-
ganda, tekshirilganlardan 4,2 % da Ku-isitmaga musbat natija olindi.
14-jadval
1987—1990-yillarda Ku-isitmaga tekshirilganlar soni
r
/
T
r
a
lt
a
y
o
li
V
-
i
h
c
v
u
li
r
i
h
s
k
e
T
y
i
m
u
m
u
g
n
i
n
r
a
l
i
n
o
s
t
e
n
r
e
B
n
e
g
it
n
A
n
a
li
b
i
s
a
y
i
s
t
e
k
k
i
r
t
a
b
s
u
m
g
n
i
n
K
S
R
i
r
o
d
q
i
m
i
s
a
ji
t
a
n
.
1
.
2
.
3
.
4
.
5
.
6
.
7
.
8
.
9
i
r
h
a
h
s
t
n
e
k
h
s
o
T
it
a
y
o
li
v
t
n
e
k
h
s
o
T
i
s
a
k
il
b
u
p
s
e
R
n
o
t
s

g
o
p
l
a
q
a
r
o
Q
it
a
y
o
li
v
o
y
r
a
d
n
o
x
r
u
S
it
a
y
o
li
v
n
a
g
n
a
m
a
N
it
a
y
o
li
v
o
r
o
x
u
B
it
a
y
o
li
v
x
a
z
z
i
J
it
a
y
o
li
v
a
n
o
‘
g
r
a
F
it
a
y
o
li
v
o
y
r
a
d
a
q
h
s
a
Q
i
m
a
J
2
2
7
9
9
0
6
7
0
5
3
2
5
5
0
9
9
0
0
7
1
5
3
6
1
0
1
4
1
7
7
0
5
5
1
%
7
,
1
2
1
%
8
,
5
2
5
3
9
,
4
1
7
1
%
%
8
,
1
0
1
%
8
,
0
8
%
7
,
6
7
4
%
4
,
1
5
%
6
,
1
7
1
%
9
,
1
4
1
%
2
,
4
4
4
6
Jadvaldagi  ma’lumotlardan  ko‘rinib  turibdiki,  aholining  im-
munologik  holati,  Ku-isitma kasalligi  Buxoro  viloyati  va  Qora-


251
qalpog‘iston Respublikasida yuqori darajada bo‘lib, Òoshkent, Sur-
xondaryo,  Sirdaryo,  Qashqadaryo  viloyatida  respublika  ko‘r-
satkichidan  ikki  barobar  past,  qolgan  viloyatlarda  esa,  bu  ko‘r-
satkich  3,5—5  barobar  past  ekan.  Keltirilgan  dalillar  respublika
bo‘yicha har yili hisobga olinadigan bemorlarning barchasi hisobga
kirmaganligi  tufayli  ko‘rsatkichlarning  pastligi,  shuningdek,  bu
viloyatlarda Ku-isitma bo‘yicha epidemiologik holatning noxush
ekanligidan dalolat beradi.
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va epidemiologik nazorat.
Ku-isitmaga  qarshi  chora-tadbirlar  har  tomonlama  olib  bo-
riladi, bunga veterinariya-sanitariya choralari, tibbiy va aholining
kasallikka  chidamliligini  kuchaytirish  tadbirlari  kiradi.  Veteri-
nariya-sanitariya  tadbirlaridan  kasallik  manbayi  hisoblangan
qishloq xo‘jaligi  va uy hayvonlari orasida profilaktik choralarni
ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Har  bir  bemor  uchun  to‘liq  epidemiologik  tekshirish  olib
boriladi. Shuningdek, bemorning  oila a’zolari, birga ishlaydigan
xodimlar Ku-isitmaga nisbatan serologik tekshirishdan o‘tkaziladi.
Aniqlangan bemorlar kasalxonaga yotqiziladi. Epizootik va epi-
demiologik holatga ko‘ra, keng aholi orasida Ku-isitmaga qarshi
vaksinatsiya va revaksinatsiya rejalashtiriladi. Vaksinatsiya 14 dan
50 yoshgacha bo‘lgan kishilarga, chorvachilik va go‘sht mahsu-
lotlarini qayta ishlash, teri va jun bilan aloqador korxona ishchilari,
veterinarlar, laboratoriya xodimlari va boshqalar orasida o‘tkaziladi.
Sanitariya-epidemiologik stansiyalari Ku-isitma kasalligining
muayyan mintaqa bo‘yicha uchrashi va tarqalishi, kasallik man-
bayi va yuqish yo‘llari, aholining qaysi kasbga taalluqli ekanligi,
qaysi yoshdagi shaxslar kasallanganligi va faslga bog‘liqligini tahlil
qiladi. Mukammal REA va OEA o‘rganib chiqiladi va oldini
olish tadbirlari rejalashtiriladi.
Qrim  gemorragik  isitmasi
Qrim gemorragik isitmasi kanalar bilan ekologik bog‘liq bo‘l-
gan  viruslar  qo‘zg‘atadigan,  ikki  bosqichdan  iborat  isitma  chi-
qishi, kuchli intoksikatsiya va rivojlangan gemorragik diatez alo-
matlari bilan kechadigan o‘tkir xastalikdir. Qo‘zg‘atuvchisi Afrikada
ko‘p tarqalgan Kongo virusiga o‘xshash antigen xususiyatiga ega.
Virusning  asosiy  tashuvchilari  va  saqlovchilari  Hyalomma,
ambulomma avlodlariga mansub iksod kanalardir.


252
Kasallik birinchi marta M. P. Chumakov va boshqa mualliflar
tomonidan 1944—1945-yillarda, avval Qrimda, keyinchalik O‘rta
Osiyo respublikalarida o‘rganilgan.
1956—1969-yillarda esa, shunga o‘xshash kasallik o‘choqlari
Bolgariya,  Yugoslaviya, Vengriya,  Sharqiy  va  G‘arbiy  Afrika,
Pokiston va Hindistonda aniqlangan. Sobiq Ittifoqda bu kasallik
Qrimda, Krasnodar va Stavropol o‘lkalarida, Astraxan va Rostov,
Donesk va Xerson viloyatlarida, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Òurk-
maniston va Ozarbayjonda tarqalgan edi.
Qo‘zg‘atuvchisi  Kagolagiz  turiga  mansub  virusdir.  Yovvoyi
(quyon, Afrika  tiðratikonlari va boshq.) va  uy hayvonlari  (sigirlar,
qo‘ylar,  echkilar)  hamda  20  dan  ortiq  xildagi  8  turga  mansub
kanalar  virus  manbalari  hisoblanadi.
Kasallik, asosan, transmissiv yo‘l bilan, kasallangan Hyalomma
plumbeum (Qrimda), Hyalomma anatolicum (O‘rta Osiyo va Afri-
kada)  kanalari  orqali  yuqadi.  Uning  havo  orqali  laboratoriya
sharoitida va kasallangan bemor qoni orqali (shifoxona ichi ka-
salligi)   yuqishi ehtimoldan xoli emas. Epidemik o‘choqlarda ka-
sallik mavsumiy ko‘rinishga ega bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlari qi-
zigan palla (masalan, iyun-avgust oylari)ga to‘g‘ri keladi va ko‘-
pincha kasbga aloqador bo‘lib qoladi.
Emlanmagan  shaxslarda  kasallik  og‘ir  kechadi  va  ko‘pincha
o‘limga sabab bo‘ladi. Kasallikdan keyin esa, barqaror immunitet
hosil bo‘ladi.
Kasallikning oldini olishga qaratilgan tadbirlardan eng mu-
himi — odamlarga kanalar hujum qilishining oldini olish. Òib-
biyot xodimlari va bemorlarni parvarish qiladiganlarning kasal-
lanishiga yo‘l qo‘ymaslik ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular
doka niqob va rezina qo‘lqop kiyib ishlashlari kerak. Kasallik
o‘choqlarida uy hayvonlari akaritsidlar yordamida kanadan xa-
los qilinadi. Zarurat bo‘lganida, kana chaqqan odamlarga max-
sus  immunoglobulin  yuboriladi.
Omsk  gemorragik  isitmasi
Omsk gemorragik isitmasi kanalar bilan ekologik bog‘liq bo‘l-
gan, vegetativ asab sistemasiga, kapillarlarga va buyrak usti beziga
shikast  yetkazadigan  viruslar  qo‘zg‘atadigan  kasallik.  Qo‘z-
g‘atuvchi  virus  o‘zining  biologik  va  antigen  xususiyatlari  bilan
kanali ensefalit virusiga birmuncha yaqin turadi.


253
Omsk gemorragik isitmasi birinchi marta 1945—1948-yillarda
Omsk va Novosibirsk viloyatlarida paydo bo‘lgan epidemiya vaq-
tida qayd qilingan. 1958-yildan boshlab kasallik onda-sonda uch-
rab  turadigan  bo‘lib  qoldi.  Bu,  o‘z  navbatida,  virus  tashuvchi
hayvonlarning ommaviy ravishda ov qilinishi oqibati bo‘lsa kerak.
Flavivirus  turga  va  Òogaviridaye  oilasiga  mansub  viruslar  —
Omsk  gemorragik  isitmasi  qo‘zg‘atuvchilari.  Omsk  gemorragik
isitmasi  tabiiy  o‘choqlik  xastaliklaridan  biridir.  Ondatra,  suv
kalamushlari  va  boshqa  kemiruvchilar  virus  manbalari  hisob-
lanadi.  Dermacentor  pictus,  D.marginus  kanalari,  ba’zi  hollarda
o‘sha turga mansub boshqa kanalar ham, gamaz kanalari va bur-
galar  virus  tashuvchilar,  o‘tkazuvchilardir.  Odamlarda  xastalik
yuqishi  kasallangan  ondatra  bilan  aloqada  bo‘lganda,  kanalar
chaqqanda, laboratoriya sharoitida havo-chang orqali yuzaga keladi.
Kasallikning  eng  ko‘p  qayd  qilinishi,  asosan,  yoz  oylariga
to‘g‘ri  keladi.  Bu  davrda  kanalar  faol  bo‘lib,  ularning  virus  ta-
shishdagi ahamiyati ortadi. Ko‘pchilik hollarda kasallik yaxshi na-
tija,  ya’ni  bemorning  sog‘ayib  ketishi  bilan  yakunlanadi.  Ba’zi
hollarda (0,5—3 %) o‘limga olib kelishi mumkin. Kasallikning oldini
olish choralari, asosan, kanalarni yo‘q qilishga qaratilishi kerak.
4.7. Qaytalama kana terlamasi
1. Qaytalovchi kana terlamasi kasalligining oldini olish uchun
asosiy ishlar xo‘jalikda bo‘z yerlarni o‘zlashtirishda mayda o‘choq-
larni spiroxetaga tekshirish, kartogrammalar tuzishdan iboratdir.
2. Enzootik zonalarda yangi zamonaviy uylar qurish.
3. Sinantrop sichqonlariga qarshi kurashish ishlarini olib borish.
4. Kanalarni yo‘qotish (dezinseksiya) yoki qirish ishlarini tash-
kil qilish ko‘zda tutiladi.
Shaxsiy  profilaktika  uchun  yotoqxonalarni,  g‘orlarni,  buzil-
gan joylarni ko‘zdan kechirish tavsiya etiladi.
Kanalardan  o‘tadigan  qaytalama  terlama.  Kanalardan  o‘ta-
digan qaytalama terlama o‘tkir transmissiv yuqumli kasallik bo‘lib,
kasallik chaqiruvchisi o‘zining genetik, biologik yaqinligi bilan spi-
roxetalar turiga kiradi.
Qisqacha  tarixiy  ma’lumot.  Birinchi  marta  qaytalama  kana
terlamasini ingliz olimi Livingston (1857) Afrikada kuzatgan va
yozib qoldirgan. 1883-yili Naborro qaytalama kana terlamasining
kasallik chaqiruvchisini spiroxeta deb nomlagan. Keyinchalik Af-


254
rika qit’asining ayrim mamlakatlarida qaytalama kana terlamasi-
ning kasallik tarqatuvchisi bir xil shaklga ega nazariyasini ilgari
suradi. Kasallik chaqiruvchisi Spirochayeta (Borrelia) bo‘lib, O‘rta
Osiyoda esa, chaqiruvchisi Borrelia sogdiana, kasallik tashuvchisi
Ornithodoros kanasi, deb topildi. 1877-yili Karter birinchi bo‘lib
bemor  qonida  spiroxeta  borligini  aniqlagan.  Qaytalama  kana
terlamasida tabiiy sharoitda kasallik manbayi va tashuvchisi bo‘lib
kalamush,  sichqonlar  hisoblanadi.
Keyingi yillarda bu kasallik to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlarni
Y.N. Pavlovskiy va uning hamkasblari, shogirdlari (1934—1939)
to‘laroq bayon etdilar. Y. N. Pavlovskiyning ma’lumotiga ko‘ra,
O‘rta Osiyoda bu kasallikni o‘rganish tadbirlari 1992-yilda harbiy
shifokor V. I. Magnitskiy  tomonidan tashkil qilingan va 1926-yili
izlanish va tajriba asosida bu kasallikning uchrashi tasdiqlan-
gan. O‘zbekistonning G‘uzor tumanida kasallik o‘chog‘ida Or-
nithodorgs papilliðes kanasidan namuna olinib, Òoshkent shah-
rida  tekshirildi. N.I. Latishev beshta kanani tajriba asosida o‘ziga
chaqtiradi va kasallanadi. Keyinchalik Y.N. Pavlovskiy va uning
shogirdlari qaytalovchi kana terlama kasalligi biologiyasini, ta-
shuvchisining  keng  arealda  tarqalishini,  klinikasini,  epidemio-
logiyasini va ularga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqishdi.
Etiologiyasi. Qaytalama kana terlamasi qo‘zg‘atuvchisi Spirocha-
etalis  oilasining  Borrelia  nasliga  mansubdir.  Morfologiyasi  va
tinkttorial belgilari bilan epidemik qaytalovchi terlamadan ajratish
mumkin. Ajratish uchun hayvonlarga laboratoriya usulida yuqtirish
va kanalarda tajriba qilish mumkin. Uzunligi 15—20 mkm spiralsi-
mon mikroorganizm bo‘lib, yo‘g‘onligi 0,5 mkm.gacha, burmalari
son jihatidan 5 dan 10 tagacha yetadi. Ular ko‘ndalang bo‘linish
bilan ko‘payadi. Yaxshi harakatchanligi bilan ajralib turadi.
Sezuvchanlik  maymun,  oq  kalamush  va  sichqonlarda  kuch-
liroqdir. Dengiz cho‘chqalarida kasallik chaqiruvchi spiroxetalar
yuborilganda, qisqa isitma holati yuzaga kelishi mumkin. Keyin-
chalik xuruj boshlangan davrda dengiz cho‘chqalarining qonida
spiroxetalarni  ko‘rish  mumkin.
Kasallikning yuqish mexanizmi va klinikasi. Qaytalovchi kana
terlamasi kanalar qonni so‘rishi natijasida spiroxetalar kananing
so‘lagi va koksial suyuqliklari orqali yuqadi. Kanalarning xusu-
siyatlari  bo‘lmish  metamorfoz  bo‘linish  natijasida  spiroxetalar
kanadan kanaga yuqishi mumkin. Kanalar uzoq vaqtgacha och-
likda  yashashga  chidamlidir,  ular  ichidagi  kasallik  chaqiruvchi


255
spiroxetalar ham o‘lmaydi. Yashirin davri 7—8 kun, birinchi xu-
ruji 3—5 kun, keyingilari esa, 2—3 kun va oxirida bir necha soat
davom etadi. Odatda, 8—10 xuruj kuzatiladi.
Epidemik  jarayonning  namoyon  bo‘lishi.  Qaytalama  kana
terlamasi  kasalligining  tabiiy  o‘chog‘ida  kasallik  yuqtiruvchisi
spiroxeta  bo‘lib,  u  yovvoyi  umurtqalilarda  tabiiy  biotsenoz  hi-
soblanadi. Spiroxetalar, asosan, kalamush va sichqonlarda, qush-
larda, tiðratikanlarda uchraydi. Qaytalama kana terlamasi, asosan,
kana oilasiga mansub Ornithodoros turi orqali tarqaladi.
O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda asosiy kasallik tashuvchisi bo‘lib
Borrelia  sogdiana  va  Ornit.  Papilliðes  hisoblanadi.  Kananing  bu
turi, asosan, devor tirqishlarida, eski imoratlarda, uy hayvonlari
yashaydigan hayvon qo‘ralarida yashaydi. Uzoq muddat — 10 yil
va  undan  ortiq  ochlikda  yashashga  Arges  kanalari  moslashgan,
shuning  uchun  kanalar  spiroxetaning  asosiy  rezervuari  bo‘lib
hisoblanadi.
Yotish oldidan kana kirmasligi uchun choyshablar ikki qavat
konvert  shaklida  buklanadi.  Òabiiy  o‘chog‘idan  ushlangan  ka-
nalarda spiroxeta borligini tekshirish uchun dengiz cho‘chqalariga
oziqa  bilan  birga  beriladi,  so‘ngra  4—5  kundan  keyin  dengiz
cho‘chqalari qonini quloq suprasidan olib, qalin tomchi tomizib
uni Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘ida bo‘yaladi, so‘ngra mikros-
kop ostida ko‘riladi.
Epidemiologik nazorat. Mamlakatimizda turarjoylarni  sanita-
riya qoidalariga muvofiq qurish, aholining moddiy sharoitini va
ma’naviy  saviyasini  ko‘tarish  borasida  amalga  oshirilayotgan
tadbirlar juda katta ahamiyatga ega. Epidemiologik nazorat epi-
demik jarayonni va kasallikning yuqishi, tarqalishi va kerakli ax-
borotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilishga asoslangan hamda shu ka-
salliklar  tarqalishining  oldini  olish  va  ularga  qarshi  kurashish
uchun chora-tadbirlar belgilanadi. Buni amalga oshirish uchun
retrospektiv va tezkor tahlillardan foydalaniladi.
Poliklinikaning epidemiyaga qarshi ishi poliklinikaning bosh
shifokori tasdiqlagan va tuman sanitariya-epidemiologiya stan-
siyasi bilan kelishilgan reja asosida o‘tkaziladi.
Ishning asosiy bo‘limlari quyidagilar:
a) infeksion bemorlarni erta va to‘liq aniqlash; ularni gospi-
talizatsiya qilish yoki uyda ajratish;
b)  bemorlar  bilan  muloqotda  bo‘lgan  shaxslarni  aniqlash  va
ular  ustidan  tibbiy  kuzatuv  olib  borish;


256
d) bu shaxslarni laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish;
e) ayrim hollarda ularni immunizatsiya qilish va profilaktik
davo olib borish;
f) agar bemorlar uyda ajratiladigan bo‘lsa, o‘choqlarda joriy
dezinfeksiya tashkil qilish va uni nazorat qilib borish;
g)  bemorlar  bilan  muloqotdagi  shaxslarning  aloqasini  uzish,
xronik bemorlar, kasallanib o‘tgan va infeksiya tashuvchilar ustidan
dispanser  kuzatuvi  olib  borish,  profilaktik  emlashlar  o‘tkazish,
ixtisoslashgan sanitariya faollarini tayyorlash va aholining sanita-
riya madaniyati saviyasini oshirish, bemor va kasallik tashuvchi-
larni qayd qilish, hisobga olish va infeksion kasalliklar hamda epi-
demiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida hisobot berib turishdan iborat.
Bu  tadbirlarni  tashkil  qilish  va  ularni  bajarish  bo‘yicha  va-
zifalarni  taqsimlash  xususiyatlari  shu  poliklinika  tarkibida  in-
feksion kasalliklar xonasi (IKX) bor-yo‘qligiga ma’lum darajada
bog‘liq, chunki bu xona poliklinikaning epidemiyaga qarshi barcha
ishlari bo‘yicha konsultativ, uslubiy va nazorat qiladigan markazi
vazifasini ado qiladi.
Epidemiyaga qarshi ishlar bo‘yicha vazifalarni quyidagicha
taqsimlash mumkin. Uchastka shifokori va uchastka hamshirasi:
infeksion bemorlarni aniqlaydi va epidemiolog bilan hamkorlikda
ularni gospitalizatsiya qilish zarurligi haqidagi masalani hal qilib,
DSENMga  shoshilinch  xabarnoma  (58-shakl)  yuboriladi,  be-
morlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar ustidan tibbiy nazorat olib
borilib,  ularning    ish,  o‘qish  joyiga,  bolalar  muassasasiga  xabar
beriladi. Uyda qoldirilgan infeksion bemorlar davolanib, kasalla-
nib o‘tgan kishilar dispanserda kuzatiladi. Degelmintizatsiya (gij-
jalarni tushirish) va profilaktik emlash o‘tkaziladi, ixtisoslashgan
sanitariya aktivini tayyorlab, aholi o‘rtasida sanitariya maorifi ishini
olib borilgan holda hovlilarni aylanib chiqiladi.
O‘tkazilgan  tadbirlarni  hisobga  olib  borish  uchun  har  bir
kasallik o‘chog‘i uchun alohida varaqa tutib, unga bemorlar haqi-
dagi  ma’lumotlar,  ularning  qachondan  buyon  kasalligi,  tibbiy
yordamga murojaat qilgani va gospitalizatsiyasi bilan birga kasallik
o‘chog‘idagi  sanitariya  holati  —  turmush  sharoitlari,  bemorlar
bilan aloqada bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar, ularni klinik
va laboratoriyada tekshirish natijalari, immunizatsiya yoki kimyo-
viy  profilaktika,  muloqotda  bo‘lishni  to‘xtatish,  shuningdek,
o‘choqda sanitariya maorifi ishini olib borish haqidagi ma’lumot-
larni yozib borish maqsadga muvofiqdir. O‘choqda ish tugallan-


257
gandan  so‘ng  bu  varaqni  ambulatoriya  kartasiga  (25-shakl)
yopishtirib qo‘yiladi. Rangli qog‘oz qiyqimi yoki shifr bilan bel-
gilangan bu kartani kasal bo‘lgan odam dispanser hisobidan chi-
qarilguncha alohida saqlanadi.
Katta tibbiyot hamshirasi: epidemik o‘choqda uchastka ham-
shiralarining infeksion bemorlarni davolashiga boshchilik qiladi.
4.8. Brutselloz
Etiologiyasi.  Brutselloz  infeksion  kasallik  bo‘lib,  asosan,  qo-
ramol,  qo‘y,  echkilar  hamda  cho‘chqalar  infeksiya  manbayi
hisoblanadi. Shuning uchun ham bu kasallik o‘zining epidemio-
logik xususiyatlari bilan uy hayvonlarida bo‘ladigan epizootiya-
larga chambarchas bog‘liqdir.
Brutselloz  chaqiruvchilari  bir  qancha  mikroblar  guruhidan
iborat bo‘lib, uch turga bo‘linadi: bricella melitenisis; bricella abortis
bovis, bricella suis. Epidemiologik xususiyatlari jihatdan bir-biri-
dan tubdan farq qilinadi.
Brutsella  guruhining  bu  uch  xili  tashqi  muhitga  turg‘unligi
bilan ajralib turadi: ular quritilganda nobud bo‘lmaydi hamda hay-
von yoki odam organizmidan tashqarida uzoq vaqt tirik qoladi.
Kasal hayvonlarning axlatlari bilan ifloslangan yer va suv hayvonla-
ridan olingan ovqat mahsulotlarida (go‘shtda, sut, pishloq, sariyog‘
va boshq.) brutsellalar bir necha hafta va hatto oylab tirik qoladi.
Mikroblar  organizmdan,  asosan,  siydik  orqali  va  jinsiy  or-
ganlarning suyuqliklari orqali tashqariga chiqib turadi. Shu bilan
birga brutsella mikroblari axlat bilan va nafas yo‘llari orqali ham
tashqariga chiqishi mumkin. Brutselloz kasalligi xilma-xil shakl-
lari klinik simptomlarsiz, bilinar-bilinmas, abortiv, kuchli klinik
manzaralarni namoyon qilib o‘tadi.
Epidemiologiyasi.  Brutselloz  tiðik  zoonoz  kasalliklardan  bi-
ridir,  chunki  bu  kasallikda  uy  hayvonlari  infeksiyaning  asosiy
manbayi rolini o‘ynaydi. Qo‘y va echkilar ko‘pincha odam uchun
infeksiya manbayi hisoblanadi.
Brutselloz  hayvonlarda  xronik  kasallik  sifatida  davom  etadi.
Hayvonlar brutselloz bilan og‘riganda ularda bola tashlash hol-
lari bo‘ladi va jinsiy organlarida metrit, vulvovaginit, sut bezlarida
mastit kasalliklari yuz beradi.
Òarqalish  yo‘llari.  Sharoitlarning  turlicha  bo‘lishiga  qarab,
infeksiyaning  tarqalish  yo‘llari  ham  har  xil.  Hayvonlar  bilan


258
bevosita muomalada bo‘lganda to‘g‘ridan to‘g‘ri kontakt yo‘li bilan
ham,  shuningdek,  bilvosita  hayvon  axlatlari  bilan  ifloslangan
narsalar  orqali  ham  infeksiyani  yuqtirib  olish  mumkin.  Infek-
siyaning bu xilda yuqishi hayvonlarni parvarish qiluvchi ishchilar,
cho‘ponlar,  sut  sog‘uvchilar,  shuningdek,  zootexniklar  va  vete-
rinariya xodimlari uchun, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Ikkinchi  yo‘li  —  ovqat  orqali  o‘tishi.  Bu  yo‘l  bilan  kasallik
tarqalganda infeksiya manbayi juda uzoq bo‘lishi ham mumkin.
Xom  sut  va  sut  mahsulotlari  —  pishloq,  sariyog‘,  suzma  xom
sutdan tayyorlangan bo‘lsa hamda brutselloz bilan kasal hayvon
go‘shti iste’mol qilinsa, brutsellalar ovqat orqali yuqib qoladi.
Uchinchi yo‘li — havo-tomchi yo‘li orqali yuqishi. Infeksiya
bu yo‘l bilan kamdan kam tarqaladi. Brutsellozning havo-tomchi
yo‘li orqali yuqishi, asosan, brutselloz bilan kasallangan hayvonlar
xomashyosini qayta ishlovchi korxonalarda bo‘ladi.
Òo‘rtinchi  yo‘li.  Brutselloz  infeksiyalari  suv  orqali  sog‘lom
organizmga o‘tishi mumkin, chunki kasal hayvonlarning axlatlari
orqali suvga tushgan brutsellalar uzoq saqlanib qolishi mumkin.
12-rasm. Brutselloz kasalligining tarqalishi.
Qo‘zg‘atuvchi
Qo‘zg‘atuvchi
Odam
Qo-
ramol
Go‘sht
mahsuloti
Yem-
xashak
Najas
Qo‘l


259
Epidemik  zanjirning  uzviy  zvenosi.  Odam,  qo‘y  va  echkilar
brutsellozga juda moyil bo‘lib, uni tez yuqtirib oladi, cho‘chqa
brutsellozi va ayniqsa, qoramol brutsellozi unchalik ko‘p yuq-
maydi. Odam brutselloz bilan og‘rigandan keyin immunitet qoladi.
Biroq, bu immunitet mustahkam va uzoq muddat saqlanmaydi.
Bu kasallik bilan katta yoshdagi erkaklar ko‘proq kasallanadi.
Epidemik o‘choqda hamma bir xil kasallanishi mumkin.
Sanitariya-turmush omillari brutsellozda katta rol o‘ynaydi.
Bu kasallik kasbga bog‘liq ekanligi haqida yuqorida so‘z yuritgan
edik.  Chorvachilik  rivojlangan  qishloq  joylarda  zarur  tadbirlar
ko‘rilmasa, brutselloz epidemik manbalarni hosil qiladi.
Òabiiy omillar — chorvachilik rivojlanishi uchun qulay bo‘l-
gan yaylovlar brutsellozning tarqalishi hamda hayvonlar orasida
paydo bo‘lsa, odamga ham yuqishi mumkin. Chorvachilik va, ay-
niqsa, qo‘y, echkilarni ko‘paytirish rivojlangan joylarda ana shun-
day sharoit mavjuddir. Bahor va yozning dastlabki vaqtida bru-
tselloz kasalligi ko‘payadi.
Brutsellozning  umumiy  epidemiologik  xarakteristikasi.  Brutsel-
loz  hayvonlar  epizootiyasi  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lgan
infeksiyadir. Shuning uchun bu kasallik ma’lum joylarda bo‘ladi,
chorvachilik va ayniqsa, qo‘y-echkilarni ko‘paytirish rivojlangan
joylarda, hatto epidemik manbalar hosil qiladi.
Brutselloz  profilaktikasi.  Profilaktik  tadbirlar  hayvonlar  epi-
zootiyasiga qarshi qaratilishi lozim. Shuning uchun brutsellozga
qarshi  kurash  sog‘liqni  saqlash  organlari  bilan  veterinariya  xo-
dimlarining hamkorligida olib borilgan infeksiya manbayiga qarshi
kurashining asosiy tadbirlari mezonidir.
Veterinariya-sanitariya tadbirlari:
•  kasal  bo‘lgan  hayvonlarni  o‘z  vaqtida  topish  va  sog‘lom
hayvonlardan ajratib, maxsus brutselloz xo‘jaliklariga qo‘yish;
• brutselloz xo‘jaliklarining ichida ham profilaktik tadbirlarni
amalga oshirish;
• tashqaridan infeksiya kirib qolmasligi uchun karantin cho-
ralarini ko‘rish lozim.
Òarqalish yo‘llarining oldini olish. Shaxsiy profilaktika chora-
tadbirlari o‘tkazish va nazorat qilib borish. Brutsellozning maxsus
profilaktikasi uchun emlash ishlarini tashkil qilish. O‘z kasb-ko-
riga  ko‘ra,  brutselloz  yuqishi  mumkin  bo‘lganlarga,  Rayt  reak-
siyasi va Byurnening allergik sinamasi manfiy bo‘lsa, teri ostiga
1 ml dozada bir marta vaksina kiritilib emlanadi.


260
1.  Brutselloz  qo‘zg‘atuvchisining  qanday  turlarini  bilasiz,  ularning  odam
uchun  patogenligi  qanday?
2. Brutsellalarning atrof-muhitga, xususan, oziq-ovqat mahsulotlarida chi-
damliligi  qanday?
3. Brutsellalar migratsiyasi nima? Uning epidemiologik ahamiyati qanday?
4. Brutsellozli hayvonlar infeksiya manbayi sifatida qaysi davrlarda eng xavfli
bo‘ladi? Nima uchun? Brutsellalar hayvonlar organizmidan qanday ajraladi?
5. Chorvachilikda va go‘shtni qayta ishlash sanoatida ko‘proq qanday holatlarda
brutselloz  yuqadi?
6. Brutselloz jihatidan notinch xo‘jaliklarda oziq-ovqat mahsulotlari  qanday
zararsizlantiriladi?
7. Brutsellozga qarshi immunlash uchun qo‘llaniladigan preparatga ta’rif
bering. Brutsellozga qarshi emlashga ko‘rsatmalar qanday?
8. Brutsellozning laboratoriya diagnostikasida qanday usullar qo‘llaniladi?
4.9. O‘lat
Etiologiyasi.  O‘lat  juda  xavfli  yuqumli  kasallik  bo‘lib,  kuchli
intoksikatsiya boshlanishi va limfa tugunlari, teri, o‘pka va boshqa
organlar yallig‘lanishi bilan ta’riflanadi.
1820-yilda  o‘lat  pandemiya  holida  bo‘lib  o‘tgani  ma’lum.
O‘shandan  beri  o‘lat  pandemiyasi  uch  marta  takrorlanib,  son-
sanoqsiz kishilar o‘limiga sabab bo‘lgan.
O‘lat xavfli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. Kaspiy yaqi-
nidagi cho‘llar, Qizilqum, Orol, Ural va Baykal orqasidagi cho‘l-
larda uning tabiiy o‘choqlari bor. Òabiiy o‘choqlarda yashovchi
kemiruvchi hayvonlar o‘latning manbayi hisoblanadi.
O‘lat  ana  shu  hayvonlardan  odamlarga  yuqishi  mumkin.
Ba’zan kemiruvchilardan o‘lat tuyalarga ham yuqadi. 1990-yil-
ning  sentabr  oyida  Orol  cho‘lida  bir  tuyani  so‘ygan  uch  kishi
o‘lat bilan kasallandi va ulardan biri o‘ldi.
Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida ham o‘latning o‘choqlari
bor. Demak, bu kasallik shu  mamlakatlardan ham o‘tishi mumkin.
O‘lat kasalligining epidemiologik xususiyatlarini o‘rganishda
rus olimlari D. Samoylovich, L.K. Zabolotniy, N.N. Klodniskiylar
katta hissa qo‘shishdi.
O‘lat  kasalligining  mikrobi  juda  ham  yuqumli  bo‘lib,  tashqi
muhitga ancha chidamsiz va o‘z virulentligini o‘zgartira oladi. O‘lat
mikrobi  tomchilar  orqali  tarqaladi,  ya’ni  o‘pka  o‘lati  kasalligi
ko‘payganida, deyarli 100 % yuqumli bo‘ladi. Odam infeksiya bilan
juda qisqa muddat  kontaktda bo‘lganida ham darrov og‘riydi.
?
NAZORAT SAVOLLARI


261
O‘lat mikroblari tashqi muhitda uncha turg‘un emas, ular qu-
yosh nurlari ta’sirida quritilganda, oddiy dezinfeksiya moddalarining
ta’sirida tezda halok bo‘ladi. Odatda, o‘lat mikroblari tashqi mu-
hitda bir necha kundan ortiq saqlanmaydi. Biroq, past haroratda
(muzlatilgan jasadlarda) bir necha oygacha saqlanib qolishi mum-
kin.  O‘lat  mikroblarining  virulentligi  bir  qancha  omillar  ta’sirida
o‘zgaraveradi.  Mikroblar  qulay  bo‘lmagan  sharoitlarda  o‘stirilsa,
bakteriofag ta’sirida, ba’zan esa, o‘z-o‘zidan virulentligini yo‘qo-
tish xossasidan tirik avirulent vaksinalar tayyorlashda foydalaniladi.
O‘lat  patogenezi  kasallik  shakliga:  bubonli  yoki  o‘pka  o‘lati
shaklli ekanligiga qarab har xil bo‘ladi. O‘latning bubonli shaklida
infeksiya teri orqali kiradi. Bunday infeksiya uni tarqatuvchi burgalar
chaqqan joydan organizmga kirib qoladi. Keyin infeksiya regionar
limfatik tugunlarda to‘planadi, kasallikning so‘nggi bosqichlarida
qonga o‘tadi. Mikroblar yorilgan bubondan chiqadigan suyuqlik
bilan tashqariga chiqib turadi, septisemiya holatida esa, organizm-
ning boshqa chiqindi axlatlari bilan ham tashqariga chiqib turadi.
O‘latning o‘pka shaklida, ya’ni o‘pka o‘latida infeksiya nafas
yo‘llarining shilliq pardalaridan organizmga kiradi va balg‘am
bilan tashqariga chiqadi. Epidemik zanjir o‘latda turlicha bo‘lishi
mumkin, bu kasallikning kechish shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Epidemiologiyasi.  O‘lat  kasalligining  tabiiy  sharoitdagi  man-
bayi  yovvoyi  kemiruvchi  hayvonlardir.  O‘lat  mikrobining  bir-
lamchi  rezervuari  va  saqlovchisi  yovvoyi  cho‘l  kemiruvchilari  —
yumronqoziqlar,  tarabaganlar,  sug‘urlar,  qum  sichqonlari,  kala-
mushlar  bo‘lishi  mumkin.
Infeksiyaning tarqalishi. Infeksiya manbayi har xil  bo‘lishiga
qarab, o‘latning tarqalishi ham turlichadir. Bubonli o‘latning ke-
miruvchilardan yuqib qolish mexanizmi turli burgalarning va aso-
san,  kalamush  burgalarining  chaqishidir.  Infeksiya  yuqishining
ikkinchi yo‘li ov vaqtida yoki kemiruvchilar terisini shilayotganda,
ular bilan kontaktda bo‘lishda yuqib qolishidir. Bemor va uning
buyumlari bilan kontaktda bo‘lganda  ham infeksiya yuqib qoladi.
Infeksiya  yuqishining  uchinchi  yo‘li  tomchilar  orqali  bo‘lib,  bu
yo‘lning o‘pka o‘lati uchun ahamiyati kattadir. Kasallik mikroblari
bemor yo‘talganida shilliq tomchilar bilan chiqib, ko‘p miqdorda
atrofga tarqaladi. Nihoyat, o‘lat bilan og‘rigan hayvon (tuya) go‘shti
iste’mol  qilinganda, kasallik alimentar yo‘l bilan ham yuqadi.
O‘lat yuqqan odamlarning deyarli hammasi bu kasallik bilan
og‘riydi.  O‘lat  kasalligining  tarqalishida  sanitariya-turmush


262
sharoitlari  juda muhim rol o‘ynaydi. Infeksiyaning yuqib qolishi
turarjoy, ularning qanday ekanligi va aholining madaniy saviyasi,
kasal kemiruvchilar bilan qay darajada kontaktda bo‘lishiga bog‘liq.
Òabiiy sharoitlar ta’siri. O‘lat kasalligining tarqalishi va uning
epidemik o‘choqlari  hosil bo‘lishi tabiiy sharoitlarga bog‘liq.
O‘lat  —  kasallik  viruslarini  saqlovchi  kemiruvchilar  yashashi
uchun qulay bo‘lgan cho‘lli joylarda tarqaladigan epidemik kasallik.
Òabiiy sharoit o‘lat kasalligining geografik tarqalishi bilan birga
mavsumiy kasallik bo‘lishiga ham ta’sir qiladi. O‘latning bubonli
shakli bahor-yozda bo‘ladigan infeksiya, chunki bahorda kemiruv-
chilarning  qishki  uyqudan  uyg‘onishi  bilan  ular  organizmidagi
qishda  sust  bo‘layotgan  infeksiya  zo‘rayadi,  kemiruvchilarning
yosh avlodlari infeksiyani yuqtiria oladi va shunday qilib ular in-
feksiyaning faol tarqatuvchilari bo‘lib qoladi.
O‘latga qarshi kurash. Mamlakatimizda  o‘latga ekzotik infek-
siya deb qaraladi, chunki kasallik hozirgi kunda deyarli uchra-
maydi.  Kemiruvchi  hayvonlar  kasallik  mikroblarining  asosiy
rezervuari  ekanligini  aytib  o‘tgan  edik.  Shuning  uchun  kemi-
ruvchi hayvonlar ko‘payib ketishiga qarshi tegishli choralar amalga
oshiriladi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  o‘latning  ma’lum  epidemik
o‘choqlarida o‘lat epizootiyasi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik
choralari ko‘riladi. O‘latning tabiiy o‘choqlarini yo‘qotish uchun
kemiruvchilarning inlariga zaharli moddalar sepiladi. O‘lat tashxisi
aniqlangach,  bemor  darhol  kasalxonaga  yotqiziladi.  Bemor
yashagan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o‘tkaziladi
va 6 kun muddatda karantin e’lon qilinadi. Bemorga yaqin yurgan
odamlar  6 kun davomida  shifokor nazoratida bo‘lib, 5-kunida 3
marta termometriya o‘tkaziladi, ehtiyot yuzasidan streptomitsin
tayinlanadi.
O‘lat o‘chog‘ida ishlaydigan tibbiy xodimlar shaxsiy profilaktika
qoidalariga rioya  qilishlari kerak, ular albatta, o‘latga qarshi max-
sus  kiyim-boshlar  kiyib  ishlashlari  zarur.  Biror  kishi  o‘lat  bilan
kasallansa yoki o‘lat epizootiyasi boshlanib qolgudek bo‘lsa, o‘sha
joyda yashaydigan aholining hammasi (2 yoshdan boshlab) o‘latga
qarshi emlanadi. Vaksina yuborilgandan bir hafta o‘tgach, immunitet
hosil bo‘ladi. Immunitet bir yilgacha saqlanadi. Sust immunlashda
bemor bilan kontaktda bo‘lganlarga emlangan hayvonlardan olin-
gan  zardoblar  yuboriladi.  O‘latning  bubonli  shakli  o‘choqlarida
yashovchi kishilarga 10—20 ml zardob kiritilsa, u bir qadar pro-
filaktik ta’sir ko‘rsatadi. O‘pka  o‘latida zardob yordam bermaydi.


263
4.10. Legionelloz
Legionelloz  (legionerlar  kasalligi)  o‘tkir  bakterial  tabiatli
bo‘lib, zotiljam va tez-tez infeksion-toksik shok bilan o‘tadigan
yuqumli  kasallik.  Bu  kasallik  birinchi  marta  1976-yil  20-iyulda
aniqlangan. 1976-yil 21—24-mayda «Amerika legioni» tashkiloti-
ning 58-syezdi delegatlari o‘rtasida zotiljam epidemiyasi kuzatil-
gan. Jami 182 kishi kasallangan, shundan 29 tasi halok bo‘lgan.
Jami bemorlarda tana haroratining ko‘tarilishi va zotiljam aniq-
langan.  Atlanta  shahridagi  kasalliklarni  nazorat  qilish  markazi
xodimlari keng epidemiologik tekshirishlar o‘tkazganlaridan ke-
yin  yangi  kasallik  yuzaga  keldi  deb  xulosa  qilishgan  va  unga
«legionerlar kasalligi» deb nom berilgan.
1976—1977-yillar  MACDAÒE  va  hammualliflar  ushbu  ka-
sallikdan  o‘lganlarning  o‘pka  to‘qimasini  o‘rganib,  oldin  fanda
ma’lum bo‘lmagan bakterial mikroorganizmlarni ajratib olishdi va
Legionella pneumophila nomi bilan mustaqil mikrob turi ajratildi.
Kasallikning avj olish vaqtida bemordan olingan qon zardobi
va o‘tkir respirator kasalliklarning epidemik avj olish vaqtida ret-
rospektiv  tekshirishlar  amerikalik  olimlar  tomonidan  legionel-
lozning aniq shakliy belgilarini ajratib olishga imkon berdi.
Oxirgi  yillarda  20  dan  ortiq  epidemik  avj  olishlar  Amerika,
Angliya,  Ispaniya,  Avstraliya,  Kanada,  JAR,  Fransiya,  Gollan-
diya, Shvetsiya, Germaniyada kuzatildi.
Etiologiyasi. Legionelloz kasalligining chaqiruvchisi Legionella
pneumophila  bo‘lib,  Legionella  turkumi,  Legionellaceal  oilasiga
mansubdir.
Ushbu  turkumga  yana  quyidagi  turlar  kiradi:  Legionella
pneumophila ularning ichida eng keng tarqalgan va 7 guruhga bo‘-
linadi.  Bu  mikroorganizm  saprofit  bo‘lib,  organizmdan  tashqa-
rida, ya’ni tashqi muhitda rivojlanish xususiyatiga ega, ayniqsa,
suv havzalarida issiq joylarda mavjud bo‘lgan ochiq suv havza-
lari  Legionella  pneumophila  uchun  ekologik  nuqtayi  nazardan
yashash  joyi  hisoblanadi.
Legionellalar grammanfiy ionnobatsilla bo‘lib, hajmi uzunasiga
2—3,  ba’zida  8—20,  hattoki  50  mkm,  diametri  0,5—0,7  mkm
bo‘lishi mumkin. Uning ikki qavat qobig‘i va xivchinlari bo‘lib,
ribosomalar,  DNK  saqlaydi.
Kasallik chaqiruvchisi kislotaga chidamsiz mikroorganizm-
lardir. Òo‘qimalar va to‘qimadan tashqarida rivojlanish xususiyatiga


264
ega. Suyuq muhitlarda —25°C da 112 kun, —4°C da 150 kungacha
saqlanadi. Distillangan suv 2—4 oydan, ichimlik suvi 1 yildan
keyin tekshirilib, unumi olingan. 1 % li formalin, 70° li etil spirti,
0,002 % li fenol ta’sirida 1 daqiqada nobud bo‘ladi.  3 % li xlora-
min ta’sirida 10 daqiqada nobud bo‘ladi.
Epidemiologiyasi.  Kasallanganlardan  sog‘lomlarga  xastalik-
ning  o‘tishi  ro‘yxatga  olinmagan.  Hozirgi  kungacha  kasallik
manbayi aniqlanmagan. Qushlar, kemiruvchilar va bo‘g‘imoyoq-
lilardan kasallik chaqiruvchisi ajratib olinmagan. Legionelloz yoz-
kuz fasllarida  epidemik avj olishi, qolgan oylarda  sðoradik ho-
latda uchrab turishi aniqlangan. Har ikki holatda ham legio-
nellozning zotiljam va o‘tkir respirat zotiljamsiz — pantiak isit-
masi shakli kuzatilgan.
Legionellozning  zotiljamli  shakli  5  %  kasallarda,  zotiljamsiz
shakli 95 %, yoshidan qat’i nazar, kasallanganlarda uchraydi. Bu
kasallik bilan yoshlar, o‘rta yoshdagilar, hattoki, chaqaloqlar ham
kasallanadi. Kasallik ko‘pincha  qurilish ishlari bilan shug‘ullana-
digan erkaklarda uchraydi. Hozirgi kunda birdan bir o‘tish yo‘li
havo-tomchi, ya’ni aerogen yo‘l hisoblanadi. O‘tkazish omillariga
quyidagilar  kiradi:
• endemik tumanlardagi tuproq;
• havo kondensati tizimidagi suv;
• dush jo‘mragining bosh qismi.
Òuproqda,  kondensatda,  dush  jo‘mragida  yig‘ilgan  kasallik
qo‘zg‘atuvchisi suv aerozoli ko‘rinishida kishi organizimiga kirib,
kasallikni  keltirib  chiqaradi.  Legionellalarni  konditsionerda,  suv
bochkalarida,  vannalarda,  dush  jo‘mragida  ajratish  ishi  ularni
shu joylarda to‘planishi, rivojlanishi, yashashidan darak beradi.
Sporadik holatlarda kasallik omillari aniq emas. Ko‘pincha
kasallik umumiy kondensatlangan, havo oqimi bilan ta’minlana-
digan xonalarda tez avj olishi kuzatiladi. Amerika Qo‘shma Shtat-
laridagi ko‘pgina shifoxonalar bemorlari o‘rganilganda, 6 haftalik
davolanish vaqtida 1500 bemordan 72 tasida legionelloz kasalligi
aniqlanib, ulardan 5 tasi o‘lgan.
Avj olgan kasalliklar tahlil qilinganda, legionelloz nozokomial
infeksiya ekanligi, ayniqsa, sporadik kasallik ekanligidan dalolat
bermoqda.  Immunitet  kasallik  jarayoni  vaqtida  paydo  bo‘ladi.
Maxsus  antitelalarni  rekonvalessent  davrida  tashxis  testlarida
aniqlash mumkin, keyin ular kamayadi. Gumoral immunitet aniq
emas. Kasallik qaytalanishlari kuzatilmagan.


265
Profilaktika. Legionellozning maxsus profilaktikasi uchun vak-
sina  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  sinovdan  o‘tkazilmoqda.  Kasallikni
bemordan  sog‘lom  kishilarga  o‘tishi  aniq  bo‘lmaganligi  uchun
karantin tadbirlar o‘tkazilmaydi. Asosiy muhim bo‘lgan holat —
suv havzalarida kasallik chaqiruvchilarini aniqlash va unga qarshi
zararsizlantirish tadbirlarini o‘tkazish. Bizga ma’lum dezinfeksiya
eritmalaridan foydalanganda, uning samaradorligi uncha bo‘lmagan.
Faqat suv 60°C da qizdirilsa, uning samarasi yaxshi bo‘ladi.
1. Toshmali terlamaning tarqalishiga asosiy sabablar nimalardan iborat?
2. B, C, D gepatitlarning epidemiologik ko‘rinishlariga ta’rif bering.
3. Gemorragik isitmaning yuqish mexanizmini bayon eting.
4. Ku-isitmada epidemik jarayonning rivojlanishi qanday o‘tadi?
5. «XXI asr vabosi» to‘g‘risida ma’lumot bering va epidemik rivojlanishini
izohlang.
6. O‘lat kasalligi epidemiologiyasiga ta’rif bering.
7. Legionelloz kasalligining o‘tish mexanizmlari qanday?
?
NAZORAT SAVOLLARI


270
Asosiy tadbir umumiy ehtiyot emlashlar, quturgan va daydib
yurgan itlarni yo‘qotish, itlarga tumshuqbog‘ taqish kabilar aso-
sida hayvonlar o‘rtasida quturishga qarshi muntazam ravishda
rejali kurash olib borishdan iborat.
Hayvon  odamlarni  tishlaganda,  tirnaganda  va  so‘lagi  tush-
ganda jarohatni ko‘p miqdorda olingan sovunli eritma, yod erit-
masi bilan tezda yuvish, shikastlangan odamni esa, zudlik bilan
travmatologiya punktiga yuborish kerak. Bu yerda unga emlash
tayinlanadi  va  emlanadi.  Quturishga  qarshi  birinchi  emlash
1885-yilda Lui Paster tomonidan o‘zi tayyorlagan vaksina bilan
o‘tkazilgan. Paster vaksina olish uchun quyonlar miyasiga qu-
turgan hayvonlar miyasidan olingan eritmani yuborgan. Kasal-
likni  bir  quyondan  ikkinchisiga  birin-ketin  yuqtirib,  Paster
90 passajdan keyin quyonda quturish kasalligining inkubatsion
davri  21  kundan  7  kungacha  qisqarganligini  aniqlagan.  Kasal
quyon orqa miyasi o‘yuvchi kaliy ustida 14 kun mobaynida qu-
ritilganda, virus kasallik qo‘zg‘atish qobiliyatini yo‘qotadi. Fik-
satsiyalangan virusning bu xossalari uni profilaktik vaksina ko‘-
rinishida  qo‘llanishga  imkon  berdi.  Paster  laboratoriyasidan
keyin  emlash  Paster  stansiyalari  nomini  olib,  boshqa  muassa-
salarda ham o‘tkazila boshlandi. Jahonda birinchi bo‘lib, Paster
stansiyalaridan biri 1886-yili Odessada ochilgan edi.
5.3. Oqsim
Etiologiyasi. Oqsim o‘ta yuqumli zoonoz (tuyoqli hayvonlarga
mansub) kasallik bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tu-
radi.  Kasallik  terining  sochsiz  yerlarida,  oshqozon-ichak  shilliq
qavatlarida  pufakchalar,  eroziyalar  hamda  toshmalar,  yaralar
toshishi bilan tavsiflanadi.
Oqsim  kasalligining,  ayniqsa,  shoxli  hayvonlar  orasida  keng
tarqalganligi to‘g‘risidagi dastlabki tarixiy ma’lumotlar XVI asrda
Venetsiyada D. Frakastoro tomonidan bayon qilingan.
1686-yilda  Fransiyada,  so‘ngra  Italiyada,  Shveysariya,  Ger-
maniya va Polshada oqsim epizootiyasi keng tus olgan bo‘lib, bu
hududlardagi shoxli hayvonlarda so‘lak oqishi, jag‘larida mayda
pufakchalar  paydo  bo‘lishi  sababli  ozuqa  yeya  olmasliklari  va
sutlarining ayniganligi kuzatiladi.
XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab,  mamlakatlararo
savdo-sotiq aloqalari, ishlab chiqarishning rivojlanishi oqsim epi-


271
demik ahamiyatini oshirib bordi. Oqsim dunyo bo‘yicha tarqalgan
(faqat Malayziyada uchramagan). Oqsim kasalligining chaqiruv-
chisi 1898-yili Lyoffler, Frosh tomonidan aniqlangan filtrlanuvchi
virus bo‘lib, o‘z tarkibida RNK saqlaydi. Oqsim virusi tabiatda
uch tiðdan iborat: O, A va C.  Bizning hududimizda faqat O va A
tiðdagi  viruslar  uchraydi.
O tiðdagi virus 10 dan ortiq serotiðga ega, A virusning esa,
20 dan ortiq serotiði bor. C tiðdagi virus faqat  2 serotiðdan iborat.
Hamma  serotiðlar bir-biridan antigenligi bilan farqlanadi. Oq-
sim kasalligi viruslarining tashqi muhitga chidamliligi turlicha.
Virus 85°C qizdirilganda 30 daqiqada, 100°C da esa, 5 daqiqada
nobud bo‘ladi. Past harorat —18°C da o‘z xususiyatini uzoq mud-
dat — ikki yilgacha saqlab qoladi. Kimyoviy moddalarga chidam-
liligi  quyidagicha:  xlorli  ohak,  fenol,  krezol,  xloroform  va  for-
maldegid eritmasi ta’sirida 2—5 soatda nobud bo‘ladi. Suvda olti
kun saqlanadi, sutda 12 kun, sariyog‘da 45 kun, go‘shtda 50 kun,
xashakda 15 hafta, unda 7 hafta, mollar junida 4 hafta, bug‘doy
kepagida 20 haftagacha saqlanadi.
Epidemiologiyasi.  Asosiy  kasallik  manbayi  bo‘lib  qoramollar,
so‘ngra  cho‘chqalar,  qo‘ylar  va  echkilar  hisoblanadi.  Bundan
tashqari, oqsim kasalligiga otlar, tuyalar, kiyiklar va mushuklar-
ning ham moyilligi aniqlangan. Kasallikni uzatishda kemiruv-
chilar ham ishtirok etadi (kalamushlar, sichqonlar va ayrim par-
randalar,  o‘zi  kasal  bo‘lmasa-da,  virusdan  zararlangan  bug‘doy
donini  yegandan  so‘ng  uni  tashqi  muhitga  ajratib  chiqaradi).
Chet davlatlardan olib kelinadigan go‘sht, qishloq xo‘jaligi mah-
sulotlari,  ozuqalari,  yem-xashaklar,  poliz  mahsulotlari  orqali
oqsim kasalligi virusi tarqalishi mumkin.
Odam  oqsim  kasalligining  oraliq  o‘tkazuvchisi  hisoblanadi,
chunki ko‘pincha tuyoqli hayvonlarni boqishda va ehtiyot choralariga
rioya qilmaganida uning kiyim-kechagidan, poyabzalidan, qo‘lidan
viruslar  o‘ta  sezgir  mollarga  yuqadi.  Shoxli  hayvonlarga  oqsim
viruslari ko‘pincha yem-xashak va ichimlik suvi orqali yuqadi. Oqsim
bilan  kasallangan  hayvonlarning,  avvalo,  og‘iz  shilliq  qavatlari,
milklari,  burni,  tili,  labi  va  yelinlarida  mayda  toshmalar  paydo
bo‘ladi, so‘ngra ular pufakchaga aylanadi. Viruslar kasal mollarning
so‘lagi, suti, siydigi va axlati orqali ajralib chiqadi. Kasallangan mol-
larda oqsim og‘ir va yengil shaklda kechadi. Og‘ir shaklda kechganda,
60  %  kasallangan  mollar  1—1,5  kunda  nobud  bo‘ladi,  sog‘ayib
ketgan mollarda esa, immunitet davri 1,5—2 yildan oshmaydi.


272
Odamlar  uchun  oqsim  kasalligi  deyarli  xavfli  emas,  ammo
yosh bolalarda unga moyillik ancha yuqori. Kasallikning yuqishi
ko‘pincha  kasal  molning  xom  suti  iste’mol  qilinganda  yoki  uni
parvarish qilganda sodir bo‘ladi. N.K. Rozenberg ma’lumotlariga
asosan, odamlarga sut orqali 65 %, parvarish orqali 34 %, boshqa
sabablarga ko‘ra, 1 % hollarda yuqadi.
Kasallikning  yashirin  davri  3  kundan  8  kungacha.  Kasallik
o‘tkir  boshlanadi,  tana  harorati  ko‘tarilib,  bemorning  boshi  va
mushaklarida  qattiq  og‘riq  bo‘ladi.  Keyinchalik  og‘izda  qizish,
chaynashda og‘riq, so‘lak oqishi, ko‘zlar qizarishi va ayrim hol-
larda qusish, ich ketishi mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘zdan kechi-
rilganda, shilliq qavatlarida mayda pufakchalar ko‘rinadi, milklar
yallig‘lanadi, lunj, lab, tilda  esa, ko‘p miqdorda suvli pufakchalar
bo‘ladi, ayrimlari yorilib yaralarga aylanadi.
Oradan 4—5 kun o‘tgandan keyin,  yaralar bitib, tana harorati
pasayadi va 10—15 kundan keyin  bemor sog‘ayib ketadi. Odam-
larda oqsim og‘iz bo‘shlig‘i  va terida uchraydi. Kasallikning teri
shaklida tashqi qavatda  ko‘p miqdorda mayda toshmalar paydo
bo‘lib, kasallik bir oygacha cho‘zilishi mumkin. Kasallikdan ke-
yin immunitet faqat  sakkiz oygacha saqlanadi.
Oqsim — isitma reaksiyasi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi va
tirnoq o‘rni yaqinida mayda pufakchalar rivojlanishi bilan o‘ta-
digan o‘tkir zoonoz infeksion kasallik.
Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari. Oqsim kasalligining
oldini olishda tibbiyot xodimlari veterinariya xizmati bilan ham-
korlikda veterinariya-sanitariya va veterinariya karantiniga taal-
luqli ishlarni olib boradilar. Asosiy tadbirlardan biri — chetdan
oqsim bilan kasallangan hayvonlarni kiritmaslik, ularni o‘z vaq-
tida aniqlash, ajratib qo‘yish va davolash yoki qirib tashlash hi-
soblanadi. Hayvonlar orasida kasallikni aniqlash va tashxis qo‘-
yish uchun biosinamalar qo‘yiladi. Bir necha soatdan keyin hay-
vonning tilida yallig‘lanish, shishlar va mayda pufakchalar paydo
bo‘lsa, ular viruslangan bo‘ladi. Oqsim uchrab turadigan joydan
keltirilgan hayvonlar ustidan qunt bilan veterinariya nazorati o‘r-
natish talab etiladi. Hayvonlarni kasallik o‘chog‘idan tegishli ka-
rantinga  rioya  qilmagan  holda,  shuningdek,  sut  mahsulotlariga
ishlov bermasdan olib ketish taqiqlanadi.
Hayvonlarda kasallanish paydo bo‘lganda, qaynatilmagan sut
va  undan  tayyorlangan  mahsulotlarni  iste’mol  qilishga  ruxsat
etilmaydi. Kasal deb shubha qilingan kishilarni darhol kasalxonaga


273
yotqizish kerak. Òashxis virusologik, serologik va biosinama usuli
bilan tasdiqlanadi. Òekshirish uchun qon, siydik, axlat, og‘iz bo‘sh-
lig‘idan shilimshiq va pufakchalardan  suyuqliklar olinadi.
Oqsim o‘chog‘ida sanitariya-veterinariya qoidalariga  ko‘ra,
21  kundan  keyin  karantin  bekor  qilinadi.  Oqsim  kasalligiga
qarshi mollarga Vale-Shmidt-Valdman usulida aluminiy oksid-
dan tayyorlangan formol vaksina shoxli mollarga 5 ml, qo‘y va
cho‘chqalarga 3 ml.dan yuboriladi. Oqsimning oldini olish uchun
tibbiyot  xodimlari  epizootiya,  panzootiya  bo‘lgan  davlatlardan
keltiriladigan  oziq-ovqat  mahsulotlarini  nazorat  qilishlari  zarur.
Bundan  tashqari,  kasallik  o‘choqlarida  chegaralash  va  karantin
joriy qilishning ahamiyati katta.
Shaxsiy  gigiyenaga  rioya  qilish,  kasal  hayvonlar  sutini  is-
te’mol qilmaslik, ularni parvarishlashda ehtiyot chora-tadbir-
lariga amal qilish lozim. Kasallik o‘choqlarida majburiy karan-
tin joriy etiladi va yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkaziladi (2 % li
NaOH yoki 1 % li formalin bilan).
5.4. Kuydirgi
Etiologiyasi.  Qo‘zg‘atuvchilar  Bacillaceae  oilasiga,  Bacillus
turkumiga  mansub.  Organizmda  kuydirgi  batsillalari  vegetativ
shaklda aniqlanib, u havosiz sharoitda, 75—80°C gacha qizdi-
rilganda, dezinfeksiyalovchi vositalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi.
Kislorod  bemalol  keladigan  bo‘lsa,  qo‘zg‘atuvchilar  sporalarni
hosil  qiladi,  bu  sporalar  atrof-muhitga  juda  chidamli  bo‘lib,
qulay sharoit bo‘lganda yillab saqlanadi. Bunday sharoitlar te-
palik joylardagi kam namlangan tuproqda, shuningdek, sporalar
o‘sishi  uchun  qulay  bo‘lmagan  tuproqning  chuqur  qavatlarida
yaratiladi. Òuproqning ustki qatlamida yozda harorat va namlik
optimal  bo‘lganda,  sporalar  vegetativ  oldi  holatiga  o‘tib  halok
bo‘ladi. Sporalar quritishga, yuqori harorat (qaynatilganda 60 mi-
nutdan keyin halok bo‘ladi), dezinfeksiyalovchi vositalarga chi-
damli  bo‘ladi.
Epidemiologiyasi.  Kuydirgi  kasalligining  qo‘zg‘atuvchilar
manbayi  kasal  hayvonlar  hisoblanadi,  ularda  kasallik  o‘tkir,
umumiy septisemiya  tiði bo‘yicha kechadi.
Uy hayvonlari — yirik va mayda shoxli qoramol, ot, eshak,
bug‘u, tuya, cho‘chqa va boshqalar. Epidemiologik jihatdan, ay-
niqsa, xavfli. Kasal odam infeksiya manbayi sifatida hech qanday


274
rol o‘ynamaydi. Odamga mol majburiy so‘yilganida, go‘sht may-
dalaganda,  infeksiya  tushgan  go‘sht  mahsulotlariga  ishlov  beril-
ganda, kasal hayvonni parvarish qilganda yuqadi.
Kuydirgi qo‘zg‘atuvchilari o‘tish mexanizmi ularning yashash
shakllari  bilan  belgilanadi.  Vegetativ  shakldagi  qo‘zg‘atuvchilari
kontakt,  transmissiv  (qon  so‘radigan  hasharotlar  chaqqanda)
yo‘l bilan, oziq-ovqat (infeksiya tushgan oziq-ovqatlar yeyilganda)
orqali yuqadi. Sporali shakli chang bilan birga odamga aerogen yo‘l
bilan o‘tishi mumkin.
Kasbga oid sanoat, qishloq xo‘jaligi kuydirgisi va kasbga oid
bo‘lmagan  kuydirgi  farq  qilinadi.  Birinchi  turda  kasallik  orga-
nizmga qo‘zg‘atuvchi sporalari tushganda rivojlanadi, ular infek-
siya tushgan xomashyo (teri, jun, yol va boshq.)ga ishlov berishda
korxona xonalarida havo oqimi bilan tarqaladi.
Kasbga oid qishloq xo‘jaligi kuydirgisida odamga kasallik hayvon
terisini  shilishda,  go‘shtini  nimtalashda,  o‘ligini  yig‘ib  olish  va
yuqumsizlantirishda, kasal hayvonlarni parvarish qilishda yuqadi.
Kasbga  oid  bo‘lmagan  kuydirgi  odamga  qo‘zg‘atuvchining
sporali shakli organizmga tasodifan yoki maishiy yo‘l bilan tushishi
natijasida yuqadi. Odamlar orasida kuydirgi bilan kasallanish —
mollar o‘rtasida kasallanishga va tegishli profilaktik choralar o‘t-
kazilishga doimiy va bevosita aloqador bo‘ladi.
Odamning kuydirgiga sezgirligi yuqori. Ko‘pincha katta yosh-
dagilar  kasallanadi.  Kasallikdan  keyin  barqaror  immunitet  qo-
ladi. Kasallanishning mavsumiy ko‘tarilishi (iyul — sentabr) ka-
sallikning hayvonlar orasida oshishi va qon so‘ruvchi hasharotlar
sonining ko‘payishi bilan bog‘liq.
Odamga yuqish yo‘llari:
1. Kasal  hayvonni  parvarish  qilganda,  so‘yganda,  nimtala-
ganda yoki kasal hayvon xomashyosiga ishlov berilganda terida
xilma-xil yara-chaqa, tirnalishlar bo‘lgan taqdirda yuqishi mum-
kin. Bunda xastalikning eng ko‘p uchraydagan teri shakli rivoj-
lanadi (terida «kuydirgi xo‘ppoz» paydo bo‘ladi).
2. Kasal  hayvon  chiqindilaridagi  mikroblar  tashqi  muhit
obyektlarida chang bilan aspiratsiya yo‘li orqali tarqaladi. Bu o‘pka
shaklining rivojlanishiga olib keladi. Òarqalish mexanizmi ancha
murakkab bo‘lgani uchun kasallikning bu ko‘rinishi kam uchraydi.
3. Zararlangan go‘sht yoki go‘sht mahsulotini yetarli darajada
pishirmasdan iste’mol qilganda, og‘iz orqali (alimentar yo‘l bilan)
yuqadi. Buning oqibatida kuydirgining ichak shakli kelib chiqadi.


275
Bemor odamdan ikkinchi kishiga kuydirgi yuqish hollari deyarli
uchramaydi,  chunki  kuydirgi  mikroblari  hayvon  organizmida
rivojlanganida  ma’lum  sharoit  bo‘lgandagina  odamlarga  ham
yuqadigan bo‘lib qoladi. Lekin bemor organizmida mikrobning
bu  xususiyati  yana  o‘zgarsa  kerak.  Kasallikning  odamga  yuqish
sharoitlariga ko‘ra,  kuydirgining quyidagi tiðlari farqlanadi:
• qishloq  xo‘jaligidagi  ma’lum  kasb-kor  bilan  bog‘liq  kasal-
lanish. Mikrob kasal hayvondan yoki tuproq orqali yuqadi;
• sanoatdagi kasb-kori bilan bog‘liq kasallanish. Kasal hayvon
mahsulotlari  yoki  xomashyosiga  ishlov  berish  jarayonida  kelib
chiqadigan kasallanish. Bu yo‘l bilan kasallik yuqishi hozirgi paytda
kam uchraydi.
Keyingi yillarda kuydirgi odamlarda onda-sonda uchramoqda.
Odatda,  bu  hol  kasal  hayvonni  bilmasdan  so‘yib  yuborilganda
ro‘y  beradi.  Ayrim  hollarda,  ayniqsa,  kasal  ot  so‘yilganda  ko‘p
kishilar ishtirok etishi va tekshirilmagan go‘shtning tarqatib yubo-
rilishi  tufayli  tez-tez  kasallanish  kuzatiladi.  O‘zbekistonda  har
yili 10—15 nafar bemor shu kasallikka duchor bo‘lmoqda.
Kuydirgi bilan kasallanish odamlarning kasb-kori  va turmush
sharoitiga  ko‘p  jihatdan  bog‘liqdir.  Shu  asosda,  kuydirgi  bilan
kasallanish tasnifini quyidagicha tuzish mumkin:
• kasb-korga bog‘liq bo‘lmagan;
• kasb-korga bog‘liq bo‘lgan.
Kasb-korga  bog‘liq  bo‘lmagan  kasallanish  hollari,  asosan,
kasallangan  qoramol  egalari,  zararlangan  go‘sht  mahsulotlarini
iste’mol  qilgan  shaxslarda  hamda  kasal  hayvon  mahsulotlari  va
xomashyosiga ishlov berishda qatnashganlarda kuzatiladi. Kasb-
korga bog‘liq holda kasallanish chorvador (cho‘pon)lar, veterinariya
xizmati  xodimlari,  zootexniklar,  hayvonlar  xomashyosiga  ishlov
beruvchilar, go‘sht kombinatlari va teri xomashyo bazalari ishchilari
va hokazolar orasida uchraydi. Ishlab chiqarishda kuydirgi, asosan,
ish  jarayonida,  xomashyoni  tayyorlash  davomida  veterinariya-
sanitariya  qoidalariga  rioya  qilmaslik,  saqlash  va  ishlov  berish
talablarini bajarmaslik, xodimlarning sanitariya-texnika minimu-
mini o‘zlashtirmaganligi natijasida tarqalishi mumkin.
Respublikamizda keyingi yillarda shu sohada ishlovchilar ora-
sida olib borilayotgan ko‘p yillik profilaktik chora-tadbirlar na-
tijasida  kuydirgi  bilan  kasallanish  ko‘rsatkichi  ancha  pasaygan.
Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyoda kuydirgi bilan kasallanishning 96 %
qishloq  sharoitida  yashovchi  aholi  guruhlarida  uchramoqda.


276
Kasb-korga  bog‘liq  bo‘lmagan  kasallanish  chegaralangan  mav-
sumiylikka ega, u iyun-oktabr oylarida ko‘proq kuzatiladi. Kuy-
dirgi  bilan,  asosan,  erkaklar  kasallanadi.  Bu  ularni  hayvonlarni
so‘yishda, xomashyolari va go‘sht mahsulotlariga ishlov berishda
ko‘proq ishtirok etishlari bilan tushuntiriladi.
Kasallanish turlari kasallikning yosh bo‘yicha taqsimlanishi bilan
o‘zaro bog‘liq. Kuydirgi bilan, asosan, (82 %) 20 yoshdan oshgan
odamlar kasallanadi, 25 % dan ko‘proq hollarda 50 yoshdan osh-
ganlar orasida uchraydi. Bolalar va o‘smirlarning kuydirgi bilan ka-
sallanishlari, asosan, qishloq sharoitida yashovchi aholi orasida bir-
muncha yuqori. Kasallikni erta aniqlash maqsadida hamda bemorlar
va emlanganlar organizmida yuzaga keluvchi immunoallergik sil-
jishlarni aniqlash uchun kuydirgi allergeni — antraksin qo‘llaniladi.
Antraksinli teri-allergik sinamasi teri ostiga 0,1 ml miqdorda
yuboriladi va 24—48 soatdan keyin kuzatiladi. Antraksinli sinama
kasallikning  erta  tashxisi  hamda  retrospektiv  tashxisi  uchun
qo‘llaniladi. Sinama kuydirgi bilan kasallanganlarda 30 yilgacha
musbat bo‘lib qoladi.
Epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar  odamlarda  kuydirgining
oldini  olish,  avvalo,  sanitariya-veterinariya  tadbirlarining  to‘liq
bajarilishiga  bog‘liq.  Bu  tadbirlar  quyidagilardan  iborat:  ilgari
hayvonlarda kuydirgi kasalligi qayd qilingan hududlarni aniqlash,
ro‘yxatga  olish  va  pasportlashtirish  zarur.  Jumladan,  O‘zbekis-
tonda  professor  J.O.  Odilov  tuzgan  «Kuydirgi  bo‘yicha  doimiy
xavotirli punktlarning atrofi» shu jihatdan zarur qo‘llanma hisob-
lanadi. Har bir xavotirli punkt chegarasida maxsus belgilar qo‘yilib,
to‘silgan bo‘lishi kerak. Ularda mollarni o‘tlatish taqiqlanadi. O‘sha
hududlardagi  chorva  xo‘jaliklarida  va  xonadonlardagi  hayvonlar
kuydirgiga  qarshi  emlanadi.  So‘yilgan  hayvonlarning  terisini
to‘g‘ri saqlash, transport vositasida tashish va korxonalarda qayta
ishlash ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Hayvonlarda kuydirgiga
shubha bo‘lganda darhol laboratoriya tekshirishlari o‘tkaziladi va
karantin o‘rnatiladi (hayvonlarni bu yerdan olib ketish va yangisini
keltirish taqiqlanadi), kuchli dezinfeksiyalovchi preparatlar bilan
yuqumsizlantirish ishlari olib boriladi. O‘lgan hayvon yoqiladi va
chuqur o‘raga ishqor to‘kib ko‘miladi.
O‘z  kasb-koriga  ko‘ra,  kuydirgi  yuqishi  mumkin  bo‘lganlar
kasallikka qarshi tirik vaksina bilan oldindan emlanadi. U vaksina
SÒI  deb  nomlanib, 1  ml.dan  teri  ostiga  yuboriladi.  Bir  yildan
so‘ng revaksinatsiya o‘tkaziladi.


277
Modomiki, odamlar uchun kuydirgi infeksiyasining manbayi
kasallangan uy hayvonlari hisoblanar ekan, bu kasallikka qarshi
kurashish hamda profilaktik chora-tadbirlar veterinariya xizmati
bilan birgalikda olib borilishi kerak.
Veterinariya xizmati tomonidan quyidagi tadbirlar olib boriladi:
1)  kuydirgi  bilan  kasallanganligi  gumon  qilingan  va  kasal
hayvonlarni o‘z vaqtida aniqlab, boshqalardan ajratib qo‘yish;
2) kasallikning yuqish sabablari va sharoitlarini o‘rganish;
3) qishloq xo‘jaligi hayvonlarini emlashni muntazam ravishda
olib borish;
4) kuydirgi aniqlangan hududda karantin joriy etish;
5) hayvonlar orasidagi har bir kasallanish hollari haqida sog‘-
liqni saqlash organlariga xabar berish;
6)  kuydirgidan  o‘lgan  hayvonlar  murdasini  yo‘q  qilish;
7)  kasal  hayvonlar  yashash  joyini  yuqumsizlantirish;
8) molxonalarni, ishlatiladigan anjomlarni, hayvonlarni par-
varish qiluvchi xodimlarning ust-boshi va oyoq kiyimlarini joriy
hamda yakunlovchi dezinfeksiyadan o‘tkazish.
Veterinariya xizmatiga qishloq xo‘jaligi hayvonlarining go‘sht
mahsulotlarini tayyorlash, tashish hamda hayvonlar xomashyosini
saqlash va qishloq xo‘jaligi hayvonlari so‘yilishini to‘g‘ri tashkil
qilish  tadbirlari  ham  yuklatiladi.  Kuydirgidan  nobud  bo‘lgan
hayvonlarning epidemiologik va epizootologik ahamiyati nihoyatda
katta. Ular mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda kuydiriladi
yoki veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilgan holda ko‘mib
tashlanadi.
Sog‘liqni saqlash organlari, veterinariya xizmati kuydirgi infek-
siyasi o‘choqlari va manbalarini yo‘qotishga qaratilgan tadbirlar-
ning  bajarilishini  nazorat  qiladi.  Kuydirgi  kasalligi  paydo  bo‘l-
ganda, odamlar orasida quyidagi chora-tadbirlar o‘tkaziladi:
• bemorni zudlik bilan kasalxonaga yotqizish va alohida xo-
nalarga joylashtirish;
• kuydirgi  tashxisini  bakteriologik  tasdiqlash  maqsadida  be-
mordan olingan ashyolarni laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazish;
• bemor  kasalxonaga  yotqizilgandan  keyin  u  yotgan  xonada
yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkazish;
• bemor odam yoki kasallangan hayvonlarni  parvarish qilgan
kishilar 8 kun ichida ajratib qo‘yiladi va shoshilinch profilaktika
maqsadida penitsillin bilan kuydirgi globulini yuboriladi, 7—10 kun-
dan keyin esa, SÒI bilan emlanadi.


278
Epidemiologik  nazorat.  Bu  nazoratning  maqsadi  odamlarga
kuydirgi kasalligining yuqishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Bu-
ning uchun doimiy xavotirli punktlarni yaxshi bilish, u joylarda
veterinarlar  o‘tkazayotgan  tadbirlarni  muntazam  kuzatib  borish
zarur. Kuydirgi ustidan epidemiologik nazorat o‘tkazish o‘ta xavfli
yuqumli  kasalliklar  bo‘yicha  ish  olib boradigan  epidemiologlar
zimmasiga yuklanadi. Ular o‘z faoliyatini veterinarlar bilan yaqin
hamkorlikda olib borib, ehtiyot choralari rejasini birgalikda ishlab
chiqadilar va amalga oshiradilar.
Òuman  va  viloyatlarda  kuydirgi  kasalligi  bo‘yicha  muvofiq-
lashtiruvchi komissiyalar tuziladi. Bu komissiyalar hayvonlar ora-
sida kuydirgi bilan kasallanish hollarini kamaytirishga qaratilgan
veterinariya  chora-tadbirlarini  hamda  bu  kasallikning  odamlar
orasida uchrashining oldini olish bilan bog‘liq tibbiy tadbirlarning
tashkiliy va maxsus tizimi bajarilishini nazorat qilib borishadi.
5.5. Qoqshol
Epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar  belgilash.  Qoqshol  o‘tkir
yuqumli  kasalliklar  orasida  eng  og‘ir  kechadigani  bo‘lib,  asab
sistemasining qo‘zg‘atuvchi toksini bilan zararlanishi tufayli yuzaga
keladi va mushaklarning tonik va tetanik tortishib qisqarishi  bilan
tavsiflanadi. Qoqshol bilan faqat odamlar emas, balki hayvon (ot,
qo‘y, yirik qoramol)lar ham kasallanadi. Kasallik, odatda, turli
xil tan  jarohatlari tufayli yuzaga keladi.
Qoqshol juda qadimdan ma’lum bo‘lgan kasallik. Qoqshol klinikasini
dastlab  Buqrot  (eramizdan  avvalgi  460—370-yillar)  o‘z  asarlarida
bayon etib, kasallikka «qoqshol» deb nom bergan. Buyuk alloma Abu
Ali ibn Sino kasallikni batafsil o‘rganib, uning kelib chiqishi, tana
jarohatlanishi tufayli og‘ir kechishi va davolash usullarini bayon etgan.
Qoqshol yer kurrasining barcha qit’alarida turlicha tarqalgan,
jumladan,  Afrika,  Osiyo  va  Janubiy  Amerikada  boshqa  minta-
qalarga nisbatan kasallik keng tarqalgan.
Qoqshol  kasalligi  Osiyo  mamlakatlarining  barchasida  uch-
raydi. Bu kasallikdan halok bo‘lish ko‘rsatkichi 100000 aholi so-
niga nisbatan 1,5 % dan 5,5 % ni tashkil etadi. Qoqshol kasalligi,
ayniqsa, urush yillarida ko‘p uchraydi. Har yili dunyo bo‘yicha
qoqshol kasalligidan 160000 kishi halok bo‘ladi.
Kasallikning  qo‘zg‘atuvchisi  Clostridum  tetani  Bacillaceae
oilasiga, Clostridium turkumiga mansub. Klostridiylar harakatchan


279
anaeroblardir,  grammusbat.  Klostridiylarning  vegetativ  shakllari
tashqi muhitga kam chidamli bo‘lib, qaynatilganda 3 daqiqada
halok bo‘ladi. Òashqi muhitda sporali shakli, aksincha, yuqori ha-
roratga chidamli, quruq qizdirganda 115°C da 30 daqiqada, qay-
natilganda 50 daqiqadan keyin nobud bo‘ladi. Dezinfeksiyalovchi
vositalar 5 % li fenol, 1 % li formalinda, 1 % li yodda bir necha
daqiqadan  6  soatgacha  halok  bo‘ladi.  Qoqshol  qo‘zg‘atuvchisi
organizmda anaerob holatda ikki xil ekzotoksin ishlab chiqaradi:
tetanospazmin, mushaklarni tonik qisqartiradi va tetanogemolizin
eritrotsitlarda gemoliz chiqaradi. Òoksin qizdirilganda yoki 0,2—
0,4  %  li  formalin  bilan  3—4  hafta  ishlov  berilganda,  ular
immunogen anatoksinga aylanadi.
O‘txo‘r hayvonlarning ichagi qoqshol bakteriyalari uchun ta-
biiy muhit hisoblanadi, chunki bu joy ularning yashashi va ko‘-
payishi uchun qulay sharoitdir. Aksincha, ular ichakdagi narsalar
bilan tashqi muhitga ajralib chiqqanida bakteriyalarning vegetativ
shaklidan  darhol  sporali  shakliga  aylanadi,  bunda  tashqi  muhit
harorati 12—14°C dan past bo‘lmasligi kerak.
Qoqshol  kasalligi  qo‘zg‘atuvchisining  sporalari  odam  orga-
nizmining  shikastlangan  yoki  jarohatlangan  shilliq  qavatlariga
tushib,  anaerob  holat  mavjud  bo‘lganda,  ular  tez  ko‘payadi  va
o‘zidan ekzotoksin ajratadi. Qoqshol toksini qanchalik ko‘p ishlab
chiqarilsa,  kasallikning  yashirin  davri  shuncha  qisqa  bo‘lib,  ka-
sallik og‘ir kechadi.
Kasallikning yashirin davri 3 kundan 30 kungacha, ko‘pincha
14—15 kun davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi, ayrim hol-
larda jarohatlangan joylardagi mushaklar qisqarib, tortishib og‘-
riydi. Kasallik ikki ko‘rinishda o‘tadi: generalizatsiyalangan — ka-
sallik butun organizmda  sodir bo‘ladi  yoki mahalliy qoqshol. Ka-
sallikning uch asosiy belgisi bor:
•  trizm  —  bemor  chaynov  mushaklarining  tortishib  qolishi
natijasida og‘zini ocha olmaydi;
• «sardonik  kulgi»  esa,  yuzning  mimika  mushaklari  qisqari-
shiga asoslangan;
• opistotonus — bo‘yin, yelka, badan va oyoq mushaklarining
qisqarishi.
Qoqshol  qo‘zg‘atuvchilari  tabiatda  keng  tarqalgan,  chunki
ularning  sporalari  tashqi  muhitga  juda  chidamli,  ayrim  turlari
tuproqda,  hayvonlar  va  odamlarning  ichagida  ko‘payish  xusu-
siyatiga ega. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi turli mintaqalarning tup-


280
rog‘ida notekis tarqalgan. Masalan, Germaniyada — 14 %, Ame-
rikada 6 — 20 %, Shvetsiyada — 60 %, O‘zbekistonda — 26 %,
Qozog‘istonda — 16 %, Òoshkentda — 9 %. Qoqshol bakteriyalari
tuproqdan chang bilan uylarga, tibbiyot muassasalariga tarqaladi.
Qoqshol bakteriyalari ot, sigir, qo‘y, echki, cho‘chqa, maymun
va odamning ichagida aniqlangan. Shunga ko‘ra, qoqsholni uza-
tish  omillari  tuproq,  hayvon  va  odam  najasi  yoki  ifloslangan
kiyim, poyabzal va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Kasallikning asosiy manbalari uy hayvonlari: sigir, ot, qo‘y va
echkilar. Ularning organizmida doimo qoqshol bakteriyasi sap-
rofit sifatida odamda ichak tayoqchalari kabi uchrab turadi. Ma-
salan, Birinchi Jahon urushida ingliz harbiylarini ko‘rikdan o‘t-
kazish natijasida bakteriyalar 30 %, otboqar, aravakash, sut so-
g‘uvchilarda esa, 100 % aniqlangan. Ayniqsa, Birinchi va Ikkinchi
Jahon  urushida  qoqshol  kasalligi  harbiylar  orasida  keng  tarqal-
gan, bunga jarohatlanishlar sabab bo‘lgan.
Kasallanish mavsumiyligi yaqqol chegaralangan bo‘lib, asosan,
yoz oylariga to‘g‘ri keladi, chunki bu vaqtda dala ishlari qizib ketadi
va oyoqyalang yurish natijasida teri oson shikastlanadi. Qoqshol
kasalligining qo‘zg‘atuvchilari tuproqda tezlik bilan ko‘payadi va
yuqtirish  xususiyati  yuqori  bo‘ladi.  Kasallanish  qishloq  joylarda
yashaydigan  aholida  ko‘p  kuzatiladi,  chunki  ular  ko‘pincha
chorvachilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Kasallik-
ning kasb-kor bo‘yicha taqsimlanishi bunga dalil bo‘la oladi. Ma-
salan, jamoa xo‘jaligi a’zolari va chorvadorlar orasida kasallanish
30 dan 55 % gacha bo‘lsa, uy bekalari o‘rtasida 15—20 %, zavod
ishchilarida — 5 %, xizmatchilarda esa, 3 % ni tashkil etadi. Qoq-
shol kasalligi ayollarda 55—60 %, erkaklarda 40—45 % uchraydi.
Òurli yoshdagi aholi guruhlari orasida kasallik notekis taqsimlan-
gan. Qoqshol ko‘proq maktabgacha va maktab yoshidagi (odatda,
15 yoshgacha) bolalarda uchraydi. O‘zbekiston, Òojikiston, Qo-
zog‘iston  va  Ozarbayjonda  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  orasida
qoqshol bilan kasallanish 3—5 % ni tashkil etadi. Osiyodagi ayrim
mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 30 % ni tashkil qiladi.
Hindistonning Panjob shtati ayrim tumanlarida qoqshol 80 %
hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydi. Braziliya va Mek-
sikada  ham  chaqaloqlarning  kasallanish  ko‘rsatkichlari  yuqori.
Kasallikning bunday keng tarqalishiga ijtimoiy turmush omillari,
mustamlaka davlatlar aholisi hayot darajasining nihoyatda pastligi,
qashshoqlik va tabobatning qoloqligi sabab bo‘lmoqda.


281
Qoqshol  kasalligiga  moyillik  barchaga  barobar,  bemorlarda
turg‘un  immunitet  hosil  bo‘lmaydi,  qayta  kasallanish  mumkin.
Kasallikni  aniqlash  uchun  bakteriologik  tekshirish  qo‘llaniladi,
ashyo sifatida jarohatlangan joydan to‘qima bo‘lakchalari, yiring,
kiyimdan qiyqimlar va tuproq namunalari xizmat qiladi. Olingan
namunalar  suyuq  yoki  qonli  agarga  ekiladi  va  ajratib  olingan
qo‘zg‘atuvchining toksigenligi sinab ko‘riladi.
Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari.  Qoqsholning  oldini
olishda  ikki xil chora-tadbirlar qo‘llanishi lozim: maxsus va max-
sus bo‘lmagan. Kasallikning oldini olish choralari fermalarda ish-
chilarni maxsus korjomalar bilan ta’minlash, texnika xavfsizligi,
sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iborat.
Qoqsholning oldini olishda hayotda uchrab turadigan har xil
mayda  jarohatlarning  ahamiyati  katta,  odatda,  ularga  e’tibor
berilmaydi, chunki ular deyarli xavf tug‘dirmaydi va bemor shifo-
korga murojaat qilmaydi. Qoqshol kasalligini keskin kamaytirish
uchun  unga  qarshi  keng  ko‘lamda  emlash  ishlarini  joriy  etish
maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda qoqsholga qarshi ta’sirchan
emlash  dorilar  sust  va  faol  immunitet  hosil  qilish  uchun  qo‘l-
laniladi. Immuniteti pasayib ketgan shikastlangan bemorga darhol
yordam  berish  uchun  qoqsholga  qarshi  tayyorlangan  immun-
zardob  yuboriladi.  Bolalarni  qoqsholga  qarshi  emlashda  bir-
lashtirilgan (qoqshol, bo‘g‘ma va ko‘kyo‘talga qarshi) AKDS va
ADS—M emlash dorisi qo‘llaniladi. Birinchi marta bolalar 2 oy-
ligida 0,5 ml AKDS emlash dorisi bilan emlanadi. Keyin 3, 4, 16
oyligida AKDS emlash dorisi bilan emlanadi. Keyin har 10 yil va
20 yilda — 26 yoshida, 46 yoshida ADS—M bilan emlanadi.
Qoqsholga qarshi bolalar va kattalarga ayni vaqtda faollash-
tirilgan  hamda  kuchsizlantirilgan  birikmalar  qo‘shilgan  emlash
dorilari quyidagi  tartibda qo‘llaniladi: oldin 1 ml anatoksin, so‘ngra
3000  ME  zardob  yuboriladi.  Bu  chora-tadbirlar  qoqshol  kasal-
ligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
5.6. Moxov
Moxov  (lepra,  Xansen  kasalligi,  prokaza)  surunkali  yuqumli
kasallik bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi mikobakteriyalar hisobla-
nadi. Kasallik terining granulematoz zararlanishi, yuqori nafas
yo‘llarining hamda periferik asab tolalarining yallig‘lanishi bilan
xarakterlanadi. Pirovard oqibatda xastalik bemorni chuqur no-
gironlik holatiga olib keladi.


282
Shuning uchun moxovga qarshi kurash har tomonlama sog‘-
liqni  saqlash  tizimida  dunyo  mutaxassislari  oldida  o‘ta  dolzarb
muammolardan  biri  hisoblanadi.  Ayniqsa,  yashirin  davrining
uzoqligi (o‘rtacha 3—5—7 yil, hatto 20—30 yilgacha yetadi), qo-
laversa,  noaniqligi  unga  qarshi  kurash  tadbirlarini  murakkab-
lashtiradi. Maxsus vaksinaning yo‘qligi esa, epidemiologik jihat-
dan yangi tadbirlarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  ma’lumotlariga  ko‘ra,
dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida moxov hanuzgacha dolzarb
milliy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda, bu mintaqalar aholisi
orasida kasallanish 1:10000 dan yuqoridir. Vaholanki, yer kurrasi-
ning ikki milliarddan ortiq aholisi (Janubiy-Sharqiy Osiyo, Mar-
kaziy va Janubiy Afrika, Lotin Amerikasi  davlatlari va boshq.) kasal-
lanish darajasi yuqori bo‘lgan ushbu mamlakatlarda istiqomat qiladi.
Markaziy  Osiyo  davlatlari  bilan  qadimdan  iðak  yo‘li  orqali
bog‘langan  Hindiston,  Xitoy,  undan  tashqari  Malayziya,  Indo-
neziya,  Birma,  Nepal,  Filiðpin  va  Braziliyada  bemorlarning
80—85 % yashaydi. Kasallikka qarshi olib borilayotgan turli chora
va tadbirlarga qaramasdan, har yili 500—600 ming yangi bemorlar
aniqlanmoqda.
Òoshkent shahri va Òoshkent viloyati o‘zining geografik joyla-
shish o‘rni, kengligi hamda bir paytda bir necha qo‘shni davlatlar
bilan chegarali hudud bo‘lganligi uchun ham har qanday yuqumli
kasalliklarning epidemik jarayonida alohida o‘rin egallaydi. Dar-
haqiqat, keyingi yillarda bu hududlarda yuzaga kelgan o‘choq-
larni o‘rganish — moxovning profilaktikasini oldindan belgilashga
zamin yaratdi.
Moxov insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng qadimiy kasalliklardan
biri. Eramizdan 1300 yil ilgari Misrda, VIII asrda Yaponiyada bu
kasallik  haqida  dastlabki  ma’lumotlar  berilgan.  Hindistonda,
Sushruta va Rigveda ta’limotlarida bayon etilishicha, eramizdan
avvalgi VII asrda moxov haqida tasavvurga ega bo‘lishgan. Mo-
xovning eng qadimiy endemik o‘choqlari Hindi-Xitoy va Birma
sanaladi.  Moxov  haqidagi  ma’lumotlar  Plutarx,  Galen,  Sels,
Pliniy asarlarida o‘z aksini topgan.
XIV—XVI asrlarda qadimgi Òurkistonning ko‘plab hududlarida
(Buxoro, Xorazm vohasida), Qozog‘iston, Qoraqalpog‘iston, Sir-
daryo, Orol dengizi qirg‘oqlarida yashovchi aholi orasida moxov
qayd etilgan. Hozirgi vaqtda ham Qoraqalpog‘iston, Qozog‘istonning
ayrim hududlarida moxov bo‘yicha endemik o‘choqlar mavjud.


283
Epidemik  jarayon  va  uning  rivojlanish  omillari.  Kasallikning
birdan  bir  infeksiya  manbayi  bemorlardir.  Moxovning  miko-
bakteriyalari  sog‘lom  odamga  yuqqandan  keyin  uning  yashirin
davri juda uzoq vaqt davom etadi, o‘rtacha 4—6 yil, ba’zi hollarda
10—15 yilgacha. Yashirin davrdan keyin kasallikning klinik bel-
gilari  (isitmalash,  holsizlanish,  ishtahaning  yo‘qolishi,  oyoq  va
qo‘llardagi og‘riq) paydo bo‘ladi va kasallik bir necha yil davom
etadi.
Klinik  va  epidemiologik  xususiyatlariga  binoan,  moxov  ka-
salligining  uch  turi  tafovut  qilinadi:  birinchisi  lepromatoz  (L)
turi bo‘lib, bundan butun kasallik mobaynida juda ko‘p miqdorda
mikobakteriyalar tashqi muhitga ajralib chiqadi va epidemiologik
jihatdan  atrofdagilar  uchun  katta  xavf  tug‘diradi;  ikkinchisi
tuberkuloid  (Ò)  turi,  bunda  kasal  odam  atrofdagilar  uchun  bu-
tunlay xavfsiz bo‘lishi mumkin. Kasallikning uchinchi turi to‘liq
aniqlanmagan  (I)  bo‘lib,  yuqorida  qayd  etilgan  ikki  tur  orasida
oraliq munosabatni egallaydi.
Moxov  kasalligining  mikobakteriyalari  ko‘pincha  burun
shilliq  pardasida  va  burundan  ajraladigan  shilliq  suyuqlikda
joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun ham kasallik ko‘pincha ikki
yo‘l: havo-tomchi va kontakt yo‘li bilan yuqadi. Mikobakteriyalar
dastlab yuqori nafas yo‘llarining shilliq pardasi orqali organizmga
kiradi, teri qoplamlari orqali organizmga tushishi kamdan kam
uchraydi.
Moxov bilan kasallanishda genetik omillarning ham ahamiyati
katta,  chunki  u  bilan  ko‘pincha  aholining  ma’lum  irqlari  va
avlodlariga mansub bo‘lganlar kasallanadi. Kasallik nasldan naslga
o‘tishi isbotlanmagan, bemordan tug‘ilgan chaqaloqni zudlik bilan
onasidan  ajratib,  boshqa  sharoitda  parvarish  qilinganda  uning
xastalanmasligi aniqlandi. Moxovga chalinganlar bilan tez-tez va
uzoq vaqt davomida muloqotda bo‘lgan har qanday odam ham
kasallikni  yuqtirishi  mumkin.
Kasallikka  qarshi  kurash  chora-tadbirlari  va  epidemiologik
nazorat. Moxovga qarshi kurash faqat tibbiy muammo bo‘lmay,
balki  ijtimoiy-iqtisodiy  muammo  hamdir.  Moxovga  qarshi  ku-
rashda faqat bemorlarni davolash bilan cheklanib bo‘lmaydi; eng
asosiy  tadbirlar  ularning  turmush  sharoitlarini  yaxshilash  va
sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish hisoblanadi.
Insoniyatning  moxov  bilan  olib  borgan  ming  yillik  kurash
tarixini uch davrga ajratish mumkin. Qadimda va O‘rta asrlarda


284
moxov  bilan  og‘rigan  bemorlarni  aholi  yashamaydigan  yerlarga
haydashgan.  XX  asrgacha  davom  etgan  2-davrda  esa,  bemorlar
maxsus  leprozoriy  (moxovxona)larga  ajratib  qo‘yilgan.  Hozirgi
vaqtda  zamonaviy  sharoitlarni  hisobga  olib,  bemorlar  leprozo-
riylarda, uy sharoitlariga xos hayot kechirishi bilan samarali davo-
lanishmoqda, ularga dispanser usulida profilaktik chora-tadbirlar
keng ko‘lamda joriy etilgan.
Moxovni o‘z vaqtida aniqlash va sifatli davolash shu kasallik-
ning keskin kamayishiga olib keladi. Kasallik uchraydigan hudud-
larda  aholi  o‘rtasida  kasallikni  aniqlash  va  uning  oldini  olish
chora-tadbirlari  yuzasidan  olib  borilayotgan  sanitariya  maorifi
ishlari ham muhim ahamiyatga ega.  Shu maqsadda aholiga joriy
dezinfeksiya  o‘tkazish  qonun-qoidalarini,  mikobakteriyalar  qo‘l
orqali burundan va og‘izdan organizmga tushishi (o‘tishi) yo‘llari-
ning oldini olish choralarini o‘rgatish lozim bo‘ladi.
Moxov kasalligi aniqlangan barcha bemorlar atrofidagi sog‘-
lom kishilardan ajratilib, maxsus kasalxonaga yotqiziladi. Be-
morlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar bir yilda bir marta (be-
mor kasalxonaga yotqizilgandan keyin) 10 yil davomida profilak-
tik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Epidemik o‘choqda joriy va yakunlovchi dezinfeksiya o‘tka-
ziladi. Dezinfeksiya qilish uchun vodorod peroksidning 3—6 % li
eritmasi, 0,5—2 % li eritmasi, lizol va karbol kislotasining 5 % li
eritmasi qo‘llaniladi.
Kontaktda bo‘lganlar uzoq muddat davomida (20 yilgacha)
nazoratda  bo‘lishadi,  ular  lepromin  sinamasi  yordamida  tek-
shiriladi.  Sinama  natijasi  manfiy  bo‘lgan  shaxslar  mikobakte-
riyalar  yuqqan  va  kasallikning  yashirin  davrini  o‘tayapti  deb
hisoblanadi.  Bunday  shaxslar  tezlik  bilan  navbatdan  tashqari
ÁÖÆ  vaksinasi  yordamida  emlanadi,  chunki  bunday  emlash
ko‘pincha yaxshi natija beradi.
5.7. Kanalar orqali o‘tuvchi virusli ensefalit
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi abrovirus antigen B gu-
ruhiga mansub. Òarkibida ribonuklein kislota (RNK) bo‘ladi.
Kana ensefalitining virusi past haroratlarda va muzlatib qo‘yil-
ganda yaxshi saqlanadi yuqori haroratga nisbatan sezuvchan bo‘-
ladi (qaynatilganda 2—3 minut mobaynida halok bo‘ladi), atrof-
muhitda tezda nobud bo‘ladi. Laboratoriya sharoitlarida virus to-


285
vuq embrionida va har xil to‘qimalar kulturasida oson o‘stiriladi.
Oq  sichqonlar,  paxta  kalamushlari,  maymunlar,  uy  hayvonlari-
dan qo‘y, echki, ot, sigir, cho‘chqa va boshqalar eksperimental
yuqishida virusga nisbatan sezgir bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Iksod va gamaz kanalari infeksiyaning aso-
siy rezervuari bo‘lib xizmat qiladi. Virus bular organizmida umr
bo‘yi  (2—4  yil  va  undan  ko‘proq)  saqlanadi.  Infeksiyalangan
kanalar kasallik qo‘zg‘atuvchilarni transovarial va transfazal yo‘li
bilan bir necha avlodiga yuqtiradi. Òabiiy o‘choqlarda virus sut
emizuvchilar (ko‘rsichqonlar, tiðratikanlar, ola-bula kalamush-
lar,  sichqonsimon  kemiruvchilar,  quyonlar,  olmaxonlar  va
boshq.) va qushlar (qorayaloqlar, bulduruqlar, sa’valar, sayroqi
qushlar va boshq.) hamda kanalar orasida aylanib yuradi. Òabiatda
infeksiya tashuvchi kanalar va hayvonlar virusni bir-biriga yuq-
tiradi. Odamga infeksiya ko‘pincha chaqqanda yuqadi.
Infeksiyalangan kanalar bor o‘choqlarda uy hayvonlari (echki,
sigir)  virusni  suti  bilan  ajratadi.  Ana  shunday  sut  ovqatga  ish-
latilganda kana ensefalitining maxsus turi hisoblangan sutli isitma
yoki ikki to‘lqinli meningoensefalit paydo bo‘ladi. Kasallik bahor,
yoz mavsumida, ayniqsa, ko‘p bo‘ladi, chunki bu davrda kanalar
hammadan ko‘ra faol bo‘ladi.
Ko‘chib  kelganlar  endemik  o‘choqlarda  yashovchilarga  qa-
raganda ko‘proq kasallanadi, chunki doim o‘sha yerda yashovchi-
larga virusning oz miqdorda yuqtirib turilishi natijasida yashirin
immunitet paydo bo‘ladi. Kasallikdan tuzalib ketganda immunitet
umr bo‘yi saqlanadi. Ensefalitga, odatda, o‘zlashtirilmagan o‘rmon
massivlarida  ishlovchi  shaxslar  (yangi  shahar  quruvchilari,  yo‘l
quruvchilari, o‘rmonda daraxt kesuvchilar, cho‘ponlar, ovchilar,
geologlar  va  boshq.)  chalinadi.  Kasallik  ko‘proq  20  yoshdan
40 yoshgacha bo‘lgan erkak kishilar o‘rtasida qayd qilinadi.
Ensefalitning  endemik  o‘choqlari  Uzoq  Sharqning  Tayga
zonalarida, Sibir, Ural, Sharqiy Qozog‘istonning o‘rmonli joylarida
aniqlangan.
Patogenezi. Kana chaqqan joydan organizmga kirib virus teri
osti yog‘ kletchatkasida, limfa tugunlarida, taloqda ko‘payadi va
qon oqimi bilan markaziy asab sistemasiga yetib, bosh miya va
orqa miyaning kulrang moddasini zararlantiradi. Uzunchoq miya
yadrolari va orqa miya bo‘yin qismining oldingi shoxlaridagi asab
hujayralari,  ayniqsa,  qattiq  zararlanadi.  Kasallik  alimentar  yo‘l
bilan  yuqqanda,  virus  ichkariga  to‘planib,  u  yerdan  qon  orqali


286
markaziy asab sistemasiga va miya pardalariga yetib boradi. Sut or-
qali  yuqadigan  isitmadagi  bemorlar  og‘ir  ahvolda  ko‘rinsa-da,
kasallik  kanalar  chaqishi  yo‘li  bilan  yuqqan  xiliga  qaraganda
yengilroq kechadi.
Klinikasi.  Inkubatsion  davr  8  kundan  23  kungacha,  o‘rta
hisobda 10—14 kun davom etadi. Kasallik birdan boshlanadi.
Òana harorati 1—2 kunda 39—40°C ga ko‘tarilib, 3—5 kundan
12 kungacha  saqlanib turadi va isitmaning so‘nggida birdaniga
tushib  ketadi.  Bemorlar  kuchli  bosh  og‘rishidan,  umumiy  dar-
monsizlik, butun a’zoyi badanining zirqirab og‘rishidan, umumiy
holsizlikdan  shikoyat  qiladilar.  Yuzi,  ko‘z  sklerasi  va  konyunk-
tivasi,  tomog‘i,  yumshoq  tanglayi  qizaradi.  Qonda  leykotsitoz
(12—18•10
9
/litr), COÝ oshgan bo‘ladi.
Kasallikning keyingi rivoji klinik shakliga bog‘liq. Isitma shak-
lida kasallikning 3—5-kuni gavda harorati pasayadi va bemorlar
sog‘ayib ketadi. Isitma davri 7—14 kun davom etadi.
Meningial  shakliga  tormozlanish,  uyquchanlik  xos,  bemorlar
bo‘shashgan,  lanj.  Meningit  simptomlari:  ensa  mushaklari  ri-
gidligi, Kerning va Brudzinskiy simptomlari paydo bo‘ladi. Orqa
miya  suyuqligida  o‘rtacha  leykotsitoz,  oqsil  ko‘payishi  topiladi.
Meningoensefalitik shakli eng og‘ir kechadi. Yuqorida aytib o‘til-
gan simptomlardan tashqari, ko‘pincha alahlash, gallutsinatsiya,
tutqanoqlar  kuzatiladi.  Bemorda  nutq  buzilishi,  qalqib  ketish,
yutishning  qiyinlashuvi  paydo  bo‘lishi  mumkin,  bu  IX,  X,
XI  juft  kalla  suyagi  asabining  zararlanishi  bilan  bog‘liq,  shu-
ningdek,  III,  IV,  V,  VI,  VII  juftlar  ham  zararlanishi  mumkin.
Orqa  miya  suyuqligi  bosim  ostida  oqib  chiqadi,  oqsil  miqdori
oshgan, sitoz qayd qilinadi.
Poliomiyelitik shakli. Kasallikning 2—3-kunida qo‘l va bo‘yin-
yelka muskullarining sust parezlari va falajlari rivojlanadi. Kasal-
likning 2—3-haftasida zararlangan mushaklar atrofiyasi rivojlanadi.
Sutdan o‘tgan isitma. Kasallik birdan boshlanib, birinchi ku-
nidan  harorat  38—40°C  gacha  ko‘tariladi,  bosh  qattiq  og‘riydi,
ko‘ngil  ayniydi,  bemor  qusadi,  mushaklarda  va  orqada  og‘riq
turadi,  yuzi  qizaradi,  ko‘z  skleralariga  qon  quyiladi,  5—8  kun
o‘tgach, tana harorati tezlashgan lizesga o‘xshab pasayib boradi.
Aksariyat  (75—85  %  hollarda)  7—14  kun  oralab  harorat  yana
ko‘tariladi, bosh og‘rig‘i, mialgiyalar, meningit simptomlari yuz
beradi, uyqu buziladi. Ba’zan bemorlarda eshitish va yuz asabi —
nevritlar, konvergeniyaning bo‘shashuvi, diðlopiya qayd qilinadi.


287
Isitmaning  ikkinchi  xuruji  7—10  kun  davom  etib,  birinchisiga
qaraganda og‘ir kechadi. Orqa miya suyuqligi tekshirilib ko‘ril-
ganda o‘rtacha sitoz (100—400•10
6
/litr va bundan ko‘proq) aniq-
lanadi,  oqsil,  qand  miqdori  oshadi,  qonda  isitmaning  birinchi
xurujida leypeniya bilan limfotsitoz kuzatiladi.
Òashxisi.  Asosan,  klinik  epidemiologik  ma’lumotlar  va  la-
boratoriya  tekshiruvi  natijalari  hisobga  olinadi.  Buning  uchun
laboratoriyaga 10—15 ml qon jo‘natilib, u biologik sinama, kom-
plement  bog‘lash  reaksiyasini  qo‘yish,  passiv  gemagglutinatsiya
va  gemagglutinatsiyani  tormozlovchi  reaksiyani  qo‘yish  uchun
ishlatiladi. Reaksiyalar bemorlar uch hafta oralatib olingan zar-
dob bilan qo‘yiladi. Bundan tashqari, kasallikning dastlabki 7 kuni
davomida laboratoriyaga bemor siydigi, orqa miya suyuqligi va
yuqori nafas yo‘llaridan shilimshiq jo‘natilib, ular yangi tug‘ilgan
oq sichqonlarga interoserebral yuboriladi.
Òekshiriladigan material sterillangan probirkalarga solinadi va
tekshiruvga qadar muzlatgichda yoki muzda saqlanadi.
Davolash.  Kasallikning  o‘tkir  davrida  va  harorat  tushgandan
so‘ng 2—3 hafta davomida bemorlar o‘rinda yotish tartibiga amal
qilishi  kerak.  Kasallikning  birinchi  kunlarida  o‘ziga  xos  donor
gamma-globulini bilan davolash eng samaralidir. Dori mushaklar
orasiga 6—9 ml.dan 3—4 kun davomida yuborib turiladi. Òana harorati
yana ko‘tarilganda gamma-globulin bilan davolash kursi takrorlanadi.
Simptomatik vositalar hisoblangan magniy sulfatning 25 % li
eritmasi 10 ml.dan qilib mushaklar orasiga, 10 % li natriy xlorid,
glukoza, gemodez, vitaminlar, yurak dorilari tayinlanadi. Falajlik
ro‘y berganda bemorlarni o‘ringa to‘g‘ri qilib yotqizish — bemor
bo‘ynini karavotga mahkam qo‘yish, shikastlangan oyoqni to‘g‘ri
fiziologik holatda bo‘lishiga ahamiyat berish zarur. Òuzalish davrida
fizioterapevtik muolajalar, massaj, davolash fizkulturasi ko‘rsatilgan.
Profilaktikasi  va  kurash  choralari.  Kanalarni  yo‘qotish,  ular
hujumidan muhofaza qilish va faol immunlash.
Aholi punktiga yaqin joylashgan o‘choqlarda, sanatoriy, dam
olish uylari, bolalar oromgohlari yaqinidagi joylarga dezinseksion
va deratizatsion preparatlar bilan rejali ishlov beriladi.
O‘zlashtirilmagan joylarda ishlash vaqtida shaxsiy profilaktika
choralarining ahamiyati katta, himoya kiyimlari (zich yopiladigan
manjetli kombinezon, tez yopiladigan surma yoki ikki qator tug-
masi  bor  kapyushon  va  etik)  kanalarning  badanga  o‘tishidan
saqlaydi. Cho‘chituvchi  preparatlar  hisoblangan  «DEÒA-20»,


288
«DEÒA-1», dimetilftalat, benzimin va boshqalar hamda Pavlovskiy
to‘ri ishlatiladi. Himoya kostumiga cho‘chituvchi vositalar («Redet»,
«DEÒA-20», Òabu-B va boshq.) shimdiriladi.
Endemik  o‘choqlarda  ishlaydiganlar  ish  kuni  davomida  har
2—5 soatda kiyimini yechib, o‘zini va bir-birini ko‘zdan kechi-
rishi,  kanalarni  yo‘qotishlari  zarur.  Yopishib  turgan  kanalarni
ehtiyotlik bilan olib tashlash, bunda ularning og‘iz bo‘laklari so‘-
lak bezlari bilan birga terida qolib ketmasligi  kerak.
Kana ensefalitining endemik o‘choqlarida yashaydigan aholi
va  zararlanish  xavfi  bo‘lgan  aholi  guruhlari  maxsus  emlanadi.
Vaksinatsiya  inaktivlangan vaksina,  so‘ngra  kana  ensefalitining
kuchsizlantirilgan  tirik  virusi  preparati  bilan  o‘tkaziladi.  So‘rib
yopishgan kanalar topilganda, profilaktika maqsadida 6 ml max-
sus  immunoglobulin  yuboriladi.
O‘choqda ko‘riladigan choralar. Kana ensefaliti bilan og‘rigan
bemorlar  atrofdagilar  uchun  xavfli  bo‘lmasa-da,  ularni  klinik
ko‘rsatmalarga  ko‘ra,  kasalxonalarga  yotqiziladi.  O‘choqni  epi-
demiologik  tarzda  sinchiklab  tekshirish  zararlanish  sabablarini
aniqlashga  va  profilaktik  choralarni  o‘tkazish  yo‘llarini  mo‘ljal-
lashga yordam beradi.
Ikki to‘lqinli meningoensefalit (sutdan o‘tadigan isitma) pro-
filaktikasi infeksiya tashuvchilari bo‘lmish kanalarni yo‘qotishga
va hayvonlarni kana chaqishidan himoya qilish uchun ularni
1 % li karbofos emulsiyasi bilan ishlov berishga qaratilgan; qay-
natilgan  suv  iste’mol  qilish,  hayvonlar  va  odamlar  orasida  eh-
tiyotdan  emlashlarni  o‘tkazish  zarur.
5.8.  Tulyaremiya  (Tularaemia)
Tulyaråmiya o‘tkir infåksion kasallik bo‘lib, bunda ham va-
boga  o‘xshash  hayvonlar  virus  råzårvuari  hisoblanadi.  Shu  sa-
babli tulyaråmiyaning tabiiy endåmik manbalari bo‘ladi. Tulyarå-
miya  infåksiyasining  manbalari  va  bu  infåksiyani  yuqtiruvchi,
tarqatuvchi  måxanizmlar  xilma-xil  bo‘lgani  sababli,  epidåmik
jarayon  murakkablashib  va  juda  ko‘p  bo‘lib  kåtadi,  bu  esa
tulyaråmiyaga qarshi kurashni qiyinlashtiradi.
Tulyaråmiya  infåksiyasi  yaqin  vaqtlarda  o‘rganilgan,  xolos.
Tulyaråmiyaning borligi o‘tgan asrning boshlarida ma’lum bo‘lgan
bo‘lsa-da,  kasallik  tarixi  1912-yildan,  ya’ni  Kaliforniyadagi
Tulyarå dåb ataladigan joyda, yovvoyi kåmiruvchilar orasida bu


289
kasallik  mikrobi  topilgan  vaqtdan  boshlanadi.  Shundan  kåyin
tulyaråmiyaning  bir  qancha  o‘choqlari  topildi.  Hozirgi  vaqtda
tulyaråmiya Amårikada, Osiyoda, Afrikada va Yevropadagi barcha
mamlakatlarda uchraydi. Tulyaråmiya o‘choqlari O‘zbåkistonning
Qoraqalpog‘iston  Råspublikasida,  Buxoro,  Navoiy  viloyatlari-
dan  topiladi.
Tulyaråmiya  mikrobi  —Vast.  tularenså  bir  qancha  hayvonlar
uchun  ham,  odam  uchun  ham  juda  yuqumlidir.  Tulyaråmiya
o‘choqlarida infåksiya manbayi bilan kontaktda bo‘lgan kishilar-
ning hammasi yuz foizgacha og‘rishi mumkin. Tulyaråmiya qo‘z-
g‘atuvchilari    tashqi  muhitga  ancha  turg‘unligi  bilan  boshqa
mikroblardan farq qiladi. Mikrob quritilganida ham  2—3 hafta
yashay oladi, tuproq va yårda esa, yaxshi sharoit bo‘lsa, 2—3 oy-
largacha saqlanadi.
Infåksiyaning kirish yo‘llari. Infåksiya organizmga tåri va shil-
liq pardalar orqali kiradi. Kasallik mikroblari qon so‘ruvchi ha-
sharotlar  chaqqanida  tåri  orqali  kirib  qoladi.  Bundan  tashqari,
mikrob  shikastlanmagan  tåridan  ham  o‘tishi  ehtimollari  bor.
Tulyaråmiya  infåksiyasi  nafas  yo‘llari  va  oshqozon-ichakning
shilliq pardalari orqali ham kiravåradi. Kasallikning qanday klinik
shaklda  o‘tishi  infåksiyaning  kirish  yo‘liga  bog‘liq,  chunonchi
infåksiya shilliq pardalar orqali kirsa, ko‘pincha kasallik tifoid shakli
o‘tadi. Bunda limfatik tugunlarda  såzilarli o‘zgarishlar bo‘lmaydi;
infåksiya tåri orqali kirsa, tulyaråmiyaning båz yoki bubonli shakli
paydo  bo‘ladi.  Bunda  rågaonar  limfatik  tugunlarda  xaraktårli
o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi.  Infåksiya  tåri  orqali  kirganida  tulya-
råmiyaning jarohat-båz shakli ham vujudga kålishi mumkin, bunda
infåksiya kirgan joy jarohatlanadi — yara paydo bo‘ladi.
Kåyincha  infåksiya  kasallikning  bubonli  shaklida  limfatik
tugunlarda — chov tugunlarida, qo‘ltiq osti tugunlarida, bo‘yin-
dagi tugunlarda to‘planadi; tulyaråmiyaning tifoid shaklida esa,
infåksiya  ichki  limfatik  tugunlarda  —  måzåntårial  va  bronxial
tugunlarda to‘planadi. Bundan tashqari, tulyaråmiyada, albatta,
baktåriyåmiya ham bo‘ladi. Tulyaråmiya bilan odam kasallangan
bo‘lsa,  mikroblar  bubondan  chiqadigan  yiringlar  bilan,  hay-
vonlar og‘rigan bo‘lsa, ularning har xil axlatlari bilan tashqariga
chiqib turadi. Tulyaråmiya bilan og‘riganda råkonvalåssånsiya davri
uzoq  (1—2  oy)  davom  etadi  va  ish  qobiliyatining  tiklanishi
ham  ancha  qiyin  bo‘ladi.  Inkubatsion  davri  2—3  kun,  ko‘pi
bilan  9—10 kunga cho‘ziladi.


290
Epidåmik  zanjir.  Tulyaråmiyada  infåksiya  manbalari  va  uni
qo‘zg‘atuvchi måxanizmlar xilma-xil bo‘lganligi sababli, epidåmik
zanjiri ham ancha murakkab. Tulyaråmiyada hayvonlar infåksiya
manbayi bo‘lib hisoblanadi. Hozir tulyaråmiya bilan og‘riydigan
va uni tarqatadigan 40 dan ortiq hayvon turlari ma’lum. Tulyaråmiya
bilan kasallanish dastlab yovvoyi quyonlardan, shuningdåk, olmaxon-
lardan kasallikni yuqtirib olish natijasida bo‘lgan edi. O‘zbåkistonda
esa infåksiya saqlovchi asosiy hayvon cho‘l sichqonlari, kalamushi
va yovvoyi kåmiruvchilardir. So‘nggi vaqtlarda uy sichqonlari va ba’zi
mayda sichqonsimon kåmiruvchilar epidåmiologik jihatdan infåk-
siya manbayi sifatida birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
Ondatra,  kulrang  kalamush,  ko‘rsichqon,  uzunburuncha,
yovvoyi yirtqichlar (bo‘rilar, tulkilar) va uy yirtqichlari (mushuk
va itlar), shuningdåk, sigir, qo‘y, echkilar, cho‘chqa va qushlar
ikkinchi darajali rol o‘ynaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan hayvonlar-
ning  o‘zigina  tulyaråmiya  infåksiyasining  manbayi  bo‘ladi  dåb
hisoblash yaramaydi. Hali tulyaråmiya infåksiyasining tabiatdagi
barcha zaxiralari to‘la o‘rganilgani yo‘q, albatta. Tulyaråmiya bilan
og‘rigan  båmorga  kålsak  uning  infåksiya  manbayi  sifatidagi  roli
hali isbot qilingan emas. Epidåmiologik kuzatuvlar shuni ko‘rsa-
tadiki, infåksiya tulyaråmiya bilan og‘rigan båmordan yuqmas ekan.
 Tulyaråmiyaning tarqalish yo‘llari ham juda ko‘p va xilma-
xildir.  Tulyaråmiya  yuqtirib  olgan  kåmiruvchi  bilan  ham,  shu-
ningdåk,  u  iflos  qilgan  obyåktlar  bilan  ham  båvosita  kontaktda
bo‘lish  infåksiyaning  kontakt  yo‘li  bilan  yuqishida  muhim  aha-
miyatga  egadir.  Infåksiyaning  kåmiruvchilar  badanida  parazit
bo‘lib  yashovchi  hasharotlar  —  bitlar,  kanalar,  burgalar  orqali
yuqishi yanada muhimroq ahamiyatga ega. Infåksiyaning havo or-
qali chang-to‘zonlar bilan yuqishi ham katta rol o‘ynaydi. Ma-
salan, bir vaqtlar tulyaråmiya bilan og‘rigan sichqonlar iflos qilgan
bug‘doyni yanchish vaqtida infåksiya ishlovchilarga yuqib qolgan.
Infåksiya kasal kåmiruvchilar axlatlari bilan yoki ularning jasad-
lari bilan ifloslanganda ham yuqib qolishi isbot qilingan. Infåksiya
kasallangan hayvonlar (quyonlar) go‘shtini istå’mol qilganda ham,
tulyaråmiya bilan og‘rigan sichqonlar axlatlari tushib qolgan har
qanday  mahsulotni  istå’mol  qilganda  ham  ovqat  orqali  yuqishi
mumkin. Nihoyat, kasal hayvonlardan infåksiyani yuqtirib olgan
qon so‘ruvchi — so‘na, pashshalar, chivinlar, yomon chaqadigan
pashshalar ham tulyaråmiyani yuqtirishi mumkin. Ular hayvonlar
va odamni chaqqanida infåksiya o‘tib qoladi.


291
Infåksiya tarqalishida rol o‘ynaydigan va yuqorida sanab o‘til-
gan yo‘llarning har biri, odatda, muayyan infåksiya manbayi bilan
bog‘liq  bo‘ladi  va  ma’lum  tabiiy  hamda  maishiy  sharoitlarda
uchraydi. Shunga ko‘ra, kasallik ham klinik jihatdan turli shakllarda
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, infåksiya tarqalish yo‘llari turlicha
bo‘lgani sababli tulyaråmiyaning epidåmik tiplari ham har xildir.
Tulyaråmiya  epidåmik  ko‘payishining  xaraktåristikasi.  Tulya-
råmiya epidåmik ko‘payishining quyidagi tiplari farq qilinadi:
1)  hunarmandchilik  tipi,  2)  qishloq  xo‘jaligi  tipi,  3)  maishiy
tip  yoki uy tipi, 4) o‘ra tipi, 5) oziq-ovqat tipi, 6) suv tipi va
7) transmissiv tip.
Tulyaråmiya  hunarmandchilik  tipining  ko‘payib  kåtishi  suv
kalamushlarini  ovlash  yoki  ularning  tårisini  qayta  ishlash  bilan
bog‘liq bo‘lgan kishilar orasida yuz båradi. O‘z-o‘zicha va yakka-
yakka ovlash vaqtida ko‘pincha o‘spirin bolalar infåksiyani yuq-
tirib oladi. Infåksiyaning bunday tarqalib kåtishi dastavval maktab
o‘quvchilari  ichida  bo‘lgani  aniqlangan  edi.  Tulyaråmiya  suv
kalamushlari  yashaydigan  daryo  qirg‘oqlarida  ma’lum  endåmik
o‘choqlarda  birdaniga  ko‘payib  kåtadi.  Infåksiya  kalamush  pa-
razitlarining chaqishidan, shuningdåk, tirik kåmiruvchilar bilan,
ularning o‘lik jasadlari yoki tårisi bilan båvosita kontaktda bo‘l-
ganda  yuqib  qoladi.  Tulyaråmiya,  odatda,  bahor  mavsumida
ko‘payadi. Bu vaqtda suv ko‘payib kåtishidan yuz beradi, chunki
bunda kalamushlarning inlariga suv kirib, ular tashqariga qochadi
hamda ularni ovlash juda oson bo‘ladi.
Kasallikning  hunarmandchilik  bor  joylarda  ko‘payib  kåti-
shida tulyaråmiyaning  båz va jarohat-båz shakllari ko‘proq sodir
bo‘ladi. Bunda ko‘pincha qo‘ltiq osti båzlari zararlanadi.
Tulyaråmiyaning  qishloq  xo‘jaligida  ko‘payib  kåtadigan  tipi
sichqonlar  orasida  epizootiyalar  bo‘lishi  bilan  bog‘liq.  Kasallik-
ning ko‘payishi, odatda, bug‘doyni yanchish kåchikibroq qolga-
nidan kåyin bo‘ladi, chunki bunday vaqtda g‘aram qilib qo‘yilgan
bug‘doyda sichqonlar ko‘payib kåtadi. Agar sichqonlarda tulyarå-
miya  epizootiyasi  bo‘lsa,  bug‘doyni  yancha  boshlash  bilanoq,
kishilar orasida kasallik paydo bo‘ladi. Ba’zan bug‘doyni yanchish
va  o‘rish  bilan  band  bo‘lganlarning  hammasi  tulyaråmiya  bilan
yuz foiz og‘riydi.
Infåksiya kontakt yo‘li bilan tåri orqali ham, shuningdåk, havo-
chang  yo‘li  bilan  nafas  yo‘llarining  shilliq  pardalari  orqali  ham
organizmga  kiradi.  Tulyaråmiyaning  bunday  ko‘payishi,  asosan,


292
qish  mavsumida  yoki  qish-bahor  mavsumlarida  bo‘ladi.  Biroq,
sichqonlar  g‘aram  qilib  qo‘yilgan  joylarda  turib  qolgan  bo‘lsa,
kasallik kuzda ham ko‘payishi mumkin. Tulyaråmiya ko‘payishi
klinik jihatdan turli shakllarda bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda,
infåksiya tarqalish yo‘llari turlicha bo‘lgani sababli tulyaråmiya-
ning  epidåmik  tiplari  ham  har  xildir.  Qishloq  xo‘jaligi  tipida
ko‘pincha tifoid shakl, jumladan, bronxopulmonal, shuningdåk,
ko‘z-båz va anginoz-båz shakllari bo‘ladi.
Tulyaråmiya ko‘payishining uy yoki maishiy tipi ham sichqonlar
orasida tulyaråmiya epizootiyasi bo‘lishiga  bog‘liq. Kåmiruvchilar
ko‘p  miqdorda  bo‘lsa,  sovuq  tushishi  bilan  ovqat  qidirib  aholi
yashaydigan joylarga ko‘chadi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor-
larga, xonalarga va turarjoylarga kiradi. Sichqonlar o‘zining axlati
bilan oziq-ovqatni va uy anjomlarni iflos qilib, odamlar orasida
tulyaråmiya kasalligi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunda butun
bir  oila,  shu  jumladan,  bolalar,  oila  a’zolarining  kasb-koridan
qat’i  nazar,  hammasi  og‘riyvåradi.  Infåksiyaning  yuqish  måxa-
nizmlari  turli  bo‘lishiga  qarab  kasallikning  klinik  ko‘rinishlari
ham turlicha bo‘ladi.
Tulyaråmiya  ko‘payishining  o‘ra  tipi  o‘ralarda,  yårto‘lalarda
sodir bo‘ladi. Bunda daladagi hosil yig‘ib-tårib olinmagani sababli,
sichqonlar ko‘payib kåtib yårto‘la va o‘ralarga kiradi hamda oziq-
ovqat  va  anjomlarga  infåksiya  yuqtirib  iflos  qiladi.  Kasallikning
bunday  ko‘payishi  vaqtincha  yårto‘la  tipida  qurilgan  joylarda
yashashga majbur bo‘lgan fuqarolar orasida ham bo‘ladi.
Tulyaråmiya  ko‘payishining  oziq-ovqat  tipi.  Sichqonlar,
kåmiruvchilar  oziq-ovqatlarni  tulyaråmiya  chaqiruvchilari  bilan
zararlantirishi va shu oziq-ovqat mahsulotlarini kishilar istå’mol
qilganda,  kasallik  ko‘plab  uchrashi  mumkin.  Bunda  infåksiya
båvosita  shilliq  pardalari  orqali  kirishi  va  shuningdåk,  oziq-ov-
qatni tayyorlash vaqtida kontakt yo‘li bilan ham yuqishi mumkin.
Dåmak, oziq-ovqat sababi bilan tulyaråmiya ko‘payganida, uning
båz shakli ham uchraydi.
Tulyaråmiya ko‘payishining suv tipi kasal kåmiruvchilar — suv
kalamushlari va sichqonlarining axlatlari yoki jasadi bilan ochiq
suv  havzalari  (daryolar,  havzalar)  va  quduqlar  ifloslanganidan
bo‘ladi. Bunda infåksiya suvni istå’mol qilishdan, unda cho‘mi-
lishdan, daryoni kåchib yoki kåsib o‘tishdan yuqib qoladi. Tulya-
råmiya  chaqiruvchilari  bilan  ifloslangan  suvni  istå’mol  qilganda
kasallikning  tifoid  shakli  vujudga  kåladi;  infåksiya  tåri  orqali


293
yuqsa, tulyaråmiyaning båz shakli paydo bo‘ladi. Infåksiya suv-
dan  yuqqanida  kasallik  birdaniga  ko‘payib  kåtadi.  Bunda  ka-
sallik tarqalgan joy infåksiya bilan ifloslangan suvdan aholi foy-
dalanadigan joyga to‘g‘ri kåladi.
Tulyaråmiya  ko‘payishining  transmissiv  tipi  infåksiyaning  qon
so‘ruvchi  hasharotlar,  chunonchi  yaylov  kanalari,  so‘na,  pash-
shalar, chivinlar (Aedes) orqali yuqishi bilan sodir bo‘ladi. Kasal-
likning  ko‘payib  kåtishi  mavsumiy  xaraktårga  egadir.  Masalan,
infåksiya  kanalar  orqali  yuqsa,  bahor  mavsumida,  pashsha  va
chivinlar orqali yuqsa yoz-kuz mavsumida ko‘payadi.
Tulyaråmiya  mikroblari  kanalar  organizmida  ko‘payadi.
Kanalar  infåksiyani  transvarial  yo‘l  bilan  nasldan  naslga  o‘t-
kazishi isbot qilingan. Mikroblar kana måtamorfozasining hamma
bosqichlarida saqlanadi.
Infåksiya  hasharot  chaqqanida  yoki  uning  ifloslangan  axlat-
larini ishqalaganda tåri orqali organizmga kirib qoladi. Shunga
ko‘ra,  tulyaråmiya  kasalligining  transmissiv  yo‘l  bilan  ko‘pa-
yib kåtishida kasallikning båz va jarohat-båz shakllari ko‘proq bo‘-
ladi.  Tulyaråmiyaning  tåri  shaklida  shikastlangan  joy,  asosan,
tananing ochiq yårlari, ya’ni hasharot chaqa oladigan joylarda —
bo‘yinda,  oyoq-qo‘llarda  bo‘ladi.  Tulyaråmiyaning  transmissiv
ko‘payishi dala ishlarida, chunonchi båda o‘rimida, ayniqsa, daryo
yaqinida ko‘p bo‘ladi.
Tulyaråmiyaga qarshi kurash uning epidåmik zanjiri murak-
kab  bo‘lgani  uchun  ancha  qiyin  va  og‘irdir,  chunki  infåksiya
manbayi tabiatda juda xilma-xil va odam qo‘li yåtmaydigan da-
rajadadir, shu bilan birga infåksiyaning yuqish, tarqalish yo‘llari
ham  turlichadir.  Bundan  tashqari,  tulyaråmiyaning  epidåmik
tiplari har xil bo‘lgani uchun epidåmiyaga qarshi turli xil tadbir-
larni  amalga  oshirish  talab  etiladi.  Shunga  qaramasdan,  tulya-
råmiya bilan kasallanganlarni o‘z vaqtida topilsa, hamma chora-
larini ko‘rish mumkin.
Infåksiya  manbayiga  qarshi  kurash.  Båmor  odam  infåksiya
manbayi sifatida håch qanday rol o‘ynamasa-da, kasallikni barvaqt
aniqlash bu infåksiya uchun juda muhimdir.
  Tulyaråmiyaning  klinik  diagnostikasi  odamda,  ayniqsa,
tulyaråmiyaning tifoid shakllarida  ancha mushkul bo‘ladi. Dastlab
båmorlarning nima bilan og‘riganligi ko‘pincha aniqlanmay qo-
ladi  yoki  kåchikib  tashxis  qo‘yiladi.  Shunga  ko‘ra,  tashxis  qo‘-
yishda  epidåmiologik  anamnåz  katta  rol  o‘ynaydi.  Tulyaråmiya


294
tashxisini  qo‘yishda  båmorning  turmush  sharoitlari  (ovda  bo‘-
lishi, tårilarni qayta ishlashi, qishloq xo‘jaligi ishlarida kåmiruv-
chilar  bilan  kontaktda  bo‘lganligi),  tulyaråmiyaning  epidåmik
manbayi bilan aloqada bo‘lganligi e’tiborga olinishi kårak.
  Tulyaråmiya  diagnozi  qo‘yilgan  båmor  yoki  tulyaråmiyaga
gumonli bo‘lgan båmor atrofdagilar uchun båvosita xavf tug‘dir-
masa ham, odatda, ular shifoxonaga yotqiziladi. Juda bo‘lmaganda,
kasallikning o‘tkir davrida gospitalizatsiya qilinishi lozim. Båmorda
bo‘ladigan  mahalliy  yoki  umumiy  bålgi  va  dardlarni  kåyincha
ambulatoriya  yo‘li  bilan  davolanadi.  Båmorlarni  gospitalizatsiya
qilinganida  ularni  izolatsiya  qilib  qo‘yish  shart  emas  va  hatto,
båmorni umumiy tårapåvtik bo‘limga yotqizish ham mumkin.
Tulyaråmiya kasalligini hayvonlar orasida epizootiyani doimiy
kuzatib  turish,  kåmiruvchilar  (suv  kalamushlari,  sichqonlar,
quyonlar  va  boshq.)ni  uzluksiz  tåkshirib  turish,  kasal  va  kam
harakat bo‘lgan, bo‘shashgan kåmiruvchilarni tutish hamda o‘lgan
kåmiruvchilarning  jasadlarini  tåkshirib  turish  yo‘li  bilan  aniq-
lanadi. Bunda odam uchun qo‘llaniladigan barcha laboratoriya
diagnostika usullaridan foydalaniladi.
Tulyaråmiya kasalligining odam yoki hayvonlar orasida paydo
bo‘lib qolishi bu kasallik epidåmiyasining oldini olish yoki yo‘-
qotish  uchun  xabar  bo‘lmog‘i  lozim.
Tulyaråmiya kasalligining ko‘payib tarqalishiga qarshi kurash
u kasallikning qay xaraktårda vujudga kålganiga bog‘liq bo‘ladi.
  Tulyaråmiyaning  hunarmandchilik  joylarida  ko‘payib  kå-
tishining  oldini  olish.  Bunda  ko‘riladigan  profilaktika  choralari
tågishli  muassasalar  (tulyaråmiya  stantsiyalari)ning  suv  kala-
mushlari orasida epizootiya bo‘lishini kuzatib turishidan va ov
qilish  hamda  tårilarni  qayta  ishlash  ustidan  nazorat  qilib  turi-
shidan, ko‘rsatmalar bårishidan iboratdir. Bu maqsadlarda qu-
yidagi  choralarni  ko‘rish  lozim:  1)  suv  kalamushlari  orasida
kasallik  paydo  bo‘lib  qolsa,  ov  qilish  taqiqlanadi;  2)  ovchilik
guruhlari tulyaråmiya bilan bir marta og‘rigan kishilardan iborat
qilib tuzilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi; uyushmagan holda ov
qilish, chunonchi 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ovda ishtirok
etishilari man etiladi; 3) ovchilar va tårini sidiruvchi hamda unga
ishlov båruvchilar maxsus kiyimlar va jihozlar bilan (råzinkadan
yoki nam o‘tmaydigan boshqa matårialdan qilingan qo‘lqoplar,
etaklar,  etiklar,  chåti  yopiq  ko‘zoynaklar,  tålpak,  doka  boylo-
g‘ichlar, ombirlar va kalamushlarni ushlab solish uchun qopqoqli


295
paqirlar  bilan)  ta’minlanadi;  4)  o‘lgan  yoki  kasal  bo‘lgan
kåmiruvchi  hayvonlarning  tårisidan  foydalanish  taqiqlanadi;
5)  turarjoydan  uzoqroq  bo‘lgan  yårda  tutilgan  kalamushlarni
topshirish  uchun  maxsus  punktlar  tashkil  qilinadi,  tårilarni
turarjoylarda qayta ishlash butunlay man etiladi; 6) ishlab chi-
qarishning  hamma  chiqindilari  (tårisi  ajratib  olingan  jasadlar,
yaramaydigan tåri parchalari va boshq.) kuydiriladi yoki xlorli
ohak  såpib,  ko‘mib  tashlanadi;  7)  tårilarni  maxsus  ajratilgan
kichkina va hamma tomoni gårmåtik båkiladigan xonalarda qayta
ishlovdan o‘tkaziladi. (Bu maqsadda xlorpikrin ishlatiladi. 1 m
3
joy uchun 50 ml xlorpikrin olinib, 24 soat ekspozitsiya qilinadi.);
8) mahalliy aholi orasida sanitariya maorifi ishlari kång yo‘lga
qo‘yiladi;  9)  yuqorida  sanab  o‘tilgan  tadbirlar  qanday  amalga
oshirilayotganligi sanitariya tåkshiruvi organlari tomonidan har
kuni nazorat qilib turiladi.
Tulyaråmiya  kasalligining  qishloq  xo‘jaligi  ishlari  sohasida
bo‘lmasligining oldini olish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshi-
riladi: 1) g‘allani o‘z vaqtida yanchish va kalamush kirolmaydigan
g‘alla omborlariga olib kåtish; 2) g‘allani tåz orada yanchib olish
imkoni bo‘lmasa, g‘aramni kåmiruvchilardan ehtiyot qilish cho-
ralarini  ko‘rish  (g‘aram  qilinadigan  joylarni  tozalash,  g‘aram-
ning atrofini chuqurligi kamida 60 sm va eni 50 sm kåladigan
qilib  ariq  qaziladi.  Bunday  ariqda  ayrim-ayrim  joylarga  tuzoq-
chuqurlar ham qilib qo‘yiladi; qishda bo‘lsa, g‘aram atrofiga qor
to‘plab  ustidan  suv  quyiladi);  3)  g‘allani  yanchib  bo‘lgandan
so‘ng  qolgan  somon  va  boshqa  qoldiqlarni  darhol  yig‘ishtirib
olish  lozim;  4)  kalamushlar  kirolmaydigan  omborlar  qurish
kårak;  5)  agrokultura  ishlarini  olib  borish,  yovvoyi  o‘simliklar
bilan qoplangan joylarni yo‘qotish, sichqon va kalamushlarning
inini måxanik ravishda buzish uchun dala joylarni chuqur qilib
haydash va qazish lozim; 6) kåmiruvchilarni måxanik yo‘l bilan,
kimyoviy va biologik usullar bilan qirish kårak.
 G‘allani kåch yanchish natijasida tulyaråmiya kasalligi paydo
bo‘lib qolsa, quyidagilarni amalga oshirish lozim: 1) qishda qolib
kåtgan g‘aramlarning hammasini tåkshirish kårak; 2) g‘aram qilib
qo‘yilgan g‘allani boshqa joyga ko‘chirib, pastki qismlarini kuy-
dirib  tashlash  lozim,  chunki  g‘aramning  pastki  qismlarida  ko‘-
pincha  kåmiruvchilar  joylashib  olgan  bo‘ladi;  3)  kåmiruvchilar
bilan  ifloslangan  g‘allani  quritish  påchkalarida  xlorpikrin  bilan
qayta ishlovdan o‘tkazish yoki boshqa usullar bilan zararsizlan-


296
tirish kårak. Bu aytilgan tadbirlarning hammasini maxsus korjo-
malar  —  kombinåzonlar,  yångchalar,  doka  boylog‘ichlar,  chåti
yopiq ko‘zoynaklar va h.k.lar taqib bajarish lozim.
Tulyaråmiyaning  uy  sharoitlarida  tarqalib  kåtishiga  qarshi
kurash sichqonga o‘xshash kåmiruvchilarning ko‘payib kåtishiga
qarshi qilinadigan tadbirlardan va odamlar yashaydigan joylarni
ulardan himoya qilish choralarini amalga oshirishdan iborat. Bu
tadbirlar  tulyaråmiyaning  qishloq  xo‘jaligida  oldini  olish  uchun
bålgilangan va yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlardan farq qil-
maydi. Kåmiruvchilardan saqlanish maqsadida vaqtincha qurilgan
uylar, yårto‘lalar atrofiga aylana chuqur ariqlar qazish va ularning
ayrim joylariga tuzoq chuqurchalar qilish, qishda esa qor uyumlab
qo‘yish  kårak.
  Tulyaråmiyaning  suvda  va  suv  orqali  tarqalib  kåtishining
oldini olish uchun jasadlari va axlatlari suvni iflos qiladigan kå-
miruvchilarga qarshi kurashish tadbirlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish
lozim.  Bundan  tashqari,  tulyaråmiya  endåmik  kasallik  sifatida
uchrab  turadigan  joylarda  quduqlarni  ifloslanishdan  saqlash
choralarini, ayniqsa, sinchiklab olib borish lozim (quduq atrofini
mustahkam  qilish,  uning  qopqog‘i  butun  bo‘lishini  va  nishabi
to‘g‘ri ekanligini tåkshirib turish lozim). Agar sichqonlar orasida
epizootiya bo‘lsa va ayniqsa odamlar orasida tulyaråmiya kasalligi
suv  orqali tarqalganiga gumon bo‘lsa, ifloslangan suv manbayi-
dan  foydalanish  to‘xtatiladi.  Quduqni  yoki  havzani  suvdan  to-
zalab kåyin xlorlanadi. Bunda bir litr suvga 5—10 mg faol xlor
to‘g‘ri kålishi kårak.
  Tulyaråmiyaning  oziq-ovqat  orqali  tarqalib  kåtishining  oldini
olish. Tulyaråmiyaning båmor hayvonlar go‘shtini istå’mol qilish
natijasida tarqalib kåtishining oldini olish uchun quyonlar orasida
epizootiya  bo‘lish-bo‘lmasligini  våtårinariya-sanitariya  tåkshiruv
muassasalari kuzatib turishlari lozim. Quyonlar orasida epizootiya
bo‘lganida,  ular  go‘shtini  ishlatishni  taqiqlash  kårak.  Quyon
go‘shtini qayta ishlaydigan korxonalarda (konsårva korxonalarida)
oziq-ovqat sanitariya tåkshiruvini yaxshi yo‘lga qo‘yish, ya’ni in-
dividual himoya choralari va ishlayotganlarning shaxsiy gigiyåna
qoidalariga rioya qilishlarini tåkshirib turish lozim. Tulyaråmiya-
ning  kåmiruvchilar  ifloslagan  oziq-ovqat  mahsulotlari  orqali
tarqalishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun  kåmiruvchilarga  qarshi  olib
boriladigan va yuqorida sanab o‘tilgan barcha tadbirlarni amalga
oshirish  va  kalamushlar  kirolmaydigan  omborlar  qurish  kårak.


297
Tulyaråmiyaning  transmissiv  yo‘l  bilan  tarqalishining  oldini
olish  uchun  kåmiruvchilarning    ko‘payishiga  qarshi  qilinadigan
tadbirlarni amalga oshirish va aholi orasida, ayniqsa, dala ishlari
vaqtida sanitariya maorifi tadbirlarini kång yo‘lga qo‘yish lozim.
Tulyaråmiyaning  båvosita  transmissiv  yo‘l  bilan  yuqish  xavfi
bo‘lsa, chivinlar va so‘na pashshalar chaqishidan måxanik ravishda
saqlanish choralarini ko‘rish, ya’ni hammayog‘i bårk kiyim-bosh
va mustikårlar kiyish kårak.
Tulyaråmiyaning  spåtsifik  profilaktikasi.  Tulyaråmiya  infåk-
siyasining manbayiga va uning tarqalish yo‘llariga qarshi kurash
qiyin bo‘lgani sababli, shuningdåk, tulyaråmiya katta epidåmiya-
lar  sifatida  tarqalishi  mumkin  bo‘lgani  uchun,  tulyaråmiyaning
maxsus profilaktikasi muhim ahamiyatga ega. Yetarli ta’sir kuchiga
ega bo‘lgan va qulay hamda arzon bo‘lgan maxsus profilaktika
usulini ishlab chiqish borasida olib borilgan dastlabki urinishlar
yaxshi  natija  bårmadi.  Olingan  vaksina  yåtarli  immunitåt  hosil
qilolmadi. Faqat 1935—1936-yillardagina rus olimlari N. A. Gayskiy
va  B.Y. Elbårt  tomonidan  immunogån  xossalarga  ega  bo‘lgan
tulyaråmiya mikrobining avirulånt shtammi olindi. 1946-yilda
B.Y. Elbårt  ana  shunday  avirulånt  tirik  shtamm  bilan  tåriga
emlash  usulini  taklif  qildi.  Bu  usul  chåchakka  qarshi  emlash
usuliga o‘xshash tåri ustiga qilinadi. Bu shtamm bilan bir marta
emlangan  kishida  juda  yaxshi  immunitåt  hosil  bo‘ladi,  yalpi
vaksinatsiya qilinganida kasallik tarqalib kåtishining to‘liq oldini
olish mumkin. Kuzatuvlarga qaraganda epidåmiologik ko‘rsat-
kichlar  bo‘lgan  vaqtda  råvaksinatsiyani  birinchi  vaksinatsiya-
dan kåyin kamida to‘rt yil o‘tgach takrorlash lozim.
Epidåmiologik  ko‘rsatkichlarga  qarab  aholini  rejali  ravishda
vaksinatsiya qilinadi. Bundan tashqari, o‘z kasbiga ko‘ra tulyarå-
miya kasalligini yuqtirib olish xavfi bo‘lgan aholi rejali ravishda
emlab turiladi.
Tulyaråmiyaning mavsumiy ishlar vaqtida tarqalib kåtishining
oldini olish sanitariya-epidåmiologiya xizmati ma’lumotlaridan
o‘z vaqtida va to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. Odamlar orasida tulya-
råmiya kasalligi bo‘lganligi (yoki tulyaråmiya kasalligiga gumon-
lilar) sinchiklab tåkshirilsa, suv kalamushlari va sichqonlar orasida
bo‘lgan epizootiyalarni hisobga olib turilsa, va nihoyat, kåmiruv-
chilarning  miqdori  hisobga  olinsa,  tulyaråmiya  manbayini  o‘z
vaqtida topish va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish mum-
kin. Bunga quyidagi tadbirlar kiradi:


298
1)  ishchilar  orasida  tushuntirish  ishlari  olib  borish;
2)  suv  kalamushi  ovini  taqiqlash  va  ularning  tårisini  olish-
sotishni man etish;
3)  turarjoylarni  va  shuningdåk,  yårto‘lalarni  yuqorida  aytib
o‘tilgan usullar bilan ehtiyot qilib saqlash;
4)  oziq-ovqatlarni  kåmiruvchilardan  ehtiyot  qilish;
5) shu joyda jamg‘arib qo‘yilgan båda, yåm va boshqa narsa-
lardan foydalanishni taqiqlash;
6)  qaynatilmagan  suvdan  foydalanishni,  daryo  va  ochiq  suv
havzalarida cho‘milishni man etish.
1. Quturish kasalligida chaqiruvchining o‘tish mexanizmi qanday?
2. Oqsim qanday rivojlanadi?
3. Kuydirgi kasalligida epidemik nazorat qanday o‘tkaziladi?
4. Qoqshol kasalligining maxsus profilaktikasi nimadan iborat?
?
NAZORAT SAVOLLARI


299
6-bob.  PARAZITOLOGIYA
6.1. Parazitizm, infeksiya va qo‘zg‘atuvchi
xususiyati haqida tushuncha
Infeksion  kasallikning  tasnifi  va  ular  qo‘zg‘atuvchilarining
evolutsiyasi. Yer kurrasi biosferasi faol hayot sohasi bo‘lib, atmos-
feraning  quyi  qismini,  gidrosferani  va  metasferaning  ustki  qis-
mini o‘z ichiga oladi. Biosferada tirik organizmlar (tirik modda) va
ularning yashash muhiti uzviy bog‘langan bo‘lib, yaxlit dinamik
tizim hosil qiladi va bir-biriga ta’sir etib turadi.
«Biosfera» atamasi 1875-yilda kiritilgan. 1926-yilda V.I. Ver-
nadskiy  yaratgan  ta’limotga  ko‘ra,  «Biosfera  —  yerning  hayot
qaynagan qobig‘i» bo‘lib, bunda tirik organizmlar (shu jumladan,
inson)ning  umumiy  faoliyati  sayyoramiz  miqyosidagi  jahon-
shumul geokimyoviy omil sifatida ro‘y beradi. Yer kurrasi bios-
ferasini unda yashovchi tirik mavjudotlar yashash muhitiga ko‘ra,
besh muhitga ajratish mumkin:
1. Òroposfera — havo-yer muhiti. Bu muhitda yashovchi tirik
jonzotlar  (qushlar,  bir  qator  sut  emizuvchilar)  aerobiontlar
deb ataladi.
2. Metasfera — tuproq muhiti. Bu muhitda yashovchi jonzotlar
(ko‘rsichqon va boshq.) pedobiontlar deb ataladi.
3.  Antroposfera.  Bu  muhitda  uy  hayvonlari  (qoramol,  qo‘y,
echki va boshq.) va sinantrop hayvonlar yashaydi.
4. Gidrosfera — suvli muhit. Bu muhitda gidrobiontlar (baliqlar)
hayot kechiradi.
5. Antosfera. Biror organizm boshqa tirik mavjudotlar uchun
yashash muhiti hisoblanadi. Bunday tirik mavjudotlar antobiont-
lar deb ataladi. Bular jumlasiga parazitlar (oddiy amyoba, ichak
amyobasi,  ichak  trixomonadasi,  ichak  balantidiyasi,  jigar  so‘r-
g‘ichi, exinokokk, odam askaridasi va boshq.) kiradi.
Ko‘pgina organizmlar o‘z hayot muhitlarida yashash bilan bir
qatorda boshqa parazit organizmlar uchun hayot muhiti  hisobla-
nadi.  Organizm  yashash  muhiti  sifatida,  ya’ni  «ontosfera»  tu-


300
shunchasini birinchi bo‘lib Y.N. Pavlovskiy kiritdi. Bunday mu-
hitda parazitar turlar yashab, evolutsiya jarayonida unga mosla-
shib boradi. Parazitizmni Y.N. Pavlovskiy quyidagicha ta’riflaydi:
Parazitizm  —  bu  har  xil  turlarga  tegishli  bo‘lgan  organizm-
larning  o‘zaro  yashash  munosabatlari  bo‘lib,  bunda  organizm
(parazit)  ikkinchi  organizm  (xo‘jayin)dan  oziqlanish  manbayi,
doimiy va vaqtinchalik yashash joyi sifatida foydalanadi. Bunda
xo‘jayin  (makroorganizm)  sifatida  biror  parazit  turi  uchun
yashash muhiti bo‘la oladigan tirik organizm (tur) ishtirok etadi.
Parazitizm  turlararo  munosabatlarning  shakli  bo‘lib,  bir  tur-
dagi tirik mikroorganizmlarning (qo‘zg‘atuvchilari) boshqa turdagi
makroorganizmlardan (xo‘jayin) yashash muhiti yoki oziq man-
bayi sifatida foydalanishi bilan xarakterlanadi. Bunday mikroor-
ganizmlar parazitlar  (yunon.  parasitos —  tekinxo‘r)  deb  ataladi.
Infeksion va parazitar kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari viruslar,
prokariotlar va eukariotlar tabiatiga mansub obligat, fakultativ va
tasodifiy parazitlar hisoblanadi. Òurli biologik davrga ega bo‘lgan
parazitlar xo‘jayinlari definitiv, oraliq va rezervuar xo‘jayinlarga
bo‘linadi. Definitiv xo‘jayin organizmida parazit jinsiy yetilib, shu
yo‘l bilan ko‘payadi. Oraliq xo‘jayin organizmida esa, parazit jin-
siy yetilmagan davrda yashaydi. Ko‘payishi jinsiy yo‘l bilan ke-
chadi.  Rezervuar  xo‘jayin  parazitning  biologik  yashash  davrida
qatnashishi shart bo‘lmagan organizm hisoblanadi. Lekin ular o‘zida
parazitlar lichinkasini to‘plab, ma’lum sharoitlarda ularning de-
finitiv organizmga o‘tishini ta’minlab beradi. Xo‘jayin organizm-
larni bunday uch asosiy guruhga bo‘lish hamisha ham qo‘l ke-
lavermaydi.  Chunki  ko‘pgina  mikroorganizmlar  to‘liq  yashash
davriga ega emas. Bunday hollarda ba’zi xo‘jayin organizmlarni
«tashuvchi» atamasi bilan atash maqsadga muvofiq. Òransmissiv
kasalliklarda  esa,  xo‘jayin  organizmlari  orasida  tashuvchilar  va
o‘tkazuvchilarni ajratib ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Parazitlar boshqa turdagi organizmlardan (o‘z xo‘jayinlaridan)
yashash  muhiti  sifatida  foydalanadi,  bu  yerda  asosiy  hayot
jarayonini  o‘tkazish  bilan  birga  tashqi  muhit  bilan  aloqalarini
xo‘jayin organizmi orqali amalga oshiradi. Parazitlarning yer, havo,
suv va tuproq muhitlarida yashashlari bunday munosabatlarning
natijasi hisoblanadi.
Uch a’zoli parazitar sistemasi kasallik chaqiruvchi va ikki xil
turga  tegishli  bo‘lgan  xo‘jayin  organizmlaridan  tarkib  topgan
bo‘ladi. Bu sistemada parazit o‘zining biologik davrini bir turdagi


301
xo‘jayin  organizmidan  ikkinchi  turdagi  organizmga  o‘tmasdan
turib yakunlay olmaydi. Uch a’zoli parazitar sistemaga kiruvchi
parazitlar obligat-transmissiv infeksiya chaqiruvchilari va notrans-
missiv  invaziyalar  bo‘lishi  mumkin.
Obligat-transmissiv infeksiya chaqiruvchilari oddiy va murakkab
uch a’zoli parazitar sistema tarkibiga kirishi mumkin. Oddiy uch
a’zoli parazitar sistema kasallik chaqiruvchisi bir turdagi tashuvchi
va  bir  turdagi  o‘tkazuvchilardan  iborat  bo‘ladi.  Masalan,  bitli,
toshmali va qaytalama terlamada shunday bo‘ladi. Uch a’zoli mu-
rakkab  parazitar  sistema  tarkibiga  esa,  kasallik  chaqiruvchi,  bir
turdagi tashuvchi va ko‘p turlarga tegishli o‘tkazuvchilar (bezgak),
bir turga tegishli va ko‘p turga tegishli tashuvchilar (tashuvchilar
bo‘yicha murakkab uch a’zoli parazitar sistema, qaytalama ter-
lama)  va  nihoyat,  ko‘p  turga  tegishli  tashuvchilar  va  o‘tkazuv-
chilarga chivin va kana ensefalitlari kiradi. Uch a’zoli parazitar
sistemaga  kiruvchi  notransmissiv  invaziyalar  qo‘zg‘atuvchilari
bittadan definitiv va oraliq xo‘jayinlarga (oddiy uch a’zoli parazitar
sistema) yoki bir necha turdan iborat definitiv va oraliq xo‘jayinlarga
ega bo‘lishlari mumkin (murakkab uch a’zoli parazitar sistema).
6.2. Parazitar turlarning kelib chiqishi va evolutsiyasi
Parazitar  turlar  mustaqil  hayot  kechiruvchi  (parazit  bo‘lma-
gan) turlarning parazitizmga o‘tishi yoki oldindan paydo bo‘lgan
parazitlarning evolutsiyasi tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Parazit  bo‘lmagan  turlardan  parazitar  turlarning  paydo  bo‘-
lishiga  bunday  turlar  dastlabki  shakllari  biologiyasidagi  va  tar-
qalishidagi o‘ziga xosliklari sabab bo‘lishi kerak. Keyinchalik pa-
razitar sistemaning a’zolari bo‘lmish mikro va makroorganizmlar
bir-biri  bilan  ekologik  jihatdan  yaqin  bo‘lganligi  sababli  o‘zaro
to‘qnashishlari kerak edi. Mustaqil hayot kechiruvchi bunday ikki
turning  to‘qnashuvidan  keyingi  taqdirlari  ularning  to‘qnashuvi
kelgunga qadar bo‘lgan adaptatsiya xususiyatlariga bog‘liq bo‘l-
gan.  Ular  o‘rtasida  parazitar  munosabat  faqatgina  makroorga-
nizmga  tushgan  mikroorganizmning  bu  sharoitda  vaqtinchalik
yashab, ko‘paya olish qobiliyati bo‘lgan taqdirdagina vujudga kel-
gan. Bu mikroorganizmlar o‘z-o‘zidan yuqumli kasalliklar cha-
qirtiruvchilari  bo‘la olishlari mumkin edi. Shu bilan birga davriy
ravishda  amalga  oshib  turgan  bunday  o‘zaro  munosabatlar
maxsus adaptatsiyalar filogenezida mikro va makroorganizmlar


302
o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanishiga asos bo‘lishi mumkin
edi. Bunday evolutsiyaning dastlabki bosqichida, odatda, fakul-
tativ parazitizm  vujudga kelib, keyinchalik u obligat parazitizmga
o‘tishi  mumkin.
Hozirgi paytda tabiatda uchraydigan fakultativ parazitizm ko‘-
rinishlari, obligat parazitizm paydo bo‘lishining dastlabki qadam-
lari qanday bo‘lganligini ko‘rsatadi. Obligat parazitlarning bunday
paydo bo‘lish jarayoni ko‘pgina omillarga bog‘liq. Bularga birinchi
navbatda  mikroorganizmlar  kirib  olgan  hayvon  organizmidagi
muhitning tuzilishi va o‘ziga xosligi, bu hayvonlarning parazitar
va boshqa hayvonlar bilan bo‘lgan biogenetik aloqalari va mikroor-
ganizmning bu organizmga kirishiga va bu yerda yashashiga yordam
beruvchi yoki loaqal moyillik qiladigan shart-sharoitlar kiradi.
Shunday qilib, bo‘lajak parazit va xo‘jayin organizmlari o‘r-
tasidagi  munosabat  ko‘pgina  tasodifiy  hollar  tufayli  vujudga
keladi.  Bunday  hollar  keyinchalik  tabiiy  tanlanishda  mikro  va
makroorganizm o‘rtasidagi aloqalarning filogenez jarayonida mus-
tahkamlanishi hamda obligat parazitlarning vujudga kelishi uchun
asos bo‘lib qoladi.
Xo‘jayin organizmiga parazitlarning patogen ta’siri, ularning
birlamchi  va  ikkilamchi  hayoti  muhitlarga  moslashuvi  xo‘jayin
organizmi evolutsiyasining ma’lum bir tarzda borishini belgilaydi.
Bu esa, o‘z navbatida, infeksion kasallik evolutsiyasida muayyan
ahamiyat kasb etadi.
Parazitologiya  pazitlik  qilib  yashaydigan  mikroorganizmlar
morfologiyasini, biologiyasini va tarqalishini, ularning o‘zaro mu-
nosabat  xususiyatlarini,  xo‘jayinlari,  profilaktikasi  va  qarshi  ku-
rashish hamda transmissiv kasalliklarni o‘rganadi.
Òibbiyot  fanlari  rivojlanishi  parazitologiyaning  mukammal-
lashuvi va bir necha tor doiradagi  sohalarga bo‘linishiga olib keldi.
Bular umumiy parazitologiya, tibbiy va veterinar parazitologiyadir.
Umumiy parazitologiya hayvon parazitizmi va parazitologiya-
ning umumiy masalalari bilan shug‘ullanadi. Òibbiy va veterinar
parazitologiya odamlar hamda uy hayvonlarida kasalliklarni keltirib
chiqaradigan parazit mikroorganizmlarni o‘rganadi. Òibbiy para-
zitologiya umumiy va veterinar parazitologiyaning bir qator bo‘-
limlari  bilan  chambarchas  bog‘langan  bo‘ladi,  chunki  ko‘pgina
parazitlar ham odamni, ham hayvonlarni zararlaydi.
Bundan tashqari, odam organizmiga yomon ta’sir ko‘rsatuvchi
parazitlar  patologiyasi,  immunologiyasi,  klinikasi  va  terapiyasi


303
bilan ham chambarchas bog‘langan. Shuningdek, parazitologiya
zoologiya fani bilan ham yaqin aloqada, chunki parazitlar turli
xildagi umurtqasiz hayvonlar guruhiga kiradi.
Mustaqillik yillariga kelib, parazitologiya faniga e’tibor yanada
kuchaydi. Respublikamizning markaziy shaharlarida parazitologiya
ilmiy tekshirish institutlari ochilib, o‘lkamizda uchraydigan tabiiy-
mintaqaviy parazit mikroorganizmlarni o‘rganish keng yo‘lga qo‘yildi.
1994-yilda  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazi-
rining  «O‘zbekiston  Respublikasida  parazitar  kasalliklar  profi-
laktikasini kuchaytirish choralari haqida»gi 618-buyrug‘i chiqdi.
Ushbu  buyruqqa  asosan,  mamlakatimizda  ayrim  parazitar  ka-
salliklar  bo‘yicha  keng  ko‘lamda  olib  borilayotgan  profilaktik
choralar natijasida katta yutuqlarga erishildi. Ko‘p yildan buyon
moskit isitmasi, visseral va antrokonoz teri leyshmaniozi, anki-
lostomoz,  amyobiaz  singari  kasalliklar  ro‘yxatga  olingan  emas.
Kemiruvchilardan yuqadigan teri leyshmaniozi, kanalar tashuvchi
qaytalama tif kabi kasalliklar ham kamaygan.
Shunga  qaramasdan,  respublikamizning  ayrim  viloyatlarida
parazitar  kasalliklar  bo‘yicha  epidemiologik  vaziyat  murakkab-
lashmoqda. Ma’lumki, respublikamizning xorijiy davlatlar bilan,
shu  jumladan,  epidemiologik  jihatdan  nosog‘lom  vaziyatdagi
mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalari kundan
kunga rivojlanib bormoqda. Bu esa, maxsus  xizmat, aeroportlar
va boshqa kelib-ketish tarmoqlarida xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot
xodimlaridan  bezgakka,  kanalar  tashuvchi  qaytalama  tif  yoki
boshqa kasalliklarga shubha qilingan, istimasi yuqori bo‘lgan shaxs-
larni o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazishni talab qiladi.
Mustaqil respublikamizda parazitologiya xizmatini yo‘lga qo‘-
yishda  buyuk  rus  shifokor  olimlari  A.P.  Fedchenko,  P.F.  Bo-
rovskiylar katta hissa qo‘shishgan. A.P. Fedchenko O‘rta Osiyo dav-
latlarida parazitning yashash siklini o‘rganib, uning oldini olish
choralarini  belgilagan.  P.F. Borovskiy  teri  leyshmaniozi  (pash-
shaxo‘rda)  chaqiruvchisini  aniqlagan.
Parazitologiya xizmatining rivojlanishiga ayrim parazitar kasal-
liklarning ko‘payib ketishi ham sabab bo‘lgan. 1920-yili Moskva
shahrida birinchi parazitologiya va tropik tibbiyot ilmiy tekshirish
instituti  ochilgan.  Shu  institut  zamirida  boshqa  respublikalar
parazitologiya institutlari shoxobchalari ishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu
jumladan, respublikamizdagi L.M. Isayev nomidagi parazitologiya
ilmiy tekshirish instituti, Samarqanddagi parazitologiya va o‘lka


304
patologiyasi instituti va shu institutning Òermiz filiali ham hozirgi
kunda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 618-buyruqning asosiy qism-
laridan biri gigiyena kasalliklarini bartaraf etishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati yordamida, sog‘liqni saq-
lash muassasalarining maqsad sari intilishlari tufayli, 1960-yilga
kelib mamlakatimizda bezgakni tugatishga erishildi. Lekin keyingi
yillarda Afrika va Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarning kengay-
tirilishi  tufayli  shahar  va  qishloqlarga  bezgakning  qaytib  kelishi
ro‘y berdi.
O‘zbekistonda  parazitologiya  xizmatining  shakllanishida  bir
qancha rus olimlari o‘z hissalarini qo‘shishgan. Misol uchun, bezgak
chivinlari ekologiyasini o‘rganishda buyuk rus olimi, tibbiy entomo-
logiya bo‘yicha yirik mutaxassis V.I. Beklemishevning hissasi kattadir.
Parazitologiya va tropik tibbiyot institutining shoxobchalari
sifatida respublikamizda ham shunday ilmiy tekshirish institut-
lari ochilgan. Bundan tashqari, bezgak kasalligining ekologik
ta’sirini o‘rganish bo‘yicha katta mutaxassislar Y.N. Pavlovskiy,
A.A. Shtakelberg ham parazitologiyaning fan bo‘lib shakllani-
shida asoschilardan hisoblanadi.
6.3. Trematodalar sinfi (Trematoda)
Trematodalar yoki so‘ruvchilar — bo‘g‘imlari bo‘lmagan, lan-
setsimon  yoki  yaproqsimon  yassi  tanali,  o‘lchami  kichik  gel-
mintlardir. Ko‘pgina trematodalar — germafroditlardir. Bu sinfning
hamma turlari biogelmintlar hisoblanadi.
So‘ruvchilar  —  odam  parazitlarining  ikkita  so‘rg‘ichi  bo‘lib,
ulardan biri og‘iz teshigini o‘rab turadi, ikkinchisi, qorin so‘rg‘ichi
esa yopishish a’zosi bo‘lib xizmat qiladi. Trematodalar qo‘zg‘a-
tadigan kasalliklar guruhiga trematodozlar deyiladi.
Opistorx
Tuzilishi. Opistorx (Opisthorchis) birinchi marta mushuklarda
1884-yilda,  odamda  esa  1891-yilda  Omskda  topilgan,  shuning
uchun mushuk yoki Sibir so‘ruvchisi nomini olgan.
  Uzunligi  taxminan  1  sm  keladigan  lansetsimon  tanasi  bor.
Tanasining orqa tomonida to‘rt va besh parrakli yirik urug‘doni —
moyagi joylashgan. Tanasining o‘rta qismi ko‘p miqdorda tuxumlar
saqlaydigan  to‘q  rangli  bachadon  bilan  to‘lgan.  Tuxumlari  och
sarg‘imtir yoki kulrangnamo, juda mayda, uzunligi 26—30 mkm,


305
oval, biroz asimmetrik. Yaxshi chegaralangan yupqa pardasi bor.
Qutblaridan birida tuxumning qolgan qismidan silliq ingichka chiziq
ajratib turadigan qopqoqcha ko‘rinadi, qarama-qarshi tomonida
esa kichkina do‘mboqcha ko‘tarilib turadi. Boshqa gelmintlar —
klonorx va metagonim tuxumlariga juda o‘xshaydi, shunga ko‘ra
amaliy sharoitlarda gelmintlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlarini farq
qilib bo‘lmaydi. Biroq o‘rtacha va katta qilib ko‘rsatadigan mikros-
kopda ularni bir qancha o‘ziga xos belgilari bo‘yicha farq qilsa bo‘ladi.
15-jadval
Opistorx va klonorx tuxumlarining bir-biridan farqi
i
r
a
li
g
l
e
B
x
r
o
t
s
i
p
O
x
r
o
n
o
l
K
il
k
a
h
S
-
a
t
s
i
p
r
a
q
o
b
a
g
n
u
k
,l
a
v
O
-
a
r
i
r
a
l
b
t
u
Q
.i
d
a
t
a
l
s
e
i
n
i
s
k
i
h
c
i
k
q
r
a
f
i
g
a
d
i
s
u
i
d
-
a
r
i
r
a
l
b
t
u
q
,
n
o
m
i
s
k
o
N
a
tt
a
k
q
r
a
f
i
g
a
d
i
s
u
i
d
k
il
k
i
r
t
e
m
m
i
S
k
i
r
t
e
m
m
i
s
A
z
i
s
h
c
u
k
i
s
a
y
i
r
t
e
m
m
i
s
A
-
n
il
i
b
t
q
a
v
a
m
m
a
h
a
v
i
d
y
a
m
i
s
a
d
r
a
P
a
q
p
u
y
,
q
il
li
S
n
il
a
q
,
r
i
d
u
b
-
r
i
d
a
‘
G
a
h
c
q
o
q
p
o
q
g
n
i
n
a
d
r
a
P
n
a
q
q
i
h
c
n
a
d
i
d
l
o
i
r
a
l
m
s
i
q
n
a
g
a
m
n
a
l
a
d
o
fi
i
h
s
x
a
Y
n
a
g
n
a
l
a
d
o
fi
i
h
s
x
a
Y
»
r
a
l
a
h
c
a
k
l
e
y
«
i
k
t
s
a
p
g
n
i
n
a
h
c
q
o
q
p
o
Q
i
s
a
r
a
g
e
h
c
a
d
h
s
i
n
i
r
‘
o
k
q
il
li
s
a
k
h
c
i
g
n
I
-
i
r
‘
o
k
l
a
‘
g
a
d
a
m
l
a
r
u
B
a
d
h
s
i
n
a
h
c
q
o
q
p
o
Q
-
i
b
z
i
s
h
c
u
k
,
s
a
m
e
d
n
a
l
a
B
i
d
a
n
il
d
n
a
l
a
B
a
h
c
q
o
b
m
‘
o
D
i
d
a
n
il
i
b
i
h
s
x
a
Y
i
d
y
a
m
n
il
i
b
i
h
s
x
a
Y
Rivojlanish sikli. Opistorxlar odam jigarining o‘t yo‘llarida, o‘t
pufagida  va  me’da  osti  bezida,  shuningdek,  itlar,  mushuklar,
cho‘chqalar va boshqa ba’zi hayvonlarning ichki a’zolarida para-
zitlik  qiladi.  Bu  gelmintning  tuxumlari  ichakka  ajralib  chiqadi,
so‘ngra najas bilan birga tashqi muhitga tushadi, biroq ular suv
havzalaridagina rivojlana olishi mumkin.
 Tuxumlarni yutgan suv molluskalari (Bithynia) organizmida
ko‘p  miqdordagi  lichinkalar  —  serkariylar  rivojlanadi.  Buning
uchun kamida 2 oy talab etiladi. So‘ngra serkariylar suvga chiqadi,
zog‘ora  baliqlar  (ko‘k  bo‘yin,  yeles,  qizilko‘z  baliq  va  boshq.)
tanasiga faol kirib, ularning mushaklarida bundan keyingi lichin-


306
kaga — parda bilan qoplangan invazion (yuqumli) lichinkaga —
metatserkariyga  aylanadi. Sibir  so‘ruvchisi  metatserkariylarining
ingichka oldingi uchida tikanchalar, qora rangli oval yoki biroz par-
raksimon yirik ekskretor pufak, og‘iz va qorin so‘rg‘ichlari, ichak
qovuzloqlari ko‘rinib turadi. Lichinka o‘lchami 0,23—0,37 mm.
Bu lichinkalar 6 hafta o‘tgandan keyin odam uchun invazion
bo‘lib  qoladi.  Insonga  kasallik  taom  tayyorlashda  yaxshi  qoq-
lanmagan, tuzi kam, termik jihatdan yetarlicha ishlov berilmagan
yoki xom (stroganina) baliq ishlatilganda yuqadi. Odam ichagida
lichinkalar  pardalardan  ozod  bo‘ladi,  umumiy  o‘t  yo‘li  va
pankreatik yo‘llar orqali jigarga, o‘t  pufagiga va me’da osti beziga
kiradi. Parazitlar bir oy o‘tgach jinsiy voyaga yetadi va tuxumlar
ajrata boshlaydi. Sibir so‘ruvchisi odam organizmida bir necha yil
mobaynida yashaydi.
Klinikasi. Opistorx opistorxoz qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Pa-
togenezi asosini sensibilizatsiya bilan allergik holatning, ayniqsa,
kasallik ilk fazasida rivojlanishi, me’da-ichak yo‘lining faoliyatiga
reflektor ta’sir, shuningdek, o‘t yo‘llarining mexanik zararlanishi,
tomirlarga parazitlar tiqilib qolishi sababli o‘t suyuqligining dim-
lanishi, uning ikkilamchi infeksiyalanishini paydo qiladi.
Opistorxoz bilan zararlangan baliq iste’mol qilingandan keyin
2—4 hafta o‘tgach yuz beradigan ilk fazasida umumiy allergik reak-
siya (o‘tkir allergoz): haroratning ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, mushak
va  bo‘g‘imlarda  og‘riq,  terida  qichishadigan  toshmalar  toshishi,
astmatik bronxit, limfatik tugunlarning kattalashishi qayd qilinadi.
Keyinchalik (surunkali fazada) o‘ng qovurg‘alar ostida va epi-
gastral sohada turli tomonlarga tarqaladigan og‘riq bezovta qi-
ladi, jigar va o‘t pufagi kattalashadi, jigar, o‘t  yo‘llari va me’da
osti  bezi,  me’daning  zararlanish  alomatlari  rivojlanadi,  nerv
sistemasining funksional buzilishlari qayd qilinadi.
Tashxisi. O‘t suyuqligi, duodenal suyuqlik va najasda opistorx
tuxumlarining topilishiga asoslangan. Najasni tekshirishda Gorya-
chev  usuli  eng  qulay.  Davolash  tugallangandan  keyin  opistorx
tuxumlarining  ancha  vaqtgacha  ajralib  turishini  nazarda  tutish
lozim, shunga ko‘ra davoning samarasiga baho berish uchun tak-
roriy tahlillarni 3—4 oy o‘tgandan keyingina qilinadi. Opistorxoz-
ning bilvosita belgisi kasallikning erta fazasidayoq qon eozinofi-
liyasi hisoblanadi.
Davosi.  Opistorxozni  davolashda  statsionar  va  ambulatoriya
sharoitida  xloksil  (geksaxlorparaksilol)  preparati  keng  qo‘lla-


307
niladi. Shuningdek, simptomatik va ikkilamchi infeksiyalar ara-
lashgan hollarda antibiotiklar qo‘llaniladi.
Tuzilishi va rivojlanish sikli. Dikrotseliy yoki lansetsimon so‘-
ruvchi  (Dicrocoelium  lanceatum)ning  uzunligi  taxminan  1  sm.
Dikrotseliy tuxumlarining o‘lchami 38—45 mkm, ko‘pincha asim-
metrik, jigarrang, qalin silliq pardaga ega. Yetilgan tuxumi ichida
ikkita  yumaloq  hujayrali  pusht  ko‘rinib  turadi.  Yetilgan  tuxum
qopqoqchasi arang bilinadi, u tuxumning birmuncha o‘tkir qut-
bida joylashgan.
 Dikrotseliylar qoramol va mayda shoxli hayvonlar jigarining
o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi. Odamda kam uchraydi. Tuxumlari
hayvonlarning axlati bilan ajraladi, lichinkalari molluskalarda va
keyin chumolilarda rivojlanadi. Chumolilar tasodifan yutib yubo-
rilganda odamga yuqishi mumkin. Parazitning yashash muddati
bir necha yilga cho‘ziladi.
Klinikasi  va  tashxisi.  Lansetsimon  so‘ruvchi  odamda  klinik
manzarasi bo‘yicha opistorxozni eslatadigan dikrotselioz — jigar
va o‘t yo‘llari kasalligini qo‘zg‘atishi mumkin. Tashxis najas yoki
duodenal  zondlashda  olingan  materialni  mikroskopiya  qilish
ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. Dikrotseliy tuxumlarining bir
marta  topilishi  hali  tashxisni  tasdiqlamasligini  nazarda  tutish
lozim,  chunki  bu  tuxumlar  «tranzit»,  ya’ni  ichakka,  masalan,
ovqatda zararlangan mol jigari ishlatilganda tasodifan tushib qol-
gan  bo‘lishi  mumkin.  Bir  necha  kun  oralatib  takror  tahlillar
qilinadi, bu davr ichida tekshiriladigan kishining mol jigari iste’mol
qilishi man qilinadi.
Profilaktikasi.  Umumiy  sanitariya  madaniyati  saviyasini
oshirishga hamda aholining xom va xomroq baliqni iste’mol qilish
odatidan voz kechishiga qaratilgan sanitariya maorifi ishlarining
roli  benihoya  katta,  opistorx  lichinkalari  kichikroq  bo‘laklarga
bo‘lib maydalangan baliqni kamida 20 daqiqa qaynatilganda yoki
qovurilganda,  piroglarni  kamida  45—60  daqiqa  pishirilganda,
odatdagidek muzlatilganda, kam deganda, bir oyda, 2—3 kungacha
tuzlab qo‘yilgandan keyin 3 hafta mobaynida quritilganda nobud
bo‘lishini tushuntirish zarur. Sovuq dudlash uchun faqat muzlatish
yoki quritish yo‘li bilan zararsiz holga keltirilgan baliqdan foyda-
lanish  mumkin.
Opistorxlardan  zararlangan,  birinchi  galda  suv  transportida
ishlaydigan kishilarni va baliqchilarni, shuningdek, qirg‘oq  bo‘yi
zonalarida yashaydigan aholini aniqlash va davolash, daydi itlar va


308
mushuklarni yo‘qotish, suv havzalarini najas tushishidan saqlash
majburiy  vazifalardan  hisoblanadi.  Opistorx  tuxumlari  daryoda,
masalan,  suvning  harorati  5°C  dan  0°C  gacha  bo‘lganda,  bir
necha oy saqlanishi mumkinligini unutmaslik lozim.
Metatserkariylardan  zararlanganlikni  aniqlash  uchun  baliq
terisini skalpel bilan orqa suzgich bo‘ylab kesiladi, so‘ngra orqa-
sidan  o‘rta  chiziqqacha  ikki  ko‘ndalang  kesma  qilinadi.  Shu
uchastkada teri laxtagi qirqiladi va yupqa mushak qavatini kesib
olinib,  ularni  mikroskop  ostida  10—20  marta  kattalashtirilgan
holda ko‘zdan kechiriladi. Metatserkariylar yangi baliqda lichin-
kalar  harakatchanligi  saqlanib  qolganda  (bu  muhim  ajratib
turadigan belgi) yaxshiroq aniqlanadi. Baliqda odam uchun xavfli
bo‘lmagan  boshqa  gelmintlarning  shunga  o‘xshash  lichinkalari
uchrashi  mumkin.
Opistorxoz  G‘arbiy  Sibir,  Qozog‘iston,  Dneprbo‘yi,  Volga-
Kama va Don daryolarining havzalarida uchraydi.
Fassiolalar
Tuzilishi. Odamda jigar so‘ruvchisining ikki turi: oddiy fassiola
(Fasciola hepatica) va yirik fassiola (Fasciola gigantica) parazitlik
qilishi mumkin.
Oddiy fassiola yaproqsimon shaklga ega, o‘lchamlari 2—3 sm.ga,
yirik fassiolaniki esa 7 sm.gacha yetadi. Ichki tuzilishi o‘xshash.
Tanasining oldingi uchidagi tumshuqsimon qalinlashmada yonma-
yon  joylashgan  ikkita  so‘rg‘ichi  bo‘ladi.  Ichakning  kuchli  tar-
moqlangan ikki tarmog‘i xarakterli. Urug‘donlar va tuxumdonlar
ham kuchli tarmoqlangan. Bachadon rozetka ko‘rinishida para-
zitning oldingi qismiga joylashgan.
Tuxumlari juda yirik, uzunasiga 130—145 mkm, oval, pardasi
yaxshi bilinib turadi. Qopqoqchasi boladi. Rangi sariq yoki jigar-
rang. Ichida tuxumni butunlay to‘ldirib turadigan ko‘p sonli sariq
hujayralari  ko‘rinib  turadi.
Rivojlanish  sikli.  Fassiolalar  qoramol  va  mayda  hayvonlar
jigarining o‘t yo‘llarida, qator hollarda esa odamda ham parazitlik
qiladi. Odam organizmida yashash muddati 3—5 yil. Tuxumlari
najas  bilan  ajraladi.  Suvga  tushganda  tuxumlardan  chiqqan
lichinkalar  molluska  tanasiga  kirib,  bu  yerda  ularning  bundan
keyingi rivojlanishi va bo‘linishi ro‘y beradi. So‘ngra lichinkalar
(serkariylar) suvga chiqadi va qobiqqa o‘ralib, suvdan o‘simliklarga


309
o‘tirib  qoladi.  Shunday  holatda  ular  2—3  yilgacha  saqlanishi
mumkin. Hayvonlarga va odamga ular suvdagi o‘simliklar yeyil-
ganda yoki ko‘llarning suvi ichilganda yuqib qoladi.
Lichinkalar  ichakdan  uning  devori  orqali  qorin  bo‘shlig‘iga,
so‘ngra  jigarning  fibroz  pardasi  orqali  jigar  to‘qimasiga  va  o‘t
yo‘llariga kiradi. Migratsiyaning ikkinchi yo‘li gematogen yo‘1
bo‘lib, darvoza vena sistemasi orqali kiradi. Parazitlar 3—4 oy
o‘tgandan  keyin  voyaga  yetadi,  shundan  so‘ng  tuxumlarning
ajralishi boshlanadi.
Klinikasi  va  tashxisi.  Fassiolalarning  ko‘rsatib  o‘tilgan  ikki
turi keltirib chiqaradigan kasallik fassiolyoz deyiladi. Yuqishdan
keyin  odamda  kasallikning  migratsion  o‘tkir  fazasi  rivojlanadi,
bunda tana harorati ko‘tariladi, qorinda keskin og‘riq paydo bo‘-
ladi, eshakyem toshadi, bo‘g‘ilish va nafas olishning qiyinlashishi
sezgisi vujudga keladi, jigar kattalashadi. Keyinchalik bemorlarni
jigar sohasidagi og‘riq, ko‘ngil aynishi bezovta qiladi.
Najas yoki duodenal suyuqlikni mikroskopiya qilishda fas-
siola tuxumlarining topilishi hali odamga yuqqanligiga kafolat
bo‘la olmaydi. Tuxumlar lansetsimon so‘ruvchining tuxumlari
singari «tranzit» bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ovqatda mol
jigari yeyishni taqiqlash bilan birga 5—7 kun o‘tkazib takroran
tekshirish  zarur.  Fassiolyoz  iqlimi  issiq  joylar  (Zakavkazye,
O‘rta Osiyo)da ko‘p uchraydi.
Klonorx
Tuzilishi. Klonorx yoki Xitoy so‘ruvchisi (Clonorchis sinensis)
o‘zining  tashqi  ko‘rinishidan  opistorxni  eslatadi,  biroq  undan
birmuncha yirikroq va tanasining oldingi qismi birmuncha cho‘ziq.
Farq  qiladigan  belgilaridan  biri  tanasining  oxirida  joylashgan
tarmoqlangan urug‘doni hisoblanadi. Bu so‘ruvchining tuxumlari
opistorx va metagonim tuxumlarini eslatadi, shuning uchun ama-
liy  sharoitlarda  ko‘rsatib  o‘tilgan  gelmint  turlari,  odatda,  farq
qilmaydi. Biroq, katta obyektiv yordamida batafsil mikroskopiya
qilinganda klonorx tuxumlarida qator o‘ziga xos belgilar aniqlanadi.
Tuxumlari och tilla rangda.
Rivojlanish sikli. Dikrotseliy yoki lansetsimon so‘ruvchi (Di-
crocoelium  lanceatum)ning  uzunligi  taxminan  1  sm.  Dikrotseliy
tuxumlarining o‘lchami 38—45 mkm, ko‘pincha asimmetrik, jigar-
rang, qalin silliq pardaga ega. Yetilgan tuxumi ichida ikkita yuma-


310
loq hujayrali pusht ko‘rinib turadi. Yetilgan tuxum qopqoqchasi
arang bilinadi, u tuxumning birmuncha o‘tkir qutbida joylashgan.
Profilaktikasi. Hayvonlar fassiolyoziga qarshi kurash bo‘yicha
olib  boriladigan  veterinariya-xo‘jalik  tadbirlariga  asoslanadi.
Odatda, yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni xomligicha ishla-
tish yoki ko‘llar suvini, ayniqsa, mol boqiladigan va sug‘oriladi-
gan joylarida qaynatmasdan ichish mumkin emas.
Paragonim
Tuzilishi  va  rivojlanish  sikli.  O‘pka  so‘ruvchisi  yoki  parago-
nimning  (Paragonimus  westermani)  tanasi  tuxumsimon,  tikan-
chalar bilan qoplangan, qizg‘ish-jigarrang, o‘lchami taxminan
1 sm. gacha. Tuxumlari tillasimon jigarrang, oval, nisbatan yirik,
uzunasiga 100 mkm. gacha qopqoqchasi bo‘lib, u parda atrofiga
chiqib turishi hisobiga go‘yo tuxum ichiga botgandek tuyuladi. Tu-
xum yirik sariq hujayralar bilan to‘lgan.
Paragonim  odam,  itlar,  mushuklar,  cho‘chqalar  o‘pkasida
parazitlik qiladi. Lichinkalari chuchuk suvlarda yashaydigan mol-
luskalar,  so‘ngra  krab  yoki  qisqichbaqalar  tanasida  rivojlanadi.
Qisqichbaqalarni xomligicha yeyilganda odamga o‘pka so‘ruvchisi
yuqib qoladi.
Klinikasi va tashxisi. Paragonim paragonimoz qo‘zg‘atuv-
chisi hisoblanadi. Bemorlarda tana harorati ko‘tariladi, ko‘krakda
og‘riq,  balg‘amli  yo‘tal,  nafas  qisishi,  pnevmoniya  simptomlari
paydo  bo‘ladi.  Paragonimoz  kasalligi  Uzoq  Sharqda  uchraydi.
Bemordan olingan balg‘am va najasda so‘ruvchi tuxumlari topil-
ganda tashxis qo‘yiladi.
Profilaktikasi.  Bemorlarni  aniqlash  va  davolash  bo‘yicha
tadbirlar majmuyini, shaxsiy xavfsizlik choralariga amal qilishni,
ular orasida, eng muhimi, ovqatda faqat obdan qaynatilgan qis-
qichbaqalar, krablarni iste’mol qilinishini ko‘zda tutadi.
Shistosomalar
Tuzilishi  va  rivojlanish  sikli.  Shistosomalar  yoki  qon  so‘ruv-
chilar turli jinsli trematodalar, o‘lchami 4—20 mm. Odamda Schis-
tosoma  turkumining  uch  turi  uchraydi.
S. haematodium qovuqning qon tomirlarida parazitlik qiladi.
Siydik-tanosil  yoki  urinar  shistosomoz  qo‘zg‘atuvchisidir.  Tu-


311
xumlari  yirik,  rangsiz,  cho‘ziq  oval  shaklda,  qutblaridan  birida
katta  tikani  bor.  S.  mansoni  yo‘g‘on  ichak  va  qorin  bo‘shlig‘i
venalarida parazitlik qiladi, ichak shistosomozi qo‘zg‘atuvchisidir.
Tuxumlari  yirik,  saig‘imtir  rangli,  cho‘ziq-oval  shaklda,  yirik
yonbosh tikani bilan ta’minlangan.
 S. japonikum ichak va qorin bo‘shligi venalarida joylashadi,
ichak yoki yapon shistosomozi qo‘zg‘atuvchisidir. Tuxumlari oval
shaklda, uzunligi bo‘yicha bundan oldingi turlaridan ikki baravar
kalta,  qator  hollarda  katta  bo‘lmagan  to‘mtoq  yonbosh  tikani
ko‘rinib  turadi.
Tuxumlari qon tomirlar devori orqali kirib, qovuq yoki ichak
bo‘shlig‘ida yig‘ilgan holda tashqariga ajralib chiqadi. Suv havzasiga
tushganda lichinkalarning molluskalarda rivojlanishi sodir bo‘ladi.
So‘ngra  lichinkalar  oraliq  ho‘jayinni  tashlab  chiqadi  va  odam
tanasiga teri orqali, masalan, cho‘milish vaqtida faol kiradi.
 Odam organizmiga kirgan lichinkalari limfatik va qon to-
mirlar bo‘ylab migratsiya qiladi, o‘pkaga yetib boradi, bu yerda
katta  qon  aylanish  doirasiga  tushadi,  so‘ngra  parazitning  turiga
qarab, u yoki bu a’zolarga o‘rnashib qoladi. Bu yerda ular voyaga
yetadi va tuxumlar ajrata boshlaydi. Shistosomalar odam organiz-
mida bir necha o‘n yillargacha yashaydi.
Klinikasi. Shistosomalar tropik mamlakatlarda keng tarqalgan
va  odamda  kasalliklar  guruhi  —  shistosomozlarni  qo‘zg‘atadi.
Bunda, kasalliklarning butun guruhi uchun umumiy simptomlar-
dan tashqari, turli xil guruhlari uchun o‘ziga xos belgilar kuza-
tiladi. Siydik-tanosil shistosomozida siydikda qon paydo bo‘lishi,
ichak va yapon shistosomozlarida ichak buzilishlari, najasda qon
ko‘rinishi, jigarning kattalashuvi shular qatoriga kiradi.
Tashxisi. Siydikda yoki najasda tuxumlar topilishiga asosla-
nilgan. Bemorning soat 10 dan 14 gacha (tuxumlarning maksimal
ajralish davri) ajratadigan siydigini tekshirish eng yaxshi natijali
hisoblanadi. Tropik shistosomozlar Afrika, Osiyo va Lotin Ame-
rikasi mamlakatlarida uchraydi.
6.4. Sestodalar sinfi (Cestoda)
Sestodalarning  yassi  tasmasimon  tanasi  (s  t  r  o  b  i  1  a  )
bo‘lib, u bo‘g‘im1ar (proglotidlar)dan iborat. Tana uzunligi va
bo‘g‘imlar soni ularning har xil turlarida juda farq qiladi. Bosh-
chasi  yoki  s  k  o  1  e  k  s  so‘rg‘ichlar  bilan  qurollangan,  ayrim


312
turlarida esa ilmoqlari (tizmalar turkumi) yoki tirqishlari — bot-
riylari (lenteslar) turkumi bo‘ladi. Hazm, qon tomirlar va nafas
sistemalari  yo‘q.  Hamma  sestodalar  —  germofraditlar,  ularning
ko‘pchiligi biogelmintlar hisoblanadi.
Odamda sestodalarning bir necha o‘nlab turi parazitlik qiladi.
Sestodalar  qo‘zg‘atadigan  kasalliklar  sestodozlar  deb  ataladi.
Keng  lentes
Tuzilishi. Keng lentes (Diphyllobothrium latum) birinchi marta
(1778)  K.  Linney  tomonidan  tasvirlangan  edi.  Bu  odamning
eng yirik parazitlaridan biri bo‘lib, uzunligi 10 m. gacha yetadi
va  bundan  ham  oshadi.O‘lchami  3—5  mm  bo‘lgan  boshchasi
yoki  skoleks  cho‘zinchoq  oval  shaklda,  yon  tomonlari  yassi-
lashgan va o‘zining kambar tomonlarida uzunasiga ketgan ikkita
yopishuvchi  tirqishi  (botriylari)  bo‘lib,  lentes  ular  yordamida
ichak devoriga yopishadi.
Tanasi  ko‘p  sonli  bo‘g‘imlardan  tashkil  topgan,  ularning
eni uzunligidan ancha katta, parazitum nomi ham shundan kelib
chiqqan. Yetilgan bo‘g‘imlar markazida rozetka ko‘rinishidagi to‘q
rangli dog‘ bo‘lib, bu tuxumlar bilan to‘lgan va chiqaruv teshigi
bo‘lgan  bachadonidir.  Keng  lentes  tuxumlari  nisbatan  yirik —
uzunasiga 75 mkm.gacha, kulrang yoki sarg‘imtir rangli, yupqa
silliq pardasi bor, keng oval shakldagi qutblaridan birida qop-
qoqcha, ikkinchisida unchalik katta bo‘lmagan do‘mboqcha bor.
Tuxumning  ichi  ko‘p  sonli  sariq  yirik  donador  hujayralar  bilan
to‘lgan.  Bitta  tasmasimon  gijja  har  kuni  bir  necha  millionlab
tuxumlar  ajratadi.
Rivojlanish sikli. Keng lentes odam, shuningdek, it, mushuk,
cho‘chqa va baliq bilan oziqlanadigan ba’zi bir yovvoyi hayvonlar
ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Tuxumlari najas bilan ajraladi va bundan keyin rivojlanishi
uchun  suv  havzasiga  tushishi  lozim.  Havzada  ularda  kipriklar
bilan qoplangan yumaloq shakldagi lichinka (koratsidiy) yetiladi.
Koratsidiylarni chuchuk suvlarda yashaydigan qisqichbaqalar —
sikloplar yutadi, sikloplarni esa baliqlar yutadi. Lichinkalar (ple-
rotserkoidlar) baliqlar tanasida uning mushaklarida va ichki a’zo-
larida, ayniqsa, ikrasida yig‘iladi. Cho‘rtanbaliq, yorsh, yelim-
baliq, okun balig‘i ko‘proq zararlanadi.


313
16-jadval
Nanofiyet va keng lentes tuxumlarining bir-biridan farq qiladigan
belgilari (Filimonovdan)
i
r
a
li
g
l
e
B
t
e
y
if
o
n
a
N
s
e
t
n
e
l
g
n
e
K
i
s
a
d
r
a
P
r
i
d
u
b
-
r
i
d
a
‘
G
q
il
li
S
i
s
a
h
c
q
o
q
p
o
Q
l
a
‘
g
a
d
a
h
c
n
u
m
r
i
B
k
i
z
o
n
a
h
c
n
u
m
r
i
B
a
g
i
n
e
g
n
i
n
i
g
il
n
u
z
U
it
a
b
s
i
n
8
,
1
—
1
4
,
1
4
5
,
1
—
2
2
,
1
il
k
a
h
s
r
a
l
m
u
x
u
T
q
o
h
c
n
i
z
‘
o
h
c
a
h
c
n
u
m
r
i
B
l
a
v
o
a
h
c
n
u
m
r
i
B
i
g
il
n
il
a
q
g
n
i
n
i
s
a
d
r
a
P
n
il
a
q
n
a
d
.
m
k
m
3
—
2
a
q
p
u
y
n
a
d
.
m
k
m
2
—
1
i
g
a
d
b
t
u
Q
a
h
c
q
o
b
m
‘
o
d
a
v
l
a
‘
g
a
d
a
h
c
n
u
m
r
i
B
n
a
d
it
s
u
i
s
a
z
u
y
a
d
r
a
p
b
i
q
i
h
c
m
a
k
a
d
u
j
i
d
a
r
u
t
-
p
‘
o
k
a
v
q
i
r
a
b
a
q
a
h
c
n
u
m
r
i
B
r
i
b
g
n
i
n
u
a
d
r
a
l
m
u
x
u
t
a
n
i
g
n
a
d
it
s
u
i
s
a
z
u
y
a
d
r
a
p
it
e
h
c
i
d
a
r
u
t
b
il
i
r
a

o
k
i
n
e
g
n
i
n
a
h
c
q
o
b
m
‘
o
D
m
k
m
0
1
—
5
m
k
m
6
—
5
,
3
Plerotserkoidlarning  botriylari  bo‘lgan  shakllangan  boshcha-
lari  bor,  biroq  ularning  tanasi  hali  bo‘g‘imlarga  bo‘linmagan.
Uzunligi  6—10  mm.  Plerotserkoidlarning  kapsulasi  yo‘q,  kip-
riklarsiz,  osmoregulatsiyasining  yaxshiligi  bilan  ajralib  turadi:
suvga tushirilganda lichinka yashashga layoqatini va qat-qatligini
bir necha soat mobaynida saqlab qoladi.
Yetarlicha  qaynatilmagan  baliq  yoki  tuzi  kam  ikra  iste’mol
qilinganda odam ichagidagi lichinkalar 2 oy mobaynida keng len-
tesga aylanadi. Parazitning yashash muddati 10 yilga boradi.
Profilaktikasi. Aholini, birinchi navbatda baliqchilarni, daryo
transporti  xodimlarini  va  qirg‘oq  bo‘ylarida  ovchi  bemorlarni
tekshirib,  aniqlangan  bemorlarni,  albatta,  davolash  zarur.
Baliqning lichinkalardan zararlanganligini aniqlash uchun tan-
lab nazorat o‘tkaziladi. Baliqqa termik ishlov berish yoki uni tuz-
lash qoidalariga amal qilish zarur. Suv havzalarining najasdan if-
loslanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun aholi yashaydigan joylarning va
daryo kemalarining sanitariya obodonchiligi nihoyatda muhimdir.
Ho‘kiz  solityori
Tuzilishi. Qurollangan yoki ho‘kiz solityori (Tayeniarhynchus
saginatus)ning  uzunligi  4—10  m.  ga  yetadi.  Boshchasi  yumaloq
shaklda, diametri 1—2 mm, 4 ta so‘rg‘ichi bor. Solityorning o‘sish


314
zonasi hisoblangan ingichka bo‘yinchasi ko‘p sonli bo‘g‘imlarga
(1000—2000  gacha)  bo‘lingan  tanaga  o‘tadi.  Tanasining  bosh-
lang‘ich qismida turgan birmuncha yosh bo‘g‘imlari (strobilalar)
taxminan kvadrat shaklda, germafrodit. Oxirgi yetilgan bo‘g‘im-
lari har tomondan 18—30 ta yon tarmoqlari bo‘lgan oraliq dast-
gohdan  iborat  bachadon  saqlaydi.  Quritilgan  yoki  ochiq  rangli
preparatdagi  bo‘g‘imda  butun  bachadonning  tuxumlar  massasi
bilan to‘lganligi (150000 gacha) ko‘rinib turadi. Oxirgi bo‘g‘imlar
yetilgan sayin strobiladan uziladi va faol harakatchan bo‘ladi. De-
yarli har kuni 6—8 tadan va bundan ko‘proq bo‘g‘imlar ajralib
turishiga  qaramay,  solityorning  uzunligi  kamaymaydi,  chunki
o‘sish zonasida yangi bo‘g‘imchalar hosil bo‘laveradi. Ho‘kiz soli-
tyori odam organizmida 20 yilgacha parazit holda yashashi mumkin.
Tuxumlari yumaloq yoki oval, ularning pardasi yupqa, tiniq,
rangsiz. Ichida pusht (onkosfera) bo‘lib, u qush konturli sarg‘im-
tir-jigarrang ko‘ndalang chizilgan parda bilan o‘ralgan. Pushtning
3 juft ilmog‘i bo‘ladi. Ajralib chiqqan tuxumlar pardasi juda tez
yemiriladi. Shunga ko‘ra mikroskopiyada, odatda, faqat onko-
sferalar  ba’zi  tuxum  pardasining  bujmaygan  yoki  yirtilgan  qol-
diqlari bilan birga ko‘rinadi.
Rivojlanish sikli. Ho‘kiz solityori odamning ingichka ichagida
parazitlik  qiladi.  Bo‘g‘imlar  najas  bilan  ajraladi  yoki  aksariyat
orqa  chiqaruv  yo‘li  orqali  faol  o‘rmalab  chiqadi.  Tuxumlarning
bir qismi bo‘g‘imlar, ichak ichida yoki ichakdan tashqarida yemi-
rilganda najas bilan birga ajraladi.
Bo‘g‘imlar yoki najas tashqi muhitga tushganda tuproq, o‘t-
o‘lanlar,  mol  boqiladigan  joylar,  yaylovlarning  onkosferalardan
qattiq ifloslanishi ro‘y beradi. Onkosferalar ifloslangan ozuqa bilan
qoramol organizmiga tushib, uning mushaklariga o‘tirib qoladi va
lichinkalarga (finnalar yoki sistitserklarga) aylanadi.
Finnalarning o‘lchami 0,5 sm.gacha, oq rangli, pufaksimon,
tiniq suyuqlik  bilan to‘lgan, ichagida boshchasi oq nuqta ko‘ri-
nishida shu’lalanib turadi. Odamga xom yoki xomroq mol go‘shti
yeyilganda  yuqadi.  Finnalar  kabobda,  yetarlicha  qaynatilmagan
go‘shtda, kam tuzlangan mahsulotdan tayyorlangan stroganinada,
ayrimlar tatib ko‘radigan yoki xomligicha iste’mol qiladigan mol
go‘shti qiymasida tirik holda bo‘lishi mumkin.
Orolbo‘yi atroflaridagi hududlarda yashaydigan aholi orasida
teniarinxoz bilan zararlanish, ularning milliy ovqat turi «ijjon»ni
iste’mol qilishi bilan bog‘lanadi. Bu taomning tarkibi esa xom


315
go‘sht  qiymasidan  iborat.  Odamning  ingichka  ichagida  finna
boshchasini ichiga oladi, uning devoriga yopishadi va 3 oy o‘tgach
voyaga yetgan katta parazitga aylanadi.
Klinikasi. Ho‘kiz solityorining yuqishi teniarinxoz kasalligiga
olib keladi. Teniarinxozda bemorni qorindagi og‘riqlar, epigastral
sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, ishtahaning buzilishi, zarda bo‘lish,
ichak faoliyatining buzilishlari, noturg‘un ich o‘tishi, bemor ho-
jatga borganda axlat bilan parazit bo‘g‘imlarining ajralib chiqishi,
bosh  og‘rig‘i,  holsizlik,  ish  qobiliyatining  pasayishi  kabilar  be-
zovta qiladi, me’da shirasining kislotaliligi pasayadi.
Tashxisi. Tashxislashning eng oson va oddiy usuli — bo‘g‘imlar-
ning  ajralishi  to‘g‘risida  so‘rab  bilish  hisoblanib,  bu  zararlangan
kishilarning  deyarli  hammasida  qayd  qilinadi.  So‘rab  bilishning
ta’sirchanligini oshirish uchun so‘raladigan shaxslarga bo‘g‘imlari
bo‘lgan preparatlarni namoyish qilish kerak. Bundan tashqari, so‘-
rashda  musbat  natija  olinganda  bemordan  ajralgan  bo‘g‘imlarni
laboratoriyaga keltirish so‘raladi va tashxis qo‘yishda gijjaning turi
ham  aniqlanadi.  Ba’zi  bir  shaxslar,  masalan,  bolalar,  o‘smirlar,
qariyalar, oziq-ovqat korxonalarining xodimlari, cho‘ponlar tibbiyot
xodimidan  bo‘g‘imlar  ajralib  turishini  yashirishlari  mumkinligini
hisobga olish kerak. Shuning uchun so‘rash bilan birga laboratoriya
tekshiruvini ham o‘tkazish shart. Shu maqsadda perianal qirmada
olingan materialni mikroskopiya qilish va axlatni nativ surtma, Kato
va Geyn usulida qalin surtma tayyorlash, boyitish usullari bilan (garchi,
onkosferalar axlatda hamma vaqt bo‘lmasa-da) tekshirish o‘tkaziladi.
Profilaktikasi.  Ho‘kiz  solityori  bilan  zararlangan  shaxslarni
aniqlash va albatta, degelmintizatsiya qilish teniarinxozga qarshi
kurashda muhim choralardan biri hisoblanadi. Kasallikni boshdan
kechirganlarni davolashdan kamida 6 oy o‘tgach, so‘rashda uch
marta  manfiy  natija  olingandan  va  axlat  hamda  perianal  qirma
tekshirilgandan keyin hisobdan chiqariladi. Bemorlarni umumiy
tibbiyot tarmog‘i tomonidan har yili aholidan, ayniqsa, chorva-
dorlar va qoramol egalaridan so‘rab chiqish bilan aniqlanadi.
Profilaktik  tadbirlar  majmuasi  tomorqalar  va  fermalarda
hojatxonalar  qurish,  mollar  ozuqasini  axlat  bilan  ifloslanishdan
saqlash, hovlilarda mol so‘yishni taqiqlash, go‘shtni veterinariya-
sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish, aholining sanitariya bilimini
oshirish,  go‘sht  –12°C  gacha  muzlatilgan  yoki  kamida  2  soat
qaynatilgan taqdirdagina finnalari nobud bo‘lishini hisobga olib,
go‘shtli taomlarga tegishlicha ishlov berishni o‘z ichiga oladi.


316
Cho‘chqa  solityori
Tuzilishi. Cho‘chqa solityori yoki qurollangan tizma (Taenia
solium) tashqi tomondan ho‘kiz solityoriga o‘xshash, biroq uning
uzunligi 3 m. dan ortmaydi. Boshchasida 4 ta so‘rg‘ichidan tash-
qari, 22—23 ta ilmoqlari bor, shunga ko‘ra u qurollangan tizma
nomini  olgan.  Yetilgan  bo‘g‘imlar  ho‘kiz  solityorinikidan  kal-
taroq,  bachadon  esa  8—12  ta  yonbosh  tarmoqlarga  ega,  xolos.
Bo‘g‘imlari faol harakatchan emas.
Cho‘chqa va ho‘kiz solityori onkosferalari amalda bir-biridan
farq qilmaydi.
Rivojlanish sikli. Cho‘chqa solityori odamning ingichka icha-
gida parazitlik qiladi. Bo‘g‘imlari tashqi muhitga najas bilan aj-
raladi. Agar onkosferalarni cho‘chqalar yutsa (ifloslangan ozuqa
yoki  bemor  najasini  yeganida),  bu  hayvonlarning  mushaklarida
tuzilishiga  ko‘ra  ho‘kiz  solityori  finnalarini  eslatadigan  finnalar
rivojlanadi.
Insonga u ovqatda yetarlicha termik ishlov berilmagan finnoz
cho‘chqa  go‘shtini  tanovul  qilinganda  yuqadi.  Ayrim  hollarda
onkosferalar  ham  yuqishi  mumkin:  bemordan  og‘iz  orqali  yoki
onkosferalar me’daga ichakdan qusish vaqtida tushganda o‘z-
o‘ziga  yuqtirish  (autoinvaziya)  yo‘li  bilan,  shuningdek,  zararsiz
holga keltirilmagan chiqindilar bilan o‘g‘itlangan tuproqda yetish-
tirilgan sabzavotlar yuvilmasdan iste’mol qilinganda yuqadi.
Odamning onkosferalardan zararlanishi natijasida finnalar (sis-
titserklar) teri osti kletchatkasida, mushaklarda, ko‘z va ko‘pincha
bosh miyada rivojlanishi va odamning og‘ir kasalligi — sistitser-
kozni keltirib chiqarishi mumkin. Sistitserk diametri 0,5—1,5 sm
bo‘lmagan tiniq pufakcha ko‘rinishiga ega, rangsiz suyuqlik bilan
to‘lgan. Ichida yetilgan solityor tuzilishiga ega bo‘lgan boshchasi
oq nuqta holida shu’lalanib turadi. Sistitserklar 2—4 oy mobaynida
shakllanadi. Odam organizmida tirik saqlanish muddati 3—6 yil,
shundan keyin ular nobud bo‘ladi va ohaklanadi.
Klinikasi va tashxisi. Yetilgan cho‘chqa solityori teniarinxozga
o‘xshash kasallik — teniozni keltirib chiqaradi.
Tashxislash maqsadida najas bilan ajralib chiqqan bo‘g‘imlar
ko‘zdan kechiriladi va axlat mikroskopiya qilinadi. Biroq ho‘kiz va
cho‘chqa solityorlarini farq qilib bo‘lmaydi. Bu holda laboratoriya
xulosasida  teniid  onkosferalari  topildi,  deb  yozib  qo‘yiladi  (bu
teniidlar  oilasi  nomidan  olingan  bo‘lib,  har  ikki  solityor  shu


317
oilaga kiradi), shunga muvofiq kasallik teniidoz deb tashxislanadi.
Bo‘g‘imlarning ajralish xarakteri bo‘yicha va ularning tuzilishiga
ko‘ra, odatda, teniarinxoz va teniozni bir-biridan farqlashga mu-
vaffaq  bo‘linadi.  Turiga  oid  uzil-kesil  tashxisni  degelminti-
zatsiyada ajralib chiqqan solityor boshchalarini o‘rganish asosida
ham  qo‘yish  mumkin.
Profilaktikasi. Aniqlangan bemorga, albatta, davo qilishni o‘z
ichiga  oladi.  Tomorqalarda  jihozlangan  yopiq  hojatxonalar
qurish, cho‘chqalarni yopiq joylarda boqish zarur.Cho‘chqalarni
xonadonlarda  so‘yish  man  qilinadi.  Go‘shtni  veterinariya-sani-
tariya ekspertizasidan o‘tkazish shart.
17-jadval
Ho‘kiz va cho‘chqa solityori bo‘g‘imlari hamda boshchalari
tuzilishidagi  tafovutlar
Pakana gijja
Tuzilishi. Pakana gijja (Hymenolepis nana) uzunligi 0,5—5 sm,
boshchasi,  bo‘yinchasi  va  tasmasimon  tanasi  (strobila)  bor.
Boshchasida 4 ta so‘rg‘ichi va toj ko‘rinishidagi 20—30 ta ilmog‘i
bo‘ladi. Strobila oq rangli, juda nozik va oson yirtiluvchan, ko‘p
sonli  mayda  bo‘g‘imlardan  iborat.  Yetilgan  oxirgi  bo‘g‘imlari
tuxumlar bilan deyarli batamom to‘lgan, bo‘g‘imlar yemirilganda
tuxumlar najasga ichakning o‘zidayoq ko‘plab miqdorda tushadi.
i
r
a
li
g
l
e
B
i
r
o
y
ti
l
o
s
z
i
k
‘
o
H
i
r
o
y
ti
l
o
s
a
q
h
c
‘
o
h
C
-
r
a
l
m

g
‘
o
b
a
d
r
o
m
e
B
i
r
e
t
k
a
r
a
x
h
s
il
a
rj
a
g
n
i
n
a
d
t
a
d
o
,
n
a
d
i
z
‘
o
-
z
‘
o
,
v
it
k
A
a
q
h
s
o
b
n
a
d
it
k
a
a
y
i
s
t
a
k
e
f
e
d
a
d
t
q
a
v
it
k
a
a
y
i
s
t
a
k
e
f
e
d
,
v
i
s
s
a
P
a
d
it
q
a
v
g
n
i
n
r
a
l
m

g
‘
o
B
i
g
il
n
a
h
c
t
a
k
a
r
a
h
n
a
h
c
t
a
k
a
r
a
H
z
i
s
t
a
k
a
r
a
H
:
r
a
l
m

g
‘
o
b
n
a
g
li
t
e
Y
;
m
m
,i
g
il
n
u
z
u
)
a
;
m
m
,i
n
e
)
b
a
g
i
n
e
g
n
i
n
i
g
il
n
u
z
u
)
d
;i
t
a
b
s
i
n
il
k
a
h
s
)
e
4
:
1
—
3
:
1
7
—
4
0
2
—
6
1
q
o
h
c
n
i
z
‘
o
h
c
a
h
c
n
u
m
r
i
B
r
i
b
r
a
h
g
n
i
n
i
n
o
d
a
h
c
a
B
n
a
d
a
t
2
3
—
8
1
a
d
i
n
o
m
o
t

g
o
m
r
a
t
n
o
y
2
:
1
6
—
5
2
1
—
0
1
m
a
k
i
g
il
q
o
h
c
n
i
z
‘
o
h
C
r
i
b
r
a
h
g
n
i
n
n
o
d
a
h
c
a
B
n
a
d
a
t
2
1
—
7
a
d
i
n
o
m
o
t

g
o
m
r
a
t
n
o
y
g
n
i
n
i
s
a
h
c
h
s
o
B
m
m
,i
r
t
e
m
a
i
d
r
a
l
q
o
m
li
i
g
a
d
i
s
a
h
c
h
s
o
B
2
—
5
,
1
i
d
y
a
m

o
B
1
—
6
,
0
a
d
i
h
s
i
n
i
r
‘
o
k
j
o
T
i
d
a

o
b
a
t
3
2
—
2
2


318
Pakana gijja tuxumlari tiniq, rangsiz oval yoki yumaloq shaklda.
Pardasi yupqa qo‘sh konturli. Onkosferalar (pushtlar tiniq, rang-
siz)  o‘zining  yupqa  pardasiga,  shuningdek,  bir-biriga  nisbatan
kichikroq burchak ostida yoki deyarli parallel joylashgan 3 juft
ilmoqqa ega. Tuxumlar va onkosfera pardalari o‘rtasida uzun tiniq
iplar  (filamentalar)  ko‘rinib  turadi.  Onkosferaning  har  bir  qut-
bidan  6  ta  ip  chiqadi,  taxmin  qilinishicha,  ular  pushtni  tuxum
markazida tutib turadi.
Rivojlanish  sikli.  Pakana  gijja  odamning  ingichka  ichagida,
ko‘pincha katta miqdorda (yuzlab va hatto, minglab nusxalarda),
qator hollarda esa kemiruvchilar ichagida ham parazitlik qiladi.
Tuxumlar tashqariga kasallik yuqqan odamning najasi bilan
ajraladi. Shaxsiy gigiyena qoidalari buzilganda tuxumlar eshik
dastalariga, tuvaklar, o‘yinchoqlarga tushishi mumkin, qo‘lni
ifloslantiradi,  pashshalar  orqali  ovqatga  tushadi.  Tuxumlar
og‘iz orqali ichakka kiradi. Bu yerda onkosferalar pardalaridan
ozod bo‘ladi va ichak vorsinkalari (qilchalari)ga tushib, lichin-
kalarga aylanadi (sistitserkoidlar). 4—6 sutka o‘tgach, sistitser-
koidlar vorsinkalarni yemiradi va ichak bo‘shlig‘iga chiqadi,
so‘ngra ichak devoriga yopishadi va bir hafta mobaynida yetil-
gan gijjalarga aylanadi. Tuxumlar ichak bo‘shlig‘iga to‘g‘ridan
to‘g‘ri  tizma  bo‘g‘imlaridan  tushishi  ham  mumkin.  Shuning
uchun qator hollarda tuxumlar tashqi muhitga tushmagani holda
ichak ichida «o‘z-o‘ziga yuqtirish» (autoinvaziya), yoki aniq-
rog‘i, «takroran o‘z-o‘ziga yuqtirish» (autosuperinvaziya) ham
sodir  bo‘ladi.
Klinikasi. Pakana gijja qo‘zg‘atadigan kasallik (gimenolepi-
doz) hazm va nerv sistemalarining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Ichak zararlanganda qorinda tabiatan har xil og‘riq, ich buzilib
turishi,  ko‘ngil  aynishi,  ishtahaning  yomonlashishi  kuzatiladi.
Nerv  sistemasi  zararlanganda  bosh  og‘rig‘i,  asabiylanish  rivoj-
lanadi, diqqat bo‘lish va xotira pasayadi. Allergiya vujudga kelib,
bu  terini  qichishtiradigan  toshmalar,  eshakyem,  konyunktivit,
vazomotor rinit kabilar bilan yuzaga chiqadi.
Tashxisi.  Asosiy  usul  tuxumlarni  topish  maqsadida  najasni
mikroskopiya qilish hisoblanadi. Tuxumlarning tashqi muhitda
tez  yemirilishi  va  shaklining  o‘zgarishini  hisobga  olib,  yangi
ajratilgan  najasni,  yaxshisi,  ajratilgan  vaqtidan  bir  necha  soat
o‘tmasdanoq mikroskopiya qilish lozim. Xuddi shu tufayli quruq
axlatni tekshirish tavsiya etilmaydi.


319
Tuxumlarni  topish  uchun  boyitish  usullari  eng  samarali
hisoblanadi. Qator amaliy laborantlarning tuxumlar nativ surtma
usuli  bilan  yaxshi  topiladi  degan  fikri  asossizdir.  Preparatda
tuxumlar  sonining  ko‘p  bo‘lish  ehtimoli  bor  intensiv  invaziya
hollaridagina  bu  fikr  haqiqatga  to‘g‘ri  keladi.  Biroq  maxsus
tajribalarda  isbotlanishicha,  nativ  surtmaning  boyitish  usullari
zamonaviy modifikatsiyalariga qaraganda samaradorligi bir necha
marta past bo‘lishi mumkin.
Laboratoriya  tashxisining  samaradorligini  oshirish  uchun
tekshirishdan bir kun avval kechqurun kamaytirilgan dozadagi
(0,5—1 g) fenasalni 0,1 g surgi (purgen) bilan birga tayinlash
tavsiya etiladi. Tahlil uchun najas ertalab yig‘iladi. Fenosal tizma
strobilasini  yemiradi,  buning  natijasida  ko‘p  sonli  tuxumlar
ichak bo‘shlig‘iga tushadi va najas bilan ajraladi. Shunga ko‘ra,
ayniqsa, puxta tekshirish talab etiladigan hollarda (aloqada bo‘l-
ganlar orasida klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha, davolashdan keyin
takroriy tahlilda) fenosal oldindan tayinlanishini tavsiya qilish
mumkin.
Laboratoriya  diagnostikasida  tuxumlarning  ajralish  davriy-
ligini hisobga olish zarur. Bunda tekshiriladigan odamda invaziya
intensivligi nechog‘liq kam bo‘lsa, tuxumlarning ajralish davo-
miyligi  shunchalik  qisqa,  bu  davrlar  orasidagi  pauzalar  esa
uzunroq bo‘lishi mumkin. Bundan kasalni bir marta tekshirishda
soxta manfiy natija olish ehtimoli ortadi. Bunda bemorlarning
40—50 % aniqlanadi, xolos. Shunga ko‘ra 10—15 kunlik oraliq
bilan uch marta tekshirish tavsiya qilinadi. O‘tkir bakterial di-
zenteriyali bemorlarda  shilimshiq  qon  aralash  najasda  pakana
gijja  tuxumlari  bo‘lmaydi  va  o‘tkir  hodisalar  bosilganidan  ke-
yingina aniqlana boshlaydi. Davolashdan keyin 6 oy mobaynida
o‘tkazilgan  takroriy  tahlillarda  (kamida  4—6  tahlilda)  najasda
pakana gijja tuxumlari topilmaganlar kasallikdan xalos bo‘lgan
deb hisoblanadi. Gimenolepidozning shiddatli hollarida dispanser
kuzatuvini bir yilgacha uzaytirish, nazorat tahlillar sonini esa
8—10 tagacha yetkazish tavsiya etiladi.
Profilaktikasi. Gimenolepidoz hamma joyda tarqalgan. Aksari
bolalar  zararlanadi.  Bolalar  va  ular  uyushgan  jamoa  xodimlari,
1—4-sinflardagi maktab o‘quvchilari yiliga bir marta laboratoriya
tekshiruvidan  o‘tkaziladi.  Aholi  o‘rtasida  gimenolepidoz  bilan
zararlanish  yuqori  bo‘lgan  (1  %  va  bundan  ko‘p)  joylarda  ko‘p
bolali oilalarning farzandlarini har yili rejali tekshirish tavsiya qilinadi.


320
Gimenolepidoz  bilan  kasallangan  bemorlar  aniqlanganda,
barcha  oila  a’zolari  tekshiriladi.  Davolash-profilaktika  tadbirlari
bolalar jamoalarida ham, invaziyali bemorlar oilalarida ham bir
vaqtning o‘zida o‘tkazilishi lozim. Sanitariya rejimiga qo‘yiladigan
talablarga  degelmintizatsiya  davrida  puxta  rioya  qilinishi  kerak.
Bolalarning  shaxsiy  gigiyenasi  ustidan  kuzatib  borish,  artib  to-
zalashni qunt bilan bajarish lozim. Hojatxonalar eshiklari va suv
oqizadigan  moslamalarning  dastalari,  tuvaklar,  umivalnik  jo‘m-
raklarini  dezinfeksiya  qiladigan  moddalar  hamda  qaynoq  suv
bilan yuviladi. Ajraladigan najasga xlorli ohak sepiladi yoki qay-
noq  suvda  bir  soatga  qo‘yiladi.  Bolalarga  yuvish  oson  bo‘lgan
o‘yinchoqlarnigina o‘ynashga ruxsat beriladi. Pakana gijja bilan
zararlangan  oziq-ovqat  korxonalari  xodimlari  davolanish  dav-
rida ishdan chetlatiladi.
Exinokokk
Tuzilishi.  Exinokokk  (Echinococcus  granulosus)  uzunligi
2—6  mm,  kengligi  0,6  mm.  gacha  yetadigan,  oq  rangli  mayda
sestoda. Tanasi hammasi bo‘lib 3—4 bo‘g‘imdan iborat, ulardan
faqat oxirgisi — eng yirigi yetilgan va 800 tagacha tuxum qo‘yadi.
Rivojlanish sikli. Exinokokk itlar, kamroq bo‘rilar ichagida
yashaydi. Tuxumlari va bo‘g‘imlari shu hayvonlarning najasi
bilan  birga  ajraladi  va  junini,  shuningdek  suv,  tuproq,  o‘t-
o‘lanlar, xonalar va kasal it tegadigan hamma narsalarni iflos-
lantiradi.
Tuxumlari tashqi muhitda birmuncha yaxshi saqlanadi. Suv
va ozuqa bilan ular qishloq xo‘jaligi hayvonlarining ichagiga tu-
shadi, u yerdan jigari va o‘pkasiga kiradi. Bu yerda lichinkalar
exinokokk pufaklariga aylanadi, ularning o‘lchami diametrda bir
necha mm. dan 30—40 sm.ga yetishi mumkin. Aksariyat bir hay-
vonning o‘zida jigar yoki o‘pkaning exinokokk  pufaklaridan  ko‘p
sonli zararlanishi kuzatiladi.
Pufak  rangsiz  suyuqlik  bilan  to‘lgan  va  o‘zida  exinokokk
«qumi»ni — juda ko‘p miqdordagi mayda pushtlar — boshcha-
lar  (skolekslar)  saqlaydi.
Itlarni molning zararlangan a’zolari bilan boqilganda, kasallik
itlarga ham yuqadi. Odamga kasallik uning tuxumlarini suv, ovqat
bilan  yutib  yuborganida  yoki  ularni  iflos  qo‘li  bilan  og‘ziga
tushirganida  yuqadi.  Agar  qo‘ylar  yoki  sigirlar  itlar  iflos  qilgan


321
yerda yotsa, tuxumlari molning juniga tushishi, u molni parva-
rish qilishda, sog‘ishda, jun qirqishda va boshqa holatlarda in-
sonning qo‘liga o‘tishi mumkin.
Ko‘pgina hollarda exinokokk invaziyasi bilan cho‘ponlar, sut
sog‘uvchilar, ovchilar, chorvachilik va qoramolchilik bilan shu-
g‘ullanuvchilar,  veterinariya  xodimlari,  teri,  mo‘yna  va  junlarni
qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar hamda ularning oila
a’zolari zararlanadi.
Klinikasi. Exinokokk pufaklari odamning har qanday a’zosini
zararlantira  oladi,  biroq  hammadan  ko‘p  jigar  (75—80  %)  va
o‘pkaga (15—20  %  gacha)  shikast  yetadi,  bunda  exinokokkoz
kasalligi rivojlanadi.
Bemorda zararlangan a’zo, masalan, jigar asta-sekin kattala-
shib boradi. Jarayon jigarda joylashganda o‘ng qovurg‘alar ostida
og‘irlik sezgisi, og‘riq qayd qilinadi. Agar exinokokk kistasi jigar-
ning o‘ng bo‘lagida joylashgan bo‘lsa, og‘riq o‘ng kurak, o‘mrov
va yelka sohasida paydo bo‘ladi. Agar jarayon jigarning chap bo‘-
lagida  joylashgan  bo‘lsa,  bemor  ko‘ngil  aynishi,  epigastral  so-
hasida og‘irlik sezishidan shikoyat qiladi. Agar o‘pka zararlangan
bo‘lsa, bemorni ko‘kragidagi og‘riq, yo‘tal, nafas qisishi, ba’zan
qon tupurish bezovta qiladi.
Exinokokk pufagi bronxga, qorin yoki plevra bo‘shlig‘iga yorib
kirishi yoki yiringlatishi mumkin. Bu asoratlar juda xavfli va o‘limga
duchor qilishi ehtimol. Pufak yorilganda undagi skolekslar (pusht
boshchalari)  va  mayda  pufakchalar  qo‘shni  a’zolarga  tarqalishi
mumkin, keyinchalik bu pufakchalarning ko‘plab o‘sib ketishiga,
ya’ni kasallikning takrorlanishiga olib keladi. Buyrak, bosh miya
va boshqa a’zolar exinokokkozi o‘smali kasalliklar alomatlari bilan
kechadi.
Tashxisi.  Bemorga  klinik,  epidemiologik  tahlil,  instrumental
va immunologik tekshirishlar natijasiga asoslanib tashxis qo‘yiladi.
Shuningdek,  kasallikka  tashxis  qo‘yishda  gematologik,  allergik,
serologik,  rentgenologik,  ultratovush  yordamida  tekshirish  va
kompyuter  tomografiya  usullaridan  foydalaniladi.  Exinokokkoz
kasalligiga  uchragan  bemorlarning  qonida  taxminan  50  %  ho-
latlarda  eozinofil  tayoqchalarining  kamayishi  (10—25  %)  kuza-
tiladi. Kasoni reaksiyasi exinokokkoz kasalligida maxsus reaksiya
hisoblanadi.  Bu  reaksiya  exinokokkoz  kasalligida  89—90  %
holatlarda musbat natija beradi. Kasoni reaksiyasini qo‘yish uchun
0,2 ml exinokokk pufagidan olingan steril suyuqlikni qo‘l terisi


322
ichiga yuboriladi, bu suyuqlik yuborilgan joyda terining qizarishi
kuzatiladi, Kasoni reaksiyasi musbat sanaladi. Exinokokkoz kasal-
ligi tashxisida skoleksopretsipitatsiya, bentonit bilan flokulatsiya-
lash, IFA, RSK, RNT va boshqa serologik usullardan ham foy-
dalaniladi. O‘pka exinokokkozi rentgenogramma qilinganda, o‘p-
kada chegarasi aniq, tekis, sharsimon qorayish ko‘rinadi.
Jigar, taloq va qorin bo‘shlig‘idagi exinokokk pufagini aniqlashda
ultratovush tekshirish, bosh miya to‘qimasidagi exinokokk pufa-
gini  aniqlashda  kompyuter  tomografiyasi  usuli  juda  qo‘l  keladi.
Ultratovush usuli exinokokk pufagining qaysi a’zoda joylashgani,
kasallikning qaysi bosqichda ekanligi, asorati, exinokokk pufagi-
ning  o‘lgan  yoki  tirikligini  aniqlash  imkonini  beradi.  Bugungi
kunda kompyuter tomografiya usuli exinokokkoz tashxisida qo‘l-
lanilayotgan eng zamonaviy usullardan hisoblanadi. Epidemiolo-
gik tahlilda bemorning shaxsiy yoki xizmatdagi itlar bilan aloqada
bo‘lganligi, shuningdek, kasbiy bog‘liqlik holati qayd etiladi.
Instrumental tekshirish usuli yordamida patologik o‘choqning
joylashgan o‘rni, jumladan uning hajmi, topografiyasi aniqlanadi.
Bunday  tekshirishlarga  rentgenologik  usul,  radioizotopli  usul,
ultratovushli tekshirish va laporaskopiya tekshirish usullari kiradi.
Immunologik  tashxislash  maqsadida  laboratoriyada  qonning
umumiy tahlili, serologik reaksiyalar — gemagglutinatsiya, lateks-
agglutinatsiya, enzim-nishonlangan antitelalar reaksiyasi va bosh-
qalar  qo‘llaniladi.
Qonning umumiy tahlilida ko‘pgina bemorlarda eozinofiliya
va ECHTning ortishi kuzatiladi. Serologik reaksiyalardan lateks
agglutinatsiya  reaksiyasi  texnik  jihatdan  eng  qulaydir.  U  bemor
uchun xavfsiz va o‘ziga xosdir. Reaksiyani qo‘yish uchun maxsus
sintetik  katronlateksdan  foydalaniladi,  uning  zarrachalari  an-
tigen — odam yoki qo‘ylarning exinokokk pufaklaridan olingan
suyuqlik adsorbenlanadi.
«O‘sma» yoki kistani tashxisi punksiya qilinganda, exinokokkoz
kasalligi bo‘lganda oq yoki sarg‘imtir rangli tiniq suyuqlik, pufak
yiringlab ketganda esa, yiring olinadi. Suyuqlikni sentrifugalash-
dan keyin cho‘kmani mikroskopiya qilinganda unda pardalarning
qoldiqlari,  ilmoqlar  va  skolekslar  topilishi  mumkin,  bularning
o‘ziga xos ko‘rinishi to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Profilaktikasi. Profilaktik tadbirlar aholi o‘rtasida va hayvon-
larda olib boriladi. Tibbiy tadbirlar sifatida bemorlarga rentgeno-
logik va serologik tekshiruvlar qo‘llanilib yalpi ko‘rikdan o‘tka-


323
zish yo‘li bilan aniqlash, exinokokkozga shubha qilingan shaxs-
larni dispanserizatsiya qilish, sanitariya maorifi ishlari olib borish
juda muhimdir.
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini xonadonlarda so‘yishga va it-
larni molning zararlangan a’zolari bilan boqishga yo‘l qo‘ymaslik
kerak. Daydi itlarni yo‘qotish va xizmatdagilarni degelminti-
zatsiya qilish tavsiya etiladi.
Alveokokk
Tuzilishi.  Alveokokk  (Alveococcus  multilocularis)  o‘zining
tashqi  tuzilishi  bo‘yicha  exinokokk  solityorini  eslatadi,  undan
boshchasida ilmoqlarining kamroq miqdordaligi, jinsiy sistemasi
tuzilishidagi tafovutlar bilan ajralib turadi.
Lichinka stadiyasi exinokokkdan farqli ravishda bitta zich tu-
gunni tashkil qiladigan ko‘p sonli mayda pufakchalardan iborat.
Shunday  tuzilganligi  sababli  bu  parazit  alveolyar  yoki  ko‘p
kamerali nomini olgan. Bu juda mayda pufakchalarning hammasi
quyuq sarg‘ish-to‘q rangli massa bilan to‘lgan va skolekslar saqlaydi.
Rivojlanish sikli. Alveokokk tulkilar, kamroq  bo‘rilar va itlar
ichagida  yashaydi.  Lichinka  (ko‘p  kamerali  alveokokk  pufagi)
kemiruvchilar va ba’zan odam organizmida rivojlanadi. Yirtqich
hayvonlarga kemiruvchilarni yeganida yuqadi, kemiruvchilarga esa,
o‘z navbatida, yirtqichlarning najaslari bilan ajraladigan onkosfe-
ralar  (tuxumlar)ni  yutganida  yuqadi.
Odam bo‘ri, tulki terisini shilganda, unga ishlov bergandan yoki
itga yaqinlashgandan keyin tuxumlari iflos qo‘l orqali og‘izga tushga-
nida, shuningdek, ifloslangan mevalar, sabzavotlarni iste’mol qilganda
yoki ochiq suv havzalarining suvini ichganda yuqtirishi mumkin.
Klinikasi. Alveokokklar qo‘zg‘atadigan kasallik — alveokokkoz
jigarda g‘adir-budir zich o‘sma rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Jarrohlik usulida davo qilinadi.
Profilaktikasi.  Alveokokkoz  aksari  Sibirda,  Qozog‘istonning
shimoli-sharqida va mamlakatimizning shimoliy va o‘rta minta-
qasidagi qator boshqa joylarda uchraydi. Onkosferalar tashqi mu-
hitda uzoq vaqt saqlanadi.
Odamda kasallikning oldini olish uchun yirtqich hayvonlar terisiga
ishlov  berishda,  itlarni  boqishda,  mo‘yna  xomashyosi  bilan  ish-
lashda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish katta ahamiyatga ega.
Bemorlarni erta aniqlash maqsadida aholi yalpi tekshiruvdan o‘tkaziladi.


324
6.5. Nematodalar sinfi (Nematoda)
Nematodalar  xususiyatlari,  tuzilishi,  rivojlanish  sikli,  yuqish
yo‘llari,  qo‘zg‘atadigan  kasalliklari  bir-biriga  o‘xshamaydigan
yumaloq chuvalchanglardan iborat:
a)  ostritsa;
b)  askarida;
d)  qilbosh  gijja;
e) ankilostoma va nekatar;
f)  strongiloid;
g) trixinella va filyariylar.
Nematodalar (yumaloq chuvalchanglar)ga taalluqli gelmint-
lar cho‘ziq silindrik va segmentlanmagan tanachaga ega. Ular,
odatda, turli jinsli bo‘ladi. Rivojlanishi to‘g‘ri yo‘l bilan yoki xo‘-
jayinlar almashinganda ro‘y beradi. Nematodalar qo‘zg‘atadigan
kasallik guruhini nematodozlar deyiladi.
Ostritsa
Tuzilishi.  Ostritsa  (Enterobius  vermicularis)  —  uzunligi
0,5—1 sm.li, oq rangli kichikroq nematoda. Tanasining dum to-
moni o‘tkirlangan oddiy gijjadir.
Enterobioz qo‘zg‘atuvchisidir. Gijjaning narinasi (erkak zoti)
uzunasiga 2—5 mm, dumli uchi burama shaklida bo‘lib, kulikular
qanotsimon yon o‘simtalari, to‘rt juft jinsiy g‘udda bilan ifodala-
nadi.  Dumning  cheklangan  qismi  kesilgan.  Gijjaning  modinasi
(urg‘ochi  zoti)  9—12  mm  uzunlikka  ega.  Uning  dumi  uzun  va
tadrijiy toraytirilib bigizsimon o‘tkirlangan. Orqa teshigi esa dum
uchidan 2, 2 mm yuqorida joylashgan.
Mikroskopning kichik obyektivida ostritsaning oldingi uchida
kichikroq kengayma ko‘rinib turadi, qizilo‘ngach o‘ziga xos shar-
simon kengaymaga ega. Urg‘ochisining tanasida tuxumlari bilan
to‘lgan  bachadon  shu’lalanib  turadi.  Kishi  ostritsalarning  tuxu-
mini yutish natijasida uni o‘ziga yuqtiradi. Ichaklarda tuxumdan
jinsiy yåtilgan gijja paydo bo‘ladi, jinsiy qo‘shilish ham shu yårda
bo‘ladi. Urg‘ochi ostritsadagi tuxumlarning soni juda ko‘p bo‘lib,
bir  nåcha  o‘n  mingga  yåtadi.  Urg‘ochi  ostritsa  o‘zida  o‘stirgan
tuxumlari bilan birga yo‘g‘on ichakdan orqa chiqarish tåshigiga
o‘tib, orachiqning tårisiga va uning yonidagi to‘qimalarga tuxumini
qo‘yadi. Shu yårning o‘zida bir nåcha soat ichida butunlay voyaga


325
yåtadi.  Ostritsalar  kasalda  chidab  bo‘lmaydigan  qichish  paydo
qiladi, kasal orqa chiqarish tåshigining atrofini qashiydi va shu-
ning bilan birga tirnoqlarining orasiga o‘tkazib, qo‘lini yuvmasdan
ovqat yåganda og‘ziga yoki oziq-ovqat mahsulotlariga o‘tkazadi.
Shuning uchun entårobiozda (ostritsa bilan zararlanganlik) doimo
qaytadan o‘z-o‘ziga yuqtirish (autoråinvaziya) ko‘riladi, shuning
uchun ham buni qattiq turib davolash talab etiladi.
Ostritsalar kishida, avvalo, orqa chiqarish tåshigi atrofining
qichishi bilan ko‘rinib, buning natijasida u yårlarda yallig‘lanish
jarayonlari  (vulvovaginitlar)  va  nårv  siståmasining  turli  buzi-
lishlari  ro‘y  båradi.  Bundan  tashqari,  ular  ichaklarning  shilliq
qavatini  buzib  yallig‘lanish  jarayoni  paydo  qilishi  va  shunday
qilib  ikkilamchi  infåksiyaning  kålib  chiqishiga  sabab  bo‘lishi
mumkin. Ko‘p odamlar appånditsitning paydo bo‘lishiga ostritsa
sababchi  bo‘la  oladi,  dåb  hisoblaydi.  Entårobioz  kattalarda  va
ayniqsa, bolalarda juda ko‘p tarqalgan. Invaziya yuqishining oson-
ligi natijasida ostritsa bilan zararlanish ko‘pincha oila a’zolarining
hammasiga ham tarqaladi. Orqa chiqarish tåshigining shilliq qavati
atrofidan  mazok  va  tirnoq  oralaridan  matårial  olib  (ko‘pincha
tirnoq oralarida ostritsaning tuxumi topiladi), mikroskopda ko‘ril-
gan natijaga qarab, tashxis qo‘yiladi. Ba’zan ostritsa najas yuza-
sidan ham topiladi.
Entårobiozga qarshi kurash va uning profilaktikasi — santo-
nini va såra kombinatsiyasi, timol, naftalin bilan uzoq vaqt davo-
lashdan iboratdir. To‘g‘ri ichakka tushgan ostritsalarni måxanik
usulda huqna qilib tushirish kårak. Yangidan kasallanish xavfining
oldini olish maqsadida entårobioz bilan zararlangan oila a’zola-
rini  mumkin  qadar  bir  vaqtda  davolash  kårak.  Orqa  chiqarish
tåshigining atrofini yuvib turish, qo‘llarni va tirnoq oralarini toza
tutish kabi gigiyåna qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim.
Qilboshning uzunligi 30—50 mm bo‘lib, buning ham askarida
va ostritsalarga o‘xshash o‘rtadagi xo‘jayini bo‘lmaydi. Qilbosh-
ning  tuxumi  odam  ichaklaridan  ajralib  chiqqandan  so‘ng  yana
uzoq vaqt tashqi muhitda, xususan, haroratga qarab 1—1,5 oy
suvda o‘sishi kårak.
Tashqi muhit sharoitida o‘sib yåtilgan bunday parazit tuxumini
odam suv, yuvilmagan sabzavot va h.k. bilan birga yutib zararlanadi.
Kishining  ichaklarida  tuxumdan  lichinka  chiqib,  voyaga  yåtib
ichakning shilliq pardasiga mahkam yopishib oladi, shuning uchun
ham uni najasda topib bo‘lmaydi. Shu bois uni yo‘qotish qiyin bo‘ladi.


326
Qilbosh umumiy intoksikatsiya holatlarini, nårv siståmasining
buzilishlarini,  anåmiya  va  ba’zan  ko‘richakning  yallig‘lanishini
paydo qiladi. Odamda qilbosh ostritsaga va askaridaga qaraganda ancha
kam uchraydi. Qilboshga najasda tuxumi topilishiga qarab tashxis
qo‘yiladi. Qilbosh bilan kurashni, asosan, askaridaga qo‘llangan usulda
olib boriladi, chunki bu parazitning biologik xususiyatlari (tuxum-
ning tashqi muhitda o‘sib yåtilishi) askaridaga o‘xshash bo‘ladi.
Qo‘llanishi  lozim  bo‘lgan  asosiy  tadbirlar  båmorlarni  zudlik
bilan davolash, tuproq va suvni odam najaslari bilan ifloslanishdan
saqlash va shaxsiy profilaktikaga rioya qilishdan iborat bo‘ladi.
Ankilostoma 10—13 sm uzunlikdagi qizg‘ish qurt bo‘lib, o‘rtadagi
xo‘jayini bo‘lmaydi. Tuxumi haroratning qanday bo‘lishiga qarab,
tuproqda bir nåcha kun ichida voyaga yåtadi. Ankilostoma tuxum-
larining voyaga yåtishi uchun tåmpåratura minimumidan tashqari,
tuproq ma’lum darajada fizik-kimyoviy xususiyatga ega bo‘lishi kå-
rak. Shuning uchun ankilostoma askarida va qilboshlarga o‘xshab
hamma yårda uchramay, ayrim joylardagina tarqalgandir. Tuproqda
harakatchan  va  kishi  tårisiga  kirib  olish  xususiyati  bois  lichinka
tuxumdan ajralib chiqadi. Shu asnoda qonga o‘tib undan yurak,
o‘pka orqali traxåya va halqumga, bu yårdan oshqozon-ichak traktiga
o‘tib, bu yårda voyaga yåtib, ingichka ichaklarda joylashib oladi.
Ankilostomalarning kishida kasallik paydo qiluvchi ta’siri zo‘r
bo‘lib, lichinka migratsiyasining qaysi stadiyada bo‘lishiga qarab,
turli simptomlar bilan ko‘rinadi. Tåriga kirib kuchli qichish bilan
kåchadigan  dårmatitlar  paydo  qiladi.  Ankilostomalar  o‘pkadan
o‘tishida qon quyilishi, bronxit va hatto o‘pka shishi paydo bo‘li-
shiga sababchi bo‘lishi mumkin. Ankilostoma ichaklarda joylashib
olganda oshqozon-ichak trakti funksiyasining buzilishiga, anåmiya
paydo  bo‘lishiga,  yurak  ishining  buzilishiga,  nårv  siståmasi  to-
monidan turli o‘zgarishlar kålib chiqishiga sabab bo‘lishi va hatto
o‘limga olib kelishi mumkin.
Ankilostoma  iqlimi  issiq  mamlakatlarda  tarqalgan.  Surxon-
daryo,Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida uchraydi.
Tashxis  najasda  ankilostomalarning  tuxumini  topishga  asos-
lanib  qo‘yiladi.  Ankilostomalarga  qarshi  kurash,  asosan,  tashqi
muhitsiz tuxumini o‘stirishi mumkin bo‘lmagan boshqa gijjalarga
o‘xshagan xaraktårga egadir, båmorlarni timol, to‘rt xlorli uglårod
bilan  davolanadi,  tuproq  va  suvni  najaslar  bilan  ifloslanishdan
saqlanadi. Bu parazit kishi organizmiga askarida, qilbosh va boshqa
dumaloq gijjalarga o‘xshab oshqozon-ichak trakti orqali o‘tmay,


327
tåri  orqali  o‘tishi  sababli  uning  shaxsiy  profilaktikasi  ankilos-
tomadan  butunlay  boshqacha  bo‘ladi.  Shaxsiy  profilaktika
quyidagicha  bo‘ladi:  ankilostoma  lichinkalari  bilan  zararlangan
tuproqning  ochiq  badanga  o‘tishining  oldini  olish  maqsadida,
badanni ochib yurmasdan, ust va oyoq kiyimlarini kiyib yuriladi.
oziga xos kasbli kishilar bu kasallikni yuqtirmasliklari uchun bu
tadbirlarga,  ayniqsa,  qattiq  rioya  qilishlari  kårak.  Ankilostomoz
yår  qazuvchi,  shaxtyor,  tog‘  ishchilari  va  boshqalarga  nisbatan
ko‘p  uchrashi  mumkin.
Shuning  uchun  bu  kasallik  tarqalishining  oldini  olish  maq-
sadida ishga olinganlar oldindan tåkshirib ko‘rilishi shart.
Trixinålla. 3—4 mm kattalikdagi kichik parazit, voyaga yåt-
gan gijja sifatida qisqa muddat ichida ichaklarda yashab, so‘ngra
o‘ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar limfa va qon oqimi bilan
muskullarga,  ko‘pincha  diafragma,  qovurg‘alar  o‘rtasidagi  mus-
kullarga, hiqildoq, bo‘yin, ko‘z muskullariga o‘tib oladi. Bu yår-
larda  lichinkaning  atrofida  biriktiruvchi  to‘qimadan  tuzilgan
kapsula paydo bo‘lib, uning ichida lichinka uzoq muddat shu holda
saqlanib qoladi. Bu hayvonning — xo‘jayinning go‘shtini boshqa
hayvon  yåganda,  uning  oshqozonida  kapsula  erib,  undan  aj-
ralib chiqqan lichinka voyaga yåtgan parazitga aylanadi. Shunday
qilib,  o‘sish  siklining  oxiriga  yåtishi  uchun  ikki  xo‘jayinning
bo‘lishi  shart,  ammo  ikkalasi  ham  bir  turdagi  hayvon  bo‘lishi
mumkin. Kalamushlar o‘ligini yåyuvchi cho‘chqalar va qushxona
qoldiqlarini  yåyuvchi  kalamushlar  ko‘pincha  shunday  xo‘jayin
bo‘ladi. Odam trixinålloz bilan zararlangan cho‘chqa go‘shtini ov-
qat uchun xom holda yoki kam pishirilgan holda istå’mol qilganda
kasallanadi.
Trixinållaning kishi organizmiga ta’siri juda yuqori. Kasallik
oshqozon-ichakning  buzilishi,  haroratning  ko‘tarilishi,  intok-
sikatsiya holatlari, muskullarda og‘riq, tifga o‘xshash holatlar bilan
ko‘riladi. Yuzning, ayniqsa, qovoqlarning shishishi xaraktårli simp-
tom  bo‘lib,  shunga  ko‘ra  ba’zi  bir  joylarda  buni  «shishgancha»
dåb ataladi. Kasallik  1/2 oy va undan ortiq davom etib, ancha foiz
låtallik båradi.
Trixinållyoz hamma yårda ko‘riladi, låkin ovqat uchun ko‘proq
cho‘chqa go‘shtini istå’mol qiladigan joylarda, ayniqsa, ko‘p uch-
raydi. Tashxisni klinik ko‘rinishi va qondagi o‘zgarishlarga (eo-
zinofiliya) asoslanib qo‘yiladi. Bu kasallik kishiga cho‘chqaning
trixinozli go‘shti orqali yuqadi, shunga asoslanib, unga qarshi ku-


328
rashni simptomatik davolash yo‘li bilan olib boriladi, våtårinariya-
sanitariya nazorati (qushxonalarda cho‘chqa go‘shtini nazorat
qilib  turish)  kuchaytiriladi.
Kasallik  sababini  aniqlash  uchun  trixinållyoz  kasalligi  bilan
og‘rigan  har  bir  båmor  epidåmiologik  tåkshirishdan  o‘tkaziladi.
Bundan  tashqari,  cho‘chqalar  kasallikni  kalamushlardan  yuq-
tirishining oldini olish tadbirlari katta ahamiyatga egadir. Dåra-
tizatsion tadbirlarni kång qo‘llash yo‘li bilan kalamushlarni yo‘-
qotish,  ularni  qushxonadan  chiqqan  tashlandiqlarga  yaqinlash-
tirmaslik trixinållyozning profilaktikasida katta rol o‘ynaydi.
Gålmintozlarning  umumiy  epidåmiologik  xaraktåristikasi.
Gålmintlarning  biologik  xususiyatlari  va  ularning  o‘sish  sikllari
hamda  parazitlarning  o‘rtadagi  va  oxirgi  xo‘jayini  bo‘la  oluvchi
hayvonlarning  har  xilligi  ular  måxanizmining  va  kishining  bu
bilan  zararlanish  sharoitlarining  turli-tuman  bo‘lishiga  sabab
bo‘ladi. Ularning epidåmiologik xaraktåristikasi va epidåmiyaga
qarshi  ko‘riladigan  tadbirlarning  bir-biridan  farq  qilgan  holda
turli-tuman  bo‘lishi  shundan  ma’lumdir.
Epidåmiologik  nuqtayi  nazardan,  avvalo,  o‘rtadagi  xo‘jayini
bo‘lmagan gålmintlar guruhini alohida ko‘rsatishga to‘g‘ri kåladi,
chunki ularning butun o‘sish sikli bir hayvon organizmida o‘tadi.
Bu guruhga ko‘pchilik dumaloq qurtlar va låntalilardan mitti såpån
kiradi. Yuqish manbayi odamdir. Gijjalarning tuxumi tamomila
kishi organizmida o‘sgan paytlarda, u båvosita båmordan yuqadi
(birinchi  kichik  guruh  —  mitti  såpån,  ostritsalar),  yoki  tashqi
muhitning turli obyåktlari — suv, tuproq, iflos oziq-ovqat mah-
sulotlari (sabzavot) orqali yuqadi. Ikkinchi kichik guruhga aska-
rida,  qilbosh,  ankilostoma  kiradi.  Yuqish  sharoitining  turlicha
bo‘lishi, birinchi kichik guruhda davolashdan tashqari, asosiy tad-
bir bo‘lib hisoblangan shaxsiy profilaktikaga, ya’ni shaxsiy gigiyånik
malakalarni oshirishga  katta ahamiyat bårish talab etiladi. Ikkinchi
kichik guruhda — kommunal-sanitariya tadbirlari, ya’ni tuproq va
suvni  najas  tushib  ifloslanishdan  saqlash  asosiy  tadbir  bo‘ladi.
Shaxsiy profilaktika ikkinchi kichik guruh uchun ikkinchi darajali
rolni o‘ynaydi, biroq parazitning qaysi yo‘l orqali kirishiga qarab,
shaxsiy  gigiyåna  tadbirlariga  rioya  qilinadi.  Ankilostomozda
qo‘llanilganidåk måxanik choralardan (maxsus kiyim) foydalaniladi.
Gålmintlarning epidåmiologik tomondan alohida bo‘lgan ik-
kinchi guruhiga o‘sish jarayonida o‘z xo‘jayinlar, ya’ni o‘zgartiruvchi
gålmintlar kiradi. Bu guruh ham ikki kichik guruhga bo‘linadi.


329
Birinchi kichik guruhga so‘ruvchilardan opistorxis, låntalilar-
dan kång låntås kiradi, tabiiy sharoitda kishining iqtisodiy-xo‘jalik
faoliyati  bilan  bog‘lanmagan  holda  yashaydigan  molluskalar
bularning o‘rtadagi xo‘jayini bo‘ladi. Bu gålmintlarga nisbatan asosiy
profilaktik  tadbir  quyidagilardan  iborat:  suv  havzalarini  kishi
najaslari  tushib  ifloslanishidan  saqlash,  kishining  zararlanishida
båvosita manba bo‘luvchi baliqlar istå’mol qilinganda sanitariya
nazoratini  kuchaytirish.
Ikkinchi kichik guruhga låntali gijjalardan cho‘chqa va buqa
solityori va dumaloq gijjalardan trixinålla kiradi. Bu gålmintlar-
ning o‘rtadagi xo‘jayini — go‘shtlari ovqat uchun istå’mol qilina-
digan uy hayvonlaridir. Shunga ko‘ra, bu gålmintozlarga qarshi
ko‘riladigan  asosiy  tadbir  våtårinariya-sanitariya  nazoratini  ku-
chaytirish, ya’ni hayvonlarga yuqishining oldini olish va qushxo-
nadan chiqqan go‘shtni nazorat qilib turishdan iboratdir.
Exinokokk birmuncha alohida xususiyatga ega. It bilan mu-
nosabatda bo‘linganda uning yuqish måxanizmiga muvofiq, shax-
siy gigiyåna tadbirlariga rioya qilish kårak. Bu parazit bilan ku-
rashda asosiy profilaktik choradir.
Gålmintozlarga  qarshi  kurashning  tashkil  etilishi.  O‘zbekistonda
gålmintozlarga qarshi kurash ishlariga juda katta ahamiyat båriladi.
Sanitariya-epidåmiologik  stansiyalar  va  umum  tibbiyot  tarmoqlari
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maxsus tadbirlar quyidagilardan iborat:
gålmintlar bilan zararlanganlikni aniqlash maqsadida ba’zan bir gu-
ruh  odamlarni  tåkshirish  (yoppasiga  yoki  oralatib)dan  o‘tkazish,
kasallarni hisobga olgan holda, laboratoriya nazorati ostida siståmatik
davolash,  o‘ziga  ayrim  sur’atda  yuqtiruvchi  ayrim  aholini  (bolalar
muassasalari, ayrim kasbdagi jamoalarda ishlayotgan kishilarni) va
gålmint kuchli tarqalganda jami aholini dågålmintizatsiya (sanatsiya)
qilish. Bu maxsus tadbirlardan tashqari, aholi orasida sanitariya maorifi,
sanitariya tomondan sog‘aytirish ishlari ham kuchaytiriladi.
6.6. Gijja kasalliklarida laboratoriya
tashxisining asosiy usullari
Najasni tekshirishning makroskopik usullari. Bu usul, asosan,
gelmintlarni  yoki  ularning  fragmentlarining  bo‘g‘imchalarini,
skolekslarini  va  sestodlarning  strobilasi  qismlarini  qidirishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, faqat bemorning axlatida qo‘zg‘atuvchilarning
tuxumlarini  ajratmaydigan  yoki  tuxum  qo‘ysa,  kamdan  kam


330
uchraydigan  gelmintozlar  tashxisida  qo‘llaniladi  (enterobiozda
najasda ostritsalar, teniidozlarda sestodlar tugunchalari, tanachalari
topiladi). Bundan tashqari, davolashning samarasini aniqlashda,
diagnostik degelmintizatsiyada ham qo‘llaniladi (boshqa usullar
bilan aniqlab bo‘lmaydigan gelmintozlarga shubha bo‘lganda).
Najasda ostritsalar yoki sestodlarning proglotidlarini aniqlash
maqsadida  makroskopik  tekshiruv  uchun  olib  kelingan  najasni
ko‘z bilan oldindan ko‘rib chiqish lozim.
Òeniidozlarning  yanada  aniqroq  differensial  diagnostikasi
uchun diagnostik degelmintizatsiya paytida davolashning sama-
rasini aniqlash uchun eng oddiy usul — najasni suvda aralashtirib,
qora fotografik kyuvetda yoki qorong‘i fonda Petri idishida tek-
shirish tavsiya etiladi.
Najasda  gelmintlarni  aniqlash
Jarayon: gelmintlar yoki ularning fragmentlari, bo‘g‘imchalari
qorong‘i fonda yaxshi ko‘rinadi; najasni suvda aralashtirib qara-
ganda payqash mumkin.
Reaktiv: glitserin (30 % li eritmasi).
Maxsus  jihozlar:  lupa,  qora  fotografik  kyuvetlar  yoki  Petri
idishi, pinsetlar, preparoval ignalar.
Aniqlash  yo‘li:  najasni  yaxshilab  suvda  aralashtirib,  so‘ngra
yorug‘da alohida porsiyalar shaklida qora kyuvetlarda yoki Petri idishida
qorong‘i fonda sinchiklab tekshiriladi. Barcha shubhali ko‘ringan oq
tanachalar igna yoki pinset bilan chiqarib olinadi; gelmint fragment-
lariga  shubhali  bo‘lgan  katta  tanachalar  ikki  predmet  oynachasi
o‘rtasiga qo‘yib, lupa bilan tekshiriladi. Agar klinik belgilari mayda
gelmintlar yoki davolashdan so‘nggi sestoda boshchalari aniqlani-
shidan darak bersa, unda shubhali tanachalar glitserin tomchisida
lupa bilan, agar lozim ko‘rilsa, mikroskopda sinchiklab o‘rganiladi.
Mikroskopik  tadqiqot  usullari.  Bu  usul  (sifat  jihatidan  farq
qilish) gelmintlarning tuxumlari va lichinkalarini aniqlashga yo‘-
naltirilgan bo‘lib, tashxis maqsadida, davolash samarasini nazo-
rat  qilish,  shuningdek,  gelmintozlarga  qarshi  tadbirlar  majmua-
sini o‘tkazish darajasiga baho maqsadida qo‘llaniladi.
Laboratoriyalarda amalda keng qo‘llash uchun ustiga sellofan
plastinka qoplangan qalin surtma, ya’ni Kato usuli tavsiya etiladi.
Bu usul yalpi tekshiruvlar o‘tkazish uchun ham qulaydir, surtma
oldindan tayyorlanib, so‘ngra laboratoriyaga keltirilishi mumkin.


331
Gimenolepidoz  va  ankilo-
stomidozlar  o‘chog‘ida  Kato
usulida  tekshirishlar  o‘tkazish
paytida surtma yoritilgan zahoti
mikroskopik  tekshirish  o‘tka-
zish lozim.
Kato  bo‘yicha  ustiga  sellofan
plastinka qoplangan qalin surtma
usulida  najasdagi  gelmint  tu-
xumlarini  aniqlash.
Jarayon: glitserin bilan yori-
tilgan va yashil malaxit bo‘yog‘i
bilan bo‘yalgan fekaliyning qalin
surtmasida  gelmint  tuxumlari
ajratiladi. Reaktivlar: 3 % li yashil
malaxitning  suvdagi  eritmasi,
glitserin,  6  %  li  fenol  eritmasi,
Kato  bo‘yicha  sellofan  qoplash
plastinkalari. Kato aralashmasi,
6  ml  3  %  li  yashil  malaxitning
suvdagi  eritmasi  + 500  ml  gli-
tserin  +500  ml  6  %  li  fenol
eritmasi. Kato bo‘yicha plastin-
kalar: gidrofil sellofanni plastin-
kaga moslab kesiladi (20x40 o‘l-
chovda)  va  Kato  aralashmasiga
bir-biriga  yotadigan  qilib  bo-
tiriladi, har 100 plastinkaga 3—
5  ml.  Kato  aralashmasi  24  soatdan  so‘ng    foydalanish  uchun
tayyor holga keladi. Òayyor plastinkalarni Kato aralashmasida
yaxshi yopilgan idishda 6 oygacha saqlash mumkin. Aniqlash yo‘li:
100  mg  najasni  hech  qanday  suyuqlik  yoki  suv  aralashtirmas-
dan predmet oynasiga surtiladi, ustidan esa, Kato aralashmasi-
dan ishlov berilgan sellofan plastinka bilan yopiladi, so‘ng esa,
plastinka maxsus rezina bilan najas orasidan sizib chiqmaydigan
va bir tekis yoyiladigan darajada siqiladi. Surtma xona haroratida
bir  muddat  qoldiriladi  (issiq  kunlarda  30—40  daqiqa,  sovuq
kunlarda 1 soatgacha). Ana shundan keyin mikroskopda tekshi-
riladi. Ba’zi paytlarda preparat qurib qolmasligi uchun ustiga suv
shimdirilgan mato tashlab qo‘yiladi.
13-rasm. Gelmintozlar tuxumlari:
1  —  Fasciola  hiðatika;
2  —  Dicrocoelium  lanceatum;
3  —  Opisthoechis  elineus;
4  —  Humenolepis  dinisnuba;
5  —  Hymenolepis  nana;
6  —  Taeniideae;  7  —  Diðhullobothrium
latum;  8  —  Ascaris  lumbricoides
(urug‘langan  tuxum);
9  —  Askaris  lumbricoides
(urug‘lanmagan  tuxum);
10  —  Trichocephalus  trichiurnus;
11  —  Enterobius  vermicularis;
12  —  Anculostoma  duodenale.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
12
11


332
Shuningdek, 50 % li glitserin eritmasi shimdirilgan plyonkadan
foydalanish ham mumkin, bu bilan gelmintlarni aniqlash sama-
raligi  pasaymaydi.  Òurli  gelmintlarni  aniqlashda  yaxshi  natijaga
erishish uchun Kato bo‘yicha ustiga sellofan plastinka yopilgan
qalin surtma usulini boyitish usuli bilan qo‘shib olib borish lozim.
Najasda gelmint tuxumlarini aniqlashning boyitish usuli.
Jarayon: najas siqiqlik darajasi gelmint tuxumlariga nisbatan
yuqori  (1,1  dan  ko‘p)  bo‘lgan  flotatsion  eritmada  suyultiriladi.
Natijada,  gelmint  tuxumlari  yuqoriga  sizib  chiqib  parda  hosil
qiladi. Parda olinib mikroskop ostida tekshiriladi.
Reaktivlar: Kalantaryan bo‘yicha flotatsion eritma, 1 kg azotli
achchiq  natriy  (NaHO
3
)  1  litr  suvda  eritiladi.  Eritma  yuzasida
parda  hosil  qilguncha  qaynatilib,  filtrlanmasdan  quruq  shisha
idishlar (butilka)ga quyiladi. Eritmaning solishtirma og‘irligi 1,38.
Maxsus jihozlar: qirrali stakanlar yoki sig‘imi 100 ml bo‘lgan
maxsus shisha idishlar (sklyanka) va shisha tayoqchalar.
Aniqlash yo‘li: stakan yoki sklyankada 5 g najas flotatsion eritma
bilan  yaxshilab  aralashtiriladi.  Flotatsion  eritma  aralashtirish
jarayonida  100  ml.gacha  asta-sekin  quyiladi.  Aralashma  tayyor
bo‘lishi bilan shisha tayoqcha yoki buklangan qog‘oz bilan yuqo-
riga  sizib  chiqqan  yirikroq  jismlar  olib  tashlanadi.  Òuzli  eritma
solingan idishning ustiga predmet oynasi qo‘yiladi. Predmet oy-
nasi eritmaga tegib turishi lozim. Agar eritma kam bo‘lsa, ustiga
quyib to‘ldiriladi. Keyin esa, 20—30 daqiqa mobaynida tindirib
qo‘yiladi, so‘ngra predmet oynasining eritma yuqi bo‘lgan yuzasi
yuqoriga olinib, mikroskop ostiga qo‘yiladi va birvarakay tekshirib
chiqiladi. Preparat qurib qolmasligi uchun 2—3 tomchi 50 % li
glitserin eritmasidan tomiziladi.
Agar boshqacha tuz bo‘lmasa, osh tuzining to‘yingan eritma-
sidan  foydalanilsa  ham  bo‘ladi  (Fyulleborn  bo‘yicha).  Eritmani
tayyorlash  uchun  400  g  osh  tuzini  bir  litr  suvda  eritib,  suv
qaynaguncha isitiladi. Dokadan o‘tkazilib, sovitish uchun qo‘yiladi.
Òo‘g‘ri tayyorlangan eritma tagida erimagan kristallardan iborat
cho‘kma hosil bo‘ladi, eritmaning solishtirma og‘irligi 1,2. Aska-
rida,  trematoda,  yirik  sestodalarning  tuxumlari  vazni  og‘irligi
sababli eritma yuzasiga qalqib chiqmaydi va shu sababli eritmaning
ustki  qismidan  olingan  preparatdan  tashqari  cho‘kma  qismidan
ham  2—4  preparat  tayyorlanib  tekshiriladi.  Shu  maqsadda
aralashmani ehtiyotlik bilan to‘kib, qolgan cho‘kmasidan cho‘p
yoki  ilmoqli  sim  bilan  4—8  tomchi  olinib,  predmet  oynasining


333
ustiga tomiziladi. Ustiga qoplash oynachasi qo‘yilib, mikroskop
bilan tekshiriladi. Preparatni tindirish uchun glitserin tomchisidan
foydalanish  mumkin.
Perianal qirindisida, yog‘och shpatel yordamida ostritsalar tu-
xumlarini  aniqlash.
Jarayon:  perianal  qatlamlaridan  yog‘och  shpatel  (yoki  yo‘-
nilgan gugurt cho‘pi) yordamida qirib olingan gelmint tuxumlari
mikroskop  bilan  tekshiriladi.
Reaktivlar: 50 % li glitserin eritmasi yoki 1 % li dvuuglekisliy
natriy eritmasi (ichimlik soda).
Maxsus  jihozlar:  yog‘och  shpatellar  (yo‘nilgan  yoki  paxta
o‘ralgan gugurt cho‘pini ham ishlatish mumkin).
6.7.  Amyobiaz
Amyobiaz  —  gistologik  (dizenteriya)  amyoba  qo‘zg‘atadigan
protozoy  etiologiyali  ichak  kasalligidir.  Asosan,  yo‘g‘on  ichak
yuqoridagi ko‘riladigan qismining shikastlanishi va qon-shilimshiq
aralash axlat ajratish bilan o‘tadi. Quruq issiq iqlimli hududlarda
tarqalgan va epidemikligi (shu joyga xosligi) bilan ajralib turadi.
Ayrim hodisalari mo‘tadil iqlimli hududlarda ham uchrashi mumkin.
Etiologiyasi  va  epidemiologiyasi.  Kasallik  qo‘zg‘atuvchisi  —
dizenteriya amyobasini (Entameoba histolytica) 1875-yilda rus olimi
F.A.  Lesh  dizenteriyali  bemor  axlatidan  topgan.  Dizenteriya
amyobasi bemor odam organizmida uch toifada uchraydi:
1.  Katta  vegetativ  shakli  (Entamyoba  histolytica  foma
magna) — yirik amyoba, juda harakatchan. Parazit ichida fagotsit-
langan eritrotsitlar bo‘ladi. Uni kasallikning o‘tkir  yoki qo‘zigan
davrida axlatining qon-shilimshiqli bo‘laklaridan topish mumkin.
2. Kichik vegetativ shakli (Entamyoba histolytica foma minuta)
bemor  axlatida  kasallikning  o‘tkir  davri  tugagandan  so‘ng  to-
piladi. O‘lchami kichik, harakatchanligi kam bo‘ladi. Bu shakli
sista hosil bo‘lishini  quvvatlab  turadi.
3. Dizenteriya amyobasining sistasi oval shaklida, 1—4 ta yad-
rosi bo‘ladi, zich qobiq bilan o‘ralgan.
Vegetativ  shakllari  odam  organizmidan  tashqarida  tez  halok
bo‘ladi,  vaholanki,  sistalar  tashqi  muhitga  yetarlicha  chidamli,
axlatda ular  4 haftagacha, suvda  8 oygacha saqlanadi, bu asosiy
epidemiologik ahamiyatga ega. Quritish ularga halokatli ta’sir ko‘r-
satadi. Infeksiya manbayi odam, amyobiazning o‘tkir yoki xronik


334
shakli bilan kasallangan bemor, sog‘ayib kelayotgan sista tashuvchi
hisoblanadi. Epidemik o‘choqlarda tashuvchilik tarqalgan bo‘-
ladi,  uning  davomiyligi  bir  necha  yilgacha  cho‘zilishi  mumkin.
Amyobali  dizenteriyaning  tarqalish  yo‘llari  bakterial  dizente-
riyaniki kabidir. Asosiy, kontakt yo‘l bilan o‘tish, ya’ni infeksiya-
ning  iflos  qo‘llar  va  uy-ro‘zg‘or  buyumlari  orqali  tarqalishi  hi-
soblanadi.  Suv  manbalari  sistasi  bo‘lgan  axlat  bilan  amyobiaz
tarqalishi mumkin.
Umumiy  ovqatlanish  korxonalari  va  bolalar  muassasalari
sanitariyaga xilof holda bo‘lganda infeksiya amyobali dizenteriyasi
bo‘lgan bemor yoki sista tashuvchining qo‘lidan ifloslangan ov-
qat  orqali  o‘tishi  mumkin.  Amyobiaz  tarqalishida,  shuningdek,
bakterial dizenteriyada pashshalar muayyan rol o‘ynaydi. Amyo-
biazli dizenteriya odamga og‘iz orqali va faqat sistalar tushganda
yuqadi. Sistalar me’da-ichak yo‘liga tushib, pankreatik shira ta’siri
ostida qobig‘idan ozod bo‘ladi va vegetativ shakllarga aylanadi.
Ular yo‘g‘on ichak devoriga, asosan, yarali jarayon joylashadigan
chambar ichakning yuqoriga ko‘tariladigan qismiga va ko‘richakka
kirib oladi. Ba’zan yaralar to‘g‘ri va sigmasimon ichakda paydo
bo‘ladi va rektoromanoskopiyada aniqlanadi. Yaralar chetlari o‘yilgan
chuqur,  ko‘pincha  seroz  qoplamgacha  teshib  kiradigan  bo‘ladi.
Buning natijasida ichak devori teshilib qolishi ehtimoli bor.
Amyobiaz  deganda,  organizmning  Entamoeba  histolytica  vu-
judga keltiradigan kasallik holati tushuniladi. Amyobiaz o‘tkir ka-
sallik bo‘lib, ayrim hollarda surunkali, qaytalanib kechishi ham
mumkin. Amyoba odam organizmining deyarli barcha a’zolarida,
jumladan, ichak, jigar, bosh miya, o‘pka, qorataloq va terida joy-
lashib, ularni zararlashi mumkin. Klinik jihatidan ichak amyobiazi
va jigar  amyoba abssessi katta ahamiyatga ega.
Amyobiaz qo‘zg‘atuvchisi 1875-yilda Peterburg harbiy-tibbi-
yot akademiyasining professori F. Lesh tomonidan uch yil davo-
mida surunkali ich ketish bilan og‘rigan bemordan ajratib olingan.
Amyoba morfologiyasini olim hozirgi zamon fani talablariga to‘-
liq javob beradigan holda yoritgan edi. F. Lesh amyobani Amoeba
coli  deb  atadi.  Uning  bu  kashfiyotini  Misrda  R.  Kox,  Afrikada
Kartulis,  Rossiyada  esa,  Grigoryevlar  tasdiqlashgan.
Birinchisi zararsiz bo‘lganidan uni  Amoeba coli, ikkinchisini
patogen dizenteriyasi, deb atashdi. Shu patogen amyoba qo‘zg‘at-
gan kasallikni amyobali dizenteriya deb atab, uni mustaqil no-
zoologik tur sifatida ajratishdi.


335
Schaudium  (1903)  odam  entamyobasining  morfologik  tu-
zilishi va rivojlanish bosqichini o‘rgana turib, entamyobaning ikki
turi mavjudligini tasdiqlaydi.
Patogen bo‘lmagan tur uchun F. Lesh atamasini qoldirib  Amoeba
coli deb atadi. Patogen turga esa, uning proteolitik xususiyatini hi-
sobga olib, Entamoeba histolytica deb nom berdi. Bundan tashqari,
uning  asarida  noaniqliklar  ham  bo‘lib,  keyinchalik  entamyobalar
sistematikasini ishlab chiqarishda chalkashliklarga sabab bo‘ldi.
Schaudium  yangi  bo‘lmagan  materiallarni  tekshirish  paytida
Entamoeba  histolytica  —  kurtaklanish,  Entamoeba  histolytica
jarayonini  degeneratsiyalanish  deb,  noto‘g‘ri  fikr  bildirgan  edi.
Schaudiumning shogirdi Viyerek (1906) farq qiladigan boshqa
patogen  amyoba  (Entamoeba  tetragen)  to‘g‘risida  yozgan  edi.
1908-yilda  Xartmann  uchinchi  patogen  va  amyoba  Entamoeba
african,  1909-yilda  Ebmassion  to‘rtinchi  patogen  turi  Entamoeba
minuta to‘g‘risida ma’lumot berishgan. Bu amyobalar Schaudium
ochgan amyobadan to‘rt o‘zakli sista hosil qilishi bilan farq qiladi.
Bu  kashfiyotlarni  birinchi  marta  G.V.  Epshteyn  to‘g‘ri  yoritgan
bo‘lib,  shuningdek,  ular  Kuyexen  va  Svellengrebeye  tomonidan
1914-yilda ham bayon etilgan. Uzoq vaqt davomida bemorlar va
ko‘ngillilar  ustida  o‘tkazilgan  tajribalar  natijasida  dizenteriya
amyobasining  yagonaligi  aniqlandi.  Schaudium  tomonidan
Entamoeba histolyticaning avval Entamoeba minutaga va undan so‘ng
to‘rt o‘zakli sistaga aylanishi aniqlandi. Issiq iqlimli mamlakatlarda
uchraydigan amyobaning bir turigina — Entamoeba histolytica  odam
uchun  patogen  hisoblanadi.  1914—1916-yillarda  amyobiazning
epidemik o‘choqlarida joylashgan ittifoqdosh qo‘shinlar orasida o‘tkir
kolit  bilan  kasallanish  boshlandi.  Bemor  askarlarni  protozooga
tekshirish  natijasida  Entr.  histolytica  bilan  ularning  katta  qismi
zararlanganligi aniqlanadi. Òekshirish natijalariga asosan, endemik
o‘choq bo‘lmagan rayonlardagi (AQSH, Angliya) sog‘lom askar-
lar orasida to‘rt o‘zakli sista ajratuvchi amyoba bilan zararlanish
shunday darajada bo‘lgan (12 % ga yaqin) va ular ham o‘tkir kolit
bilan kasallanganlar. Òo‘rt o‘zakli sista ajratuvchi amyoba hamma
joyda odamlar orasida bir xil tarqalgan, tropik va subtropik mamla-
katlarda, shimoliy mintaqalarda, Kola yarim orolida ham uchraydi.
Òo‘rt o‘zakli sista ajratuvchi amyobaning gistolitika tiði keng
tarqalganligini  va  shimoliy  mintaqalarda  kasallikning  deyarli
uchramasligini mualliflar turlicha tushuntiradilar. Òo‘rt o‘zakli sista
ajratuvchi amyobalarni kashf qilgan ayrim xorijiy olimlar, ularni


336
Entr.  histolyticaning  bir  turi  deb  hisoblaydilar  va  barcha  min-
taqalardagi turlicha kasallanish hamda sista tashuvchilik orasidagi
farqni  tushuntirish  uchun  ular  surunkali  amyobiaz  nazariyasini
oldinga surishgan.
Barcha to‘rt o‘zakli sista tashuvchilar surunkali amyobiaz bilan
og‘rigan deb qaraladi va shu sababli, patogen Entr. histolytica tashuv-
chisi xavfli hisoblanadi. I.A. Kassirskiy, A.A. Avakyan, L.V. Gro-
mashevskiy,  D.P.  Svanidze,  L.K.  Zerchaninov  va  boshqa
tadqiqotchilar  o‘zlarining  protozoologik,  epidemiologik,  klinik,
patologoanatomik va eksperimental ishlarining ma’lumotlarida issiq
iqlimli  mamlakatlarda  tarqalgan  Entr.  histolytica  patogenligi  va
amyobiaz endemik o‘choqlaridan tashqarida tarqalgan amyobalar
Entr. Dispar va Entr. hartmanni patogenmasligini, sistalarining tashqi
ko‘rinishi Entr. histolytica sistasiga o‘xshashligini ko‘rsatishgan.
Pluralistlar bu bilan sovuq iqlimli mamlakatlarda kasallanish
hollari deyarli yo‘qligini va sista tashuvchilik ko‘pligini tushun-
tiradilar.  Amyobiazning  aniq  tarqalish  geografik  zonasi  mavjud.
Issiq  iqlimli  mamlakatlar:  Afrika,  Janubiy  Amerika  va  Osiyo
amyobiazning endemik o‘choqlari hisoblanadi.
Amyobiaz, ayniqsa, Markaziy va Janubiy Afrikada keng tar-
qalgan.  Afrika  mamlakatlarida  amyobiaz  bilan  kasallanishning
o‘sishi aholi orasida gistolitika tiðidagi sista tashuvchilar soni ortib
borishiga olib keldi. Afrika aholisi orasida amyobiaz kasalligining
keng tarqalganligi haqidagi ma’lumotlar R. Kox (1883) va Kar-
tulisning tadqiqot ishlarida ham bayon etilgan edi. Boshqa mam-
lakatlarda kasallik sporadik holda uchraydi.
Amyobiazning uch yirik epidemik o‘chog‘i mavjud: Kavkazorti,
O‘rta  Osiyo  va  Uzoq  Sharq.  Bular  epidemiologik  jihatdan  yaxshi
o‘rganilgan. Sog‘lom aholi orasida sista tashuvchanlik 10—40 %, o‘rta
hisobda 20 % aniqlangan. Shunga muvofiq, ilgari uchragan barcha
o‘tkir ichak kasalliklarining 10 % ni amyobiaz kasalligi tashkil qilgan.
O‘rta  Osiyoda  ichburug‘li  amyobaning  yuqumliligi  1927-yil-
dan boshlab o‘rganila boshlandi. Ma’lumotlarga qaraganda, oxirgi
yillarda  respublikada  17000  odam  tekshirilgan.  O‘zbekistonda
amyobiaz  kasalligini  o‘rganishga  bag‘ishlangan  dastlabki  tek-
shiruvlar Buxoroda L.F. Burovaya (1927) va I.A. Chapurskiy-Ba-
jenovlar  (1929)  tomonidan  olib  borilgan.
Ma’lumotlarga  ko‘ra,  ichburug‘li  amyobiazning  yuqish  da-
rajasi aholining barcha yoshdagi guruhlari orasida turlicha va keng
diapazonda tarqalgan (8,1 % dan 53,8 % gacha).


337
O‘rta  hisobda  ichburug‘li  amyoba  bilan  zararlanish  tekshi-
rilgan 3531 kishi orasida 625 kishida aniqlangan, bu 17,7 % ni
tashkil  etadi.  Respublika  bo‘yicha  jami  6704  kishi  tekshirilgan.
Umuman,  sog‘lom  aholi  orasida  ichburug‘li  amyoba  bilan  ka-
sallanish hollari 20 % ni tashkil etadi.
M. V. Gubergris (1969) O‘zbekiston, Òurkmaniston va Shimo-
liy  Kavkaz  hududlarida  1720  nafar  sog‘lom  va  555  nafar  ichak
kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirishi natijasida, O‘z-
bekistonda 11,6 % dan ortiqroq ichburug‘li amyoba tashuvchisi
borligini  aniqladi.  Respublikamizda  ichak  amyobiazi  bilan  ka-
sallanish faqat sporadik hollarda kuzatilgan.
Oxirgi 20 yil mobaynida shahar va qishloqlarning obodonla-
shuvi, aholining sanitariya madaniyati oshishi hamda davolash-
profilaktik  choralari  yaxshilanishi  natijasida  kasallanish  miqdori
kamaydi. Entamoeba histolyticaning patogenlik xususiyati asta-sekin
yo‘qoladi. Bu o‘choqlarda amyobiaz kasalligi keskin kamaygani bilan
amyobaning gistolitik tiðida sista tashuvchanlik o‘zgarmay qolyapti.
Dunyoning  barcha  hududlarida  aholi  qatlamlari  orasida
amyobiaz  bilan  kasallanish  ko‘p  uchramoqda,  shuning  uchun
amyobiazga qarshi kurashishning ahamiyati katta. Amyobiaz qo‘z-
g‘atuvchisi kasallikning kechish xarakteriga mos ravishda rivojlanish
davrini  o‘tkazadi:  kasallikning  o‘tkir  bosqichida  amyoba  tiðik
vegetativ shaklda bo‘ladi, kasallik surunkali o‘tib borganda amyoba
sista oldi bosqichida, keyin esa, sista bosqichida o‘tadi. Bu amyo-
baning vegetativ shakli uning to‘qima shakli forma typica hisob-
lanadi. Uning kattaligi o‘rta hisobda 20—40 mk bo‘lib, diametri
90 mk.gacha bo‘lgan turlari uchraydi.
Oddiy  yorug‘lik  mikroskopida  Entr.  histolyticaning  qobiqlari
farqlanmaydi,  ektoplazmasi  hech  qanday  kiritmalarsiz,  mayda
donachali endoplazmadan farq qiladi. Amyoba churrasimon yol-
g‘on oyoqlar hosil qilishi sababli yaxshi harakatchan. Endoplaz-
masi katta tezlik bilan harakatlanadi. Bu amyobaning vakuolasi
aylana  shaklida.  Vakuolalarda  eritrotsitlar  har  yili  hazm  qilish
bosqichida bo‘ladi. Yolg‘on oyoqlar bir vaqtning o‘zida ikki qa-
rama-qarshi yo‘nalishda hosil bo‘lishi mumkin. Endoplazmaning
ichida ham to‘xtovsiz harakat kechadi. Elektron mikroskop yor-
damida Entr. histolyticaning ultrayupqa kesimida qobiqlari tuzi-
lishini ko‘rishga muvaffaq bo‘lindi.
Sitoplazmatik membrana uch qavatli, qalinligi 100 A, ikkita 25
A qalinlikdagi membranadan va bitta 50 A qalinlikdagi osmiofil


338
membranadan  iborat.  Sitoplazmaning  ekto  va  endoplazmaga
bo‘linishining  aniq  manzarasini  elektron  mikroskop  yordamida
ham ko‘rib bo‘lmaydi. Sitoplazma tarkibini turli xil kattalikdagi
osmiofil  donachalar,  fibriollar  va  membranalar  tashkil  etadi.
Membranalar o‘z navbatida turli hajmdagi kanalchalar, sisternalar
va vakuolalardan iborat.
20—150 A kattalikdagi donachalar xuddi ribosomalar singari
ishlaydi,  250—600  A  kattalikdagi  donachalar  tarkibida  gliko-
gen saqlaydi. Entr. histolytica sitoplazmasida mitoxondriya ham,
Golji apparati ham aniqlanmagan. S. A. Sarkisyan ma’lumotlariga
ko‘ra, oksidlovchi ferment sitoplazmatik membrana yaqinida joy-
lashgan. O‘zagi sferik shaklda bo‘lib, o‘rtacha kattaligi 5—8 mk.
Xromatin tirik holda ingichkaligi, tekis qobiqliligi va oqishligi
sababli  oddiy  yorug‘lik  mikroskopida  qiyin  aniqlanadi.  O‘zakda
axromatin 4—5 alveolalarning mayin konsentrik qatorlaridan tashkil
topgan.  Periferik  xromatin  qobiqning  ostida  mayda  donachalar
shaklida tekis qatorlar holida joylashgan. Kariosoma hamma vaqt
o‘zakning  markazida  joylashadi,  bo‘yalishiga  bog‘liq  holda  va
taqqoslash darajasiga qarab, turli xil tuzilishga ega: uncha katta
bo‘lmagan qora nuqta holida yoki besh qirrali bo‘lakcha shaklida
bo‘ladi.  Elektron  mikroskop  yordamida  o‘zakning  uch  qavatli
qobig‘i aniqlandi. Uning oddiy tirqishlari diametri 600—850 A.
Dezoksiribonuklein  kislota  saqlovchi  xromatin  donachasi  o‘zak
qobig‘idan birmuncha uzoqda yotadi, axromatinli to‘rni aniqlash
mumkin bo‘lmaydi. Kariosoma qobiqqa ega emas, ko‘pincha besh
burchakli shaklda o‘zakning markazida joylashadi.
Sista  oldi  shakli  —  precystica.  Amyobiazning  surunkali  ko‘-
rinishi bilan og‘rigan bemorlar va Entr. histolytica sistasi tashuv-
chisining ayrim shakllangan yoki shakllanmagan najasida sista bilan
bir  qatorda  mayda,  kattaligi  16  mk,  kam  harakatchan  amyo-
balarni  ko‘rish  mumkin.  Ular  dumaloq  yoki  uzunchoq  shaklda
bo‘ladi.  Ektoplazmasi  endoplazmadan  farqlanmaydi.  O‘zakning
diametri 2,5—4 mk. Periferik xromatin qobiq ostida yarimoysimon
ko‘rinishda yotadi, kariomasoma markazda joylashgan bo‘ladi.
Bu bosqichda amyoba sista hosil qilishga tayyorlanadi, unda,
odatda, vakuolalari bo‘lmaydi. Protoplazmasi zich va kam vakuo-
lalashgan. Ko‘p hollarda uchi buralgan xromatoid tanachani va ko‘p
miqdorda glikogenni ko‘rish mumkin. Xromotoid tanaga elektro-
mikroskopik tekshirishlargacha qo‘shimcha oziq moddalar deb qaraldi.
Bunday fikrlarga uning yod bilan reaksiyaga kirishishi sabab bo‘ldi.


339
Borkor, keyinchalik S.A. Sarkisyan elektron mikroskop yor-
damida xromatoid tananing uzunasiga olingan kesimida yo‘g‘onligi
100—120  A  bo‘lgan  spiralsimon  iðdan,  ko‘ndalang  kesimida
ayrim hollarda kattaligi 300—450 A bo‘lgan bo‘lakchalardan tash-
kil topganligini ko‘rsatdi. Bu bo‘lakchalar tartib bilan joylashgan.
Elektron mikroskopda o‘tkazilgan sistokimyoviy reaksiya yorda-
mida uning ribonukleoproteid tutishi aniqlandi. Entr. histolytica
sistasining o‘lchami 6 mk.dan 20 mk.gacha. Shakli dumaloq yoki
ovalsimon, oddiy optik mikroskopda qalinligi 1 mk atrofidagi ikki
konturli tiniq qobiq yaxshi ko‘rinadi. Yetuk sistada to‘rtta o‘zak
bo‘ladi, bir va ikki o‘zakli sistalar ham uchraydi.
Sistalar  tayoqchasimon  xromatoid  tana  va  glikogenli  vakuol
saqlaydi. Sistada ham o‘zakning tuzilishi xuddi sista oldi shaklida-
gidek bo‘ladi. Sistadan bitta to‘rt o‘zakli amyoba chiqishi oqiba-
tida keyinchalik to‘rtta amyobaga bo‘linadi. Patogen bo‘lmagan
Entr.  dispar  va  Entr.  histolytica  morfologiyasini  G.V.  Epshteyn,
A.A. Avakyan,  D. P. Svanidze va boshqalar keng yoritib berishgan.
Klinikasi. Inkubatsion davr katta muddatlarda — 20 kundan
95 kungacha (o‘rta hisobda 64 kun) o‘zgarib turadi. Kasallik kamdan
kam o‘tkir boshlanadi, aksariyat, u asta-sekin rivojlanadi. Avvaliga
bemor  o‘zini  lohas  sezadi,  qorinda  kuchli,  o‘rtacha  og‘riqlar
bo‘ladi, ishtaha yomonlashadi, ba’zan ko‘ngil ayniydi. So‘ngra ich
suyuq ketadi. Ich ketishi ko‘payadi (sutkasiga 7—10 marta va undan
ortiq), tiniq shilimshiq va qon aralash bo‘tqasimon axlatdan iborat
bo‘ladi. Najasning axlat ko‘rinishida bo‘lishi aksariyat kasallikning
boshidan oxirigacha saqlanib qoladi. Najasdagi shilimshiq miqdori
ko‘payadi, u qon bilan aralashib keladi va malina jelesiga o‘xshab
ketadi. Paypaslab ko‘rilganda, yo‘g‘on ichak sohasida, aksariyat
qorinning o‘ng yarmida va sigmasimon ichakda og‘riq qayd qilinadi.
Asoratlar  bo‘lmaganda,  kasallik  normal  haroratda  kechadi.
O‘tkir davr 4—6 haftagacha cho‘zilishi mumkin, so‘ngra qorindagi
og‘riq  bosiladi,  axlat  shakllanadi,  kayfiyat  yaxshilanadi,  ishtaha
ochiladi. Biroq, tez vaqt ichida retsidiv yuz berishi ehtimoli bor va
bu holda kasallik oylab davom etadi, bu kamqonlik va koxeksiya
(qon suyuq bo‘lib, ozib ketish)ga olib keladi. Amyobali dizenteriyada
asoratlar ichakdagi chuqur yarali jarayonga bog‘liq. Bu yaraning
teshilib, keyin perfaratsiya yuz berishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Asoratlar amyobalar boshqa organlar — jigar, bosh miya, o‘pkaga
tushishi  natijasida  paydo  bo‘lishi  mumkin,  bu  abssesslar  hosil
bo‘lishiga olib keladi. Bunday hollarda oqibat yomonlashadi.


340
Òashxisi. Amyobali dizenteriyaning klinik diagnostikasi uning
bakterial dizenteriyaga juda o‘xshashligidan qiyin bo‘ladi. Qunt
bilan to‘plangan epidemiologik anamnez zarur. Òashxis, asosan,
fekaliylarda yoki yo‘g‘on ichak shilimshiq pardasidan olingan Ki-
rada  amyobalarning  tortib  olingan  eritrotsitlari  bo‘lgan  to‘qima
shakllari borligiga asoslanadi.
Davolash. Amyobali dizenteriyani davolashda kasallik belgilarini
bartaraf etibgina qolmay, balki retsidivlarining ham oldini olish
lozim.  Davolash  uchun  emitin  gidroxloridi,  xinafon  (yatren),
aminarson,  enteroseptol,  antibiotik  (tetratsiklinlar,  monamitsin)
qo‘llaniladi. Kompleks terapiyada eng yaxshi natijalarga erishiladi.
Emetin xlorid 2 % li suvli eritma ko‘rinishida 1,5 ml.dan kuniga
ikki marta mushaklar orasiga 4—6 kun mobaynida yuboriladi. Agar
sog‘ayish yuz bermasa, u holda kam deganda 7—10 kun o‘tgach,
takroriy davo tayinlanadi. Amyobiazni og‘irlashtiradigan abssesslarda
emitin  gidroxloridi  bilan  davolashni  antibiotiklar  bilan  qo‘shib
olib  boriladi.  Naf  bermaganda,  operatsiya  qilinadi.  Organizmni
vitaminlar  bilan  to‘yintirish,  takroran  qon  yoki  quruq  plazma
qo‘shishga katta ahamiyat beriladi. Parvarish va parhez ovqatlar
xuddi bakterial dizenteriyadagi kabidir.
Profilaktika.  Amyobiazning  o‘tkir  shakli  bilan  kasallangan,
shuningdek, kasalligi qo‘zg‘algan hamma bemorlar gospitalizatsiya
qilinadi, ular tegishli davo kursini olishlari kerak. Statsionardan
klinik sog‘ayishdan keyingina chiqariladi. Profilaktika qilishga
doir hamma tadbirlar bakterial dizenteriyadagi kabi bo‘ladi.
6.8.  Leyshmaniozlar
Sobiq Ittifoq hududida leyshmaniozlarning uch shakli: zoonoz
teri  leyshmaniozi,  antroponoz  teri  leyshmaniozi,  O‘rta  dengiz
visseral  leyshmaniozi  uchraydi.  Leyshmaniylar  oddiy  jonzotlar
tiðiga, xivchinlilar sinfiga kiradi. Rivojlanishning ikki bosqichini:
xivchinsiz (odam va ayrim umurtqali hayvonlar organizmida) va
xivchinli  (iskabtoparlar  organizmida)  bosqichini  o‘tadi.
Visseral  leyshmaniozda  odam  uchun  infeksiya  manbayi  itlar
(kasal,  shuningdek,  kasallik  belgilari  ko‘rinib  turmagan  itlar),
chiyabo‘rilar,  tulkilar,  ayrim  hollarda  esa,  bemor  odamlar  ham
bo‘lishi mumkin. Zoonoz teri  leyshmaniozida infeksiya man-
balari  —  kemiruvchilar,  birinchi  navbatda,  katta  va  qizil  dumli
ko‘rsichqonlar, antroponoz teri leyshmaniozida esa, kishilardir.


341
Leyshmaniozlarning  hamma  shakllarida  iskabtoparlar  infek-
siya  tashuvchilar  bo‘lib  hisoblanadilar.  Iskabtoparlar  infeksiya
manbayining qonini so‘rib, yuqumli bo‘lib qoladi. Iskabtoparlar
organizmida  leyshmaniylar  xivchinli  shakllarga  aylanadi.  Iskab-
toparlar  yuqum  tushgandan  so‘ng  6—8  kun  o‘tgach,  infeksiya
o‘tkazish  xususiyatiga  ega bo‘ladi.
Iskabtoparlar  — uchib yuradigan mayda  hasharotlar. Ularning
urg‘ochisi kechqurun va tunda odam hamda hayvonlarning qonini
so‘radi.  Hasharotlar  zaxkash,  quyosh  nuri  tushmaydigan  (ke-
miruvchilar ini, axlat uyumlari, yoriq, tirqishlar va h.k.) joylarga
tuxum qo‘yadi. Lichinkalari va g‘umbaklarining   rivojlanishi  uzoq
cho‘ziladi.  Sobiq  Ittifoqda  iskabtoparlar  Ukrainaning  janubida,
Kavkazortida, O‘rta Osiyoda va Qozog‘istonning janubida uchraydi.
Leyshmaniozlar  diagnostikasi  klinik,  epidemiologik  va  labora-
toriya ma’lumotlari asosida olib boriladi.
Visseral  leyshmaniozning  laboratoriya  diagnostikasi  uchun
suyak  ko‘migi  punktati,  birlamchi  affekt  qirmasi  leyshmaniylar
borligiga tekshiriladi. Serologik tekshirishning qo‘shimcha aha-
miyati bor. Suyak ko‘migi to‘sh suyagidan (yonbosh suyak, kurak
qirrasi, katta boldir suyagi epifizi) havo sterilizatsiyasi (180°C da
30  minut)  usuli  bilan  sterillangan  Kassirskiy  ignasi  yordamida
tekshiriladi.
Olingan  punktatdan  yo‘g‘on  surtmalar  tayyorlanadi,  ular
metil  spirti  bilan  3—5  minut  fiksatsiya  qilinadi,  Romanovskiy
bo‘yicha 30—50 minut bo‘yaladi va mikroskopiya qilinadi. Leysh-
maniylar hujayra ichida ham, tashqarisida ham topiladi. Ular
oval tanachalardan iborat bo‘lib, protoplazmasi zangori rangga,
yadrosi qizg‘ish-binafsha rangga,  kineplasti esa (yadrosi yaqinida
joylashgan tayoqchasimon tuzilma), yadrodan ham to‘qroq rangga
bo‘yaladi.
Òeri leyshmaniozida puchaymagan do‘mboqchalar yoki yara
yaqinidagi infiltratdan olingan surtmalar tekshiriladi. Ayrim hol-
larda  tekshirishni  maxsus  muhitlarda  leyshmaniylar  kulturasini
ajratish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Leyshmaniozni erta diagnostika qilish
davolashni o‘z vaqtida boshlash uchun g‘oyat muhim. Davolash
surmaning besh valentli preparati — solyusurmin bilan olib bo-
riladi. Bu visseral leyshmaniozda alohida ahamiyat kasb etadi,
chunki bunda o‘ziga xos terapiya o‘tkazilmaganda, bemor o‘lib
qolishi  mumkin.  Davo  tugallangandan  so‘ng  visseral  leyshma-
nioz bo‘lib o‘tganlar dispanser kuzatuviga olinadi.


342
Visseral  leyshmaniozda infeksiya manbayini tugatishga qa-
ratilgan tadbirlar daydi itlarni tutish, xonaki va hovlilardagi itlarni
hisobga olish hamda ular ustidan veterinariya nazorati o‘rnatish,
kasal  hayvonlarni  yo‘qotish  yoki  davolashni  o‘z  ichiga  oladi.
Mikroo‘choqlar — kasalligiga shubha bo‘lmagan itlar yo‘qotiladi,
qolganlari parazitologik va serologik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ka-
sallik  uchrab turadigan o‘choqlarda hamma itlarni hisobga olib,
yiliga  1—2  marta  parazitologik  va serologik tekshiruvdan o‘t-
kazish  zarur.
Zoonoz teri leyshmaniozida infeksiyaning tabiiy  o‘choqlarida
deratizatsion tadbirlar olib boriladi. Leyshmanioz bo‘lgan bemorlar
iskabtoparlardan himoya qilingan xonaga  joylashtirilishi kerak.
Iskabtoparlarga  qarshi  tadbirlar  leyshmaniozlarning  hamma
shakllarida  amalga  oshiriladi.  Hasharotlarning  lichinkalari  va
g‘umbaklariga  qarshi  kurashish  uchun  ularning  ko‘payish  joy-
larini tugatish maqsadida hovlilar tozalanadi. Qanotlangan iskab-
toparlarga  qarshi  kurashish  uchun  turarjoy  xonalariga  insekti-
tsidlar bilan ishlov beriladi. Ba’zan bir mavsumda ishlov berish
uch martagacha takrorlanadi. Òurarjoy va hovlidagi imoratlarning
tashqi devorlariga ham ishlov beriladi.
Kechqurun va tungi soatlarda iskabtoparlardan individual hi-
moya qilish vositalari, repellentlar, himoya kiyim-boshlaridan  foy-
dalaniladi, deraza va eshiklarga to‘r tutiladi, karavotga pashsha-
xonalar qilinadi. Maktabgacha bolalar muassasalarida to‘r tutilgan
deraza  va eshiklarga siyrak matodan darpardalar osib qo‘yilib,  ularga
2—3 haftada 1 marta repellentlar bilan ishlov beriladi.
Aktiv  immunlash.  Leyshmaniozning  tabiiy  o‘choqlarida  bo-
lalar  hamda  doimiy  yashab  kelayotgan  katta  yoshdagi  kishilar
zoonoz teri leyshmaniozi qo‘zg‘atuvchilarining tirik kulturasini
teri orasiga yuborish yo‘li bilan  emlanadi.
1. Leyshmaniylarning xivchinsiz va xivchinli shakllari bo‘lgan surtmalarni
ko‘zdan  kechirish.
2. Lupa orqali iskabtoparni ko‘zdan kechiring. Mo‘ylovchalari 16  bo‘g‘imdan
iborat va tuklar bilan mo‘l-ko‘l ta’minlangan, qanotlarining (kambar, uchi to-
mon o‘tkirlashib boradigan) tuzilishiga e’tibor bering. Iskabtoparning tanasi va
qanotlari mayda tukchalar bilan qoplangan.
3. DSENMning leyshmaniozlarga qarshi kurash bo‘yicha rejasini o‘rganish.
!
MUSTAQIL ISH


343
6.9.  Balantidiaz
Balantidiaz.  Balaptidium  B.  coli  Kinetofra  kminophoreoe
sodda jonivorlar tiði — kiðriklilar sinfiga mansub bo‘lib, birgina
infuzoriya odamlarda balantidiaz kasalligini qo‘zg‘atadi. Parazit
1857-yili shved olimi P. Malmsten tomonidan kashf etilgan.
Balantidiy yirik sodda organizm bo‘lib, uzunligi 50 — 60 mkm,
eni  25  —  125  mkm.  Infuzoriyaning  tanasi  tuxumsimon,  tuklar
bilan qoplangan, old qismi orqa qismiga nisbatan biroz uchliroq
bo‘ladi. Og‘iz teshigi sitostom bo‘lib, qizilo‘ngach bilan birlash-
gan, og‘zining atrofida yirik tuklar bo‘ladi, tanasining pastki qis-
mida anal teshigi bor. Qobig‘i ostida yupqa alveolar ektoplazmasi
joylashgan. Unda xromatik to‘plami va bir necha yadrocha bilan
birga makronukleus bo‘ladi. B. Coli yuzasining botiq qismida mik-
ronukleus joylashgan, uning ikki qisqaruvchi vakuolalari bor. Ba-
lantidiy  ko‘ndalangiga ikkiga bo‘linib ko‘payadi.
Epidemiologiyasi.  Balantidiaz  kasalligining  asosiy  manbayi
cho‘chqalar hisoblanib, ularning invaziyalari  sog‘lom organizmga
fekal-oral yo‘l bilan o‘tadi. Ikkilamchi kasallik manbalari odam va
bakteriya tashuvchilar bo‘lib hisoblanadi.
Odamlarga  balantidiaz  B.Coli  sistasi  fekal-oral  yo‘l  bilan
yuqadi. Ular zararlangan suv va ovqatlar bilan  odam organiz-
miga tushadi. Ba’zan B.Colining vegetativ turi qon limfa tomirla-
riga, me’daning muskuliga kirishi mumkin.
Aholi orasida balantidiazga nisbatan yuqori darajada chidam-
lilik  bor. Kasallikning immuniteti yaxshi o‘rganilmagan. Asosiy
e’tibor epiteliy o‘choqda balantidiazga qarshi kurashishga qaratilishi
kerak. Unga nisbatan sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlarni
olib borish maqsadga muvofiq. Òajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, aholi
yashaydigan joylarda aholining sanitariya madaniyatini oshirish,
obodonlashtirish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, umumiy
ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy
amal qilish balantadiaz kasalligining kamayishiga olib keladi.
Balantidiaz  bilan  kasallanib  o‘tganlar  ustidan  epitelik  nazorat
o‘rnatish muhimdir. Oldin balantidiaz bilan og‘rigan, sista tashuvchisi
bo‘lsa,  uni  umumiy  ovqatlanish,  bolalar  muassasasi,  go‘sht  kom-
binatiga, suv ishlab chiqaradigan sexlarga ishga qo‘yilmasligi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlari imkon boricha qaynatish yo‘li bilan
zararsizlantirilishi kerak. Òermik qayta ishlash mumkin bo‘lmagan
oziq-ovqat mahsulotlari ustidan qat’iy sanitariya nazorati o‘tkazish


344
zarur. Ularni saqlash va tashishda maxsus konteynerlardan foyda-
lanish kerak. Ho‘l meva, sabzavotlar sovuq suvda 3—5 daqiqa,
iliq suvda qayta-qayta yuvilishi zarur. Hozirgi kunda balantidiazga
qarshi emlash vositalari ishlab chiqarilgan.
Òoksoplazmoz.  Òoksoplazmozlar  sodda  jonzotlar  turiga,  spo-
ralilar sinfiga kiradi. Parazitning rivojlanish davri — jinsiy va jinssiz.
Òoksoðlazmozlar jinsiy davrni odam, ko‘pgina yovvoyi va uy hay-
vonlari  hamda  parrandalar  organizmida  o‘tkazadi.  Òoksoplaz-
mozlar — hujayra ichidagi parazitlar. Òoksoplazmalarning hujay-
ralar ichida yig‘ilishi psevdosistalar deyiladi. Ichki organlarda (jigar,
miya,  mushaklar  va  boshq.)  haqiqiy  sistalar  ham  hosil  bo‘lib,
ularda  yuzlab  toksoplazmalar  bo‘ladi.  Sistalar  xo‘jayin  organiz-
mida saqlanishi mumkin.
Odam uchun infeksiya manbayi birinchi galda, uy hayvonlari
(mushuklar, itlar) va qishloq xo‘jaligi hayvonlari hamda parran-
dalardir.  Odamga  invaziya  birlamchi  yoki  ikkilamchi  infeksiya
tushgan  ovqat  mahsulotlaridan,  kasal  hayvonlarning  go‘shti  va
infeksiya tushgan boshqa substratlardan og‘iz orqali yuqadi. Òib-
biyot  xodimlari  toksoplazmoz  yuqqan  kishilarda  turli  xil  ope-
ratsiyalar o‘tkazishda zararlanib qolishlari mumkin. Bunda ortti-
rilgan deb nom olgan toksoplazmoz paydo bo‘ladi. Ko‘p hollarda
orttirilgan  toksoplazmoz  simptomlarsiz  kechadi,  biroq  turli-tu-
man patologik jarayonlar yuzaga kelishi ham mumkin.
Òug‘ma toksoplazmoz deb atalgan turi katta xavf tug‘diradi.
Bunda toksoplazmalar homila organizmiga onasidan platsenta
orqali o‘tadi. Onasi toksoplazmozli bemor bo‘lishi ham, tokso-
plazmalarni simptomlarsiz tashuvchi ham bo‘lishi mumkin. Kli-
nik  simptomlarning  g‘oyat  turli-tumanligi  va  bu  kasallikka  xos
simptomlarning bo‘lmasligi tufayli toksoplazmozni klinik diag-
nostika qilish mumkin emas.
Òoksoðlazmozning  laboratoriya  diagnostikasi  parazitologik
tekshirishlar va immunologik reaksiyalarini aniqlash yo‘li bilan
olib boriladi. Parazitologik tekshirishda turli organlardan biopsiya
yo‘li bilan olingan to‘qima bo‘lakchalari, orqa miya suyuqligi,
qon,  shuningdek,  jasad  organlari  bo‘lakchalari  mikroskopiya
qilinadi,  laboratoriya  hayvonlariga  yuqorida  sanab  o‘tilgan
materiallarni yuqtirib, ularda biologik sinamalar qilinadi. Immu-
nologik  reaksiyalar  qo‘yishda  Seybin-Feldman  bo‘yog‘i  bilan
reaksiya,  komplementni  bog‘lash  reaksiyasi  (PCK  —  KÁÐ),
teri ichiga allergik sinama o‘tkaziladi.


345
Amaliy ishda toksoplazmoz diagnostikasi uchun aksari KÁР va
allergik sinamadan foydalaniladi. Parazitologik usullar, shuningdek,
bo‘yoq  bilan  qilinadigan  reaksiya  ularning  murakkabligi  sababli
ixtisoslashgan laboratoriyada qilinadi. Òoksoplazmoz yuqqanda allergik
sinama  ko‘p  yillargacha  saqlanadi  va  uning  natijalari  bo‘yicha
toksoplazmoz yuqqan vaqti haqida xulosa chiqarish mumkin emas.
Aksincha, takror tashxis qo‘yish taklif etiladigan KÁРkasallikning
yaqin orada yuqqani va jarayonning faolligidan dalolat beradi.
Òoksoplazmoz profilaktikasi. Hayvonlarga qarash va ulardan olingan
mahsulotlarni ishlatishda shaxsiy gigiyenaga amal qilish, homilador
ayollarning hayvonlar, ayniqsa, mushuklar bilan bo‘lishini taqiq-
lash, hayvon oziq-ovqat mahsulotlariga termik ishlov berish; KÁÐ
bilan homiladorlikni va akusherlik anamnezi og‘ir (mayib-majruh,
o‘lik bola tug‘ilishi, bolani chala tug‘ish) homilador ayollarda  allergik
sinamani erta muddatlarda aniqlashni va agar bu sinamalar musbat
bo‘lsa, xloridin va sulfadimezin bilan davolashni o‘z ichiga oladi.
Òoksoplazmozli  tug‘adigan  ayollar  faqat  observatsion  bo‘-
limga joylashtiriladi. Bunday ayollarning retroplatsentar va kindik
qonidan  foydalanib  bo‘lmaydi.  Ular  yotgan  xona,  shuningdek,
krovati va ichki kiyimi, choyshablari dezinfeksiya qilinadi. Òokso-
plazmoz bilan kasallanib yotgan kishilar KÁРso‘ngunga qadar,
dispanser kuzatuvi ostida bo‘ladi.
1. Parazitologiya nimani o‘rganadi?
2. Gelmintlar necha guruhga bo‘lib o‘rganiladi?
3. Askaridoz kasalligining rivojlanish mexanizmi qanday?
4. Invaziya nima?
5. Trixinelloz kasalligining asosiy manbayi kim?
6. Exinokokk kasalligining epidemik rivojlanishi haqida ma’lumot bering.
7. Gelmintozlar odam organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
8. Gelmintozlarda qanday laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi?
9. Amyobiaz qanday kasallik?
10. Amyobiaz kasalligining o‘tish mexanizmi qanday?
11. Amyobiaz kasalligi necha toifaga bo‘linadi?
12. Leyshmanioz O‘zbekiston Respublikasining qaysi hududlarida ko‘p uchraydi?
13. Leyshmaniozda kasallik manbayi kim?
14. Leyshmaniozda kasallik tashuvchisi nima?
15. Gelmintozlarda epidemiologik nazorat qanday o‘tkaziladi?
16. Balantidiozning epidemiologik rivojlanishi qanday?
17. Balantidiozning sog‘lom organizmga o‘tish yo‘llari qanday?
18. Toksoplazmoz organizmda qanday rivojlanadi?
?
NAZORAT SAVOLLARI


346
7-bob. DAVLAT  SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA
NAZORATI  MARKAZI  ISHINI  TASHKIL  QILISH
7.1. Umumiy rahbarlik
Sanitariya epidemiologiya xizmatiga Bosh sanitariya shifokori
rahbarlik qilib, u Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari hisob-
lanadi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati quyidagi boshqaruv ti-
zimiga ega:
• Sog‘liqni saqlash vazirligi;
• respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
• viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
• tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
• shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi.
Viloyat,  tuman,  shahar  Davlat  sanitariya-epidemiologiya
nazorati  markazi  bosh  shifokorlari  tegishli  rahbarlarning  o‘rin-
bosarlari  hisoblanadi.  Mamlakatimizda  sog‘liqni  saqlash  tizimi
profilaktik yo‘nalishga ega bo‘lib, birinchi galda tashqi muhitning
insonga  bo‘lgan  salbiy  ta’sirini  o‘rganish,  aholining  mehnat  va
turmush sharoitini yaxshilash, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
ko‘rish  kabi  muhim  ishlarni  amalga  oshiradi.  Bu  ishlar  barcha
tashkilotlar va aholi ishtirokida reja asosida hal qilinadi.
Sanitariya profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish
maxsus  muassasa  —  Davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorati
markazi  (DSENM)  zimmasiga  yuklanadi.  DSENM  mamlakat
sanitariya-epidemiologiya holati ustidan nazorat o‘rnatadi.
Sog‘liqni saqlash tizimidan tashqari daryo flotida, aloqa yo‘lla-
rida,  fuqaro  aviatsiyasida  tegishli  sanitariya-epidemiologiya  xiz-
mati  bo‘ladi  va  ular  bu  idoralarga  tegishli  muassasalar  ustidan
sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
DSENM  faoliyati  sanitariya  qonunchiligi  asosida  («Davlat
sanitariya  nazorati  to‘g‘risida»gi  Qonun,  Respublika  Prezidenti
Farmonlari, respublika hukumati va Oliy Majlis qarorlari, Sog‘liqni
saqlash vazirligi buyruqlari va boshq.) amalga oshiriladi (mehnat
va turmush sharoitlarini tartibga soluvchi hujjatlar). Joylarni obo-


347
donlashtirish, qurilish va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qi-
lishning sanitariya nazorati me’yorlari, epidemiyaga qarshi max-
sus  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilgan.
Gigiyena  fani  ishlab  chiqqan  me’yor  va  tadbirlar  sanitariya
qonunchiligining asosini tashkil etadi. Bu qonunchilik respublika
va mahalliy bo‘limlaridan iboratdir. Mahalliy sanitariya qonun-
chiligi — bu hokim qabul qilgan qarorlar (obodonlashtirish, oshxo-
nalar, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlaydigan tashkilotlarning
sanitariya holati) asosida amalga oshadi. Ma’lum hudud sharoitida
aholi va mansabdor shaxslarni sanitariya qoida hamda me’yorla-
rini bajarishga jalb qilish imkoniyatlarini yaratish mahalliy sanitariya
qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatidir. Hudud bosh sanitariya
shifokori  aholi  yashaydigan  joylardagi  sanitariya-epidemiologik
ahvolni va aholining sog‘lig‘ini o‘rganib chiqib, hokimiyatga zarur
sog‘lomlashtirish  tadbirlari  to‘g‘risida  taklif  kiritadi.  Hokimning
sanitariya masalalari yuzasidan qabul qilgan qarori tegishli hududda
hamma uchun majburiydir. Sanitariya-epidemiologiya muassasa-
lari obodonlashtirish va epidemiyaga qarshi tadbirlarning bajari-
lishi yuzasidan davlat nazoratini o‘rnatadi.
Davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorati  markazlari
DSENM sanitariya-profilaktika xizmatini amalga oshiradigan
mustaqil tashkilotlarning quyidagi turlari bor:
1. Respublika DSENM.
2. Viloyat  DSENM.
3. Òuman DSENM.
4. Shahar DSENM.
5. Suv transporti DSENM.
6. Òemiryo‘l transporti DSENM.
7. Fuqaro  aviatsiyasi DSENM.
DSENM quyidagi bo‘limlardan iborat:
1. Sanitariya-gigiyena.
2. Epidemiologiya.
3. Dezinfeksiya.
4. Ekologiya.
Keyingi vaqtda dezinfeksiya bo‘limlari alohida stansiyalar shak-
lida tashkil etilmoqda. Sanitariya-gigiyena bo‘limining o‘zi to‘rt
(kommunal, ovqatlanish, mehnat, bolalar va o‘smirlar) bo‘limdan
iborat bo‘lib, ularning har birida shifokor va feldsher ishlaydi.


348
Bolalar va o‘smirlar bo‘limidan tashqari, boshqa barcha bo‘-
limlar fizik va kimyoviy usullarda tekshirish laboratoriyalariga ega
bo‘ladi. Bu esa, bo‘limlarning tezkor bo‘lishi va laboratoriya ish-
larining  bir  butunligini  ta’minlaydi.
Òashkilotlar chaqiruviga asosan laboratoriyalar shoshilinch va
rejali  (suv,  havo,  ovqat  mahsulotlari)  tekshiruvlar  o‘tkazadi.
Òekshirish  natijalari  asosida  tegishli  bo‘lim  shifokorlari  chora
ko‘radilar.
Epidemiologiya bo‘limida epidemiyaga qarshi va parazitolo-
giya  bo‘limlari  bo‘ladi.  Parazitologiya  bo‘limida  virusologiya  va
bakteriologiya laboratoriyalari, batsilla tashuvchilik punkti bo‘-
ladi.  Ba’zi  DSENMlarda  (respublika,  viloyat)  esa,  o‘ta  xavfli
yuqumli kasalliklar va ekologiya bo‘limi bo‘ladi. Ekologiya bo‘-
limi tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish
bilan  shug‘ullanadi.
DSENMlarda  ishlaydigan  sanitariya  shifokorlari  va  ularning
yordamchilari 1:2 nisbatda, shifokor-epidemiolog va yordamchi-
lari  1:3  nisbatda  bo‘lishi  lozim.  DSENMlar  tegishli  hududdagi
sog‘liqni saqlash bo‘limiga bo‘ysunadi, maxsus masalalar bo‘yicha
yuqoridagi DSENMlarga itoat etadi.
Hozirgi  vaqtda  DSENMlar  faoliyatini  uchastka  tamoyilida
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Uchastkalarda esa, shu soha
umumiy  amaliyot  shifokori  maqomiga  ega  bo‘lgan  kishilar  ish-
lashi lozim.
DSENM  bajaradigan  ishlar:  kundalik  sanitariya  nazoratini
amalga oshirish, ogohlantirish, epidemiyaga qarshi ishlar, aholi-
ning  sanitariya  madaniyatini  oshirish,  sanitariya  faollari  ishini
tayyorlash va ularning ishiga rahbarlik qilish.
Ishga  tushirilgan  sanoat,  kommunal,  bolalar  va  boshqa  ob-
yektlar ustidan DSENMning tegishli bo‘limlari kundalik nazo-
rat o‘rnatadi. Òekshirilgan obyektlarning sanitariya holati haqi-
dagi  xulosalar  (laboratoriya  tekshiruvi  va  boshqa  ma’lumotlar),
ma’muriyat  takliflari  maxsus  tekshiruv  dalolatnomasi  sifatida
rasmiylashtiriladi va har bir obyektda bo‘ladigan jurnalga yozib
qo‘yiladi.
DSENM  xodimlariga  mehnatkashlar  sog‘lig‘ini  saqlash  bo-
rasida davlat tomonidan belgilangan gigiyenik norma va qoida-
larni  majburiy  ravishda  amalga  oshirish  uchun  katta  huquqlar
berilgan.  Sanitariya  shifokori  (yoki  uning  yordamchisi)  talablar
buzilib, sanitariya qonunchiligiga amal qilinmasa, protokol tuzadi,


349
ma’muriyat talablarini ikkinchi marta buzsa, pul jarimasini soladi,
mahsulotlarni sotishni taqiqlaydi, iste’moldan chiqarib tashlaydi,
muassasani yopib qo‘yadi va aybdorlarni sud javobgarligiga tortadi.
Aholi yashaydigan, alohida turar va jamoa foydalanadigan joylar
(hammomlar,  sartaroshxonalar,  yotoqxonalar,  kinoteatrlar)ning
sanitariya holatini kommunal bo‘limlar nazorat qiladi. Bu bo‘limlar
aholi  yashaydigan  joylarning  tozaligi,  suv  sifati,  suv  havzalari,
atmosfera havosining sanitariya holatini nazorat qiladi.
Ogohlantiruvchi nazorat turli inshootlarni (maktab, sanatoriy
va h.k.) loyihalashtirish va qurishda sanitariya-gigiyena normalariga
rioya  qilish,  atmosfera  havosi,  suv  va  tuproqni  himoya  qilish,
bakterial  preparatlarni,  tegishli  vaksina  va  zardoblarni  ishlab
chiqarishga  tegishli  sanitariya-gigiyena  me’yorlari  hamda  davlat
andozalariga mos qilib chiqarilishini nazorat qiladi.
Oziq-ovqat  gigiyenasi  bo‘limi
Bu  bo‘lim  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan
jarayonlarni (tayyorlash, sotish, saqlash, iste’mol qilish, tashish)
nazorat qiladi. Yaxshi jihozlangan oziq-ovqat korxonalarini nazorat
qilish, xizmat qiluvchi xodimlarning sanitariya va texnik malakalarini
oshirish muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat korxonalarida, oziq-
ovqat mahsulotlari sotiladigan joylarda yuqumli kasalliklar bilan
og‘rigan bemorlar yoki batsilla tashuvchilar ishlashi juda xavflidir.
Oziq-ovqat bilan bog‘liq ishlarda, maishiy xizmat muassasalarida
ishlaydigan barcha xodimlar har oyda bir marta tibbiy ko‘rikdan
o‘tishlari va batsilla tashuvchilikka tekshirilib turishlari lozim.
Mehnat  gigiyenasi  bo‘linmasi
Bu bo‘lim sanoat muassasalarining sanitariya holatini, ishlab
chiqarish  zararlarini  (chang,  yuqori  namlik,  shovqin  va  ho-
kazolar) kamaytirish bo‘yicha talab va normalarning bajarilishini
nazorat  qiladi.  Bo‘linma  shifokori  ishchilarga  himoya  vositalari
berilishini va o‘z talablarining vaqtida bajarilishini kuzatib boradi.
Mehnat gigiyenasi shifokori sanoat korxonasi ma’muriyati va  tibbiy
sanitariya qismi shifokorlari bilan birgalikda korxonada sog‘lom-
lashtirish majmuasi rejasini tuzadi va buni amalga oshirishda faol
qatnashadi. Kasbga oid kasalliklar hamda zaharlanish hisobga oli-
nadi va ularning sabablari o‘rganiladi.


350
Bolalar  va  o‘smirlar  gigiyenasi  bo‘linmasi
Bu  bo‘lim  ta’lim-tarbiya  (maktablar,  bog‘chalar,  yaslilar,
o‘quvchilar oromgohlari va h.k.) va davolash-profilaktika (bolalar
poliklinikalari, kasalxonalar va h.k.) muassasalari ustidan sanitariya
nazoratini amalga oshiradi.
Epidemiyaga  qarshi  tadbirlar  —  sog‘liqni  saqlash  muassa-
salarining eng mas’uliyatli faoliyati. DSENM yuqumli kasalliklar
va epidemiyaga qarshi kurash ishlarini rejali hamda tezkor ravishda
tashkil  qiladi.  Barcha  davolash  muassasa  xodimlari  yuqumli
kalalliklarga qarshi kurashda faol ishtirok etishlari kerak.
Yuqumli  kasalliklarga  qarshi  kurashning  muhim  tomoni  eh-
tiyot emlashlaridir. Mikrobiologiya va immunologiya fanlarining
rivojlanishi, ehtiyot emlashlar, profilaktika qilish natijasida yuqumli
kasalliklar  tarqalishining  oldi  olinmoqda.  Ehtiyot  emlashlarni
amalga oshirishni rejalashtirish va buni nazorat qilish, davolash
muassasalarini  bakterial  preparatlar  bilan  ta’minlash  ishlarini
epidemiyaga qarshi bo‘linmalar bajarishi lozim. Yuqorida bayon
qilinganidek, yuqumli kasalliklar aniqlanganda shifokor (feldsher)
DSENMga ma’lum qiladi va yuqumli kasalliklar, oziq-ovqatdan
va  o‘tkir  kasbiy  zararlanishlar  yuz  bersa,  bu  haqda  shoshilinch
xabar  varaqasini  jo‘natadi.
Barcha  davolash-profilaktika  muassasalarida  «Yuqumli  ka-
salliklarni ro‘yxatga olish  jurnali» bo‘ladi. Agar, yuqumli kasallik
aniqlangudek  bo‘lsa,  DSENM  shifokoriga  xabar  berilib,  so‘ng
yuqumli  kasallikning  yuqish  manbayi  va  tarqalish  yo‘llari  aniq-
lanadi.  Mikroblar  bor  joy  yaxshilab  tozalanadi.  Epidemiyaga
qarshi  bo‘lim  bakteriya  tashuvchilarni  hisobga  oladi,  davolash
ishlarini nazorat qiladi, tashkiliy ishlarni amalga oshirishga yor-
dam beradi. Me’da-ichak kasalliklariga sabab bo‘ladigan har xil
pashshalarni yo‘qotishga qaratilgan tadbirlar ham DSENM na-
zoratida bo‘ladi.
Epidemiya  tarqalganda  qishloq  joylarda  uyma-uy  yurib  be-
morlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib aytganda,
DSENM  yuqumli  hamda  kasbiy  kasalliklarni,  oziq-ovqatdan
zararlanishlarni hisobga oladi. Epidemiologik tekshirishlar va dezin-
feksiyani amalga oshiradi, yuqumli kasali bor bemorlarni kasal-
xonaga yotqizishni tashkil qiladi va yuqumli  kasallik o‘chog‘ini
tekshirib boradi, barcha tibbiyot muassasalarida epidemiyaga qarshi
tadbirlarning qanday bajarilayotganini nazorat qiladi.


351
Ekologiya bo‘limi tabiatni muhofaza qilish ishlariga qatnashadi.
Unda sanitariya shifokori va uning yordamchilari ishlaydi.
DSENM  sanitar  shifokori  yordamchisi  (feldsher)ning  vazifalari
DSENM  ishini  tashkil  qilish  va  amalga  oshirishda  sanitar
shifokori yordamchilari (feldsher)ning roli kattadir. Sanfeldsherlar
DSENMlarda, qishloq uchastka kasalxonalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Sanitar shifokorning kommunal gigiyena bo‘yicha yordamchisi
obyekt va maishiy xizmat muassasalari (hammom, dush va h.k.)
sanitariya holatini yozib boradi, suv, havo, tuproq namunalarini
tekshirish  uchun  laboratoriyaga  yuboradi,  to‘g‘ri  ishlashni  ku-
zatadi, sanitariya qoidalari buzilganda bayonnoma tuzib, bundan
sanitar  shifokorlarni  xabardor  qiladi.
Sanitar shifokorning oziq-ovqat gigiyenasi bo‘yicha yordamchisi
oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarni kuzatib,
oziq-ovqat namunalarini tekshirish uchun laboratoriyaga yuboradi,
zarurat tug‘ilganda joyning o‘zida murakkab bo‘lmagan tekshirishlar
olib boradi, tekshiruv natijalariga asoslanib bayonnoma tuzadi.
Sanitar  shifokor  va  uning  yordamchisi  ovqatlanishga  salbiy
ta’sir  qiladigan  omillarni  bilishlari  zarur.  Ular  aholi  ayrim  gu-
ruhlarining  yoshi,  ixtisosi  bo‘yicha  ovqatlanish  tavsifnomasini
o‘rganib,  salomatlikka  ta’sir  qilishi  mumkin  bo‘lgan  umumiy
ovqatlanish hollariga (muassasalarga) e’tiborni qaratishi lozim.
Sanitar shifokorning mehnat gigiyenasi bo‘yicha yordamchisi
sanoat  korxonalarining  faoliyati  ustidan  kundalik  sanitariya  na-
zoratini amalga oshiradi. Sanfeldsher shifokor ko‘rsatmasiga bi-
noan,  havodan  sinama  oladi,  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  vib-
ratsiyani  o‘lchaydi,  ishchilarga  salbiy  ta’sir  qiluvchi  omillarni
(ixtisosi, yoshi, jinsi, mehnat stajiga qarab) o‘rganadi. Sanfeldsher
tez-tez va uzoq kasal bo‘ladigan ishchilarning mehnat va turmush
sharoitiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganishga harakat qiladi. Kor-
xona ma’muriyati oldiga zararli ta’sir qiluvchi omillarni kamaytirish
bo‘yicha talablar qo‘yadi. Sanfeldsher korxonadagi sog‘lomlashtirish
majmuasi rejalarining bajarilishini kuzatadi, bu haqda shifokorga
ma’lumotnoma beradi va uning ko‘rsatmalariga amal qiladi.
Shuningdek,  sanfeldsher  shifokorning  bolalar  va  o‘smirlar
gigiyenasi  bo‘yicha  yordamchisi  hisoblanib,  u  bolalar  muassa-
salari  (maktab,  bog‘chalar  va  h.k.)  ustidan  kundalik  sanitariya
nazorati  o‘rnatadi,  o‘qish  va  dam  olish,  yosh  avlod  sog‘lig‘iga
ta’sir qiluvchi ijtimoiy-gigiyenik omillarni o‘rganib, ularning o‘z
vaqtida sifatli bajarilishini kuzatadi.


352
Epidemiologik shifokor yordamchisi epidemiyaga qarshi pro-
filaktika tadbirlarini amalga oshiradi. Sanfeldsher epidemiologik
shifokor rahbarligida yuqumli kasalliklar tarqalgan joyda epidemik
tekshirishlar olib boradi. U kasallik o‘chog‘ini yo‘qotishga qaratilgan
tadbirlarning  bajarilishiga,  ehtiyot  emlashlar  o‘tkazishga  epide-
miologik shifokor bilan birga javob beradi. Bunday murakkab vazifa-
larning  hujjatlari  aniq  olib  borilishi  lozim.  Sanfeldsher  yuqumli
kasalliklar haqidagi ma’lumotlarni ma’lum bir tizimga soladi.
Sanitar shifokorning dezinfeksiya bo‘linmasida ishlovchi yor-
damchisi  mustaqil  dezinfeksiya  ishlarini  bajarib,  yuqumli  ka-
salliklar  o‘chog‘ining  sifatli  dezinfeksiya  qilinishiga  javobgar
shaxsdir. U yuqumli kasali bor bemorlarni shifoxonaga olib borib,
profilaktika, dezinfeksiya va deratizatsiya ishlarini amalga oshiradi.
DSENM  faoliyatida  sanitariya  maorifi  ishlari  ham  muhim
ahamiyatga  ega.  Bu  ishga  sanfeldsherlar  faol  qatnashadi.  Ular
aholi  o‘rtasida  suhbatlar  uyushtirib,  devoriy  gazetalar  chiqara-
dilar, sanitariya faollari ularning ishlarini kuzatishadi.
Feldsherlar mustaqil sanitariya minimumi kursini olib bora-
dilar.  Buning  uchun  ular  mazkur  obyektdagi  ish  sharoitini,  gi-
giyenik talab va sanitariya qoidalari buzilishining oldini olishlari
lozim. Sanitariya faollarining ishiga (mehnat va turmush sharoit-
larini    yaxshilash,  obodonlashtirish  va  h.k.)  rahbarlik  qilish  va
to‘g‘ri  yo‘l-yo‘riqlar  ko‘rsatish  feldsherlarning  vazifasidir.
Òekshiriladigan obyektning epidemiyaga qarshi tadbirlarini re-
jalashtirish. Rejalashtirish — boshqarishning asosiy tarkibiy  qis-
midir, shuning uchun aholini epidemiyalardan himoya qilish ti-
zimida  boshqarishni  mukammallashtirish  rejalashtirishning  mu-
kammalligi bilan uzviy bog‘liqdir. Òuman DSENM epidemiolo-
giya bo‘limida  quyidagi turdagi rejalar tuziladi:
1)  boshqaruv  organining  muammo-mavzuli  rejasi;
2) tarmoq epidemiologlarining  muammo-mavzuli rejasi;
3)  dasturli-maqsadli  rejalar;
4) epidemiologiya bo‘limining faoliyat rejasi;
5)  sohaning  faoliyat  rejasi;
6)  mutaxassisning  reja-jadvali.
Muammoli-rejali va dasturli-maqsadli rejalar  pirovard natijaga
mo‘ljallangan. Bunday holda epidemiyaga qarshi kurash muam-
molari ajratib ko‘rsatilishiga muvofiq, boshqarish maqsadida shakl-
lantirilgan va qabul qilingan qaror hamda tizim uchun umumiy
tadbirlardan asosiysini ajratib olishni ta’minlaydi.


353
Faoliyat  funksional-tarmoqli  rejalar  aholini  epidemiyalardan
himoya qilish tizimini tashkil qiluvchi tizimlar ichida ishlatiladi.
Rejalashtirish tartibi. DSENM epidemiologiya bo‘limi boshlig‘i
epidemiologlar  ma’lumotlari  asosida  profilaktika  muammolarini
ajratadi, bu ma’lumotlar baholanadi va ularning oldiga rejalashtirish
bo‘yicha vazifalar qo‘yiladi. Epidemiologlar yuqumli kasalliklarning
nozoologik shakli va alohida guruhlari oldini olish bo‘yicha muam-
moli-mavzuli reja loyihasini tayyorlaydilar.
Epidemiologiya  bo‘limi  boshlig‘i  epidemiologlar  tayyorlagan
muammoli-mavzuli rejalarni tanlab, muammoli ish rejasini tuzadi,
ularni tasdiqlashni va zarur bo‘lgan qo‘llanma hujjatlari (buyruq,
qaror,  ko‘rsatma,  farmonlar)ni  rasmiylashtirishni  ta’minlaydi.
Muammoli-mavzuli rejaning epidemiyaga qarshi kurash xizmati
tizimlari bo‘limlarida  tarmoq faoliyat rejasi tuziladi.
Muammo-mavzuli rejalashtirish. Bunday reja ikki asosiy bo‘-
limni o‘z ichiga oladi:
• kirish qismida boshqarishning pirovard maqsadga qaratilgan,
miqdor va sifat bilan shakllantirilgan maqsadi;
•  bajarilish  muddati  va  bajaruvchi  shaxs  ko‘rsatilgan  aniq
rejalashtirilgan tadbirlar.
Òarmoq faoliyati rejasi. Òarmoq faoliyati rejasini tuzish tarki-
biga quyidagi bosqichlar kiradi:
1) muammoli-mavzuli reja o‘z ichiga boshqarish maqsadi va
vazifalarini  o‘rganish  va  o‘zlashtirish,  boshqarishda  yechilgan
muammolarning mazmuni va uni bajarishdagi tadbirlar ro‘yxati;
2) boshqarish masalalarini hal qilishda muassasa bo‘limining
va mutaxassisning tutgan o‘rni;
3)  alohida  muassasalar  va  mutaxassislar  uchun  muammoli-
mavzuli rejada ko‘rsatilgan tadbirlarni aniqlashtirib berish;
4) aniq tadbirlarni bajarishning maqsadini va  ularni bajarish
uchun  zarur  bo‘lgan  kadrlar  hamda  moddiy  ta’minotni  bel-
gilash;
5) mavzuli-muammoli rejaning bajarilishida bo‘limlar va alohida
mutaxassislar  bajarishi  kerak  bo‘lgan  tarmoq  rejasini  rasmiy-
lashtirish.
Dasturli-maqsadli rejalashtirish. Bu turdagi rejalashtirishdan
yirik muammolarni hal qilishda foydalaniladi va mavjud muas-
sasalar,  tashkilotlarning  tuzilishiga  asoslanib,  turli  vazirliklarga
bo‘ysunadigan  idora,  korxona  va  tashkilotlar  bilan  kelishilgan
holda ishlashini talab qiladi.


354
Muammo-mavzuli  rejalashtirishdan  farqli  ravishda  dasturli-
maqsadli rejalarni amalga oshirish uchun, odatda, turli idoralardagi
mutaxassislardan  ishchi guruhi tashkil etish talab etiladi. Dasturni
amalga  oshirish  uchun  imkoniyat  yaratilib,  mablag‘  ajratiladi,
shuningdek, ilmiy va amaliy muassasalarning kuchlari jalb qilinadi.
Dasturni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi tasdiqlangandan so‘ng,
rejani taqsimlovchi muassasa boshqaruvchi organ sifatida ishlaydi.
Maqsadli dasturning afzalligi shundaki, boshqarishning o‘rta-
sidagi bog‘lanish maqsadli, resursli va tashkiliy uch jihati o‘rtasida
bog‘lanish bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, dastur tuzish va ularni ma’-
qullashda ishning yangi shakllarini izlab topish talab qilinadi.
Dasturli-maqsadli rejalashtirishning  maqsadga muvofiqligini
belgilaydigan  obyektiv  omillar  quyidagilardan  iborat:
1. Aholini epidemiyadan himoya qilish muammolarini asoslab
berish va ularni umumdavlat tadbirlari bilan muvofiqlashtirish-
ning zarurligi.
2. Aholini epidemiyadan himoya qilishda  ayrim yirik muam-
molarni xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlari, vazirliklar, idoralar
va tashkilotlari ishtirokida amalga oshirish zarurligi. Shu muno-
sabat bilan ayrim vazirliklar va idoralarning bu muammolarni hal
qilishda hamda tegishli mablag‘lar ajratishda ularning rolini aniq-
lash  ehtiyoji  vujudga  keladi.  Masalan,  ichak  infeksiyasi  muam-
mosini hal qilish aniq sharoitlarga muvofiq holda suv ta’minoti,
chiqindilarni  yig‘ish,  olib  ketish  va  yuqumsizlantirishni  yo‘lga
qo‘yish yoki sut va sut mahsulotlarini yig‘ish, qayta ishlash, sotish
texnologiyasini yaxshilash hamda tashkiliy jihatdan takomillash-
tirish bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimol.
3. Aholini epidemiyaga qarshi himoya qilishning ayrim muam-
molarini  yechishda  sog‘liqni  saqlashning  boshqaruv  organlari
bo‘linmalari  va  ularga  bo‘ysunadigan  muassasalar  faoliyatini
muvofiqlashtirishga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Aholini epidemiyaga
qarshi himoya qilishning qator muammolarini yechishda bu xu-
susiyat  streptokokk  infeksiyasi  uchun,  ayniqsa,  xosdir.
Yuqorida keltirilgan vositalarning har bir guruhiga bir-biridan
olinishi, ta’sir qilish xususiyatlari bilan farq qiluvchi juda ko‘p-
lab vositalar kiradi. Shuning uchun bir guruhga tegishli bo‘lgan
vositalarning  sifati  ham  turli  xil  belgilariga  qarab,  har  xil  para-
metrlarda  aniqlanadi.  Barcha  vositalarning  sifatini  aniqlashning
yagona umumiy belgisi — ularning ko‘zlangan maqsadga erishishini
ta’minlay olishi yoki olmasligi.


355
Bundan  tashqari,  epidemiyaga  qarshi  vositalarning  olinish
manbayini ishlab chiqarish texnologiyasi kabi belgilar bilan ham
tasniflash mumkin. Bunda mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va
qo‘shma vositalarni ajratish mumkin. Alohida guruhlarga tegishli
vositalar  orasida  ham  sifatining  parametrlari,  belgilari  va  ularni
aniqlash usullarida bir qancha o‘xshashliklar bo‘ladi. Ammo ko‘z-
langan maqsadlariga qarab guruhlanishda saqlanib qoladi.
Quyidagi  jadvalda  epidemiyaga  qarshi  vositalarning  sifatini
epidemiologik belgilash keltirilgan (18-jadval).
18-jadval
Epidemiyaga qarshi vositalar sifatining epidemiologik mezonlari
r
a
l
a
ti
s
o
V
a
d
r
a
l
m
z
i
n
a
g
r
o
o
r
k
i
m
:i
r
t
k
e
p
s
k
il
l
o
a
F
k
il
t
n
e
t
s
i
z
e
r
a
g
r
a
l
k
it
o
i
b
it
n
a
h
s
i
g
n
e
y
i
n
it
a
y
il
i
b
o
q
i
r
a
l
a
ti
s
o
v
k
i
n
a
x
e
m
g
n
i
n
a
y
i
s
t
a
z
it
a
r
e
D
r
a
l
d
i
s
ti
t
a
r
y
i
v
o
y
m
i
K
i
r
a
l
a
ti
s
o
v
k
i
n
a
x
e
m
g
n
i
n
a
y
i
s
k
e
f
n
i
z
e
D
i
r
a
l
a
ti
s
o
v
k
i
z
if
g
n
i
n
a
y
i
s
k
e
f
n
i
z
e
D
r
a
lt
n
a
t
k
e
f
n
i
z
e
d
y
i
v
o
y
m
i
K
-
i
v
r
a
l
,
r
a
l
d
i
s
t
a
r
a
k
a
,
r
a
l
d
i
s
ti
t
k
e
s
n
I
r
a
lt
n
e
ll
e
p
e
r
,
r
a
l
d
i
s
t
r
a
l
a
n
i
s
k
a
V
r
a
l
r
o
t
a
l
u
d
o
m
o
n
u
m
m
I
r
a
l
b
o
d
r
a
z
o
n
u
m
m
I
r
a
l
n
il
u
b
o
l
g
o
n
u
m
m
I
r
a
l
g
a
f
o
i
r
e
t
k
a
B
a
v
i
g
il
il
h
c
n
o
h
s
i
g
n
i
n
r
a
lt
a
k
a
r
a
H
i
g
il
z
i
s
f
v
a
x
-
v
u
li
q
r
i
s
’
a
t
a
g
r
a
li
h
c
v
u
r
i
m
e
k
t
a
q
a
F
a
g
a
z
u
y
z
e
t
g
n
i
n
i
s
a
r
a
m
a
s
k
i
s
k
o
t
,i
h
c
q
o
z
u
i
n
i
g
il
il
r
a
r
a
z
a
d
r
a
l
q
o
z
u
t
,i
h
s
i
q
i
h
c
i
h
s
il
o
a
l
o
q
b
a
l
q
a
s
t
q
a
v
a
li
q
r
i
s
’
a
t
a
g
r
a
li
h
c
v
u
r
i
m
e
k
t
a
q
a
F
-
a
g
r
o
o
r
k
i
m
n
a
g
i
d
a
li
n
a
ll
‘
o
q
,i
h
s
il
o
i
g
il
il
m
u
q
u
y
,i
g
il
r
o
r
a
q
r
a
b
g
n
i
n
r
a
l
m
z
i
n
-
k
i
m
a
d
r
a
lt
k
e
y
b
o
n
a
g
i
d
a
li
r
e
b
v
o
l
h
s
I
i
s
a
j
a
r
a
d
h
s
i
y
a
m
a
k
g
n
i
n
r
a
l
m
z
i
n
a
g
r
o
o
r
g
n
i
n
r
a
lt
k
e
y
b
o
n
a
g
i
d
a
li
r
e
b
v
o
l
h
s
I
i
h
s
il
i
r
it
n
a
l
z
i
s
r
a
r
a
z
il
h
c
n
o
h
s
i
a
li
q
r
i
s
’
a
t
b
a
l
n
a
t
a
g
r
a
l
m
z
i
n
a
g
r
o
o
r
k
i
M
a
h
c
i
y
‘
o
b
it
n
e
y
i
s
ti
ff
e
o
k
l
o
n
e
f
(
i
h
s
il
o
i
g
il
r
a
r
a
z
e
b
,
)
i
d
a
n
a
l
o
h
a
b
-
il
i
q
r
i
s
’
a
t
b
a
l
n
a
t
a
g
r
a
li
l
q
o
y
o
m

g
‘
o
B
,i
m
z
i
n
a
x
e
m
r
i
s
’
a
t
,i
r
t
k
e
p
s
r
i
s
’
a
t
,i
h
s
a
y
o
m
i
H
.i
g
il
il
m
a
d
i
h
c
a
g
ti
h
u
m
i
q
h
s
a
t
i
g
il
r
a
r
a
z
e
b
,i
g
il
y
i
m
o
v
a
d
g
n
i
n
i
r
i
s
’
a
t
k
i
g
o
l
o
i
m
e
d
i
p
e
a
v
k
i
g
o
l
o
n
u
m
m
I
,i
g
il
n
e
g
o
t
k
a
e
r
,i
g
il
r
o
d
a
r
a
m
a
s
m
i
r
y
a
,i
g
il
t
r
a
d
n
a
t
s
,i
g
il
r
a
r
a
z
e
b
i
r
a
l
b
a
l
a
t
s
u
s
x
a
m
a
g
r
a
lt
a
r
a
p
e
r
p
,i
t
a
y
i
s
u
s
u
x
h
s
il
o
a
li
q
a
y
o
m
i
H
i
g
il
r
a
r
a
z
e
b
,i
t
a
y
i
s
u
s
u
x
h
s
il
o
a
li
q
a
y
o
m
i
H
i
g
il
z
i
s
f
v
a
x
s
i
z
il
,i
t
a
y
i
s
u
s
u
x
h
s
il
o
a
li
q
a
y
o
m
i
H
i
g
il
z
i
s
f
v
a
x
,i
g
il
l
o
a
f
h
s
il
i
q


356
Epidemiyaga qarshi tadbirlarning sifati. O‘z vaqtida klinik tash-
xis qo‘yish faqatgina davolash ishlarida emas, balki epidemiyaga
qarshi choralarda ham ahamiyatga ega. Agar klinitsist-shifokorni
qator hollarda sindrom diagnostikasining o‘zi qoniqtirsa, epidemik
jarayonga  ta’sir  etishda  kasallikning  kelib  chiqish  sabablarini
o‘rganish ham talab etiladi. Etiologik klinik diagnostika olib bo-
rishda laboratoriya usuli katta ahamiyatga ega. Shuning uchun
ham klinik diagnostikaning sifati laboratoriya tekshirishlari va kli-
nitsistning tashxis qo‘yish sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Bemorlarni  ajratish  va  kasalxonaga  yotqizish.  Ajratib  qo‘yish
tadbirlari sifati bemorlarni kasalxonalarga yotqizish va ajratib qo‘-
yishning to‘liqligi hamda o‘z vaqtida o‘tkazilganligi bilan baholanadi.
Ajratib  qo‘yish  va  kasalxonalarga  yotqizishning  asosiy  ko‘r-
satkichi izolator va yuqumli kasalliklar shifoxonasida epidemiyaga
qarshi talablarga rioya qilinishi hisoblanadi.
Davolash.  Bemorlar  va  kasallikni  boshdan  kechirganlarni
davolash sifatiga baho berishda laboratoriya tekshiruvlariga asos-
langan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning rasmiy mezonla-
ridan foydalaniladi. Davolashga muhtoj barcha bemorlarni etiotrop
davolash zaminida kasallik manbayiga samarali ta’sir qilish hamda
kasallikning asoratlarini mumkin qadar tugatish yotadi. Bemor-
lardan ajratib olingan qator mikroorganizmlarning antibiotiklarga
chidamli  turlarining  keng  tarqalishi  natijasida  laboratoriya  usuli
bilan antibiotiklarga sezgir shtammlarni aniqlash talab qilinadi.
Davolash sifatining asosiy mezoni bo‘lib organizmni qo‘zg‘a-
tuvchidan xoli qilish muddatlari hisoblanadi. Shuni ham hisobga
olish  kerakki,  qo‘zg‘atuvchining  epidemik  variantini  aniqlashga
qaratilgan  bakteriologik  tekshirish  usullari  rezervatsion  variant-
larini ajratishga yaramay qolishi mumkin. Ikkinchidan, organizm-
ning qo‘zg‘atuvchidan haqiqatan ham xoli bo‘lishi faqat davolash
sifatida emas, balki kasal organizmning immunologik reaktivligi
xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Rejimli-chegaralovchi  chora-tadbirlar
Rejimli-chegaralovchi  tadbirlar  sifatini  baholashda  quyidagi
talablarni  bajarish  kerak:
1) karantin zonasidan chiqishni va kirishni chegaralash yoki
taqiqlash;
2) aholini uncha katta bo‘lmagan guruhlarga bo‘lib joylashtirish;


357
3) chegaralangan zonada ta’minot obyektlarini tashkil qilishda
yuk tushirish punktlari va maydonchalari bo‘lishi kerak.
Rejimli-chegaralovchi tadbirlarni o‘tkazishning muhim me-
zoni o‘ta xavfli infeksiyalarga uchragan bemorlarga xizmat qi-
luvchi  va  tibbiy  bo‘linmalar  xodimlarining  epidemiyaga  qarshi
talablarni puxta bajarishi hisoblanadi.
Veterinariya-sanitariya  tadbirlari
Veterinariya-sanitariya tadbirlari sifati ularning rasmiy belgilab
qo‘yilgan tartibga nechog‘liq amal qilishiga, epizootik va epidemik
ko‘rsatkichlar  bo‘lganda,  chora-tadbirlarning  o‘z  vaqtida  to‘liq
olib borilishiga qarab baholanadi.
Deratizatsiya
Deratizatsiya sifatida qo‘llaniladigan texnik vositalar va preparat-
lar, shuningdek, deratizatsiyaning o‘zining sifati bilan belgilanadi.
Deratizatsiya mexanik vositalarining sifati ularning qanday ma-
terialdan tayyorlanganligiga, konstruksiya xususiyatlari va ularni
ishlab chiqarishiga bog‘liq.
Òexnologik  nuqtayi  nazardan  ratitsidlarning  sifati  kimyoviy
tozaligi, fizik-kimyoviy xossalari turli shakllarda foydalanish im-
koniyati bilan xarakterlanadi.
Dezinseksiya
Dezinseksiya preparatlarining sifati ratitsidlarga o‘xshashligi
bilan xarakterlanadi. Shuningdek, amaliyotda qo‘llanadigan pes-
titsidlarni ishlab chiqarish  xalqaro milliy va sohaga oid standartlar
asosida amalga oshiriladi. Preparatlarning sifatini, ularni ishlab chi-
qarish,  saqlash  jarayonini  baholash  fizik-kimyoviy  parametrlari
standart sharoitga mos ravishda o‘tkaziladi.
Epidemiologik jihatdan dezinseksiya uchun ishlatiladigan pre-
paratlar  sifatining  asosiy  ta’riflari  quyidagilar  hisoblanadi:
1) bo‘g‘imoyoqlilarga tanlab ta’sir qilishi;
2) turli xil bo‘g‘imoyoqlilarga va ularning rivojlanishi bosqich-
lariga faollik spektri;
3)  bo‘g‘imoyoqlilar  organizmiga  turli  yo‘llar  bilan  tushib,
zaharli  ta’sir  ko‘rsatish  xususiyati;
4) tashqi muhitga chidamliligi.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining epidemi-
yaga qarshi olib boradigan ishlari sog‘liqni saqlash tizimining mu-


358
him qismi bo‘lib, mustaqil respublikamizning barcha sarhadlarida
epidemik holatni chuqur o‘rganishga imkon beradi. U, nafaqat,
alohida uchraydigan yoki paydo bo‘ladigan yuqumli kasalliklarni
yo‘qotish, balki uning asosiy maqsadi infeksiyaning kelib chiqishi
va  tarqalishining oldini olishdan iborat.
Epidemik holatning hozirgi zamon usullaridan ilmiy va amaliy
tajribalarga suyangan holda tahlili o‘tkazilsa, yuqumli kasallik man-
bayi va tarqalish shart-sharoitlarini aniqlash juda yengil kechadi.
Shu yo‘l bilan yig‘ilgan ma’lumotlar asosida yuqumli kasalliklarga
qarshi kurashish rejasini aniq maqsadlarga qaratish imkoni yaratiladi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda sanitariya-epidemiolo-
giya nazorat markazlari bilan davolash-profilaktik muassasalarning
o‘zaro hamkorlikda ish olib borishi muhim ahamiyatga ega. Faqat
epidemiyaga  qarshi  kurash  majmuasi  qoidalariga  suyangan  taq-
dirdagina, ijobiy natijaga erishish mumkin. Respublika, viloyat va
shaharlar sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarida alohida
epidemiyaga  qarshi kurash bo‘limlari bo‘ladi.
Òuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazida
epidemiolog  shifokor  va  uning  yordamchisi  lavozimi  bo‘ladi.
Sanitariya-epidemiologiya  nazorati  markazining  aholiga  epide-
miologik xizmat ko‘rsatish borasida quyidagi maqsadlar qo‘yilgan:
•  bir  xil  yuqumli  kasalliklarni  yo‘qotish  (toshmali  terlama,
bezgak,  qoraoqsoq,  gelmintozlar);
• ayrim  yuqumli  kasalliklarni  keskin  kamaytirish  (ichburug‘,
shol, skarlatina, epidemik gepatit va h.k.);
• rejali profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish.
Epidemiyaga  qarshi  kurash  tadbirlarini  tashkil  qilish  infek-
siyalarning xususiyati, muhim shart-sharoitlari va ilmiy bilimlar
darajasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish
darajasi muhimdir.
Epidemiologik  qonuniyatlar  epidemik  jarayonning  uch  bir-
biri bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlantiruvchi kuchlarga qaratilgan
qarshi  tadbirlar,  ya’ni:
• kasallik manbayini zararsizlantirish;
• kasallik o‘tkazish yo‘llarini uzib, yuqumli kasalliklarning tar-
qalish  yo‘llarini  parchalab  tashlash;
• yuqumli kasalliklarga nisbatan aholining immun holati, ya’ni
qarshilik  ko‘rsatish  xususiyatini  oshirish.
Kasallik manbayini zararsizlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi
o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi:


359
• yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni vaqtida aniq-
lash;
• yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida va to‘liq ro‘yxatga olish;
• tashxis qo‘yish (klinik, bakteriologik va epidemiologik);
•  yuqumli  kasallik  bilan  og‘rigan  bemorlarni  shifoxonaga
yotqizishni tashkil qilish;
• maxsus etiologik davolashni ta’minlash (bu ayrim yuqumli
kasalliklarda epidemiologik ahamiyatga ega);
• yuqumli  kasalliklar  shifoxonasida  epidemiyaga  qarshi  re-
jimni to‘g‘ri tashkil qilish;
• surunkali va qayta kasallanib chiqqan bemorlarni dispanser
hisobiga olish va patronaj o‘tkazishni to‘g‘ri tashkil qilish;
• bakteriologik profilaktika xizmatini tashkillashtirish (bakte-
riya tashuvchilikka tekshirish, yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemor
atrofida bo‘lganlarni tibbiy nazoratga  olish va h.k.).
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi oldida turli
murakkab  vazifalar  tursa-da,  kadrlar  tanlash,  ularni  to‘g‘ri  joy-
lashtirish,  mutaxassislar  mehnatidan  ratsional  foydalanishga,
sanitariya shifokori yordamchilari mehnatini to‘g‘ri tashkil qilish,
aholiga sanitariya-epidemiologiya xizmatining shakllari va usul-
lariga katta ahamiyat qaratiladi.
Sanitariya-profilaktika  va  epidemiyaga  qarshi  o‘tkaziladigan
tadbirlarning  muvaffaqiyatli  natija  berishi,  sanitariya  shifokor-
larining, shifokor-epidemiologlarning va sanitariya-epidemiologiya
nazorati markazining boshqa mutaxassislari ishini aniq va to‘g‘ri
tashkil qilishga bog‘liqdir.
1992-yil  3-iyulda  O‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  sa-
nitariya nazorati to‘g‘risida»gi  Qonuni e’lon qilindi. Ushbu Qo-
nun  sanitariya-epidemiya  masalalarida  aholining  xotirjamligi  va
radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabat-
larni  tartibga  soladi,  odamning  qulay  atrof-muhitga  ega  bo‘lish
huquqini hamda u bilan bog‘liq boshqa huquqlarni amalga oshi-
rish  kafolatlarini  mustahkamlaydi.
Davlat  sanitariya  nazorati,  bu  —  sanitariya  qonunlari  buzi-
lishining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yishga qaratilgan
sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatidir. «Davlat sanita-
riya  nazorati  to‘g‘risida»gi  Qonunga  sanitariya-epidemiologiya
vazifalarining aniq va yo‘naltirilgan faoliyati shakllari va usulla-
rini belgilab beruvchi moddalar kiritilgan bo‘lib, uning bajarilishi
barcha fuqarolar uchun majburiydir.


360
Epidemiyaga  qarshi  tadbirlar  sog‘liqni  saqlash  muassasala-
rining eng mas’uliyatli faoliyatidir. Davlat sanitariya-epidemio-
logiya nazorati markazining faoliyat ko‘rsatish ish rejasi bir yil
muddatga tuziladi. Rejani tuzish vaqtida ikki xil usuldan foyda-
lanish  mumkin:  birinchisi,  faoliyat  sohasi  bo‘yicha,  ikkinchisi,
muammoli  mavzular  bo‘yicha.
Faoliyat sohasi usulida reja tuzish bo‘lim va bo‘linmalar hamda
turli sohalarning chora-tadbirlari asosida mujassamlashadi. Ushbu
rejada  respublika,  viloyat,  tuman,  shahar  miqyosidagi  barcha
vazifalar o‘rin olishi ta’minlanishi kerak.
Davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazoratining  asosiy  vazifasi
xizmat ko‘rsatiladigan joy, tuman aholisining sanitariya-gigiyenik
ahvolini chuqur o‘rganish asosida aniqlanadi. Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazorati faoliyatining yillik ish rejasi bir-biri bilan
bog‘liq holda uch bo‘lim bo‘yicha guruhga bo‘linadi:
I. Aholi o‘rtasida kasalliklarni pasaytirish va oldini olishga qa-
ratilgan chora-tadbirlar.
II. Umumiy sanitariya sog‘lomlashtirish tadbirlari.
III. Òashkiliy tadbirlar.
Rejaning birinchi bo‘limiga quyidagi vazifalarni hal qiluvchi
tadbirlar  kiradi:
• yuqumli kasalliklarni kamaytirish;
• korxona, muassasa, tashkilot ishchi-xodimlarining umumiy
kasallanish darajasini vaqtincha mehnatga layoqatizlik holati bilan
kamaytirish;
• kasbga aloqador zaharlanishlarni tugatish va kasbga aloqador
kasalliklar oldini olish;
• korxonalarda jarohatlanishni kamaytirish;
• ovqatdan  va  ichak  toksikoinfeksiyalaridan  zaharlanishning
oldini olish.
Rejada  ko‘rsatilgan  har  bir  vazifaga  nisbatan  sanitariya-pro-
filaktik, epidemiyaga qarshi tashkiliy tadbirlar inobatga olinadi.
Rejaning ikkinchi bo‘limiga, ya’ni umumiy sanitariya sog‘lom-
lashtirish tadbirlariga quyidagilar kiradi:
• atmosfera havosining sanitariya muhofazasi;
• tebranish va shovqinga qarshi kurash;
• aholining ratsional ovqatlanishini tashkil qilish;
• bolalarning normal jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
• aholining sog‘lom dam olishini tashkil qilish, shu jumladan,
bolalarning ham;


361
• umumiy  sanitariya-sog‘lomlashtirish  tadbirlaridan  rejaning
boshqa bo‘limlariga kiritilmagan qismi — hovlilarni ko‘kalamzor-
lashtirish,  ko‘cha,  mahalla,  uylarni  obodonlashtirish.
Umumsanitariya sog‘lomlashtirish bo‘limining eng asosiy qism-
laridan biri — bu ogohlantiruv nazorati hisoblanadi. Bu faoliyat
turlariga  aholi yashash joylarini loyihalashtirish, qurilish maydoni
uchun joy ajratishni belgilash, qurilish loyihalarini ko‘rib chiqish
va ma’qullash kiradi.
Rejaning uchinchi tashkiliy bo‘limiga quyidagilar kiradi:
• kadrlar bilan ishlash: mutaxassislar hisobi, sanitar kadrlarni
tayyorlash,  qayta  tayyorlash,  malakasini  oshirish;
• boshlang‘ich sanitariya faollari ishini boshqarish;
• aholi o‘rtasida gigiyenik bilimlarni o‘rgatib, singdirib borish;
• uslubiy  ishni  tashkillashtirish  (bo‘limlar  faoliyati  bo‘yicha
nizom ishlab chiqish);
• sanitar  statistikasi  ishi;
• sanitar-epidemiologik faoliyatni moddiy-texnik ta’minlash.
Òashkiliy-uslubiy  faoliyat.  Davlat  sanitariya-epidemiologiya
nazoratining yillik ish rejasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
DSEN  rejasining  sxemasi
DSENning _____-yilga mo‘ljallangan asosiy vazifalari yoziladi.
I bo‘lim
Aholi  sog‘lig‘ini  mustahkamlash  va  epidemiyaning  oldini
olishga qaratilgan tadbirlar:
1. Yuqumli kasalliklarni kamaytirishga va oldini olishga qara-
tilgan tadbirlar:
a)  ichak  infeksiyalari,  gelmintozlar;
b)  parazitar  kasalliklar;
d)  havo-tomchi  infeksiyalari:  bo‘g‘ma,  skarlatina,  qizamiq,
ko‘kyo‘tal,  adenovirusli  infeksiyalar,  qizilcha,  qoramiq;
e)  virusli  infeksiyalar:  griðp,  poliomiyelit,  epidemik  parotit
(tepki),  ensefalit,  ornitozlar;
f)  quturishning  oldini  olish;
g)  emlashni  o‘tkazish  tadbirlari;
h) bezgak kasalligi profilaktikasi;
i) sil kasalligi profilaktikasi;
j)  zamburug‘  kasalligi;


362
k) kam uchraydigan infeksiyalar: kuydirgi, qoqshol, tulyaremiya;
l)  tugatilgan  infeksiyalar:  o‘lat,  chinchechak,  vabo,  qayta-
lama tif, rishta (qayta kelib chiqmaslik tadbirlari).
II bo‘lim
Umumsanitar  sog‘lomlashtirish  tadbirlari:
a)  ogohlantiruv  sanitar  nazorati;
b)  havoli  muhit  muhofazasi;
d) tebranish va shovqinga qarshi kurash;
e)  ratsional  ovqatlanishni  ta’minlash;
f) bolalar va o‘smirlarni jismoniy rivojlantirish;
g) aholining sog‘lom dam olishini tashkillashtirish;
h) umumiy sanitar-sog‘lomlashtirish tadbirlari: uy-joy, kom-
munal, ovqatlanish, sanoat va maktab sanitariyasi sohalarida.
III bo‘lim
Òashkiliy  tadbirlar.
1. Kadrlar bilan ishlash:
a)  bo‘sh  lavozimlarni  to‘lg‘izish;
b)  mutaxassis  kadrlar  hisobi;
d)  shifokorlar,  sanitariya  shifokori  yordamchilari  va  boshqa
xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
e)  amaliy  konferensiyalar  tashkil  qilish;
f)  yosh  mutaxassislar  bilan  ishlash;
g) rahbar kadrlar zaxirasini yaratish va ular bilan olib borila-
digan ishlar.
2.  Òashkiliy-ommaviy  ishlar:
2.1. Jamoat sanitariya faollari ishiga rahbarlik qilish va tash-
killashtirish;
a) jamoat sanitariya faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etil-
ganlarni hisobga olish;
b) jamoat sanitariya faollarini tayyorlash va uslubiy ko‘rsatmali
ishlar;
d) tajriba almashuvlarni tashkillashtirish.
2.2. Aholiga gigiyenik bilimlarni targ‘ibot qilish:
a) ommaviy sanitariya maorifi tadbirlari;
b) oshxona, kommunal xo‘jaligi xodimlari bilan sanitar mini-
mumlar  o‘tkazish;


363
d) sanitariya va epidemiyaga qarshi targ‘ibot borasida uslubiy
ishlarni olib borish.
2.3. Òashkiliy-uslubiy ishlar:
a) uslubiy materiallar ishlovi: turli obyektlarni sanitariya tek-
shirish uslubi, sanitariya yozishmalari uslubi, texnik jarayon sa-
nitar transporti, kasb ikir-chikirlari, yangi uskunalar, individual
muhofaza moslamalari va h.k.;
b) ayrim mutaxassislik bo‘limlari va laboratoriya faoliyati bo‘-
yicha qoidalar ishlab chiqish;
d) sanitariya-epidemiologiya bo‘limlari, bo‘linmalari ish reja-
lari va hisobotlarini ko‘rib chiqish, tasdiqlash;
e) sanitariya-epidemiologiya bo‘linmalari mutaxassislari bilan
uslubiy ko‘rsatmali yig‘inlar o‘tkazish;
f) Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh shifokorlari
va boshqa rahbar xodimlari bilan tezkor majlislar o‘tkazish;
g) mahalliy hokimiyat organlari tomonidan sanitariya-profi-
laktik va epidemiyaga qarshi masalalar yuzasidan qabul qilingan
farmoyish va qarorlarni qayta ishlovdan o‘tkazish;
h) Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tashkilotini mod-
diy-texnik jihatdan boyitish tadbirlari.
Shuningdek, tashkiliy bo‘lim tarkibiga sanitariya-epidemio-
logiya rayosati rejasi ham kiritiladi. Yillik reja Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazoratida rahbarlik hujjati hisoblanib, muassa-
saning ma’lum muddatdagi aniq va ma’lum maqsadga yo‘naltiril-
gan faoliyatini belgilab beradi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin