Schyotlar rejasi – buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu standart, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qat'iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi.
Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta'riflash mumkin.
Yangi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan: I. Uzoq muddatli aktivlar;
II. Joriy aktivlar; III. Majburiyatlar; IV.Joriy kapital;
V. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; VI.Balansdan tashqari schyotlar.
Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy hisobotning I-shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma'lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ( 2- shakl ) tuziladi.
11
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib
ko‘rsatilgan:
1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 2-bo‘lim. Tovar-moddiy zahiralar;
3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar - joriy qismi;
4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi;
5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar;
6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar;
7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;
8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar; 9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar.
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi.
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa, ikkinchi qismi to‘rt bo‘lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7) bo‘limlardan, to‘rtinchi qism bir (8-bo‘lim) bo‘limdan va beshinchi qism bir (9-bo‘lim) bo‘limdan iborat.
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va
axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning nomi - bu tub ma'noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir shaxsning familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini anglatadi. Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim subyektlar tomonidan
12
qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar
rejasini taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi, ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari hisobini ta'minlashi kerak.
Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
13
II BOB. Buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi
Dostları ilə paylaş: |