Passivschyot(P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktivschyot(KA) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Kontr-passivschyot(KP) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan passiv schyotning saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzitschyotlar(T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balansschyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.
Balansdantashqarischyotlar(BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat ko‘rinishidagi ma'lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan.
Analitikschyotlar ma'lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchovi birliklarida yuritishga
8
mo‘ljallangandir. Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga
oshirilmaydi.
Korxona ba'zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibgasoluvchi schyotlar deb ataladi.