O’zbekiston aloqa va axbototlashtirish agentligi toshkent axbotot texnologiyalari universiteti



Yüklə 299,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix10.05.2023
ölçüsü299,87 Kb.
#110739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bu modellarning umumiy belgilari: 
rivojlangan qonunchilik bazasining mavjudligi, vujudga keladigan munozaralar, vazifalar 
hamda turli xil holatlarni hal etishning huquqiy va iqtisodiy vositalari, mexanizmlari va 
usullari; 
soliq organlari tashkil etilishining yuksak darajasi (texnika vositalari bilan 
ta’minlanganligi, yuqori ish haqi, zamonaviy aloqa vositalari, jamoatchilik va ommaviy 
axborot vositalari bilan aloqa qilish darajasi); 
soliq idoralarining soliq to’lovchilari oldida ishonchga va yuksak obro’ga ega ekanligi; 
vazirliklar va idoralar vazifalarining aniq chegaralanib qo’yilganligi va ular ishida bir- 
birini takrorlashning yo’qligi; 
hukumatning vakili bo’lgan va uning nomidan ish olib boradigan soliq agentining 
(inspektorining) katta ahamiyatga va obro’ga ega ekanligi; 
kadrlarni tahlil etish, o’rganish, oldidan belgilash, o’qitish, soliq to’lovchilar 
(jamoatchilik) bilan aloqalar bo’yicha institutlarning mavjudligi; 
soliqqa tortish tizimini tashkil qilish, rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti yuksak
darajada o’zaro bog’liqligi, qabo’l qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslanganligi 
hisoblanadi; 
soliq idoralarining, ayniqsa, axborot almashinish sohasida moliya organlari va bank 
tizimi bilan chambarchas bog’liqligidir. 
 



BUYUK BRITANIYA SOLIQ TIZIMI VA UNING O’ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
Buyuk Britaniya soliq tizimi o’tgan asrda shakllandi, shunday bo’lsada daromadlarni 
soliqqa tortishning o’sha davrdagi xususiyatlari bugungi kun uchun ham xarakterlidir. 1973
yildagi soliq islohoti Buyuk Britaniya soliq tizimi strukturasiga sezilarli o’zgarishlar kiritdi va
uni umumiy bozor mamlakatlari soliq tizimlariga ancha yaqinlashtirdi. Hozirgi vaqtda davlat
soliq tizimida barcha rivojlangan davlatlarga xos bo’lgan muammolar natijasi o’laroq muhim
o’zgarishlar ro’y bermoqda. Soliq sohasidagi chora-tadbirlar leyboristlarning ham 
konservatorlarning ham moliya-iqtisodiy siyosatida katta o’ringa ega. Keyingi o’n yillikda
ko’plab soliq islohotlari o’tkazildi, shu jumladan, daromad solig’i stavkalarining bosqichma- 
bosqich tushirilishi (aholi uchun 30% dan 20% ga, korporatsiyalar uchun 52 % dan 33 % ga),
aholi turli qatlamlari uchun soliq imtiyozlari berish shartlarining o’zgartirilishi amalga oshirildi,
ba’zi turdagi soliqlar bekor qilindi, yangi soliqlar joriy qilindi.
Umuman, soliq qonunchiligidagi islohotlar soliq tizimining murakkab to’zilmasi, uning
asosiy tamoyillarini takomillashtirish, aholi va korporatsiyalarni to’g’ri soliqqa tortish sohasida
soliq bazasini kamaytirish bilan bog’liq muammolarni hal qilish maqsadida amalga oshirildi.
Mamlakatning soliq islohotlarida ikki asosiy yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin:

Yüklə 299,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin